Цифровой Узбекистан – цифровое будущее

CC BY f
133-135
97
35
Поделиться
Уктаева, Ю. (2022). Цифровой Узбекистан – цифровое будущее. Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции, 1(1), 133–135. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-1-8-MTDDFJ-2021-pp133-135
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

За последние два десятилетия произошли стремительный рост информационно-коммуникационных технологий и повышение их роли в экономическом развитии. Дополнительный стимул развитию цифровизации придала пандемия коронавирусной инфекции (COVID-19). Цифровизация изменила многие аспекты человеческого общества. Она оказала значительное влияние на бизнес-процессы в международной торговле, сокращая издержки, увеличивая объем и скорость кроссграничных транзакций. Важнейшим двигателем торговли становится электронная коммерция, масштабы которой растут из года в год. В статье рассматриваются новые тенденции глобального процесса цифровизации.

Похожие статьи


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

133

O‘ktayeva Yulduz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi.

RAQAMLI O‘ZBEKISTON – RAQAMLI KELAJAK

Uktayeva Yulduz

Student of the University of world economy and diplomacy.

DIGITAL UZBEKISTAN – DIGITAL FUTURE

Уктаева

Юлдуз

Студент университета мировой экономики и дипломатии

.

ЦИФРОВОЙ УЗБЕКИСТАН

ЦИФРОВОЕ БУДУЩЕЕ

Kalit so‘zlar

:

elektron hukumat, e-sud, e-ekspertiza, identifikatsiya, forensics,

genom baza, Raqamli O‘zbekiston, elektron platforma.

Barcha davrlarda davlat yangiliklar yaratish, ilm-fanga homiylik qilish

ortidan rivojlanishga yetgan. Bugungi texnologiyalar rivojlangan asrda yashar

ekanmiz, davlat boshqaruvida ham raqamli texnologiyalarning o‘rni tobora ortib

bormoqda, shunday ekan, ushbu sohani yanada jadallashtirish davlat siyosatini

bir qismiga aylanib ulgurgan deyish mumkin. Xususan, hukumatni

raqamlashtirish siyosatini amalga oshirish yuzasidan ko‘plab ishlar amalga

oshirilmoqda. “Elektron hukumat” loyihasi esa shunday ishlardan biriga

misoldir. Ushbu loyihalar nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning ko‘plab

rivojlangan davlatlarida ham kun mavzusi bo‘lib kelmoqda. Misol uchun, Adliya

vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti “Regional Dialogue”

xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi bilan hamkorlikda

14-dekabr kuni xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan “Adliya

sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

mavzusidagi xalqaro konferensiyada hukumatni elektronlashtirishda yangi

loyihalar, shuningdek, ularning afzal taraflari muhokama qilindi.

Raqamlashtirish siyosati haqida gapiradigan bo‘lsak, avvalo,

raqamlashtirish fuqarolarga istalgan joyda, istalgan vaqtda hamda istalgan

qurilmada davlat xizmatlardan foydalanish imkonini yaratadi. Bu esa, o‘z

navbatida, fuqarolarga vaqtni va xarajatlarni tejashda, ortiqcha ovoragarchilikni

keltirib chiqarmaslikka xizmat qiladi.

Raqamlashtirish siyosati ancha ilgari rejalashtirilgan bo‘lsa-da, harakatlar

sust borayotgan bir vaqtda, butun dunyoda pandemiya keng tarqalishi ushbu

siyosat jadal rivojlanishga turtki bo‘ldi. Xususan, barcha qatori davlat xizmati

ham onlayn ish faoliyatiga o‘tdi, shu sababdan davlat xizmatlarni ko‘rsatuvchi

platformalar ishga tushirila boshladi. Bundan tashqari, ko‘plab Yevropa


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

134

davlatlarida sud jarayonlari optimallashtirildi. Shu qatori, O‘zbekistonda ham e-

sud platformasi ishga tushib, bu orqali fuqarolarga sudga onlayn murojaat qilish

imkoniyati yaratildi.

Raqamlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan loyihalardan eng yirigi

sifatida “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini e’tirof etish mumkin. Ushbu

dastur orqali 2030-yilga qadar ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa barcha

sohalarni elektronlashtirish loyihalari qamrab olingan. Xususan, 2022-yil

1-kvartaliga qadar barcha turdagi to‘lovlar yagona billing tizimi orqali qamrab

olinishi, buni nazorat qilishni ham yengilashtiradi deyish mumkin.

Shuningdek, dasturning e’tiborli jihati Elektron hukumat tizimining

ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash yagona markazining ishga tushirilishi

elektron hukumatning markazlashuvi va faoliyat va davlat xizmatlarini ko‘rsatish

sohasi qamrovining kengayishiga xizmat qiladi. Ushbu dasturda attestatsiyalash

hamda identifikatsiyalashni ham yo‘lga qo‘yish masalalari keltirib o‘tilgan bo‘lib,

buning bir qismi o‘laroq 2021-yil 1-yanvardan boshlab, identifikatsiyalashning

yangi tizimi joriy qilib, fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida pasport

o‘rniga ID kartalari berila boshladi. Bu esa albatta fuqarolarning ma’lumotlarini

raqamlashtirishda ancha qulayliklar yaratgan, xususan, fuqarolarning soliq

ma’lumotlari ham ID kartalar orqali aniqlanish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ortiqcha

ovoragarchilikni kamaytir

а

di. Bundan tashqari, attestatsiyalarni, diplomni va

ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlarni elektronlashtirish loyihasi ham ilgari surilgan

bo‘lib, bunda fuqaro bir vaqtning o‘zida an’anaviy ma’lumot hujjatiga hamda

uning elektron shakliga ham ega bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Albatta, bu

loyihalarni amalga oshirishda ko‘plab rivojlangan davlatlarning tajribalarini

o‘rganib, ular bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, inson huquqlari asosiy o‘ringa qo‘yilgan bir

davrda sud-huquq sohasini ham elektronlashtirish, albatta, bu sohaning

shaffofligini ta’minlashga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi.

Xususan, sud-huquq tizimida sud ekspertizani elektronlashtirish uchun

qaratilgan e-ekspert loyihasini aytish mumkin. Unda Sulaymonova nomidagi sud

ekspertizasi markazi faoliyatini yanada kengaytirish borasida jadal ishlar

amalga oshirilmoqda hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

rasmiy sayti hisoblangan www.minjust.uz saytida sud eksperti sifatida kasbiy

layoqati sertifikatiga ega shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish orqali

ekspertlarning shaxsini aniqlash imkoniyatini yaratilmoqda. Malakali sud

ekspertiza kadrlarini shakllantirish maqsadida Koreya, Isroil kabi davlatlar bilan

hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ekspertlarning malakasini oshirish maqsadida

yuborilishi ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2020-yildan boshlab

Respublika genom bazasini shakllantirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu orqali

shaxslarning nohaq ayblanishining oldini olish imkoniyati yaratilmoqda. Shu

bilan birga, murakkab masalalarni hal qilishda, shuningdek, bedarak yo‘qolgan

yoxud vafot etgan shaxslarga oid ma’lumotlarni aniqlashda imkoniyatlar

kengayadi.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

135

Yana bir ahamiyatga molik masalaga to‘xtaladigan bo‘lsak, sud va huquq

sohasida raqamlashtirish siyosatini amalga oshirish imkoniyatiga ega malakali

kadrlarni shakllantirish masalasi ham mavjud bo‘lib, buning yechimi o‘laroq, yurist

kadrlar uchun Forensics Akademiyasi xalqaro ekspertlari tomonidan ishlab

chiqilgan maxsus www.lawandforensics.com sayti orqali raqamli sud ekspertlari,

huquqshunoslar, sudyalar, texnologlar, texnik ekspertlar, huquqni muhofaza

qiluvchi organlar, professorlarni birlashtirib, advokatlarga raqamli sud ekspertizasi

va texnik ekspertlarga qonun buzilishlariga oid darslar o‘tilishi aytib o‘tilgan.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va

optimallashtirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bugungi zamon talabi bo‘lib

qolmoqda. Shu sababdan ko‘plab davlat o‘rtasida bu borada kelishuvlar,

hamkorliklar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, raqamlashtirishni

rivojlantirish jarayonida olib borilayotgan samarali ishlarni jadallashtirishda

muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi. Albatta, raqamlashtirish siyosatida bugun va

ertaning asosiy mavzusi bo‘lib qoladi. Texnologiya davrida yashar ekanmiz,

faqat birgina texnologiyalar bilan to‘xtab qolmasdan, ularning yangi qirralarini

kashf etish va uni davlatning ijtimoiy, siyosiy hamda iqtisodiy sohalarning

ustuvor talabi bo‘lib qoladi. Bu esa, albatta, kelajak uchun ham texnologik

poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов