Институт административных судов и их роль в судебной системе

CC BY f
240-242
52
28
Поделиться
Жураева, Ш. (2022). Институт административных судов и их роль в судебной системе. Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции, 1(1), 240–242. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-1-8-MTDDFJ-2021-pp240-242
Шохсанам Жураева, Ташкентский государственный юридический университет

Студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В последние годы в нашей стране системно ведется работа по совершенствованию судебной системы. Усиливается надежная защита прав и интересов граждан и предпринимателей. В результате этой работы защита прав человека вышла на новый уровень в судебном процессе.

Похожие статьи


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

240

Jo‘rayeva Shohsanam

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

MA’MURIY SUDLAR INSTITUTI VA ULARNING SUDLOV

TIZIMIDAGI O‘RNI

Jurayeva Shokhsanam

Student of Tashkent State University of Law

INSTITUTE OF ADMINISTRATIVE COURTS AND THEIR ROLE

IN THE JUDICIAL SYSTEM

Жураева Шохсанам

Студент Ташкентского государственного

юридического университета

ИНСТИТУТ АДМИНИСТРАТИВНЫХ СУДОВ И ИХ РОЛЬ

В СУДЕБНОЙ СИСТЕМЕ

So‘nggi yillarda yurtimizda sud-huquq tizimini takomillashtirish borasida

tizimli ishlar olib borilmoqda. Fuqarolar hamda tadbirkorlar huquq,

manfaatlarini ishonchli himoyasi kuchaytirilmoqda. Amalga oshirilayotgan

ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlari himoyasi yangi

bosqichga chiqdi.

Sud hokimiyatining mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy norma hamda

sudlar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Fuqarolarning

huquqlari va manfaatlariga tajovuz qilish holatlariga zudlik bilan chora-tadbirlar

ko‘rilishi belgilandi. 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan

“Harakatlar

strategiyasi”

da sud tizimidagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, sud-huquq

tizimini tubdan isloh qilish, inson va fuqarolarning, tadbirkorlarning

buzilayotgan huquqlari, zarar yetkazilayotgan manfaatlariga zaruriy choralar

ko‘rilishi belgilandi. Bu borada bir qator qonunlar, Prezident farmonlari qabul

qilindi. Xususan, yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda sud tizimidagi

yangiliklar umumlashtirilib, sud tizimining yangi shakli qonuniylashtirildi.

Sudlarning mustaqilligi, sudlarning vakolatlari, sudyalar faoliyati belgilab

qo‘yildi. Shuningdek, sud tizimida korrupsiyaning oldini olish, tizimni malakali

va halol kadrlar bilan to‘ldirish, sud organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash,

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini

oshirish maqsadida sudyalikka kadrlarni tayyorlash, korrupsiya holatlarini

barvaqt aniqlash mexanizmi yaratildi.

2017-yil 21-fevral kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

PF–4966 sonli “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan

takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-

tadbirlari”

to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq

ma’muriy organlar bilan munosabatlarda

qonun ustuvorligini, fuqarolar, korxona va tashkilotlarning huquqiy va qonuniy


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

241

manfaatlarini ta’minlash, ma’muriy va boshqa ommaviy munosabatlar sohasida

yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va

huquqlarini himoya qilish, ma’muriy hamda ommaviy huquqiy munosabatlarda

qonuniylikni mustahkamlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo

ma’muriy

sudlar

tashkil qilindi. Shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlari tugatildi.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish

to‘g‘risidagi kodeksiga

asosan ma’muriy sudlar:

1) idoraviy normativ-huquqiy nizolashish to‘g‘

risidagi ishlarni;

2) davlat boshqaruv organlarining, ma’muriy organlarning, fuqarolar

o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining fuqarolar

huquq va manfaatlariga zid qarorlari, harakatlari yuzasidan nizolarni;

3) saylov komissiyalarining xatti-

harakatlari yuzasidan nizolarni;

4) notarial ishlarni yuritishdagi, fuqarolik holati dalolatnomalarini

yozishni rad etganlik bo‘

yicha holatlarni;

5) davlat ro‘yxatidan o‘tish bo‘yicha rad etilganlik holatlarini ko‘rib

chiqishga

vakolatli

hisoblanadi. Bundan O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy sudlar hamda

harbiy sudlarga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish mustasnodir.

Turli hududlarda joylashgan bir nechta javobgarga nisbatan ariza arizachi

(ma’muriy protsessual huquq layoqatiga ega bo‘lgan fuqaro yoki yuridik shaxs)

tanlovi bo‘yicha shu yerdagi ma’muriy sudga beriladi. Bugungi kunda sudga

beriladigan arizalar elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.

Ma’muriy sudlar instituti tashkil etilmasdan avval

davlat organlari

tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligi

hamda qonuniyligi qaysi sud instituti tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilanmagan

edi. “Konstitutsiyaviy sud” to‘g‘risidagi Qonunda ham Konstitutsiyaviy sud

vakolatlari qismida davlat organlari tomonidan chiqariladigan qarorlarni ko‘rib

chiqish ko‘rsatilmagan edi. Ammo konstitutsiyaviy sud tarixida faqat bir marta

1998-yilda idoraviy normativ-huquqiy hujjat haqidagi ishni ko‘rib chiqqan.Sud

Plenumining 19.07.1996-yil 18-son “ Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini

buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan sudlarda ko‘rish

amaliyoti” to‘g‘risidagi Qarorning 6-bandiga muvofiq, ilgari ham fuqarolik ishlari

bo‘yicha sudlarda umumnormativ turdagi hujjatlar yuzasidan nizolashishga

ruxsat berilardi. Ammo aniq mexanizmlarning mavjud emasligi bu amaliyotning

kam tatbiq etilishiga olib keldi. Endi barcha noaniqliklar barham topdi. Biroq

ma’muriy sudlarning, Oliy sudning vakolatlari faqatgina idoraviy normativ-

huquqiy hujjatlar bilangina cheklanadi. Qolgan barcha normativ-huquqiy

hujjatlar Konstitutsiyaviy sudga taalluqli hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sudga

tegishli NHH lar aynan shu sud institutida ko‘rib chiqiladi.

Ma’muriy sud instituti

1863

-yilda Germaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib,

O‘zbekiston ham shu davlat tajribasiga asoslanmoqda.

Yuridik fanlar nomzodi

Serikbek Muratayev

Germaniyadagi ma’muriy sudlar tizimi haqida shunday

fikrlarni aytib o‘tgan: “ Germaniyada ma’muriy sudlarning davlat organlariga

ta’siri juda kuchli. Ularda boshqaruv organlarining rahbarlari ma’muriy sudlarga

ishimiz tushmasin” deb, xavotirda turadi va muammolarga o‘z vaqtida yechim


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

242

topishga harakat qiladi”. Olim ma’muriy sudlarning fuqarolar oldida turib davlat

organlarining xatosini tuzatadigan tashkilotga aylanishi kerak deb hisoblaydi.

Aslida ham, ma’muriy sudlar shu maqsadda tashkil etilgan edi. Ammo qonun

hujjatlarini amalga oshirish mexanizmini yaratish maqsadida qonunosti

hujjatlari ko‘payib ketmoqda. Amaliyotda esa qonunosti hujjatlarining ko‘pi

fuqarolarga notanish. Ularning aksariyatini bilaverishmaydi yoxud

topilavermaydi. Shu muammolarga yechim sifatida qonun hujjatlarini to‘g‘ridan

to‘g‘ri fuqarolarga yetkazish, ularning huquqiy ongini shakllantirish bo‘yicha

ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kun nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ma’muriy sudlarga

arizalar hamda shikoyatlar tuman hokimlarining fuqarolarga, tadbirkorlik

subyektlariga yer uchastkalari ajratishi bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlari ustidan

tushmoqda. Yoxud mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifalari paytida

chiqaradigan qarorlari ham ma’muriy sudlov jarayonlarining obyektiga

aylanmoqda. Bu degani, ma’muriy sudlar tashkil etilgach davlat organlari

ustidan jamoatchilik nazorati kuchaydi. Bunga qadar minglab fuqarolar hamda

yuridik shaxslar huquqlari poymol etilib, hokimlar noqonuniy harakatlar

qilayotgan, jabrlanuvchilar esa qayerga murojaat qilishni bilmay sarson

bo‘lardilar. Endi siz hatto uyda o‘tirib ham qonunga xilof bo‘lgan davlat idoralari

qarorlari, xatti-harakatlari ustidan ma’muriy sudlarga ariza yuborishingiz,

davlat bojini ham to‘lashingiz mumkin. Bizda ma’muriy sudlar tashkil etilganiga

juda ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ammo shu qisqa muddatda fuqarolar ishtiroki bilan

davlat idoralarining noqonuniy qarorlari, xatti-harakatlari aniqlandi. Ularga

tegishlicha choralar ko‘rildi. Korrupsiya holatlari aniqlandi. Bu tizimni yanada

yaxshi ishlashiga fuqarolar tashabbuskorligi bilan erishishimiz mumkin, deb

hisoblayman.

Biz yana bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak. Ma’muriy sudlar ma’muriy

huquqbuzarlikka oid ishlarni, hamda davlat idoralari normativ-huquqiy

hujjatlaridan tashqari bo‘lgan NHH larni ko‘rib chiqishdan o‘zini tiyadi. Oliy

Majlis qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining

Konstitutsiyaga muvofiqligini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi

nazorat qiladi hamda konstitutsiyaviy norma buzilishi holatlari ustidan

Konstitutsiyaviy Sud instituti ish olib boradi.

Agar ma’muriy sudlar tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, davlat idoralari va

muassasalari ustidan kuchli jamoat nazorati o‘rnatiladi. Fuqarolarni qiynaydigan

byurokratik to‘siqlar olib tashlanadi. Xalqning davlatga ishonchi ortadi.

O‘zboshimcha yer uchastkalari ajratilishi, qog‘ozbozlik, korrupsiya holatlari

cheklanadi. Ma’muriy sudlar xalq himoyachisiga aylanar ekan, insonlar emin-

erkin tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari, davlat xizmatlaridan

foydalanishlari kafolatlanadi.

Mansabdor shaxslar ham javobgarlikni o‘ylab o‘z xizmat vazifalariga

mas’uliyat bilan yondashadilar. Murojaat qilgan insonlarni rozi qilishga harakat

qiladilar.

To‘g‘ri, ma’muriy sudlar tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmadi. Ammo bu

tizimdan ko‘p natijalar kutilmoqda.

Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов