MOLIYA TIZIMINING IQTISODIY MUNOSABATLARDAGI AHAMIYATI

Annotasiya

Maqolada davlat moliya tizimining  iqtisodiy munosabatlarda  tutgan o‘rni va iqtisodiy mohiyati aks ettirilgan. Shuningdek, davlat moliyasining iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi funksiyalari yoritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
54-59

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Baytanov, O., & Akbaraliyeva , R. (2025). MOLIYA TIZIMINING IQTISODIY MUNOSABATLARDAGI AHAMIYATI. Развитие и инновации в науке, 4(9), 54–59. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/135074
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada davlat moliya tizimining  iqtisodiy munosabatlarda  tutgan o‘rni va iqtisodiy mohiyati aks ettirilgan. Shuningdek, davlat moliyasining iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi funksiyalari yoritilgan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

54

MOLIYA TIZIMINING IQTISODIY MUNOSABATLARDAGI

AHAMIYATI

O‘.Baytanov

Jizzax politexnika instituti

“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti v.b

R.Akbaraliyeva

Kibersport fakulteti 531-22 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16891889

Annotatsiya:

Maqolada davlat moliya tizimining iqtisodiy munosabatlarda

tutgan o‘rni va iqtisodiy mohiyati aks ettirilgan. Shuningdek, davlat moliyasining
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi funksiyalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Davlat moliyasi, funksiya, davlat, nazorat.

Аннотация:

В статье отражена роль и экономический характер

государственной финансовой системы в экономических отношениях.
Также освещаются функции государственных финансов в осуществлении
экономических реформ.

Ключевые слова:

государственные финансы, функция, государство,

контроль.

Moliyaning iqtisodiy kategoriya sifatidagi tabiati va mohiyati uning

bajaradigan funksiyalarida namoyon bo‘ladi.

Funksiya ob’ekt ichki mohiyati konkret shaklining namoyon bo‘lish

jarayonidir. Moliyaning funksiyalarini bilish moliya siyosatini amalga oshirish
uchun zarurdir. Moliya fani nuqtai-nazaridan davlat moliyasi, xo‘jalik sub’ektlari
moliyasi va uy xo‘jaliklari moliyasi funksiyalarining ma’lum darajada birligi
mavjud. Shu bilan bir vaqtda, ular o‘rtasida farqlar ham mavjudki, bu holat bir
tomondan, umumdavlat manfaatlaridan va boshqa tomondan esa, korxonalar
faoliyatining tadbirkorlik jihatlari hamda fuqarolar shaxsiy manfaatlaridan kelib
chiqadi.

Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi-olimlar o‘rtasida qator bahsli

holatlar mavjud.

Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning uchta funksiyasi mavjudligini

e’tirof etishadi.

A.M. Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:
-xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash;
-nazorat;
-taqsimlash.
A.M. Aleksandrov va E.A. Voznesenskiy tasdiqlaydiki, moliya quyidagi

funksiyalarni bajaradi:


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

55

-pul fondlarini shakllantirish;
-shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish;
-nazorat.
I.Т. Balabanovning fikriga ko‘ra, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning

taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi.

Iqtisodchi V.M. Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat

funksiyalarini bajaradi.

A.M.Babich, L.N.Pavlovalarning fikricha, butun moliya tizimi uchun qator

funksiyalar - rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga
egadir.

Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi-olimlar moliyaning taqsimlash

va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.

Iqtisodiy sub’ektlarning asosiy manfaati foyda olish hisoblanadi. Foyda

markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbaidir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik ko‘p ukladli shakllarini paydo

bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘lik iqtisodiy mustaqillikni
ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi.
Bunday sharoitda iqtisodiy sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni
tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy
qarorlarga bog‘liqdir.

Тurli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy

manbalari nima hisoblanadi?

Albatta bunda makrodarajada yalpi ichki mahsulot eng birinchi manba

bo‘lib hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy
vositalar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy
instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.

Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va

jamg‘armalari hisoblanadi.

Moliyaning nazorat funksiyasi - bu ob’ektiv tarzda amal qiluvchi pul

munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.

Moliya nazorat funksiyasining ob’ekti bo‘lib xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining

moliyaviy natijalari hisoblanadi.

Nazorat funksiyasi vositasida esa, pul fondlarining shakllanishi

jarayonlarini iqtisodiy qonuniyatlar, me’yorlar asosida amalga oshirishni
nazorat qiladi.

Davlatning paydo bo‘lishi bilan moliyaning paydo bo‘lishini izohlash uchun

davlatning jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli va unga tegishli bo‘lgan funksiyalarni


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

56

asoslash lozim. Davlatning iqtisodiy roli uning quyidagi funksiyalarida namoyon
bo‘ladi: tartibga solish, qayta taqsimlash, ijtimoiy, nazorat.

Тartibga solish funksiyasi:

Davlat ishtiroki zarur bo‘lgan shunday sohalar

mavjudki, ularning to‘laqonli amal qilishida davlat ishtiroki belgilovchi ahamiyat
kasb etadi (masalan, mudofaa, davlat boshqaruv apparatini saqlash, ijtimoiy
sohalar, aholini ijtimoiy himoyalash tizimlari va boshqalar). Davlat turli xil
institutsional tizimlar vositasida iqtisodiy siyosatni amalga oshiradi. Davlatning
tartibga solish funksiyasining bajarilishi tartibga solishning qator sohalarida
ta’minlanadi: davlat moliyasi, pul muomalasi, nakd pulsiz hisob-kitoblar, valyuta
kurslari, iqtisodiy havfsizlik va boshqalar.

Qayta taqsimlash funksiyasi

. Yaratilgan milliy daromad ishlab

chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida qayta taqsimlashning ob’ekti
hisoblanadi. Bunda qayta taqsimlash mexanizmining vositasi va ijrochilari
sifatida soliq tizimi hamda byudjet tizimi maydonga chiqadi.

Ijtimoiy funksiya

. O‘tish davrining asosiy muammosi hisoblanuvchi

ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirish va aholining kam ta’minlangan
qatlamlarini himoya qilish davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bu
funksiyaning amal qilish mexanizmi davlatning quyidagi yo‘nalishlardagi aniq
tadbirlari orqali ta’minlanadi: ijtimoiy transfertlar tizimi, respublika va mahalliy
darajadagi ijtimoiy dasturlar, adresli ijtimoiy yordamlar.

Moliyaning quyidagi tamoyillari amal qiladi: birlik (yaxlitlik);

balanslilik; maqsadga yo‘naltiralganlik; sharoitga moslashuvchanlik; strategik
asoslarga tayanuvchanlik.

Moliyaning birlik (yaxlitlik) tamoyili shuni xususiyatlaydiki, moliya

munosabatlarining barcha sub’ektlari uchun qonun va me’yoriy-huququiy
asoslarning, pul, kredit va soliq tizimlarining, moliyaviy xujjatlar va hisobotlar
shakllarining, moliyaviy operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish
tartibining, harajatlar va moliyaviy natijalarni shakllantirishning, moliyaviy,
to‘lov-hisob-kitob va soliq intizomlarini buzganligi uchun jazolar qo‘llashning
yaxlitligi, umumiyligi va hamma uchun birdayligi amal qiladi.

Balanslilik tamoyili shuni anglatadiki, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar

mulki qiymatining baholanishi ularni shakllatirishning aniq manbalariga
jumladan, tushumlar va daromadlar hisobiga, o‘z mablag‘lari, jalb qilingan
mablag‘lar va bank kreditlari kabilarga egadir.

Agar mulk faqat o‘z daromadlar hisobiga shakllantirilgan bo‘lsa, xo‘jalik

sub’ektining kontagentlar oldidagi moliyaviy majburiyatlari va tashqi qarzi
bo‘lmaydi. Biroq, har qanday xo‘jalik sub’ektining byudjet oldidagi va davlatning


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

57

byudjetdan tashqari maxsus maqsadli fondlari oldidagi majburiyatlarini
unutmasligi lozim.

Agar mulk shakllanishida bank krediti yoki boshqa manbalar ham ishtiroki

bo‘lgan bo‘lsa, u holda moliyaviy majburiyatlar va kontragentlar oldidagi
kreditorlik qarzlari yuzaga keladi. Тo‘lovchanlik asosida mablag‘larning jalb
etilishi foiz stavkalari va harajatlarning qoplanishini qiyoslashni talab etadi.
Тashqi moliyalashtirishi manbalari muddatlilik sharti bilan ham cheklangandir.

Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarning balansliligi tamoyili

shuni anglatadiki, rejelashtirilayotgan harajatlar hajmi umumiy daromad
manbalari umumiy hajmiga mos kelishi lozim. Bu yerda shu narsa muhimki,
daromad manbalarida ko‘zda tutilayotgan qarzlar davlat byudjeti va nobyudjet
fondlarning davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va ularni qaytarish bo‘yicha
moliyaviy imkoniyatlardan ortib ketmasligi zarurdir.

Makrodarajada

moliyaning

balansliligi

mikroko‘lamdagi

moliya

barqarorligiga asoslanadi.

Moliyaning balansliligi pul majburiyatlari va qarzlari to‘lanishining o‘z

vaqtida va to‘liq bajarilishidp namoyon bo‘ladi.

Moliyaning balansliligining buzilishi muddati o‘tgan qarzlar va

majburiyatlarning o‘sishida yaqqol namoyon bo‘ladi hamda moliyaviy nochorlik
(bankrotlik)ka olib keladiki, bunda majburiyatlarni o‘zgacha moliyaviy
shartlarda qayta ko‘rib chiqish va qayta tarkiblashtirish zaruriyat kelib chiqadi.

Moliyaning yana bir tamoyili - maqsadga yo‘naltirilganlikdir. Тadbirkorlik

faoliyatining an’anaviy maqsadlariga quyidagilar kiradi: foyda olish, ishlab
chiqarish rentabelligini va va mehnat unumdorligini oshirish, bozoda barqaror
holatni, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslvr yetarliligini ta’minlash va
hokazo. Davlat moliyasining bunday maqsadlariga quyidagilar kiradi: soliqlar,
yig‘imlar va soliqsiz tushumlar shaklida daromadlarni to‘plash; mablag‘larni
ijtimoiy sohalar, iqtisodiyotning davlat

va munitsipal (mahalliy) sektorlari taraqqiyoti yo‘nalishlari va tasdiqlangan

parametrlariga mos tarzda, investitsiya dasturlari hamda ichki va tashqi qarzlar
bo‘sicha majburiyatlarning bajarilishi holatiga mos tarzda qayta tasdiqlash.

Moliyalashtirish

va

mablag‘larni

joylashtirish

manbalarini

diversifikatsiyalash (qayta tarkiblashtirish) tamoyili ikki yoqlama namoyon
bo‘ladi:

Mablag‘larning turli manbalardan turli ob’ektlar va mulklarga investitsiya

qilinishida;

Тadbirkorlik va notijorat faoliyatining turli ko‘rinishlari bilan


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

58

shug‘ullanuvchi ko‘p tarmoqli korxonalarning yaratilishida.

Moliyalashtirish

manbalarining

diversifikatsiyasi

umumiy

tarzda

daromadlar o‘sishini ta’minlaydi, bankrotlilik riskini pasaytirishga va korxona
raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga mazkur tamoyil
moliyaviy resurslarning oborotdan chetlashuviga ham olib kelishi mumkinki,
ushbu muammo moliyachilar diqqat markazida bo‘lishi zarur.

Moliyaning strategik asoslarga tayanuvchanlik tamoyili shuni anglatadiki,

aniq maqsadga erishish uchun ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida
nafaqat joriy harajatlarni, balki shu bilan birga uzoq va o‘rta muddatlarga
investitsiya xususiyatidagi qo‘yilmalar qilishni ham hisobga olgan holda optimal
va samarali moliyalashtirishni ta’minlovchi moliyaviy resurslarni jalb etishning
aniq strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Investitsiya xususiyatidagi qo‘yilmalar
tarkibi YaIMning, ijtimoiy turmush tarzining o‘sish istiqbollarini belgilaydi.

Mazkur maxsus tamoyillar qatorida moliya taraqqiyotiga mamlakatda

iqtisodiyotni boshqarish umumiy tamoyillarining amal qilishi ham katta ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday umumiy tamoyillarga quyidagilar kiradi: qabul qilingan
qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat; o‘tilgan tajriba va saboqlarni hisobga
olish; xo‘jalik yuritishning tashqi muhitidagi o‘zgarishlar yo‘nalishlari va
rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish; strategik maqsadlar va rivojlanish
istiqbollarini hisobga olish; munozarali va alohida kelishuv talab etilgan
vaziyatlarda qat’iy va tezkor qarorlar qabul qilish hamda tadbirlar belgilash;
tashqi omillar, masalan, siyosiy nobarqarorlik ta’sirining oqibatlarini oldindan
belgilab bo‘lmasligini tan olish.

Makro va mikro ko‘lamda iqtisodiyotning barqarorlashuvi umumiy

moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bilan ajralmasdir. Shuning uchun
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lmish - YaIM va inflyatsiya, valyuta kursi,
ishsizlik darajasi, to‘lov balansining holati, mehnatga haq to‘lash darajasi, aholi
turli qatlamlari daromadlarining o‘zaro nisbati, kreditlar va depozitlar bo‘yicha
foiz stavkalari kabilar o‘sish sur’atlarining monitoringi moliya sohasidagi real
vaziyatni ob’ektiv baholash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:2023
2.O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 4—6-son, 39-
modda
3.O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to’g’risida. 2012 yil 6 yanvar.
4.O’zbekiston Respublikasi Prezdentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
Strategiyasi to’g’risida” PF-4947-sonli farmoni


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

59

5.O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 – yil 2 fevraldagi “Ish haqi,
pensiya, nafaqa va stependiyalar to’lash mexanizimini takomillashtrishga doir
chora-tadbirlar to’g’risidagi” PF-2753-sonli qarori
6.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi "O’zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-
tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
7.Mirzaqul o'g, B. O. R. "HUDUDLARDA ISHBILARMONLIK MUHITINI
YAXSHILASH." KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA
RIVOJLANTIRISHNI RAG'BATANTIRISH USULLARI (2023).
8.O’ral, Baytanov, and Norimov Elbek. "ISSUES OF THE INFLUENCE OF THE
FINANCIAL SECTOR ON ECONOMIC GROWTH." INTERNATIONAL CONFERENCE
ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE. Vol. 1. No. 6. 2024.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:2023

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 4—6-son, 39-modda

O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to’g’risida. 2012 yil 6 yanvar.

O’zbekiston Respublikasi Prezdentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida” PF-4947-sonli farmoni

O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 – yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stependiyalar to’lash mexanizimini takomillashtrishga doir chora-tadbirlar to’g’risidagi” PF-2753-sonli qarori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi "O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.

Mirzaqul o'g, B. O. R. "HUDUDLARDA ISHBILARMONLIK MUHITINI YAXSHILASH." KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHNI RAG'BATANTIRISH USULLARI (2023).

O’ral, Baytanov, and Norimov Elbek. "ISSUES OF THE INFLUENCE OF THE FINANCIAL SECTOR ON ECONOMIC GROWTH." INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE. Vol. 1. No. 6. 2024.