Tillarning ijtimoiy tabiati va antinomiyalari

Аннотация

Ushbu maqola orqali tillarning kelib chiqishi, tabiati, kishilik jamiyatida tutadigan o’rni, ushbu sohada ish olib brogan va til nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar, tilllar tabiatining to dastlabki rivojlanish bosqichidan to hozirgi darajaga kelishi haqida xronologik tartibda bilib olishingiz mumkin.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
479-481
57

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мавлонкулова A., & Салимовна C. (2025). Tillarning ijtimoiy tabiati va antinomiyalari. Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования, 1(1), 479–481. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81910
Аниса Мавлонкулова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
студент
Чехрангиз Салимовна, Самаркандский государственный институт иностранных языков
Учитель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola orqali tillarning kelib chiqishi, tabiati, kishilik jamiyatida tutadigan o’rni, ushbu sohada ish olib brogan va til nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar, tilllar tabiatining to dastlabki rivojlanish bosqichidan to hozirgi darajaga kelishi haqida xronologik tartibda bilib olishingiz mumkin.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

479

Samarkand State Institute of Foreign Languages

TILLARNING IJTIMOIY TABIATI VA ANTINOMIYALARI

Mavlonkulova Anisa

Sam DChTI talabasi

Ilmiy rahbar:

Chexrangiz Salimovna

Sam DChTI o’qituvchisi

Annotatsiya:

ushbu maqola orqali tillarning kelib chiqishi, tabiati, kishilik jamiyatida

tutadigan o’rni, ushbu sohada ish olib brogan va til nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar, tilllar

tabiatining to dastlabki rivojlanish bosqichidan to hozirgi darajaga kelishi haqida xronologik

tartibda bilib olishingiz mumkin.

Kalit so’zlar:

til, kishilik jamiyati, lotin, sug’d, Xorazm, Gumboldt, antinomiya,

Hindiston, o’lik til, etnografik fanlar.

Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy

hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda

namoyon bo‘ladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va

ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Til

jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi ( boshqacha aytganda ,

“tug‘iladi”, taraqqiy etadi, “o‘sadi”), bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin

iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, lotin, sug‘d,

qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bo‘lishi (“ tug‘ilishi”) taraqqiy

etishi (“o‘sishi”) va iste’mol qilinmay qolishi (“o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat

taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini, uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat

tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani

to‘g‘ri hal qilish mumkin. Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir

butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi bilan,

ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi. Umumiy tilshunoslik

fanining asoschisi V. fon Gumboldt (1767-1835) tilshunoslik fanining asosiy masalalarini,

predmetini va chegarasini belgilab berishga harakat qilgan mashhur olim edi. V. Gumboldt

tilshunoslikni inson o‘rganadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar qatoriga qo‘shishga harakat

qildi. V. Gumboldt ta'rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan sifat va

xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda,

uning haqiqiy mohiyatini tushunishda antinomiya qarama-qarshilik metodini qo‘llash maqsadga

muvofiqdir. Til tabiatiga xos asosiy antinomiyalar quyidagilardir:

Birinchi antinomiya: til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki qarama-qarshiligidir.

Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek,

tilning ham tafakkurdan ajratib qo‘yilishi mumkin emas.

Ikkinchi antinomiya: til har doim rivojlanib turadigan dinamik hodisadir. Bir tomondan,

til faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, faoliyat mahsulidir. Tilda so‘zlovchi har bir kishi o‘zining

nutq faoliyati jarayonida tilning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Shu bilan birga til

insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha tarixiy boyliklarini

mujassamlantirgan va avloddan-avlodga o‘tib boradigan aniq tarixiy me’yordir. “Aslida til”,

“egrгoн” (faoliyat mahsuli) emas, balki “enерgiyа” (faoliyat) ning o‘zginasidir. Bu

antinomiyadan ko‘rinib turibdiki, V. Gumboldt til bilan nutqning tilshunoslik fani ob'ektlari,

sifatida ajratib o‘rganish masalasini ilgari surgan. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning

o‘zaro munosabati masalasidan iborat.

Uchinchi antinomiya: nutq va tushunish antinomiyasidir. V. Gumboldt ta'rifiga ko‘ra nutq

bilan nutqni tushunish inson nutq faoliyatining ikki tomonini tashkil etadi.

To‘rtinchi antinomiya: tildagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. V.

Gumboldtning fikricha, har bir individ insoniyat kollektivi tomonidan yaratilgan tildan


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

480

Samarkand State Institute of Foreign Languages

foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir

so‘zlovchi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadi [4:15].

XX asr boshlarida Hindistonda ro‘y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo‘la oladi. U

yerda bo‘rilar to‘dasi orasida ikki qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri 2, boshqasi 7-8

yashar bo‘lgan. Ular bo‘rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan.

Hindistonlik psixolog olim bu ikki go‘dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko‘p

vaqt o‘tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr

ko‘rdi, ammo til va yurish-turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi [1:8].

Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil

farazni o ‘rtaga tashlagan. Demokrit va boshqalar (asrimizgacha bo‘lgan 460-370-yillar) tilda

narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda

gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikmi

ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh

olimlar (asrimizgacha bo‘lgan 427-347-yillar) narsa bilan uning nomi orasida muayyan

bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu

bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim

anologistlar deb nom olgan Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ulaming

nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanish yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan

qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillaming soni 5000

dan ortib ketmasdi. Lekin shu bilan birga tillaming bugungi holati, ya’ni sinxroniya nuqtai

nazaridan zamonaviy tillarda har ikki oqimning fikrlarini tasdiqlovchi yetarli faktlar mavjud.

Dunyodagi barcha tillarda asosiy va ikkinchi darajali yaruslar (qatlamlar) bor. Tilni bunday

tarkibiy qatlamlarga ajratish barchaga maktab darsliklaridan ma’lum. Asosiy yaruslar:

fonologiya (fonetika), leksika va grammatikani tashkil etuvchi - morfologiya va sintaksisdir.

Ikkinchi darajali yaruslarga stilistika va boshqalami kiritish mumkin. Asosiy va ikkinchi darajali

yaruslar orasida katta farq yotadi: asosiy yaruslar til va nutqda o‘z birliklariga ega, ikkinchi

darajali yaruslar esa o‘z birliklariga ega bo‘lmay, o‘z maqsadlariga erishish yo'lida asosiy yarus

birliklaridan foydalanadilar. Umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaralganda tillarda turli

grammatik ma’nolar uchraydi. Lekin bu grammatik ma’nolar va ularning ifoda uslublari hamma

tillar uchun umumiy, bir xil emas. Har bir tilda o‘ziga xos grammatik ma’nolar va ulami

ifodalash usullari mavjud. Ular ayrim-ayrim holda emas, balki ma’no turlarining yaqinligiga

ko‘ra guruh-guruh holda uchraydi. Bunday guruhlarda ular son jihatdan kamida ikkita va undan

ortiq bo‘lishi mumkin. Ana shunday birikmalar tilshunoslikka oid adabiyotlarda grammatik

kategoriya deb yuritiladi. Grammatik kategoriya umumlashgan grammatik ma’no bo‘lib, u

tilning qaysi morfologik turga kirishini ko‘rsatadi va o ‘z ifodasini so ‘zlarning o ‘zgarishida

yoki gapda so ‘zning bog‘lanishida topadi [1:12].

Inson ko‘rgan, eshitgan va his qilgan narsalarini turlarga, guruhlarga ajratadi. Turlarga

va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Qiyoslash inson tabiatiga xos

narsa. Masalan, olmani katta-kichikligi, rangi, hidi va hokazolariga qarab turlarga, navlarga

bo‘lamiz. Sayyoralarning quyoshga yoki yerga nisbatan joylashishi, katta-kichikligi, harorati,

atmosferasi va tarkibiga qarab guruhlarga ajratamiz. Lekin guruhlarga, turlarga ajratishning

asosiy shartlaridan biri ko‘rilayotgan narsa yoki hodisaning kamida ikkita bo‘lishi lozimligidir.

Ma’lumki, tilda rang-barang, son-sanoqsiz so‘zlar bor. Tilshunoslik tarixida olimlar so'zlarni

so‘z turkumlariga ajratishni diqqat markazida ushlaganlar. Tilshunoslik fanining rivojlanib,

mukammallashib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham takomillashib borgan.

Yuqoridagi olma va sayyoralar misolidan ko‘rinib turibdiki, narsa va hodisalarni turkumlarga

ajratish uchun ma’lum o‘lchov, shart, mezonlar bo‘lishi kerak. So‘zlarni turkumlarga ajratuvchi

mezonlar, belgilar to‘g‘risida ko‘p bosh qotirilgan. Bu muammoning yechilish tarixi hozirgi

kunda uch asosiy bosqich: strukturalizmgacha bo‘lgan davr, strukturalizm davri,

strukturalizmdan keyingi, ya’ni hozirgi davrga ajratiladi. Tilshunoslik tarixida strukturalizm

oqimi paydo bo‘lguncha, ya’ni o‘tgan asrning 30-yillarigacha bo‘lgan davrda so‘zlarni

turkumlarga ajratishda asosan uch o‘lchov: so'zlarning leksik-grammatik ma’nosidan,


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

481

Samarkand State Institute of Foreign Languages

so‘zlarning morfologik belgilari, ya’ni so‘zning grammatik shaklidan, so 'zlarning gapdagi

sintaktik vazifasidan foydalanilgan [1:20].

Tilning ijtimoiy tabiatni talqin qilishda jahon tilshunosligi dialektik taraqqiyot

prinsplariga asoslanadi. Xususan, tilni jamiyat taraqqiyotining mahsuli deb tushunish tilshunoslik

faniga qo‘shilgan eng buyuk hissalardan biridir. Tilning asosiy va muhim xususiyati shundan

iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng muhim aloqa vositasi sifatida

xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki

jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham

jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Insonning butun hayoti til bilan bog‘liq bo‘lib, til

yordamida kishilar obyektiv borliqni o‘rganadilar, o‘zaro fikr almashadilar, jamoa bo‘lib

birlashadilar va mehnat qiladilar.

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda tillar tabiatini bilish, tillarni tarixi, grammatikasini

va boshqa tillar bilan qiyosiy ravishda o’rganshga katta yordam beradi. Tillarning tabiatini

o’rganish, qiyosiy-tarixiy tilshunioslikning bir kichik qismlaridan biri bo`lib hozirgi kungacha

tilshunoslarning nazaridan chekkada qolmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Asadova, C., Ulug'bekova, S., &Shamsiyeva, K. (2024, April). INGILIZ TILIDA LUG'AT

YODLASHNING SAMARALI USULLARI. In Conference Proceedings: Fostering Your

Research Spirit (pp. 152-155).

2.

Asadova, C., & Abdurahimova, S. INTERACTIVE METHODS FOR SCHOOL CHILDREN IN

EFL CLASSES.

3.

Avazmurodova, M. SPECIFIC CHARACTERISTICS OF UZBEK AND ENGLISH

ARTICLES BETWEEN THEIR WORLDWIDE PROMOTION.

4. Salimovna, A. C. (2023). TEACHING CHILDREN HOW TO SET ADEQUATE GOALS AND

STRATEGIES. FINLAND" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: TOPICAL ISSUES,

ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS", 14(1).

5. Makhmudova, J., & Asadova, C. (2024, April). THE GOALS AND OBJECTIVES OF USING

GAME ACTIVITIES IN EDUCATION. In Conference Proceedings: Fostering Your Research

Spirit (pp. 194-197).

6. M. T. Irisqulov “Tilshunoslikka kirish” Toshkent 2009. 263b

7. Асадова, Ч. (2019). АБСТРАКТНЫЕ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫЕ В АНГЛИЙСКОМ И

РУССКОМ ЯЗЫКАХ. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-3), 82-

84.

8. Асадова, Ч. (2022). Xorijiy tillarni o’rganishda yosh davriga xos xususiyatlar. Анализ

актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в

преподавании иностранных языков, 1(01), 225-226.

9. Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE

TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

10. Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning

o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

11. Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO

TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ

ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

12. Аслонов, Ш. (2024). The importance of Artificial Intelligence in the teaching of translation

theory and practice. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5), 50-53.

Библиографические ссылки

Asadova, C., Ulug'bekova, S., &Shamsiyeva, K. (2024, April). INGILIZ TILIDA LUG'AT YODLASHNING SAMARALI USULLARI. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 152-155).

Asadova, C., & Abdurahimova, S. INTERACTIVE METHODS FOR SCHOOL CHILDREN IN EFL CLASSES.

Avazmurodova, M. SPECIFIC CHARACTERISTICS OF UZBEK AND ENGLISH ARTICLES BETWEEN THEIR WORLDWIDE PROMOTION.

Salimovna, A. C. (2023). TEACHING CHILDREN HOW TO SET ADEQUATE GOALS AND STRATEGIES. FINLAND" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS", 14(1).

Makhmudova, J., & Asadova, C. (2024, April). THE GOALS AND OBJECTIVES OF USING GAME ACTIVITIES IN EDUCATION. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 194-197).

M. T. Irisqulov “Tilshunoslikka kirish” Toshkent 2009. 263b

Асадова, Ч. (2019). АБСТРАКТНЫЕ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫЕ В АНГЛИЙСКОМ И РУССКОМ ЯЗЫКАХ. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-3), 82-84.

Асадова, Ч. (2022). Xorijiy tillarni o’rganishda yosh davriga xos xususiyatlar. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 225-226.

Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

Аслонов, Ш. (2024). The importance of Artificial Intelligence in the teaching of translation theory and practice. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5), 50-53.