Qoraqalpog‘iston hududidagi muqaddas qadamjolar (nekronimlar) va ularning nomlanish tarixi

CC BY f
102-105
104
14
Поделиться
Юсупов, С. (2022). Qoraqalpog‘iston hududidagi muqaddas qadamjolar (nekronimlar) va ularning nomlanish tarixi. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 102–105. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5483
Санат Юсупов, Nukus davlat pedagogika instituti

2-kurs magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Har bir inson o‘z ajdodlari, o‘zining kimlar avlodidan ekanligini bilmog‘i lozim. Har bir millat vakili tarixga nazar solar ekan o‘zi va millatininmg kelib chiqishi va ushbu millatdan kimlar yetishib chiqganligini bilib oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har bir yosh avlod o‘z millati tarixini bilmog‘i lozim. “Tarix odam zodning hayot uchun kurashini, bu jarayonda uning takomillashuvini, yuksalishini, kam olotga intilishini aks ettiruvchi xotira daftaridir” degan ma’noli so‘zlar bejizga aytilmagan. Biz ham ushbu maqolamizda xotira daftarini o‘rganishga harakat qilamiz. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududidagi nekronimlarni, ularning nomlanish tarixini o‘rganar ekanmiz, islom dini kirib kelgandan keyin bu hududdagi nekronimlar asosan islom diniga aloqador insonlar ya’ni, shu yerlik xalqga islom dinini targ‘ib qilgan insonlar nomiga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Chimboy tumanining “Qamis ariq” APJda joylashgan Besim eshon qabristoni, Ellikqa’la tumanining “Sarabiy” OFYda joylashgan Muso eshon Bobo qabristoni. Bu ma’lumotlar asosida shuni anglashimiz mumkinki, Qoraqalpog‘iston hududida diniy ulamolar va ularning din yo‘lida qilgan ishlarini qadrlashgan va dafn qilingan qabristonga nomini berishgan


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

102

QORAQALPOG‘ISTON HUDUDIDAGI MUQADDAS QADAMJOLAR

(NEKRONIMLAR) VA ULARNING NOMLANISH TARIXI

Yusupov San’at Shuxratovich –

Nukus davlat pedagogika instituti

2-kurs magistranti

Har bir inson o‘z ajdodlari, o‘zining kimlar avlodidan ekanligini bilmog‘i lozim.

Har bir millat vakili tarixga nazar solar ekan o‘zi va millatininmg kelib chiqishi va
ushbu millatdan kimlar yetishib chiqganligini bilib oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Har bir yosh avlod o‘z millati tarixini bilmog‘i lozim. “Tarix odam zodning hayot
uchun kurashini, bu jarayonda uning takomillashuvini, yuksalishini, kam olotga
intilishini aks ettiruvchi xotira daftaridir” degan ma’noli so‘zlar bejizga aytilmagan.
Biz ham ushbu maqolamizda xotira daftarini o‘rganishga harakat qilamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududidagi nekronimlarni, ularning nomlanish
tarixini o‘rganar ekanmiz, islom dini kirib kelgandan keyin bu hududdagi
nekronimlar asosan islom diniga aloqador insonlar ya’ni, shu yerlik xalqga islom
dinini targ‘ib qilgan insonlar nomiga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan,
Chimboy tumanining “Qamis ariq” APJda joylashgan Besim eshon qabristoni,
Ellikqa’la tumanining “Sarabiy” OFYda joylashgan Muso eshon Bobo qabristoni. Bu
ma’lumotlar asosida shuni anglashimiz mumkinki, Qoraqalpog‘iston hududida diniy
ulamolar va ularning din yo‘lida qilgan ishlarini qadrlashgan va dafn qilingan
qabristonga nomini berishgan.

Qoraqalpoq millati turli xil urug‘larga bo‘linganligi sababli ayrim qabristonlar

qaysi urug‘ vakillari dafn qilinganligiga qarab ham urug‘ nomi bilan atalgan.
Masalan: Chimboy tumanining “Baxtli” APJda joylashgan Arsari qabristoni, Kegeyli
tumanining “Abat” APJ da joylashgan Shuyt qabristonlari misol tariqasida keltirish
mumkin.

Nekronimlar: Gumbezli qabristoni.

Gumbezli qabristoni Kegeyli tumanining

“Aqtuba” APJ da joylashgan. Aytishlaricha, Madiri ismli eshonning tushiga qabrda
yotgan inson kiradi. Tushida ayon qilinishicha, “Mening qabrimni baland tepalikga
ko‘chir, oyog‘im suvga tegib qoldi”, – deydi. Madiri eshon qabrni ochadi, qarasa
haqiqatdan ham jasad oyoqlari suvga tekkan bo‘ladi va qabrni baland tepalikka
ko‘chirib, qabr ustiga katta gumbazli maqbara soldiradi. Shu voqeadan buyon bu
qabriston Gumbezli qabriston deb atalgan.

Keneges qabristoni.

Keneges qabristoni Kegeyli tumanining “Abat” APJ da

joylashgan. Keneges qoraqalpoqning urug‘i nomi va shu urug‘ nomi bilan ataluvchi
ovul ham bor. Qabriston nomi urug‘ nomidan kelib chiqqan.

Belgi qabristoni

Belgi qabristoni Kegeyli tumanining “Jalpaq jap” APJ da

joylashgan. Turkmanlar bosqini davrida turkmanlar shu yerda besh qizni o‘ldirgan.
Mahalliy aholi besh qizni dafn qilib belgi qo‘yishgan va bu qabriston nomi Belgi
qabristoni deb atalgan.

Nasrulla maqsim qabristoni.

Nasrulla maqsim qabristoni Mo‘ynoq tumanining

“Bo‘zatav” OFYda joylashgan. Nasrulla maqsim qabristoni joylashgan hududda

oldingi davrlarda Nasrulla bobo yashab o‘tgan. U Qoraqalpoqlarning Ashamayli

urug‘idan bo‘lgan. Nasrulla ata Buxoro madrassalarida ta’lim olgan bilimdon inson


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

103

bo‘lgan. Uning Qoraqalpoq adabiyotining yirik vakili Ajiniyozning merosining

saqlanib qolinishi va xalq orasida tadbiq qilinishida katta rol o‘ynagan. Nasrulla bobo

xalq orasida katta hurmatga ega inson bo‘lgan.

Shuning uchun Nasrulla bobo olamdan o‘tgandan keyin dafn qilingan

qabristonga uning nomini berishgan.

Qalmaq qabristoni.

Qalmaq qabristoni Mo‘ynoq tumanining “Do‘stlik” OFYda

joylashgan. Qalmaq qabristoni nomining kelib chiqishi aslida Qoraqalpoq millatining

Qalmaq urug‘i nomiga qo‘yilgan. Bu qabristonga Qalmaq urug‘i vakillari dafn
etilganligi sababli bu qabriston nomi Qalmaq qabristoni deb nomlanadi.

Jabbor ota qabristoni.

Jabbor ota qabristoni To‘rtko‘l tumanining “Sho‘raxon”

OFYda joylashgan. Bu qabriston nomi Jabbor ismli diniy bilimga ega ulamo nomiga

qo‘yilgan. Jabbor ota turkmanlar bosqini davrida turkmanlar tomonidan o‘ldiriladi.
Jabbor ota dafn qilingan joy qabristonga aylanib Jabbor ota qabristoni nomini oladi.

G‘ayip ota qabristoni.

G‘ayip ota qabristoni “Ko‘hna To‘rtko‘l” OFYda

joylashgan. Ushbu qabristonning nega bunday nomlanganligi sababi G‘ayip ota ismli

juda katta diniy bilimga ega inson yashab o‘tgan G‘ayip ota olamdan o‘tgach shu
yerga dafn qilinadi va bu qabriston shunday nomlana boshlanadi.

Eshon bobo qabristoni.

Eshon bobo qabristoni To‘rtko‘l tumanining “Ulli

bog‘”OFYda joylashgan. Eshon bobo qabristoni oldingi davrdan saqlanib kelayotgan
qabriston hisoblanadi. Bu qabristronning eski nomi shu vaqtgacha saqlanib
qolinmagan. 2001-yilda Pirim maxsim ismli inson tomonidan obodonlashtirilib

Eshon bobo nomi berilgan va qabrlar qo‘yila boshlangan.

Hamza qabristoni.

Hamza qabristoni Taxtako‘pir tumanining “Qaraoy” APJda

joylashgan. Bu qabriston haqida shu yerlik yoshi kattalarning aytishiga qaraganda,
qadimda Hamza ismli o‘zbek bo‘lgan, kunlarning birida turkmanlar bostirib keladi va
uni o‘ldirib shu yerga dafn qilishadi. Ushbu voqeadan keyin bu qabriston Hamza
qabristoni deb ataladi.

Irg‘aqli avliyo.

Irg‘aqli avliyo Taxtako‘pir tumanining “Qaraoy” APJda

joylashgan. Irg‘aqli qabristoni bu qabristonga Qoraqalpoqlarning Irg‘aqli urug‘idan

bo‘lgan insonlar dafn qilingan va qilinib kelinmoqda, shuning uchun ham bu

qabriston Irg‘aqli avliyo deb ataladi.

Ataning avliyosi qabristoni

. Ataning avliyosi qabristoni Taxtako‘pir

tumanining “Atakól” APJda joylashgan. Ataning avliyosi qabristoni shu yerlik keksa
insonlarning aytishiga qaraganda Annet ota degan kuchli diniy bilimga ega ulamo

inson bo‘lgan. O‘zi masjit ochib bolalarni o‘qitib ta’lim bergan. Annet ota olamdan

o‘tib shu yerga dafn qilingan va xalq bu qabristonni Ataning avliyosi qabristoni deya
ataganlar.

Ruslar qabristoni.

Ruslar qabristoni Beruniy tumanining “Do‘stlik” OFYda

joylashgan. Ruslar kabristoni XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan.Bu
qabriston nega bunday nomlanganligi o‘z nomi bilan yaqqol ko‘rinib turibdi. Ruslar
qabristoniga Rus millatiga mansub insonlar dafn qilinganligi uchun shunday
nomlangan.

Karimboy bobo qabristoni.

Karimboy bobo qabristoni Beruniy tumanining

“Beruniy” OFYda joylashgan. Karimboy bobo qabristonining nomlanishi. Ushbu
hududda Karimboy bobo ismli xalq orasida katta obro‘-e’tiborga ega inson yashab

o‘tgan. U olamdan o‘tgandan keyin dafn etilgan qabriston Karimboy bobo deb
nomlangan.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

104

Dovud ota qabristoni.

Dovud ota qabristoni Beruniy tumanining

“U.Jumaniyazov” OFYda joylashgan. Ushbu qabristonga mahalliy xalq Dovud
payg‘ambarimizning nomini berishgan. Ammo nega aynan shu nom berilganligi
haqida ma’lumot saqlanib qolinmagan.

Jing‘illi bobo qabristoni.

Jing‘illi bobo qabristoni Beruniy tumanining

“Qizilqalʼa” OFYda joylashgan bo‘lib ushbu qabristonning vujudga kelishi juda
Qadim zomonlarga borib taqaladi. Jing‘illi bobo qabristoniga qachondan insonlar
dafn qilingani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Jing‘illi bobo qabristoni nega bunday
nomlanishi haqida shu yerlik o‘troq xalq vakillarining aytishiga qaraganda, bu
qabriston oldin qarovsiz qolib jing‘il bosib ketgan va xalq bu qabristonga Jing‘illi
bobo deya nom berishgan. Hozirgi kunda bu qabristonga deyarli insonlar o‘z
yaqinlarini dafn qilishmaydi.

Qirantav qabristoni.

Qirantav qabristoni Nukus tumanining “Kerder”APJda

joylashgan. Qirantav qabristoni Nukus tumanining Qirantov deb nomlanuvchi tog‘
hududida joylashgan. Shu sababli bu hududda joylashgan qabristonni mahalliy xalq
Qirantav qabristoni deb nomlashgan.

Yesimbet ota.

Yesimbet ota qabristoni Nukus tumanidagi Qazaqbay avulida

joylashgan. Yesimbet ota qadimda hayot notinch bo‘lgan vaqtlarda yashab o‘tgan.
Yesimbet ota shu yerlarga bostirib kelgan qaroqchilar tomonidan o‘ldirilgan. Shu
yerlik xalq oraqsida shunday bir rivoyat yuradi unga ko‘ra Yesimbet ota bir
to‘rang‘illikda nomoz o‘qiyotgan paytida qaroqchilar kelib uni o‘ldirishadi. Shundan
keyin bu qabriston Yesimbet ota nomi berilgan. Shu yerlik xalq rivoyatlarining yana
biriga qaraganda bu qabristonga 12 yilda bir bor Yo‘lbars kelib tunab ziyorat qilib
ketadi deyishadi

.

Yesimbet ota qabristoni haqidagi ushbu ma’lumotlar 82 yoshdagi

Paljanova Jangil buvidan yozib olindi.

"Avvalo, yoshlarimiz tarixni chuqur o‘rganishlari lozim. Negaki, o‘z tarixini

bilmagan jamiyat istiqbolga eltuvchi yo‘lni topa olmaydi. Tarixga bepisand xalqning
kelajagi yo‘q... Ana shu tarixdan saboq chiqarmasak, ertaga kechagi кип ko‘rguliklari
qaytadan boshimizga tushib qolishi hech gap emas. Boshqacha aytganda, kechagi
kundan to‘g‘ri xulosa chiqarib ish tutgan jamiyat kelajakka ishonch bilan qadam
qo‘yadi". Birinchi prizidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek biz
o‘z tariximizni bilmasak buyuk kelajakga qadam qo‘ya olmaymiz. Vatanimiz
mustaqillikga erishmagan yillarda xalqimiz muqaddas qadamjolarga emin erkin
ziyorat qila olishmagan. Ota bobolarimiz haqidagi tarix o‘rganilmagan yoki
o‘rganilgan bo‘lsa ham xato ma’lumotlar keltirilgan.O‘sha davrlarda Islom diniga
sig‘inishga, dinga etiqod qilishga katta to‘sqinliklar qilingan. Mustaqillik sharofati
bilan emin erkin muqaddas qadamjolarga ziyorat qilamiz va o‘tgan ota bobolarimiz
ruhiga duolar qilamiz.

Qoraqalpog‘iston hududidagi qabristonlar (nekronimlar)ni ularning nomlanish

tarixini til xususiyatlarini o‘rganar ekanmiz Qoraqalpog‘iston xalqining o‘z tarixini
qanchalik e’zozlashini, ota bobolarining nomlarini abadiylashtirishga bo‘lgan sayi
harakatlarini ko‘rishimiz mumkin.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

105

Adabiyotlar:

1.

Tarix – munavvar ko‘zgu: Darslik/ Abdunabiyev A. – Т.: O‘zbekiston

faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. – 80 b.

2.

Karimov I. A. “Xalq so‘zi”, 2006-y. 10-may.

3.

Ruzmetov, B., Jumaeva, Z. K., & Xudayarova, M. (2021). International

Experience in Attracting Foreign Direct Investment. International Journal on
Economics, Finance and Sustainable Development, 3(4), 38-43.

Библиографические ссылки

Tarix - munavvar ko‘zgu: Darslik/ Abdunabiyev A. - T.: O‘zbckiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - 80 b.

Karimov I. A. “Xalq so‘zi”, 2006-y. 10-may.

Ruzmctov, B., Jumacva, Z. K., & Xudayarova, M. (2021). International Experience in Attracting Foreign Direct Investment. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(4), 38-43.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов