Televizion axborot dasturlarida sarlavha va ruknlar tahlili va tahriri

CC BY f
116-122
190
93
Поделиться
Назарова, М. (2022). Televizion axborot dasturlarida sarlavha va ruknlar tahlili va tahriri. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 116–122. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5493
Мунира Назарова, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Noshirlik ishi va muharrirlik boʻlimi I bosqich magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada yangiliklarga oid lavhalar mediamatnlarning o'ziga xos jihatlarini qamrab olib, unda sarlavha va rukn tanlashda qo‘yiladigan asosiy talablar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va yutuqlar qiyosiy tahlil qilingan. Davlat va nodavlat telekanllarida efirga uzatiladigan informatsion dasturlarining ruknlari, yangiliklarning sarlavhalari tahlili natijasida television matnlar tahririda, aynan sarlavha tanlash va ruknlarga ajratishda nimalarga e ’tibor qaratilishi lozimligi, jurnalistikaning yetakchi mutaxassislarining ilmiy ishlari va fikrlari bilan tahlil qilingan. Muammo obyektiga yechim sifatida bir nechta tavsiyalar keltirib о ‘tilgan. Ushbu ilmiy maqoladan ко ‘zlangan asosiy maqsad: OA Vda televizion matnlar tahririning zamonaviy muammolarini va yechimini o'rganishga bag‘ishlangan. Ilmiy ishda deduktiv va induktiv mantiqiy tahlil usullaridan, tavsif usuli, mazmun tahlili, qiyosiy tahlillardan foydalanilgan holda ко ‘zlangan maqsadga erishilgan. Tadqiqot materiali “O‘zbekiston-24” telekanalining “Yangiliklar-24”, “Fakt-24”, “Maxsus reportaj”, “Tqfsilot”, “Reportaj-24” informatsion dasturlari, shu bilan birga “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun”, “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturlarining media matnlarida ruknlar va sarlavhalarni qamrab oladi. Maqolada ommaviy axborot vositalarining televizion sarlavhalarini tahrirlash muammosiga e ’tibor qaratilgan bo ‘lib, unda yo ‘I qo ‘yilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar qiyosiy tahlil asosida о ‘rganilgan. Tadqiqot usullari sifatida televizion ko‘rsatuvlar sarlavhasi ekranda aks ettirilgan matn elementlari, ularning ahamiyati va joylashuv o'rnini kuzatish, tasniflash, tavsiflash, komponent tahlil, olimlarning fikrlari, faktik materiallarning qiyosiy tahlili, statistik tahlillardan foydalanilgan.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

116

TELEVIZION AXBOROT DASTURLARIDA

SARLAVHA VA RUKNLAR TAHLILI VA TAHRIRI

Nazarova Munira Yusupovna –

OʻzJOKU Noshirlik ishi va muharrirlik

boʻlimi I bosqich magistranti

Annotatsiya.

Mazkur

ilmiy

maqolada

yangiliklarga

oid

lavhalar

mediamatnlarning

oʻziga xos jihatlarini qamrab olib, unda sarlavha va rukn

tanlashda qoʻyiladigan asosiy talablar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va yutuqlar
qiyosiy tahlil qilingan. Davlat va nodavlat telekanllarida efirga uzatiladigan
informatsion dasturlarining ruknlari, yangiliklarning sarlavhalari tahlili natijasida
televizion matnlar tahririda, aynan sarlavha tanlash va ruknlarga ajratishda

nimalarga eʼtibor qaratilishi lozimligi, jurnalistikaning yetakchi mutaxassislarining
ilmiy ishlari va fikrlari bilan tahlil qilingan. Muammo obyektiga yechim sifatida bir

nechta tavsiyalar keltirib oʻtilgan.

Ushbu ilmiy maqoladan koʻzlangan asosiy maqsad: OAVda televizion matnlar

tahririning zamonaviy muammolarini va yechimini oʻrganishga bagʻishlangan. Ilmiy
ishda deduktiv va induktiv mantiqiy tahlil usullaridan, tavsif usuli, mazmun tahlili,
qiyosiy tahlillardan foydalanilgan holda koʻzlangan maqsadga erishilgan. Tadqiqot
materiali “Oʻzbekiston-24” telekanalining “Yangiliklar-24”, “Fakt-24”, “Maxsus

reportaj”, “Tafsilot”, “Reportaj-24” informatsion dasturlari, shu bilan birga “Zoʻr

TV” telekanalining “Bu kun”, “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot
dasturlarining media matnlarida ruknlar va sarlavhalarni qamrab oladi. Maqolada
ommaviy axborot vositalarining televizion sarlavhalarini tahrirlash muammosiga

eʼtibor qaratilgan boʻlib, unda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar

qiyosiy tahlil asosida oʻrganilgan.

Tadqiqot usullari sifatida televizion koʻrsatuvlar sarlavhasi ekranda aks

ettirilgan matn elementlari, ularning ahamiyati va joylashuv oʻrnini kuzatish,
tasniflash, tavsiflash, komponent tahlil, olimlarning fikrlari, faktik materiallarning
qiyosiy tahlili, statistik tahlillardan foydalanilgan.

Kalit soʻzlar:

televideniye, sarlavha, rukn, mediamatn, janr, konvergent

jurnalistika, mediaadresat.

Kirish.

Axborotlashgan jamiyatda globallashuv, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy

faollikning oʻsishi, texnika taraqqiyoti notiq va tinglovchi, yozuvchi va oʻquvchi,
axborot uzatuvchi va axborot qabul qiluvchi oʻrtasida yuzaga kelayotgan
kamchiliklar va muammolarni tadqiq etishni talab qiladi. Konvergent jurnalistika
[

Konvergensiya jurnalistikasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yagona

axborot resursiga birlashtirish, integratsiyalash jarayonidir. Bugungi kunda
zamonaviy media-kompaniyalar axborot va koʻngilochar mahsulotlar assortimentini
media-mahsulotni taqdim etishning “yangi” shakllaridan: onlayn gazeta, Internet
radio, veb-televideniyedan foydalangan holda kengaytirmoqda

] sharoitida televizion

sarlavhalar va ruknlar nafaqat televizion dasturlarning maʼlumot beruvchi va

toʻldiruvchi unsuri sifatida, balki mediaadresat

[(addressee for media, media

audience) – u yoki bu media matn moʻljallangan (maqsadli) auditoriya

] larning

videochat va sms xabarnomalar, sharhlar va izohlar orqali mustaqil axborot olish va

taʼsir koʻrsatish shakliga ham aylanib bormoqda.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

117

Natija va mulohazalar.

Bugungi kunda, ommaviy axborot vositalarining tili va

uslubi allaqachon shakllanib ulgurgan boʻlishiga qaramay, televideniye tilida
oʻrganilishi zarur boʻlgan masalalar talaygina. Ayniqsa, televizion matnlar tahririga
oid muammolar zamonaviy jurnalistikamizda yetarlicha topiladi. Televizion
jurnalistikaning asosi axborot dasturlari negiziga quriladi. “Televideniyaning axborot
funksiyasi haqida gapirganda, “axborot” tushunchasining tor va oʻziga xos talqini
bilan cheklanib boʻlmaydi. Zamonaviy dunyoda odamlar tomonidan iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy va madaniy maʼlumotlarni muntazam ravishda olish odatiy holga
aylandi. Bundan kelib chiqadiki, axborot dasturlari har qanday telekompaniya efir
vaqtining tayanch nuqtasi boʻlib, boshqa barcha dasturlar yangiliklar orasidagi
intervallarda

joylashadi”

[Князев А.А.

Основы

тележурналистики

и

телерепортажа. Учебное пособие – Бишкек: Издательство КРСУ, 2001. – 160 с].
Informatsion dasturlarda reportyorlarning oʻrni yetakchiligini inobatga olsak,
rossiyalik telejurnalist, Moskva davlat universitetining jurnalistika fakulteti tele-radio
kafedrasi dotsenti Georgiy Vladimirovich Kuznetsovning quyidagi fikrlari oʻrinli
boʻladi: “Reportyorlik ishi – bu televideniyening real hayotga kirib borishi demakdir.
Reportajsiz telejurnalistika studiyada “gapiruvchi boshlar”ni koʻrsatishdan iborat
boʻlib qolar edi. Agar yangiliklarni olib boruvchi “teleyulduzi”ni reportajsiz
qoldirsak, bunday yangiliklarni hech kim koʻrmaydi. Har bir reportaj dunyo
mozaikasini yaratishdagi bir toshdir. Televideniyeni esa har kuni sayyoramizda sodir
boʻlayotgan eng muhim va qiziqarli voqea-hodisalarni koʻrish uchun ixtiro qilishgan”
[Кузнецов Г.В. Так работают журналисты ТВ. – М.: Издательство Московского
университета, 2004. – 400 с].

Televideniyeda informatsion dasturlarda sarlavhalar, ruknlar tanlash va ularni

tahriri haqida gapirishdan avval “yangilik” atamasini nima ekanligini tushinib
olishimiz darkor. “Axborot bloki ikki xil shaklda tavsiflanadi: alohida yangiliklarga
oid lavhalar va butun boshli maʼlumotlar “paketi”. Keng maʼnoda “yangiliklar”
soʻzining maʼnosi – informatsion lavhalar yoki yangiliklarni qamrab oluvchi davriy
dasturlar majmuasi. Tor maʼnoda esa “yangiliklar” atamasi informatsion dasturlar
tarkibini tashkil qiluvchi lavhalar, aniqrogʻi yangiliklarga oid lavhalardir”
[Струкова Е.В. Телевизионный новостной сюжет как разновидность
медиатекста, 2008; 143–149].

Yangiliklar sarlavhasi va ruknlar mediamatnlar mazmunidan, yoʻnalishidan

kelib chiqib tanlanadi. E.P. Proxorov “axborotlashtirishning muhim unsurlari”
sifatida har qanday jurnalistik matnni uch jihatga ajratadi. Bular:

• dolzarblilik (xabar qilingan maʼlumotlarning auditoriya uchun qiymati,

ahamiyati);

• “tesha tegmagan”lilik (ayditoriyaga yetkazilgan maʼlumotlarning siyqasi

chiqmagan, original boʻlishi);

• dekodlash tamoyili (xabarning ochiqligi, uni jurnalistning maqsadiga koʻra,

auditoriya tomonidan maxsus kodlar yoki tushunchalar orqali tushunilishi, matndan
unga xos boʻlgan maʼnoga mos keladigan maʼnoni chiqarib olish imkoniyati).
[Прохоров Е.П. Эффективность деятельности СМИ. – М.: Факультет
журналистики МГУ, 2008. – 46 с].


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

118

Televideniyeda informatsion dasturlarga sarlavha va rukn tanlashda yuqoridagi

uch jihatga eʼtibor qaratiladi. “Oʻzbekiston-24” telekanalining “Yangiliklar-24”
informatsion dasturida “qolip sarlavha”lardan koʻproq foydalaniladi. Misol uchun:

Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan» shiori ostida qoʻshiqlar koʻrik – tanlovi”;

“Noqonuniy yer savdosiga chek qoʻyildi”, “Nazariy va amaliy elektronika boʻyicha
mutaxassislar tayyorlanmoqda

” singari. Xuddi shu telekanalning

“Maxsus reportaj”

rukni ostida berib boriladigan informatsion koʻrsatuvlarda esa koʻpincha “tesha

tegmagan”lilik tamoyiliga amal qilinmaydi. Yaʼni, ushbu ruknda beriladigan

xabarlarda siyqasi chiqqan sarlavhalar koʻp qoʻllaniladi. Masalan, “

Obod boʻlayotgan

manzillar

” sarlavhasi ostida 2022-yil boshidan aprel oyiga qadar 17 marotaba

“Maxsus

reportaj”, “Reportaj-24”,

“Tafsilot”

informatsion

dasturlari

tayyorlangan. Bu esa jurnalist tomonidan tayyorlanayotgan axborotning originalligiga

putur yetkazadi. Bu oʻrinda S.Shomaqsudovaning quyidagi fikrlarini keltirib oʻtish

oʻrinli boʻlar edi: “Sarlavha tanlashda meʼyorni topa olish kerak: haddan tashqari

oʻziga xoslikka yoki haddan tashqari takrorlanishlarga yoʻl qoʻyish kerak emas.
Maqola sarlavhasi oʻquvchini qiziqtira olishi, keyin nima boʻlishini oʻrganishga

chorlashi lozim” [Shomaksudova S.X. Mediamatn sarlavhasi retsipiyent bilan

samarali nutqiy kontakt oʻrnatishning birlamchi vositasi. “Oʻzbekistonda xorijiy

tillar” ilmiy-metodik elektron jurnal №1.2019]. Xuddi shunday ushbu fikrlar
televizion axborot dasturlariga ham taalluqlidir.

Rekreativ yoʻnalishda ijod qiluvchi nodavlat telekanllarida esa vaziyat oʻzgacha.

Informatsion dasturlar sarlavhasi ham zamon talablaridan kelib chiqib tayyorlanadi.

Masalan, “Zoʻr TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida

“Eshaklarni

ayovsiz kaltaklaganlar qoʻlgan olindi”; “Onasining qotiliga aylangan oʻgʻil”;

“Neksiya” “Kobolt”ning xatosi uchun javobgarmi?”

kabi ommabop sarlavhalar

afzal koʻrilsa, “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida

“Toshkentda

qizlar hisobiga yashab yurgan firibgar qoʻlga tushdi”; “Naqd valyutalarni

yashirishning gʻayrioddiy usuli fosh etildi”; “Koʻcha bolasi” boʻlishni istagan

bolalar kimlar?”

sarlavhalar tanlanadi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, “Oʻzbekiston-24”

telekanalida berib boriladigan yangiliklar, xabarlarning kontenti nodavlat telekanllari
tomonidan efirga uzatiladigan informatsion dasturlarning kontentidan tubdan farq

qiladi. Bu oʻrinda, nodavlat telekanllari auditoriyani jalb qilish va yuqorida taʼrif
etilgan uch tamoyildan maksimal darajada foydalanishga harakat qilganligi koʻrinadi.

“Oʻzbekiston-24” telekanalidagi informatsion dasturlarning ruknlari asosan

anʼanaviy uslubda: “Yangiliklar-24”, “Fakt-24”, “Reportaj-24”, “Maxsus reportaj”,

“Tafsilot” shaklida boʻlsa-da, auditoriyani jalb qilishda jiddiy yoʻqotishlarga

uchramaydi. Nodavlat telekanallarida esa bu vaziyat biroz boshqacha. “Zoʻr TV”
telekanalini oladigan boʻlsak, unda informatsion ruhdagi: “Bu kun”, “This Day”,

“Online 360”, “Sky shop” kabi ruknlarning ingliz tilida ifodalanganligini koʻramiz.

“Radio va televideniye tili butun mamlakat fuqarolari tilining rivojlanishiga taʼsir

koʻrsatadi. Radio efirda yoki televideniyeda yangragan yangi soʻzlar va iboralar tez
kunda hammaga tarqalib, modaga aylanib ketadi. Bu esa teleradio jurnalistlar tiliga

alohida masʼuliyat yuklaydi. Ular til madaniyatini asrashi, jonli, shirali, adabiy tilda
gapirishi zarur”. [Fixtelius E. Radio va televideniye jurnalistikasi asoslari.
Jurnalistikaning 10 qoidasi. – T.: Sharq, 2002. – B. 121]. Shved jurnalisti Erik
Fixteliusning aytgan yuqoridagi fikrlari yarim asr oʻtgan boʻlsa-da, oʻz ahamiyatini

yoʻqotmagan.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

119

“Zoʻr TV” telekanalidagi “Bu kun” informatsion dasturining sarlavhasiga

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
Amrullo Karimov oʻz fikrini bildirar ekan, mulohazalarini quyidagicha bayon etadi:
“2020-yil iyul oyida “Zoʻr” telekanalida yangi axborot dasturi ish boshladi. Koʻrsatuv
jonli, tezkor, boshlovchilar shiddatli. Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida ham
dasturda uzatilgan lavhalar qisqa fursatda ommalashmoqda. Ammo dastur nomi juda
gʻaliz: “Bu kun”. Odatda soʻzlashuv uslubida “bu kun” jumlasi kamdan-kam
ishlatiladi. Gap orasida qoʻllanilishi mumkin, xolos. Koʻrsatuv nomi ingliz tilida ham
berib borilyapti: “This day”. Nazarimizda, koʻrsatuvni “Bugun” deb nomlashning
oʻzi kifoya edi. Oʻtgan va oʻtayotgan kun nafasini “bugun” soʻzi ham ifodalay oladi.”
[Karimov A. Rekreativ telekoʻrsatuvlarda mediamatn va til masalalari. – T., 2020. –
B. 146]. Yuqoridagi fikrlarni inobatga oladigan boʻlsak, informatsion dasturlarga
sarlavha yoxud rukn tanlashda originallik bilan bir qatorda mazmun-mohiyatiga ham
ahamiyat qaratish talab etiladi.

Jurnalistlar tomonidan tanlanayotgan ruknlarning dolzarbliligi bilan bir qatorda

ularning til xususiyatlari, zamonaviy shaxs tafakkuri va dunyoqarashiga taʼsirini ham
inkor etib bo‘lmaydi. Bu borada filologiya fanlari nomzodi G.Nishonovaning
quyidagi fikrlari oʻrinli boʻladi: “Audiovizual axborot vositalari bizni kun davomida
taʼqib etib, hayot tarzimizni ham belgilamoqda, dunyo voqealaridan xabardor
qilmoqda, tarbiyalamoqda, taʼlim bermoqda, koʻnglimizni xushnud qilmoqda. Bu esa
zamonaviy shaxs tafakkuri, dunyoqarashining oʻzgarishiga, madaniy qarashlariga,
qadriyatlarga oʻzgacha munosabatning shakllanishiga sabab boʻlmoqda” [Nishonova
G. Kino va televideniye: kommunikativ faoliyat qirralari, “Barhayot meros badiiy
kommunikatsiya tarkibida”(ilmiy ocherk va maqolalar toʻplami). – T.: 2013.- B.
141].

“Sevimli” telekanalida boʻlsa, imkon qadar informatsion dasturlarga rukn

tanlashda oʻzbek tilidan foydalanganligiga guvoh boʻlamiz: “Zamon”, “Sevimli
studiya”. Afsuski ushbu telekanalda ham boshqa nodavlat telekanallardagi kabi
axborot tarqatish shakliga oid boshqa koʻrsatuvlar deyarli uchramaydi. Nodavlat
telekanllarining asosiy kamchiligi bu informatsion dasturlarning kamligidadir. Ushbu
telekanallarning aksariyat dasturlari koʻngilochar koʻrsatuvlardan iborat boʻlib, bu
televideniyening axborot berish funksiyasiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi va vaqtlar oʻtib
yoʻqolib borishiga olib keladi.

Milliy segmentda tomoshabinlar asosan ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni qamrab

olgan “Zo‘r TV”, “Sevimli”, “MY5” va boshqalarni ko‘proq tomosha qilishini
ko‘rishimiz mumkin. Buni 2020 yilda Yuksalish umummilliy harakati tomonidan
o‘tkazilgan quyidagi ijtimoiy so‘rovnoma ham tasdiqlaydi. Unda “Siz qaysi milliy
telekanllarni tomosha qilasiz?” degan savolga berilgan javoblar natijasi quyidagicha
bo‘ldi:


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

120


Shunday bo‘lishiga qaramasdan informatsion dasturlarni ko‘rish ko‘rsatkichi

boshqa dasturlarga qaraganda yuqoriligicha qolmoqda:


So‘rovnomada qaysi axborot dasturlari sizni ko‘proq qiziqtiradi, degan savolga

esa, quyidagicha natijalar taqdim etilgan:


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

121


Eng so‘nggi yangiliklarni taqdim etishda esa quyidagi telekanallar yetakchilik

qilayotganligi ayon bo‘lgan:


Mazkur so‘rovnomalardan ham ko‘rinib turibdiki, dunyo davlatlarida eng ko‘p

ko‘riladigan ko‘rsatuvlar bular informatsion dasturlardir. Shundan kelib chiqb aytish
mumkinki, nodavlat telekanllarida ham axborot soatlarini ko‘paytirish va
informatsiya uzatishning zamonaviy shakllaridan to‘laligicha foydalanish muhimdir.

Xulosa.

Shu tariqa, MTRK tarkibidagi “Oʻzbekiston-24” telekanali hamda

nodavlat telekanllari – “Zoʻr TV” hamda “Sevimli” telekanallaridagi informatsion
dasturlarga sarlavha va rukn tanlashda quyidagi muhim jihatlarni eʼtiborga olish
tavsiya etiladi:

Birinchidan,

televizion dasturlarda “ovoz – nutq – tasvir” uchligidan

foydalangan holda mediamatnlarga sarlavha va ruknlar tanlashda qisqalik, loʻndalik
va eishitganda miya informatsiyani oson qabul qilishi uchun sodda gaplardan
foydalangan holda sarlavha tanlash tavsiya etiladi.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

122

Ikkinchidan,

yuqoridagi talabdan kelib chiqib informatsion dasturlarga

dolzarblilik, “tesha tegmagan”lik va dekodlash tamoyillariga amal qilgan holda
sarlavha va ruknlar tanlanash tavsiya etiladi. Bunda oʻzbek tilining uslubiy
xususiyatlarini ham esdan chiqarmaslik lozim.

Uchinchidan,

asosiy koʻrsatuvlar bazasi informatsion dasturlardan iborat

boʻlgan “Oʻzbekiston-24” telekanalidan farqli oʻlaroq, nodalat telekanllarda ham
informatsion dasturlarning janrlari: lavha, chiqish, hisobot, intervyu, reportaj
turlaridan unumli foydalanish va ushbu janrlarga oid alohida dolzarb koʻrsatuvlar
tashkil etish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar:

1. Князев А.А. Основы тележурналистики и телерепортажа. Учебное

пособие – Бишкек.: Издательство КРСУ, 2001. – 160 с.

2. Кузнецов Г.В. Так работают журналисты ТВ. – М.: Издательство

Московского университета, 2004. – 400 с.

3. Струкова Е.В. Телевизионный новостной сюжет как разновидность

медиатекста, 2008; 143–149.

4. Прохоров Е.П. Эффективность деятельности СМИ. – М. : Факультет

журналистики МГУ, 2008. — 46 с.

5. Shomaksudova S.X. Mediamatn sarlavhasi retsipiyent bilan samarali nutqiy

kontakt oʻrnatishning birlamchi vositasi. “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik
elektron jurnal №1. 2019.

6. Fixtelius E. Radio va televideniye jurnalistikasi asoslari. Jurnalistikaning 10

qoidasi. – T.: Sharq, 2002. – B. 121.

7. Karimov A. Rekreativ telekoʻrsatuvlarda mediamatn va til masalalari. – T.,

2020. – B. 146.

8. Nishonova G. Kino va televideniye: kommunikativ faoliyat qirralari,

“Barhayot meros badiiy kommunikatsiya tarkibida” (ilmiy ocherk va maqolalar
toʻplami). – T.: 2013.- B. 141.

9. https://podrobno.uz/cat/obchestvo/sostavlen-top-5-natsionalnykh-telekanalov-

kotorye-polzuyutsya-naibolshey-populyarnostyu-u-uzbekistan/

Библиографические ссылки

Князев А.А. Основы тележурналистики и телерепортажа. Учебное пособие – Бишкек.: Издательство КРСУ, 2001. – 160 с.

Кузнецов Г.В. Так работают журналисты ТВ. – М.: Издательство Московского университета, 2004. – 400 с.

Струкова Е.В. Телевизионный новостной сюжет как разновидность медиатекста, 2008; 143–149.

Прохоров Е.П. Эффективность деятельности СМИ. – М. : Факультет журналистики МГУ, 2008. — 46 с.

Shomaksudova S.X. Mediamatn sarlavhasi retsipiyent bilan samarali nutqiy kontakt oʻrnatishning birlamchi vositasi. “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnal №1. 2019.

Fixtelius E. Radio va televideniye jurnalistikasi asoslari. Jurnalistikaning 10 qoidasi. – T.: Sharq, 2002. – B. 121.

Karimov A. Rekreativ telekoʻrsatuvlarda mediamatn va til masalalari. – T., 2020. – B. 146.

Nishonova G. Kino va televideniye: kommunikativ faoliyat qirralari, “Barhayot meros badiiy kommunikatsiya tarkibida” (ilmiy ocherk va maqolalar toʻplami). – T.: 2013.- B. 141.

https://podrobno.uz/cat/obchestvo/sostavlen-top-5-natsionalnykh-telekanalovkotorye-polzuyutsya-naibolshey-populyarnostyu-u-Uzbekistan/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов