To‘rtko‘l tumanidagi oykonimlarning nomlanishiga ko‘ra tasnifi

CC BY f
129-132
61
68
Поделиться
Джуманиозова, Э. (2022). To‘rtko‘l tumanidagi oykonimlarning nomlanishiga ko‘ra tasnifi. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 129–132. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5495
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Joylarga qo‘yilgan har qanday nom o‘tmish hayotda ham bugungi kunda ham biz uchun ma’naviy meros bo‘lib kelgan. Nafaqat ma’naviy meros, balki madaniy boyligimiz, dcsak mubolag‘a emas. Zotan, tariximizni o‘zida jamlagan bu meros ko‘hna yodgorliklar safidan joy oladi. Joy nomlari o‘zida ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayotni, urf-odat va an’anani, qadriyatlarni, insonlar turmush tarzini ifoda ctadi: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”118.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

129

TO‘RTKO‘L TUMANIDAGI OYKONIMLARNING NOMLANISHIGA

KO‘RA TASNIFI

Djumaniyazova Elmira Allabergenovna –

Nukus davlat instituti O‘zbek tili va

adabiyoti magistranti

Joylarga qo‘yilgan har qanday nom o‘tmish hayotda ham bugungi kunda ham

biz uchun ma’naviy meros bo‘lib kelgan. Nafaqat ma’naviy meros, balki madaniy
boyligimiz, desak mubolag‘a emas. Zotan, tariximizni o‘zida jamlagan bu meros
ko‘hna yodgorliklar safidan joy oladi. Joy nomlari o‘zida ma’naviy, madaniy,
ijtimoiy hayotni, urf-odat va an’anani, qadriyatlarni, insonlar turmush tarzini ifoda
etadi: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos
urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu
borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng
muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”

118

.

Qadimiy tarixga ega bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tili Davlat tili huquqini olgach
(1989- yil 21- oktabr), shuningdek, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”
qonuni qabul qilingach

119

, barcha joy nomlari qayta ko‘rib chiqish, ularning

ba’zilarini almashtirish, tahlil qilish, ularni to‘plash, ilmiy tahlilga tortish kabi
muammolarga e’tibor berish dolzarb masalalardan biri bo‘ldi. Bugungi kunda
yoshlarda yashayotgan shahri, qishlog‘i, ko‘chalarini nega aynan shunday
nomlanligini bilishga qiziqishni orttirish va o‘rganish talab etadigan muammolardan
biri sanaladi. Bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina.

Tarixdan ma’lumki, xalqlar barcha narsaga nom qo‘yib kelgan, xoh u jonli

bo‘lsin, xoh u jonsiz. Sababi, kishilar o‘zaro muloqotga kirishish uchun odamlarni
ham, narsa-hodisalarni ham va butun borliqni ma’lum bir me’yordagi nomlar bilan
atab, bir-biridan farqlashga harakat qilishgan. Natijada, bu nomlar har bir xalqning
milliyligini o‘zida aks ettirgan. Mana shu nomlar milliy o‘zlikni anglash vositalardan
biri hisobladi.

Oykonimlar barcha toponimlar orasida tarixiy, lisoniy (lingvistik) jihatdan eng

qimmatli yodgorliklar sanaladi

120

.

Shu bilan birga oykonimlar toponimlarning eng

o‘zgaruvchan turi ham hisoblanadi. O‘zbekistonda oykonimlarning soni 25-
30 mingga yetgan

121

Qoraqalpog‘iston hududining ham bu miqdorda o‘z ulushi bor,

albatta. Xususan To‘rtko‘l tumanining o‘zida 2020-yil ma’lumotlariga ko‘ra
oykonimlar soni 2207 tani tashkil etmoqda

122

. Bulardan bittasi To‘rtko‘l tumani

bo‘lsa, qolganlari 5 ta shaharcha, 15 ta ovul fuqarolar yig‘ini, 22 ta mahalla fuqarolar
yig‘ini, 86 ta aholi punklari, 2078 ta ko‘cha, tor ko‘cha va berk ko‘cha nomlariga
to‘g‘ri kelar ekan. (keyingi o‘rinlarda ovul fuqarolar yig‘ini (OFY), mahalla fuqarolar
yig‘inini (MFY), aholi punktlarini (AP) deb ketamiz)

118

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.

Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 30-b.

119

O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida. Toshkent shahri, 2011-yil 12-oktabr.

120

Qorayev S. Toponimika.

Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milly jamiyati nashriyoti, 2006. -51-b.

121

Mazkur adabiyot. 52-b.

122

Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani kengashining 2020-yil 8-oktabr kungi 12/57-1-sonli qaroriga ilova. To‘rtko‘l

tumanida nomlangan va qayta nomlangan hududlar ro‘yxati.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

130

To‘rtko‘l tumanidagi oykonimlarning nomlanishiga e’tibor bergan holda ularni

quyidagicha turlarga ajratsak, bu bo‘linishni geografiya fanlari doktori, professor
Hamidulla Hasanov, filologiya fanlari nomzodi, geografiya fanlari doktori Suyun
Qorayev va Ikrom Xolmuratov qarashlariga mos tarzda tasniflasak. Hamidulla Hasanov
joy nomlarini vujudga kelishiga qarab quyidagi turlarga shartli bo‘lib ko‘rsatgan:
joyning holat, xususiyati va iqlimiga bog‘liq nomlar; o‘simlik va hayvonlarga bog‘liq
nomlar; foydali qazilmalarga bog‘liq nomlar; hunar, kasbdan va ma’muriyatdan olingan
nomlar; xalq, qabila va urug‘larga bog‘liq nomlar; shaxsning ism-familyasiga qo‘yilgan
nomlar; afsonaviy va diniy nomlar; g‘aroyib nomlar; yangi zamon nomlari

123

bo‘lsa,

Suyun Qorayev o‘zining toponimika nomli o‘quv qo‘llanmasida oykonimlarni oldin
katta ikki guruhga, ya’ni 1) tabiiy yoki tabiiy-geagrafik oykonimlar, 2) ijtimoiy-iqtisodiy
oykonimlarga ajratadi. O‘z navbatida birinchi guruhga gidrooykonimlar, orooykonimlar,
fitooykonimlar, zootoponimik oykonimlarga afrassa, ikkinchi gurugni kishilarning
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy oykonimlar

124

deb tasniflagan.

Ikrom

Xolmuratov

bo‘lsa

etnooykonim;

antrooykonim;

fitooykonim;

sotsooykonim; ko‘chma oykonim; geooykonim; professionolizmlar asosida yuzaga
kelgan oykonimlar; muqaddaslastirilgan oykonimlar; zoooykonimlar; neooykonimlar;
obyektning son belgisiga ko‘ra yaratilgan topooykonimlarga

125

ajratib tasniflaydi. Biz

ham yuqoridagi bo‘linishga amal qilgan holda tumandagi oykonimlar nomlanishini
inobatga olib quyidgicha ajratdik: 1) etnooykonim; 2) antrooykonim; 3) fitooykonim; 4)
sotsooykonim; 5) ko‘chma oykonim; 6) geooykonim; 7) kasb-hunr asosida yuzaga
kelgan oykonimlar; 8) muqaddaslastirilgan oykonimlar; 9) zoooykonimlar; 10)
neooykonimlar; 11) obyektning son belgisiga ko‘ra yaratilgan topooykonim; 12)
gidrooykonim. Mazkur maqolada esa To‘rtko‘l tumanidagi shaharcha, ovul fuqorolar
yig‘ini, mahalla va aholi punktlari va ko‘chalarga to‘xtalib o‘tishni joiz topdik.

Etnooykonimlar asosida yaratilgan joy nomlari xalqlarning turli-tuman urugʻ va

qabilalardan tashkil topgan. Har bir kishi oʻz urugʻ-ajdodini yetti otasigacha bilishi farz
hisoblangan. Davrlar oʻtishi bilan urugʻ va qabila nomlarining bir qismi unitilib ketgan.
Ammo urugʻ nomlari – etnonimlarning aksariyati joy nomlariga koʻchgan va haligacha
mavjudligini yo‘qotmagan.

Qoraqalpog‘iston toponimlari orasida etnooykonimlar katta oʻrinni egallaydi.

Ammo To‘rtko‘l tumanida bunday etnooykonimlar soni unchalik ko‘p emas. Bu yerdagi
aholi asosan, o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman bo‘lganligi uchun nomlari ham
shunga mos. Hududda

Qozoq ovul

(ko‘na To‘rtko‘l OFY),

Mang‘it

(Ullibog‘ OFY),

Qipchoq

(Kaltaminor OFY),

Turkmanovul

(Oqqamish OFY),

Qatag‘on, Yelesen

(Oqqamish OFY),

Turkman ko‘li

(O‘zbekiston OFY),

Qozoq arna

,

Turkmanquli

(Tozabog‘yop OFY) kabi oykoonimlar mavjud. Shu bilan birga qardosh bo‘lmagan xalq
nomlarini ham uchratishimiz mumkin. Ulardan

Lotin

AP (Otayurt OFY),

Rus avliyo

(Ullibog OFY) kabilar ham uchrashadi. Turkiy xalqlar va genetik jihatdan turkiy
bo‘lmagan elatlar o‘tmishda yaxlit hududlarda yashashgan bo‘lsa ham hozirda
ko‘pchiligi hududiy jihatdan aralash holda yashashadi. Lekin topooykonimlarda urug‘
nomlari saqlanib qolgan.

123

Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan.

Toshkent, 1965. 50-b.

124

Mazkur adabiyot. 50-57-b.

125

Xolmuratov I.O. Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining talqini, tasnifi tahlili. Toshkent: Firdavs-shoh

nashriyoti, 2020. – 54-b.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

131

Antrooykonimlar asosida yaratilgan toponimlarga ham ko‘plab misollar keltirish

mumkin. Qoraqalpog‘iston oykonimiyasida kishi nomlari va laqablari asosida
yaratilgan antrooykonimlar talaygina bo‘lib, ularning leksik-semantik jihatlari ham
turlicha. Kishi ismlarining toponimlarga aylanishi onomastikada juda ko‘p kuzatilgan
hodisa. Ulardan

Beruniy, Ibn sino

nomli MFYlari,

Furqat, Oxun

APlari,

Ulug‘bek,

Abay, Umar

Hayyom, Alpomish, Uyg‘un

kabi ko‘cha nomlarida ko‘rishimiz

mumkin. Bunday misollarni yana davom ettira olamiz. Umuman olganda kishi
ismlari, laqablari asosida nomlangan toponimlar eng tarixiy toponimlar hisoblanadi.
Bu toponimlar turli davrlarda nomlangan, aksariyatini nomlanish vaqtini ko‘rsatish
murakkablik tug‘diradi.

Fitooykonimlar – o‘simlik nomlarining toponimlarda aks ettirilishi. Bunday

toponimlar orqali xalq hayotidagi dehqonchilik, bog‘dorchilik mashg‘ulotlarining
o‘rnini sezishimiz mumkin. Tuman fitooykonimlaridan

Ullubog‘ Oqqamish,

Tozabog‘yop, Paxtaobod, Ko‘kcha

OFYlari;

Guliston, Bog‘yop

mahallalari,

Yakkatol, Oqoltin, Tutzor, Paxtachi

APlari;

Rayhon, Uzumzor, Olmazor,

Boychechak, Atirgul, Majnuntol

kabi ko‘chalaridan bir qancha misollar keltirish

mumkin.

Sotsoykonimlar. Jamiyatga xos o‘zgarishlar sotsial o‘zgarishlar bo‘lgani kabi,

ular ta’sirida nomlangan toponimlar sotsotoponimlar deyiladi

126

. Bularga tumandagi

Navro‘z, Bahor, Do‘stlik, G‘alaba

APlarini;

Tinchlik, Istiqlol, Mustaqillik

mahallalarini atab o‘tishimiz mumkin. Yuqoridagi oykonimlar jamiyat bilan
bog‘liqlikda yuzaga kelgan va nomlangan.

Ko‘chma oykonimlar. Bunday oykonimlarda bir toponim nomini ikkinchi bir

toponim nomiga ko‘chishidan yuzaga keladi. Masalan Orol dengizi nomini
tumandagi

Orol

OFY va ko‘cha nomiga ko‘chishini kuzatamiz. Yana

O‘zbekiston

OFY va ko‘cha nomi O‘zbekiston Respublikasi ta’sirida ko‘chgan.

Toshkent

Qumbosqan OFYdagi ko‘cha va shu nomdagi mahalla nomiga ko‘chgan.

Xiva

– bu

toponim qadimiy shahar ta’sirida nomlangan va shahar nomi ko‘cha nomiga
ko‘chgan.

Sho‘roxon

– bu toponim Sho‘rolar ta’sirida nomi ko‘chirilgan. Shu bilan

birga

Turkiston, Qo‘qon, Xonqa yo‘li, Jayhun, Navoiy, Guliston, Ayritom,

Kaltaminor

oykonimlari ham shular jumlasidan.

Geooykonimlar. Yerning tuzilishi, holati va geomarfologik xususiyatlari joy

nomlarida o‘z aksini topadi. Bunday geooyknimlarga

Qumbosqan

OFY,

Toza yer,

Yangi yer, Yoymataqir, taqir, Bo‘z, Mirishkor, Qumli, Sohil

APlarini misol

keltirishimiz mumkin. Bu geooykonimlar shu hudud tuprog‘i holati, obyektning
joylashish o‘rni, tabiiy boyliklariga ko‘ra nomlangan. Bu esa bizga shu joyning yer
tuzilishi haqida tushunchaga ega bo‘lishimizga yordan berishi shubhasiz.

Kasb-hunr asosida yuzaga kelgan oykonimlar tumanda ko‘plab topiladi va xalq

hayotidan hikoya qiladi. Hududdagi aholi mashg‘ulotlari haqida hikoya qiladi.
Xususan, bu yerda

Paxtachi, Paxtakor

(paxtachilik bilan bog‘liq),

Chorvador

(chorvachilik bilan bog‘liq),

Bobodehqon

(dehqonchilik bilan bog‘liq),

Miskarlar,

Temirchilar,

Hunarmandlar

(

temirchi

– hunarmandlar bilan bog‘liq),

126

Xolmuratov I.O. Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining talqini, tasnifi tahlili. Toshkent: firdavs-shoh, 2020. –

54-b.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

132

O‘qituvchilar, Ustozlar

kabi APlari va ko‘cha nomlaridan misollar keltirish

mumkin. Bunday nomlar barcha yerlarga qo‘yilavermagan faqat o‘z kasbining
fidoyilari bo‘lgan hududlargina shunday nomlangan.

Zoooykonimlar – hayvon nomlarining oykonimlarda aks ettirilishi. To‘rtko‘lda

Otchopar, Jayron, Tulpor, Qaldirg‘och

kabi toponimlar zoooykonimlardan

sanaladi. Neooykonimlar yangidan tashkil topgan oykonimlar bo‘lib, ular joy
nomlarini qayta nomlash zaruratidan paydo bo‘lgan. Tumandan bunday toponimlar
mingdan ziyodni tashkil etadi.

Obyektning son belgisiga ko‘ra yaratilgan topooykonimlar. Bunday

toponimlarga

Uchgujum, yakkatol, Beshyog‘och, Beshqayrag‘och, Beshariq,

Beshchinor, Qirqo‘zak, Qirqog‘ayni, Qirqqiz

kabilarni ko‘rsatib o‘ta olamiz.

Bunday toponimlar uzoq tarixga ega bo‘lib, raqamlarda afsonalar yashirin.
Gidrooykonim. Suv havzalarining nomlari oykonimlarda uchrashadi, natijada bu
toponimlar ham oykonimni ham gidronimni nomlab keladi. ularga

Ummon,

Bo‘zyop, Uzunduduq, Tuyamo‘yin, Anhorli, Tozabog‘yop

va boshqa ko‘chalarni

misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Aholi punktlari, mahallar ijtimoiy-iqtisodiy kotegoriyadir. Shu sababdan shahar,

qishloq, mahallalarning tarkib topishi, joylashishi, atalish qonuniyatlari tabiiy
ravishda tarixiy va siyosiy sharoit bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi.
Shundagina ilmiy va amaliy natijaga erisha olamiz. Shu bilan birga, qanday obyekt
nomlanganiga, qay tarzda va qaysi til vositalari yordamida nomlanganiga, nima
uchun nomlanganiga javob topishni geografiya, tilshunoslik va toponimika
sohalaridan izlashimiz o‘rinli bo‘ladi, albatta.

Adabiyotlari:

1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,

2008. 30-b

2. O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Geografik obyektlarning nomlari

to‘g‘risida. Toshkent shahri, 2011-yil 12-oktabr

3. Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milly jamiyati

nashriyoti, 2006. -51-b

4. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani kengashining 2020-yil 8-oktabr kungi

12/57-1-sonli qaroriga ilova. To‘rtko‘l tumanida nomlangan va qayta nomlangan
hududlar ro‘yxati.

5. Xolmuratov I.O. Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining talqini, tasnifi

tahlili. Toshkent: Firdavs-shoh nashriyoti, 2020. – 54-b

6. Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. Toshkent 1965 50-b
7. Hakimov Q. Toponimika. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2016. 105-b.
8. Ruzmetov, B., Jumaeva, Z. K., & Xudayarova, M. (2021). International

Experience in Attracting Foreign Direct Investment. International Journal on
Economics, Finance and Sustainable Development, 3(4), 38-43.

Библиографические ссылки

Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - ycngilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 30-b

0‘zbekiston Respublikasining qonuni. Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida. Toshkent shahri, 2011-yil 12-oktabr

Qorayev S. Toponimika. - Toshkent: 0‘zbekiston faylasuflari milly jamiyati nashriyoti, 2006. -51-b

Xalq dcputatlari To‘rtko‘l tumani kengashining 2020-yil 8-oktabr kungi 12/57-1-sonli qaroriga ilova. To‘rtko‘l tumanida nomlangan va qayta nomlangan hududlar ro‘yxati.

Xolmuratov I.O. Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining talqini, tasnifi tahlili. Toshkent: Firdavs-shoh nashriyoti, 2020. - 54-b

Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. Toshkent 1965 50-b

Hakimov Q. Toponimika. - Toshkent: Mumtoz so‘z, 2016. 105-b.

Ruzmctov, B., Jumacva, Z. K., & Xudayarova, M. (2021). International Experience in Attracting Foreign Direct Investment. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(4), 38-43.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов