Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
187
NAVOIY G‘AZALLARI QORAQALPOQ TILIDA
(„Judo“ va „Bo‘ldum sanga“ radifli g‘azallari misolida)
Azilova Zuhra Gulmon qizi –
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Alisher Navoiy – avlodlarga bebaho, ulkan meros qoldirgan shoir. U Sharq
mumtoz adabiyotining barcha janrlari bo‘yicha dunyo adabiyotining oltin xazinasiga
kiradigan ajoyib asarlar yaratgan. Ularning orasida g‘azal janri shoir ijodining uchdan
bir qismini tashkil etadi. Navoiy g‘azallari XX asrning 70-yillaridan buyon
qoraqalpoq tiliga tarjima qilinib kelmoqda. Uning g‘azallari qoraqalpoq tilida, dastlab
1977-yili Dawlen Aytmuratov tarjimasida „Qaraqalpaqstan“ nashriyotida kitob holida
bosilgan. 1991-yilda Navoiyining 550 yilligi munosabati bilan uning g‘azallarining
to‘liqroq varianti D.Aytmuratov tarjimasida qayta bosildi. Unda Navoiy 132 g‘azali,
hikmatlari, „Hayrat ul-abror“ va „Layli va Majnun“ dostonidan tarjimalar berilgan.
2020-yilda Navoiy g‘azallari Sag‘inbay Ibragimov va Dawlen Aytmuratov
tarjimasida nashr ettirildi.
S.Ibragimov „Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo“, “„Ey nasimi subh,
ahvolim diloromimg‘a ayt“, „Bog‘ mendek sarg‘arib, bulbul meningdek bo‘ldi lol“,
„Bog‘din keldi nasimu gul isin kelturmadi“, „Muztarib ko‘glum ko‘nglum aro ul yuz
hayoli aylanur“, deb boshlanuvchi, „Keldimu“, „Bo‘lmasa bo‘lmasun, netay“,
„Etmas“, „Bo‘lmasa“, radifli g‘azallarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Uning
„Judo“ radifli g‘azalini tarjimasiga nazar tashlasak:
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo.
Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay
Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo.
Tarjimada:
Nege sayrasın búlbúl, bolsa gulistannan juda,
Totı da ses shıǵarmas – bolsa shiyrin labińnen juda.
Quyashtan jasırınsań – qorqaman álem órtener,
Hár ushqın bolar bul otlı pıǵannan juda.
142
Birinchi baytdagi „takallum, shakkariston“ so‘zlari Navoiy asarlari lug‘atida
quyidagicha izohlanadi: „Takallum. a. So‘zlash, gapirish, so‘zlashish“.
143
„Shakkariston a.-f. 1.Nayshakarzor; 2.maj. Shirin suhbat; sevgilining labi“.
144
S.Ibragimov „takallum“ so‘zini „ses shıǵarmas“, shakkariston so‘zini „shiyrin
labińnen“ deb tarjima qilgan. Ikkinchi baytdagi „Sharor“ so‘zi „uchqun“, „alanga“,
„afg‘on“ – “faryod etish“ ma’nolarini bildiradi. Baytdan “Uning qayg‘u alamdan o‘tli
nola qilishidan quyosh alanganib, butun falakni o‘rtashidan qo‘rqaman“ degan
ma’noni anglashimiz mumkin. Bu baytlarda mazmun imkon darajasida saqlangan.
Dema hijronimda chekmaysen fig‘on-u nola ko‘p,
Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘an nafas jondin judo?
142
„Qaraqalpaq ádebiyati“ gazetasi, Yanvar-fevral, 2022-yil, № 1-2, 3-bet.
143
Navoiy asarlari lug‘ati.
–
T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. 588-bet
144
O‘sha manba. 689-bet
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
188
Tarjimada:
Deme, meni joytıp kóp nala shekpey atırsań,
Tán qalay jılasın, bolsa nepes jannan juda.
Mazkur baytdan „Hijronimda ko‘p fig‘on nola chekmayapsan dema, nafas
jondin judo bo‘lgan bo‘lsa, jism qanday fig‘on aylasin“ degan mazmun kelib chiqadi.
Tarjimada ham mazmun saqlangan.
Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni,
Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo.
Tarjimada:
Ayralıq ólimnen jaman, pálek, jarılqasań meni –
Áylegil jannan juda, áyleme janannan juda.
Baytdagi „talx“ so‘zi „achchiq“, „yamon“ degani. Ya’ni lirik qahramon: „Hajr
o‘limdan achchiq emish, ey falak, meni jonondin judo qilg‘uncha jondin judo
aylag‘il“ deya falakka murojaat qiladi.
Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il,
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Tarjimada:
Bolsa juz janım, al, áy hijran, lekin áyleme
Yardı mennen juda yaki meni onnan juda.
Tarjimada “yuz ming jonim“ so‘zi “juz janım“ tarzida qo‘llagan.
Vasl aro parvona o‘rtandi hamono bildikim,
Qilg‘udekdur subh ani shami shabistondin judo.
„Subh” – „tong payti”, „Shami shabiston“ – „Uyni yorituvchi sham“. Tarjimada:
Wisalǵa jetken gúbelek órtendi – bul máhálde,
Tań onı áyledi tun boyı janǵan shamnan juda.
Bu egasiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz,
Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.
Tarjimada:
Bir iyesiz bolıp edi Nawayı yarsız,
Bolmasın, ya Rábbim, hárgiz bende sultannan juda.
Ko‘rinib turibdiki, tarjimada g‘azalning mazmuni, ohangi, timsollari, she’riy
san’atlari, g‘oyasi, shoirning poetik mahorati saqlangan. G‘azal qofiyalari:
„gulistondin“, „shakkaristondin“, „afg‘ondin“, „jondin“, „jonondin“, „ondin“,
„shabistondin“, „sultondin“. S.Ibragimov tarjimasida g‘azal qofiyalari: „gulistannan“,
„labińnen“, „pıǵannan“, „jannan“, „janannan“, „onnan“, „shamnan“, „sultannan“.
Tarjimon ishiga mas’uliyat bilan yondashgani ko‘rinib turibdi.
Navoiyning Sh.Ayapov tarjimasidagi „Bo‘ldum sanga“ radifli g‘azali tarjimasini
qiyosiy tahlil qilsak. G‘azal yetti baytdan iborat. Sh.Ayapov uni qoraqalpoq tiliga
tarjima qilgan.
Ko‘rgali husningni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne baloliq kun edikim, oshno bo‘ldim sana.
Tarjimasi:
Kóriwge husnińdi zarıw-muptala boldım saǵan,
Ne báleli kún edi, ashıq-ashna boldım saǵan.
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
189
G‘azalning umumiy mazmuni, boshqa shakliy belgilari imkon qadar tarjima
talabi darajasida. Ikkinchi va uchunchi baytlarda qo‘llangan tazod san’ati ham iloji
boricha tarjimada saqlangan:
Qansha dedim: uzaq kún sennen kewil úzbekti,
Waq, netermen kúnnen-kúnge muptala boldım saǵan.
Desemdaǵı wapa áylegil, zulım qıldıń bes-beter-
Deseńdaǵı pidayı bol, miń pidayı boldım saǵan.
G‘azal baytlaridagi undalmalar ham tarjimada saqlangan. To‘rtinchi baytda –
„Ey pari paykar“ („Áy, peri gózzal“), beshinchi baytda – „Ey ko‘ngul“ („Áy, kewil“),
oltinchi baytda – „Soqiyo“ („Áy, saqıy“) undalmalari qo‘llanilgan. G‘azalning
keyingi baytlari mazmunan to‘g‘ri tarjima qilingan. Begona baytdagi talmih san’ati
ham tarjimada aks etgan:
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
Tarjimasi:
Jámshid jámi tolı Qızır suwı nesiyp etti,
Áy, saqıy, dúnya málim tárk etıp, gada boldım saǵan.
Ammo g‘azal maqta’siga biroz e’tirozimiz bor. Maqta’da oshiqlikning martabasi
yanada ko‘tariladi:
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sanga
Mazkur baytdan: „To Navoiydek senga asir-u benavo bo‘lgunimcha g‘ussa
so‘zidan bir kuy eshitmadim“ degan mazmun kelib chiqadi. Bu baytning birinchi
misrasidagi „navoe“ so‘zi bilan ikkinchi misradagi „Navoiy“ so‘zi bir o‘zakdan
yasalgan o‘zakdosh so‘z hisoblanib, bu lisoniy joziba hosil qilgan. Shoir baytda
„ishtiqoq“ san’atini qo‘llagan. Lekin tarjimada bu san’at keltirilmagan, biroq
baytning ma’no-mazmuniga hech qanday putur yetmagan:
Ashıqlıq áleminde ǵam tatıp ráhát kórmedim,
Ta, bende Nawayıday, biynawa boldım saǵan.
Sh.Ayapov tarjimalari xususida juda iliq fikrlar bildirilgan: “G‘azallarining
tarjimalari asl nusxani o‘qigandek zavq beradi. „Istadim“, „Aylab“, „Aro“, „Xo‘b“,
„Aylagach“, „Sabt“ radifli g‘azallar tarjimalarida Sh.Ayapovning shoirlik talanti, til
bilish salohiyati, tarjimachilikda to‘plangan tajribalari uyg‘unlashib, bir
„organizm“ga aylangan va tarjimaga “xizmat“ etgan, tarjimalarining muvaffaqiyatini
ta’minlagan bosh omil shu edi“
145
.
Badiiy tarjima-mashaqqatli, mas’uliyatli ish. Navoiydek buyuk shoir g‘azallarini
tarjima qilish esa nihoyatda qiyin. Bu ish tarjimondan chuqur bilimni, juda katta
ijodiy mehnatni talab qiladi. Bundan keyin ham Navoiy g‘azallarini qoraqalpoq tiliga
tarjima qilish ishlari davom etadi, degan umiddamiz.
145
Quramboyev K.
Navoiyning ijod bo‘stonidan ilhomlanib.
Monografiya.
–
Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021.
225-bet.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
190
Adabiyotlar:
1. „Qaraqalpaq ádebiyatı“ gazetasi, yanvar-fevral, 2022-jıl, № 1-2.
2. Navoiy asarlari lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyoti, 1972.
3. „Qaraqalpaq ádebiyatı“ gazetasi, fevral, 2021-jıl, № 2. (122).
4. Quramboyev K. Navoiyning ijod bo‘stonidan ilhomlanib.
Monografiya. –
Toshkent: “O‘zbekiston“ nashriyoti, 2021.
5. Matyakupov, S. G., Kenjaev, F. I., & Razzakova, M. N. (2021). Interpretation
of images and expressions in the form of communication. ACADEMICIA: AN
INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 967-
974.