Abdulla Oripov she’riyatida lirik kechinma va badiiy ifoda

CC BY f
221-225
279
66
Поделиться
Хушбоков, Ф. (2022). Abdulla Oripov she’riyatida lirik kechinma va badiiy ifoda. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 221–225. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5539
Фаррух Хушбоков, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti magistratura ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

She’r shoir qalbidagi orzu-istaklar bilan real hayot voqeligi orasidagi ziddiyat yoxud uyg‘unlik ham turli mazmundagi kechinma-hislar, ifodalangan she’rlar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lirikaning birinchi belgisi kechinmadir


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

221

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA LIRIK KECHINMA

VA BADIIY IFODA

Xo‘shboqov Farrux –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI o‘zbek tili va adabiyoti

magistratura ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti

She’r shoir qalbidagi orzu-istaklar bilan real hayot voqeligi orasidagi ziddiyat

yoxud uyg‘unlik ham turli mazmundagi kechinma-hislar, ifodalangan she’rlar
tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lirikaning birinchi belgisi kechinmadir.
Kechinma esa nafaqat tuyg‘u, xayol yoki fikr, o‘y, tasavvur va ularning qorishig‘i,
balki bir vaqtning o‘zida ularning hammasidir. Shunday ekan, poetik asarning
markazida kechinma turadi. U bizga shoir badiiy tafakkuri qanchalik yuksak va teran
mulohazakor ekanligidan darak beradi. She’rning bu kabi maydonga kelishida
iste’dod va badiiy mahoratga bog‘liqligini ham unutmasligimiz kerak. Shoir juda
ko‘p kechinmalarni, yo‘qotishu topishlarni, ayriliq va hijron azobini, muhabbat
iztiroblarini boshidan kechirgan bo‘lmasin, baribir iste’dod va talant bo‘lmasa
haqiqiy she’r tug‘ilmaydi. Yuragida dardi bor insondan shoir chiqqanida edi,
dunyodagi har bir inson o‘zicha, o‘ziga xos shoir bo‘lib yetishardi. XX asr
adabiyotida minglab shoirlar o‘tdi. Lekin shu bugunimizga kelib ulardan bor yo‘g‘i
o‘n, o‘n beshtasining nomi abadiylikka muhrlandi. Qolganlari esa asta-sekinlik bilan
birin-ketin e’tibordan, nazardan chekkaga chiqib qolmoqda. H.Olimjon, Oybek,
Zulfiya, R.Parfi, E.Vohidov, U.Azim, M.Yusuf, Sh.Rahmon kabi betakror iste’dod
egalarining ijodi bunga yorqin misoldir. Ushbu shoirlarning she’rlari abadiyatga
muhrlandi. Bularning lirik kechinmalari tabiiy va samimiy, o‘tkir va shafqatsiz,
haqiqatparvar va ma’rifatparvarlik bilan sug‘orilganligidadir. Shu o‘rinda
A.Oripovning she’riyati nima uchun tez fursat ichida ommaviylashib ketdi? Bunga
xalqona ohangda yozilganimi yoki boshqa biron bir sababi bormi? Aslida ommaviy
she’riyatning mazmuni shu kabi sodda va xalqonalik bilan o‘lchanadimi? Yoki
tuyg‘ulari xuddi tog‘ bag‘ridan sizib chiqayotgan shaloladek ta’sirchanmi? Shu kabi
savollarga javob topishga urinar ekanmiz, A.Oripovning bunday natijalarga
erishuvida xalqning dilida turgan dardni teran ilg‘ab olganligida va Xudo bergan
iste’dodi borligida ko‘rinadi. Iste’dod tufayli shunday martabalarga, yuksaklikka
erishish mumkin. Shoir har qanday mavzuda qoyilmaqom qilib she’r yoza oladi.
Muhabbatni tarannum etadimi, Vatanni kuylaydimi, nima haqida yozmasin u
qo‘shiqqa aylanib, xalq diliga kirib boradi.

She’riyat asrlar davomida mohir san’at sifatida insonning ruhiy dunyosini kashf

etishga intilib kelgan. To‘g‘rirog‘i, poetik ifoda madaniyati odamzod orzu-istaklari,
maqsad intilishlarini betakror estetik mezonda baholash garovidir. Shunday ekan,
hamisha sir-sinoatlarga oshno nazm tabiatini tahlil hamda tadqiq etish kuchli
ma’naviy ehtiyojlarni keltirib chiqaraveradi. Ayni paytda, mazkur xususiyat
badiiyatiga ta’sir o‘tkazadigan ichki va tashqi omillarni ilmiy asosda o‘rganish, uni
idrok etish hamda anglashga zamin hozirlaydi. Lirik tasvirni shakllantiradigan
faktorlardan eng muhimi kechinma tabiati bilan chambarchas bog‘liq. Shu o‘rinda
quyidagi satrlarda ham buni ilg‘ab olish mumkin:

Jismimni ko‘tarib turibdi tuproq,


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

222

Erning ustidaman, yo‘q zarra nolam.
O‘zi chorlar bir kun bag‘riga, biroq
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Hay dunyo, o‘zingni bir pulga sotding,
Kalava topding-u uchin yo‘qotding.
Men kabi oxiri g‘aflatda qotding,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Inson ezgulikdan topgay farog‘at,
Nima zarur unga zulm-u qabohat.
Kimdir urishtirib, qilgaydir rohat,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.
Bu o‘rinda lirik qahramon kayfiyati “chidaysan bolam” birikmasida yanada

ohangdorlik kasb etgan. Ushbu “Chidaysan, bolam“ she’ri shoirning o‘z farzandiga
emas, balki uni tushunguvchi insonga atalgandek go‘yo. Chunki insonni tushunishdan
boshlanadi, aslida she’rni tushunish. She’r mohiyatida shunday ajib tahlillar borki,
uni to‘laqonli shoirning o‘tlig‘ yuragidan chiqayotgan nolalar deb aytish mumkin.
Negaki, bu erda shoir ko‘kka emas, o‘z yuragiga, borlig‘iga nola qilmoqda.

Lirik qahramonning botinini ayovsiz iztirobga solayotgan tuyg‘u uning oshiqligi,

muhabbatiga talpingan va unga juda ko‘p ozorlar berganligiga iqror bo‘lib, unga
yolvorayotganligini his etish mumkin. «O‘ttiz yil davomida she’r haqida o‘yladim,
uning ifoda shakllari, vositalari, prinsiplari, ruhi haqidagi fikrlar juda ko‘p marta
o‘zgardi: she’r turmush o‘chog‘idan olingan laxcha cho‘g‘, hayotiy epizodga
asoslangan, syujetli bo‘lishi kerak, deb she’rning bo‘lak turlarini tan olmay ancha yil
yurdim; she’r yalt etgan oniy tuyg‘u, zavq-shavq tug‘yoni, uni faqat muzika janrlari
bilan qiyos qilish mumkin, degan ruhda ham ancha vaqt ishladim; she’r hayot
falsafasining essensiyasi, fikr, fikr, fikr! Fikrsiz poeziya yo‘q deb, anchagina
biryoqlama ratsionalistik she’rlar yozdim…», – deb yozadi iste’dodli shoir Asqad
Muxtor. Darhaqiqat, she’riyat – murakkab jarayon. Shoir ijodini kechinma tabiatiga
muvofiq uch guruhga ajratish mumkin.

Dunyo – Yaratganning jilvasigina, xolos. Undagi hech narsa haqiqiy emas,

oynadagi aksni ushlab bo‘lmaganidek, bu dunyoda ham aslga etib bo‘lmaydi. Inson
tug‘ilish bilan fanoga tegishli bo‘ladi, uning jismi ko‘ra, eshita, nafas ola boshladi.
Oynada aks etgan jismsiz borliq ro‘yo ekaniga ruh ko‘zlarini jism qorachiqlari
berkitgani sababdir. Ko‘rinadiki, ko‘rishga kerak bo‘lgan narsa ko‘rmaslikka sabab
bo‘ladi. Shoirni Yaratgandan boshqasi yolg‘on ekani junbushga keltiradi, uning ruhi
tiyiqsiz bir ishtiyoq bilan isyon ko‘taradiki, bu uni Tangri sariga eltishi mumkin
bo‘ladi.

She’riyat so‘z san’atining boshqa turlaridan o‘zining nafisligi, his-tuyg‘ularga

boyligi, obrazliligi, badiiy bo‘yoqdorligi va ta’sirchanligi bilan ajralib turar ekan, shu
sababdan ham inson qalbining tub-tubidan otilib chiqayotgan tug‘yoni, voqelikka
bo‘lgan ehtirosli, ba’zida esa murosasiz munosabatining ifodasidir. Lirik
qahramonning murakkab, ziddiyatli, turfa xil to‘lg‘onishlarga, his-tuyg‘ularga,
ehtiroslarga boy bo‘lgan qalbisiz she’riyat chinakam badiiyat namunasiga aylanishi


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

223

mumkin emas. «Har bir yangi she’r – yangi bir hodisa. Demak, uning o‘z tabiati, o‘z
kechinmasi, o‘z obrazlar jilvasi mavjud. Shunday ekan, umuman she’riyatning barcha
sehrli nozik qirralarini to‘la qamrab olish mumkin emas». Biroq shunga qaramay,
badiiyatning shunday umumiy qonuniyatlari borki, ular ma’lum darajada she’riyat
olamini tushunishga, idrok qilishga imkon beradi.

Bu adabiy avlod zimmasidagi mahobatli missiya zamirida “mayda gaplarni

ko‘tarmagay she’r” (A.Oripov) degan aqida, umuminsoniy g‘oyalarni, o‘zbekning
milliy o‘zligini anglashdek, xalqni erkinlikka, qolaversa, istiqboldagi istiqlol
kunlariga hozirlashdek ulkan fikrlar mujassam edi. Abdulla Oripov fenomeni ana
shunday adabiy muhitda tabiiy zarurat, “ehtiyoj farzandi” sifatida maydonga keldi.

“Badiiy asar bizning ko‘z oldimizga ruh va erkning oliy manfaatlarini namoyon

etishi zarur”. Hozirgi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulla Oripovning
boy ijodiy merosi o‘zining teran mazmundorligi, nihoyatda serqirraligi bilan ajralib
turadi. Shoir jahon va rus, o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatining ilg‘or
tajribalaridan bahramand bo‘lgan 60-yillar adabiy avlodi qatorida adabiyotga kirib
keldi. Abdulla Oripov ilk izlanishlaridanoq xalq qalbidan o‘rin oldi, xalqimiz
nazariga tushdi; milliy ruh xususiyatlarini, o‘zbek xalqi dilidagi orzu-armonlarni
badiiy tasvirlab, inson ruhiyatini jami murakkabliklari bilan ifodalash yo‘lidan bordi.
Bu esa uning xalqona poetik tafakkurining jozibali hosilasi sanaladi. Shoir asarlarini
she’riyat muxlislari, ilmiy-adabiy jamoatchilik mamnuniyat bilan qarshi olishdi. Ilk
she’rlari bilan she’riyat osmonida “mitti yulduz” bo‘lib porlashining sababi ham
shunda. Abdulla Oripov she’rlarida shaxs va jamiyat ruhiyatini, olam va odam g‘am-
tashvishlarini, orzu-umidlarini, baxt-saodatini kuylaydi. Shu boisdan ham shoir
asarlarida ezgulik, adolat, go‘zallik singari umuminsoniy qadriyatlar talqini asosiy
o‘rin tutadi. Shoir o‘z iste’dodini millat va Vatan manfaatlari uchun xizmat qilishga
qaratadi. Xususan, insonsevarlik, vatanparvarlik g‘oyalari o‘zaro mushtaraklikda
shoir ijodiyotining negizini tashkil etadi. Zero, Abdulla Oripov she’riyati ona xalqi va
Vataniga bo‘lgan otashin muhabbatning yorqin ko‘rinishidir.Ushbu jarayonda
xalqona poetik tafakkur, milliylik ruhi badiiy-estetik pafos sifatida bo‘y ko‘rsatadi.
Buning zamirida insonga muhabbat – insonparvarlik tuyg‘ulari yotadi. Zero, Abdulla
Oripov she’riyatida, barcha buyuk adiblar ijodida bo‘lgani kabi, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashib, yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Millatning
kelajagi uning o‘tmishi va buguni bilan uyg‘un badiiy idrok etiladi. Xalq dardini
badiiy talqin etgan asarlar millatning yuksak ma’naviy intellektual madaniyatini
o‘zida mujassamlashtiradi; milliy va umumbashariy qadriyatlarni e’zozlash, himoya
qilish va ulug‘lash yo‘lida kurashishga ilhomlantiradi. Rus adibi A.Ostrovskiy
ta’kidlaganidek, “...xalq yozuvchisi bo‘lish uchun xalqni yaxshi bilish kerak. Shu
xalq bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi, uzviy birlashib ketishi kerak. O‘z elini
o‘rganish-bilish badiiy talant uchun eng yaxshi maktabdir. Uni badiiy aks ettirish esa
ijodiy faoliyat uchun eng yaxshi maydondir”.

Xalqona poetik tafakkur tamoyillari negizini xalq manfaatlarini, dard-alamini va

sururini, o‘sha xalq istiqomat qiladigan muqaddas makon – go‘zal Vatan
ulug‘vorligini teran, samimiy, sodda, mazmundor, falsafiy tarzda badiiy mahorat
bilan aks ettirish tashkil qiladi. Xalqona poetik tafakkur asoslari badiiy adabiyotning
jamiyatda ado etadigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy vazifalari bilan chambarchas


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

224

bog‘liq, albatta. Shu ma’noda chinakam xalq shoiri sifatida Abdulla Oripov “xalqim”,
“ona xalqim” ta’birlarini qo‘llashga, xalqqa shu tarzda murojaat etishga, shoirona
tarzda xitob qilib hayqirishga o‘zini ma’nan haqli sanaydi. Shoir “Yuzma-yuz”
(1964) she’rida avval yulduzlarga murojaat etib, mening xalqimning kimligini
bilmaysiz, u juda zahmatkash, halol, elda tinim bo‘lishi mumkin, lekin mening
xalqim tinim nima ekanini bilmaydi, “Shunday ishparastdir u munisginam”, deb
yozadi. Shoir “ishparast” degan yangi poetik so‘z yasashi bilan birga “munisginam”
deya xalqiga mehr-muruvvatini nazokat bilan ifoda etadi. So‘ngra shoir davom etadi:

Men uni o‘ylayman tun-kechalarda,
Ona xalqim, deyman, mehrim oqar jim.
Ko‘zimga ba’zida ko‘rinsa janda
Ko‘nglim to‘lib ketar, ingrayman, xalqim...
Xalqim, moziy o‘tdi, tole ko‘rmading,
Pishirding o‘zingga benasib taom.
Kiygizding birovga, o‘zing kiymading,
Yulduzni kashf etib nom olding – avom!.

“Yuzma-yuz” o‘z davri, ijtimoiy hayotda bir muddat hukm surgan iliqlik davri

jarayonida yozilgan she’r. Unda shoirni xalq bilan yonma-yon, ruhan va vujudan
birga tasavvur etamiz. Shoirning mehr-muhabbati, xalqining zabun ahvoli uchun
ingrayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shoir “istiqbol” (avvalgi variantida
“kommuna” she’rlarning yangi, tahririy variantlari alohida mavzu) bahona dilini
to‘kadi; mustabid tuzum o‘zbek xalqini qay holatga solganini ro‘y-rost bayon etadi.
Og‘zidan olov purkab turgan ajdaho komida turib xalq hayotiga oid haqiqatni ayta
olish, tabiiyki, birinchi navbatda shoirdan jasoratni, his-tuyg‘ularni quyuq obrazlar
mohiyatiga mahirona joylashni talab etadi. Yaqin o‘tmishda xalqimizning asossiz
ravishda naqadar kamsitilgani va tahqirlangani erkka erishgach, istiqlol ne’matidan
bahramand bo‘lgan davrlarda barchaga ayon bo‘ldi. Holbuki, tarix sahnasidagi bu
mudhish manzarani Abdulla Oripov o‘z vaqtida shoir ko‘zi bilan aniq ko‘rgan edi.
Yuqoridagi she’r xalqona sodda shaklda yozilgani uchun nihoyatda ta’sirchan va
samimiydir. Misralar mohiyatiga jam bo‘lgan zidlov, tuyg‘ularning o‘zaro
qarshilanishida maydonga kelgan falsafiy mazmun va ohang shoir tafakkur tarzining
o‘ziga xos sifat darajalarini, milliy ruh quvvatini ko‘rsatadi. Zero, bu holat badiiy
matnning barcha qatlamlariga hayot bag‘ishlovchi badiiy-estetik tafakkur tabiatidan
kelib chiqadi. Bu esa, o‘z-o‘zidan milliy ruh va ong-shuur orqali zohir bo‘ladigan
milliy ma’naviyatning badiiy asar jismiga nechog‘lik singdirib yuborilganiga daxldor
hodisa. Milliy ruh deganda ma’lum bir millatga xos ma’naviy-axloqiy madaniyat
belgilari: insof, halollik, haqgo‘ylik, oriyat, vafo, or-nomus kabi ezgu xislat-fazilatlar
ko‘zda tutiladi. Bu bir. Ikkinchidan, ezgulik, adolat, go‘zallik singari bashariy
qadriyatlarni o‘rganish va baholashdagi millat va Vatan manfaatlari badiiy tafakkur
tabiatiga o‘rnashgan bo‘ladi. Demak, badiiy asardagi milliy ruh – ijodkorning xalq
bilan aloqasi, xalq ommasining hayoti, kurashi, g‘oyalari, hissiyoti va intilishlari,
manfaatlari va maqsadlarining adabiyotdagi poetik ifodasidir. O‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan xalqona poetik tafakkur va milliy ma’naviyat
tushunchalari o‘zaro uzviy yaxlitlikka ega bo‘lgan tushunchalardir. “Shaxs va millat
ruhiyati ma’naviyat bilan tutash bo‘lib, asosiy farqlaridan biri – ruhiyat murakkab


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

225

voqelik sifatida o‘zida ham rahmoniy, ham shaytoniy xislatlarni, ham fazilat, ham
qusurlarni, ham tabiiy, irsiy, ham atrof-muhit ta’siridagi holatlarni aks ettirsa,
ma’naviyat shaxsning, millatning insoniy fazilatlarini, uning qalbidagi ilohiy nur
in’ikosini namoyon qiladi”.Demak, ijodkor talqinida ikki yoqlama ziddiyatli tabiatga
ega bo‘lgan ruhiyat va ma’naviyat tushunchalari bir vaqtning o‘zida bir-birini taqozo
qiladi: yana inkor ham etuvchi hodisalar sifatida badiiy ahamiyat kasb etadi. Xalq
donishmandligi donoligining she’riy misralar qatiga mahorat bilan singdirilishi ham
xalqona poetik tafakkur tamoyillaridan sanaladi. Shoir xalqimiz yaratgan ma’naviy
xazinaga, xalq qalbining diltortar ohanglariga shunchaki ergashmaydi; uning
mazmun-mohiyatini to‘la o‘zlashtirib, o‘z badiiy tafakkuri mezonlari, o‘zi
yashayotgan davr muammolari, hamnafas vatandoshlari va millatdoshlari ko‘ngli
bilan bog‘laydi.

Adabiyotlar:

1. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. II tom. – T.: Fan, 1979.
2. Meliev S. Lirik fojelik // O‘zbek tili va adabiyoti, 1991.
3. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. 1-jild. – T.: G‘afur G‘ulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.

4. Oripov A. Ishonch ko‘priklari. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va

san’at nashriyoti, 1989.

5. Matyakupov, S. (2022). Abdulla Oripov she’riyatida muloqot shakli va ifoda

o‘ziga xosligi. integration of science, education and practice. Scientific-methodical
journal, 3(2), 70-75.

Библиографические ссылки

Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. II tom. – T.: Fan, 1979.

Meliev S. Lirik fojelik // O‘zbek tili va adabiyoti, 1991.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. 1-jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.

Oripov A. Ishonch ko‘priklari. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1989.

Matyakupov, S. (2022). Abdulla Oripov she’riyatida muloqot shakli va ifoda o‘ziga xosligi. integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 3(2), 70-75.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов