Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
231
ASAR QAHRAMONLARIGA QO‘YILGAN ISMLAR OBRAZ
XARAKTERINI OCHIB BERISHDAGI ROLI
(Tohir Malik asarlari misolida)
Qurbonboyev Otabek –
Ajiniyoz nomidagi NDPI O‘zbek tili va adabiyoti 1- kurs
magistranti
Musulmon dinida yangi tug‘ilgan farzandga chiroyli va ma’noli ism qo‘yish ota-
onaning majburiyati, burchidir [1.50]. Albatta, har birimiz farzandlarimizga go‘zal
ism qo‘yishga intilamiz. Bu ism uning siyrati va shaxsiyatiga to‘g‘ri kelishiga harakat
qilamiz.
Ijodkorning har bir yaratgan yaratiqlari uning o‘z farzandlari kabidir. Inson
farzandlariga qancha mehr bersa u haqida qancha qayg‘ursa ijodkor ham o‘z asariga
shuncha mehr beradi, shuncha u haqida qayg‘uradi. Ayrim javhalarda ijod mahsulini
farzandlaridanda ustun qo‘yadi. Bemani she’rlarimni deb qizlarimning ko‘nglini
og‘ritib qo‘yardim, ijod qilayotganimda ular uyda oyoq uchida yurardi – Muhammad
Yusuf [2.365].
Ijodkor o‘z asari mukammal bo‘lishini xohlasa, uning har bir detaliga alohida
e’tibor bilan qarashi lozim. Asar sujetining to‘g‘riligi, kompazitsiyani ko‘rsata olishi,
konflektlarni chiroyli dalillashi, kulminatsion nuktani ochib berishi hatto asardagi
obrazlar ismini to‘g‘ri tanlay olishi asar ta’sirchanligini oshiradi hamda o‘quvchi
yuragini tub tubigacha yetib borishini ta’minlaydi.
Asar qahramonlariga qo‘yilgan ismlar obraz shaxsiyatini ochib berishi kerak.
Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni “Sabbai sayyor”da keltirilgan
“Mehr va Suhayl” dan misol keltirsak [3. 367]. Bu asarda Jobir obrazi uchraydi.
Navoiy bu obrazni qanday inson ekanini ochib berish uchun bittagina ismni to‘g‘ri
tanlay olganining o‘zi kifoyadir. Bilamizki, Jobir -arabcha so‘z bo‘lib jabr so‘zidan
olingan bu esa jabr beruvchi, ozor yetkazuvchi degan ma’noni anglatadi. “Farhod va
Shirin” dostonida Farhodga ism qo‘yish jarayonidagi firoq, rashk, hajr, oh, dardni
eslashning o‘zi Navoiyning ismlarga alohida e’tibor qaratganini anglatadi [4. 280].
Zamonaviy adabiyotimizda ham o‘z asarlariga ismlar tanlashga alohida e’tibor
qaratadigan ijodkorlardan biri Tohir Malikdir. U asar qahramonlariga qo‘ygan ismlari
faqatgina obraz harakterini ochib bermasdan, o‘quvchiga ta’lim ham beradi. Bunga
“Shaytanat” asarini misol qilib olishimiz mumkin. Bu asarning to‘rtinchi kitobida
tabib obrazi uchraydi [5.161]. Ya’nikim Asadbek kasalga chalinib qolganida uni
davolatish uchun kopgina ishlar qilinadi ammo bu dardning chorasi faqatgina bitta
insonni qo‘lidan kelishi aytiladi. Kesak (Haydar) tabibni uyiga kelish voqeasini esga
olamiz. Kesak tabibning uyiga keladi va bu Rahmon tabibning uyimi deb soraydi,
shunda tabib men Alloh emasman Allohning quliman ismim Abdurahmon deydi. Biz
bu jumlalardan nimani tushinishimiz kerak, tabib nega ismim Rahmon emas
Abdurahmon dedi. Bu orqali Tohir Malik bizga nima demoqchi?
-
Dastlab e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan narsa Rahmon va Abdurahmon
ismlari. Rahmon – Allohning 99 ta ismidan biri bolib, ulug‘ ne’mat beruvchi rahimli
va mehribon zot deganidir [6.4]. Bu sifat faqatgina Allohgagina hosdir. Insonlarga
emas. Demak bu ismni insonlarga nisbattan qo‘llash dinimizda joiz emas.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
232
Abdurahmon ismidagi “Abdu” degani qul degani bo‘lib Rahmonning quli, Allohning
quli ma’nosini anglatadi. Ernest Begmatov ham o‘zining “Ismlar lug‘ati”da bu ismni
Rahmon deb emas Abdurahmon deb bergan.
-
Ikkinchidan, ushbu voqea orqali Abdurahmon tabibning ibrat olgulik shaxs,
“Shaytanat” asarining “komil insoni” ekanligini ko‘rsatib beradi.
-
Va nihoyat, Kesak(Haydar)ning naqadar johil inson ekanligini, jamiyatning
ilimsiz qatlami vakili ekanligini ochib beradi.
Asarning bosh qahramoni Asadbekning ismini tanlashda ha yozuvchi o‘zining
yuksak did va iste’dod sohibi ekanligini ko‘rsatadi. Nega aynan Asadbek. Asad-
arabcha qorqmas, botir she’r degan manolar bilan birgalikda asad oyi shamsiya yil
hisobi bo‘yicha 5- oyning nomi (iyun-avgust) ham hisoblanadi. Endi yana bir savol
nega aynan Asadni o‘zi emas “bek”i ham bor. Bek – erkalash kichraytirish
qo‘shimchasi hisoblanadi, lekin bu dalillash “Shaytanat” ning Asadbeki uchun
taalluqli emas. Bu yerdagi bek insonlarda vahima tuyg‘usini uyg‘otish va
qahramonning kuch qudratini anglatadi. Asar bosh qahramonini Asadbek deb
nomlashi uni murakkab xarakterga ega inson ekanligini ta’kidlash bilan birga
ko‘nglida ozgina bo‘lsada iymon bor ekanligini bildirish uchun qo‘llangan. Asad –
iymon Bek – yovuzlik demakdir. Asarning yutug‘i ham aynan shunda iymon va
iymonsizlik o‘rtasidagi kanfliktni go‘zal tarzda ko‘rsata olganligidadir.
O‘zbek adabiyoyida boshqa asarlarda, jumladan, Tog‘ay Murodning “Ot
kishnagan oqshom” asarida ham Rahmon obrazi ishtirok etadi. Bu o‘rinda u
Abdurahmon shaklida emas aynan Rahmon shaklida ishlatiladi [7.154]. Bu
yozuvchining xatosi yoki ilmsizligidan emas, balki o‘sha davr insonlarining
ilmsizligini, dindan ancha uzoqlashganini ko‘rsatib berish uchun aynan ushbu ismdan
foydalangan. Yuqorida takidlaganimizdek, ismlar qahramon ichki dunyosini ochib
berish bilan birgalikda ta’lim berishi, nimanidir o‘rgatishi ham kerakdir.
Xulosa tariqasida shuni aytishimiz mumkinki “Al-asmo-u tanzil-u min as-samo”
ya’ni ismlar osmondan tushadi [8.237]. Haqiqiy hayotda ham badiiy adabiyotda ham
ism qo‘yish bu ma’suliyatli ishlardandir. Ism nima? Ism bu shaxsning umrlik
yo‘ldoshi to tug‘ilganidan o‘lguniga qadar hamisha u bilan birga bo‘ladigan yo‘ldoshi
hattoki, fazilati, belgisidir.
Adabiyotlar:
1.
Shayx Muhammad Sodiq. Muhammad Yusuf “Baxtiyor oila” Toshkent:
“Hilol-Nashr” nashriyot matbaasi, 2019. -S. 50.
2.
Muhammad Yusuf. “Saylanma” Toshkent: Sharq, 2007. -S. 365
3.
Alisher Navoiy. “Xamsa” Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi” nashriyot
matbaasi, 1991. -S. 367
4.
Alisher Navoiy. “Xamsa” Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi ” nashriyot
matbaasi 1991 -S280
5.
Tohir Malik “Shaytanat” Toshkent: “Sharq” nashriyot matbaasi 2001, -S. 161.
6.
Islom.uz “Allohning 99 ta ismi” 2-qism
7.
Tog‘ay Murod “Ot kishnagan oqshom” Toshkent: “Sharq” nashriyot matbaasi
2007 – S154
8.
Alisher Navoiy “Xamsa” Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi” nashriyot
matbaasi 1991 – S.237