Ishq bo‘lmasa koshonayi baxt kunpayakundir…

CC BY f
261-263
28
17
Поделиться
Рустамова, М. (2022). Ishq bo‘lmasa koshonayi baxt kunpayakundir…. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 261–263. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5580
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Inson zoti baxtli bo‘lish uchun yaratilgan. Tirik ekan, nafas olar ekan u baxtli. Buni anglay olish esa yana bir o‘zgacha baxt nafasidir. Baxtni tushunish, uni boshqalarga tushuntirish, so‘z bilan ta’riflash qiyin. Shoir Matnazar Abdulhakim she’riyatida ijodkorning uslub va badiiyat uyg‘un ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

261

ISHQ BO‘LMASA KOSHONAYI BAXT KUNPAYAKUNDIR…

(Matnazar Abdulhakim ijodida baxt obrazi)

Mohichehra Rustamova

972037810

mohichehrarustamova7771@gmail.com

Inson zoti baxtli bo‘lish uchun yaratilgan. Tirik ekan, nafas olar ekan u baxtli.

Buni anglay olish esa yana bir o‘zgacha baxt nafasidir. Baxtni tushunish, uni
boshqalarga tushuntirish, so‘z bilan ta’riflash qiyin. Shoir Matnazar Abdulhakim
she’riyatida ijodkorning uslub va badiiyat uyg‘un ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shoir o‘z ijod namunalarida yetuk poetik lavhalar yaratib, inson ma’naviy dunyosini
yanada teranroq idrok qilishga, uning tubsiz qalb kengliklaridagi o‘ziga xos
qirralarini kashf etishga intiladi. Ijodkorning “Javzo tashrifi” to‘plamidan o‘rin olgan
ijod namunalarida mavzularning rang-barangligi, ma’no ko‘lamining kengligi bilan
birga ulardagi an’anaviy va yangi obrazlar, betakror tashbehlarni qo‘llay olganining
guvohi bo‘lamiz. Ayni damda, badiiy adabiyotning vazifasi ham insonni yetuk, komil
shaxs sifatida tarbiyalashdan iboratdir. Yaratilgan har bir asar esa o‘quvchiga estetik
zavq berishi, falsafiy mazmun kasb etishi, uni ijodkor bilan hamdard qilishi, asar
qahramonlari bilan yashashga undamog‘i darkor. Shoir ijodida bu xususiyatlarning
barchasini ko‘ramiz. Matnazar Abdulhakim – o‘ziga xos badiiy tafakkurga, falsafiy
fikrlashga moyil shoir. Xususan, xayolimizga baxtning tasvirini chizar ekan,
odatiylikdan yiroqlashadi va tasvirni mohirlik bilan yaratadi:

So‘ngra neki yuragingga zid
Bo‘lar inkor, bo‘lib ketar rad.
Qarabsanki, turgan-bitganing
Baxtdan, faqat baxtdan iborat.

218

Kun kelib baxtli bo‘lishga ishontirmoqni niyat qilgan shoir misralari orqali jonli

muhitni gavdalantiradi. Nimani o‘ylashingdan qatiy nazar barchasi inkor bo‘lib
ketadi. Hatto, yurak ham baxtdan quvnashini aytadi.

Ishq bo‘lmasa koshonayi baxt kunpayakundir,
Ishq tuyg‘usidir eng buyuk me’mor, xabaring yo‘q.
“Xabaring yo‘q” radifli g‘azalida shoir aytadiki, qalbda ishq-u muhabbat

bo‘lmasa baxtning borligi ham bilinmaydi. Baxtni his qilish uchun qalbing Alloh
muhabbatidan xabardor bo‘lishi kerak. Agar ilohiy ishq bilan hamroh bo‘lsang,
qalbingda baxtning ajoyib va hech qayerda, hech kimda bo‘lmagan qasrini quruvchi
memori sen bilan birga bo‘ladi. Dunyo tashvishlari bilan o‘ralashib, g‘aflatda qolma.
Baxt har damda, har qadamda yonimizda bo‘ladi.

Visoling qilsam-da havas,
Mehrim izhor etmadim hech vaqt.
Sen bilan bir havodan nafas
Olish o‘zi menga katta baxt.

218

Matnazar Abdulhakim. Javzo tashrifi. – Toshkent: “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati. 2008. 7-bet.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

262

Shoir Alloh jamolini ko‘rishni istaydi. Uning jamolini, go‘zalligini, bor ta’rifini

aytishni xohlaydi, ammo uning yoniga borganda go‘zalligidan tili kalimaga
kelmasligini, ko‘zlari yor jamoli jilvasiga shaydo bo‘lib qolishini ham biladi. Uning
ishqida, visoli havasida yashar ekanman, u uchun bir marta kelib ketsam, shuning
o‘zi men uchun baxt, – deydi shoir. Baxt o‘zi nima? Baxt- ko‘p narsaga erishish
emas, baxt-qo‘lidagi imkon va fursatlarni boshqalar bilan baham ko‘rish! Baxtli
bo‘lish uchun boshqalarni baxtli qiling.

219

Shoirning “Otajon diydori” nomli she’rida ibratli bir holat tasvirlanadi. Misralar

davomida hayotda atrofimizdagi barcha tashvish va muammolar boshqalar dilini
siyoh qilishga arzimasligi anglashiladi. She’rda bir avtobus va undagi odatiy holat
tasvirlanadi. Lekin bir narsa asabiy kelayotgan yo‘lovchilarni tinchlantiradi.
Qorong‘u dillarni yoritib, bir kuy nurli, sehrli so‘zlar ila jaranglay boshlaydi.
Xonanda Otajon og‘a, – deydi shoir, kimningdir kimga zorligi uchun oh chekardi,
kimningdir dunyoda borligidan o‘zida yo‘q quvonardi. Uning kuyini eshitib bir
parcha vohaning ko‘zi ochiladi, kuy bo‘lsa har yurakdagi bor anduhlarni o‘zi bilan
uzoq-uzoqlarga olib ketadi. Yigit kuy orqali o‘sha to‘polon qilayotgan kishilarga
dunyodagi musaffo hislar abadiy va barqaror, urush-janjal hech narsani hal
qilmasligini, dilsiyohlikdan nariga o‘tmasligini tushuntirib qo‘yadi.

Yigit bir bekatda tushib qolgan so‘ng
Bir-birovga boqib jim o‘yga toldik.
Eng baxtli tush kabi birdan kelgan o‘ng,
Mashina keng ekan biz payqab qoldik.

220

Yigitning bu harakati bir tush, oddiy tush emas, balki eng baxtli tush kabi tez

sodir bo‘ladi. Shoir avtobusdagi mana shu oddiygina holat orqali bizga yer yuzidagi
holatni oydinlashtirmoqchi bo‘ladi. Baxt so‘zidan tushning tasvirini yaratishda
sifatlovchi sifatida foydalangan shoir insonlarni hayotda kimningdir borligi uchun
shodlanganlarini, hayotda yaqinlari borligi uchun ular tomon borishga otlanganini
eslashga majbur qiladi. Avtobusda odam ko‘p emasdi, lekin nega hamma
toqatsizlanib shovqin solardi? Hamma bir-birovni qarg‘ab dillarni ranjitardi? Shoir
Matnazar Abdulhakim avtobus misolida yerni gavdalantirib, insonlar ko‘ngli torlik
dilxiralikka sabab ekanlini, ularning ko‘zini bir siqim tuproq to‘ldirishini aytadi. Eng
baxtli tush kabi bir zumda sodir bo‘lgan bu holat – bir tugma orqali yangragan kuy
barcha dardni olib ketgani kabi hayotda shunday tugma bo‘lsa-yu, shu orqali hamisha
mehrbaxsh baxtlar yangrab tursa edi…

U biz uchun endi baxtli xotira,
O‘ngdan kelmagan lazzatli bir tush.
Bizning yuraklarda ilon bor edi,
Bizning yuraklarda yasholmasdi qush…
“Pushaymon” nomli she’rida shoir xotirani baxtli deydi. Shirin xotiralarning

baxtga to‘laligini tasvirlaydi.

Bilasanmi,
seni ham shunday

219

Said Chamlija. “Iymon va huzun” kitobi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2022.

220

Matnazar Abdulhakim Javzo tashrifi. – Toshkent “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati, 2008.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

263

yo‘liqtirdim oddiy bir damda.
Va inondim
tip-tiniq bir baxt
barqaror deb yorug‘ olamda.
Olamda baxtning borligini seni ko‘rib angladim, deydi shoir ushbu she’rida.

Lirik qahramon yor visolini ko‘rib haqiqiy baxtni his qilgandek bo‘ladi. Shoir
baxtning tiniqligini ta’kidlaydi. Misralar davomida g‘alvalardan bezib yurgan, porloq
nurlarni izlayotgan bir damda yorini uchratgan lirik qahramon undan na ko‘zini
uzoladi va na umidini uzadi. She’rning davomida shoir baxtni tirik deya ta’riflaydi.
Tirik baxtning borligidan o‘zining sarmastligini alohida ta’kidlab aytadi. Hayotga
murojaat qilib:

Sen daryomas, poyezdmas, hayot,
men ham o‘ksib o‘tib ketmasman, – deya hayotdan shunchaki o‘tib ketmasligini

qat’iy bildirib qo‘ymoqda.

Tahlillardan ma’lum bo‘ladiki, Matnazar Abdulhakim baxtni sirli, sehrli, tirik

holda tasavvur qiladi va uni hashamdor qasr, inkor qilib bo‘lmas jihat, shukronalik
hissi, o‘ngidan kelgan solih tush, eslaganda yuzlarga beixtiyor tabassum yuguradigan
shirin xotira, barqaror va tip-tiniq tuyg‘u tarzida talqin qiladi. Shoir she’rlarida
baxtning qiyofasi, bo‘yi, tarovati, zavqi rang-barang bo‘yoqlarda chiziladi, turfa
ohanglarda tarannum etiladi.

Adabiyotlar:

1. Matnazar Abdulhakim. Javzo tashrifi. – Toshkent: “Sharq” nashriyot matbaa

aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2008.

2. Said Chamlija. “Iymon va huzun” kitobi. – Toshkent:

“Yangi asr avlodi”

nashriyoti. 2022.

3. Matnazar Abdulhakim. Fasllar qo‘shig‘i. –

Toshkent: Adabiyot va san’at

nashriyoti. 1986.

Библиографические ссылки

Matnazar Abdulhakim. Javzo tashrifi. – Toshkent: “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2008.

Said Chamlija. “Iymon va huzun” kitobi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2022.

Matnazar Abdulhakim. Fasllar qo‘shig‘i. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti. 1986

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов