Samarqand tibbiyoti mustaqillik yillarida (1991-2010)

CC BY f
15-18
35
17
Поделиться
Ходжиев, Н. (2011). Samarqand tibbiyoti mustaqillik yillarida (1991-2010). Журнал вестник врача, 1(1), 15–18. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/11109
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Xalq xo'jaligining turli tarmoqlari rivojlanishi bilan
bir qatorda mustaqillik yillarida ilm-fan, madaniyat, sport,
xalq ta’limi va sog'liqni saqlash tizimida ham keskin
o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Avvalo, mamlakatimizda
tibbiyotning huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, 1992
yil 8 dekabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasida har bir inson malakali tibbiy xizmardan
foydalanish huquqiga ega deb belgilab qo'yilgan.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan
qator Farmon va qarorlar, O'zbekiston Parlamenti
tomonidan qabul qilingan 10 dan ziyod Qonunlar,
Respublika Vazirlar Mahkamasining 20 dan ortiq
qarorlari shak- shubhasiz tibbiyot sohasining yanada
rivojlantirishga qaratilgan


background image

(Doctor ax6orotnomasi, 2011, №.l, Samarqand

15

Xulosalar

1991-2010

yillar

mobaynida

viloyat

aholisi

salomatligi tibbiy demografik ko'rsatkichlari bir- muncha
ijobiy tomonga o'zgardi.

Samarqand viloyat aholisining tug'ilish ko'rsatkichi

20 yil davomida har 1000 kishi hisobiga 37,0 dan 22,5
gacha, umurniy o'lint 1,5 barobarga, go'daklar Q-'limi 4
barobarga, onalar o'limi 2,5 barobarga kainaydi.

Adabiyotlar

1.

Ю.Алескеров. Самарканд. ЦК КП Узбекистана. Ташкент. 1976.-291с.

2.

Т.Г.Тульчинский, Е.А.Варавикова. Жамоат соғлиғини саклаш. Тошкент ДТА. Тошкент. 2003 й.-1 қисм-464 б., 2 қисм-503 б.

3.

Ўз.Р ССВ Республика “Садоматлик" институтининг Самарканд вилоят филиали материаллари.

4.

Самарканд вилоят хокимлиги сотлиқни саклаш бошқармаси. Вилоят даволаш-профилактика уассасаларининг

2006-

2007 йиллардаги фаолияти ва 2008 йилдаги вазифалари тўғрисида. Самарканд. 2008 Й.-141 б.

5.

Самарканд вилоят хокимлиги соғлиқни саклаш бошкармаси. Вилоят даволаш-профилактика уассасаларининг

2007-

2008 йиллардаги фаолияти ва 2009 йилдаги вазифалари тўғрисида. Самарканд. 2009 Й.-1776.

6.

Самарканд вилоят хокимлиги соғлиқни саклаш бошкармаси. Вилоят даволаш-профилактика уассасаларининг 2005-2006 йиллардаги

фаолияти ва 2007 йилдаги вазифалари тўғрисида. Самарканд. 2007 Й.-87 б.

Hojiyev N.I.

SAMARQAND TIBBIYOTI MUSTAQILLIK YILLARIDA (1991-2010)

Samarqand davlat tibbiyot instituti (rektori - prof. A.M. Shamsiyev), Samarqand viloyat hokimligi sog'liqni saqlash

boshqarmasi

Xalq xo'jaligining turli tarmoqlari rivojlanishi bilan

bir qatorda mustaqillik yillarida ilm-fan, madaniyat, sport,
xalq ta’limi va sog'liqni saqlash tizimida ham keskin
o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Avvalo, mamlakatimizda
tibbiyotning huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, 1992
yil 8 dekabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasida har bir inson malakali tibbiy xizmardan
foydalanish huquqiga ega deb belgilab qo'yilgan.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan
qator Farmon va qarorlar, O'zbekiston Parlamenti
tomonidan qabul qilingan 10 dan ziyod Qonunlar,
Respublika Vazirlar Mahkamasining 20 dan ortiq
qarorlari shak- shubhasiz tibbiyot sohasining yanada
rivojlantirishga qaratilgan.

O'rganish

maqsadi

-

Mustaqillik

yillarida

Samarqand viloyati tibbiyotning ravnaqini tahlil qilish.

Respublika Mustaqillikka erishgandan so ng sog'liqni

saqlash tizimining

sobiq

Ittifoq

tuzimi

davrida

shakllantirilgan mavjud tarkibi va vazifa- lari, uning
moddiy-texnika asosini tubdan qayta ko'rib chiqish
vazifasi kun tartibida turar edi.

Respublikamiz

hukumati

mazkur

masalani

bocqichma-bosqich amalga oshira borib, 1996 yil 21
mayda

Vazirlar

Mahkamasining

"O'zbekiston

Respublikasida qishloq infrastrukturasini 2000 yilgacha
bo'lgan davrda rivojlantirish dasturi ha- qida"gi qarorni
qabul qiladi. Mazkur Qarorda Respublikamiz Prezidenti
tashabbusi bilan qishloq joylarda yashovchi aholini
malakali tibbiy xizmatga bo'lgan talabini to'la qondirish
uchun mutlaqo yangi tipdagi davolash-profilaktika
muassasalari tarmoqlarini yaratish masalasi qo'yilib.
maqsadli dastur qabul qiliinadi. Samarqand viloyatida
QVP tarmoqlarini yaratish bo'yicha ishlar 1996 yildayoq
boshlab yuboriladi va Respublikada birinchi bo'lib, Urgut
tumanining Tegana qishlog'ida qishloq vrachlik punkti
qisqa muddatda qurib ishga tushiriladi. Mazkur QVP
qoshida Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi
tomonidan regional ko'rgazmali seminar kengash

o'tkaziladi.

O'tgan vaqt ichida viloyatda QVP tarmoqlarining

ilmiy asoslangan mukammal tizimi vujudga keltirildi.
2009 yil yakuni bo'yicha dasturda ko'zda tutilgan 384
QVP o'rniga 396 QVP lari barpo qilindi.

Mazkur QVPlarini jihozlash ishlari belgilangan

tartibda amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi ПФ-2107 sonli
"O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlash tizimini
isloh qilish Davlat dasturi to’g'risida"gi Farmoni mavjud
sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishni yangi bosqichga
olib chiqdi. Mazkur Farmon asosida Samarqand
viloyatida sog'liqni saqlash tizimini yangi tarkibi qisqa
muddatlarda shakllan- tirildi. Respublika shoshilinch
tibbiy yordam markazining viloyat filial! 1999 yilda
Samarqand tibbiyot institutining 2-son klinikasi negizida
rekonstruksiya tufayli yaratildi va zarur zamonaviy
jihozlar, jumladan, kompyuter tomografi bilan jihozlanib,
malakali kadrlar bilan ta'minlandi. Viloyatning barcha
shahar va tumanlar markaziy shifoxondlari tarkibida
shoshilinch tibbiy yordam bo'limlari tizimi yaratildi.
Samarqand viloyatida Mustaqillik yillarida qurib
bitkazilgan va ishga tushirilgan davolash- profi laktika
muassasalarining ro'yxati keng. turlari esa rang-baragdir.

1991 yilda Samarqand shahrida 130 o'rinli tug'ruq

kompleksi, viloyat ko'z kasalliklari shifoxonasi 280
qatnovga mo'ljallangan poliklinikasi, 600 qatnovga
mo'ljallangan

Pastdarg'om

markaziy

tuman

shifoxonasining poliklinikasi, 1992 yilda ishga tushirilgan
150 qatnovga mo'ljallangan Urgut markaziy tuman
shifoxonasi poliklinikasining ikkita korpusi, 1991 yilda
Jartepa qishlog'ida ishga tushirilgan 60 o'rinli shifoxona,
1994 yilda Urgut markaziy tuman shifoxonasining 60
o'rinli alohida korpusi, 1992 yilda Nurobod tumanidagi 50
o'rinli O'rtabuz. 1993 yilda 25 o'rinli Agron qishloq
shifoxonalari, 1992 yilda Nurobod tuman markaziy
shifoxonasining 150 o'rinli stasionar bo'limi va 200
qatnovga mol Ijallangan poliklinikasi, 1992 yilda Tayloq


background image

(Doctor axborotnomasi, 2011, № 1, Samarqantf

16

tumani Olmazor qishlog'ida qurilgan 60 o'rinli shifoxona,
Samarqand tumanidagi 60 o'rinli Ravonak shifoxonasi
binosi, Fotima Qosimova jamoa xo'jaligida 100 qatnovga
mo'ljallangan poliklinika binosi, 60 o'rinli Do'stlik
посёлка шифохонаси (1992Й), Оҳалик maskanida 1996
yilda qurilgan 150 o'rinli shifoxona va 100 qatnovga
mo'ljallangan poliklinika binosi hamda Samarqand
markaziy tuman shifoxonasining 60 o'rinli binosi, 1993
yilda Gulobod maskanida qurilgan 150 o'rinli shifoxona
va 100 qatnovga mo'ljallangan poliklinika, Chelak
tumanida (hozir Payariq) qurilgan 50 o’rinli shifoxona,
Qo'shrabot

tumanidagi

Zarmitan

tibbiy-sanitariya

qismining 50 o'rinli binosi, 1996 yilda shu tumandagi
Qo'shtamg'ali QVPsi, 1994 yilda Oqtosh shahrida
qurilgan 50 qatnovga ega bollgan poliklinika korpusi,
Go'zalkent maskanida 60 o'rinli yaxlitlashtirilgan bino,
1994 yilda Paxtachi tumanidagi Sultonobod maskanida
shifoxona binosi, Kattaqo'rg'on tumani Qadan maskanida
30 o'rinli tug'ruqxona binosi (1996 yil). viloyat ortopediya
va travmatologiya shifoxonasining 60 o'rinli binosi (1995
yil), Mitan maskanidagi 60 o’rinli tug'ruqxona binosi,
2005 yilda Oqdaryo tumani Loyish maskanida qurilgan 30
o'rinli shoshilinch va tez tibbiy yordam bo'limi binosi,

viloyat 1-son sil kasalxonasidagi 60 o'rinli bino

(2002 yil), viloyat kardiologiya dispanserining 120 o'rinli
stasionar bo'limi va 250 qatnovga mo'ljallangan
poliklinikasi binosi, Qadan maskanida 130 o'rinli tuman
shifoxonasi binosi (2005 yil), Paxtachi markaziy tuman
shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo'limi binosi (2006
yil), Narpay markaziy tuman shifoxonasining shoshilinch
va tez tibbiy yordam bo'limi binosi (2002 yil), Charxin
qo'rg’onidagi 30 o'rinli tug'ruqxona binosi (2006 yil),
Urgut tumani diagnostika markazi binosi (2000 yil) kabi
ob'yektlar shular jumlasidandir.

Viloyatda

yuqorida

sanab

o’tilgan

yangi

shifoxonalardan tashqari 1991-2005 va 2006-2010
yillarda mavjud bo'lgan binolarni rekonstruksiya va
capital ta'mirlash natijasida ham qator ob'yektlar ishga
tushirildi, Bular jumlasiga Kattaqo'rg'on shahridagi 130
o'rinli shifoxona binosi, Urgut tumanidagi 240 qatnovli
poliklinika, viloyat teri-tanosil dispanseriga 24 o'rinli
bino, Samarqand shahridagi 1-son tug'ruqxonasining 120
o’rinli binosi, viloyat endokrinologiya dispanserining 60
o'rinli

binosi,

viloyat

ko'p

tarmoqli

bolalar

shifoxonasining 30 o'rinli reproduktiv salomatlik markazi
binosi, Payariq markaziy tuman shifoxonasi xirurgiya
bo'limi va tug'ruqxonalarining 60 o'rinli binolari, Paxtachi
tumani Sultonobod maskani tug'ruq kompieksining 40
o'rinli binosi, viloyat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy
markazi binosi, Urgut markaziy tuman shifoxonasi
poliklinikasining 150 qatnovli binosi, 150 qatnovga
mo'ljallangan viloyat talabalar poliklinikasi. viloyat 1-son
sil kasalliklari dispanserining Mironko ldagi binosi. tez
tibbiy yordam markazi laboratoriya binosi, Oqdaryo
markaziy tuman shifoxonasining tug'ruq majmuasi, Urgut
tumanidagi Ibn Sino shifoxonasi korpusi. viloyat OITS

markazi, Tayloq markaziy tuman shifoxonasining
shoshilinch yordam bo'limi, Qo'shrabot tumanidagi
Qoratosh QVP binosi, Nurobod tumani Doroytut QVP
binosi, Ishtixon markaziy tuman shifoxonasining binosi.
1-son viloyat shifoxonasi, Bulung'ur tuman tug'ruq
kompleksi, viloyat ruhiy salomatlik markazi. shahar
markaziy shifoxonasi, Payariq tumanidagi Bolta QVP,
viloyat onkologiya dispanseri binosi. viloyat qon quyish
markazi binosi, "Salomatlik" institute viloyat kompleksi,
bolalar xirurgiyasi ilmiy markazi, Kattaqo'rg'on shahar
bolalar shifoxonasi, Samarqand shahridagi mehribonlik
uyi, Samarqand shahridagi 1-son shifoxonalari shular
jumlasidandir.

Respublika Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 27

yanvardagi "Sog'liqni saqlashning birlamchi tizimin qayta
tashkil

etishni

yanada

chuqurlashtirish

haqida

"Salomatlik-2" dasturini xalqaro taraqqiyot assosiassiyasi
bilan hamkorlikda amalga oshirish choralari to'g'risida"gi
qabul qilingan Qarori asosida viloyatdagi qurilgan
QVPIarini zamonaviy asbob- uskunalar bilan jihozlash,
ularda ishlash uchun umumiy amaliyot vrachlarini
tayyorlash bo'yicha katta ishlar amalga oshirildi. Qurilib
ishga tushirilgan 384 ta QVP dan 137 tasi yoki 36% yangi,
247 tasi yoki 64% qayta tashkil etish tufayli yaratilgan.
Shulardan birinchi tipdagi QVP


background image

•Dolifor axborotnomasi, 2011, № 1, Samarqand

17

loyixasi bo'yicha - 11 tasi (3%), ikkinchi tipdagi loyixa
bo'yicha - 129 (33,5%), uchinchi tipdagi loyixa bo'yicha -
244 yoki 63,5% QVP lar qurilgan. Ularning 307 tasi 80%
gaz orqali, 77 tasi ko'mir orqali isitiladi. 81 yoki 21% ning
suv ta'minoti tashib ichishga mo'ljallangan bo'lsa, 303 tasi
(79%) vodoprovod tizimiga ulangan, 239 tasida (62%)
issiq suv mavjud. 94% QVP binolariga uch fazali elektr
quvvati o'tkazilgan, 206 tasi (54%) telefon aloqasiga va 15
tasi (3.9%) transport vositasiga ega.

2004 yilda viloyatdagi 20 QVP lariga "Salomatlik -1"

loyixasi doirasida jami 310 mln. So'mlik tibbiy jihozlar va
asbob-uskunalar olib berilgan. "Salomatlik-2" loyixasi
doirasida viloyat tumanlariga birinchi bosqichda lami 258
mln. 218 ming 270 so'mlik jihozlar yetkazilib berildi.
2006 yilda "Salomatlik-2" loyixasi doirasida jami 845
mln. 549 ming 699 so'mlik tibbiy asbob-uskunalar va
jihozlar

olindi.

Shuningdek,

Samarqand

shahar

poliklinikalari uchun 31 mln. So'mlik jihozlar olindi.
"Salomatlik-2" loyixasi hisobidan 2007 yilning aprel
oyida 300 mln so'mlik, may- iyun oylarida 28 mln 708
ming 1 17 so'mlik as- bob-uskuna va jihozlar olindi.
Olingan tibbiy as- bob-uskuna va jihozlar qiymati
summasi jami I mlrd. 746 mln so'mni tashkil etdi.

Mustaqilligimizning o'tgan 20 yili tibbiyot sohasi

uchun yangilanish va o’sish davri bo'ldi. Istiqlol yillarida
butun mamlakatimizda. shu jumladan Samarqand viloyati
sog'liqni saqlash tizimiga yangidan-yangi o'zgarishlar
amalga oshirildi. Viloyat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy
markazi

respublikada

birinchilar

qatori

tubdan

ta'mirlangan SamMI 2-klinikasi o'rniga tashkil qilindi.
Hozirgi kunda markaz o'ta zamonaviy tibbiy asbob-
uskuna va jihozlar bilan ta'minlangan. Aholiga
shoshilinch

tibbiy

yordamni

to'laqonli

o'tkazish

maqsadida “Damas” ва “Hunday” avtomashinalari bilan
ta'minlandi.

Viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi (sobiq viloyat

1-son shifoxonasi)ning barcha bo'lim va xonalari tubdan

ta’mirlandi, hududi obodonlashtirildn Barcha bo'lim,
diagnostika, laboratoriya va xo'jalik binolari hozirgi
zamon talablariga javob beradigan jihozlar bilan
ta'minlangan.

Xuddi shu tarzda SamMI klinik shifbxonasi, bolalar

jarrohligi ilmiy markazi, viloyat ko'ptarmoqli bolalar
tibbiyot markazi, viloyat kardiologiya dispanseri,
Samarqand shahar markaziy shifoxonasi, viloyat ona va
bola salomatligini muhofaza qilish markazi. viloyat
skrinig markazi, viloyat urush va mehnat faxriylari
shifoxonasi, viloyat DSENM, viloyat qon quyish markazi
va boshqa bir qator davolash- profilaktika muassasalari
istiqlol

yillarida

zamonaviy

tibbiy

maskanlarga

aylantirildi.

Ayniqsa

ijtimoiy

ahamiyatga

molik

tibbiyot

muassasalariga e'tabor oshdi. Samarqand viloyar ruhiy
salomatlik markazi eski, xaroba va avariya holatidagi
binodan tubdan ta'mirlangan binoga ko'chirilishi, viloyat
sil kasalligi shifoxonasining Mironko'l qo'rg'onida yangi

binoga ko’chirilishi so'zimizning isboti bo'ladi. Viloyat
endokrinologiya dispanseri, viloyat OITS markazi, viloyat

“Salomatlik” instituti, Samarqand shahar DSENM va
boshqa muassasalar ham zamonaviy tarzda ta'mirlangan
binolarga ko'chirildi. .

Azaldan ma'lumki Samarqand ilm-fan, madaniyat

beshigi, olimu-fuzalolar, buyuk donishmandlar vatani
bo'lgan. Bu manzilda juda ko'p oily o'quv yurtlari.
kollejlar va boshqa ilm dargohlari faoliyat ko'rsatadi.

Ammo ular orasida Samarqand Davlat medisina

institutining salmog'i o'zgacha. Samarqand medisina
instituti ochilganidan buyon nafaqat viloyatimiz,
respublikamizda, baud dunyoning juda ko'p davlatlarida
samarali ishlab kelayotgan tibbiy kadrlari bilan haqli
ravishda faxrlanib kelmoqda. Institutning mavqei ayniqsa
2004 yilda mohir tashkilotchi, zabardast olim, professor
A.M. Shamsiev rahbar etib tayinlangan- dan keyin yanada
oshdi.

2005 yildan boshlab institut tarixida yangi davr

boshlandi va bu paytda turli ob'yektiv va sub'yektiv
sabablarga ko'ra vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengib
o'tish lozim edi. O'quv ishlarini kuchaytirish va intizomni
mustahkamlash bilan birga institut oldida muhim
ahamiyatga ega bo'lgan yana bir vazifa — sifatli ta'lim
jarayoni va professor-o'qituvchilar jamoasining ilmiy
faoliyati uchun sharoit yaratish zarur edi. Shu inaqsadda
institut bosh binosi hamda barcha o'quv binolarida keng
qamrovli ta'mirlash ishlari amalga oshirildi, institutning
moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Natijada institut
zamonaviy qiyofaga ega bo'ldi.
nusxa va 3 mingdan ko'p electron darsliklar mavjud.

Yaratilga sharoitlar va imkoniyatlar samarasi o'laroq

institut statusi respublika miqyosida eng yuqori, nufuzli
oily ta'lim muassasasiga aylandi. Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Attestasiya komissiyasi xulosasiga ko'ra,
SamMI 2007 yil Davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan
muvaffaqiyatli o'tib, mamlakat miqyosida eng yaxshi oily
ta'lim muassasalarrqatQrida tarfolindi.

2010 yi 18 dekabr, .kuni Samarkand Davlat tibbiyot

inst tutining 80 yoshligi keng nishqnlandi. Tadbirda
(

^)StiX6tcfrtt--Respiibt3<aii3

5i>g.jiqr(i

2005 yilda institut tarkibida yangi fakultetlar - oily

hamshiralik ishi, tibbiy pedagogika fakultetlari va 2009
yilda esa stomatologiya fakulteti tashkil qilindi.
Institutning barcha ma'ruza zallari va o'quv auditoriyalari
hamda

0

quv-klinik

laboratoriyalari

zamonaviy

mustahkam mebellar bilan jihozlangan hamda o'quv
mashg'ulotlarini yuqori darajada sifatli o'tkazish uchun
informasion texnologiya bilan ta'minlangan. Shuningdek,
barcha auditoriyalar va leksion zallarga multimedia
proektorlari, ekranlar hamda video va audio sistemalari
o'rnatilgan. So'nggi 5 yilda institutda axborot resurs
markazi va unda electron biblioteka tashkil qilindi. Bq
yerda Internet tarmog'iga ulangan 60'o'rinli kompyuter
zallari ham faoliyat ko'rsatib turibdi. Axborot resurs

markazida 300 mingdan ko’p


background image

Doctor axboromomasi, 2011, № 1, Samarqand

18

saqlash vaziri A.I. Ikromov, Samarqand viloyat hokimi
Z.T. Mirzaev qatnashdilar. Shuningdek mustaqil davlatlar
hamdo'stligi mamlakatlari hamda Rossiya Federasiyasi
tibbiy oily o'quv yurtlarining 40 nafarga yaqin olimlari
tashrif buyurdilar.

Mustaqillik yillarida tibbiyotning boshqa sohalari

qatori

viloyat

Davlat

sanitariya-

epidemiologiya

xizmatiga ham katta e'tabor qaratildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1992 yil 3

iyulda “Davlat sanitariya nazorati to'g'risida”gi Qonunni
qabul qildi. Bu esa xizmat tizimini joylarda qonuniy
tarzda yo'lga qo'yishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
1998

yil

2

martda

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidentining “Sanitariya qonunlari buzganlik uchun

javobgarlikni kuchaytirish to'g'risida”gi Farmoni chiqdi.
Bu muhim hujjat aholining sog'lom turmush tarzini
yuzaga keltirish, o'z hududi ozodaligini saqlash
mas'uliyatini kuchaytirishga xizmat qildi.

Eng muhimi, soha xodimlarining sa'y-harakati bilan

ko'plab yuqumli kasalliklarning oldini olish va
kamaytirishga erishildi. Masalan 1993-1995 va 1997-
1998 yillarda Bulung'ur, Tayloq, Urgut, Samarqand va
Kattaqo'rg'on tumanlarida qorin tifi va paratif kasalliklari
huruji kuzatildi. Epide- miologik holat ilmiy-amaliy
jihatdan tahlil etil- gach, soha xodimlari bu joylarda
darhol rejali ishga kirishdilar. Aholini toza ichimlik suvi
bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi. Yuqorida
nomlangan

tumanlar aholisining

xavfli

guruhlari

aniqlanib Fransiyadan olib kelingan vaksina bilan
emlandi. Natijada keying yillarda bu kasallikning

takrorlanishiga yo'l qo’yilmadi.

Bugun nafaqat shaharlar, shu bilan birga, eng chekka

qishloqlarda

ham

zamonaviy

tibbiy

muassasalar

foydalanishga topshirilib, ular eng so'nggi rusumdagi
tibbiy jihozlar bilan ta'minlanib bormoqda. Birgina joriy
yilning

o'zida

soha

moddiy-texnik

bazasini

mustahkamlash borasida Prezidentimiz tomonidan to'rtta
muhim qaror va farmon qabul qilinganligi ham bu
fikrimizni tasdiqlaydi. Ayniqsa, tug'ilajak farzandning
salomatlogiga etibor qaratish borasida xayrli ishlar amalga
oshi- rayotir. Bu o'rinda davlatimiz rahbarining «Ona va
bola salomatligini muhofaza qilish, sog'lom avlodni
shakllantirishga

doir

qo'shimcha

chora- tadbirlar

to'g'risida»gi hamda «2009-2013 yillarda aholining
reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog'lom bola
tug'ilishi, jismoniy va ma'naviy barkamol avlodni voyaga

yetkazish borasidagi ishlami yanada kuchaytirish va
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g’risida»gi
Qarorlari qabul qilinganligini eslash kifoya. Albatta, qabul
qilingan hujjatlar tibbiyot xodimlari zimmasiga ham katta
mas'uliyat yuklaydi. Mazkur qarorlarda qayd etilgan
vazifalami hajarish uchun, avvalo, uning mazmun-
mohiyatini aholiga tushuntirish taiab etiladi.

Bugungi

kunda

viloyatimizning

eng

chekka

qishloqlarida istiqomat qilayotgan aholining tibbiy
madaniyatini oshirish, tibbiy ko'rikdan o'tkazish, zarur
dori-drmonlarni gumanitar yordam sifatida berish

an’anaga aylanib borayotir. Viloyat sog'liqni saqlash
boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand shahrida
faoliyat ko'rsatayotgan eng malakali shifokorlar bu ishga
jalb qilinayotir.

Mustaqillik yillarida Samarqand tibbiyoti butun

mamlakatimizda bo'lgani kabi davlatimiz rahbari va
hukumati tomonidan qabul qilingan aholi salomatligini
saqlash

hamda

yaxshilash

bo'yicha

qonunlar,

farmoyishlar. qarorlar, davlat dasturlari va boshqa direktiv
hujjatlar va belgilangan tadbirlar asosida rivojlanib
bormoqda. Yuqoridagi hujjatlarga asoslanib kam samarali
FAPIari, QVAIari. QUShlari tugatilib, ulaming o'rniga
imkoniyatlari keng bo'lgan QVPlari tashkil qilindi. Yangi
poliklinikalar, kasalxonalar, tug'ruqxonalar, dispanserlar.
tibbiyot markazlari qurilib ishga tushi- rilmoqda. Oliy va
o'rta maxsus tibbiyot o'quv yurtlarida mutaxassislar
tayyorlash zamon talablari asosida olib borilmoqda.

Shunday qilib Samarqand tibbiyoti o'z o'tmishiga

sodiq qolgan holda mustaqillik yillarida jahonning yirik
ilmiy-amaliy markazlari bilan hamkorlik o'rnatib
mamlakat tibbiyotiga ulkan hissa qo'shish imkoniyatlariga
ega bo'lgan zabardast ijtimoiy tizim sifatida o'z kelajagiga
shaxdam qadam tashlab bormoqda.

Xulosalar

1991-2010 yillar mobaynida Respublika Prezidenti

tomonidan chiqarilga qator Farmon va qarorlar,

O’zbekiston Parlamenti qabul qilgan 10 ziyod qonunlar.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 20 dan ortiq
qarorlari tibbiyot sohasining rivoj lantirishga samarali
xizmat qilmoqda.

Viloyarda mustaqillik yillarida kam samarali

FAPIari, QVAIari, QUShlari sekin asta tugatilib, ulaming
o'rniga imkoniyatlari keng bo'lgan zamonaviy QVPlari
tashkil qilinmoqda.

Adabiyotlar

1.

H.А. Абдуллаев, Т.О.Шомуродов. Сам МИ клиникаси. Тошкент. "Фан”. 2009 Й.-358 б.

2.

А.А.Қодиров. Тиббийз тарихи. Тошкент. “Узбекистан миллий энциклопсдияси". 2005 Й.-175 б.

3.

А.М.Шамсиев. Самарканд Давлат медицина институти 80 ёшда. Самарканд. 2010 Й.-12 б.

4.

Узбекистан Республикаси Президентининг 1998 йил 10 ноябрдаги ПФ-2107 сонли “Узбекистан Республикасида соғликни саклаш
тизимини ислоҳ килиш тўғрисида”ги фармони.

5.

Узбекистан Республикаси Президентининг 2007 йил 19 сентябрдаги ПФ-3923 сонли “Соғликни саклаш тизимини ислох килишни

янада чукурлаштириш давлат дастурини амалга оширишнинг асосий йўналишлари тўғрисида'ти фармони.

6.

Узбекистан Республикаси Президентининг 2007 йил 2 октаябрдаги ПК-700 сонли “Республика тиббиёт муассасалари фаолиятини
ташкил этишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўгрисида”ги карори.

7.

Республика “Саломатлик” институтининг Самарканд вилоят бўлими материаллари.

Библиографические ссылки

Н.А. Абдуллаев, Т.О.Шомуродов. Сам МИ клиникаси. Тошкент. "Фан”. 2009 Й.-358 б.

А.А.Кодиров. Тиббийз тарихи. Тошкент. “Узбекистан миллий энциклопсдияси". 2005 Й.-175 б.

А.М.Шамсиев. Самарканд Давлат медицина институти 80 ёшда. Самарканд. 2010 Й.-12 б.

Узбекистан Республикаси Президентининг 1998 йил 10 ноябрдаги ПФ-2107 сонли “Узбекистан Республикасида согликни саклаш тизимини ислох килиш тугрисида"ги фармони.

Узбекистан Республикаси Президентининг 2007 йил 19 сентябрдаги ПФ-3923 сонли “Согликни саклаш тизимини ислох килишни янада чукурлаштириш давлат дастурини амалга оширишнинг асосий йуналишлари тугрисида’ти фармони.

Узбекистан Республикаси Президентининг 2007 йил 2 октаябрдаги ПК-700 сонли “Республика тиббиёт муассасалари фаолиятини ташкил этишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида'ги карори.

Республика “Саломатлик” институтининг Самарканд вилоят булими материаллари.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов