Авторы

  • Shohruh Abdiraimov
    Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.52965

Ключевые слова:

yozma nutq baholash esse argumentli esse shaxsiy pozitsiya.

Аннотация

Baholash jarayonida oʻquvchilarning yozma nutqini baholashda diktan, bayon, insholardan foydalaniladi. Taʼlim rivojlangan davlatlarda esa bu jarayonda argumentli esse, interpretatsion esse, hikoyaviy esse, qiyosiy esse, sabab-oqibat essesi kabi bir qator esse turlari qoʻllanadi. Ushbu tezisda olimlarning esse yozish jarayoni va metodikalari hamda argumentli esse yozish asoslariga oid tadqiqotlaridan foydalanib, oʻquvchilarning yozma nutqini baholashda argumentli esselardan foydalanish ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqotda qiyoslash, tahlil qilish metodlari ishlatilgan. Natijada argumentli esse oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, izchil va qolipli yozish, shaxsiy pozitsiyalarini asosli ravishda himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirishi aniqlangan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

113

ARGUMENTLI ESSE YORDAMIDA OʻQUVCHILARNING YOZMA

NUTQINI BAHOLASH AHAMIYATI

Abdiraimov Shohruh Samad oʻgʻli

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi, pedagogika

fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13888592

Annotatsiya.

Baholash jarayonida oʻquvchilarning yozma nutqini

baholashda diktan, bayon, insholardan foydalaniladi. Taʼlim rivojlangan
davlatlarda esa bu jarayonda argumentli esse, interpretatsion esse, hikoyaviy
esse, qiyosiy esse, sabab-oqibat essesi kabi bir qator esse turlari qoʻllanadi.
Ushbu tezisda olimlarning esse yozish jarayoni va metodikalari hamda
argumentli esse yozish asoslariga oid tadqiqotlaridan foydalanib,
oʻquvchilarning yozma nutqini baholashda argumentli esselardan foydalanish
ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqotda qiyoslash, tahlil qilish metodlari
ishlatilgan. Natijada argumentli esse oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, izchil va
qolipli yozish, shaxsiy pozitsiyalarini asosli ravishda himoya qilish
koʻnikmalarini shakllantirishi aniqlangan.

Kalit soʻzlar:

yozma nutq, baholash, esse, argumentli esse, shaxsiy pozitsiya.

Xalqaro integratsiyalashuv, ilm-fanning tez surʼatlarda rivojlanishi

Oʻzbekistonda taʼlimga yangicha yondashuvlarni tatbiq etishni taqozo qila
boshladi. Shuningdek, soʻnggi yillarda ona tilini oʻqitishga qaratilgan eʼtiborning
kuchayishi va amaliy ehtiyojning oshib borayotgani zamonaviy tendensiyalarni
amaliyotga joriy etish, samaradorligini oshirish zaruratini paydo qildi. Bu esa
oʻquvchilarda tildan amaliy foydalana olish, matn mohiyatini tushunish, tahlil
qilish va mantiqiy xulosa chiqara olish, oʻz fikrini asosli, izchil, ravon va estetik
jihatdan boy tarzda ogʻzaki va yozma savodli bayon qila olish koʻnikmalarini
shakllantirishni hamda nutqiy koʻnikmalarining shakllanganlik darajasini
baholashni ona tili taʼlimining ustuvor masalalaridan biriga aylantirdi. Shu
nuqtayi nazardan, oʻquvchilarning yozma nutqini obyektiv baholash
mexanizmlarini va zamon talablariga mos baholash vositalari va usullarini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism.

Jahon tili oʻqitish metodikasida oʻquvchilarning yozma nutqini rivojlantirish

usul va vositlari, xususan, esse va uning turlari, argumentli esse bir qator
olimlarning ilmiy-metodik ishlarida alohida tadqiq qilingan. Jumladan, Roy Peter
Clark qo‘llanmasida[1] yozma nutqda ijodkorlik va samaradorlikni oshirishga
yordam beradigan 55 ta asosiy yozish strategiyasi va ulardan foydalanish shart-


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

114

sharoitlari haqida toʻxtaladi. Boshqa bir olim Don Shiach esa oʻz asarida[2] esse
yozish jarayonining bosqichlari, mavzu tanlashdan tortib, rejalashtirish, yozish
va tahrirlash jarayonigacha batafsil ochib beradi. Shuningdek, C.Birkenstein
boshchiligida bir qator olimlar qo‘llanmasida[3] yozma nutqda bahs yuritish
usullari, fikrlarni shakllantirish, dalil keltirishda yordam beruvchi shablonlar,
argumentli esse yozish uchun zarur boʻlgan asosiy strategiyalar, shaxsiy
mulohazalarni qanday qilib boshqalarning fikrlari bilan bogʻlay olish yoʻllari
ochib beriladi. Shular qatorida, John D. Ramage boshchiligidagi boshqa bir jamo
qoʻllanmasida[4] argumentli esse tuzilishi, fikrlarini qanday rivojlantirish, oʻz
pozitsiyasini ishonchli tarzda himoya qilish yoʻllari bayon etiladi. Boshqa bir
qoʻllanmada[5] esa argumentli essening shakllari, turli mavzular va vaziatlarni
ochib berishda argumentlardan foydalanish yoʻllari, oʻz fikrlarini ishonchli
tarzda yetkazish usullari haqida maʼlumot beriladi. Biroq o‘quvchilarni yozma
nutqini baholashda argumentli essedan foydalnish ahamiyati haqida alohida
to‘xtalmaydi.

Oʻzbek tilidagi manbalarda Baxtiyor Mengliyev boshchilligida tayyorlangan

10-sinf ona tili darsligida[6] argunmentli esse izohi va unga namuna keltiriladi.

Oʻquvchilarda hayotiy vaziyatlarga yozma tarzda munosabat bilidirish

koʻnikmasini shakllantirishda esselardan foydalanish samarali. Chunki esse –
aniq mavzu yoki vaziyat yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalar asosida
argumentlarga tayanib publitsistik uslubda yoziladigan ixcham ijodiy ish
hisoblanadi. Til taʼlimida argumentli esse, interpretatsion esse, hikoyaviy esse,
qiyosiy esse, sabab-oqibat essesi kabi bir qator esse turlaridan foydalaniladi.
Ularning har biri oʻquvchining yozma nutqini rivojlantirish bilan birga, mantiqiy
tafakkurini, intellektual qobiliyatlarini ham shakllantirib boradi. Bular ichida
argumentli esse alohida ahamiyatga molik. Negaki oʻquvchida yozma nutqini
rivojlantirish bilan birga, muayyan masala yuzasidan shaxsiy pozitsiyasini
himoya qilish layoqatini ham shakllantiradi. Argumentli esseda muhokama talab
vaziyat mavzu sifatida tanlanadi.

Mavzuda berilgan vaziyat boʻyicha esse yozuvchi (oʻquvchi) tomonidan

muayyan taraf-pozitsiya tanlanadi, oʻquvchidan tanlangan pozitsiya boʻyicha
fikrlarni asosli tarzda ifodalash, oʻzining shaxsiy fikr va mulohazalari bayon
qilish talab etadi. Argumuntli esse ham mavzu, kirish, asosiy qism va xulosadan
iborat boʻladi (1-rasmga qarang).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

115

1-rasm: argumentli esse va uning tuzilishi

Ushbu turdagi esselarni yozishda vaziyat yuzasidan oʻz pozitsiyangizni

himoya qilishingiz, pozitsiyangizni qo‘llab-quvvatlovchi dalillarni keltirishingiz
kerak. Bunda avvaliga qarama-qarshi fikrni taqdim etishingiz, soʻngra bu fikrga
kuchli dalillar bilan qarshi turib, fikringizni asoslashingiz lozim. Yuqoridagi
esseda ham muallif “

maktabni bitirib, oliy taʼlimda oʻqish kerak

” degan

pozitsiyani asoslashda mansab kursilarini egallash uchun diplom kerakligini,
oʻqishda yangi doʻstlar orttirish, xorijga chiqish mumkinligini taʼkidlaydi, ham

oʻqib, ham ishlash imkoni mavjud ekanligini inkor etib boʻlmas asos sifatida
keltiradi va oʻz pozitsiyasini himoya qiladi.
Yuqoridagilar asosida shunday xulosaga kelishimiz mumkin, argumentli esse
yordamida oʻquvchilarning yozma nutqini muntazam baholash, avvalo,
oʻquvchilarda fikrini izchil yozma bayon qilish koʻnikmasini rivojlantirishga
ragʻbat beradi, qolaversa, ularda muayyan mavzu yuzasidan oʻz qarashlarini
argumentlar yordamida asoslay olish, pozitsiyalarini himoya qila olish
qobiliyatlarini ham shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Clark, R. P. (2008). Writing tools: 55 essential strategies for every writer.
Little, Brown Spark.
2. Shiach, D. (2009). How to write essays: a step-by-step guide for all levels, with
sample essays. Hachette UK.
3. Birkenstein, C., & Graff, G. (2018). They say/I say: The moves that matter in
academic writing. WW Norton & Company.
4. Ramage, J. D., Bean, J. C., & Johnson, J. (1998). Writing arguments: A rhetoric
with readings (p. 765). Boston: Allyn and Bacon.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

116

5. Lunsford, A. A., Ruszkiewicz, J. J., & Walters, K. (2001). Everythingʻs an
Argument (p. 568). Boston, MA: Bedford/St. Martinʼs.
6. B. Mengliyev va boshq. (2022) Ona tili. 10-sinf uchun darslik. – Toshkent:
Respublika taʼlim markazi, – B. 224

Библиографические ссылки

Clark, R. P. (2008). Writing tools: 55 essential strategies for every writer. Little, Brown Spark.

Shiach, D. (2009). How to write essays: a step-by-step guide for all levels, with sample essays. Hachette UK.

Birkenstein, C., & Graff, G. (2018). They say/I say: The moves that matter in academic writing. WW Norton & Company.

Ramage, J. D., Bean, J. C., & Johnson, J. (1998). Writing arguments: A rhetoric with readings (p. 765). Boston: Allyn and Bacon.

Lunsford, A. A., Ruszkiewicz, J. J., & Walters, K. (2001). Everythingʻs an Argument (p. 568). Boston, MA: Bedford/St. Martinʼs.

B. Mengliyev va boshq. (2022) Ona tili. 10-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika taʼlim markazi, – B. 224