DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
124
BAHOLASHDA LOYIHA ISHLARIDAN FOYDALANISH
Abdiraimov Shohruh Samad oʻgʻli
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi
abdiraimovshohruh6@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15131176
Annotatsiya.
Globallashuv
ta’limda
yumshoq
ko‘nikmalarni
shakllantirishni taqozo etmoqda. Shu bois o‘qitish va baholash jarayonida loyiha
ishlaridan faol foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur tezishda loyiha ishi,
uning turlari, tayyorlash bosqichlari, baholash mezoni hamda baholashda loyiha
ishlaridan foydalanishning hamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, mavjud
nazariy qarashlar umumlashtirildi, tahlil etildi va umumiy xulosa bayon etildi.
Kalit soʻz:
baholash, loyiha ishi, loyiha ishi turlari, tanqidiy fikrlash,
ijodkorlik, jamoda va hamkorlikda ishlash
Maʼlumki, taʼlim oluvchilarining bilim va koʻnikmalari turli baholash
instrumentlari yordamida baholanadi. Jumladan, testlar, yozma ishlar, ogʻzaki
taqdimotlar, amaliy ishlar va boshqalar. Shular qatorida, oʻquvchilarning bilim
va koʻnikmalarini baholashda loyiha ishlaridan ham foydalaniladi. Eʼtiborli
jihati, ushbu baholash instrumenti nafaqat oʻquvchilarning bilimlarini, balki
mustaqil fikrlash, ijodkorlik, jamoada ishlay olish va oʻz pozitsiyasini bayon eta
olish kabi “yumshoq” koʻnikmalarini ham baholashga imkon beradi. Shu bois
ham jahon pedagogikasida loyihaga asoslangan taʼlim ommalashmoqda.
ASOSIY QISM.
Loyiha ishi – oʻquvchilardan tadqiqot oʻtkazish, muammolarga yechim
topish, yangi gʻoyalarni taqdim etishni talab etadigan oʻquv topshirigʻi[6: 114].
Taʼlim jarayonida ulardan faol foydalanish fanlarni real hayotga yaqinlashtiradi
va oʻquvchilarning darsga boʻlgan motivatsiyasini oshiradi.
Taʼlim jarayonida loyiha ishlarining bir qator turlaridan foydalaniladi(1-
rasmga qarang):
1-rasm. Loyiha turlari
Loyiha ishlari taqdim etish shakliga koʻra amaliy, ilmiy-tadqiqot va
innovatsion loyiha ishlariga ajratiladi[1].
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
125
Amaliy loyihalar – hayotiy masalalarni amaliy hal etishga qaratilgan
loyihalar. Jumladan, shaharda jamoat transporti xizmatini yaxshilash,
chiqindilardan qushlarga in qurib berish, lugʻatlar tayyorlash kabilar boʻlishi
mumkin.
Ilmiy-tadqiqot loyihalari – muayyan bir mavzuga oid ilmiy izlanishlarni
oʻtkazish, nazariy maʼlumotlar toʻplash, tahlil qilish va umumlashtirib nazariy
xulosalar chiqarishdan iborat boʻlgan loyiha ishlari. Jumladan, Oʻzbek tilining
fonetik xususiyatlari haqida tadqiqot yoki Oʻzbek tilida fikr bayonida tasviriy
ifodalarning roli kabi mavzularda boʻlishi mumkin.
Innovatsion loyihalar – muayyan hayotiy masalalarni fan-texnologiyalari
yutuqlaridan foydalanib innovatsion hal etishga qaratilgan loyihalar. Bunda veb
dasturlar, robototexnika, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.
Jumladan, Inson aralashuvisiz ishlovchi darsda tanaffus boshlangani maʼlum
qiluvchi tizimini yaratish yoki Oson yuklanuvchi hamda oʻquvchilarning lugʻat
boyligini oshiruvchi mikro-mobil oʻyinlari yaratish
Loyiha ishlari sohasi va mavzusiga koʻra bir qator turlari farqlanadi.
Jumladan, ijtimoiy, ijodiy, ekologik, moliyaviy loyiha ishlari kabilar.
Ijtimoiy loyihalar – mahalliy yoki global ijtimoiy muammolarni hal qilishga
qaratilgan loyiha ishlari. Masalan, Mahallamiz ijtimoiy muhitini yaxshilash
uchun takliflar dasturini ishlab chiqish, Qoʻshnilar oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatni yaxshilash dasturini ishlab chiqish.
Ijodiy loyihalar – yangi ijodiy mahsulot yaratishga qaratilgan loyiha ishlari.
Bunda audiomateriallar, videomateriallar, grafik tasvir materiallari kabilar
tayyorlanadi. Masalan, “Oʻrmonni ifloslantirgan va tabiat gʻazabini qoʻzgʻatgan
odamlarning qismati” mavzusida ertak tayyorlash yoki “Dahshat hikoyasi
asosida asar muallifi bilan suhbat” mavzusida intervyu tayyorlash
Ekologik loyihalar – mahalliy yoki global ekologik muammolarni hal etishga
qaratilgan loyiha ishlari. Masalan, Eko-shaharning 3D maketini tayyorlash,
Mahalliy hududda chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish dasturini
tayyorlash.
Moliyaviy loyihalar – iqtisodiy masalalarni yangicha yechimini topishga
qaratilgan, oʻquvchilarning moliyaviy savodxonligini oshiradigan loyiha ishlari.
Jumladan, “Chiqindilarni qayta ishlash orqali daromad olish”, “Onlayn xaridlar
va ularning moliyaviy samaradorligini baholash” mavzularda loyiha ishlari
tayyorlash.
Loyiha ishlari kim tomonidan bajarilishiga koʻra ikki guruhga ajratiladi:
– individual loyiha ishlari;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
126
– jamoaviy loyiha ishlari.
Individual loyiha ishlari – bir kishi tomonidan bajariladigan loyiha ishlari.
Jumladan, chiqindilardan qushlarga in qurib berish.
Jamoaviy loyiha ishlari – guruh yoki jamoa tomonidan bajariladigan loyiha
ishlari. Jumladan, Eko-shaharning 3D maketini tayyorlash.
Loyiha ishi muayyan bosqichlarda tayyorlanadi[2:10](2-rasmga qarang).
2-rasm. Loyiha ishini tayyorlash bosqichlari
Bunda quyidagi qadamlar ketma-ketligida bajariladi:
1-qadam. Mavzu tanlash.
Bu bosqichda oʻquvchilarning qiziqishlari va bilish
darajasiga mos mavzu tanlaydi. Shundan soʻng loyihani tayyorlash uchun aniq
maqsad belgilanadi.
2-qadam. Rejalashtirish va tayyorlanish. Bu bosqichda loyiha ishini
tayyorlashda bajariladigan ishlar rejalashtiriladi, loyiha uchun zarur materiallar
yigʻilib, resurslar, manbalar toʻplanadi hamda ish taqsimoti amalga oshiriladi.
3-qadam. Loyiha ishini tayyorlash.
Bu bosqichda barcha rejalashtirilgan
ishlar amalga oshirilib, tadqiqotlar oʻtkaziladi, natijalar tahlil etiladi va yangi
mahsulot tayyorlanadi hamda loyiha doirasida slayd, video yoki boshqa vizual
koʻrinishda taqdimot ishlab chiqiladi.
4-qadam. Refleksiya. Bu bosqichda loyiha natijalari taqdimot qilinadi.
Natijalar asosida xulosa chiqariladi va jarayonda yuzaga kelgan muammolar va
uning yechimlari yuzasidan fikr almashiladi.
Quyida loyiha ishlarini baholash mezoni taqdim etilgan.
Loyiha ishlarini baholash mezoni
1-jadval
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
127
Indikatorlar/
diskreptorlar
5 ball (eng
yuqori)
4 ball
(yuqori)
3 ball
(o‘rta)
2 ball
(quyi)
1 ball
(eng quyi)
Loyiha
ishi
berilgan
topshiriqqa mosligi
Tadqiqot o‘tkazish va kretik
tahlil darajasi
Hamkorlikda jamoaviy ishlash
darajasi
Ijodkorlik
va
innovatsion
yondashuv darajasi
Taqdimot sifati
Nutq madaniyati darajasi
Xulosalanganlik darajasi
Loyiha ishlarini bajarmagan oʻquvchilarga 0 ball qoʻyiladi. Loyiha ishlarini
baholash jarayonida tayyorlangan loyiha ishi berilgan mavzu va maqsadga mos
ekanligi, tadqiqot oʻtkazish, hamkorlik va jamoaviy ishlash, ijodkorlik va
innovatsion yondashuv darajasi, taqdimot sifati, nutq madaniyati hamda asosli
xulosalanganligiga eʼtibor qaratiladi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’lim berishda va natijalarini baholashda
loyiha ishlari turlaridan o’rinli foydalanish o‘quvchilarda ijodkorlik, jamoada
ishlash, muloqot qilish, hamkorlikda ishlash, tanqidiy fikrlash, vaqtni
boshqarish, raqamli savodxonlik kabi ko‘nikmalarni faol rivojlanishiga olib
keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kokotsaki, D., Menzies, V., & Wiggins, A. (2016). Project-based learning: A
review of the literature. Improving schools, 19(3), 267-277.
2. Davidova, D. v.b.. (2024). Loyihaga asoslangan taʼlim. Toshkent: Gʻofur Gʻulom
nashriyoti. 216
3. Rahmonov, U. (2024). Maktab oʻquvchilariga tabiiy fanlarni loyiha ishlari
asosida oʻqitish metodikasi. News of the NUUZ, 1(1.10. 1), 178-180.
4. Isroilov, A. (2024). Loyiha ishlari bajarish jarayonida integratsiyalashgan
taʼlim texnologiyalarini qoʻllash orqali tadqiqotchilik koʻnikmalarini
rivojlantirish. UZMU xabarlari, 1(1.1), 80-83.
5. Rahmanova, D. A. (2024). Chizmachilik va tasviriy sanʼat fanlarini oʻqitishda
yangi pedagogik texnologiyalar va loyiha ishi. IMRAS, 7(5), 63-68.
6. Abdurahim, Sh. (2024). Baholash nazariyasi asoslari. Toshkent: Zebo Prints.
220