Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.123444

Ключевые слова:

оптовая торговля оптовая торговляцифровая торговля национальная торговля торговля за цифровые наличные цифровая консигнационная торговля безналичная торговля через цифровой склад бухгалтерский учет международные стандарты финансовой отчетности Всемирная торговая организация

Аннотация

В статье рассматриваются актуальные концепции современного бухгалтерского учета на торговых предприятиях, а также приоритетные направления его развития и специфические особенности отрасли, широкое использование современных технологий в дальнейшем развитии торговых предприятий для достижения производительности времени и труда, а также адаптация бухгалтерского учета на торговых предприятиях к международным стандартам.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

211



SAVDO KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

i.f.d., prof.

Urazov Komil

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID

:

0009-0007-8330-7700

urazov.komil59@gmail.com

Po‘latov Xudoyberdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID

:

0000-0002-7304-603X

pulatov.xudoyberi@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada savdo korxonalarida yangicha zomonaviy buxgalteriya

hisobining hozirgi yangi savdo tushnchalari, hamda uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va

sohaning o‘ziga xos

xususiyatlari, savdo korxonalarining yanada rivojlanishida zamonaviy

texnologiyalarni keng qo‘llagan holda vaqt va mehnat unumdorligiga erishish, shuningdek savdo

korxonalarining buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar:

ulgurji savdo, chakana savdo, raqamli savdo, nasiya savdo, raqamli naqd

savdo, raqamli konsignatsion savdo, raqamli ombor orqali naqdsiz savdo, buxgalteriya hisobi,

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Jahon savdo tashkiloti.


СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА НА ТОРГОВЫХ

ПРЕДПРИЯТИЯХ

д.э.н., проф.

Уразов Комил

Самаркандский институт экономики и сервиса

Пулатов Худойберди

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В статье рассматриваются актуальные концепции современного

бухгалтерского учета на торговых предприятиях, а также приоритетные направления

его развития и специфические особенности отрасли, широкое использование
современных технологий в дальнейшем развитии торговых предприятий для

достижения производительности времени и труда, а также адаптация бухгалтерского

учета на торговых предприятиях к международным стандартам.

Ключевые слова:

оптовая торговля, розничная торговля, цифровая торговля,

национальная торговля, торговля за цифровые наличные, цифровая консигнационная

торговля, безналичная торговля через цифровой склад, бухгалтерский учет,

международные стандарты финансовой отчетности, Всемирная торговая организация.

UO‘K:

347.719

V SON - MAY, 2025

211-221

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

212

IMPROVEMENT OF ACCOUNTING IN TRADING ENTERPRISES

DSc, prof.

Urazov Komil

Samarkand Institute of Economics and Service

Pulatov Khudoyberdi

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This article discusses the current concepts of modern accounting in trading

enterprises, as well as the priority areas of its development and the specific features of the industry,
the widespread use of modern technologies in the further development of trading enterprises to

achieve time and labor productivity, as well as the adaptation of accounting of trading enterprises

to international standards.

Keywords:

wholesale trade, retail trade, digital trade, national trade, digital cash trade,

digital consignment trade, cashless trade through a digital warehouse, accounting, international

financial reporting standards, world trade organization.

Kirish.

Jahonda XXI asrning eng muhim, qolaversa, bosh xususiyati hisoblangan raqamlashtirish

savdoning yangi turlari va shakllarini, chunonchi elektron savdoni borgan sari ravnaq topishiga

olib kelmoqda. Global elektron tijorat statistikasi shuni ko‘rsatadikiy 2023

-yilda jahonda

elektron savdo hajmi 6,2 trln. dollarni tashkil etdi, Xitoy elektron savdodan 1,54 trln dollar

daromadga erishib, dunyo lideriga aylandi, 2-

o‘rin AQShga (870,78 mlrd dollar), 3

-

o‘rin

Yaponiyaga (128 mlrd dollar), 4-

o‘rin Buyuk Britianiyaga (118 mlr

d dollar), 5-

o‘rin

Germaniyaga (109 mlrd dollar) tegishli bo‘ldi. Elektron savdo umumiy hajmida mobil

tranzaksiyalar ulushi 63 foizni tashkil etdi. Prognozlarga ko‘ra, 2040 yilga kelib jami savdoning

95 foizi onlayn tarzda amalga oshirilishi kutilmoqda (Asoworld.com, 2023). Raqamlashtirish
savdo faoliyati mazmunini tashkil qiluvchi jarayonlar, ularga oid daromadlar, sarf-xarajatlar,

soliq to‘lovlari, haridorlarga berilayotgan preferensiyalar, ular bilan hisob

-kitoblar va boshqa

x

o’

jalik operatsiyalari hisobini tashkil qilishga yangicha ilmiy yondashuvlarni talab etmoqda.

Jahonda savdoni raqamlashtirish, ushbu faoliyat hisobini raqamli texnologiyalar asosida

xalqaro standartlarga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan k

o’

plab ilmiy tadqiqotlar olib

borilmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlarda diqqatga molik amaliy tajribalar ham

to‘plangan. Ushbu tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish, dunyodagi ilg‘or tajribalardan

raqamli savdo faoliyatini rivojlantirish maqsadlarida qo‘llash barcha mamlakatlar uchun

dolzarb hisoblanadi.

Respublikamiz Prezidentining 2018-

yil 18 maydagi “

Elektron tijoratni jadal rivojlantirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida” PQ

-3724-sonli qarorida, shuningdek 2022-yil 27 yanvardagi

“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha

chora-

tadbirlar to‘g‘risida” PQ

-104 -son

qarorida savdo faoliyatini, chunonchi elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan aniq manzilli
vazifalar hamda aniq chora-tadbirlar belgilangan. Ushbu ustuvor vazifani muvaffiqiyatli

bajarilishi korxonalarda bux

galteriya hisobining muhim ob’ektlari hisoblangan raqamli savdo

faoliyati turlari, tovarlarni turli usullarda sotishdan olingan daromadlar, sarf-xarajatlar, soliq

to‘lovlari, hisob

-kitoblar va moliyaviy hisobotning boshqa elementlarini tasniflash, tavsiflash,

tan olish, baholash, o‘lchash hamda ular hisobini soliq qonunchiligi va xalqaro standartlar

talablari asosida takomillashtirish yo‘llarini chuqur tadqiq etishni ob’ektiv zarurat qilib

qo‘ymoqda.


Adabiyotlar sharhi.

Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalasi zamonaviy

iqtisodiy sharoitlarda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada olib borilgan ilmiy

tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

213

Abdukarimov (2013) fikricha Muallifning ta’kidlashicha, savdo –

bu tovarlar va

xizmatlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazilish jarayonini tashkil etuvchi

iqtisodiy faoliyat bo‘lib, u bozor munosabatlarining asosiy tarkibiy qismi hisobla

nadi.

Marks fikricha xo‘jalik faoliyatini ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining uzviy

bog‘liqligi sifatida ko‘rib, bu jarayonlar bir

-

birisiz amalga oshmasligini ta’kidlaydi. Sotish

bo‘lmasa, korxonaga pul tushmaydi; pulsiz esa ta’minot va ishlab c

hiqarish jarayonlarini davom

ettirib bo‘lmaydi.

Urazov (2004; 2005; 2011; 2023) fikricha

«Faoliyat sifatida savdo yuridik va jismoniy

shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. Ular tovarlarni

sotib olish va sotish jarayonida ishtirokchi bo‘lganligi sababli ishlab chiqarish sohasini iste’mol

sohasi bilan b

og‘lovchi hisoblanadi. Shu sababli savdosiz yaratilgan mahsulotlar o‘z

iste’molchilariga yetib bormaydi va ularning takror ishlab chiqarishini amalga oshirib

bo‘lmaydi»

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada metodologik asoslarini

respublikamiz qonunlari, Prezidentimiz farmonlari,

qarorlari, asarlari va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, buxgalteriya hisobi oid
milliy va halqaro standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, xorijda va respublikamizda chop

qilingan ilmiy ishlar,

darsliklar va qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, internet tarmog‘i materiallari

hamda izlanishlar olib borilgan korxonalarning amaliy materiallari tashkil etadi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Iqtisodiyotni tabora erkinlashtirish va raqamlashtirish

korxonalarda savdo faoliyatining

yangicha nom va maqomga ega bo‘lgan turlari, rejimlari va shakllarini vujudga kelishi va

rivojlanishiga olib keldi. Ular biz tomonimizdan 1-rasmda tizimlashtirilgan.

1-rasm. Iqtisodiyotni tabora erkinlashtirish va raqamlashtirish sharoitida savdo

faoliyati turlari, rejimlari va shakllari


Savdo faoliyat turlari


Savdo faoliyati rejimlari va shakllari



Iqtisodiyotni tabora erkinlashtirish va raqamlashtirish sharoitida savdo faoliyati

turlari, rejimlari va shakllari

0

Chakan savdo

Ulgurji savdo

Mayda ulgurji savdo

Raqamli nasiya savdo

Raqamli konsignatsiyon savdo

Raqamli birja orqali savdo

Raqamli naqd savdo

Raqamli ombor orqali naqtsiz savdo

Raqamli UzPost bo ‘limalari

orqali savdo

Oflayn savdo

Onlayin avdo


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

214

Savdo faoliyatining nomlari yuqorida keltirilgn turlari amalga oshirish joyi, texnika va

texnologiyasi, sotiladigan tovarlar miqdori, sotish rejimi, shakli, xaridorlarning ishtiroki, savdo

preferensiyalari, mijozlar bilan hisoblashishlarning turlari, soliqqa tortilishi, hujjatlashtirilishi

va boshqa jihatlari b

o‘yicha bir

-

biridan farqlanadi, Aynan shu jihatlari bo‘yicha ular

buxgalteriya xisobining o‘ziga xos ob’ektlari hisoblanadi. Biroq, buxgalteriya hisobiga oid
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda zamonaviy savdo faoliyati turlariga hisob ob’ektlari sifatida

ularning bir-

biridan farqli xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi ta’riflari va tasnifi ishlab

chiqilmagan.

Maqolamizda zamonaviy raqamli savdo turlariga ularning buxgalteriya hisobi ob’ektlari

sifatidagi eng muhim tasnifiy

xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi quyidagicha ta’riflar

ishlab chiqilgan:

raqamli savdo

bu tovarlarni xaridorlarga zamonaviy savdo maydonlari (marketlar,

birjalar, omborlar) orqali turli formatlarda oflayn va onlayn rejimlarda donalab, katta va kichik
partiyalarda, hisob-kitoblarni naqd pulga, plastik kartalar, mobil aloqa vositalari,

pul ko‘chirish

yo‘li orqali

amalga oshirishga asoslangan savdo faoliyati.

raqamli nasiya savdo

bu tovarlarni xaridorlarga chakana savdo korxonalari orqali

oflayn va onlayn rejimlarda donalab hisob-kitoblarni naqd pulga, plastik kartalar va mobil
aloqa vositalari orqali nasiyaga hisob-kitoblarni sotish shartnomalari shartlari asosida amalga

oshirishga asoslangan chakana savdo faoliyati.

Raqamli UzPost bo‘limlari orqali savdo

- bu tovarlarni xaridorlarga

UzPost bo‘limlari

orqali oflayn va onlayn rejimlarda kichik partiyalarda hisob-kitoblarni individual buyurtmalar

bo‘yicha naqd pulga, plastik kartalar va

mobil aloqa vositalari orqali oldindan to‘lov shaklida

amalga oshirishga asoslangan chakana savdo faoliyati.

Raqamli ombor (terminal) orqali savdo - bu tovarlarni xaridorlarga ombor (terminal)

orqali oflayn va onlayn rejimlarda tuzilgan shartnomalar asosida katta partiyalarda naqdsiz

to‘lov shaklida amalga oshirishga asoslangan ulgurji savdo faoliyati.

Raqamli birja savdosi

bu elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda

o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan

jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda

qatn

ashish imkonini ta’minlaydigan savdo faoliyati.

Zamonaviy savdo faoliyatini 8 ta tasnifiy belgilari bo‘yicha tasniflash tavsiya etilgan

hamda ularning har biri bo‘yicha alohida hisob ob’ekti sifatida tan olinishi kerak bo‘lgan savdo

faoliyatining aniq turlari belgilandi. Shuningdek, zamonaviy savdo faoliyatining tavsiya etilgan

tasnifiy belgilari bo‘yicha turkumlangan tasnifiy turlari kesimida korxonalar hisob yuritish
siyosatiga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilandi. Ularning asosiylari biz tomonimizdan 1

-

jadvalda mujassamlashtirilgan.

Mazkur ilmiy tavsiyalar korxonalar hisob siyosatini raqamli savdo faoliyati turlarining

mazmun-mohiyati, xarakterli jihatlari bilan boyitadi. Shuningdek, ular korxonalar hisob

siyosatida raqamli savdo faoliyati turlarini hisob va hisobotda aks ettirishning dastaklarini

boshlang‘ich hujjatlarni, schyotlarni va ularni yuritishning uslubiy tartiblarini belgilashga asos

bo‘lib xizmat qiladi.

Korxonalar savdo faoliyati va uning natijalarini hisob va hisobotda aks ettirish milliy va

xalqaro miqiyoslarda turli standartlar bilan tartibga solingan. Ushbu standartlarning

o‘xshashlik va farkli jixatlari tadqiqi shuni ko‘rsatdiki, respublikamizda savd

o faoliyati va uning

natijalariga bevosita aloqador bo‘lgan 10 nafar BHMSlardan 5 tasi (BHMS 3, BHMS 14, BHMS

15, BHMS 19, BHMS 21) xalqaro miqiyosda aynan shu nomlarda mavjud emas, 3 tasi (BHMS 1,

BHMS 2, BHMS 4) xalqaro miqiyosdagi standartlardan nomlanishi, tarkibi va ayrim

metodologik tartiblar bo‘yicha farqlanadi. Shuningdek, korxonalarning savdo faoliyatiga

bevosita aloqador bo‘lgan 5 ta xalqaro standartlar (IAS 1, IAS 12, IAS 13, IAS 36, IAS 37)ning

nomi va mazmuniga mos keluvchi milliy standartlar respublikamizda ishlab chiqilmagan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

215

1-jadval

Zamonaviy savdo faoliyati turlarining hisob yuritishda muhim rol o‘ynovchi tasnifiy

belgilari bo‘yicha tasnifi, ularning korxonalar hisob siyosatiga ta’siri,

shuningdek

raqamli savdo faoliyatining har bir turi bo‘yicha korxonalar

hisob siyosatiga

qo‘yilayotgan asosiy talablar

Tasnifiy belgi

Tasnifiy turlari

Hisob yuritish siyosatiga ta’siri va unga

qo‘yiladigan asosiy talablar

1

Savdo-sotiq

amalga oshiri-

layotgan joyiga

ko‘ra

Ombor orqali savdo

Ochiq bozor orqali

savdo

Magazin (do‘kon)

orqali savdo

Hisob siyosatida tovarlarni saqlash joylarida kirim va

sotish baholarini, ular holati va harakatini

hujjatlashtirish va hisobga olishning aniq usullarini

belgilash talabini qo‘yadi

2

Savdo turiga

ko‘ra

Ulgurji savdo

Mayda ulgurji savdo

Chakana savdo

Hisob siyosatida ulgurji, mayda ulgurji va chakana

savdo operatsiyalarini aniq tegishli hjjatlar (schyot-

fakturalar, NKM cheklari va boshqalar) bilan

rasmiylashtirilishi, ular asosida ulgurji va chakana

savdo aylanmasini sotish baholarida hisobga olishga

imkon beruvchi aniq schyotlar va buxgalterlik

yozuvlarini belgilash talabini qo‘yadi

3

Savdo rejimiga

ko‘ra

Oflayn savdo

Onlayn savdo

Hisob siyosatida oflayn va onlayn rejimlardagi savdoni

xaridorlar bilan bevosita muloqat va ular bilan bevosita

muloqatsiz tarzda sotish baholarida amalga oshirishda

yetkazib berishdan daromadlar va ularga oid

xarajatlarni shartnomalar (buyurtmalar) shartlari

kesimida hisobga olishga imkon beruvchi tartiblarni

belgilash talabini qo‘yadi

4

Savdo shakliga

ko‘ra

Raqamli naqd

chakana savdo,

Raqamli nasiya savdo;

Raqamli UzPost

bo‘limlari orqali savdo);

Ombor,terminal, birja

orqali raqamli ulgurji

savdo

Hisob siyosatida turli savdo shakllarida olinadigan sof

tushum, sotish tannarxi, QQS, aylanmadan soliq,

debitorlik va kreditorlik qarzlarni tizimli hujjatli asosda

korxona hisob va hisobotida aks ettirish tartiblari va

dastaklarini belgilash talablarini qo‘yadi

5

To‘lov turiga

ko‘ra

Naqd pul bilan savdo;

Naqdsiz pul ko‘chirish

orqali savdo;

Plastik kartalar orqali

savdo;

Mobil aloqa vositalari

orqali savdo

Hisob siyosatida turli savdo faoliyatidan tushumlarni

to‘lov turlari kesimida hisob va hisobotda aks ettirish

hamda pul oqimlarini nazorat qilish tartib va

dastaklarini belgilash talabini qo‘yadi

6

Xaridorlarga

beriladigan

preferensiyalarga

ko‘ra

Savdo chegirma-lari

bilan savdo

Bonusli savdo

Keshbekli savdo

Bepul yetkazib berish

orqali savdo

Hisob siyosatida savdo ustamalarini bosqichma-

bosqich kamaytirish, ya’ni ulardan chegirmalar,

bonuslar, keshbek, bepul yetkazib berish xarajatlarini

hisob-qilish, hisob va hisobotda aks ettirish tartiblari

va dastaklarini belgilash talabini qo‘yadi

7

Soliqqa

tortilishiga ko‘ra

Umumsoliqlarga

tortiladigan savdo

Aylanmadan soliqqa

tortiladi-gan savdo

Turli savdo faoliyati bo‘yicha QQS, foyda solig‘i,

aylanmadan soliq to‘lovlarini to‘g‘ri hisob

-kitob qilish

va hisobini yuritish talabiga javob beruvchi tartiblar va

dastaklarni belgilaydi

8

Soliqqa tortishda

beriladigan

imtiyozlarga

ko‘ra

Soliqdan to‘liq ozod

qilingan savdo

Soliqdan qisman ozod

qilingan savdo

Pasaytirilgan

stavkada soliqqa

tortiladigan savdo

Turli savdo faoliyati bo‘yicha soliq imtiyozlari

(soliqdan to‘liq ozod qilish, soliqdan qisman ozod

qilish, soliqni

pasaytirilgan stavkalarda to‘lash) va

kechiktirilgan soliq to‘lovlarini to‘g‘ri hisob

-kitob qilish

va hisobini yuritish talabiga javob beruvchi tartiblar va

dastaklarni belgilaydi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

216

Dissertatsiyada milliy va xalqaro standartlarni o‘zaro muvofiqlashtirish va

transformatsiyalashga qaratilgan quyidagi tavsiyalar ishlab chikildi.

Birinchidan,

respublikamizda xuddi xalqaro miqiyosdagi IAS 1 “Moliyaviy hisobotni

taqdim etish” nomli va mazmundagi BHMS ishlab chiqilishi, ushbu standart tarkibiga amaldagi

1-

son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ning moliyaviy hisobotga oid bandlarini,

shuni

ngdek, amaldagi BHMS 3, BHMS 14, BHMS 15ni to‘liq transformatsiyalash lozim;

Ikkinchidan,

amaldagi 1-

son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ni IAS 8 “

Hisob

siyosati, buxgalterlik baholashdagi o‘zgarishlar va xatoliklar”ga to‘lig‘icha muvofiqlashtirish,

shuningdek unga amaldagi BHMS 3 “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”da keltirilgan

hisob

bahosidagi o‘zgarishlarni, hisob siyosatidagi o‘zgarishlarni va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi

hisobotdagi muhim jiddiy xatolarni tuzatishlarni hamda yoritib berish tartiblarini kiritish

kerak;

Uchinchidan,

amaldagi BHMS 19

I

nventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”

va BHMS

21 “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya

-

xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar

rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” ni BHMSga sharhlar sifatida qayta tasdiqlash

maqsadga muvofiq;

To‘rtinchidan

,

amaldagi

A

sosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar” nomli 2

-son

BHMSni xalqaro miqiyosda tan olingan

AFRS 15 “Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha

tushum” asosida qayta tasdiqlash lozim;

Beshinchidan,

amaldagi “Tovar

-

moddiy zahiralar”nomli 4

-son BHMSni xalqaro

miqiyosda tan olingan

IAS 2 “Zahiralar”ga to‘liq muvofiqlashtirish, shuningdek ushbu

standartga tovarlar tannarxi va sotish baholarini aniq hisob-kitoblari hamda ularni tuzish
tartiblarini kiritish kerak;

Oltinchidan,

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan savdo faoliyati bilan

shug‘ullanuvchi korxonalar amaliyoti uchun o‘ta muhim bo‘lgan IAS 12 “Foydaga soliqlar”, IAS

13 “Haqqoniy qiymatni baholash”, IAS 36 “Aktivlar qadrsizlanishi” va IAS 37 “Rezervlar, shartl

i

majburiyatlar va shartli aktivlar” asosida ushbu nomlardagi va mazmundagi milliy

standartlarni qabul qilish lozim.

Yuqoridagi ilmiy tavsiyalar quyidagi imkoniyatlarni beradi: respublikamizda

buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha milliy standartlarimizni

MHXS talablariga

muvofiqlashtirishga;

respublikamiz BHMSlarini MHXSga to‘g‘ri va tez transformatsiyalashga;

savdo faoliyati turlari va ular natijalarini xalqaro standartlar asosida hisob va hisobotda real

aks ettirishga; milliy hisob va hisobot tizimimizga xorijiy investorlar va mulkdorlar ishonchini

oshirishga.

Amaldagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya

-

xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi

hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” nomli 21

-son BHMSga muvofiq

tovarlar hisobini ulgurji savdo korxonalarida uzluksiz tizim, chakana savdo korxonalarida esa
davriy tizim asosida yuritish nazarda tutilgan. Ushbu har ikkala tizimda hisob yuritish uchun

standartda belgilangan schyotlar hamda ularni yuritishning uslubiy tartiblari tovarlar

to‘g‘risidagi hisob axborotlarini “xarid

- sotuvga tayyorlash -

sotish” zanjirida qat’iy ketma

-

ketlikda tizimli asosda

shakllantirish talablariga to‘liq javob bermaydi. Chunonchi:

*

uzluksiz hisob tizimida ishlayotgan ulgurji savdo korxonalarida tovarlar xaridi va ular

kirim qiymati (tannarxi)ni shakllantirishga mo‘ljallangan maxsus schyot mavjud emas. Ushbu
funksiyani hozirgi paytda 2910 “Omborlardagi tovarlar” schyoti bajarib kelmoqda, holbuki

mazkur schyotning o‘zi aslida ta’minot

jarayonining natijasi bo‘lgan tovarlarning aktiv

sifatidagi holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.

*

davriy hisob tizimida ishlayotgan chakana savdo korxonalarida tovarlar xaridi va ular

kirim qiymati (tannarxi)ni shakllantirish uchun 9140 «Davriy hisobda TMZni sotib olish/xarid

qilish” schyotidan foydalaniladi. Mazkur schyot mazmun

- mohiyati, tizimlashtirish tartibiga

ko‘ra ta’minot jarayoni hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlarga mos va xos emas. Ushbu schet

tizimlashtirish tartibiga ko‘ra moliyaviy natijalarni aks ettirishga mo‘ljallangan vaqtinchalik


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

217

(tranzit) schyotlar tizimi tarkibiga kiradi, u mazmunan sotish jarayoniga tegishli schyot bo‘lib

hisoblanadi;

*

amaldagi 21-son BHMSda tovarlarni sotuvga tayyorlash jarayonini aks ettiruvchi

schyotlar nazarda tutilmagan. Odatda, ushbu jarayonda tovarlarni sotishga tayyorlash uchun

qo‘shimcha xarajatlar qilinadi, ularning sotish narxlari shakllantiriladi hamda ushbu

narxlarda

ular hisobga olinadi;

*amaldagi 21-son BHMSda savdo tushumini zamonaviy raqamli savdo faoliyati turlari,

chunonchi raqamli naqd pulga sotish, raqamli naqdsiz pulga sotish, raqamli nasiya sotish,

Raqamli

UzPost bo‘limlari orqali sotish

kesimlarida tizimli aks ettiruvchi schyotlar,

xaridorlarga taqdim etiladigan savdo chegirmalarining zamonaviy turlari

ustamadan

chegirma, keshbek, bonuslarni aks ettiruvchi schyotlar, tovarlar

qaytarilishi, yo‘qotishlari va

qadrsizlanishini tizimli aks ettiruvchi schyotlar mavjud emas hamda ularni yuritishning

uslubiy tartiblari o‘z aksini topmagan.

Yuqoridagi muammolarni hal qilish, hisob va hisobotning korxonalar raqamli savdo

faoliyati mazmunini tashkil qiluvchi jarayonlar va operatsiyalar to‘g‘risida axborot berish

imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Birinchidan,

chakana savdo korxonalari uchun hisob yuritish tizimi sifatida belgilangan

davriy hisob tizimini bekor qilish va uning o‘rniga ushbu maqomdagi savdo korxonalarida ham

ulgurji savdo korxonalaridagi kabi tovarlar harakati

hisobining uzluksiz tizimiga o‘tish

maqsadga muvofiq. Zamonaviy smart post, nazorat kassa mashinalari (NKM), mobil soliq

ilovalari va “1 S: Buxgalteriya” dasturlarini o‘zaro integratsiyalashgan tizimini vujudga kelishi,

uni ham ulgurji, ham chakana savdo korxonalari amaliyotida qo‘llanilishi tovarlar xarakatini
qat’iy ravishda ularning markirovka identifikatsiya

kodlari (MIKlari) kesimida ham kirim, ham

sotish baholarida tizimli hisobga olish, sotishdan olingan daromadlarni, sotilgan tovarlar

tannarxini, yalpi foydani yoki savdo ustamalari summalarini avtomatik hisob-kitob qilish,

shuningdek sotilmagan tovarlar qiymatini ham xarid narxlarida, ham sotish narxlarida hisobda
aks ettirish imkonini bermoqda. Ushbu integratsiyalashgan tizimda tovarlar harakatiga doir

axborotlarga ishlov berish ketma-ketligi 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Zamonaviy AKTlar va amaliy dasturlarning integratsiyalashgan tizimi asosida

tovarlar harakatiga doir axborotlarga ishlov berish ketma-ketligi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

218

Dissertatsiyada yuqorida keltirilgan zamonaviy AKTlar va amaliy dasturlarning

integratsiyalashgan tizimi asosida

korxonalarda birgalikda savdo faoliyati mazmunini tashkil

qiluvchi tovarlar harakati hisobini

“xarid

- sotuvga tayyorlash -

sotish” jarayonlari kesimida

yaxlit uzluksiz tizim asosida yuritishning 3 bosqichli modeli tavsiya berdik, shuningdek ushbu

jarayonlarning har birida korxona buxgalteriyasi tomonidan hisob va hisobotga oid
bajariladigan funksiyalar (aniq ishlar) tarkibi quyidagicha belgilangan (3-rasm).

3-rasm. Zamonaviy raqamli savdo faoliyati turlari hisobini jarayonlar kesimida

tashkil qilishning 3-bosqichli modeli va uning tarkibida bajariladigan ishlar tarkibi

Ikkinchidan,

ulgurji va chakana savdo korxonalarida

tovarlar harakati to‘g‘risidagi

axborotlarni “xarid

- sotuvga tayyorlash -

sotish” jarayonlari zanjirining har bir bosqichi

kesimida qatiy ketma-ketlikda tizimli shakllantirishga imkon beruvchi quyidagi schyotlarni
korxonalar hisob siyosati bilan tasdiqlanadigan ishchi schyotlar rejasiga kiritish tavsiya

etilmoqda:

Amaldagi “Tovar

-

moddiy zahiralar” nomli 4

-

son BHMS va “Zahiralar” nomli 2

-son

MHXSga muvofiq ulgurji savdo korxonalarida tovarlar xarid narxi (tannarxi) bo‘yicha, chakana

savdo korxonalarida esa ular sotish narxlari buyicha joriy hisobda aks ettirilishi lozim. Shu

bilan birga yuqoridagi standartlar talablariga ko‘ra har ikkala maqomdagi korxonalarda

tovarlar aktivlar sifatida ularning buxgalteriya balansida

(Xalqaro standartlarga ko‘ra

moliyaviy holat to‘g‘risida hisobotda) tannarx yoki sof sotish qiymatining eng kichigi bo‘yicha

aks ettirilishi kerak. Bunda

sof sotish qiymati (Ssq

) deganda tovar sotish (bozor) narxining

(Sb, Bb) uning xarid bahosi yoki tannarxidan (Xb, T) ham past bo‘lib qol

gan narxi tushuniladi,

ya’ni (Sb, Bb) < (Xb, T). Milliy va xalqaro standartlarda belgilangan yuqoridagi tartiblardan

kelib chiqib, tovarlar xarid jarayoni bo‘yicha hisob oldida turgan bosh vazifa bo‘lib tovarlarning

xarid va sotish (bozor) baholarini to‘g‘ri hisob

-

kitob qilish xamda qo‘llash hisoblanadi.

Tovarlarning ushbu baholari standartlarga muvofiq tarkiban quyidagi elementlardan

tashkil topadi:

Sb (Bb) = Xb (T) + F (U) + As + QQS (1)

Xb (T) = Xn + Bx+ Tx + Vx+ Yux+Bxx (2)

Bu yerda: Sb

sotish bahosi; Bb-bozor bahosi; Xb (T)

xarid bahosi (tannarx); F (U) -

foyda (ustama); As

aksiz solig‘i; QQS –

qo‘shilgan qiymat solig‘i; Xn

- tovarning xarid narxi; Bx-

bojxona xarajatlari; Tx-tashib keltirish xarajatlari; Vx- vositachilik xarajatlari; Yux-yuridik

xizmatlar; Bxx- boshqa xarid xarajatlari.
















1.Tovarlarni

harid

jarayoni

2.Tovarlarni

sotishga

tayyorlash

jarayoni

3.Tovarlarni

sotish

jarayoni

*Tovarlar haridi

bo‘yicha shartnomalar

bajarilishi hisobi va

nazorati;

*Kirim qilingan

tovarlar harid

baholarini

(tannarxini) belgilash;

*Kirim qilingan

tovarlarning harid

baholarida ombor
hisobini yuritish

*Tovarlarga ustama-

larni belgilash;

*Tovarlar

sotish

baholarini belgilash

*Chakana

tarmoq

rastalariga

joylashtiril-gan

tovarlarni

sotish

baholarida hisobini

yuritish;

*sotuvga tayyorlash

xarajatlarini hisobga

olish

*Sotishdan tushumlar hisobini

yuritish

*Sotish tannarxini hisobga olish;
*Savdo ustama va chegirmalarni

hisobga olish;

*Sotishdan soliqlarni hisobga
olish;

*Tovarlar

nobudgarchliklari,

qaytarilishi,

qadrsizlanishini

hisob-ga olish;

*Haridorlar

bilan

hisoblashishlarni hisobga olish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

219

2-jadval

Tovarlar harakati to‘g‘risidagi axborotlarni “xarid

- sotuvga tayyorlash -

sotish”

jarayonlari zanjirining har bir bosqichi kesimida qatiy ketma-ketlikda tizimli

shakllantirishga mo‘ljallangan schyotlar tizimi (tavsiya)

Schet

Schetning nomi

Schet xarakteri

A. Xarid jarayoni bo‘yicha

1520

Tovarlarni xarid qilish va boshqa manbalardan kirim qilish

A

1620

Ta’minotchilar tomonidan taqdim etilgan

chegirmalar, bonuslar va keshbek

KA

2910

Korxona omboridagi tovarlar

A

B. Sotuvga tayyorlash jarayoni bo‘yicha

2921

Chakana savdo rastalaridagi tovarlar

A

2922

Birjadagi tovarlar

A

2923

UzPost bo‘limlaridagi tovarlar

A

1720

Savdo ustamalari va

ular bo‘yicha chegirmalar

KA

9411

Sotuvga tayyorlash xarajatlari

T

B. Sotish jarayoni bo‘yicha

9021

Raqamli ulgurji sotishdan tushum

TP

9022

Raqamli chakana sotishdan tushum

TP

9023

Raqamli nasiya sotishdan tushum

TP

9024

Raqamli UzPost

bo‘limlari orqali sotishdan tushum

TP

9121

Raqamli ulgurji sotilgan tovarlar tannarxi

TA

9122

Raqamli chakana sotilgan tovarlar tannarxi

TA

9123

Raqamli nasiya sotilgan tovarlar tannarxi

TA

9124

Raqamli

UzPost bo‘limlari orqali sotilgan

tovarlar tannarxi

TA

9412

Sotish xarajatlari

TA

A- aktiv, P- passiv


Respublikamizning soliq kodeksiga (248-modda) muvofiq savdo korxonalari orqali

sotiladigan tovarlarning sotish baholari davlat byudjeti foydasiga undiriladigan QQS, foyda va

aylanmadan soliqni xisob-kitobida solik bazasi sifatida olingan bozor narxlaridan past

bo‘lmasligi lozim. Bunda tovarlarning bozor narxlari deganda

taqqoslanadigan iqtisodiy

(tijorat)

sharoitlarda aynan o‘xshash yoki bir turdagi tovarlar bozorida talab va taklif asosida

shakllanadigan sotish narxi tushuniladi. Bozor narxlariga amal kilish tadbirkorlarni soliqqa

tortishda adolatlilik, bir xillik, teng raqobat muhitini yaratish tamoyillariga erishishning muhim

dastagi hisoblanadi. Fikrimizcha, ushbu tamoyillarni to‘liq ijrosini ta’minlashning muhim sharti

bo‘lib tovarlar (xizmatlar) sotish narxlarini bozor narxlaridan past bo‘lmagan miqdorda

shaklla

ntirishni qonun hujjatlari bilan bevosita bozor ishtirokchisi bo‘lgan sotuvchining

zimmasiga qat’iy funksiya va mas’uliyat sifatida yuklash hisoblanadi.

Chunki, bozor ishtirokchisi ham, bozorda tovarni sotuvchi ham, undan daromad oluvchi

ham, byudjetga tegishli soliqni to‘lovchisi bo‘lib bevosita sotuvchi hisoblanadi. Aynan shundan

kelib chiqib, shuningdek

soliq to‘lovchilarda asossiz norozilik vujudga kelmasligi oldini olish

uchun a

maldagi “Tovar

-

moddiy zahiralar” nomli 4

-son BHMS

ning alohida bo‘limida

tovarlar

(xizmatlar) bahosini bozor narxlaridan kelib chiqib real shakllantirish bevosita sotuvchilarning

funksiyasi hamda mas’uliyati ekanligi, shuningdek ushbu funksiya va mas’uliyatni bajarish

mexanizmlari maxsus belgilanishi lozim, deb hisoblaymiz. Bunday mexanizmlar sifatida

maqolamizda quyidagilar taklif qilingan.

Birinchidan

,

4-son BHMS

da korxonalar tomonidan barcha tovarlar bo‘yicha “Tovar kirim

bahosi (tannarxi) va sotish (bozor) bahosi hisob-

kitobi” hujjatini yaxlit shaklini va uni majburiy

tuzish tartibini belgilash lozim. Ishimizda ushbu hisob hujjatining namunaviy shakli hamda uni

tuzish tartiblari tavsiya etilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

220

3-jadval

Tovarlar kirimi va ular kirim qiymati (tannarxi)ni aniqlash uchun mo‘ljallangan

1520

"Tovarlarni xarid qilish va boshqa manbalardan kirim qilish" schyotini yuritishning

tavsiya etilayotgan uslubiy tartiblari

T/r

Operatsiya mazmuni

Korresponden-

siyalanadigan

schyotlar

Summa Hisob yozuviga asos

Debet

Kredit

1. Tovarlarning MIK kesimida xarid qilinishiga oid operatsiyalar

1

Kirim qilingan «A» tovarning MIK

bo‘yicha

xarid narxidagi summasiga

1520

6010

1 000

000

Shartnomalar,

schyot-fakturalar

2

Kirim qilingan «A» tovarning MIK

bo‘yicha unga to‘g‘ri keluvchi bojxona

to‘lov

-lari summasiga (QQSsiz)

(maxsus hisob-kitob asosida)

1520

6990

20 000

DBD, invoslar

3

Kirim qilingan «A» tovarning MIK

bo‘yicha unga to‘g‘ri keluvchi

transport xarajatlari summasiga

(QQSsiz) (maxsus hisob-kitob

asosida)

1520

6990

40 000

Shartnomalar,

schyot-faktura-lar,

TTN

4

Kirim qilingan «A» tovarning MIK

bo‘yicha unga to‘g‘ri keluvchi boshqa

xarid xarajatlari (vositachilik, yuridik,

safar va boshqa xizmatlar

summasiga (QQSsiz) (maxsus hisob-

kitob asosida)

1520

6990

100 000

Shartnomalar, schyot

-faktura-lar, bunak

hisobotlari va

boshqalar

Kirim qilingan “A” tovarning jami

xarid qiymati (tannarxi)

1 160

000

2. Tovarlarning MIK kesimida boshqa manbalardan kirim qilinishiga oid operatsiyalar

1

Tovarlarning MIK kesimida

ta’sischilardan kirim

qilinishiga

1520

4610

20 000

000

Ta’sis shartnom

-alari,

schyot -fakturalar,

kirim dalolat-

nomalari

2

Tovarlarning

MIK kesimida beg‘araz

olinishiga

1520

8530

10 000

000

Shartnomalari schyot

-fakturalar, kirim

dalolat-nomalari

3

Inventarizatsiyada aniqlangan

tovarlarning MIK kesimida

aniqlangan ortiqcha summalariga

1520

9390

500 000

Inventarizatsiya

qaydnomasi va

dalolatnoma

4

O‘zi ishlab chiqargan tayyor

mahsulotlarni tovar sifatida MIK

kesimida kirim qilingan summasiga

1520

2810

30 000

000

Ichki naklodnoylar

3.Xarid qilingan va boshqa manbalardan kirim qilingan tovarlarning MIK kesimida hisobdan

chiqarilishiga

1

Sotilgan tovarlarning

MIK kesimida hisobdan chiqarilgan

summasiga

9120

1520

200 000

000

NKM cheklari

2

Sotilmasdan qolingan xarid

tovarlarning MIK kesimida 2910

“Tovarlar” schyotiga o‘tkazilishiga

2920

1520

23 000

000

Tovar qoldig‘i reestri

Izoh:

fikrimizcha, korxonalar 1520 schyotni doimiy schyot yoki tranzit (vaqtinchalik) schyot sifatida

qo‘llashlari mumkin, Doimiy schyot sifatida ishlatilgan holda, amaldagi 2920 schyotni qo‘llash shart emas,
1520 schyotning qoldig‘i bevosita sotilmasdan qolingan xarid tovarlar summasini ko‘rsatib turadi. Agarda

1520 schyot tranzit schyot sifatida ishlatilsa, bu holda u 2920 schyotga yopiladi va oxirgi schyot ma’lumoti
balansda tovar qoldig‘ini tasdiqlovchi rolini o‘ynaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

221

Ikkinchidan,

biz tomonimizdan tavsiya etilgan hisob-kitob asosida savdo korxonalarida

majburiy tarzda qo‘llaniladigan barcha tovarlarning markirovka identifikatsiya kodlari (MIK)

kesimida ularning xarid narxlari (tannarxi) va sotish narxlari reestri bazasini zamonaviy AKT

vositalari asosida shakllantirish hamda ularga amal qilish talab qilinadi. Ishimizda ushbu

reestrning takomillashtirilgan shakli hamda uni yuritish tartiblari tavsiya etilgan.

Xarid jarayoni hisobi uchun biz tomonimizdan tavsiya etilayotgan schyotlarni (ular 2-

jadvalda keltirilgan) yuritishning tavsiya etilayotgan uslubiy tartiblari 3-jadvalda keltirilgan.

Xulosa va takliflar.

Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi nafaqat moliyaviy intizomni ta’minlovchi asosiy

tizim, balki boshqaruv qarorlarini qabul qilishda strategik axborot manbai sifatida ham muhim

o‘rin tutadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mavjud buxgalteriya amaliyotida bir qator

tizimli kamchiliklar mavjud: buxgalteriya axborotlarini to‘plashda subyektivlik, hisob
siyosatining normativ talablarga to‘liq mos kelmasligi,

raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan

yetarlicha foydalanilmasligi va ichki nazorat mexanizmlarining sustligi shular jumlasidandir.

Mazkur maqolada taklif etilgan takomillashtirish yo‘nalishlari –

buxgalteriya dasturlarini

avtomatlashtirish, xalqaro standartlarga mos hisob siyosatini ishlab chiqish, xodimlar
malakasini oshirish orqali savdo korxonalarida hisob yuritishning aniqligi, shaffofligi va

operativligi oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, real vaqt rejimida axborot almashinuvi va

tahliliy hisobotlarning mavjudligi, menejerlarning tezkor va asosli qaror qabul qilishiga xizmat

qiladi. Umuman olganda, savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish korxona

ichki boshqaruvi, moliyaviy barqarorlik va tashqi auditorlar oldida ishonchlilik darajasini
oshiruvchi muhim omildir. Shu bois, bu sohadagi islohotlar nafaqat hisob yuritish tizimini

modernizatsiya qilish, balki butun boshqaruv madaniyatini yangilashning zaruriy bosqichi

sifatida qaralishi lozim.

Adabiyotlar/Литература/References:

Asoworld.com. (2023). Отчет о тенденциях в отрасли электронной коммерции за

2023 год. [online] Available at: https://asoworld.com/ru/blog/2023

-e-commerce-industry-

trend-report/

Po‘latov, X. (2023). Elektron savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish132

.

Абдукаримов Б.А.

(2013)

Ички савдо иқтисодиёти. Дарслик. 1

-

қисм. –

Т.: Фан ва

технология,

150-

бет.

Пўлатов, Х. У. (2023). Савдо корхоналарида молиявий фаолияти ҳисобининг

методологик масалалари.

Экономика и социум, (6

-2 (109)), 931-934.

Пўлатов, Х. У. (2023). Савдо корхоналарида товарларни сотилиши аудитини

такомиллаштириш.

Экономика и социум, (6

-2 (109)), 919-921.

Пўлатов,

Х.

У.

(2023).

Савдо

фаолиятини

солиққа

тортишдаги

муаммолар.

Экономика и социум, (6

-2 (109)), 928-930.

Пўлатов, Х. У. (2023). Савдони ривожлантиришда рақамли технологияларининг

ўрни.

Экономика и социум, (6

-2 (109)), 939-942.

Уразов К.Б. (2004) Савдода бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш.–Т.: Иқтисодиёт

ва ҳуқуқ дунёси,–336 б.; 101.

Уразов К.Б. (2005) Бошқа тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари.

Маърузалар матни. 1

-

қисм. –

Самарқанд, СамИСИ, 5

-

бет.

Уразов К.Б., Вахидов С.В. (2011) Бошқа тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг

хусусиятлари. Дарслик.

-

Т.: «Адиб», –

480 б

.

Уразов, К. Б., & Ширинов, У. А. (2023). Об особенностях учёта товарно

-

материальных

ценностей на таможенных складах. Экономика и социум, (6

-2 (109)), 1041-1045.

Библиографические ссылки

Asoworld.com. (2023). Отчет о тенденциях в отрасли электронной коммерции за 2023 год. [online] Available at: https://asoworld.com/ru/blog/2023-e-commerce-industry-trend-report/

Po‘latov, X. (2023). Elektron savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish132.

Абдукаримов Б.А. (2013) Ички савдо иқтисодиёти. Дарслик. 1-қисм. – Т.: Фан ва технология, 150-бет.

Пўлатов, Х. У. (2023). Савдо корхоналарида молиявий фаолияти ҳисобининг методологик масалалари. Экономика и социум, (6-2 (109)), 931-934.

Пўлатов, Х. У. (2023). Савдо корхоналарида товарларни сотилиши аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (109)), 919-921.

Пўлатов, Х. У. (2023). Савдо фаолиятини солиққа тортишдаги муаммолар. Экономика и социум, (6-2 (109)), 928-930.

Пўлатов, Х. У. (2023). Савдони ривожлантиришда рақамли технологияларининг ўрни. Экономика и социум, (6-2 (109)), 939-942.

Уразов К.Б. (2004) Савдода бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш.–Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси,–336 б.; 101.

Уразов К.Б. (2005) Бошқа тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари. Маърузалар матни. 1-қисм. – Самарқанд, СамИСИ, 5-бет.

Уразов К.Б., Вахидов С.В. (2011) Бошқа тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари. Дарслик.- Т.: «Адиб», – 480 б.

Уразов, К. Б., & Ширинов, У. А. (2023). Об особенностях учёта товарно-материальных ценностей на таможенных складах. Экономика и социум, (6-2 (109)), 1041-1045.