ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСЛАМСКИХ ФИНАНСОВ В ДОСТИЖЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СТАБИЛЬНОСТИ В НАШЕЙ СТРАНЕ

Аннотация

В статье рассматривается влияние исламских финансов на экономические изменения в процессе достижения экономической стабильности и совершенствования реформ в нашей стране. При этом автор высказал свои взгляды как один из важнейших факторов, приводящих к существенным и комплексным изменениям в структуре, системах и деятельности современной экономики, что является одним из важнейших факторов, обусловливающих стабильное повышение уровня производства продукции, конкурентоспособности и общего экономического благосостояния. Автор еще больше укрепил эти взгляды на основе статистических данных, представленных по странам и годам.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хабибуллаев D. (2023). ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСЛАМСКИХ ФИНАНСОВ В ДОСТИЖЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СТАБИЛЬНОСТИ В НАШЕЙ СТРАНЕ. Экономическое развитие и анализ, 1(3), 54–61. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44711
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается влияние исламских финансов на экономические изменения в процессе достижения экономической стабильности и совершенствования реформ в нашей стране. При этом автор высказал свои взгляды как один из важнейших факторов, приводящих к существенным и комплексным изменениям в структуре, системах и деятельности современной экономики, что является одним из важнейших факторов, обусловливающих стабильное повышение уровня производства продукции, конкурентоспособности и общего экономического благосостояния. Автор еще больше укрепил эти взгляды на основе статистических данных, представленных по странам и годам.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

54



MAMLAKATIMIZDA IQTISODIY BARQARORLIKKA ERISHISHDA ISLOM MOLIYASI

IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Xabibullayev Dadajon Ro‘ziboyevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya.

Maqolada mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikka erishish va isloxotlarni yaxshilash

jarayonida islom moliyasining iqtisodiy o’zgarishlarga ta’siri o’rganilgan. Shu bilan birgalikda islomiy

moliyaning zamonaviy iqtisodiyot tuzilmasi, tizimlari va faoliyatidagi sezilarli va keng qamrovli

oʻzgarishlarga olib kelishi, bu esa mahsulot ishlab chiqarish, raqobatbardoshlik va umumiy iqtisodiy
farovonlikning barqaror yaxshilanishiga sabab bo’luvchi eng muxim omillardan biri sifatida muallif
tomonidan o’z qarashlari

bayon etilgan. Ushbu qarashlarni mamlakatlar va yillar kesimida bayon etilgan

statistik ma’lumotlar asosida muallif yanada mustaxkamlagan.

Kalit so’zlar

:

islom iqtisodiyoti, dualistik moliya tizimi, islomiy moliya, moliyaviy inklyuziya, islomiy

moliya maxsulotlari, islomiy bank.

ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСЛАМСКИХ ФИНАНСОВ В

ДОСТИЖЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СТАБИЛЬНОСТИ В НАШЕЙ СТРАНЕ

Хабибуллаев Дадажон Рўзбоевич

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

В статье рассматривается влияние исламских финансов на экономические

изменения в процессе достижения экономической стабильности и совершенствования реформ в
нашей стране. При этом автор высказал свои взгляды как один из важнейших факторов,
приводящих к существенным и комплексным изменениям в структуре, системах и деятельности
современной экономики, что является одним из важнейших факторов, обусловливающих
стабильное повышение уровня производства продукции, конкурентоспособности и общего
экономического благосостояния. Автор еще больше укрепил эти взгляды на основе
статистических данных, представленных по странам и годам.

Ключевые слова

:

исламская экономика, дуалистическая финансовая система, исламские

финансы, финансовая доступность, исламские финансовые продукты, исламский банкинг.

PROSPECTS OF USING THE OPPORTUNITIES OF ISLAMIC FINANCE IN ACHIEVING

ECONOMIC STABILITY IN OUR COUNTRY

Khabibullayev Dadajon Ro‘ziboyevich

Tashkent State University of Economic

Abstract

.

The article discusses the impact of Islamic finance on economic changes in the process of

achieving economic stability and improving reforms in our country. At the same time, the author expressed
his views as one of the most important factors leading to significant and complex changes in the structure,
systems and activities of the modern economy, which is one of the most important factors that determine a
stable increase in the level of production, competitiveness and general economic well-being. The author
further strengthened these views based on the statistics presented by country and year.

Key words

:

islamic economy, dualistic financial system, Islamic finance, financial inclusion, Islamic

financial products, Islamic banking.

III SON - IYUL, 2023

54-61


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

55

Kirish.

Barcha davrlarda Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari

xususiyatlari bilan tubdan ajralib turadi. O‘z navbatida aytish mumkinki, yangi ishlab chiqarish

munosabatlari mavjud ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish bosqichlaridan kelib chiqadi. Yangi
ishlab chiqarish munosabatlaring vujudga kelishi bilan bir vaqtda davlat tuzilmasi ham ushbu

munosabatlarga boshqichma bosqich moslashib bormog’i kerak.

Har bir ijtimoiy tuzum va shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi davlatga m

a’lum bir moliyaviy

tuzilma mos keladi va bosqichma bosqich moslashib boradi.

Shu nuqtai nazardan aytadigan bo’lsak Iqtisodiyotning bugungi zamonaviy qiyofasida dunyo

mamlakatlarida shiddat bilan rivojlanib borayotgan va xalqaro moliya maydonida o’z o’rnin

i yanada

mustaxkamlab borayotgan Islom moliya tizimiga bo’lgan qiziqish tobora o’sib bormoqda. Bugungi
kunda an’anaviy moliya mexanizimiga raqobatchi o’laroq, yangi islomiy moliya mexanizmlar xususan
islomiy banklar, islomiy sug‘urta tashkilotlari, investitsiya jamg’armalari va boshqa islomiy moliyaviy
vositachilar tashkil qilinib, nafaqat musulmon diyorlarda balki nomusulmon bo’lgan o’lkalarda xam
keng rivojlanib borayotgani bir muncha axamiyatga molik jixatlardandir. So‘zimiz isboti o’laroq aytish

mumkin

ki xozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o’sib borayotganligi, bu

yo’nalishdagi moliyaviy tashkilotlar esa jahonda $2.7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda (IFDI,

2022).

Shu nuqtayi nazardan Mamlakatimizda xam ijtimoiy-iqtisodiy rivojl

anishni qo‘llab

-quvvatlash va

xususiy sektor sarmoyalarini jalb qilish uchun musulmon mamlakatlaridagi banklar, investitsiya

fondlari va kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini ko‘rib

chiqishi ayni muddaodir. Shuning

dek, milliy bank tizimini oʻrganish va hamkorlik asosida

moliyalashtirish hamda anʼanaviy moliyalashtirish mexanizmlarini koʻrib chiqish uchun yangi
yondashuv zarurligini xam eslab o’tishimiz darkor.

Xususan Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mir

zieyov IHT TIV kengashi 43-sessiyasi

ochilish marosimida soʼzlagan nutqidan quyidagi satrlarni keltirib oʼtish joiz: “Islom olami ulkan
iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan toʼgʼri foydalanish, Islom

hamkorlik tashkilotig

a aʼzo davlatlarning xalqaro savdo

-iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini

kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yoʼllarini tashkil etish yuksak iqtisodiy
taraqqiyot koʼrsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard nat

ijada boshqa barcha

sohalarning rivojlanishida asos boʼlib xizmat qiladi”

18

-

deya ta’kidlagan edi.

O’zbekiston, Markaziy osiyodagi axoli soni jixatidan eng katta bo’lgan va uning axolisi tarkibining

90% dan ziyodini musulmonlar tashkil etuvchi rivojlanayotgan davlatdir (Imamnazarov, 2023).

Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab

-quvvatlash va xususiy

sektor sarmoyalarini jalb qilish uchun musulmon mamlakatlaridagi investitsiya fondlari, banklar va
kompaniyalari tomonidan

qo‘llaniladigan islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini ko‘rib chiqishi ayni

muddaodir.

O'zbekiston iqtisodiy barqarorlikni rag'batlantirishi uchun an’anaviy moliya tizimidan farqli

o’laroq mamlakatda islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi

va sarmoyalarni jalb qilinishi

potentsial yo'l bo'lishi mumkin (Аброров, 2021). Bu esa dualistik moliya tizimini shakillantirishni

anglatadi, ammo bu puxta o'ylash va rejalashtirishni talab qiladi. Bu tizimni moliyalashtirish
mexanizmlarini qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan huquqiy va me'yoriy bazani o'rganish,
shuningdek, O'zbekistondagi investorlar va qarz oluvchilarning ularga bo'lgan potentsial talabini
baholashni o'z ichiga oladi.


Adabiyotlar sharhi.

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotini, xususan, jahon iqtisodiy barqaror rivojlanish jarayonlarini

kuzatar ekanmiz, islom huquqi qoidalariga asoslangan moliyaviy munosabatlarni ham e’tibordan chetda
qoldirib bo‘lmaydi. Islom iqtisodiyoti va moliyasi asoslari nafaqat musulmon mamlakatlardagi balki
G‘arbdagi ko‘plab iqtisodiy va moliyaviy institutlarda, ta’lim muassasalarida olimlar tomonidan
o’rganilib, tadqiyqot obyektining ajralmas qismiga aylandi.

So‘nggi yillarda aytish joizki islom moliyasining kengayib borayotgan nufuzi turli kasb

egalarining, jumladan, ekspertlar, moliyachilar, tadqiqotchilar va universitet professorlarining qiziqishi
va faolligini oshirdi.

18

https://www.gazeta.uz/oz/2016/10/19/ustuvor/


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

56

Tadqiqotchilar va akademiklar ushbu sohadagi bilimlar jamlanmasiga hissa qo‘shish uchun islom

iqtisodiyoti va moliyasining turli jihatlarini f

aol ravishda o‘rganmoqdalar. Ular islom iqtisodiyoti

nazariyasi, islom moliyaviy vositalari, islom moliyasida risklarni boshqarish va islom moliyasining
iqtisodiy taraqqiyotga ta'siri kabi mavzularni o'rganib kelishmoqda. Ularning faoliyati nafaqat
akademi

k nutqni boyitibgina qolmay, balki islom moliyasining amaliy qo‘llanilishi va rivojlanishini ham

qo‘llab

-quvvatlaydi.

Universitet professor-

o‘qituvchilari ushbu sohadagi bilimlarga bo‘lgan qiziqish va talabni

qondirish uchun o‘z o‘quv dasturlariga islom iq

tisodiyoti va moliyasini kiritmoqda. Ular islom

iqtisodiyoti va moliyasining asosiy tamoyillari, nazariyalari va amaliy jihatlarini qamrab oluvchi kurslar
va dasturlarni ishlab chiqadilar. Ushbu professor-

o‘qituvchilar talabalarni zarur bilim va ko‘nikmala

r

bilan qurollantirish orqali bo‘lajak mutaxassislarni islom moliya sanoatining o‘sishi va rivojlanishida

faol ishtirok etishga tayyorlaydilar.

Bugungi kunda islom iqtisodiyoti va moliyasiga oid adabiyotlar va ilmiy ishlanmalarga Amerika,

Avstraliya, Afrika, Yevropa kabi rivojlangan davlatlarda xam, ayniqsa investorlar tomonidan juda katta
qiziqish bildirilmoqda.

Mutaxassislar va amaliyotchilar islom ta'limotlaridan kelib chiqadigan tamoyillar va qadriyatlarni

o'rganishni o'z ichiga olgan islom iqtisodiyotining asosiy tushunchalari bilan tanishishga intilmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat doirasida adolat, tenglik, axloqiy xulq-atvor va ijtimoiy mas'uliyat kabi mavzularni
o'rganadilar. Bu bilim islomiy moliya bilan shug'ullanish va islom tamoyillariga muvofiq biznes yuritish
uchun zarur hisoblanadi (Baydaulet, 2019).

Ular islomiy bank ishi, islom sug‘urtasi (Takoful) va

islom kapital bozorlari kabi islomiy moliyaviy

mahsulotlar va xizmatlarni tartibga soluvchi tamoyillar haqida keng qamrovli tushunchaga ega bo‘lishga

intilishmoqdalar. Bu bilim ularga shariatga mos moliyaviy yechimlarni taqdim etish va axloqiy va foizsiz
muqobillarni qidirayotgan mijozlarning o'sib borayotgan segmenti talablarini qondirish imkonini
beradi.

Shu nuqtaiy nazardan rus tilida yozilgan kitoblarni taxlil qiladigan bo’lsak ularning aksariyati

2000-

yillarda yozilgan bo’lib mualliflari R.I. Bekkin,

E.A. Baydaulet, N.V. Jdanov va b. Ularning asarlarida

islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish va samarali
boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritib berilgan.

Shuningdek xorijiy yirik iqtisodchi olimlardan (Mufti Muxammad Taqiy Usmoniy 1998, Kabir

Xasan va Mervin Lyuisn 2011, Hans Visser 2019, Brayan Kettel 2008) tomonidan ilmiy, amaliy
tadqiqotlar olib borilgan.

Shu bilan birgalikda aytish mumkinki o’zbek tiliga tarjima qilingan kitoblar va o‘quv qo’llanma

lar

xam bir muncha ortib bormoqda. Xozirda mamlakatimizda ba’zi olimlar tomonidan S.Xorun,
V.Nursofizan “Islomiy moliyalar va Bank tizmi”, R.V.Abdullayev, S.M.Dusanov “Islom iqtisodiyotida
moliyaviy munosabatlar”, shuningdek R.I.Bekkinning «Исламская экономическая модель и
современность» kitobi o’zbek tiliga tarjima qilinishi va bir qancha ilmiy risolalarida islom iqtisodiyoti

va moliyasi bo’yicha olib brogan izlanishlar birmuncha axamiyatga molik. Shu o’rinda qayd etish joizki,
o’zbek olim va izlanuvchilar

dan (Xasanov 2017, Imamnazarov 2023, Abrorov 2020, Tursunov 2021,

Zayniddinovlar 2022) islom moliyasining bugungi kundagi eng muxim nuqtalarda nechog’lik zarur

ekanligi xususida ilmiy izlanishlar olib borishgan.


Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada rivojlangan mamlakatlarda chop etlilgan mavzuga doir adabiyotlar, Islom tarqqiyot

banki ma’lumotlar ba’zasi va internet tarmog’idagi mavjud eng so’ngi ma’lumotlar o’rganilindi va

tadqiyqotning qiyosiy taxlili, xamda ilmiy abstraktsiyalashda foydalanildi. Shuningdek empirik, tasviriy
statistika, ekspert baholash, guruhlashtirish, induktsiya va deduktsiya metodlari, dinamik tahlil

usullaridan foydalanilib maqola so’ngida taklif va tafsiyalar berildi.

Tahlil natijalar muhokamasi

.

Iqtisodiy barqarorlikka erishish deganda iqtisodiyotning tabiiy resurslarini kamaytirmasdan,

atrof-muhitga zarar etkazmasdan yoki kelajak avlodlar farovonligiga putur etkazmasdan uzoq muddatli

barqaror va muvozanatli o'sishni ta'minlash qobiliyati tushuniladi. Iqtisodiy barqarorlik qisqa muddatli
iqtisodiy o'sishni emas balki hozirgi aholi ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlaydigan va kelajak avlodlar ham


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

57

o'z ehtiyojlarini qondirishini ta'minlaydigan barqaror va inklyuziv iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan

bo’lishligi lozimdir.

Umuman

olganda, ishlab chiqarish munosabatlari va davlat o‘rtasidagi munosabatlar murakkab

jarayondir. Jamiyat ehtiyojlarini qo‘llab

-quvvatlashda dolzarb va samarali bo'lib qolishi uchun davlat

o'zgaruvchan iqtisodiy tuzilmalarga moslasha olishi kerak.

Hukumatlar ko'pincha iqtisodiy barqarorlikni saqlash uchun moliya sektorini o'zgartirish

bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Moliyaviy barqarorlik umumiy iqtisodiy barqarorlik

uchun juda muhimdir, chunki mustahkam moliyaviy tizim resurslarni samarali taqsimlashga yordam

beradi, barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab

-quvvatlaydi va moliyaviy inqirozlar xavfini kamaytiradi.

Moliyaviy sektorni o'zgartirish uchun hukumatlar ko'rishi mumkin bo'lgan turli chora-tadbirlar

mavjud. Masalan, islomiy moliya va an'anaviy moliyani o'zida mujassam etgan dualistik moliya tizimini
rivojlantirish xam hukumatlar moliya sektorini o'zgartirish uchun ko'rishi mumkin bo'lgan chora-
tadbirlarga misoldir (Xabibullayev, 2023).

Ushbu ikki tizimning birgalikda mavjudligini iqtisodiyotdagi shaxslar va korxonalarning turli xil

moliyaviy ehtiyojlariga javob sifatida qarash mumkin. An'anaviy moliya an'anaviy manfaatlarga
asoslangan moliyaviy mahsulot va xizmatlardan qulay bo'lganlarning moliyaviy ehtiyojlarini qondiradi,
islomiy moliya esa shariatga mos moliyaviy mahsulot va xizmatlarni afzal ko'rganlarning moliyaviy
ehtiyojlarini qondiradi.

Ushbu nazariya bu ikki moliyaviy tizimning birgalikda bir iqtisodiy tizimda ba’zi muammolarni,

shu bilan birgalikda bir qancha imkoniyatlarni xam yuzaga keltirishi mumkin. Ikki tizim o'rtasidagi
me'yoriy-huquqiy baza, buxgalteriya standartlari va bozor amaliyotidagi farqlar tufayli qiyinchiliklar
paydo bo'lishi mumkin. Biroq, bu ikki moliyaviy tizimning birgalikda mavjudligi moliyaviy

innovatsiyalar, raqobatning kuchayishi va jismoniy shaxslar va korxonalar uchun moliyaviy
inklyuzivlikni yaxshilashga olib kelishi mumkin.

Bugungi kunda islom moliya tizimiga bo’lgan qiziqish yurtimizda xam karrasiga ortib bormoqda.

Shu nuqtaiy nazardan O‘zbekis

ton ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab

-quvvatlash va xususiy

sektor sarmoyalarini jalb qilish uchun musulmon mamlakatlaridagi banklar, investitsiya fondlari va

kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini ko‘rib chi

qishi ayni

muddaodir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020

-yil 29-dekabrda Oliy Majlis

palatalariga yo’llagan Murojaatnomasida “… mamlakatimizda mamlakatimizda islom moliyaviy
xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt

i-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki

va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi”

19

,deb ta’kidlab o’tdilar.

Islom huquqidan (shariatdan) olingan tamoyillarga asoslangan islom moliya tizimi dastlab

musulmonlar ko'p bo'lgan mamlakatlar tomonidan tashkil etilgan va joriy qilingan. Bu xalqlar
o'zlarining diniy e'tiqodlari va ahloqiy qadriyatlariga sodiq bo'lgan, adolatlilik, ochiqlik va
tavakkalchilikni taqsimlashni targ'ib qiluvchi iqtisodiy tizim yaratishga intilib, manfaat (ribo) va
chayqovchilikdan qochishgan (Hasanov, 2017).

Vaqt o'tishi bilan islom moliyasining tamoyillari va amaliyoti nafaqat musulmon jamiyatlarda

balki boshqa axolisi musulmon bo’lmagan jamiyatlarni ham e'tiborini qozondi. Xalqaro moliya

institutlari, jumladan,

banklar va investitsiya firmalari islom moliyasining imkoniyatlarini o‘ziga xos

xususiyatlar va imtiyozlarni taklif qiluvchi muqobil tizim sifatida tan oldilar.

XX asr boshlarida zamonaviy islomiy moliya tizimini rivojlantirishga bir qancha urinishlar

boʻl

gan, biroq 1950-

yillarga kelib, axolising ko’p qismini musulmonlar tashkil qiliadigan mamlakatlar

mustaqillikka erishgandan so’ng, Misrda birinchi islom bankiga asos solingan. Mit Ghamr deb

nomlangan ushbu bank 1963-yilda tashkil etilgan bo'lib, foyda va zararni taqsimlash (Mudarabah) va
xarajatlarni qo'shimcha moliyalashtirish (Murabaha) tamoyillariga asoslangan edi.

Keyingi yillarda turli mamlakatlarda, jumladan, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Malayziyada bir

qancha boshqa islom banklari tashkil etildi. Bu banklar shariat tamoyillariga mos keladigan moliyaviy
mahsulotlar va tuzilmalar qatoriga asoslangan zamonaviy islom moliya tizimini rivojlantirishda muhim

rol o‘ynadi

(Haydarov, 2022).

Bugungi kunda islomiy moliya global sanoatga aylandi, islomiy moliya institutlari dunyoning

ko‘plab mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu, shuningdek, islom moliyasiga o'sib borayotgan

talabni qondirish uchun shariatga mos mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqqan an'anaviy moliya
institutlarining qiziqishini uyg'otdi.

19

https://president.uz/oz/lists/view/4057


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

58



























1-rasm. Islom moliyasining zamonaviy tarixi

20

20

Ushbu rasm islom iqtisodiyotining yaqin tarixi bo’lib, turli internet ma’nbaalari asosida

muallif tomonidan tayyorlandi

58


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

59

1975-

yilda Islom taraqqiyot bankining taʼsis etilishi islom moliyasining global bosqichga

oʼtganligini jahon hamjamiyatiga eʼlon qildi. Islom bank

-moliya

tizimining 2008-yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida nafaqat barqarorlik namoyish

etganligi, balki oʼsishda davom etganligi xalqaro eʼtirofga sabab boʼldi.

Islom iqtisodiyotida boylikning jamiyat

ichida adolatli taqsimlanishini ta’minlashga katta e’tibor

berilgan, bu esa ijtimoiy barqarorlikka xizmat qiladi. Boylikni yaratish va uni adolatli taqsimlash eng
muhim shart xisoblanadi. Biznesda sheriklikka asoslangan foyda va zararni taqsimlash eng adolatli

usullaridan biri hisoblanadi, chunki u barcha sheriklar o'rtasida natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar

adolatli bo'lishish imkonini beradi. Bunday sheriklik orqali adolatli taqsimlashni ta'minlash uchun aniq
shartlar belgilanadi (Taner SEKMEN, 2021).

Islomda barcha iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar islom huquqi tizimi bo’lgan shariatga

asoslanadi (Usmani Muhammad Taqi, 1998).

















2-rasm. Islomda iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarning xuquqiy asoslari

21

Globallashuv va transchegaraviy o'zaro ta'sirlar kuchaygani sari, islomiy moliya ko'pchilik

musulmon bo'lmagan turli mamlakatlarda ham o'z yo'lini topdi. Bu islom tamoyillariga mos keladigan

axloqiy va ijtimoiy mas'uliyatli moliyaviy yechimlarni izlayotgan shaxslar, korxonalar va hukumatlar
tomonidan qiziqish uyg'ota boshladi.

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda islomiy moliyaning tarqalishi uning samaradorligi va hayotiy

moliyaviy tizim sifatida qabul qilinishining ortib borayotgani islom moliyasining qanchalar ishonchli
tizm ekanligiga dalolatdir. An'anaviy moliyaviy tizimlarga ega bo'lgan bunday mamlakatlar islomiy
moliyani muqobil variant sifatida qabul qilayotgani uning turli iqtisodiy sharoitlarga moslashishi va
jozibadorligini yana bir bor isbotlab berdi.

“Thomson Reuters” agentligi tomonidan nashir etilgan “Islamic finance development report

2022” ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 136 ta mamlakat islom moliyasini to‘liq yoki ayrim elementlarini
joriy etgan bo‘lib, ularning tarkibida ko‘p miqdorda musulmon aholi yashovchi

mamlakatlardan

tashqari Buyuk Britaniya (aholisining 4,4 %ini musulmonlar tashkil etadi), AQSH (0,9 %), Singapur
(15,6 %), Shveytsariya (5,2 %), Kanada (3,2 %), Avstraliya (3,2 %), Fransiya (4 %), Germaniya (3,5 %)
va Rossiya (15 %) singari mamlakatlarda ham islom moliyasi vositalaridan foydalanilmoqda.

Islom moliyasi aktivlarining mamlakatlar kesimidagi taqsimotiga ko‘ra, 2021

-yilda Eron 1,2 trln.

AQSH dollarini tashkil etgan. Bu jami aktivlarning 31,2%iga mos keladi (3-

rasm). Mazkur ko‘

rsatkichlar

Saudiya Arabistonida mos ravishda 896 mlrd. AQSh dollari (22,6 %), Malayziyada 650 mlrd. AQSh
dollari (16,4 %) va BAAda 252 mlrd. AQSh dollari (6,4 %)ni tashkil etgan.

21

Imamnazarov J.M.: Islom moliya tizimi imkoniyatl

а

rid

аn Oʼzbekiston iqtisodiyotidа

foyd

а

l

а

nishning n

а

z

а

riy

а

sosl

а

rini t

а

komill

а

shtirish

mavzusidagi avtoreferati ma’lumotlari asosida mualif tomonidan chizildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

60

















3-

rasm. Islom moliyaviy aktivlarning ba’zi mamlakatlar kesimidagi ko’rsatgichlari

(2021-yil,mlrd. AQSH dollari)

22

Islomiy moliyaning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri uning real iqtisodiy faoliyatni

rag‘batlantiradigan va spekulyativ xatti

-

harakatlarga yo‘l qo‘ymaydigan aktivlar bilan ta’minlangan va

risk

larni taqsimlash shartnomalariga urg‘u berishdir

(Usmani Muhammad Taqi, 2002). Bu jihat,

ayniqsa, global moliyaviy inqirozlar fonida moliyaviy sektorda barqarorlik va yanada mustaxkam
moliyaviy tizimga intilayotganlar uchun ayniqsa juda muhimdir.

Axloqiy va ijtimoiy mas'uliyatli moliyaga global qiziqish o'sishda davom etar ekan, islomiy moliya

kelajakda yanada kengroq qo'llanilishini ko'rishi mumkin. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, islomiy
moliyalashtirishning asosiy qismi musulmonlar bo'lmagan mamlakatlarda ko'pincha shariatning asosiy
tamoyillariga sodiq qolgan holda mahalliy qonunlar, qoidalar va madaniy me'yorlarga mos keladigan
tuzatishlarni talab qiladi. Natijada, turli mamlakatlarda islomiy moliya tamoyillarini an'anaviy
amaliyotlar bilan uyg'unlashtirgan turli xil mijozlar va investorlar uchun dualistik moliyaviy tizimlar
ishlab chiqiladi.

Islom moliya tizimi an'anaviy bank va moliya tizimidagi kabi bir qator moliyaviy institutlarni o'z

ichiga oladi. Ushbu muassasalar qatoriga tijorat va investitsiya banklari, sug'urta kompaniyalari,
elektron tijorat platformalari, aktivlarni boshqarish bo'yicha firmalar, shuningdek, broker va dilerlar
kiradi.

So'ngi bir necha yil ichida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining (MDH) bir qancha davlatlari islom

moli

ya tizimini rivojlantirish tashabbusi bilan chiqdilar. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va

Tojikiston o‘z qonunchiligiga islom moliyasini rivojlantirish maqsadida o‘zgartirish va qo’shimchalr
kiritdi va hozirda ularda islom moliyaviy muassasalari o’z faoliyatni ko‘rsatmoqda. Biroq, aksincha,
O‘zbekiston hali islom moliyasining huquqiy asoslarini yaratish jarayonini boshlagani yo‘q. Islom

moliyasining qonuniy asoslarini yaratmasdan turib, bu sohada sezilarli yutuqlarga erishib bo'lmaydi.

Biroq shuni ham ta'kidlash kerakki 2003-

yilda O‘zbekiston Islom taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi,

2004-

yilda esa Hususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasining (HSRIK) to‘laqonli

a'zosi bo‘ldi. Bugungi kunga kelib bu tashkilotlarning O‘zbekistonda moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan
loyihalar bo‘yicha 2,1 mlrd. AQSh dollaridan ortiq portfeli ma'qullangan (Hasanov, 2017

).

Hukumat zarur qonunchilikni ishlab chiqishda faol yondashuvni namoyish etib, mavjud

sharoitlarni yaxshilasa, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan investitsion loixalar

uchun juda katta imkoniyatlarga yo’l ochilgan bo’lar edi. Xususan Islom taraqqiyot banki, Jahon banki,

Xalqaro moliya korporatsiyalari kabi nufuzli tashkilotlar islomiy moliyalashtirish loyihalarini jahon

miqyosida amalga oshirish va rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha juda ulkan tajribaga

egadirlar.

22

“Thomson Reuters” agentligi tomonidan nashir etilgan “Islamic finance development report 2022” ma’lumotlari

1235

896

650

252

186

153

139

106

71

270

0

200

400

600

800

1000

1200

1400

Eron

Saudiya Arabistoni

Malayziya

BAA

Qatar

Quvayt

Indoneziya

Bahrayn

Turkiya

Boshqalar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul

www.e-itt.uz

61

Ushbu xalqaro moliya institutlari islomiy moliya sohasida katta imkoniyat va resurslarga xam ega.

Ular mamlakatimizda islom moliyaviy ekotizimini o'rnatish va mustahkamlashga yordam berish uchun
texnik yordam, maslahat xizmatlari va moliyaviy yordam taklif qilishlari mumkin. Bunga salohiyatni
oshirish dasturlari, moliyaviy mutaxassislar uchun ixtisoslashtirilgan treninglar va islom tamoyillariga
mos keladigan me'yoriy-huquqiy bazalarni ishlab chiqish bo'yicha ko'rsatmalar kiradi.


Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun islomiy moliyadan

foydalanish bir qancha potentsial foyda keltirishi mumkin:

Moliyaviy xizmatlarni diversifikatsiya qilish: Islomiy moliyaviy mahsulotlarni joriy etish shariatga

mos variantlarni afzal ko'rishi mumkin bo'lgan aholining turli qatlamini jalb qilishi va shu bilan
moliyaviy xizmatlarning umumiy bozorini kengaytirishi mumkin.

Xorijiy sarmoyani jalb qilish: Islomiy moliya tizimiga ega boʻlgan davlatlardan xorijiy investorlarni

va shariatga mos imkoniyatlar izlayotgan investorlarni jalb qilishi mumkin.

Risklarni taqsimlash mexanizmlari: Islomiy moliya risklarni taqsimlash shartnomalarini qo'llab-

quvvatlaydi, bu esa yanada barqaror moliyaviy tizimga olib kelishi mumkin.

Moliyaviy inklyuziya: Diniy e'tiqodlarga mos keladigan muqobil moliyaviy xizmatlarni taklif qilish

orqali islomiy moliya aholining ayrim qatlamlari uchun moliyaviy inklyuziya va bank xizmatlaridan
foydalanish imkoniyatini yaxshilashga yordam beradi.

Biroq, iqtisodiy barqarorlikka erishish va islomiy moliya imkoniyatlaridan samarali foydalanish

uchun quyidagi muammolarni xam hal qilish zarur:

Huquqiy va me'yoriy baza: Islomiy moliya mamlakatning mavjud moliya tizimida samarali va

shaffof ishlashini ta'minlash uchun mustahkam huquqiy va me'yoriy bazani yaratish muhim ahamiyatga
ega.

Ta'lim va xabardorlik: Jamiyat va moliyaviy mutaxassislarni islomiy moliya haqida ma'lumot

berish uni muvaffaqiyatli amalga oshirish va undan foydalanish uchun juda muhimdir.
Malakali mutaxassislar: Islomiy moliya sohasida tajribaga ega malakali ishchi kuchini rivojlantirish
ushbu ixtisoslashgan moliyaviy mahsulotlarni taklif qilish va boshqarish uchun zarur.

Адабиётлар/Литература/References:

Baydaulet E.A. (2019) Islomiy moliya asoslari.

T.:

(O’zbekiston)

.

Haydarov O‘.A.

(2022) Respublikamiz Tijorat Banklarida Islom moliya tizimidan foydalanishni

takomillashtirish. Iqtisod va Moliya.

Husan Hasanov: (2017) Ahloqiy (islomiy) moliyalashtirish tizimi innovasion moliyalashtirish

vostiasi sifatida (O‘zbekiston va MDH misolida) Ethical (Islamic) Financing as an Instrument of Innovative

Financin

IFDI (2022) Islamic Finance Development Report 2022: Embracing change. The Islamic Corporation

for the Development of the Private Sector and Refinitiv. p 30

Imamnazarov J.M. (2023) Islom moliya tizimi imkoniyatl

а

rid

аn Oʼzbekiston iqtisodiyotidа

foyd

а

l

а

nishning n

а

z

а

riy

а

sosl

а

rini t

а

komill

аshtirish. Iqtisodiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)

avtoreferati. -T.: TDIU.

Taner SEKMEN: (2021) Islamic Banking and Economic Growth in the Dual Banking System.

Optimum Journal of Economics and Management Sciences,

Usmani Muhammad Taqi

(1998): Title: "An Introduction to Islamic Finance"

Usmani Muhammad Taqi

(2002): Title: "Islamic Banking and Finance: Fundamentals and

Contemporary Issues"

Xabibullayev D.R. (2023)

O’zbekistonda dualistik moliya tizimini shakillantirishda islom moliyaviy

munosabatlarining ahamiyati. "Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy

tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi II respublika ilmiy-

amaliy konferensiyasi materiallar to‘plami

.

5-aprel 412 b

Аброров

С

.

З

. (2020),

Ўзбекистонда

сукук

–исломий

қимматли

қоғозларни

жорий

этиш

истиқболлари

. 08.00.07-

Молия, пул муомиласи ва кредит PhD илмий даражаси диссертацияси

/ТДИУ Т;

Аброров, С. (2021) Ислом молияси: Ўзбекистон учун янги имкониятлар. Экономика и

образование

Библиографические ссылки

Baydaulet E.A. (2019) Islomiy moliya asoslari. –T.: (O’zbekiston).

Haydarov O‘.A. (2022) Respublikamiz Tijorat Banklarida Islom moliya tizimidan foydalanishni takomillashtirish. Iqtisod va Moliya.

Husan Hasanov: (2017) Ahloqiy (islomiy) moliyalashtirish tizimi innovasion moliyalashtirish vostiasi sifatida (O‘zbekiston va MDH misolida) Ethical (Islamic) Financing as an Instrument of Innovative Financin

IFDI (2022) Islamic Finance Development Report 2022: Embracing change. The Islamic Corporation for the Development of the Private Sector and Refinitiv. p 30

Imamnazarov J.M. (2023) Islom moliya tizimi imkoniyatlаridаn Oʼzbekiston iqtisodiyotidа foydаlаnishning nаzаriy аsoslаrini tаkomillаshtirish. Iqtisodiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) avtoreferati. -T.: TDIU.

Taner SEKMEN: (2021) Islamic Banking and Economic Growth in the Dual Banking System. Optimum Journal of Economics and Management Sciences,

Usmani Muhammad Taqi – (1998): Title: "An Introduction to Islamic Finance"

Usmani Muhammad Taqi – (2002): Title: "Islamic Banking and Finance: Fundamentals and Contemporary Issues"

Xabibullayev D.R. (2023) O’zbekistonda dualistik moliya tizimini shakillantirishda islom moliyaviy munosabatlarining ahamiyati. "Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to‘plami. 5-aprel 412 b

Аброров С.З. (2020), Ўзбекистонда сукук –исломий қимматли қоғозларни жорий этиш истиқболлари. 08.00.07-Молия, пул муомиласи ва кредит PhD илмий даражаси диссертацияси /ТДИУ Т;

Аброров, С. (2021) Ислом молияси: Ўзбекистон учун янги имкониятлар. Экономика и образование