Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
30
O’ZBEKISTONDA MAKROIQTISODIY BARQA
RORLIKNI
TA’MINLASHDA XORIJIY
INVESTITSIYALARNING TUTGAN O’RNI
Haydarov Humoyun Begmurod o’g’li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning mamlakatning makroiqtisodiy
barqarorligida tutgan ahamiyati,
xorijiy investitsiyalarni to’g’ridan
-
to’g’ri jalb qilishda kuzatilayotgan
muammolar, yurtimizda ohirgi yillarda ba
rqaror iqtisodiy o’sishga erishish uchun olib borilayotgan keng
ko’lamli islohotlar haqida fikr yuritiladi. Aholi jon boshiga o’zlashtirilayot
gan investitsiylar miqdorini
oshirish yo’llari o’rganiladi. Tahlil qismida esa makroiqtisodiy barqarorlikga ta’sir o’tkazuvchi omillar
qiyosiy va tanlanma usullar orqali chuqur tahlil qilinib natijalar olinadi. Olingan kuzatish va tahlillar
orqali xulosa va takliflar beriladi.
Kalit so‘zlar
:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, investitsiyalar, makroiqtisodiy barqarorlik,
yalpi ichki
mahsulot,import, eksport, tashqi savdo balansi.
РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ МАКРОЭКОНОМИЧЕСКОЙ
СТАБИЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Хайдаров Хумоюн Бегмурод угли
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация
.
В данной статье рассматривается значение иностранных инвестиций для
макроэкономической стабильности страны, проблемы, наблюдаемые при прямом привлечении
иностранных инвестиций, масштабные реформы, проводимые в последние годы с целью
достижения стабильного
экономического роста в нашей стране. Будут изучены пути увеличения
объема инвестиций на душу населения. В аналитической части факторы, влияющие на
макроэкономическую стабильность, подробно анализируются с помощью сравнительных и
выборочных методов и получаются результаты. На основе наблюдений и анализа даны выводы
и предложения.
Ключевые слова:
макроэкономические показатели, инвестиции, макроэкономическая
стабильность, валовой внутренний продукт, импорт, экспорт, внешнеторговый баланс.
THE ROLE OF FOREIGN INVESTMENTS IN ENSURING MACROECONOMIC
STABILITY IN UZBEKISTAN
Haydarov Humoyun Begmurod ogli
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article discusses the importance of foreign investments in the macroeconomic
stability of the country, the problems observed in direct attraction of foreign investments, large-scale
reforms carried out in recent years in order to achieve stable economic growth in our country. Ways to
increase the amount of investments per capita will be studied. In the analysis part, the factors affecting
macroeconomic stability are analyzed in depth through comparative and selective methods and results are
obtained. Based on the observations and analysis, conclusions and suggestions are given.
Key words:
macroeconomic indicators, investments, macroeconomic stability, gross domestic
product, import, export, foreign trade balance.
30-35
V SON - SENTABR, 2023
UO‘K
: 339.727.22
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
31
Kirish.
So
’
ngi yillarda mamlakatimizda keng miqyosda olib borilayotgan islohotlar iqtisodiy sektorni ham
chetlab o
’
tmadi.
Bu yo’nalishda ko’pgina prezident farmonlari, qonun osti hujjatlari qabul qilindi.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining (Farmon, 2023) O’zbekiston
-
2030 strategiyasi to’g’risidagi
farmonda barqaror iqtisodiy o’sish orqali aholi farovonligini ta’minlash
, xususan
2030-yilga qadar
iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish “daromadi o’rtachadan yuqori
bo’lgan davlatlar” qatoriga
kirish borasida quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshirilishi ko’zda tutildi.
➢
Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming
dollarga yetkazish.
➢
Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni zarur darajadagi energetika,suv va
infratuzilma resurslari bilan ta’minlash.
➢
Pul-
kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini o‘z
aro muvofiqlashtirish hamda tovar
vaxizmatlar bozorida raqobat muhitini yaxshilashga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davomettirish
orqali 2030 yilga borib yillik inflyatsiyani 5-
6 foiz darajasida ta’minlash.
➢
Iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda
qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hamd
a muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini
amalga oshirish.
➢
Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 50 foizdan oshmasligi uch
un o‘rta
muddatlarga mo‘ljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasini amalga oshirish.
➢
Asosiy kapitalga kiritiladigan
investitsiyalar hajmining yillik o‘rtacha 7 foiz atrofidao‘sishini
ta’minlash.
Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yana
da oshirish va qimmatli qog‘ozlar
bozorini jadal rivojlantirish borasida quyidagi vazifalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
➢
M
amlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish, jumladan 110 milliard
dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni
jalb qilish.
➢
Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdo
lari hajmini 8 milliard dollarga yetkazish.
➢
Umumiy qiymati 150 milliard dollarlik 500 dan ziyod strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan
texnologik va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish.
➢
Pay va venchur jamg‘armalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali portf
el investitsiyalarhajmini 2
barobarga oshirish.
➢
40 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini “Xalq IPO”siga chiqarish, aholini
IPO da
qatnashishini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish.
➢
Chet ellik nominal saqlovchilar hamda kastodian banklarning mahalliy kapital bozorida
qatnashishi uchun infratuzilmani yaratish.
➢
Barcha iqtisodiy zonalarda zarur infratuzilmadan (yo‘l, elek
tr energiyasi, suv va oqova tizimi)
uzluksiz foydalanish imkoniyatlarini yaratish.
Albatda, bu kabi farmonlar sohaning huquqiy asosini mustahlamlaydi ammo agar bu ishlar
amalga tatbiq qilinmasa iqtisodiyotga eng muhimi insonlarga foydasi tegmay qoladi. Shuning uchun bu
maqsad va vazifalarning amalga joriy etish kutilgan natijalarni olish davlat oldida turgan ulkan vazifadir.
Adabiyotlar sharhi.
Lui, Jr Uells va boshqalar
(2021) o’zlarining rag’batlantirish xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
maqolalarida ushbu tadqiqot mamlakatlar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun
raqobatda foydalanadigan usullari va tuzilmalari haqida. Mualliflar tomonidan to'plangan dalillarga
asoslanib, quyidagilar ta'kidlanadi:1. Investitsiyaning jalb qilish usullarining turli kombinatsiyasi
dasturining turli bosqichlarida foydalidir; 2. Rag'batlantirish uchun mas'ul bo'lgan tashkilot turi
samaradorlikni oshiradi; 3. Iqtisodiy dasturini baholashning turli foydali usullari mavjud; 4.
Investitsiyalarni rag'batlantirish xorijiy investitsiyalar oqimiga statistik jihatdan sezilarli ta'sir
ko'rsatadi; 5. Investitsiyalarni rag'batlantirish dasturlari faqat ma'lum turdagi investorlarni jalb
qilishda samarali bo'lgan. Rag'batlantirish texnikasi quyidagilardan iborat: a) Potentsial investorlarga
ma'lumot berish; b) Sarmoya kiritish joyi sifatida mamlakatning jozibador qiyofasini yaratish va
istiqbolli investorlarga xizmatlar ko'rsatish.
Biroq, rag'batlantirish xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istagida bo'lgan mamlakatlar uchun
mavjud bo'lgan bir nechta vositalardan biri hisoblanadi. Hukumatlar: i) Soliq imtiyozlari va grandlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
32
berishlari mumkin; ii) Sanoat maydonlarini, eksportni qayta ishlash zonalarini va boshqa infratuzilmani
ta'minlash; iii) Potentsial investorlar oldida turgan byurokratik tartiblarni soddalashtirishga
urinish; iv) Ikki tomonlama soliq, savdo va investitsiya shartnomalarini muzokaralar olib borish va
foydaning repatriatsiya qilinishini kafolatlash, import qilinadigan komponentlarga kirishni ta'minlash
va mulkni kompensatsiyasiz ekspropriatsiya qilmaslikka va'da berish orqali qulay muhit yaratishga
urinish. rag'batlantirish xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istagida bo'lgan mamlakatlar uchun mavjud
bo'lgan bir nechta vositalardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, Bekmurodov (2019) fikricha, to‘g’ridan
-
to‘g’ri xorijiy investitsiyalar
-investorga
korxonani nazo
rat qilish huquqini beruvchi kapitalni to‘g’rida
n-
to‘g’ri eksport qilish va shu bilan
karxona asosiy bosh kompaniyasining xorijiy sho‘ba korxonasiga aylanadi. Vaxobov (2020) esa
to‘g’ridan
-
to‘g’ri xorijiy investitsiyalar
-investorga iqtisodiy faoliyati usti
dan ta’sirchan nazorat etish
imkonini beradigan investorning uzoq muddatli, firmaning kamida 10 foizi ulushiga yoki aksiyadorlar
kapitaliga egalik qilishiga imkon beradigan investitsiyalardir, deb ta’kidlaydi.
Azizov A.S. (2021)
to‘g’ridan
-
to‘g’ri xorijiy
investitsiyalar atamasini, avvalo, xo‘jalik faol
iyati
ustidan qisman yoki to‘liq nazoratni ta’minlash orqali xorijiy korxonaga investitsiya sifatida tushunish
kerakligini ta’kidlaydi.
Qo’ziyev
(2008) ilmiy ishlarida xorijiy investitsiyalarning mohiyati to
’g’risida: “Kelgusida foyda
olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni
qabul qiluvchi mamlakatlarga turli ko’rinishdagi boyliklar (ko’char, ko’chmas mol
-mulk, intellektual
boyliklar va boshqalar) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va
komission mukofotlar, royalti, texnik ta’minot va boshqa mukofotlar)ni qo’yilishiga xorijiy
investitsiyalar deyiladi” degan ta’rif keltirilgan
.
Fozilchayev va Xidirov (2019) “
Inves
titsiya va lizing asoslari” kitobida
xorijiy investitsiyaga
quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Xorijiy investitsiyalar
- bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va
boshqa faoliyatlariga safa
rbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir”.
G’ozibekov
(2003)
xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon
etgan: “Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot
s
ub’ekti kapitalini o’zga iqtisodiyotg
a muayyan muddatga
bog’lash bo’lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning,
investitsiya muhitining o’zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar
b
o’ylab
kapital ko’chishi yuz beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada ham miqdoriy, ham sifat yondashuvlarini birlashtirgan aralash usullar tadqiqot
dizayni qo'llaniladi. Bunday yondashuv O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda
xorijiy sarmoyalarning rolini har
tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Ma’lumotlar yig’ishda asosan
Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlaridan foydalanildi. Ushbu tadqiqotning cheklovlarini,
jumladan, o'z-o'zidan xabar qilingan ma'lumotlarning mumkin bo'lgan noto'g'riligini va tarixiy
ma'lumotlarning mavjudligini tan olish muhimdir.
Ushbu metodologiya boʻlimida Oʻzbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda xorijiy
investitsiyalarning oʻrni boʻyicha tadqiqot qanday olib borilganligi, jumladan, m
a
ʼlumotlarni toʻplash
usullari, tanlab olish texnikasi va axloqiy mulohazalar haqi
da aniq maʼlumot berilgan. Tadqiqotchilar,
bundan o’zlarining kelgusidagi ilmiy ishlarida qo’llanma sifatida foydalanishlari va uni o'zlarining
maxsus tadqiqot talablariga moslashtirishlari mumkin.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bizning provard natijamiz eng avvalo makroiqtisodiy barqarorlikga erishish deb qaraydigan
bo’lsak, makroiqtisodiy barqarorlik ko’rsatkichlarini o’rganib chiqishimiz lozim bo’ladi. Bu
ko’rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotiga bevosita
ta’sir ko’rsatadi va muhim ahamiyat kasb etadi. B
iz
tahlil qismidan olingan natijlardan o’zimizning taklif va mulohazalarimizni beramiz.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
33
1-
rasm: Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
20
Bu ko’rsatkichlar makroiqtisodiy barqarorlikga erishishni ta’minlovchi ko’rsatkichlar bo’lishidan
tashqari bevosita bir-
biri bilan bog’liqdir.Misol uchun tashqi savdo aylanmasi mamlakatdagi eksport va
import hajmining yig’indisiga tengdir. Tashqi savdo saldosi esa eksport va import o’rtasidagi tavofutn
i
anglatadi.
1-jadval
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hududlar kesimida (mlrd.so’m)
21
Hududlar
2020
2021
2022
2023
(2 chorak)
O'zbekiston Respublikasi
520 196,7
555 467,1
625 809,2
195 662,2
Qoraqalpog'iston Respublikasi
16 125,1
17 733,9
23 144,1
6780,3
Andijon
21 106,0
25 206,6
35 379,5
9581,1
Buxoro
28 094,6
46 719,5
57 191,4
16 511,4
Jizzax
30 152,6
21 621,3
26 046,5
8130,1
Qashqadaryo
50 653,0
36 700,1
37 662,7
10 388,5
Navoiy
40 290,9
36 444,1
43 465,9
13 223,7
Namangan
28 456,8
30 348,7
35 333,7
11 050,4
Samarqand
32 972,8
37 502,4
47 807,3
17 297,5
Surxondaryo
19 999,7
26 566,8
27 107,1
8972,7
Sirdaryo
16 064,9
19 674,8
30 620,9
10 856,6
Toshkent
46 558,8
65 474,6
73 450,0
25 297,8
Farg'ona
26 457,6
28 911,8
36 462,4
12 246,5
Xorazm
12 633,4
17 899,7
20 061,0
5621,9
Toshkent sh.
107 271,5
129 590,6
129 313,4
39 512,1
Bu jadval 2020-2023-yil 2-
choragi bo’yicha asosiy kapitalga o’zlashtitilgan investitsiyalarning
hududlar kesimi bo’yicha tahlilini ko’rsatyapdi. Ko’rib turganimizdak investitsiyalar miqdori oshib
borishiga qaramasdan asosi
y o’zlashtirilgan investitsiyalar Toshkent shahri hududiga to’g’ri kelmoqda.
Bu esa investitsiyalarning notekis taqsimlanishi yoki boshqa viloyatlar sarmoy
alarni o’zlashtirishda
sustkashlikga yo’l qo’yayotganligini ko’rsatadi. 2020
-yilda Xorazm viloyatida
eng past ko’rsatkich qayd
qilingan bo’lsa 12
633,4 mlrd so’m bo’lib, 2023
-
yilning dastlabki 2 choragida ham o’zlashtirilgan
investitsiyalar miqdori boshqa
viloyatlarnigan pastligini ko’rishimiz mumkun. Bu esa viloyatning
daromadiga va aholining turmush far
ovonligiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazishi mumkun.
ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi.
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi.
7. Tashqi savdo saldosi
4.Tashqi savdo aylanmasi
5.Eksport hajmi
6.Import hajmi
1.Yalpi ichki mahsulot
2. Inflyatsiya darajasi
3.Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
34
2-
rasm. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar(ming.so’m)
22
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitylar miqdori afsuski juda past darajada
ekanligini
ko’rishimiz mumkun. Birgina, Toshkent shahrida bu ko’rsatkich 19
539,4 so’mni tashkil
qilayotgan bo’lsa,eng yomon ko’rsatkich Farg’ona viloyatida
3917,2 so’mni tashkil qilmoqda. Navoiy
viloyatida esa aholi jon boshiga to’g’ri keladigan investitsiyalar miqdori 17189,8 so’mni tashkil
qilmoqda.Bunga viloyatda sanoat zonalarning ko’pligi va aholi sonining kamligi sabab bo’lishi mumkun.
3-rasm:
Moliya
lashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar
tarkibi chet el investitsiyalari va kreditlari (foizda)
23
Chet el investitsiyalarini o’zlashtirish bo’yicha 2020
-yilda Qashqadaryo viloyati yetakchilik
qilayotgan bo’lsa 69,3 foiz, huddi shu yilning o’zida Samarqand viloyati eng kam investitsiya va
kreditlarni o’zlashtirgan viloyat bo’
lib qolmoqda 27 foiz. 2022-yilda esa investitsiyalar kirib kelishining
pasayishi sababli sarmoyalarni o’zlashtirish miqdori ham tusgib ketganligini ko’rishimiz mumkun.
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
mustaqil tayyorlandi.
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi.
5225,5
4361,1
10855,5
7107,9
4647,7
17189,8
4984,4
4642,5
4169,4
13919,1
12056,8
3917,2
4517,9
19539,4
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Andijon
Buxoro
Jizzax
Qashqadaryo
Navoiy
Namangan
Samarqand
Surxondaryo
Sirdaryo
Toshkent
Farg'ona
Xorazm
Toshkent sh.
2022
2021
2020
38,9
36,3
48,2
61,9
69,3
67,8
37,2
27,0
60,1
48,7
26,7
41,3
32,0
29,9
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%
2020
2021
2022
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
35
Xulosa va takliflar.
Bizning fikrimizcha makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hukum
at quyidagi chora
tadbirlarni qo’llab
-quvvatlashi kerak.
Siyosatni davom ettirish va oshirish:
O‘zbekiston hukumati xorijiy sarmoyalarni
rag‘batlantiruvchi siyosatni davom ettirishi va kuchaytirishi kerak. Normativ
-huquqiy bazada
barqarorlikni ta’minlash,
imtiyozlar berish, byurokratik jarayonlarni soddalashtirish xorijiy kapitalni
yanada jalb qilishi mumkin.
Xatarlarni yumshatish strategiyalari
: Xorijiy investitsiyalar bilan bog'liq potentsial
muammolarni, shu jumladan daromadlar tengsizligi, atrof-muhit muammolari va potentsial aktiv
pufakchalarini hal qilish uchun keng qamrovli xavflarni kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqing.
Mas'uliyatli boshqaruv bilan manfaatlarni muvozanatlash juda muhimdir.
Monitoring va baholashni kuchaytirish:
Vaqt o'tishi bilan xorijiy investitsiyalar ta'sirini
monitoring qilishning mustahkam mexanizmlarini yaratish. Investitsiyalar mamlakatning uzoq
muddatli iqtisodiy barqarorlik maqsadlariga mos kelishini ta'minlash uchun muntazam ravishda
baholash o'tkazilishi kerak.
Inves
tor taʼlimi:
Potentsial investorlarni Oʻzbekistonning investitsiya imkoniyatlari, tartibga
sol
ish muhiti va potentsial risklar haqida oʻrgatuvchi dastur va tashabbuslarni ilgari surish. Bu
investorlarning kengroq qismini jalb qiladi va ishonchni oshiradi.
Barqaror rivojlanish:
xorijiy investitsiyalar doirasida barqaror rivojlanish amaliyotiga ustuvor
ahamiyat berish. Uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlash uchun ekologik mas'uliyatli investitsiyalar va
ijtimoiy rivojlanish loyihalarini rag'batlantirish.
Hamkorlik va ikki tomonlama kelishuvlar:
xorijiy investitsiyalarni osonlashtirish va xavfsiz
investitsiya muhitini ta'minlash uchun asosiy investor davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
va ikki tomonlama kelishuvlarni rivojlantirishni davom ettiring.
Tadqiqotlar va ma'lumotlar:
Xorijiy investitsiyalarning makroiqtisodiy barqarorlikka ta'sirini
doimiy ravishda baholash uchun keyingi tadqiqotlar va ma'lumotlar to'plashni rag'batlantirish. Bu
dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqishda yordam beradi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda xo
rijiy
sarmoyalarning o‘rni yaqqol ko‘zga tashlanadi, ammo buning uchun mutanosib va
strategik yondashuv
talab etiladi. Jozibador investitsiya muhitini yaratish,
ular bilan bog‘liq risklarni bartaraf etish va
barqaror rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha doimiy sa’y
-harakatlar mamlakatning uzoq muddatli
barqarorligi va farovonligi uchun xorijiy investitsiyalar foydasini maksimal darajada oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar / Литература / Literature
:
Azizov A.S. (2021) To‘g’ridan to‘g’ri xori
jiy investitsiyalar jalb qilishda moliyaviy-iqtisodiy va
mamlakat xatarlarini kamaytirish. Iqt. fan. bo‘y. fals. dokt. (PhD) diss. Avtoref. –
Toshkent: 2021.
–
11 b.
Bekmurodov A.Sh. (2019) Xorijiy investitsiyalar.
–
Toshkent: Iqtisodiyot.
–
T. O‘quv qo‘l
lanma.
Farmon (2023) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 11-
sentabrdagi “O’zbekiston
-
2030” strategiyasi to’g’risidagi farmoni.
Fozilchayev Sh.Q va Xidirov N.G’
(2017) Investitsiya va lizing
asoslari. O’quv qo’llanma. –
T.: Moliya,
- 22 bet
G
’ozibekov D.G’. (2003) Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. –
T.: “Moliya”, , 45 bet.
Lui T. Jr Uells va Alvin G. Wint, (2021) Rag’batlantirish xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Google.scholar.
Qo’ziyeva N.R. (2008) Xorijiy investitsiya isht
i
rokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirishning
moliya-
kredit mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari. Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss.
avtoref.
–
T.: BMA, 11 bet.
Vaxobov A.B. (2020) Xorijiy investitsiyalar.
–
Toshkent: Moliya, 2010.
–
T.
–
O‘quv qo‘llanma.
