Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
56
ASOSIY VOSITALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI TAHLILINING
USLUBIY JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Toʻlayev Umidjon Ibroximovich
Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut
Xasanboyev Oxunjon Ximmatjon oʻgʻli
Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut
Annotatsiya.
Mazkur maqolada asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlilining uslubiy
jihatlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Jumladan, asosiy vositalardan foydalanish
samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar, fond qaytimi koʻrsatkichi va uning oʻzgarishiga taʼsir
koʻrsatuvchi omillar tahlilida taʼsir koʻrsatuvc
hi omillarni detallashtirish asosida yondashuv amalga
oshirilgan. Bu esa, fond qaytimining oʻzgarishiga har bir omilning taʼsir darajalarini aniq baholash
imkonini bergan.
Kalit soʻzlar:
asosiy vosita, fond qaytimi, fond
sigʻimi, asosiy vositalar rentabelligi, asosiy
vositalar
daromadliligi, mahsulot hajmi, yalpi mahsulot, sotilgan mahsulot, texnologik uskuna.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИЧЕСКИХ АСПЕКТОВ АНАЛИЗА ЭФФЕКТИВНОСТИ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОСНОВНЫХ ФОНДОВ
Тулаев Умиджон Иброхимович
Фискальный институт при Налоговом комитете
Хасанбаев Ахунджон Химматжон угли
Фискальный институт при Налоговом комитете
Аннотация
.
В данной стате рассмотрены вопросы совершенствования методических
аспектов анализа эффективности исползования основных средств. В частности, реализован
подход, основанный на детализатсии влияющих факторов при анализе показателей,
отражающих эффективност исползования основных средств, индекса фондоотдачи и факторов,
влияющих на его изменение. Это позволило точно отсенит уровен влияния каждого фактора на
изменение фондоотдачи.
Ключевые слова:
основные средства,
фондоотдача, фондоемкост, рентабелност
основных
средств, доходност основных средств, обем продуксии, валовой продукт, реализованная
продукция, технологическое оборудование.
IMPROVING THE METHODOLOGICAL ASPECTS OF THE ANALYSIS OF THE
EFFECTIVENESS OF THE USE OF BASIC TOOLS
Tulayev Umidjon Ibroximovich
Fiscal Institute under the Tax Committee
Xasanboyev Oxunjon Ximmatjon ugli
Fiscal Institute under the Tax Committee
Annotation.
This article describes the issues of improving the methodological aspects of the analysis
of the effectiveness of the use of fixed assets. In particular, the approach was implemented based on
detailing the influencing factors in the analysis of the indicators representing the efficiency of the use of
fixed assets, the index of fund return and the factors influencing its change. This made it possible to
accurately assess the impact levels of each factor on the change of the fund
ʻ
s return.
Key words:
fixed assets, profitability of fixed assets, average fixed cost, return on fixed assets, fixed
assets turnover, product volume, gross product, product sold, technological equipment.
V SON - SENTABR, 2023
56-62
UO‘K
: 657.421
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
57
Kirish.
Bugungi kunda jahon amaliyotida tahlil
«
korxona uchun biznes imkoniyatlarini aniqlash va
yaratish, eng maqbul loyihaga investitsiya qilish yoʻllarini aniqlash va nihoyat yangi biznes va t
exnik
yechimlarni amalga oshirish uchun amalga oshiriladigan biznesni tahlil qilish faoliyatini tavsiflovchi
bilim sohasi
»
25
sifatida qaralmoqda. Shu sababli, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda, jumladan agrar
sohada faoliyat yuritayotgan qayta ishlash korxonalarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi
tahlilining uslubiy jihatlarini takomillashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Maʼlumki, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalar bilan taʼminlanganlik darajasi ularni
samaradorlik ko
ʻrsatkichlarini oʻrganish asosida toʻldiriladi. Bu xoʻjalik faoliyati mavjud asosiy
vositalarga faqat miqdor
koʻrsa
tkichlar
bilan emas, balki uning sifat koʻrsatkichlarini ham oʻrganish
asosida baho beriladi. Chunki, xoʻjalik yurituvchi subyekt asosiy vosi
talar bilan yetarli darajada
taʼminlangan boʻlsada, biroq ulardan samarali foydalanilmasa, albatta uning xoʻ
jalik faoliyati
samaradorligi pasayishiga olib keladi. Shu bois, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi darajasini
oʻrganish asosida mavjud i
mkoniyatlarni aniqlash tahlilda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Albatta, xorijlik iqtisodchi olimlar Subramanyam (2020), Shadrina (2020) va Rumyansevalar
(2020) hamda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari Pardayev (2012), Isroilov (2017), Qudratov (2012),
Shogʻiyosov (2009),
Raximov (2020), Mavlonov (2020), Dusmuratov va Boltayev (2020) larning ilmiy-
uslubiy asarlarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlilining uslubiy jihatlari tadqiq
qilib oʻrganilgan. Yaʼni, iqtisodchi
olimlar tomonidan asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini
ifodalovchi koʻrsatkichlar va ularning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar tahlilining uslubiy
jihatlari koʻrsatib oʻtilgan. Xususan, iqtisodchi olimlar Pardayev, Xasanov
va boshqalar (2012) esa
“Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlarga: Av mahsuldorligi, A
v
rentabelligi, mashina va uskunalar quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti kiradi” deb taʼkidlagan
holda asosiy vositalar fond mahsuldorligi tahlil qilinayotgan davrda ishlab chiqarilgan (sotilgan)
mahsulotning ular oʻrtacha yillik qiymatiga nisbati shaklida aniqlanishini keltirib oʻtishgan. Bundan
koʻrinadiki, asosiy vositalar fond mahsuldorligining oʻzgaris
higa ishlab chiqarilgan yoki sotilgan
ma
hsulot hajmining va asosiy vositalar oʻrtacha yillik qiymatining oʻzgarishi bevosita taʼsir
koʻrsatuvchi omi
llar hisoblanadi.
Iqtisodchi olimlar Qudratov va Fayziyevalarning (2012) fikriga koʻra “Asosiy ishlab chiqarish
fondlaridan foydalanish samaradorlig
i quyidagi 3 ta koʻrsatkich bilan ifodalanadi: 1. Fond qaytimi; 2.
Fond sigʻimi; 3. Fond rentabelligi”. Jumladan, fond qaytimi koʻrsatkichi yalpi mahsulot hajmini asosiy
ishlab chiqarish fondlarining oʻrtacha yillik
qiymatiga nisbati tariqasida aniqlashni tavsiya etishadi.
Mazkur iqtisodchi olimlar fond qaytimining oʻzgarishiga yalpi mahsulot hajmining oʻzgarish
i va asosiy
ishlab chiqarish fondlarining oʻrtacha yillik hajmining oʻzgarishi bevosita taʼsir koʻrsatuvchi
omillar
sifatida koʻrsatib, ularning f
on
d qaytimi koʻrsatkichi oʻzgarishiga taʼsiri tahlilining uslubiy jihatlarini
keltirib oʻtishadi.
Iqtisodchi olimlar Pardayev, Isroilov va Isroilovlar (2017) asosiy vositalar samaradorligini
ifodalovchi koʻrsatkichlarga asosiy vositalar rentabelligi, asosi
y vositalar qaytimi va asosiy vositaning
daromadliligi kabi koʻrsatkichlarni kiritishadi. Shundan, asosiy vositaning qaytimi koʻrsatkichini
sotilgan mahsulot hajmini asosiy vositalarning oʻrtacha yillik qiymatiga boʻli
sh orqali aniqlashni tavsiya
etishadi. D
emak, bundan koʻrinadiki iqtisodchi olimlarning yondashuviga muvofiq asosiy vositalar
qaytimining oʻzgarishiga sotilgan mahsulot hajmining oʻzgarishi va asosiy vositalar oʻrtacha yillik
qiymatining oʻzgarishi kabi koʻrsatkichlar bevosita taʼsir koʻrsatuv
chi omillar hisoblanadi.
Iqtisodchi olim Shogʻiyosovning (2009) fikricha asosiy ishlab chiqarish fondlaridan s
amarali
foydalanish koʻrsatkichlari tizimiga fond rentabelligi, fond qaytimi, fond sigʻimi va asosiy ishlab
chiqarish fondlaridan nisbiy iqtisod kab
i koʻrsatkichlar kiradi. Xususan, asosiy ishlab chiqarish
fondlarining fond qaytimiga aktiv asosiy fond qayt
imi va aktiv asosiy fond ulushi bevosita taʼsir etuvchi
omillar boʻlib, mazkur omillarning koʻpaytmasi asosida fond qaytimi koʻrsatkichi aniqlanad
i.
Iqtisodchi olimlar Dusmuratov va Boltayevlar (2020) “
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy
vositalardan foydalanishning intensivligi va samaradorligini umumlashtirgan holda tavsiflash uchun
quyidagi koʻrsatkichlar qoʻllaniladi: 1. Fond qaytimi; 2. Fond sigʻi
mi; 3. Asosiy ishlab chiqarishdagi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
58
asosiy vositalar rentabelligi” deb taʼkidlagan holda har bir koʻrsatkich va uning oʻzgarishiga omillar
taʼsirining tahlil qilib oʻrganishning uslubiy jihatlarini amaliy maʼlumotlar asosida koʻrsatib oʻtishgan.
Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning ilmiy-
uslubiy asarlari sharhi shuni koʻrsatadiki, ular tomonidan
asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar tasnifi va tavsifida
mazmunan bir-
biriga yaqin boʻlga
n turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Albatta, mazkur iqtisodchi
olimlarning yondashuvlarini eʼtirof etgan holda, bizning fikrimizcha agrar sohada fa
oliyat yuritayotgan
qayta ishlash korxonalarida asosiy vositalardan foydalanishning intensivligi va samaradorligini
ifodalovchi koʻrsatkichlar sif
atida iqtisodchi olimlar Dusmuratov va Boltayevlar (2020) tomonidan
tavsiya etilgan koʻrsatkichlardan tahlilda
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, iqtisodchi
olimlar tomonidan tavsiya etilgan koʻrsatkichlarning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvch
i omillar
detallashtirilgan holda keltirilgan boʻlib, mazkur uslubdan foydalanish har bir omilning taʼsir qili
sh
darajasini aniq baholash va oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlilining uslubiy jihatlarini takomillashtirish
masalalarini tadqiq qilishda ilmiy-tadqiqot metodologiyasining nazariy va empirik tadqiqot
metodlaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Endi asosiy vositalardan foydalanish sa
maradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlardan biri fond
qaytimi koʻrsatkichi va uning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar tahliliga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak,
bunda asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini chuqurroq tahlil qilish maqsadida fond qaytimi
koʻrsatkichini asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar va ularning aktiv qismi boʻyicha alohid
a tahlil
qilib oʻrganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, birinchi navbatda asosiy ishlab chiqarishda
gi
asosiy vositalarning fond qaytimi va
uning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar tahlilini keltirib
oʻtamiz. Buning uchun dastlab “NAMUNA” masʼuliyati cheklangan jamiyat maʼlumotlari oʻrganilgan
holda tegishli koʻrsatkichlar shakllantirildi va ularni
rejaga
nisbatan solishtirish orqali oʻz
garishi
aniqlandi (1-jadval).
1-
jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vosit
alar fond
qaytimining haqiqiy darajasi rejadagidan 0,2 soʻmga oshgan. Yaʼni, 1
soʻmlik asosiy ishlab chiqarishdagi
asosiy vositalar hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 20 tiyinga
yoki 6,6 foizga oshgan.
Asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining oʻzgarishi quyidagi omillar hisobiga
sodir boʻlgan:
-
asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar umumiy summasida asosiy vositalar aktiv qismi
ulushining oʻzgarishi;
-
asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vosital
ar aktiv qismi boʻyicha fond qaytimining oʻzgarishi.
Mazkur omillar koʻpaytmasi asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining
umumiy
hajmiga teng boʻladi. Uni quyidagi matematik formula koʻrinishida ifodalash mumkin:
FQ
I
=
AU ×
FQ
A
(1)
Fond qaytimining oʻzgarishiga omillar taʼsirini “Qayta hisoblash” usuli yordamida
aniqlash
mumkin. Buning uchun avvalo “Qayta hisoblangan fond qaytimi” koʻrsatkichini aniqlab olish lozim. Uni
aniqlash uchun hisobot yilidagi (haqiqatdagi) asosiy vositalar aktiv qismi ulushini bazis yilidagi
(rejadagi) asosiy vositalar aktiv qismi fond qa
ytimiga koʻpaytirish kerak:
FQ
Iq
= AU
1
×
FQ
A0
= 0,60
× 5,02
= 3,0
1 soʻm
Shundan soʻng, fond qaytimining oʻzgarishiga omillar taʼsiri hisob
-kitob qilinadi.
Mazkur omillar koʻ
paytmasi asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining
umumiy hajmiga teng boʻladi. Uni quyidagi matematik formula koʻrinishida ifod
alash mumkin:
FQ
I
=
AU ×
FQ
A
(1)
Fond qaytimining oʻzgarishiga omillar taʼsirini “Qayta hisoblash” usuli
yordamida aniqlash
mumkin. Buning uchun avvalo “Qayta hisoblangan fond qaytimi” koʻrsatkichini aniqlab olish lozim. Uni
aniqlash uchun hisobot yilidagi (haqiqatdagi) asosiy vositalar aktiv qismi ulushini bazis yilidagi
(rejadagi) asosiy vositalar aktiv qi
smi fond qaytimiga koʻpaytirish kerak:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
59
FQ
Iq
= AU
1
×
FQ
A0
= 0,60
× 5,02 = 3,01 soʻm
1-jadval
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish uchun
birlamchi maʼlumotlar
№
Koʻrsatkichlar
Hisobot yili
Oʻzgarishi
(+;-)
Reja
Haqiqatda
1 I
shlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming soʻm
500000
577720
+77720
2
Mahsulot sotishdan olingan foyda, ming soʻm
93000
110344
+17344
3
3.1
Asosiy vo
sitalarning oʻrtacha yillik qiymati, ming soʻm
:
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
(AVI)
166118
179800
+13682
3.2 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning aktiv qismi
(AVA)
96671
107880
+11209
3.3
Uskuna birligini oʻrtacha yillik qiy
mati (B)
24168
21576
-2592
4 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar tarkibida aktiv
qismining ulushi (AU)
0,60
0,60
-
5 Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligi, % (R
AVI
)
55,98
61,37
+5,39
6 Mahsulot ryentabelligi, % (R
M
)
18,6
19,1
+0,5
7 Fond
qaytimi (FQ), soʻm
:
7.1
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar boʻyicha (
FQ
I
)
3,01
3,21
+0,2
7.2
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar aktiv qismi boʻyicha
(
FQ
A
)
5,02
5,36
+0,34
8
Texnologik uskunalar oʻrtacha yillik soni
(S)
4
5
+1
9 Hisobot davri davomida uskunalarning ishlagan vaqti (
V
), soat
15500
17160
+1660
10 Shu jumladan, bir birlik uskuna hisobida:
10.1 soat (Bs)
3875
3432
-443
10.2 smena (Bsm
)
700
662
-38
10.3 kun (Bk)
350
345
-5
11 Bir birlik uskuna ishining smenalik koeffitsiyenti (Ks)
2
1,92
-0,08
12 S
menaning oʻrtacha davomiyligi
(D
), soat
5,53
5,18
-0,35
13 Bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, (Bm),
soʻm
32258
33667
+1409
Shundan soʻng, fond qaytimining oʻzgarishiga omillar taʼsiri hisob
-kitob qilinadi.
Birinchi omil, asosiy vosita
lar aktiv qismi ulushi rejaga nisbatan haqiqatda oʻzgarm
aganligi
sababli, mazkur koʻrsatkich fond qaytimining oʻzgarishi taʼsir koʻrsatmagan. Fond qaytimining
oʻzgarishiga
asosiy vositalar aktiv qis
mi boʻyicha fond qaytimining oʻzgarishining taʼsirini aniq
lash
uchun uning haqiqatdagi koʻrsatkichdan “Qayta hisoblangan” koʻrsatkichini chegirib tashlash lozim:
±∆FQ
IA
= (AU
1
×
FQ
A1
) - (AU
1
×
FQ
A0
)
= (0,60
× 5,36
) - (0,60
× 5,02
) =
= 3,21
–
3,01 = +
0,2 soʻm
Demak, asosiy vositalar aktiv qismi fond qaytiminin
g 0,34 ming soʻmga oshishi fond qaytimi
darajasining 0,2
soʻmga yoki 6,6 foizga oshishiga sabab boʻlgan.
Yuqorida asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining tahliliga toʻxtalib
oʻtdik.
Endi esa, fond qaytimining tahlilini asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning aktiv qismi va undan
foydal
anish samaradorligi bilan bogʻlagan holda koʻrib chiqamiz. Chunki, asosiy ishlab chiqarishdagi
asosiy vositalarning aktiv qismi mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi mehnat vositalari
hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish mahsulot
ishlab chiqarish hajmining ortishiga bevosita taʼsir
koʻrsatadi.
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar aktiv qismi boʻyicha (texnolo
gik uskuna) fond qaytimi
bevosita ularning soni, ish vaqti va
oʻrtacha bir soatlik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq. Mazkur
koʻrsatkichlarning koʻpaytmasini asosiy vositalar aktiv qismiga boʻlish orqali asosiy vositalar aktiv qismi
boʻyicha fond qaytimi koʻrsatkichini aniqlaymiz. Ushbu hisob
-kitobni tahlil uchun quyidagi matematik
formula koʻrinishida ifodalash
mumkin:
FQ
A
= (S × Bs × Bm) :
AVA (2)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
60
Texnologik uskunadan foydalanish samaradorligini chuqurroq oʻrganish maqsadida uskuna
birligining ish vaqtini (Bs) ishlagan kunlar (Bk) soni, smenalik koeffitsiyenti (Bsm) va smenaning
oʻrtacha davomiyligining (D) koʻpaytmasi koʻrinishida, texnologik uskunaning oʻrtacha
yillik qiymatini
(AVA) esa uskunaning soni (S) va uskuna birligining oʻrtacha qiymatining (B) koʻpaytmasi koʻrinishida
taqdim qilinsa, yuqoridagi texnologik uskuna fond qaytimini aniqlashning matematik formulasini
quyidagi koʻrinishda kengaytirish mumkin:
FQ
A
= (S × Bk × Ks × D × Bm) : (S ×
B) (3)
Ushbu formuladan
texnologik uskunalar sonini (S) qisqartiradigan boʻlsa, u quyidagi koʻrinishga
ega boʻladi:
FQ
A
= (Bk × Ks × D × Bm) :
B (4)
Shun
day qilib, yuqoridagi matematik formuladan koʻrinadiki, asosiy vositalar aktiv qismi
(texnologik uskuna) boʻyicha fond qaytimining oʻzgarishiga quyidagi omillar taʼsir koʻrsatadi:
-
uskunaning ishlagan
kunlari sonining oʻzgarishi;
-
uskuna ishining smenalik ko
effitsiyentining oʻzgarishi;
-
smenaning oʻrtacha davomiyligini oʻzgarishi;
-
bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmining oʻzgarishi;
-
uskuna birligining oʻrtacha qiymatining oʻzgarishi.
Uskun
a fond qaytimining oʻzgarishiga yuqoridagi omillar taʼsirini aniqlash uchun “Zanjirli
bogʻlanish” usulidan foydalanilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Mazkur usuldan foydala
nilganda dastlab
shartli uskunaning fond qaytimi koʻrsatkichlari aniqlab olinadi.
Fond q
aytimining birinchi shartli koʻrsatkichini aniqlash uchu
n yuqoridagi matematik
formuladagi uskuna birligini reja
dagi oʻrtacha yillik qiymatining oʻrniga uning haqiqiy oʻ
rtacha yillik
qiymatini olish lozim:
FQ
Ash1
= (Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
= (350 × 2 ×
5,53 × 32258) : 21576000 =
= 124870718 : 21576000 = 5,
79 soʻm.
Keyingi ikkinchi shartli koʻrsatkichni quyidagi zanjirli almashtirish, yaʼni uskunaning haqiqiy
qiymati va haqiqatda ishlangan kunlari olinib, qolgan omillarning rejadagi miqdorlarini hisobga olgan
holda aniqlab olish mumkin:
FQ
Ash2
= (Bk
1
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
= (345 × 2 × 5,53 × 32258) : 21576000 =
=
123086851 : 21576000 = 5,70 soʻm.
Fond qaytimining uchinchi shartli koʻrsatkichi uskunaning haqiqiy qiymati, haqiqatda ishlangan
kunlar soni, haqiqatdagi smenalik koeffitsiyenti va qolgan omilla
rning rejadagi darajasi boʻyicha hisobga
olgan holda aniqlanadi:
FQ
Ash3
= (Bk
1
× Ks
1
× D
0
× Bm
0
) : B
1
= (345 × 1,92 × 5,53 × 32258) : 21576000 =
=
118163376 : 21576000 = 5,48 soʻm.
Fond qaytiminin
g toʻrtinchi shartli koʻrsatkichini aniqlashda bir mashi
na-soatda ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmi koʻrsatkichi
reja boʻyicha qolgan omillarning esa haqiqatdagi koʻrsatkichi
olinadi:
FQ
Ash4
= (Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
0
) : B
1
= (345 × 1,92 × 5,18 × 32258) : 21
576000 =
=
110684682 : 21576000 = 5,13 soʻm.
Mazkur sh
artli koʻrsatkichlar aniqlab olingandan soʻng, uskuna fond qaytimining oʻzgarishiga
omillar taʼsiri hisob
-
kitob qilinadi. Yaʼni, birinchi omilning taʼsirini aniqlash uchun birinchi shartli
koʻrsatkichdan rejadagi koʻrsatkichni chegirish lozim:
±∆FQ
AB
= ((Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) - ((Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
0
) =
= 5,79
–
5,02 = +0,77 soʻm.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
61
Demak, uskuna birligining oʻrtacha yillik qiymatini rejaga nisbatan haqiqatda 2592 ming soʻmga
kamayishi usk
una fond qaytimi darajasining 0,77 soʻmga oshishiga taʼsir koʻrsatgan.
Fond qaytimining oʻzgarishiga uskunani ishlagan kunlari sonini oʻzgarishining taʼsirini aniqlash
uchun ikkinchi shartli koʻrsatkichdan birinchi shartli koʻrsatkichni chegirish kerak:
±∆
FQ
ABk
= ((Bk
1
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
)
–
((Bk
0
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) =
= 5,70
–
5,79 = -
0,09 soʻm.
Hisob-
kitoblardan koʻrinadiki, uskunani ishlagan kunlari sonining rejaga nisbatan haqiqatda 5
kunga kamayishi fond qaytimining 0,09 soʻmga pasayishiga taʼsir koʻrsatgan. Yaʼni, bu uskunaning
rejadan tashqari 5 kun davomida bekor turib qolishi natijasi hisoblanadi.
Uskunadan foydalanish smenalik koeffitsiyentining oʻzgarishini fond qaytimining oʻzgarishiga
taʼsirini aniqlash uchun uchinchi shartli koʻrsatkichdan ikkinchi shartli koʻrsatkichni chegirish zarur:
±∆FQ
AKs
= ((Bk
1
× Ks
1
× D
0
× Bm
0
) : B
1
)
–
((Bk
1
× Ks
0
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) =
= 5,48
–
5,70 = -
0,22 soʻm.
Hisob-kitoblardan uskunadan foydalanishning smenalik koeffitsiyenti rejaga nisbatan haqiqatda
0,08 koeffitsiyentga pasayishi hisobiga fond qaytimi 0,22
soʻmga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.
Keyingi omil, smenaning oʻrtacha davomiyligining oʻzgarishi fond qaytimining oʻzgarishiga
taʼsirini aniqlash uchun toʻrtinchi shartli koʻrsatkichdan uchinchi
shartli koʻrsatkichni chegirish lozim:
±∆FQ
Ad
= ((Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
0
) : B
1
)
–
((Bk
1
× Ks
1
× D
0
× Bm
0
) : B
1
) =
= 5,13
–
5,48 = -
0,35 soʻm.
Demak, smenaning haqiqatdagi davomiyligi rejadagidan 0,35 soatga pasayishi, fond qaytimini
0,35 soʻmga kamayishiga taʼsir koʻrsatgan.
Fond qaytimining oʻzgarishiga bir
mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
oʻzgarishining taʼsirini aniqlash uchun haqiqatdagi koʻrsatkichdan toʻrtinchi shartli koʻrsatkichni
chegirish kerak:
±∆FQ
ABm
= ((Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
1
) : B
1
)
–
((Bk
1
× Ks
1
× D
1
× Bm
0
) : B
1
) =
= 5,36
–
5,13
= + 0,23 soʻm.
Bundan koʻrinadiki, bir mashina
-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining rejaga nisbatan
haqiqatda 1409 soʻmga oshishi fond qaytimini 0,23 soʻmga koʻpayishiga taʼsir koʻrsatgan.
B
archa omillar taʼsir darajalarining yigʻindisi uskun
a fo
nd qaytimining umumiy oʻzgarishi 0,34
soʻmga teng boʻlishi lozim:
±∆FQ
A
= (±∆FQ
AB
) + (±∆FQ
ABk
) + (±∆FQ
AKs
) + (±∆FQ
Ad
) + (±∆FQ
ABm
) =
= (+0,77) + (- 0,09) + (- 0,22) + (-
0,35) + (+ 0,23) = +0,34 soʻm
.
Mazkur omillarning asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond qaytimining va mahsulot
ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga taʼsiri hisob
-
kitobini quyidagi jadval koʻrinishida keltirib oʻtamiz
(2-jadval).
2-
jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki,
asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar fond
qaytim
ining va mahsulot ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga uskunaning ishlagan kunlari soni,
uskuna ishining smenalik koeffitsiyenti va smena oʻrtacha davomiyligining oʻzgarishi salbiy taʼsir
koʻrsatgan. Shu bois, “NAMUNA” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbariyati mazkur oʻzgarishlar
sabablarini o
ʻ
rganishi va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini izlab topishi lozim. Bunday
imkoniyatlardan biri sifatida shuni aytish mumkinki, “NAMUNA” masʼuliyati chekl
angan jamiyatda
rejadan tashqari bekor turib qolishlarga
yoʻl qoʻymaslik hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni 71201
(9709 + 23734 + 37758) ming soʻmga oshirish mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
62
2-jadval
“NAMUNA” masʼuliyati cheklangan jamiyatda fond qaytimini omilli tahlil qilis
h natijalari
№
Omillar
Asosiy ishlab
chiqarishdagi asosiy
vositalar fond
qaytimining oʻzgarishi
±∆FQ
I
= ∆FQ
An
× AU
1
Mahsulot ishlab
chiqarish hajmining
oʻzgarishi
±∆MH = ∆FQ
In
× AVI
1
1
Uskuna
birligi
oʻrtacha
yillik
qiymatining oʻzgarishi
+0,77 × 0,60 =
+0,462
+0,462 × 179800 =
+83068
2
Uskunani ishlagan kunlari sonining
oʻzgarishi
-
0,09 × 0,60 =
- 0,054
-
0,054 × 179800 =
-9709
3
Uskuna
ishining
smenalik
koeffitsiyentining oʻzgarishi
-
0,22 × 0,60 =
- 0,132
-
0,132 × 179800 =
-23734
4
Smena
oʻrtacha
dav
omiyligini
oʻzgari
shi
-
0,35 × 0,60 =
- 0,21
-
0,21 × 1798
00 = -37758
5
Bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmining oʻzgarishi
+0,23 × 0,60 = +
0,138
+0,138 × 179800 =
+24812
Jami
+ 0,204
+36679
Xulosa va takliflar.
Shunday qilib, olingan
natijalar shuni koʻrsatadiki, agrar sohada faoliyat yuri
tayotgan qayta
ishlash korxonalarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini
ifodalovchi koʻrsatkichlarni,
jumladan fond qaytimi va uning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni tahlil qilib oʻrganishda
yuqoridagi yondashuvdan (4-formula) foydal
anish, uning oʻzgarishiga omillar taʼsirini ancha toʻgʻr
i
hisoblashga imkon beradi. Chunki bunda uskunaning ishlagan kunlari soni, uskuna ishining smenalik
koeffitsiyenti, smenaning oʻrtacha davomiyli
gi, bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va
uskuna birligining oʻrtacha qiymati inobatga olinadi va
uning natijalari oqilona boshqaruv qarorlari
qabul qilish, shu bilan birga, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining tahlilini uslubiy
jihatlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
BHMS (2003) Buxgalteriya hisobining milliy standarti. 5-
sonli BHMS “Asosiy vositalar”
(11.09.2023.)
BHMS (2022) Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti. 16-
son “Asosiy vositalar”
Buxgalteriya
hisobining
xalqaro
standarti.
https://soliq.uz/storage/regulations/December2022/78ddcdfaa36e4cd2bd630e6144cb499b_28122022.
. (11.09.2023.)
Dusmuratov R.D., Boltayev A.S. (2020) Moliyaviy tahlil.
–T.: “IQTISOD
-
MOLIYA”, 2020. –
382 b.
Pardayev M.Q. va boshqalar (2012). Moliyaviy va boshqaruv tahlili.
–
T.
: “Choʻlpon”, 2012. –
267 b.
Pardayev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. (2017) I
qtisodiy tahlil: Oʻquv qoʻllanma. –
T, 2017. 446 b.
Qudratov T., Fayziyeva N. (2012) Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati.
–
T.: “Voris
-
nashriyoti”,
2012.
–
188 b.
Raximov M.Y., Astanakulov O.T., Kalandarova N.N. (2020) Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy
holatining tahlili. Darslik. - T.: Iqtisod-Moliya. 2020.
–
410 b.
Raximov M.Y., Mavlonov N.N., Kalandarova N.N. (2020) Iqtisodiy tahlil. Oʻquv qoʻllanma. –
T.:
Iqtisod-Moliya, 2020.
–
517 b.
Shogʻiyosov T.Sh. (2009) Kompleks iqtisodiy
tahlil.
–
T.: “IQTISOD
-
MOLIYA”, 2009,
- 93 b.
Subramanyam K.R. (2020) Financial statement analysis. 11th edition. New York, Mc Graw-Hill
Education, 2016. - 814 pages.
Румянсева Е.Э. (2020) Экономический анализ: Учебник и практикум. Москва: Юрайт, 2020. –
381 с.
Шадрина Г.В. (2020) Экономический анализ: Учебник и практикум. Москва: Юрайт, 2020. –
431 с.
