Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
95
UY XOʻJALIKLARINING DAROMADLARI VA XARAJATLARIGA SOLIQLARNING TA’SIRI
Xojiyev Jaxongir Dushabayevich
Т
oshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotasiya.
Respublikamiz iqtisodiyotini barqaror rivojlanishida milliy daromadning izchil o‘sishi
uy xo‘jaligi shaxsiy tasarrufidagi daromadlarining ortishini ta’minlasa
-da, ushbu daromadlarni ijtimoiy-
adolat prinsiplari asosida taqsimlash orqali daromadlar tengsizligi holatining oldini olishning moliyaviy
mexanizmlariga ehtiyoj sezadi.
Kalit so‘zlar:
aholi daromadlari, soliq tizimi, vertikal va gorizontal tenglik, soliq rejimi,
daromadlarning nafliligi, marjinal naflilik, daromad
tengsizligi, daromad intervali, daromad solig‘i,
progressiv soliqqa tortish tizimi.
ВЛИЯНИЕ НАЛОГОВ НА ДОХОДЫ И РАСХОДЫ ДОМОХОЗЯЙСТВ
Хожиев Жахонгир Душабaевич
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Несмотря на устойчивое развитие экономики нашей республики, что
приводит к последовательному росту национального дохода и увеличению доходов
домохозяйств, существует потребность в финансовых механизмах, направленных на сокращение
неравенства доходов путем
соблюдения принципов социальной справедливости.
Ключевые слова:
доходы населения, налоговая система, вертикальное
и горизонтальное
равенство, налоговый режим, полезность дохода, предельная полезность, неравенство доходов,
интервал доходов, подоходный налог, прогрессивная система налогообложения.
THE IMPACT OF TAXES ON HOUSEHOLD INCOME AND EXPENDITURE
Khojiev Jakhongir Dushabaevich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
Despite the steady development of the economy of our republic, which leads to a consistent
increase in national income and an increase in household incomes, there is a need for financial mechanisms
aimed at reducing income inequality by observing the principles of social justice.
Key words:
personal income, tax system, vertical and horizontal equality, tax regime, utility of
income, marginal utility, income inequality, income interval, income tax, progressive taxation system.
Kirish.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan
biri uy xo‘jaliklari moliyasida, aholining real daromadlarini izchil oshirish va ularning ijtimoiy
qatlamlaridagi daromadlar tengsizligini kamaytirish hisoblanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni
innovasion rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar barqaror o‘rta aholi qatlamining shakllanishi,
aholining turmush farovonligi oshirilishi, iste’mol budjetining sifat va miq
dor jihatidan yaxshilanishiga
olib keladi. Aholining keng ijtimoiy
qatlami daromadlari va xarajatlari balansining ta’minlanishi va real
shaxsiy tasarrufidagi daromadlar ko‘lamining kengayishi mamlakatdagi kambag‘allik darajasining
pasayishi va iste’mol budjetidan ortiqcha jamg‘armalar hisobiga mamlakatning investision sa
lohiyatini
yanada oshishiga ta’sir etadi.
Uy xo‘jaligida aholi daromadlarini tartibga solish mexanizmida pirovard
maqsad aholining barcha qatlamlari turmush farovonligining maksimal darajasi
ni ta’minlash
hisoblanadi.
UO‘K
:
336.228
VI SON - OKTABR, 2023
95-102
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
96
Aholining turmush farovonligi moddiy negizini daromadlar tashkil qilsada, ushbu daromadlar
hisobiga iste’mol va jamg‘arish fondlarining shakllanishi, iste’mol fondining sifat tarkibi turmush
farovonlik yoki
kambag‘alikning as
osiy mezonlarini tashkil qiladi. Shu nuqtai nazardan, aksariyat
hollarda, soliq tizimining aholi daromadlariga ta’siri tadqiq qilinishi kuzatilgan, bizning fikrimizcha,
soliq tizimini aholi turmush farovonligi va xususan, ularning daromadlari bilan parallel ravishda
xarajatlariga ta’sirini kompleks tadqiq qilish maqsadga muvofiq.
Adabiyotlar sharhi.
Mamlakatimizda aholi daromadlarini izchil oshirish va uning ijtimoiy qatlamlari o‘rtasidagi
daromadlar tengsizligini tartibga solishning moliyaviy mexanizmi ilmiy-nazariy va amaliy asoslariga
bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar o‘rganilgan.
Tsiddon va Galor va boshqalarning (2008) fikricha, daromad tengsizligi ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalari va texnologiyalar rivojlanishiga yordam beradi v
a bu iqtisodiy o‘sishga olib
keladi.
Marshallning (1993) bir Shilling pul birligining boy ijtimoiy qatlam aholi qatlamiga nisbatan
kambag‘alga keltiradigan baxt benihoya yuqori ekanligi haqidagi argumenti ham tasdiqlaydi.
Saez (2018)
fikricha, iqtisodiy o‘sish mamlakatning iqtisodiy barqarorlik o‘lchovi sifatida keng
qo‘llaniladi va taraqqiyot va boshqa hodisalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri makroiqtisodiyotning muhim
muammosidir. O‘tgan bir necha o‘n yilliklar ichida daromad tengsizligi dunyo bo‘ylab sez
ilarli darajada
ortib bormoqda.
Siyosatchilar tomonidan inqirozlar davrida ijobiy natijalarga erishish uchun daromadlar
tengsizligining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholashga katta qiziqish bildirilgan
(Piketty and
Goldhammer, 2015).
Shunga qaramay, darom
adlar tengsizligi iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatadigan kanallarni
tushuntirishda turli munozaralar noaniq prognozlar bilan ko‘plab nazariyalarning paydo bo‘lishiga olib
kelgan. Masalan, Perotti (1994), Alesina va boshqalarning (2020)
ta’kidlashicha, aho
li daromadlari
tengsizligi hukumatlar tomonidan qayta taqsimlash siyosati va aholining boy qatlami uchun yuqori
daromad solig‘i orqali kiritilgan nomutanosibliklar tufayli iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir qiladi.
Acemoglu fikricha esa davlat byurokratiyasi
va samarasiz institutlari iqtisodiy o‘sishga ta’sir
qiladi va bu muammo daromadlar tengsizligini oshirish orqali kuchayadi (Acemoglu, 2007). Bundan
tashqari Galor, Zang, Aghion va boshqalarning ta’kidlashicha, aholi daromadlari teng
sizligi iqtisodiy
o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, nomukammal kapital bozorlari tufayli aholining kam ta’minlangan
qatlamlari uchun ta’limga kirishga to‘sqinlik qiladi va mamlakatda inson kapitalining shakllanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shun
ingdek, daromadlar teng
sizligi ijtimoiy muammolarning o‘sishi
tufayli siyosiy beqarorlikka olib keladi va shuning uchun iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
chunki investisiyalar uchun rag‘batlantirishlar bo‘lmaydi. Biroq boshqa iqtisodchi olimlarn
ing fikricha,
daromadla
r tengsizligi o‘sishga hissa qo‘shadi, chunki u aholining boy qatlamlarida jamg‘arishni
oshiradi va bu yirik hajmdagi investisiyalarni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Iqtisodchi Agzamov (2019)
O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘inin
g
progressiv modelidan tekis shkalaga asoslangan modeliga o‘tish bilan bog‘liq islohotlarga to‘xtalib
ta’kidlaganidek, “Daromad solig‘ini hisoblash uchun soliq bazasiga nisbatan o‘llaniladigan progressiv
soliq stavkalarining 2 va 3 s
hkalalari bo‘yicha mini
mal ish haqining asos qilib olinishi ularning ortishi
hisobiga soliq to‘lovlarining miqdor jihatidan ko‘payib borishiga olib keladi”.
Tadqiqot metodologiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi 2020 yil 20 oktabrdagi O‘RQ
-642 son
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF
-
60 son “2022
-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2019 yil 14 maydagi PF
-5718-son
“Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab
-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil 29
avgustdagi “2020
-
2022 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlar
i hamda soxalari
tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 529
-sonli Qarori hamda
mazkur faoliyatga doir boshqa me’yyoriy
-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish
tahlil qilingan
41
.
41
https://lex.uz/docs/4674902
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
97
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Aholi daromadlari darajasini tahlil qilish, o'lchash va baholash uchun daromadlarning har xil
turlari va statistik ko'rsatkichlar qo'llaniladi. Biz ularning eng keng tarqalgan turlarini ko'rib chiqamiz.
1-jadval
Aholi daromadlari guruhlari va ularning elementlari
№
Daromadlar guruhi
Daromad manbai
1
Ish haqi
Asosiy ishdan olingan daromad; Asosiy bo'lmagan ishdan olingan
daromad; Harbiy xizmatchilarning mablag'lari; Mavsumiy daromad;
Boshqalar
2
Mehnat natijalarini
sotishdan olingan
daromadlar
Fermer xo'jaligi daromadlari; Shaxsiy mulkdan olingan daromadlar;
Uy xo'jaligi daromadlari; Haq; Boshqalar
3
Tadbirkorlik
faoliyatidan olingan
daromadlar
Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar; Boshqalar
4
Kapitalning
daromadliligi
Aktsiyalardan dividendlar; Ijara; Kapital daromadi; Depozitlar
bo'yicha foizlar; Boshqalar
5
Riskdan daromad
Sug'urta tavakkalchiligini to'lash; Obligatsiyalar bo'yicha avanslar;
Lotereya yutuqlari; Sport musobaqalarida erishilgan yutuqlar;
O'yinlardagi yutuqlar; Turli musobaqalardagi yutuqlar; Boshqalar
6
Kechiktirilgan
daromad
meros;
Sovg'a;
Homiylik
yordami;
aliment;
Muallifning
merosxo'rlariga qoldirilgan daromadlar; Boshqalar
7
Ijtimoiy daromad
Vaqtinchalik nogironlik uchun to'lov; Homiladorlik va tug'ruqdan
keyingi to'lov; Tug'ilganlik uchun to'lov; nogironlik nafaqalari;
Boshqalar
8
Qarz daromadi
Bank kreditlari; Korxona kreditlari; Jismoniy shaxslardan olingan qarz
summalari; Boshqalar
9
Boshqa daromad
Boshqalar
Yuqoridagi jadvalda, aholi daromadlarining bir qismi moddiy farovonli
kni ta’minlashga, qolgan
qismi esa xizmatlardan foydalanishga sarflanishini ko‘rishimiz mumkin. Ehtiyojlar tarkibiga nafaqat pul
daromadlarining ko'payishi, balki aholi tarkibining o'zgarishi, uning ilmiy va madaniy darajasining
o'sishi ham ta'sir qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlari foydalanish darajasiga qarab
nominal, ixtiyoriy va real daromadlarga bo‘linadi. Nominal daromad soliqlar va narxlarni hisobga
olmagan holda pul daromadlari miqdorini tavsiflaydi. Ixtiyoriy daromad soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar chegirib tashlanganidan keyin nominal daromad hisoblanadi. Shaxsiy va oilaviy daromadlarni
shakllantirishda shaxsiy uy xo'jaligi muhim rol o'ynaydi. Jamiyat taraqqiyotining murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy davrida xususiy xo‘jalik aholining
ayrim guruhlari uchun asosiy daromad manbai bo‘lib
qolmoqda.
Oilaning umumiy daromadlarini tahlil qilishda quyidagi ko'rsatkichlar hisoblanadi: oziq-ovqat
xarajatlari; nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari; maishiy xizmatlar xarajatlari, soliqlar,
yig'imlar, to'lovlar; naqd pul mablag'larining ko'payishi, jamg'arma kassalaridagi depozitlar, chorva
mollari, parrandalar va jamg'armalarning boshqa tabiiy o'sishi. Shuningdek, ta'lim, tibbiy yordam va uy-
joy uchun subsidiyalar, shuningdek qo'shilgan umumiy daromad miqdori hisoblab chiqiladi. Ushbu
ko'rsatkichlar odatda xalqaro taqqoslashda qo'llaniladi.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish orqali ularning real daromadlarini
oshirish, daromadlar tengsizligini barqarorlashtirishning konseptual asoslari quyidagilardan iborat
bo‘lishi zarur:
1.
Aholi daromadlarini soliqqa tortish tizimi ular faoliyatining ijtimoiy ahamiyatidan qat’iy nazar
vertikal va gorizontal tenglik prinsiplarini ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim.
Ma’lumki
, zamonaviy iqtisodiy makonda mavjud optimal soliq tizimi bir xil dar
omadga ega bo‘lgan
yoki turli faoliyatdan daromadlarga asoslangan soliq to‘lovchilar uchun ijtimoiy adolat prinsiplariga
asoslangan soliq rejimini shakllantirish hisoblanadi. Ushbu soliq
tizimi, avvalo, soliq to‘lovchilar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
98
tomonidan davlat byudjetiga soliq
to‘lovlarining to‘lashdan ishtiyoqlarining iqtisodiy asosini tashkil
qiladi. Ushbu jihatdan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimidagi yana bir
muammolardan
biri bir xil daromadga ega bo‘lgan soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar
ga nisbatan bir xil
yondashuvdagi soliq rejimining amal qilmasligini ifodalovchi gorizontal tengsizlikning mavjudligidir.
Xususan, soliq tizimi daromad darajasi bir xil bo‘lgan soliq to‘l
ovchilar kategoriyasi uchun
muvozanatli soliq yukini ta’minlashi zaru
r. Bundan tashqari faoliyatning alohida turlariga qarab soliq
stavkalarining tabaqalashtirilishi vertikal tengsizlik muammolarini keltirib chiqaradi.
Masalan, amaldagi Soliq kodeksiga muv
ofiq, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan
jismoniy shaxslar
ning daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi belgilangan
42
. Shu
bilan bir qatorda, dividendlar va soliq tarzidagi daromadlarga 5 foizlik stavka bo‘yicha soliq soli
nishi
belgilangan. Demak, aksiyadorlik jamiyatida ishlovchi va
ma’lum darajada aksiyador hisoblangan
soliq
to‘lovchi uchun
daromadni dividend shaklida olish
ma’lum fiskal afzalliklarni vujudga keltiradi. Garchi,
ushbu soliq stavkalariga asoslangan soliqqa tortish rejimi moliyaviy tadbirkorlik faoliyatini
rag‘batlantirish uchun ishtiyoqni rag‘batlantirsada, bizning fikrimizcha, dividendlar bo‘yicha olinadigan
daromadlarga ham soliq stavkasini bir xil, ya’ni 12 foiz darajada belgilanishi maqsadga muvofiq.
Sh
uningdek, turli darajadagi daromadlarga ega bo‘lgan soliq to‘lo
vchi jismoniy shaxslarga
nisbatan bir xil soliq rejimining amal qilishi natijasida esa vertikal tengsizlikning vujudga kelishini
kuzatishimiz mumkin (1-rasm).
1-rasm. Daromadlarni soliqqa tortish sohasida tenglik mezonlari
(
Ўринов
, 2018)
Amaldagi daromadni soliqqa tortish tizimi tekis shkaladagi soliq tavkalariga asoslanib, ushbu
soliqqa tortish tizimi daromadlarning marjinal naflilik mezonlariga javob bermaydi. Bu borada shuni
alohida ta’kidlash joizki, 1.0 mln. so‘m daromadning nafliligi ushbu daromadni tasarruf qiluvchi
individlarning daromadlilik darajasiga bog‘liqligini ta’kidlab o‘ti
sh joiz. Masalan, boy qatlam aholi uchun
1.0 mln. so‘m daromadning nafliligi kambag‘al individlardan past darajada bo‘ladi. Daromadning ortib
borishi uning umumiy nafliligini (TU) orttirsada, marjinal naflilikning (MU) tushib borishini ta’minlaydi.
2-rasmd
an ko‘rinib turganidek, jamiyatdagi shakllantirilgan daromadlar qanchalik muvozanatli
taqsimlansa, birin
chi navbatda, daromadlar darajasi degradasiyasi bo‘yicha tafovutning qisqarishi
orqali aholi ijtimoiy qalami o‘rtasida marjinal va umumiy naflilik daraj
asi taqsimlanishini
muvozanatlashtirish imkoniyatlariga ega bo‘linadi. Jamiyatdagi ne’matlar qanchalik a
dolatli
taqsimlanish darajasi ijtimoiy farovonlikning shakllanishiga ta’sir etadi.
Aholi daromadlari darajasining ma’lum stasionar nuqtasidagi (In
-1) intervalda daromadlarning
umumiy nafliligi (TU(I)) marjinal naflilikdan (MU(I)) kichik bo‘ladi. Bunda daro
madning iqtisodiy yoki
ijtimoiy qadr-
qimmati o‘ta yuqori bo‘lib, ushbu intervaldagi daromadlilik, asosan, kam ta’minlangan
aholi qatlami uchun xosdir. Daromadlarning umumiy nafliligi (TU(I)) marjinal naflilikdan (MU(I)) katta
bo‘lgan interval (In+1) stasionar nuqtada ta’minlanib, ushbu intervaldagi daromadlar aholining boy
ijtimoiy qatlamiga mansubdir. Mubolag‘a tarzida aytganda, 50 mln. so‘m oylik maosh
olib ishlayotgan
individga nisbatan 5 mln. so‘m oylik olib ishlayotgan individ uchun 1 mln. so‘mning qadrqimmati o‘ta
yuqoridir.
42
https://lex.uz/docs/4674902
Soliq yuki daromadning miqdori turli bo‘lgan soliq
to‘lovchilar uchun tabaqalashgan bo‘lishi zarur
Teng darajadagi daromadlarga ega bo‘lgan soliq
to‘lovchilar bir xil miqdorda soliq to‘lashlari lozim
Vertikal tenglik
Gorizantal tenglik
Daromadlarni soliqqa tortishdagi tenglikni ta’minlash mezonlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
99
2-
rasm. Aholi daromadliligi va uning o‘zgarishining daromadlar umumiy va
marjinal nafliligi o‘zgarishiga ta’siri
2. Aholi d
aromadlarini tekis shkaladagi soliqqa tortish tizimi iste’mol tarkibi va jamg‘arish
normasiga makroiqtis
odiy barqarorlikni ta’minlash nuqtai nazardan pozitiv ta’sir etsada, aholi ijtimoiy
qatlamlari o‘rtasidagi daromadlar tengsizligini kuchaytirish riskini
vujudga keltiradi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimining 3 asosiy shakllangan modeli mavjud
bo‘lib, O‘zbekiston amaliyotida progressiv soliqqa tortish tizmidan tekis soliqqa tortish tizimi yoki
proporsional soliqqa tortish tizimi amal
qilmoqda. Ushbu soliqqa tortish amaliyotiga o‘tishdan maqsad,
avvalo, soliq ma’murchiligini takomillash
tirish, soliq yukini qisqartirish orqali aholining shaxsiy
tasarrufidagi daromadlarini oshirish, norasmiy daromadlarini legallashtirish orqali soliq bazasini
oshirish hisobiga byudjetga tushumlarni ko‘paytirish hisoblanadi.
Lekin tekis shkalaga asoslangan daromadlarni soliqqa tortish tizimi ish haqi va boshqa daromad
manbalari bo‘yicha aholi daromadlari darajasi bo‘yicha tafovut mavjudligi sharoitida daro
madlarni
tartibga solish va ularni muvozanatlashtirish nuqtai nazardan progressiv soliqqa tortish tizimiga
nisbatan samarasiz hisoblanadi.
Progressiv soliq stavkalari kesimida daromadlarning quyi intervallari bo‘yicha soliq to‘lovchilar
sonining yuqori sal
mog‘i nazarda tutilib, tekis shkalaga o‘tish sharoitida (amaldagi soliqqa tortish
tizimi) belgilangan 12 foizlik soliq stavkasi past daromadga ega aholi qatlami uchun soliq yukining
ortishi bo‘yicha xulosalar tizimlashtirilgan. Haqiqatda minimal ish haqi k
esimidagi daromadlar intervali
bo‘yicha soliq to‘lovchilar jami soliq to‘lovchilar tarkibida asosiy salm
oqni tashkil qilishini XVJ
ekspertlari ham tasdiqlashgan. Quyidagi 3-
rasmdan ham ko‘rish mumkinki, 2018 yilda 1
-3 minimal ish
haqi intervalidagi daromadlar jami aholi daromadlarining qariyb 18 foizini tashkil qilib, 3-4 minimal ish
haqidagi daromadlar bila
n qo‘shib hisoblanganda, jami daromadlarning qariyb 25 foizini tashkil
qilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Tekis shkalaga asoslangan soliqqa tortish tizimi sharoitida daromadlar intervalidagi soliq
yukining solishtirma tahlillari shuni tasdiqlaydiki, kam daromad oluvchi aholi qatlami va yuqori
daromad oluvchi aholi uchun soliq yukining nisbatan teng taqsimlanishi kuzatiladi. Tahlillar
ko‘rsatmoqdaki, dar
omadning 8-9 minimal ish haqi intervalida progressiv va tekis shkaladagi soliq
yukining nisbatan tenglashuvi kuzatiladi.
Boshqacha aytganda, tekis soliqqa tortish tizimining joriy qilinishi natijasida markaziy stavkaning
12 foiz qilib belgilanishi past darajada daromad oluvchi aholi zimmasidagi soliq yukining ortishiga va
yuqori daromad oluvchi ahli zimmasid
agi soliq yukining pasayishini ta’minlaydi.
Demak, yuqoridagi holatda daromadlarning turli darajalarida soliq yukining nisbatan teng
taqsimlanishi hiso
biga daromadlar o‘rtasida tafovutning kuchayishiga soliq tizimining ta’sirini vujudga
keltiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
100
Buni k
eyingi yillarda aholi daromadlari va ularning turli guruhlari bo‘yicha taqsimlanishiga oid
navbatdagi statistik ma’lumotlarda ko‘rishimiz mumkin.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi aholisi daromadlarining aholining 20 foizli
guruhlari bo‘yicha notekis taq
simlanishi
43
Kvintil guruhlari
2018
2019
2020
2021
2022
I
9,3
9,1
8,5
8,4
8,6
II
13,6
13,6
13,3
13,4
13,1
III
17,2
17,4
17,2
17,5
16,8
IV
22,0
22,6
22,6
23,0
22,0
V
37,8
37,3
38,3
37,6
39,5
Aholi daromadlarining kvintil
guruhlar
bo‘yicha
tabaqalanish koeffisiyenti
4,065
4,099
4,506
4,476
4,604
2-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, 2019 yildan tekis shkalaga asoslangan jismoniy
shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimining joriy qilinishi bilan parallel ravishda aholi
daromadlarining kvi
ntil guruhlar bo‘yicha tabaqalanish koeffisiyen
ti 2020 yilda 4,506, 2021 yilda
4,476,2022 yildaesa 4,604 ni tashkil qilib, 2018-
2022 yillarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil
qilmoqda. Demak, aholi daromadlari o‘rtasida tabaqalanish darajasi yuqori bo‘lmoqda.
Buni aholining
10 foizlik guruhi bo
’
yicha daromadlarini turkumlash orqali aholi daromadlilik ko
’
rsatkichini solishtirma
tahlillaridan ham ko
’
rishimiz mumkin.
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi aholisi daromadlarining aholining
10 foizli guruhlari b
o‘yicha notekis taqsimlanishi
44
Desil guruhlari
2018
2019
2020
2021
2022
I desil
3,9
3,7
3,4
3,3
3,5
II desil
5,4
5,3
5,1
5,1
5,1
III desil
6,4
6,4
6,2
6,2
6,1
IV desil
7,3
7,3
7,1
7,2
7,0
V desil
8,1
8,2
8,1
8,2
7,9
VI desil
9,1
9,2
9,1
9,3
8,9
VII desil
10,3
10,5
10,5
10,6
10,2
VIII desil
11,7
12,1
12,1
12,5
11,9
IX desil
14,1
14,7
14,8
15,2
14,7
X desil
23,7
22,6
23,5
22,5
24,8
Aholi daromadlarining 10% li
guruhlari bo‘yicha
tabaqalanish koeffisiyenti
6,1
6,0
6,9
6,8
7,0
Ushbu 3-jadval ma
’
lumotlaridan ham ko
’
rishimiz mumkin aholi daromadlarining detsil guruhlari
bo
’
yicha tabaqalanish koeffitsienti 2018 yilda 6,1 ni tashkil etgan bo
’
lsa, ushbu ko
’
rsatkich 2022 yilga
kelib 7,0 ni tashkil etmoqda.
Garchi, aholi daromadlari darajasi ularning iste’
mol va
jamg‘arish ishtiyoqlariga ta’sir etib,
daromadlilik darajasining ortib borishi jamg‘arish orqali investision faoliyatga chegaraviy moyillikning
ortishiga ham ta’sir etadi. Demak, tabiiy ravishda soliqlar aholi daromadlarining nominal qiymatiga
ta’si
r etibg
ina qolmasdan, uning real qiymati orqali ifodalangan xarid qobiliyati paritetiga ta’sir etish
orqali uy xo‘jaliklarining iste’mol va jamg‘arish normasiga ham ta’sir etadi.
43
ЎзРДСҚ расмий сайти маълумотлари (www.stat.uz).
44
ЎзРДСҚ маълумотлари асосида муаллиф томонидан шакллантирилган.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
101
Bu, o‘z navbatida, soliq tizimi orqali uy xo‘jaliklarining iste’mol va jamg‘a
rish me
’yorlariga ta’sir
etish orqali mamlakat iqtisodiyotining joriy va itiqbolda rivojlanishini tartibga solish imkoniyatlarini
ham yaratadi.
4-jadval
Tekis shkala va progressiv soliqqa tortish tizimining aholi iste’mol va
jamg‘arish fondlariga ta’siri
ning solishtirma tahlili
45
JSHODS muqobil variantlari
Shkala turlari
Progressiv (2018 yilgi
ma’lumotlar asosidagi
statistika)
Tekis shkala (2021 yilgi
statistika)
Daromad intervali
1
MIH
5 MIH
gacha
10
MIH
gacha
10 MIH
dan
yuqori
1 MIH
5 MIH
gacha
10
MIH
gacha
10 MIH
dan
yuqori
Stavkalar, %
0
7,5
16,5
22,5
12
Jami to‘langan soliqdagi
daromad
intervali ulushi, %da
-
38,7
41,9
18,4
17,6
42,8
23,1
16,3
O‘rtacha marjinal
stavka, %da
9,6
12
Soliq to‘langandan keyingi shaxsiy tasarrufidagi daromadning sarf
lanishi
bo‘yicha aholi xarajatlarining tarkibi, foizda
Iste’mol, (C)
100
100
68,91
64,81
100
100
61,32
43,64
Jamg‘arish (S)
-
-
21,86
19,37
-
-
12,37
14,51
Investisiyalar (I)
-
-
9,23
15,82
-
-
26,31
41,85
Daromad solig‘i tekis shkalasini joriy qilishning aholi iste’mol va jamg‘arish
fondlari nisbatiga ta’siri
Iste’mol, (C)
-
-
-7,59
-21,17
Jamg‘arish (S)
-
-
-9,49
-4,86
Investisiyalar (I)
-
-
+17,08 +26,03
Yuqoridagi 4-
jadvaldan ko‘rish mumkinki, 2018 yilgacha bo‘lgan soliqqa tortish
tizimida
(progressiv) daromad intervali kesimidagi soliq stavkalari asosida jami hisoblangan soliq summasiga
nisbatan hisoblanadigan marjinal soliq stavkasi 9,6 foizni tashkil qilgan. Tekis shkalaga asoslangan
soliqqa tortish tizimida esa 12 foizlik stavkada soliqqa tortish tizimi amal qilib, birinchi (1 MIH) va
ikkinchi (5 MIHgacha) intervaldagi daromadlar, asosan, iste’mol ehtiyojlarini sarflash uchun iste’mol
byudjetini shakllantirishga sarflanib, har ikkala soliqqa tortish tizimida ham o‘zgarmaydi. Uch
inchi va
to‘rtinchi interval bo‘yicha shakllanadigan shaxsiy tasarrufidagi daromadlar iste’mol va jamg‘arish
nisbatlari
da o‘zgarish kuzatilib, jamg‘arishning maqsadli yo‘nalishini o‘zida mujassamlashtiruvchi
investision ishtiyoqning (+17,08; +26,03) ortib
borganligini ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagi holatlar daromad solig‘i bo‘yicha quyidagi
xulosalarni tizimlashtirishi mumkin:
Birinchidan,
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i byudjet daromadlarini
shakllantirishda asosiy fi
skal faktor rolini o‘ynovchi soliq hisoblanib, aholi daromadlariga ham yuqori
darajada ta’sir etuvchi soliq hi
soblanadi.
Ikkinchidan,
ushbu soliq bo‘yicha amalga oshirilgan progressiv soliqqa tortish tizimidan tekis
shkalaga asoslangan soliqqa tortish tizi
miga o‘tilishi umumiy kontekstda soliq yukini pasaytirishga
imkoniyat yaratishi zarur bo‘lsada, daromad intervali bo‘yicha past daromadga ega aholi uchun nisbatan
yuqori soliq yukini ta’minlamoqda. Yuqori daromad intervalidagi daromad oluvchi aholi qatlami
uchun
esa soliq yukining qisqarishi kuzatilmoqda.
Ushbu holatlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli
g‘i makroko‘lamda aholining
iste’mol xarajatlariga soliq tizimining ta’siri kuchayishiga olib kelgan.
45
O‘zRDSQ ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
102
Uchinchidan,
makroiqtisodiy tartibga solish
tizimining asosiy vositalaridan biri bo‘lgan amaldagi
jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimi mamlakatda yaratilgan aholi daromadlarining
jamg‘armalar sifatida to‘planishi va investision faollikni rag‘batlantirish xususiyatiga ega.
To‘rtinch
idan,
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha daromad oluvchi
aholining iste’mol xarajatlarin
i yaxshilash, ular zimmasidagi soliq yukini pasaytirish va pirovard
natijada daromadlarni soliqqa tortishda ijtimoiy adolatlilik tamoyiliga rioya qilish maqsadida soliqqa
tortilmaydigan minimumni joriy qilish maqsadga muvofiq.
Demak, umumiy xulosa sifatida
ta’kidlash joizki, aholi daromadlarini soliqlar vositasida tartibga
solish siyosati ular shaxsiy tasarrufidagi daromadlarning optimal ijtimoiy nafliligi sharoitida
(MU(I)=TU(I)) daromadlarning tabaqalashuvi oldini olish, muvozanatlashtirish vazifasini bajarishi
zarur.
Adabiyotlar/ Литература/Reference:
Acemoglu D. (2007) An Introduction to Modern Economic Growth. Journal of Economic Theory,
Elsevier, vol., 147 (2), pages 45-550; Acemoglu D., Ticchi D. & Vindigni A. Emergence and persistence of
inefficient states. Journal of the European Economic Association, 2011, 9 (2), 177-208.
Alesina A. and Rodrik D. (2020) Distributive politics and economic growth. Quarterly Journal of
Economics, 1994, 109, 2, pp. 465-90; Perotti R. Growth, (2020) Income Distribution, and Democracy: What
the Data Say. Journal of Economic Growth, 1996, 1 (2), 149 -187. Retrieved April 15, 2020, from:
www.jstor.org/stable/40215914.
Galor O. and Tsiddon D. (2008) Technological Progress, Mobility, and Economic Growth. The
American Economic Review, 1997, 87 (3), 363-382. Retrieved May 16, 2020, from
www.jstor.org/stable/2951350; Foellmi R. and Oechslin M. Why progressive redistribution can hurt the
poor. Journal of Public Economics, 2008, 92 (3-4), 738-747.
Isaev, F. (2021).
Мол
-
мулкни
солиққа
тортишни
такомиллаштириш
. Iqtisodiyot va
Innovatsion
Texnologiyalar,
(6),
326
–
333.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/12224
Jumaev Nadir Hosiyatovich, Rizaev Nurbek Kadirovich, & Isaev Fakhriddin Ikromovich. (2023).
ORGANIZATION OF TURKIC STATES: INTEROPERATION AND ACCOUNTING SYSTEM. British Journal of
Global
Ecology
and
Sustainable
Development,
13,
116
–
129.
Retrieved
from
https://journalzone.org/index.php/bjgesd/article/view/245
Piketty T. and Goldhammer A. (2015). The Economics of Inequality. Cambridge, Massachusetts;
London, England: Harvard University Press. Retrieved May 16, 2020, from www.jstor.org/stable/j.ctvjnrtk.
Saez E. Striking it Richer (2018). The Evolution of Top Incomes in the United States (Updated with
2018 estimates). Retrieved: March 25th, 2020. From: eml.berkeley.edu/~saez/saez-UStopincomes-.pdf.
Агзамов
А
.
Т
.
(2019)
Жисмоний
шахсларни
солиққа
тортиш
амалиётини
такомиллаштириш
. /
Иқтисодиёт
фанлари
бўйича
фалсафа
доктори
(PhD)
илмий
даражасини
олиш
учун
ёзилган
диссертация
.
–
Т
.,
й
.
Маршалл А. (1993) Принципы экономической науки. В 3 т. –
М.: Инфра
-
М,. –
217 с.
Ўринов В. (2018) Солиқ юки: даромадлар тенг, аммо // “XXI asr” ижтимоий
-
сиёсий газетаси.
йил 24 май, 21 (759).
