Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
123
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA STATISTIK MASALALARNI YECHISHNI
TASHKIL QILISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Radjiev Ayubxon Baxtiyorxonovich
Kadrlar malakasini oshirish va
statistik tadqiqotlar instituti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada statistik faoliyatni tashkil qilishdagi muammolar, unga zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilish yo‘llari, tuman statistika bo‘limi faoliyatini axborot
-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
statistika, statistik faoliyat, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, axborot, statistik axborot,
axborot tizimlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ ОРГАНИЗАЦИИ РЕШЕНИЯ СТАТИСТИЧЕСКИХ
ЗАДАЧ НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
Раджиев Аюбхон Бахтиёрхонович
Институт подготовки кадров
и статистических исследований
Аннотация.
В данной статье раскрываются проблемы организации статистической
деятельности, пути внедрения современных технологий в данную сферу, предложения по
совершенствованию деятельности районного отдела статистики на основе информационно
-
коммуникационных технологий
.
Ключевые слова:
статистика, статистическая деятельность, макроэкономичес
-
кие
показатели, информация, статистическая информация, информационная система,
информационно
-
коммуникационные технологии.
IMPROVING THE PROCESSES OF ORGANIZING STATISTICAL PROBLEM SOLVING
BASED ON MODERN TECHNOLOGIES
Radjiev Ayubkhon Bakhtiyorkhonovich
Institute of Personnel Training
and Statistical Research
Abstract.
The article reveals the problems of organizing statistical activities, ways to introduce
modern technologies in this area, suggestions for improving the activities of the district statistics division
based on information and communication technologies.
Key words:
statistics, statistical activities, macroeconomic indicators, information, statistical
information, information system, information and communication technologies.
Kirish.
Milliy statistika xizmatining tuman darajasida shakllanadigan statistik axborotlari tuman
iqtisodiyotining holati va rivojlanishining umumiy holatini komlpeks ravishda ifodalab, uning hududida
joylashgan korxonalarning iqtisodiy jihatlarini ham o‘zida aks
etadi. Respublikamizda olib borilayotgan
iqtisodiy islohot va o‘zgarishlar tuman darajasidagi statistik axborotlarni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Oxirgi vaqtlarda tuman darajasidagi korxona va tashkilotlar birlamchi statistik hisobotlarni tuman
statistika b
o‘limlariga elektron ko‘rinishda topshirishni yo‘lga qo‘yishib, oldingi vaqtlardagi viloyat
boshqarmasiga topshirishdan voz kechishdi.
VII SON - NOYABR, 2023
UO‘K: 311.312
123-130
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
124
Bu o‘z o‘rnida kichik biznes subyektlari va yirik korxonalarning turli
davlat statistika hisobotlarini
o‘z vaqtida va sifatli topshirishlari uchun juda qulay shart
-sharoitlar yaratib, ular bilan tuman statistika
xodimlari to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri muloqotlar qilishlari uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari davlat va
nodavlat mulk shaklidagi turli yangi tuzilgan korxonalar uchun bunday hisobot topshirish texnologiyasi
juda keng imkoniyatlarni yaratmoqda.
Tuman darajasida statistik hisobotlar quyidagi faoliyat sohalari bo‘yicha, ya’ni ta’lim, tibbiyot,
sport, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar kabilarni qamrab olmoqda. Natijada, tuman darajasida yangi
statistik ko‘rsatkichlarga talab paydo bo‘lib, yangi
statistik hisobotlarni joriy qilish talab qilinib, ular
joylarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq aks etishi va foydalanuvchilarni sifatli statistik axborotlar bilan
ta’minlashga qaratilgandir
(
Божко
, 1999;
Елисеевой
, 2014).
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, statistika tizimining tuman bo‘g‘ini yuqorida keltirilgan
masalalarni muvoffaqiyatli yechishlarida ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bulardan, ayrim
tuman darajasida shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar oy
va choraklik davrlarda statistik hisobotlar
asosida shakllanmayapti, chunki ularni topshirish davriyligi yillik qilib belgilandi. Buning o‘rniga tuman
statistika bo‘limlari tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan statistik kuzatuvlarning sifat darajasi hozirgi
k
unning talabiga to‘liq javob bermayapti. Ayrim statistik hisobotlardagi ko‘rsatkichlar boshqalarda
topshirilayotgan ko‘rsatkichlar bilan bir
-birini qaytarish hollarini ham kuzatish mumkin. Bu
muammolarni hal qilishda, bizning fikrimizcha zamonaviy AKT, pla
nshetlar, sun’iy sputnik rasmlari va
boshqalar funksional imkoniyatlaridan keng foydalanish kerak bo‘ladi
(
Бегалов, Жуковская
, 2016;
Божко, Гаспариан
и др.
, 1999;
Божко
,
Хорошилова 2002
).
Adabiyotlar sharhi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot tizimlaridan milliy iqtisodiyotning turli
tarmoq va sohalarida samarali foydalanish muammolariga mamlakatimiz va chet el olimlarining
ko‘pgina ilmiy ishlari bag‘ishlangan.
Boshqaruv jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechish va biznes-jarayonlarni
takomillashtirishda AKT va axborot tizimlaridan samarali foydalanish masalalarining nazariyasi va
uslubiyotini yanada takomillashtirishda ko`pl
ab chet el olimlari o‘z ilmiy tadqiqotlari bilan ulkan hissa
qo‘shishgan.
Akademik G‘ulomov
(2010)
o‘z ilmiy ishlarida axborotlar oqimlarini optimal tashkil qilish,
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotda samarali qo‘llash va raqamli
iqtisodiyotning shakllanib borish jarayonlari keng yoritib bergan.
Professor Alimov (2001) olib borgan tadqiqotlarida milliy iqtisodi-yotining turli tarmoq va
sohalariga axborot tizimlarini joriy qilish, ularning tizimostilarini optimal loyihalashtirish, texnik va
dasturiy-texnologik vositalardan samarali foydalanishning iqtisodiy-matematik modellarini taklif
qilgan.
Begalov
(2013)
ilmiy ishlarida statistik reglament masalalarini yechish-ning algoritmlari va
modellarini, axborotlashgan jamiyatning shakllanishi tendensiyalarini, boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda AKTdan keng foydalanish mexanizmlarini va ta’lim jarayonlariga innovat
sion axborot
texnologiyalarini keng joriy qilish muammolarini o‘rgangan.
Quchkarov (2019)
o‘z ilmiy ishlarida axborot
-kommunikatsiya texnologiyalarini moliya tizimi
muammolarini hal qilishda qo‘llash, g‘aznachilik masalalarini ilg‘or axborot tizimlari asosida
yechishning yangi yondshuvlarini va idoralararo axborot almashuvni keng yo‘lga qo‘yish
da axborot
tizimlarining integratsiyasini yo‘lga qo‘yish kerakligini taklif qilgan
.
Laudon, Laudonlar (2015)
o‘z tadqiqot ishlaridan axborot tizimlarini ishlab chiqish va iqtisodiyot
tarmoqlarida samarali qo‘llashning metodologiyasini taklif qilishgan. Ularning ilmiy ishlarida axborot
tizimla-rining infratuzilmasi, tarmoq texnologiyalari, axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab
chiqish, axborot texnologiyalarining infratuzilmasi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida davlat statistika hisobotlarini axborot tizimi orqali qabul qilish va qayta
ishlashning samaradorlik
ko‘rsatkichlarining
amaldagi holati mushohada, induksiya va deduksiya,
dinamik qatorlar, iqtisodiy-statistik tahlil va sintez, statistik guruhlash, tizimli tahlil, taqqoslash va
boshqa usullardan foydalanilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
125
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Shahar va tumanlar rivojlanishining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini yechish uchun
yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda ularning turli jabhalarini qamrab olgan aniq,
obyektiv va dolzarb statistik axborotlarga ega bo‘lishlik talab q
ilinadi. Lekin, shahar va tumanlar
hududida joylashgan turli korxona va tashkilotlarning foaliyatlarini hududiy jihatdan chuqur tahlil
qilish kerakli bo‘lgan statistik ma’lumotlar bilan keraklicha ta’minlanmaganligi munosabati bilan
mumkin bo‘lmay qolmoqda. Bular asosan tumanlarning infratuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga
taalluqli bo‘lib, ularga savdo, xizmatlar, ishlab chiqarish kabilar kiradi.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, AKTni statistika faoliyatiga keng joriy qilinguncha 1
-rasmda
keltirilgan birlamchi statistik hisobotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish va foydalanuvchilarga
taqdim qilish texnologiyasi mavjud edi. Undan ko‘rinib turibdiki, birlamchi statistik ma’lumotlarni
subyektlardan yig‘ishning uchta bo‘g‘ini mavjud bo‘lib, unda korxona va tashkilotlar statistik
hisobotlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tuman statistika bo‘limiga qog‘oz shaklda taqdim qilib kelishgan. Tuman
statistika
bo‘limlari esa birlamchi hisobotlarni umumlashtirib, keyingi bo‘g‘in, ya’ni viloyat statistika
boshqarmasiga, ular esa o‘z o‘rnida DSQning Hisoblash markaziga avtomatlashtirilgan usulda qayta
ishlash uchun jo‘natilgan. Ushbu mavjud texnologiyada davlat st
atistika hisobotlari subyektlardan faqat
qog‘oz shaklda qabul qilib kelingan. Shuni ta’kidlash joizki, birlamchi statistik ma’lumotlarni har bir
bo‘g‘inda hisoblash mashinalari xotirasiga kiritishda ma’lum bir miqdorda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi
tabiiy h
oldir. Bu esa o‘z o‘rnida yig‘ma va yakuniy hisobotlarning sifati, obyektivligi va shaffofligiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
. . .
. . . .
. . .
. . .
1-
rasm. AKTni keng qo‘llashgacha DSQ tizimidagi statistik hisobotlarni
yig‘ishning mavjud texnologiyasi
O‘zR DSQ Hisoblash
markazi
Viloyat statistika
boshqarmasi -
1
Viloyat statistika
boshqarmasi -
n
Yig‘ma
hisobotlar
Yig‘ma
hisobotlar
Yig‘ma
hisobotlar
Yig‘ma
hisobotlar
Tuman statistika
bo‘limi
- 1
Tuman statistika
bo‘limi
- n
Birlamchi
hisobotlar
Birlamchi
hisobotlar
Korxona va tashkilotlar
Yig‘ma
hisobotlar
Boshqaruv
organlari
Yig‘ma
hisobotlar
Boshqaruv
organlari
Yig‘ma
hisobotlar
Boshqaruv
organlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
126
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, statistik axborotlarning sifat jihatlarini asosan quyidagilar
ifodalaydi (Abdullayev, 2002;
Божко
,
Хорошилова 2002; Божко, 1999
):
yaxlitlilik, statistik kuzatuvlarni ilmiy asoslangan xalqaro uslubiyot va prinsiplar asosida tashkil
qilish;
keraklilik, foydalanuvchilarga axborotlarning zarurlilik darajasi;
ishonchlilik, statistik kuzatuvlar natijalarining ijtimoiy-
iqtisodiy xodisalarni to‘g‘ri aks etish
darajasi;
o‘z vaqtidalilik, ruxsat berilgan vaqt intervali bo‘lib, unda statistik axborot o‘zining dolzarbligi va
kerakliligini yo‘qotmaydi;
hammaboplik, statistik nashrlar va mikroma’lumotlarga kirish imkonini beruvchi usul va
yo‘sinlar;
izohlash imkoniyati, foydalanuvchilarning statistik ma’lumotlarni ob
yektiv reallik bilan
solishtirish imkoniyati.
Boshqaruv organlarining sifatli statistik axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun
statistik hisobotlar shakllarida mavjud bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimi yordamida tumanning holati va
rivojlanishini tavsiflab berish mumkindir. Bu borada boshqaruv subyektlari, hudud darajasida va davlat
miqiyosida shakllanadigan statistik ko‘rsatkichlarni ajratib olish kerak bo‘lib, ayrimlari esa faqat yuqori
darajadagi rahbariyat uchun shakllanishini ham e’tiborga olish kerakdir.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy
va iqtisodiy islohotlar borayotganda tuman darajasida statistika bo‘limlarining roli foydalanuvchilarni
sifatli va dolzarb statistik axborotlar bilan ta’minlab
berishda ortib bormoqda. Lekin, statistik
ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda statistika bo‘limlarining ana’naviy o‘rni bo‘yicha ma’lum bir
qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. Statistik axborot tizimlari faoliyatida tuman statistika bo‘limlarining
rolini
pasayishi, ularni faqat birlamchi statistik axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashga yo‘naltirish
mavjud tizimning yagona holda samarali ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Foydalanuvchilar, avvalom
bor tuman boshqaruv organlari obyektiv boshqaruv qarorla
rini qabul qilish uchun kerak bo‘lgan tezkor
va aniq statistik materiallardan bahramand bo‘lmaydi. Hozirgi kunda tuman darajasida faoliyat
ko‘rsatayotgan statistika bo‘limlari esa korxona va tashkilotlardan kelib tushayotgan barcha statistik
ma’lumotlarni to‘liq qayta ishlashini o‘z zimmasiga ololmaydi. Bundan tashqari, bu borada juda ham
ishlarni markazlashtirish esa chiqish statistik materiallarni tayyorlash muddatlarini qisqartirish va
sifatini yuksaltirishga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri olib kelmaydi.
Shunday qilib, hozirgi kunda joylardagi organ rahbarlari va boshqa foydalanuvchilarni samarali
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, avvalom bor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda
kerak bo‘lgan statistik axborotlar bilan ta’minlashda SATlarn
ing roli ortib bormoqda. Lekin, statistik
hisobotlarni taqdim qilish tartibi, hajmi va tarkibidagi o‘zgarishlari munosabati bilan tuman
darajasidagi statistika faoliyatni isloh qilishda ilmli va shoshmasdan yondashuvni talab qiladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot
-hisoblash ishlarini samarali bajarish uchun davlat
statistika organlari rivojlangan hisoblash tarmoqlari, axborot tizimlari, AKT, aloqa vositalari va boshqa
texnikalar bilan ta’minlangandir. Ular tomonidan birlamchi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash,
taqdim qilish va saqlash borasida zamonaviy AKT va axborot tizimlarini samarali qo‘llash yo‘lida katta
tajriba orttirilgandir. Statistik organlari tomonidan statistik axborotlarni ko‘pgina korxona va
tashkilot
lar hamda foydalanuvchilarga shartnoma asosida taqdim qilish xizmatlari ham keng yo‘lga
qo‘yilgandir. Shunday qilib, SATlar davlat axborot tizimlarining asosiylaridan hisoblanadi, chunki ular
milliy iqtisodiyotni boshqarish uchun kerak bo‘lgan statistik ax
borotlarni avtomat-lashtirilgan usulda
yig‘ish va qayta ishlashni to‘liq amalga oshiradi.
AKTning tez rivojlanib borishi va ularning funksional imkoniyatlarining yanada kengayishi davlat
statistika hisobotlarini topshirish jarayonlarini to‘liq qog‘ozsiz texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yish
imkonini berdi (2-rasm). Hozirgi kunda korxona va tashkilotlar oylik, choraklik va yillik davlat statistika
hisobotlarini elektron shaklda Internet orqali to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri topshirish imkoniyati yaratilib, hisobot
elektron shakllari DSQning Markaziy serveriga kelib tushadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
127
. . .
. . .
. . .
2-
rasm. AKTni keng qo‘llash asosida DSQ tizimidagi statistik hisobotlarni
yig‘ishning mavjud texnologiyasi
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu texnologiyaning keng joriy qilinishi natijasida hisobot
topshiruvchilarga juda katta imkoniyatlar yaratib berildi. Bundan tashqari, endi respublika bo‘yicha
yagona ma’lumotlar bazasi shakllanib, undan nafaqat viloyat st
atistika boshqarmasi, balki tuman
statistika bo‘limlari ham keng foydalana boshlashdi. Birlamchi statistik ma’lumotlarni subyektlarga
o‘zlari shaxsiy kompyuterlar orqali markaziy ma’lumotlar bazasiga kiritish imkoni yaratib berilib, ular
unda elektron raqamli imzolardan foydalanishlari shartdir.
Statistik axborot tizimlarida statistik ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil qilishda quyidagi
omillar muhim hisoblanadi:
iqtisodiy masalalarning muhim sinfi sifatida statistik masalalarni yechishning o‘ziga xos
xususiyatligi;
axborotlarni qayta ishlashning texnik va dasturiy-texnologik vositalarining rivojlanish
darajasining yuqoriligi;
davlat statistika organlarining tarkibiy-
tashkiliy va uning hisoblash tarmog‘ining tuzilishi.
Statistik axborot tizimlarining rivojlanib borish boshqichidan qat’iy nazar statistik masalalarning
asosiy guruhlarga tasniflashni aniqlash va ularni avtomatlashtirilgan usulda yechishni aniqlab olish
kerak bo‘ladi. Foydalanuvchilar nuqta
yi-
nazaridan statistik masalalar ko‘zlangan maqsaddan kelib
chiqqan holda reglamentli va so‘rovlar asosidagilarga ajratilib, ular o‘z o‘rnida esa iqtisodiy tahlil va
axborot xizmat ko‘rsatish masalalariga bo‘linadi.
Reglamentli masalalar ostida davlat statistika organlari tizimining tegishli darajasida statistik
hisobotlaridagi ma’lumotlarni qayta ishlash tushunilib, ularni yechish uchun esa axborotlarni qayta
ishlashning elektron komplekslari qo‘llaniladi. Ular lokal
axborot massivlaridan foydalangan holda
alohida reglament masalalarini yechishni ta’minlab beradi.
Axborot xizmat ko‘rsatish esa foydalanuvchilar so‘rovlari asosida ularga ma’ruzalarni tuzish,
tahliliy ma’lumotnoma va press
-
relislarni tezkor tayyorlash uchun kerak bo‘lgan statistik ma’lumotlarni
shakllantirish tushiniladi. Ushbu masalalarni yechish avtomatlashtirilgan registr va avtomatlashtirilgan
ma’lumotlar banki yordamida amalga oshirilib, foydalanuvchilar so‘rovlari bo‘yicha turli shakl bo‘yicha
axborotlarni taqdim qilish ta’minlanadi.
Iqtisodiy tahlil masalalarini yechish dinamik qatorlar va matematik statistika metodlariga
asoslangandir. Ushbu metodlar asosida masalalarni yechishda tahliliy komplekslardan foydalanib, ular
amaliy dasturlar paketi ko‘rinishida bo‘ladi.
O‘zR DSQ Markaziy
Serveri
Viloyat statistika
boshqarmasi -
1
Viloyat statistika
boshqarmasi -
n
Tuman statistika
bo‘limi
-
1
Tuman statistika
bo‘limi
-
n
Korxona va tashkilotlar
Yig‘ma
hisobotlar
Boshqaruv
organlari
Yig‘ma
hisobotlar
Boshqaruv
organlari
Yig‘ma
hisobotlar
Boshqaruv
organlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
128
Shuni ta’kidlash joizki, statistik hisob tizimi uzoq vaqt mobaynida markazlashgan
rejalashtirishning metodologik asoslariga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, u yoppasiga o‘tkaziladigan
statistik kuzatuvlar asosida tashkil qilinar edi. Ko‘rsatkichlar tark
ibi vazirlik va idoralarning boshqaruv
talabini hisobga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, ular belgilangan reja topshiriq va texnik
-iqtisodiy
me’yorlarning bajarilishini nazorat qilish uchun yo‘naltirilgan edi. Hisob tizimi birinchi o‘rinda ichki
xo‘ja
lik material va mehnat resurslarining aylanishini aks etishi, ulardan foydalanish va qayta
taqsimlashni aks etishi kerak. Bu borada korxonalarda ishlab chiqarish statistikasi boshqa statistik
kuzatuvlar sektorlari oldida ustunlik qilar edi. Ijtimoiy soha, xizmatlar statistikasi, aholi turmush
darajasi va jamiyat rivojlanishining boshqa muhim jihatlarini yuritish statistikasiga ziyon keltirib ishlab
chiqarish haqidagi statistik ma’lumotlar hisobi ustunlik qilgan.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘p yillar mobaynida statistika metodologiyasi jahon
amaliyotidan uzilib qolgan bo‘lib, obyektiv xalqaro solishtirishlarni olib borishni murakkablashtirgan
edi. Sobiq tuzim statistikasida xalqaro tushunchalardan mazmun jihatdan farq qiluvchi iboralar
qo‘llanilib, ulardan narx statistikasi, ishchi kuchi narxi, narxlar indeksi kabilarni keltirish mumkin.
Statistika fan va davlat boshqaruvining elementi sifatida dastlabki mazmunini yo‘qotib, administrativ
tizimning hisob va nazorat qilish funksiyasiga aylanib qolgan edi. Oldingi davr statistikasiga maxfiylik,
materiallarni ochiq chop etish uchun seleksiya qilish va targ‘ibot ishlarida bir tomonlama foydalanish
xos edi.
Statistik ma’lumotlarni yig‘ishning yoppasiga amalga oshirish usuli o‘sha vaqtlarda hukmronlik
qilgan edi. U vaqtlarda tanlanma statistik kuzatuvlar deyarli amaliyotda qo‘llanilib kelinmagan.
Shuni ta’kidlash joizki, statistik axborotlarni ishlab chiqish jarayoni judayam mehnattalab bo‘lib,
yoppasiga yig‘ilgan statistik hisobotlar asosidagi katta hajmdagi ma’lumotlar massivini tezkorlik bilan
qayta ishlash talab qilinar edi. Lokal axborotlar massivini shakllantirish, aloqa kanallari asosida
axborotlarni uzatish vositalarining rivojlanmaganligi va iqtisodiy axborot tizimlarini yaratishning
metodologik ta’minoti darajasining pastligi sharoitida EHMlarda markazlashgan holda qayta ishlash
ustunlik q
ilar edi. Statistik kuzatuvlarning asosiy usullaridan bo‘lmish hisobot berish ro‘yxatga
olinadigan va hujjatlashtiriladigan ma’lumotlar asosida yuritlib, ular avvalombor nazorat qilish uchun
mo‘ljallangan edi.
Statistik ma’lumotlarni qayta ishlashning axborot tizimlari boshqaruvning administrativ, ierarxik
darajalari bo‘yicha yig‘ma natijalarni olish uchun ishlab chiqilgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan
oldingi tashkil qilinib kelingan yondashuvlar o‘z dolzarbligini yo‘qotishdi. Milliy iqtisodiyotda
bo‘layotgan turli o‘zgarishlar statistika sohasida quyidagilarga olib keldi:
statistik kuzatuvlarga tushuvchi oby
ektlar sonining tezkorlik bilan o‘sib ketishi;
tadqiq qilinayotgan muhit dinamikligining bir necha barobar ortib borishi;
korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklining turli-tumanligi;
har bir iqtisodiy subyekt iqtisodiy faoliyati sohalarining kengayib borishi;
milliy iqtisodiyot tarkibining transformatsiyalashuvi natijasida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik iqtisodiy suby
ektlari sonining tez o‘sib ketishi.
1- jadval
Statistik natijaviy ko‘rsatkichlardan foydalanuvchilar k
ategoriyalari
Foydalanuvchilar
kategoriyalari
Maqsadlari
Hukumat
Aniq ijtimoiy-
iqtisodiy harakatlar, dasturlar, yo‘l
xaritalarini
rejalashtirish, ularning bajarilishiga baho berish va borish
jarayonlarini monitoring qilish
Korxona va firmalar
Tijorat faoliyati uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Tashkilotlar
Muzokaralari o‘tkazish, dasturlar qabul qilish
Tadqiqot olib boruvchilar
Turli tendensiyalarni o‘rganish, ijobiy va salbiy jihatlarini
ko‘rsatib berish va istiqboldagi rivojlanish ssenariylarni taklif
etish.
Jamoatchilik, siyosiy
partiyalar, ommaviy axborot
vositalari
Demokratik jarayonlarda ishtirok etish, elektorat bilan
uchrashuvlarni yuqori darajada tashkil qilish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
129
Iqtisodiy sohada bo‘layotgan o‘zgarishlarning tavsiflari hozirgi bosqichda mamlakat statistika
axborot tizimini
takomillashtirish va yanada rivojlantirish yo‘llarini aniqlab berib, uning asosiylaridan
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
tarmoq va sohalar kesimida statistikani yuritishdan korxona va tashkilotlar darajsida tashkil
qilish prinsiplariga o‘tish;
statistik majmuilarni o‘rganishda tanlanma kuzatuvlar usullaridan keng foydalanish;
statistika tizimining bashoratlarni va keng ko‘lamli hamda chuqur tahlil qilish funksiyalarini
yanada rivojlantirish;
integratsiyalashgan statistik ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
ma’lumotlarni uzatishning zamonaviy vositalari va AKTni keng qo‘llash.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, AKTlari va SATni keng qo‘llagan holda shakllangan statistik
natijaviy ko‘rsatkichlarning foydalanuvchilari quyidagi kategoriyalarga ajraladi (1
- jadval).
Xulosa va takliflar.
Statistik axborotlar odatda direktiv maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarning axborot ta’minotining
bir qismi bo‘lib xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, statistik axborotlarni semantik jihatlarini
umumlashtirganda uchta ibora paydo bo‘ladi, ya’ni mikroma’lumotlar, makroma’lumotlar va
metama’lumotlar.
Mikroma’lumotlar, bu ma’lum bir obyektning tavsifiy jihatlarini kuzatish natijasida olinadi.
Makroma’lumotlar, bu statistik tavsiflar to‘plamiga umumlashgan holda baho berish natijasida
shakllanadi.
Metama’lumotlar, bu statistik ko‘rsatkichlarning shakllanish usuli, tartib va unga mas’ul bo‘lgan
shaxslar haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi.
Amaliyotdan kelib chiqqan holda, statistik ishlar dasturiga yo‘nalishlar tarkibi, ularga kiruvchi
masalalar soniga kerakli o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Lekin, bozor iqtisodiyotining yanada rivojlanib
borishi va erkin raqobatning kuchayishi sharoitida tadbirkorlar tomonidan tashqi va ichki bozordagi
tovarlar haqidagi statistik axborotlarga borgan sari ortib bormoqda. Oxirgi yillarda jamiyatning
rivojlanib borish tendensiyalari, yashash sharoiti va darajasi, aholining daromadlari va xarajatlari,
ommaviy a
xborot vositalari, mahalla fuqaro yig‘inlari darajasidagi axborotlarga bo‘lgan talab keskin
ortmoqda.
Oldinlari statistik axborotlarni mashina usulida qayta ishlash ikki yo‘nalishda, ya’ni birinchisi
birlamchi ma’lumotlarni yig‘ib uning asosida yig‘ma statistik hisobotlarni amalga oshirgan bo‘lsa,
ikkinchidan esa statistik axborotlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri m
ashinada qayta ishlashni amalga oshirib
kelingan. Hozirgi kunga kelib, oylik, choraklik va yillik davlat statistika hisobotlarini subyektlar Internet
orqali to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri topshirayotganligi keng yo‘lga qo‘yilganligi uchun bunday yo‘nalishlar bo‘yicha
ishni tashkil qilishga hojat umuman qolmadi.
Umuman olganda hududiy statistika organlarining tarkibiy tuzilishi, yechadigan masalalari va
funksiyalari DSQning markaziy apparati bilan o‘xshashdir. Oxirgi vaqtlarda markaziy apparat va
hududiy statistika boshqarmalari nafaqat statistik ma’lumotlarni tay
yorlash va chop etish bilan
shug‘ullanishmoqda, balki ular boshqaruv organlarini kerak bo‘lgan axborotlar bilan ta’minlash
borasida tahliliy ishlarni ham keng amalga oshirib kelishmoqda. Tarmoq bo‘limlari statistik
axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda q
ayta ishlash bilan shug‘ullanish bilan birga yuqoridagi
keltirilgan funksiyalarni ham bajarib, qayta ishlanayotgan axborotlar hajmidan kelib chiqqan holda
vaqtinchalik xodimlar sonini boshqa bo‘limlar hisobiga ko‘paytirishi mumkindir.
Shunday qilib, davlat statistikasi respublika darajasida statistika axborot tizimini tashkil
qilishning asosi bo‘lib xizmat qilib, mamlakat milliy iqtisodiyotini boshqarish va boshqa axborotlardan
foydalanuvchilarga kerak bo‘lgan hisob
-statistik axborotlar
ni yig‘ish, qayta ishlash va taqdim qilish
uchun xizmat qiluvchi ko‘p darajali tizimni o‘zida namoyish qiladi. Statistik axborot tizimlarini ishlab
chiqish va amaliyotga keng joriy qilishdan asosiy maqsad ham turli foydalanuvchilarni tuman, viloyat
va res
publika darajasida statistik axborotlarga bo‘lgan talabini minimal mehnattalablik va xarajatlar
sarf qilib sifatli va to‘liq ta’minlash hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
130
Adabiyotlar / Литература / Literature:
Abdullayev Yo. (2002) Statistka nazariyasi.
–
T.
: “O‘qituvchi”,
–
592 b.
Alimov Р.Х., Xodiyev B.Yu. (2001) Axborot
-kommunikatsiyalar bozori: shakllanish, tendensiyalar,
ekonometrik modellashtirish va rivojlanish. Monografiya. Toshkent. FAN..
Gulomov S.S., Begalov B.A. (2010)
Informatika va axborot texnologiyalari Darslik, “Fan” nashriyoti,
-685 b.
Kuchkarov T.S. (2019) Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasi g‘aznachiligi axborot
tizimini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi.
T.: -258 b.
Laudon, K.C. and Laudon, J.P. (2015) Management Information Systems: Managing the Digital Firm.
Prentice Hall Press, Upper Saddle River.
Бегалов Б.А., Жуковская И.Е. (2013) Информационно
-
коммуникационные технологии в
эффективной организации статистической деятельности в условиях формирования
инновационной экономики. /Монография –Т.: Фан, –
158 с.
Бегалов Б.А., Жуковская И.Е. (2016) Методологические аспекты влияния информационного
общества на инновационное развитие экономики. Монография. Ташкент: Фан ва технологиялар.
-
134 с.
Божко В.П. (1999) Статистические информационные системы: Учебное пособие. // Под ред.
В.П. Божко. –М.: МЭСИ.
Божко В.П. и Хорошилова A.B. (2002) Информационные технологии в статистике: Учебник
для вузов. //Под ред. В.П. Божко и A.B. Хорошилова.
-
М.: АО «Финстатин
-
форм»,.
Божко В.П., Гаспариан М.С., Забелин В.Н., Иванова Е.И., Пряхина Е.В., Шмелев В.В. (
1999)
Информационные технологии в статистике: Учебно
-
практическое пособие / Московский
государственный университет экономики, статистики и информатики.
-
М.: МЭСИ,.
-
111 с.
Елисеевой И.И. (2014) Статистика: учебник для бакалавров / под ред. И. И. Елисеевой. —
3-
е
изд., перераб. и доп. –М.: Издательство Юрайт,
-
558 с. –Серия : Бакалавр. Углубленный курс.
