ISLOM MOLIYASI – MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Annotasiya

Ushbu maqolada Islom moliyasi muammo va yechimlari haqida so‘z yuritilib, iqtisodiyot fani mutaxassislarning qarashlari va xorij tajribalari o‘rganilgan. Unda islom moliyasi tizimidagi muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari haqida ilmiy-uslubiy, amaliy taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xudoynazarov, F. (2023). ISLOM MOLIYASI – MUAMMOLAR VA YECHIMLAR. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(8), 109–114. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44939
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Islom moliyasi muammo va yechimlari haqida so‘z yuritilib, iqtisodiyot fani mutaxassislarning qarashlari va xorij tajribalari o‘rganilgan. Unda islom moliyasi tizimidagi muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari haqida ilmiy-uslubiy, amaliy taklif va tavsiyalar keltirilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

109



ISLOM MOLIYASI

MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Xudoynazarov Faxritdin Xaitovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Islom moliyasi muammo va yechimlari haqida so‘z yuritilib,

iqtisodiyot fani mutaxassislarning qarashlari va xorij tajribalari o‘rganilgan.

Unda islom moliyasi

tizimidagi muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari haqida ilmiy-uslubiy, amaliy taklif va

tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

islom moliyasi, musovama, tavarruq, istijror, istisna, ijora, qarzi hasana, bay-

al-dayn, sukuk, murohaba, mushoraka, muzoraba, havola, mulk, mikroiqtisodiyot.

ИСЛАМСКИЕ ФИНАНСЫ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ

Худайназаров Фахритдин Хайтович

Термезский университет экономики и сервиса

Аннотация.

В данной статье рассматриваются проблемы исламских финансов и

пути их решения. Кроме того, рассматриваются мнения экспертов

-

экономистов и

зарубежный опыт, представлены научно

-

методические, практические предложения и

рекомендации о проблемных ситуациях в системе исламских финансов и пути их решения.

Ключевые слова:

исламские финансы, мусавама, таваррук, истиджрар, истиснаа,

иджара, кредит хасана, бай

-

ал

-

дайн, сукук, мурахаба, мушарака, мудараба,

добственность, микроэкономика.

ISLAMIC FINANCE: PROBLEMS AND SOLUTIONS

Khudaynazarov Fakhritdin Khaitovich

Termez University of Economics and Service

Abstract.

This article discusses the problems of Islamic finance and ways to solve them. In

addition, the opinions of expert economists and foreign experience are considered, scientific,

methodological, practical proposals and recommendations on problematic situations in the

Islamic finance system and the ways to solve them have been worked out.

Keywords:

islamic finance, musawamah, tawarruq, istijrar, istisna, ijara, hasanah qard, bai

al-dayn, sukuk, murabaha, musharaka, mudaraba, remittances, property, microeconomics.

Kirish.

O‘zbekistonda ij

timoiy-

iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda,

boshqa barcha tarmoqlar kabi moliya sektori ham hozirgi o‘sish davrida yangi resurslarni

o‘zlashtirish va boyitishga alohida ahamiyat bermoqda. Jahonda, ayniqsa, rivojla

ngan Yevropa

davlatlari va AQSHda tobora ommalashib borayotgan islom moliyasini mamlakatimiz milliy

moliya bozoriga joriy etishga e’tibor qaratilmoqda.

VIII SON - DEKABR, 2023

UO‘K:

336.018

109 - 114


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

110

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar

investitsiya agentligi direktori Bandar

bin Saud Ol Soniy bilan su

hbat chog‘ida bank

-moliya xizmatlarini, jumladan, islom moliyasini

rivojlantirish muhimligini bildirib o‘tdi

29

. Bu esa sohaning O‘zbekiston moliya bozori uchun

muhimligini yana bir bor ta’k

idlaydi.

Islom dini faqat keyingi hayotga ahamiyat berib qolmay, balki dunyoviy ishlar haqida ham

o‘zining qarashlariga egadir. Biroq, islom iqtisodiyoti avloddan

-avlodga keng tushuntirilib

o‘tilmagan. Bundan ham ajablanarlisi shundaki, Gʻarb ziyolilari to

monidan ishlab chiqilgan

iqtisodiyotning asosiy mazmuni aslida islomiy iqtisodiy mutafakkirlarning asarlarida aytib

o‘tilgan. Ilmiy tadqiqotlar olib borgan islom olimlari Gʻarb ziyolilari va islom mutafakkirlarning

fikrlarida juda ko‘p o‘xshashliklar borl

igi aniqlangan, ammo ikkinchisi ancha avvalgi davrlarda

boshlangan

. Quyida ba’zi o‘xshashliklarni keltirib o‘tamiz:

1. Paretoning optimal nazariyasi Imom Alining “Nahjul balog‘a” deb nomlangan asarida

aytib o‘tilgan.

2. Siro-Yakovitdagi Bar-Ebrey cherkovining xodimi Mafrian (Abulfaraj nomi bilan ham

tanilgan) Imom Gʻazzoliy tomonidan yozilgan “Ehyou ulumid din” kitobining bir nechta

boblaridan foydalangan.

3.Ordo Dominikan (Ispaniya) cherkovidan ruhoniy Raymond Martini Imom Gʻazzoliyning

“Tahafut ul falasifa” , “Maqosidul falasifa”, “Al

-munqiz min az-

zalal”, “Mishkot ul anvor”, “Ehyou

ulumud din” asarlaridan foydalanib, iqtisodiyotga oid ko‘plab boblarni qayta yozib chiqqan.

4. Avliyo Foma Akvinskiy kitobining ko‘p boblarini Farobiyning qarashlaridan

o‘zlashtirgan.

5.

Adam Smitning (1776) “Millatlar boyligi” asari Abu U

bayd al-Qosim ibn Sallamaning

(vaf. 838/) “Kitob al

-

Amvol” asarlari bilan juda ko‘p umumiyliklarga ega.

Islom mutafakkirlari va olimlari tomonidan taqdim etilgan iqtisodga oid

ko‘plab boshqa

asarlar ham mavjud. Ilk islom mutafakkirlarining iqtisodga oid ba

’zi asarlarini keltirib o‘tamiz:

1. Risolat as-sahoba (Mulozimlar haqida risola), Abdulloh bin al-Muqaffa (109-145/727-

762). Asarda siyosat va davlat moliyasini boshqarish haq

ida so‘z yuritiladi.

2. Kitob al-Xaroj (Xaroj kitobi), Abu Yusuf (113-182/731-789 ), moliyaviy menejment

haqida so‘z yuritiladi.

3. Al-Xaraj (Xaraj haqida), Yahyo ibn Odam al-Qurayshiya (140-203/757-818), hadislar

to‘plami, ijtimoiy

-iqtisodiy masalalar haq

ida so‘z yuritiladi.

4. “Kitob al

-

amvol” (“Davlat daromadlari kitobi”),

Abu Ubayda al-Qosim ibn Salom (140-

157/ 774-

838), siyosat va davlat moliyasi haqida so‘z yuritiladi.

5. “Kitob al

-

amvol” (“Davlat daromadlari kitobi”), Abu Homid bin Zanjaviy (180

-251/796-

865).

Islom mutafakkirlarining iqtisodiyot

ga oid asarlariga e’tiborsizlik o‘

rta asrlarida keng

tarqalgan va islom sivilizatsiyasi tanazzuli zamoniga qadar davom etgan. Oqibatda islom

iqtisodi haqida ko‘p

asarlar

yozilmadi, natijada bu sohada bo‘shliq paydo bo‘ldi va ilmlarni

tarqatish juda cheklandi. Zamonaviy islomshunos olim Monzer Kaf (1989) Abu Yusuf, Yahyo

ibn Odam, Gʻazzoliy, Ibn Rushd, Al

-Izz bin Abdul-Salom, Farobiy, Ibn Taymiya va Ibn Xaldun

kabi islom mutafakkirlarining iqtisod nazariyasini o

‘rganishga yetarlicha e’tibor berilmagan,

degan fikrni bildiradi.

Bu guruh oli

mlari tomonidan bildirilgan fikr va g‘oyalar boshqa musulmon iqtisodchi

olimlarni ham islom iqtisodiy bilimlari sohasini tadqiq etish va rivojlantirishga undaydi.

Natijada, mus

ulmon iqtisodchilari islom iqtisodiyotining rivojlangan nazariyasini qo‘llashni

qayta ko‘rib chiqish va inson manfaati uchun uning chegaralarini kengaytirish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.

29

O‘zbekiston Prezidenti Qatarning yetakchi investitsiy

a idorasi rahbarini qabul qildi.

https://president.uz/uz/lists/view/6714


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

111

Hozirgi vaqtda musulmon ziyolilarining uchta guruhi mavjud bo‘lib,

ular ushbu bilimlarni

qayta tiklashga bel bog‘laganlar. Birinchi guruh islom iqt

isodiyoti tushunchasini qaytadan

ko‘rib chiqishni boshladilar. Bu guruh ta’limotni birinchilardan bo‘lib targ‘ib qildi va Islomning

iqtisod haqidagi ta’limoti keng qamrovli bo‘

lib, odamlar duch keladigan iqtisodiy muammolarni

hal qila oladi, deb hisoblaydi

lar. Ular Islomning iqtisod haqidagi ta’limotidan foydalanib,

ishonchli manbalar asosida tadqiqot olib bormoqdalar. Keyingi guruh esa, ishonarli

manbalarga tayangan holda ulamo

larning an’anaviy fikrini hozirgi holatga mos talqin va

tuzatishlar kiritadigan zamonaviy olimlardir. Biroq, bu zamonaviy guruhning qarashlari

jamoatchilik tomonidan qo‘llab

-quvvatlanmadi.

Uchinchi guruh esa islom iqtisodiga oid masalalar bo‘yicha xulosalar chiqarib, Gʻarbda

ta’lim olgan iqtisodchilardan iborat. Bu guruhdagi iqtisodchilar iqtisodiy bilimga ega bo‘lib,

ulamolar fikrlari asosida tahlil qiladilar. Bu guruh islom iqtisodiy bilimlari rivojiga katta hissa

qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda islom iqt

isodiyotiga oid yetarli miqdorda asar va tadqiqotlar

bo‘lishiga qaramay, to‘ldirish zarur bo‘lgan kamchiliklar va haligacha ko‘plab iqtisodiy

muammolar mavjud bo‘lib to‘liq hal etilmagani bu mavzo‘ning dolzarbligini ta’kidlaydi.

Adabiyotlar sharhi.

Islohi (2010)

o‘zining “Islom iqtisodchilarining to‘rt avlodi” asarida

XX asrning ikkinchi

choragida (1926-1950) islom iqtisodchilarining

birinchi avlod paydo bo‘lgani, ular Islom

iqtisodiga oid asarlar tasnif etgani, Islom iqtisodining yuksalish davri sifatida tanilgan bu avlod

ko‘plab olimlarni dunyoga keltirgani haqida ma’lumot beradi.

Abul Hassan, (2019)

Choudhury “Islom iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot”

asarida Imom

Gʻazzoliy, Ibn Taymiya, Imom Shotibiy, Ibn Qayyim va Ibn Xaldun kabi

buyuk islom ulamolari,

mujtahidlarning asarlarida islomning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari Qur’on

va hadis

ta’limotiga asoslangan holda o‘rganilganini ta’kidlashgan.

Mahmud El-Gamal (2006)

“Islom moliyasi huquqi, iqtisodiyoti va amaliyoti” asarida Islom

moliyasi kafolatlangan kredit operatsiyalarini bajarilishiga qaratilganini eslatgan.

Hoji Maulid Makokha (2017)

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi” asarida Islom iqtisodiyoti

resurslardan samarali va adolatli foydalanish, to‘liq bandlik va insonning asosiy e

htiyojlarini

qondirish kabi iqtisodiy ideallarga erishishga intilgani haqida aytib o‘tgan.

Kabir Hasan, Mervin Lyuis (2007)

. “Islom bank ishi bo‘yicha” qo‘llanmasida likvidlikni

boshqarish islom moliya institutlari uchun muammoli soha bo‘lib kelgani haqida o‘zining

qarashlarini keltirgan.

Muhammad Ayub (2007)

. “Islom moliyasini tushunish” asarida Islom

moliyasi an’anaviy

moliya tizimi va iqtisodiyotning rivojlanishida muhim rol o‘ynashi mumkinligini ta’kidlagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mavzuni ilmiy tadqiq qilishda tarixiy-

mantiqiy tahlil va tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan

tizimli tahlil, statistik ta

hlil va ilmiy abstraksiya kabi yondashuvlar qo‘llanilgan. Maqolada islom

moliyasining eevolyutsiyasi tarixiy yondashuvdan foydalangan holda, uning zamonaviy jahon

moliya bozoridagi o‘rni va mamlakat milliy iqtisodiyotidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Islom

moliyasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini o‘rganish turli xil yondashuvlar,

jumladan qiyosiy tahlil, iqtisodiy taqqoslash va tahl

il qilish, mantiqiy fikrlashni o‘z ichiga oladi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Dunyoda eng samarali ishlab chiqilgan moliya modellaridan biri islom moliyasidir

, ya’ni

shariat talablari asosida o‘rnatilgan Islom tijorat qonunchiligida

belgilangan cheklovlarga

muvofiq biznes yuritishdir. So‘nggi o‘n yilliklarning global inqirozlari l

akmus

qog‘ozi sinovi

bo‘lib,

mega yirik moliyaviy korporatsiyalarning global makroiqtisodiy notengliklarni

yaratishda nojo‘ya roli va paydo bo‘lgan bozorlarn

ing ojizligini ochib berdi. Bundan tashqari,

bank muassasalari va ularning moliyaviy vositachilar sifatidagi vazifalari ham ko‘

rib


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

112

chiqilganda,bank tizimi endi real sektor va butun milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun

stimulyator bo‘lib xizmat qilmaya

pti, balki moliyaviy resurslardan foydalanib,resurslarni faqat

o‘zlarining korporativ manfaatlariga moslashtira

yotgani aniqlandi.

Banklarning faoliyatini cheklash, jamiyat va davlat hokimiyati organlari tomonidan

yanada ko‘proq nazorat o‘rnatish bo‘yicha funksiyalarini ko‘rib chiqish zarur. Bundan tashqari,
umumiy progressiv iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan ko‘plab aso

siy omillar

mavjudligi sababli, qarz beruvchi moliyaviy modelning o‘zi qayta ko‘rib chiqiladi. Kredit oluvchi

moliyaning haqiqiy bozor alternativi sifatida islom moliyaviy prinsiplarini, shuningdek, ularni

O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etiladi.

Islom investorlarining yangi bozorlarda ish boshlashida, O‘zbekistonda islom moliyasi

u

chun qonunchilik, me’yoriy, tashkiliy va soliq infrastrukturasining mavjudligi, shuningdek,

chet ellik investorlarni himoya qilish tizimi

hisoblanadi. Islom nazariyasida “pul narxi”

tushunchasining o‘rnini bosuvchi “kapital samaradorligi” degan yangi termi

n joriy etiladi.

Kapital samaradorligi yanada yetarli iqtisodiy ko‘rsatkichdir, chunki u investitsiyalar

resurslardan ko‘proq asosli ravishda foydalanadigan o‘sha sanoat va loyihalarni jalb qilishiga

asoslangan holda pul resurslaridan foydalanishning foydaliligi va samaradorligini baholaydi

(

Журавлев, 2015).

Islom moliya institutlari moliyaviy bozorlarda moliyaviy resurslarni oluvchilar va

donorlar o‘rtasidagi vositachilar bilan bir xil pozitsiyani egallaydi, Islom banklari chakana va

korporativ investorla

rning pul mablag‘larini jalb qilib, ularni jamg‘arib, yirik mablag‘larni

shakllantiradilar, ular bilan hamkorlikda samaradorlik nuqtai nazaridan jozibador va shariat

tomonidan

ruxsat etilgan loyihalarga ega bo‘lgan tadbirkorlar va korporatsiyalarni

moliyalashtiradilar. Investitsiya loyihasida

n olingan foyda investor va mablag‘ oluvchi o‘rtasida

oldindan kelishilgan ulushda taqsimlanadi. Biroq, har qanday daromad, agar u shaxsiy mehnat,

bilim, vaqt va kuch sarflamasdan olinsa, taqiqlanadi.

Islomiy banklar tomonidan to‘lanadigan haq berilgan kre

ditga emas, balki xizmat

ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarga bog‘liq. Islom moliyasi tamoyillariga muvofiq ishlaydigan

bank xuddi an’anaviy bank kabi korporativ va chakana mijozlarning pul resurslari

ni jalb qiladi

va saqlaydi, mijozlar esa moliya muassas

asiga o‘z pul mablag‘larini loyihalarga sarflash

huquqini beradi.

Moliyaviy institut va investorlar foydani taqsimlash mexanizmi va ularni

taqsimlash nisbatlarini o‘z ichiga olgan investitsiya shartnom

asini tuzadilar. Kelishuvda,

shuningdek, bozordagi ayri

m hodisalar ro‘y bergan taqdirda moliyaviy yo‘qotishlar ehtimoli

ko‘rsatilgan, ammo bankning to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri aybini isbotlash (xatolar, beparvolik,

suiiste’molliklar) direktorlar tomonidan yo‘qotilgan barcha yo‘qotishlarni qaytarishga imkon

beradi.

Islo

m banki bir vaqtning o‘zida maslahatchi, tahlilchi va texnik yordam ko‘rsatuvchining

vazifalarini bajaradigan vositachi (moliyaviy agent) vazifasini bajaradi. Shuni ta’kidlash

kerakki, Islom moliya mua

ssasasi o‘z mijozlari va sheriklarining muvaffaqiyati b

ilan bevosita

qiziqadi, chunki bu holda u foyda keltiradi. Odatda, bank kapitali xavf-xatarlarga duch kelmaydi,
chunki bank bilan hamkorlik tamoyillari (muzo

raba) bo‘yicha investitsiya shartnomalarini

tuzgan investorlarning mablag‘lari loyihalarga sarflanadi. Loyiha muvaffaqiyatsiz bo‘lgan

taqdirda, bankning zararlari farazli ravishda mumkin bo‘lgan, ammo olinmagan, foydani,

shuningdek loyihani amalga oshirish davrida xarajatlarni tashkil etadi. Albatta, har qanday
islomiy bank buning oldini olishga harakat qiladi, chunki hatto bitta loyihaning

muvaffaqiyatsizligi butun

bankning qiyofasi va obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Iqtisodiy savdolarda odob-axloq, islom dini nuqtai nazaridan eng asosiy

o‘

rin tutadi.

Ta’ma, gumon, monopoliyaga cheklovlar, yuqori xavfli bitimlar va garov o‘tkazmalari

taqiqlanganligi sababli Islom dini a

xloqsiz va ta’minlanmagan daromadning haqiqiy emasligi

iqtisodiy faoliyat natijasi xalq manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi,

aholining tabiiy

tabaqalanishidan tanglikni yengillashtiradi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

113

Hamkorlik va foyda va zararlarni bo‘lish tamoyillariga asoslangan instrumentlar, xavf

-

xatarlarning umumiy javobgarligi, musulmon tadbirkorlarning biznes intizomini

mustahkamlash, ularni xavfni baholash, qarshi kurashlarni tekshirish, iqtisodiy hisob-kitoblar

va shartnomaviy munosabatlarga ko‘proq e’tibor berishga majbur qiladi. Islom dinida qabul

qilingan moliyaviy vositalardan foydalanish real sektorning banklarning ehtiyojlariga

bo‘ysunishi

ning kamayishiga yordam beradi. Islom iqtisodiy konseps

iyasida pul mablag‘lari

real sektordagi investitsiya talabiga muvofiq shakllanadi. Islom moliyaviy bozorlarida

daromadlar darajasi boshqa yo‘l bilan emas, balki samarali sektordagi tendensiyalarga bog‘

liq,

bu

esa o‘z navbatida

ishlab chiqarish sektori uchun qulay investitsiya muhitini yaratadi

(

Калимуллина, 2010)

.


Xulosa va takliflar.

Tadqiqot natijasida quyidagi xulosa va takliflar ishlab chiqildi:

1. Yarim asrdan ortiq faol amaliy

rivojlanishga ega bo‘lgan islom yuristlari islom moliya

mahsulotlarining barqaror shartnomaviy modellarini ishlab chiqdilar, ular ham musulmon,

ham islom bo‘lmagan davlatlarning qonunchilik tizimida optimal darajada amalga oshiriladi;

2. Islom moliyasi 75

davlatda rivojlanmoqda. Uning qo‘l ostidagi aktivlar 2 trillion

dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tgan. Bundan tashqari,

u har yili 15-

20 foizga o‘sib bormoqda, turli

dindagi mijozlarni jalb qilmoqda (Ismatov, 2011);

3. A

yrim davlatlarda sinovdan o‘tgan moliya tizimining rivojlangan bissektrisal

tuzilmalaridan

O‘zbekiston sharoitida

qo‘llash uchun namuna sifatida foydalanis

h mumkin;

4. O‘zbekistonda islom moliyasining asosiy mahsulotlari hisoblangan moliyaviy lizing,

murabaha va musharakadan foydalangan holda islom moliyasi tamoyillariga muvofiq faoliyat

yuritish

ning huquqiy asosi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi l

oyihalarni

moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PF

-

5583 raqamli Prezident farmoni bo‘lishi mumkin

(Farmon, 2018);

O‘zbekistonda islomiy moliya tamoyillari asosida bank moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish

uchun “Islom moliyasi va bank ishi to‘g‘risida”gi qonun

yaratilishi, me

yoriy hujjatlar,

jumladan: Soliq kodeksi, “Ipoteka to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, Fuqarolik kodeksi, “Fuqarolarning

banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”, “Garov to‘g‘risida”

,

“Lizing

to‘g‘risida” va boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

talab etiladi.

“Islom moliyasi va bank ishi to‘g‘risida”

gi qonunning qabul qilinishi quyidagi

imkoniyatlarni beradi:

1. Mavjud islom moliya tashkilotlari faoliyati uchun huquqiy asos yaratish, shuningdek,

yangi biznesni, shu jumladan chet el islom biznesini boshlashga jur’at etmagan tadbirkorlar

uchun

yashil chiroqni yoqish

;

2. Musulmon davlatlari sarmoyasini moliyaviy aylanmasiga jalb qilish, investitsiya

loyihalarining sifati va ishlab chiqilish darajasini oshirish, investitsiyalar bo‘yicha

qaytarilmaslik xavfini kamaytirish, shuningdek investitsiyalarning samaradorligini oshirish va

ularni qaytarish muddatini qisqartirish;

3. K

ichik va o‘rta biznes, yosh va boshlang‘ich tadbirkorlarni, ya’ni an’anaviy banklarga

kredit berish uchun ko‘pincha yoqimsiz bo‘lgan toifalarni qamrab oladi;

Bu chora-

tadbirlar to‘plamining am

alga oshirilishi, uning asosiy qismi aholi uchun yangi,

adolatli va tushunarli

iqtisodiy modelni yaratish bo‘ladi, inqirozlar, o‘zgaruvchanlik va

spekulyativ hujumlardan himoyalangan milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishining
namunasiga aylanishi mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr

www.e-itt.uz

114

Adabiyotlar / Литература / Literature

:

Abul Hassan, M.A. (2019) Choudhury Islamic Economics: Theory and Practice Routledge

Taylor & Francis Croup, London and New York. 26.

Farmon (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2018

-yildagi PF-5583-son

Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/4076948.

Hajj Maulid Makokha (2017). Islamic Economics and Finance.Islamic University of Al-

Madinah Al-Munawwarah, 2.

Islahi A. A. (2010). Four generations of Islamic economists. Journal of King Abdulaziz

University, Islamic Economics, 23(1), 165.

Ismatov R. (2011) Islamic Finance in Russian Federation. Development and prospects.

President of ASSAIF Alberto Brunioni’s Interview. International Accounting. [Исламские
финансы

в

РФ.

Развитие

и

перспективы

(интервью

с

Президентом

ASSAIF

Альберто

Бруньони

]. International financial accounting, no. 23 (173), pp. 35

38 (in Russian).

Kabir Hasan M., Mervin K. Lyuis. (2007) Handbook of Islamic Banking Edward Elgar

Cheltenham, UK Northampton, MA, USA. 6.

Mahmoud A. El-Gamal. (2006) Islamic Finance Law, Economics, and Practice. Cambridge

university press,Cambridge, New York. 73.

Muhammad Ayub. (2007) Understanding Islamic Finance. John Wiley & Sons, Ltd, The

Atrium, Southern Gate, Chichester,West Sussex PO19 8SQ, England, 24.

Журавлев А.Ю. (2015) Ислам и экономика. 3.11.2006 г. [Электронный ресурс] URL

:

http://politeconomy. ng.ru., http://forum.aztop.com/index.php?showtopic=25595 (

кузатилган

санаси

: 8.12.2015).

Калимуллина М.Э. (2010) Институциональные особенности исламского бизнеса и

современная деловая практика: эффект финансовой колеи // Вестник Финансовой

академии. № 6 (60). С. 71–

74.

Bibliografik manbalar

Abul Hassan, M.A. (2019) Choudhury Islamic Economics: Theory and Practice Routledge Taylor & Francis Croup, London and New York. 26.

Farmon (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2018-yildagi PF-5583-son Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/4076948.

Hajj Maulid Makokha (2017). Islamic Economics and Finance.Islamic University of Al-Madinah Al-Munawwarah, 2.

Islahi A. A. (2010). Four generations of Islamic economists. Journal of King Abdulaziz University, Islamic Economics, 23(1), 165.

Ismatov R. (2011) Islamic Finance in Russian Federation. Development and prospects. President of ASSAIF Alberto Brunioni’s Interview. International Accounting. [Исламские финансы в РФ. Развитие и перспективы (интервью с Президентом ASSAIF Альберто Бруньони]. International financial accounting, no. 23 (173), pp. 35–38 (in Russian).

Kabir Hasan M., Mervin K. Lyuis. (2007) Handbook of Islamic Banking Edward Elgar Cheltenham, UK Northampton, MA, USA. 6.

Mahmoud A. El-Gamal. (2006) Islamic Finance Law, Economics, and Practice. Cambridge university press,Cambridge, New York. 73.

Muhammad Ayub. (2007) Understanding Islamic Finance. John Wiley & Sons, Ltd, The Atrium, Southern Gate, Chichester,West Sussex PO19 8SQ, England, 24.

Журавлев А.Ю. (2015) Ислам и экономика. 3.11.2006 г. [Электронный ресурс] URL: http://politeconomy. ng.ru., http://forum.aztop.com/index.php?showtopic=25595 (кузатилган санаси: 8.12.2015).

Калимуллина М.Э. (2010) Институциональные особенности исламского бизнеса и современная деловая практика: эффект финансовой колеи // Вестник Финансовой академии. № 6 (60). С. 71–74.