ТЕНДЕНЦИИ КЛАССИФИКАЦИИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ В МЕЖДУНАРОДНОЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ

Аннотация

В данной статье рассматриваются определения, данные высококвалифицированным мигрантам в результате научных исследований и анализа ученых. Особое внимание было уделено проблемам определения высокой квалификации и умений в теоретической и экономико-политической практике.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хабибуллаев K. (2024). ТЕНДЕНЦИИ КЛАССИФИКАЦИИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ В МЕЖДУНАРОДНОЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ. Экономическое развитие и анализ, 2(3), 18–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45128
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются определения, данные высококвалифицированным мигрантам в результате научных исследований и анализа ученых. Особое внимание было уделено проблемам определения высокой квалификации и умений в теоретической и экономико-политической практике.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

18


XALQARO MEHNAT MIGRATSIYASIDA YUQORI MALAKALI

MUTAXASSISLARNI TASNIFLASH TENDENSIYALARI

Habibullayev Komiljon

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

ORCID: 0009-0004-2282-6214

Annotatsiya.

Ushbu maqolada olimlarning ilmiy tadqiqotlari va tahlillari natijasida yuqori

malakali migrantlarga berilgan ta’riflari muhokama qilingan. Nazariy

va iqtisodiy-siyosiy

amaliyotda yuqori malaka va mahoratni aniqlash muammolariga ahamiyat qaratildi.

Kalit so

zlar:

yuqori malakali migrantlar, mehnat muhojirlari,

iste’dodlar, mahorat.

ТЕНДЕНЦИИ КЛАССИФИКАЦИИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ

СПЕЦИАЛИСТОВ В МЕЖДУНАРОДНОЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ

Хабибуллаев Комилжон

Ташкентский государственный университет Востоковедения

Аннотация.

В данной статье рассматриваются определения, данные

высококвалифицированным мигрантам в результате научных исследований и анализа

ученых. Особое внимание было уделено проблемам определения высокой квалификации и
умений в теоретической и экономико

-

политической практике.

Ключевые слова:

высококвалифицированные мигранты, трудовые мигранты,

таланты, навыки.

TRENDS IN THE CLASSIFICATION OF HIGHLY QUALIFIED SPECIALISTS IN

INTERNATIONAL LABOR MIGRATION

Khabibullaev Komiljon

Tashkent State University of Oriental Studies

Abstract.

This article discusses the scientific theoretical definitions given by scientists to

highly skilled migrants. Particular attention was paid to the problems of determining high

qualifications and skills in theoretical and economic-political practice.

Keywords:

highly qualified migrants, trudovye migrants, talents, skills.

Kirish.

So‘nggi bir necha o‘n yilliklarda malakali migrantlar xalqaro migratsiya oqimining,

xususan rivojlangan mamlakatlar uchun borgan sari muhim elementiga aylanib bormoqda.

Yuqori malakali mutaxassislarning xalqaro migratsiyasi

hozirgi kundagi dolzarb savollardan

biri bo‘lib, iqtisodchi, siyosatchi va ishbilarmonlarni ham o‘ziga jalb qilmasdan qolmagan. Shu

o‘rinda, qimmatbaho ko‘nikmalarga ega bo‘lgan shaxslarning xalqaro migratsiyaga moyilligi
yuqori bo‘ladi. Ushbu hodisani o‘rganishda ko‘plab iqtisodchi, s

otsiolog, tarixchi, huquqshunos

va psixologlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.

UO

K: 339.97

III SON - MART, 2024

18-23


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

19

Yuqori malakali migrantlarning yagona, kelishilgan ta’rifi mavjud emas. Ushbu

konseptsiya kim tomonidan yuritilayotganiga qarab

o‘zgarishini

ko‘rish mumkin, iqtisodchilar

sotsiologlardan farqli, jarayoning iqtisodiy mexanizmlarini talqin etgan ta’riflarni afzal ko’rsa,

siyosatchilar esa boshqa nuqtai nazarga ega bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan olganda ham,

tadqiqot mavzusi dolzarb bo

’lib, yuqori

malakali mutaxasislar va ularning mehnat

migratsiyasiga nisbatan yagona ta’rifni keltirish imkonini beradi.

Adabiyotlar sharhi.

Yuqori malakali migrantlar

bu bir mamlakatdan boshqa mamlakat chegarasini kesib

o‘tgan muayyan ta’lim

darajasi yoki kasbiy mahoratga ega mutaxassislardir. Ularning

migratsiyasi qabul qiluvchi mamlakatlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasiga muhim ta’sir

ko‘rsatadi. Asosan ularning bilim va ko‘nikmalari innovatsiyalar o‘sishi va fan, texnologiya,

tibbiyot kabi sohal

arning o‘sis

h

iga turtki bo‘ladi.

So'nggi yillarda migratsiya iqtisodiyoti sohasida migratsiyaning keng ta’siri va bu

jarayonlarda yuqori malakali migrantlarning muammolarini o’rganishga qaratilgan tadqiqotlar

tez sur’atlar bilan o’sib borishini

kuzatish mumkin.

Miyalar sizib chiqib (iste

’dodlar) ketishi savollariga qiziqqan iqtisodchilar, xalqaro

malakali migratsiya ma’lumotlar to‘plamidan foydalangan holda, yuqori malakali immigrantlar

o‘rta ta’limdan keyingi yoki oliy ta’lim ma’lumotiga ega bo’lgan chet elda tavallu

d topgan

ishchilar sifatida Carrington va Detragiache tomonidan qarashlar mavjud (Carrington and

Detragiache, 1998).

Parsonning fikricha, yuqori malakali migrantlar odatda yaxshi haq to‘lanadigan ishlarda

faoliyat yuritadilar va past malakali migrantlarga nisbatan yuqori har

akatchanlik ko‘rsatgichga

egalar (Parsons et al., 2020).

Agneshka Veynerning ta’kidlashicha, yuqori malakali migrantlarni aniqlashda ilmiy

adabiyotlar migratsiya oqimining mehnat bozoriga yo’naltirilishida ta'l

im, malaka va daromad

asosiy mezonlari kabi

ko’p jihatdan foydalaniladi

(Weinar, Klekowski and Imiscoe, no date).

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot ishida yuqori malakali migratsiya oqimlarini tahlil qilish, tipologiyalarini

muhokama qilish, malakali muttaxassislar xalqaro migratsiyada nazariy jihatdan tasniflanishi

ko‘rib chiqish va ilmiy xulosalar berishdan iborat.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Yuqori malakali migrantlar kimlar? Tadqiqotlarga ko‘ra, yuqori malakali

mutaxassislarning migratsiyasi ya

’ni ma’lum xususiyatl

arg

a ega bo‘lgan va shuning uchun

ma’lum bir toifadagi viza olish huquqiga ega bo‘lgan chet ellik ishchilarni nazarda tutadi.

Yuqori malakali mutaxassislarni o‘rganadigan olimlar odatda ma’lumotlarga asoslangan

holda ta’riflaydilar.

Yuqori malakalarni bahola

shda eng aniq nuqta bu ta’lim darajasi

(Borjas,

2005; Peri and Sparber, 2011) yoki kasbiy mahorat (Bouvier and Simcox, 1995). Iqtisodchilar

ko’pincha tahlil uchun ma’lumotlarni ixchamlashtirgan holda, yuqori malakali migrantlar

oliy

ma’lumotga ega bo‘

lgan shaxslardir deb yuritishadi.

Louellning ta’kidlashicha, oliy ta’lim bu “eng qulay xalqaro statistika” bo‘lgani uchun u

yuqori malakali mutaxassislar uchun asosiy standart ko‘rsatkichga aylangan

(Lowell, 2005).

Iqtisodchilar to

monidan ta’lim darajasi

g

a qaratilgan ushbu yondashuv keng qo‘llanilinadi, o‘z

o‘rnida migrantlarni toifalashda, ular orasidadan yuqori malakali mutaxassislarni aniqlashni

osonlashtiradi.

Miyalar tark etishi, aqllar sizib chiqib ketishi bo‘yicha savollar b

ilan

shug‘illangan iqtis

o

dchi tadqiqotchilar, xalqaro malakali migratsiya ma’lumotlar to‘plamidan

foydalangan holda, malakali migrantlarni chet elda tug‘ilgan, universitet yoki o‘rta ta’limdan

keyingi ta’limga ega deb tasniflaydilar

(Carrington and Detragiache, 1998; Adams, 2003;

Docquier and Marfouk, 2006).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

20

1-jadval

Yuqori malakali migrantlarga berilgan ta’riflar

Olim/mamlakat

Berilgan ta’rif

Niderlandiya

“Kennismigrant” (KM) atamasi gollandiyalik kennismigrant so‘zidan tarjima

bo‘lib, “bilimga ega

muhoj

ir”, inglizcha “knowled

g

emigrant”, shuningdek,

“yuqori malakali migrant” deb ham ataladi. Boshqacha aytganda, yuqori

malakali mutaxassis.

V.I.Mukomel

65 yoshgacha bo‘lgan, barcha oliy yoki to‘liq tamomlanmagan oliy ma’lumotga

ega bo‘lgan chet el fuqa

rolari yuqori malakali migrantlar deb yuritiladi.

E.D.Rubinskaya

“Мигранты профессионалы” atamasi uchta kichik guruhni o‘z ichiga oladi:

malakali xorijiy mutaxassislar, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar,
ekstramalakali xorijiy mutaxassislar. Barcha kategoriyalarni umumiy qilib

ay

tganda, yuqori malakali migrantlar deb ko‘rish mumkin.

R.Iredale

Muallif tomonidan ta’riflanganidek, yuqori malakali migrantlar –

bu oliy

ma’lumotga ega yoki muayyan sohada katta ish tajribasiga ega che

t el

fuqarolari. Ular ko‘pinc

ha yuqori maoshli yoki eng daromadli ishlarni

bajaradilar va ularning harakatlari iqtisodiyot rivojlanishiga ulkan xissa

qo‘shadi

M.Xertsog, L.Sandoz

Ba’zi mualliflar yuqori malakaga ega migrantlarni “qidiruvdagi migrantlar”

deb atashgan.

J.S.Ribeiro

Ribeironing tadqiqotiga ko

ra yuqori malakali migrantning tan olinishi nafaqat

uning malakasiga, balki qabul qiluvchi mamlakatning siyosatiga ham bog‘liq.

Oleribe OO

Yuqori malakali immigrantlar

oliy ma’lumotli mutaxassis maqom

iga ega yoki

muayyan muammoni yechish, yangi mahsulot yaratish va mavjud tizimni

yaxshilashga zarur noyob ko‘nikmalarga ega bo‘lganlar deb ta’riflaydi.

P.Triadafilopoulos

Yuqori malakali migrantlar yuqori maosh oladigan, zarur ko‘nikmalarga ega
bo‘lgan va

oson integratsiyalashadigan

odamlardir. Ular to‘g‘r

i

sida “istalgan”

migratsiya oqimi ham deb ta’rif ber

ib o

tgan.

Biroq, belgilangan mamlakat istiqboli turli xil tasniflar va ma’lumotlarni talab qiladi.

Ko‘pgina olimlar OECD tomonidan taklif etilgan ta’riflardan foydalanadilar, odatda ular ta’lim

darajasi

ni kasb bilan bog‘lab yuborishadi

(Weinar, Klekowski and Imiscoe, 2020). 1990-

yillarda OECD yuqori malakali deganda shaxsning ma’lum bir sohada oliy ma’lumotga ega yoki

shu sohaga ekvivalent ish tajribasi bor ekanligini bayon etis

hgan. O‘sha yillarda “y

uqori

malakali mutaxassislar, mustaqil rahbarlar va yuqori darajali menejerlar, ixtisoslashgan

texniklar yoki treyderlar, investorlar, ishbilarmonlar, asosiy ishchilar va subpudratchi

lar” dan

iborat bo‘lishgan.

Ta’kidlab o‘tish joiz,

aksariyat mamlakatlar y

uqori malakali immigrantlarni ta’lim darajasi

va kasb-

hunar nuqtai nazaridan ham o‘lchaydilar.

Boshqa tomondan qaralsa, davlat siyosati tadqiqotchilari yuqori malakali ishni "mahorat"

tushunchasi orqali kontseptsiyalashtiradilar. Bu afzallik yuqori malakali migrantlarga, ayniqsa,

muayyan bilim va malakalarga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan aniq utilitar nuqtai nazarga mos

keladi, ko‘pgina tadqiqotchilar ularni "mahorat" yoki "inson ka

pitali" deb atashadi (Mahroum,

1999; Dzvimbo, 2003).

Yuqori malakali mig

rantlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo’lishning yana bir usuli –

ish haqi

miqdoridan kelib chiqib malaka va ta’lim ko‘ratkichi sifatida foydalanish mumkin. Jorj Borjas

ushbu kontsepts

iyani muhojirlar va huddi shunday ko‘nikmalarga eg

a mahalliy aholi mamlakat

mehnat bozorida ideal o’rinbosar ekanligini ta’kidlab o‘tgan

(Borjas, 2005). Shuningdek, u

ko‘nikmalarni daromad darajasi bilan o‘lchash usulini taklif qilgan birinchi olimlardan

bo‘lgan.

U ma’lum darajadagi daromad chegarasini

belgilash va yuqori malakali migrantlar bu

chegaradan yuqori bo‘lganlar qatorida bo‘lishini taklif qildi. Borjasning fikricha, o‘xshash

malakaning qiymati barcha mamlakatlarda bir xil ko‘rsatkichda aks etad

i, ish beruvchilar har


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

21

doim ushbu malakali ishchilarning sof qiymatini tan

olishda qo‘l keladi, bu esa o‘z o‘rnida

ma‘lumotlar to‘plamini solishtirishga imkon beradi

(Borjas, 1987).

Immigrantlar toifalari davlat manfaatlari bilan ham aniqlanadi: mehnat bozorining

hozirgi ehtiyojlari, shuningdek, boshqa iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bilan belgilanadi.

Ko‘pgina olimlar “yuqori malakali” so’zi yillar davomida istalgan, uzluksiz migratsiya bilan
sinonimga aylanganligini ta’kidlaganlar

(Beaverstock, 2005; Bielewska, 2021). Kuzatishlarga

qaraganda, ma’lum bir mamlakatga ta’lim d

arajasi bilan belgilanadigan malakali viza orqali

kirganlar, ko‘pincha integratsiya jarayonlarida kamroq qiyinchiliklarga duch kelishadi va

farovonlik jihatidan mamlakatga kamroq yuk

bo‘ladilar deb qaraladi.

Eng asosiysi jamoatchilik vakillari malakali muho

jirlar mehnat bozoridagi bo‘shliqni

to‘ldiradi, uy ishchilari o‘rniga o‘tishlari ehtimoli kamroq va shuning uchun to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

raqobat tug‘dirmaydi deb qarashadi

(Kerr et al., 2016).

Mualliflar nutqlarining izchil elementlar

idan biri shundaki, “ma

h

oratlar” aniq belgilangan

va “malakasiz” yoki “past malakali” mehnat migratsiyasidan farqlashda qiyinchilik

tug‘dirmaydi degan fikrni ilgari surishganligini ko‘rishimiz mumkin.

Aslid

a “malakali” atamasi kollej yoki universitet darajasidan ko’ra kengroq yo

ki torroq

tushunchaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qabul qiluvchi mamlakatga qarab, sport ustalari va
san’atkorlar asosan yuqori malakali hisoblanadilar, biroq ular yuqori ta’lim dar

ajasiga ega

bo‘lishi shart emas. Eng muhimi, ta’li

m darajasi bilan belgilanadigan "yuqori malakali" atamasi

kasbiy ta’limga ega bo‘lgan ko‘plab o‘z sohasida mahoratli shaxslarni istisno qiladi: misol

tariqasida bu payvandchilar yoki tibbiyot xodimlarining

ayrim toifalariga tegishli bo‘lishi

mumkin. Shu bi

lan birga, yuqorida ta’

k

idlab o‘tgan kasblar ko‘plab mehnat immigratsiya

dasturlariga jalb qilingan migrantlar ro‘yxatida yuqori o‘rinni egallaydi

(Green & Green, 1995;

Beach, Green & Worswick, 2007; Walsh, 2008).

Solimano malakalarni xalqaro professional mehnat bozorlaridagi talablarga qarab

tasniflash taklifini berdi. Ushbu ko’nikmalarga ega bo‘lgan shaxslar iste’dodlar ovining asosiy
maqsadi bo‘lib, o‘zlariga qulay bo‘lgan joylarga ko‘chib o‘tishga moyi

lligini anglatadi. Shunday

qilib, dunyo bo’ylab yu

qori malakaga ega odamla

rni o‘ziga jalb qilmoqchi bo‘lgan siyosatchilar

va ishbilarmonlar ularni doimiy immigrantlar sifatida ko‘rishmasligi mumkin, balki

vaqtinchalik rezidentlar ka’bi ko‘rishadi. Solimanoning taklifi bo‘yicha malakali muhojirlar

quyidagi toifalardan biriga kiradi (Solimano, 2008):

1. (a)

Tadbirkorlar, muhandislar va texniklar kabi to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri unumdor iste’dodlar sifatida

ko’rilgan odamlar. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlar tovar va x

izmatlarni ishlab chiqarishga oid

faoliyatda bevosita ishtirok etadilar.

2. (b)

Akademik iste’dodlar sifatida aniqlangan odamlar, ya’ni olimlar, tadqiqotchilar, tadqiqot

rahbarlari. Ular universitetlarda, tadqiqot markazlarida va tahlil markazlarida faoliyat

yuritadilar, qimmatli mahsulotlar va resurslarga aylantirilishi mumkin

bo’lgan ilmiy hamda

akademik bilimlarni ishlab chiqarish yoki o‘zlashtirish bilan shug‘ullanadilar.

3. (c)

Ijtimoiy sohalardagi iste’dodlar sifatida belgilanadi. Ularga shifokorlar,

hamshiralar va

o‘qituvchilar kiradi. Bu iste’dodla

r sog'liqni saqlash yoki

ta’lim kabi muhim ijtimoiy xizmatlarni

taqdim etishda bevosita ishtirok etadilar.

Solimanoning taklifi asosan yuqori malakali va malakali mutaxassislarga qaratilgan

immigratsiya das

turlarining joriy tuzilishini o‘zida aks ettiradi.

Yuqori malakali muhojir

lar boshqa (ya’ni kam malakali) muhojirlarga nisbatan erkinroq

harakatlanishi mumkin (Callister et al., 2006; Favell, 2009; Geddes, 2016). Xususan, ularning

oqimlari

uzluksiz va qulaydir, ko‘payib borayotgan harakatchanlik ularni

boshqa barcha

muhojirlardan ajratib turadigan asosiy xususiyatdir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

22

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, OECD o‘zining yuqori malakali migratsiya bo‘yicha nashriga

xalqaro talabalar bo‘limini kiritg

an (Tremblay, 2002). 2002 yilda bu yondashuv, jumladan,

xalqaro talabalarni yuqori malakali migrantlar sifatida qabul qilish juda keng tarqalgan

yondashuv edi. Bir mamlakatga kirish uchun xalqaro chegaralarni kesib o‘tgan xalqaro

talabalar malakali ishchilarni jalb qilish siyosatining maqsadlariga aylanishdi. Biroq, kasbiy
tajribasi yoki ha

tto ish haqi bilan o’lchanishidan qat’i nazar, ular yuqori malakali migrantlar

emas. Aksincha, ularning yuqori malakali muhojirlar toifasiga kiritilishi, ular o‘qishni

tugatgandan so‘ng ushbu mamlakatda qolish ehtimolini ilgari sura

di(Kuptsch, 2006).

Shu

nday qilib, xalqaro talabalar berilgan ta’rifi bo‘yicha malakali xisoblanadilar, chunki

ular yaqin kelajakda yuqori malakali bo‘lish potentsiali ko‘zda tutilgan bo‘ladi

degan fikr

mavjud. Agar ular o‘qishlari uchun pul to‘lab, borga

n mamlakatlarida yuqori malakali sohalarda

o‘zlarini namoyon qilsalar, o‘ylashimizcha, muhojirlar uchun ham, qabul qiluvchi mamlakat

uchun ham ijobiy baholanadi.

Shuningdek, ko‘plab mualliflar

xalqaro talaba sifatidagi tajriba o‘qishni tamomlagandan

so‘ng

yuqori malakali migrant

bo‘lish ehtimoli moyilligini o‘z ishlarida ko‘rsatdi

(Koser and Salt,

1997; Salt, 1997; Cairns, 2017)

. Xususan, ularning ba’zilari ta’kidlashicha, xalqaro talabalar

tomonidan yaratilgan tarmoqlar yuqori malakali immigratsiyani oshirishga yordam beradi,
c

hunki ular o‘zlarining vatanidagi hamkasblari va do‘stlarini chegara kesib o’tishini qo‘llab

-

quvvatlaydilar. Shunday qilib, malakali ishchi kuchining aylanmasi qisman b

o’lsada chet ellik

talabalar bilan ham bog'liq (Koser and Salt, 1997; Khadria, 2001; Gribble, 2008).

Xulosa va takliflar.

Yuqorida ko‘rsatganimizdek, yuqori

malakalarning ta’riflari turlicha. Ular asosan siyosiy

ehtiyojlarni qondirish uchun foydalaniladigan ma'muriy ma'lumotlarga asoslanganligini

ko‘rish mumkin.

Yuqori malakali migrantlarn

i aniqlash mumkinligi to‘g‘risida munozaralar, hozirda

asosan ko‘nikmalar, ishga joylashish masalasi va ta’lim darajasi atrofida keng aylanmoqda.

Ushbularda

n kelib chiqqan holda, yuqori malakali migrantlar ta’rifi kontekstga va muay

yan

mavjud ehtiyojga moslashtirilishi mumkin.

Kerr ta’kidlaganidek

(Kerr, 2013)

kengroq tushunchaga ega bo‘lish uchun ushbu bo‘yicha

adabiyotlar muhim, tadqiqot bazasi ham

havas qilarli darajada deb bo‘lmaydi. Kelajakdagi

tadqiqotlar uchun birinchi ustuvor vazifalardan biri bu

ushbu yo‘nalishda tadqiqotlarni sonini

ko‘paytirish deb o‘ylaymiz.

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Adams Jr, R.H. (2003)

‘International migration, remittances, and the brain drain: A study of

24 labor-

exporting countries’, Remittances, and the Brain Drain: A Study of, 24.

Beach, C.M., Green, A.G. and Worswick, C. (2

007) ‘Impacts of the point system and

immigration policy lev

ers on skill characteristics of Canadian immigrants’, in Immigration.

Emerald Group Publishing Limited, pp. 349

401.

Beaverstock, J. V (2005) ‘Transnational elites in the city: British highly

-skilled inter-company

transferees in New York city’s financial district’, Journal of ethnic and migration studies, 31(2), pp.

245

268.

Bielewska, A. (2021) ‘Game of labels: Identification of highly skilled migrants’, Identities,

28(5), pp. 615

633.

Borjas, G.J

. (1987) ‘Immigrants, minorities, and labor market competition’, ILR Review,

40(3), pp. 382

392.

Borjas, G.J. (2005a) ‘The labor

-market impact of high-

skill immigration’, American

Economic Review, 95(2), pp. 56

60.

Bouvier, L.F. and Simcox, D. (1995) ‘Fore

ign-

born professionals in the United States’,

Population and Environment, pp. 429

444.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

23

Cairns, D. (2017) ‘Exploring student mobility and graduate migration: undergraduate

mobility propensities in two economic crisis contexts’, Social & Cultural Geography,

18(3), pp. 336

353.

Callister, P. et al. (2006) Globalisation, gendered migration and labour markets. Department

of Labour.

Carrington, W.J. and Detragiache, E. (1998) ‘How big is the brain drain?’

Docquier, F. and Marfouk, A. (2006) ‘International migrati

on by education attainment,

1990

–2000’, International migrat

ion, remittances and the brain drain, pp. 151

199.

Dzvimbo, K.P. (2003) ‘The international migration of skilled human capital from developing

countries’, in A case study prepared for a Regional Tr

aining Conference on Improving Tertiary

Education in Sub-Saharan Africa: Things That Work, pp. 23

25.

Favell, A. (2009) ‘Immigration, migration, and free movement in the making of Europe’,

European identity, pp. 167

189.

Geddes, A. (2016) ‘The politics of migration and immigration in Europe’.

Green, A.G. and Green,

D.A. (1995) ‘Canadian immigration policy: The effectiveness of the

point system and other instruments’, Canadian Journal of Economics, pp. 1006–

1041.

Gribble, C. (2008) ‘Policy options for managi

ng international student migration: the sending

country’s perspective’, Journal of Higher Education Policy and Management, 30(1), pp. 25–

39.

Kerr, S.P. et al. (2016) ‘Global talent flows’, Journal of Economic Perspectives, 30(4), pp. 83–

106.

Kerr, W.R. (2013) US high-skilled immigration, innovation, and entrepreneurship: Empirical

approaches and evidence. National Bureau of Economic Research.

Khadria, B. (2001) ‘Shifting paradigms of globalization: the twenty‐first century transition

towards generics in ski

lled migration from India’, International migration, 39(5),

pp. 45

71.

Koser, K. and Salt, J. (1997) ‘The geography of highly skilled international migration’,

International Journal of Population Geography, 3(4), pp. 285

303.

Kuptsch, C. (2006) ‘Students and talent flow–the case of Europe: From castle to harbour’,

Competing for global talent, pp. 33

61.

Lowell, B.L. (2005) ‘Policies and regula

tions for managing skilled international migration

for work’, United Nations, Mortality and Migration Section of the Population Division/DESA, pp.

1

21.

Mahroum, S.

(1999) ‘Highly skilled globetrotters: the international migration of human

capital’, in Pro

ceedings of the OECD workshop on science and technology labour markets,

DSTI/STP/TIP (99). Citeseer, pp. 168

185.

Parsons, C.R. et al. (2020) ‘High skilled migration

through the lens of policy’, Migration

Studies, 8(3), pp. 279

306.

Peri, G. and Sparber, C

. (2011) ‘Highly educated immigrants and native occupational choice’,

Industrial Relations: a journal of economy and society, 50(3), pp. 385

411.

Salt, J. (1997) ‘International movements of the highly skilled’.

Solimano, A. (2008) The international mobility of talent: Types, causes, and development

impact. Oxford University Press, USA.

Tremblay, K. (2002) ‘Student mobility between and towards OECD countries: a compara

tive

analysis’, International mobility of the highly skilled, pp. 39–

67.

Walsh, J. (2008) ‘

Navigating globalization: Immigration policy in Canada and Australia,

1945

–2007 1’, in Sociological Forum. Wiley Online Library, pp. 786–

813.

Weinar, A., Klekowski von Koppenfels, A. (2020). Highly-Skilled Migrants in the Transatlantic

Space: Between Settlement and Mobility. In: Highly-Skilled Migration: Between Settlement and
Mobility. IMISCOE Research Series. Springer, Cham.

https://doi.org/10.1007/978-3-030-42204-

2_4

Библиографические ссылки

Adams Jr, R.H. (2003) ‘International migration, remittances, and the brain drain: A study of 24 labor-exporting countries’, Remittances, and the Brain Drain: A Study of, 24.

Beach, C.M., Green, A.G. and Worswick, C. (2007) ‘Impacts of the point system and immigration policy levers on skill characteristics of Canadian immigrants’, in Immigration. Emerald Group Publishing Limited, pp. 349–401.

Beaverstock, J. V (2005) ‘Transnational elites in the city: British highly-skilled inter-company transferees in New York city’s financial district’, Journal of ethnic and migration studies, 31(2), pp. 245–268.

Bielewska, A. (2021) ‘Game of labels: Identification of highly skilled migrants’, Identities, 28(5), pp. 615–633.

Borjas, G.J. (1987) ‘Immigrants, minorities, and labor market competition’, ILR Review, 40(3), pp. 382–392.

Borjas, G.J. (2005a) ‘The labor-market impact of high-skill immigration’, American Economic Review, 95(2), pp. 56–60.

Bouvier, L.F. and Simcox, D. (1995) ‘Foreign-born professionals in the United States’, Population and Environment, pp. 429–444.

Cairns, D. (2017) ‘Exploring student mobility and graduate migration: undergraduate mobility propensities in two economic crisis contexts’, Social & Cultural Geography, 18(3), pp. 336–353.

Callister, P. et al. (2006) Globalisation, gendered migration and labour markets. Department of Labour.

Carrington, W.J. and Detragiache, E. (1998) ‘How big is the brain drain?’

Docquier, F. and Marfouk, A. (2006) ‘International migration by education attainment, 1990–2000’, International migration, remittances and the brain drain, pp. 151–199.

Dzvimbo, K.P. (2003) ‘The international migration of skilled human capital from developing countries’, in A case study prepared for a Regional Training Conference on Improving Tertiary Education in Sub-Saharan Africa: Things That Work, pp. 23–25.

Favell, A. (2009) ‘Immigration, migration, and free movement in the making of Europe’, European identity, pp. 167–189.

Geddes, A. (2016) ‘The politics of migration and immigration in Europe’.

Green, A.G. and Green, D.A. (1995) ‘Canadian immigration policy: The effectiveness of the point system and other instruments’, Canadian Journal of Economics, pp. 1006–1041.

Gribble, C. (2008) ‘Policy options for managing international student migration: the sending country’s perspective’, Journal of Higher Education Policy and Management, 30(1), pp. 25–39.

Kerr, S.P. et al. (2016) ‘Global talent flows’, Journal of Economic Perspectives, 30(4), pp. 83–106.

Kerr, W.R. (2013) US high-skilled immigration, innovation, and entrepreneurship: Empirical approaches and evidence. National Bureau of Economic Research.

Khadria, B. (2001) ‘Shifting paradigms of globalization: the twenty‐first century transition towards generics in skilled migration from India’, International migration, 39(5), pp. 45–71.

Koser, K. and Salt, J. (1997) ‘The geography of highly skilled international migration’, International Journal of Population Geography, 3(4), pp. 285–303.

Kuptsch, C. (2006) ‘Students and talent flow–the case of Europe: From castle to harbour’, Competing for global talent, pp. 33–61.

Lowell, B.L. (2005) ‘Policies and regulations for managing skilled international migration for work’, United Nations, Mortality and Migration Section of the Population Division/DESA, pp. 1–21.

Mahroum, S. (1999) ‘Highly skilled globetrotters: the international migration of human capital’, in Proceedings of the OECD workshop on science and technology labour markets, DSTI/STP/TIP (99). Citeseer, pp. 168–185.

Parsons, C.R. et al. (2020) ‘High skilled migration through the lens of policy’, Migration Studies, 8(3), pp. 279–306.

Peri, G. and Sparber, C. (2011) ‘Highly educated immigrants and native occupational choice’, Industrial Relations: a journal of economy and society, 50(3), pp. 385–411.

Salt, J. (1997) ‘International movements of the highly skilled’.

Solimano, A. (2008) The international mobility of talent: Types, causes, and development impact. Oxford University Press, USA.

Tremblay, K. (2002) ‘Student mobility between and towards OECD countries: a comparative analysis’, International mobility of the highly skilled, pp. 39–67.

Walsh, J. (2008) ‘Navigating globalization: Immigration policy in Canada and Australia, 1945–2007 1’, in Sociological Forum. Wiley Online Library, pp. 786–813.

Weinar, A., Klekowski von Koppenfels, A. (2020). Highly-Skilled Migrants in the Transatlantic Space: Between Settlement and Mobility. In: Highly-Skilled Migration: Between Settlement and Mobility. IMISCOE Research Series. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-030-42204-2_4