Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
150
HUDUDLARDA MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI ASOSIDA AHOLI TURMUSH
DARAJASINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Muminov Fazliddin Shoymardonovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Annotatsiya.
Maqolada, kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush darajasi yaxshilash
bo‘yicha xorij va mahalliy olimlarning tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha yaratilgan tizim hamda kelgusi rejalar to‘g‘risida tahliliy fikrla
r ilgari surilgan. Dunyoda
aholi turmush darasini oshirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar va ularga qaratilgan
islohotlar, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar keng koʻlamda
davom etmoqda. Jumladan, isteʼmol sa
va
ti, yashash minimumi, minimal isteʼmol xarajatlari
miqdorining optimal nuqtasi hamda kambagʻallik va qashshoqlik chegaralarini aniqlash
mezonlarini ishlab chiqish va bunda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi uchun xususiy
tadbirkorlik yoʻnalishlariga
doir ilmiy-
tadqiqot ishlari to‘g‘risida mulohazalar keltirilgan.
Adabiyotlar tahlil qismida mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chiqarilgan
meyoriy xujjatlar keltirib o‘tilgan. Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini
yanad
a rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
kambag‘allik, modellashtirish, iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, turmush sifati,
mahallabay, mahalliylashtirish, aholi, tadbirkorlik, iste’mol savati, turmush darajasi, prognoz.
ЭКОНОМЕТРИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ
НА ОСНОВЕ СОСЕДСКОЙ СИСТЕМЫ РАБОТЫ В РЕГИОНАХ
Муминов Фазлиддин Шоймардонович
Университет экономики и педагогики
Аннотация
.
В статье анализируются результаты исследований зарубежных и
отечественных ученых по вопросам снижения бедности и повышения уровня жизни
населения. Были высказаны аналитические мнения о созданной системе сокращения
бедности и планах на будущее. Внутренние и внешние факторы, влияющие на повышение
уровня жизни населения мира и направленные на них реформы, научные исследования по
снижению бедности продолжаются в больших масштабах. В частности, оптимальная
точка потребительской корзины, минимальный прожиточный минимум, минимальный
объем потребительских расходов, а также разработка критериев определения порогов
бедности и нищеты, а также комментарии к научным исследованиям по направлениям
частного предпринимательства. для населения по принципу участковой работы. В анализе
литературы приводятся нормативные документы, изданные по вопросам снижения
бедности в нашей стране. Представлены предложения и рекомендации по дальнейшему
развитию уровня жизни населения на основе системы районной работы.
Ключевые слова:
бедность, моделирование, экономика, сервис, качество жизни,
соседство, локализация, население, предпринимательство, потребительская корзина,
уровень жизни, прогноз.
UO
‘
K: 338.311.13 (575.152)
IV SON - APREL, 2024
150-158
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
151
ECONOMETRIC MODELING OF THE INCREASE OF THE LIVING STANDARD
OF THE POPULATION ON THE BASIS OF THE NEIGHBORHOOD WORKING
SYSTEM IN THE REGIONS
Muminov Fazliddin Shoymardonovich
University of Economics and Pedagogy
Abstract.
The article analyzes the research results of foreign and domestic scientists on
reducing poverty and improving the standard of living of the population. Analytical opinions about
the created system for reducing poverty and future plans were put forward. Internal and external
factors influencing the improvement of the standard of living of the world population and the reforms
aimed at them, scientific researches on reducing poverty continue on a large scale. In particular, the
optimal point of the consumption basket, the minimum living wage, the minimum consumption
expenditure amount, and the development of criteria for determining the poverty and destitution
thresholds, as well as comments on the scientific research works on the directions of private
entrepreneurship for the population based on the neighborhood work system. In the literature
analysis, normative documents issued on poverty reduction in our country are cited. Proposals and
recommendations for the further development of the population's standard of living are presented
based on the neighborhood work system.
Key words:
poverty, modeling, economy, service, quality of life, neighborhood, localization,
population, entrepreneurship, consumption basket, standard of living, forecast.
Kirish.
Mamlakatimizda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini oshirishning
yangi ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlarga mos konsepsiyasini yaratishga zarurat tug‘ildi. Mazkur
konsepsiyani shakll
antirishda so‘nggi yillarda jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan «Turmush
sifati» konsepsiyasining ayrim qoidalaridan foydalanish mumkin. «Turmush sifati» konsepsiyasi
insonning jismoniy, aqliy va ijtimoiy barkamolligini belgilovchi shartlarni shakllantiradi. Bu
o‘rinda gap faqat turmush sifatini (ovqatlanish, uy
-
joy, ish bilan bandlik, ta’li
m darajasi)
baholovchi obyektiv omillar haqida emas, balki inson tomonidan «o‘z farovonligi», «baxt»,
«qoniqish», «rohat» kabi tushunchalarni subyektiv his qilish to‘g‘risida ham bormoqda. Bunda
masalan, kommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish, maishiy
xizmatlar, kommunal xo‘jaliklar
intellektual xizmatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. «Turmush sifati» konsepsiyasi
qoidalariga amal qilish shuningdek, aholining turmush sharoiti va farovonligini oshirishda
mahalla tizimini rivojlantirishning
asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kundagi turmush
sharoitini o‘rganish, yashash joylarining atrof
-
muhit bilan o‘zaro munosabatini baholash, mavjud
imkoniya
tlardan foydalanib, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun har bir tarmoqni aholi
imkoniyatlarig
a moslashtirish kerak bo‘ladi.
Jahon ilm-
fanida ham e’tirof etilayotganidek, bugungi kunda xalqimizning o‘sib borayotgan
kundalik ehtiyojlarini qondirishda har bir s
ohasining o‘rni yuqoriligi bu mahallabay ishlash
tizimini yanada rivojlantirishni talab etadi.
O‘zbekistonda ham mustaqillik yillaridan boshlab aholi turmush darajasini oshirishga
qaratilgan bir qator muammaloarini yechimlariga qaratilgan islohatlar natijalari, uning milliy
iqtisodiyotni yuksaltirishdagi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakat aho
lisini hayot
farovonligini oshirish va boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishning harakatlantiruvchi omili
sifatidagi roli tobora o‘sib bormoqda.
Lekin u rivojlangan mamlakatlar erishgan darajaga nisbatan hali past. Yuqoridagilardan
kelib chiqib, O‘zbekistonda aholi turmush darajasini jadal rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda dunyoda aholi turmush darasini oshirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi
omil
lar va ularga qaratilgan islohatlar, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan
ilmiy tadqiqotlar keng koʻlamda davom etmoqda. Jumladan, isteʼmol savati,
yashash
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
152
minimumi, minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining optimal nuqtasi hamda kambagʻal
lik va
qashshoqlik chegaralarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish va bunda mahallabay is hlash
tizimi asosida aholi uchun xususiy tadbirkorlik yoʻnalishlariga doir
ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilmoqda.
«Mahallabay» ishlash tizimi orqali «og‘ir» mahall
alarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
ularda oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish va
ishsizlikni bartaraf etishning (A
ndijon tajribasi) ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar
belgilansin (Qaror, 2021):
mahalla
larning «o‘sish nuqtalari»ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi
tadbirkorlikni, jumladan, «drayver» loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga
ko
‘maklashish va shu orqali har bir mahallaning ijtimoiy
-
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash;
ahol
ining doimiy daromad manbalarini yanada ko‘paytirish, oilaviy tadbirkorlikni va
o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatini yanada kengaytirish choralarini ko‘rish;
m
ahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lgan tashabbuskorlarni
biznes
asoslariga o‘qitish;
xonadonlarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, daromadliligini yanada
oshirish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va xom-ashyo bilan imtiyozli
kreditlar asosida ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsul
otlarni sotishga
ko‘maklashish jarayonlarini tashkil etish uchun «yetakchi» tadbirkorlik subyektlarini
biriktirish;
tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘ma
klashish va faoliyatini monitoring
qilib borish, ishlab chiqaradigan mahsuloti (xizmati) bozorini topishiga yordam berish.
Respublikamizda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy
maqsadi mahalla tizimini rivojlantirish orqali jamiyatda aholining asosiy hayotiy ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan qulay ijtimoiy muh
it va shart-sharoitlar yaratishdir.
Adabiyotlar sharhi.
Hududlarda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini oshirish chora-
tadbirlari
borasida O‘z
bekiston Respublikasi Prezidentining
“
Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturlari doir
asida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
qarori (
Qaror, 2021), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Kambag‘al va
ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-
hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”
gi qarori (
Qaror, 2021) hamda Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda
mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad
manbalari
ni ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
504-son qarori (Qaror, 2021) va shu kabi qator meyoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini
oshirishga muayan xizmat qiladi.
Iqtisоdchi оlim Аbdullаyеvning (2020) fikrigа kо‘rа, “Kаmbаg‘аllik” dеgаndа –
individ yоki
ijtimоiy guruhning shundаy iqtisоdiy hоlаtini tushunish kеrаkki, bundаy hоlаtdа ulаr yаshаsh,
mеhnаt qоbiliyаtini sаqlаsh, kо‘pаyish uchun zаrur bо‘lgаn mа’lum minimаl еhtiyоjlаrini qоndirа
оlmаy qоlаdilаr. “Qаshshоqlik” yоki hаddаn tаshqаri kаmbаg‘аlchilik, mutlаq kаmbаg‘аllik,
dеgаndа еsа оdаmlаrning, mаsаlаn, оziq
-
оvqаt, ichimlik suvi, turаr
-
jоy kаbi аsоsiy еhtiyоjlаri
tаnqislik bilаn tаvsiflаnаdigаn hоlаt, tushunilishi kеrаk.
Abdurahmonov, Arabov va Xolmuxamedovlarning (
2014) fikricha “Qаshshоqlik tushunchаsi
аhоli guruhlаrining shundаy аhvоlini tаvsiflаydiki, ushbu jаmiyаtdаgi оqilоnа minimumgа
muvоfiq bо‘lgаn fаrоvоnlik dаrаjаsigа еrishish mumkin bо‘lmаydi”.
Muhitdinov
va
Raximovni
(2020)
fikricha, turmush darajasi kategoriyasining
murakkabligi va ko‘p qirraligi ko‘rsatkichlarining mufassal kichik tizimi asosida uni majmuiy
xarakterlash zaruriyatini belgilaydi. Alohida sta
tistika ko‘rsatkichi voqe’likning ko‘p
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
153
jihatlaridan atigi bittasini aks ettirishga qodir. Turmush darajasining barcha elementlari
obyektiv ravishda o‘zaro bog‘langanligi sababli uni ifodalovchi tizimli ko‘rsatkichlar ham
o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak. Ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘langanlik tamoyili aholi
turmush darajasining statistik ko‘rsatkichlari
bo‘limlari va kichik tizimlarini
shakllantirganda hal qiluvchi hisoblanadi.
Tadqiqotchi olimlar Hasanov, Eminovlar
(2001)
bozor iqtisodiyoti sharoitida hududlarda
oila daromadini ko‘paytirish qay darajada tashkil etilayotganligi haqida fikr yuritib, bu o‘rinda
aholi turmush darajasini rivojlantirish, aholining moddiy farovonligini oshirish yo‘llari quyidagi
konkret vazifalarni o‘z ichiga oladi, deb ta’kidlashadi:
xizmatga bo‘lgan iste’mol talablarini aniqlash, ularni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash
hamda qondirishning shakl, usul va navbatliligini belgilash;
aholi daromadlari tuzilmasini oshirish va o‘zgarish istiqbollarini belgilash;
iste’molning o‘sishini oldindan ko‘ra bilish va uning tarkibini takomillashtirish;
iste’mol talabi tuzilmasini o‘zgartirish;
uy-joy muammosini hal qilishning yo‘l va muddatlarini belgilash;
xizmatlar ko‘rsatish, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, shuningdek, transport va aloqa
sohalarini rivojlantirish.
Yuqorida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari aholi daromadlari tabaqalanishi va
kambag‘allikni qisqartirishda xususiy tadbirkorlik yo‘nalishlarining nazariy
-amaliy
jihatlarini yetarlicha, tizimli tadqiq etilmaganligi, xalqaro tashkilotlar va xorijning boy
tajribasidan samarali foydalangan holda respublikada kambag‘allikni aniqlash va
qisqartirish yuzasidan tavsiyalarni takomillashtirish va uning tadqiqot mavzusi sifatida
tanlanishiga asos bo‘ldi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy izlanishlar va olib bor
ilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, hududlarda
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholiga qulay infratuzilma yaratib berish orqali
kambag‘allikdan chiqarish va doimiy daromadli va kafolatlangan ish o‘rinlari bilan ta’minlash
bo‘yicha asoslangan
taklif va tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot jarayonida so‘rovnoma o‘tkazish,
tahlil, joylashuv va tabiiy resurslar tahlil, tashqi va ichki imkoniyatlarni solishtirish, kuzatuv,
iqtisodiy tahlil qilish kabi usullardan foydalanilgan. Shuningdek, soha oid tas
diqlangan me’yoriy
xujjatlar va mahalliy va chet el olimlarining kuzatuv va tahlillari ko‘rsatib o‘tilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush
darajasini oshirishni tadqiq etish, ekonometrik modellashtirish va prognozlash muammolari
yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu sababli aholi turmush darajasini «hayotiy sikli»ni uzaytirish,
ularning barqaror va mutanosib rivojlanishini monitoring qilib borishni ta’minlaydigan
qo‘shimcha statistik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, respublikamiz hududlarida aholi turmush
darajasini rivojlanish tendensiyalari, istiqbollarini ekonometrik modellashtirish, prognozlash kabi
ilmiy-amaliy muammolarni hal qilish va amaliy tatbiq etishga hayotiy zarurat tug‘ilmoqda. Buning
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
modellashtirishdagi uslub va yo‘nalishlarini tadqiq etish;
aholi turmush darajasining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va farovonlik darajasiga
ta’sir qiluvchi omillarni baholash;
aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash va ijtimoiy rivojlanishida muhim omil
bo‘lgan tarmoqlarni tizimli statistik tahlil qilish;
aholi turmush darajasini oshirishga ta’sir qiluvchi barcha tarmoqlarning rivojlanish
tendensiyalarini ekonometrik modellar asosida baholash va prognoz qilish.
Bugungi kunda turli miqyosdagi hududiy joylashuvlar darajasida sodir bo'layotgan
o'zgarishlarning ko'p qirraliligi, xilma-xilligi hududlardagi hayot jarayonlarining resurs tarkibiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
154
qismini sezilarli darajada dolzarb masaladir. Chunki, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizim
rivojlanishining ijobiy dinamikasini ta'minlashga asoslanadi. Yuqorida aytilganlarning barchasi
mutanosib rivojlanmagan hududning markazini o'rganish ilmiy tadqiqotning nazariy va uslubiy
tarkibiy qismlarining optimal kombinatsiyasiga asoslangan tegishli tizimli yondashuvni
shakllantirish zarurligini o'rganish sifatida dolzarbligini belgilaydi. Ilmiy tadqiqot maqsadi -
hududiy joylashuvlarning har xil turlarini o'rganishga tizimli yondashuvning nazariy va uslubiy
asoslarining tarkibiy qismlarini umumlashtirish;
Mahalla joylashuvining har xil turlarini o‘rganuvchi tadqiqotni nazariy va uslubiy tarkibiy
qismlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniq
lash;
nomutanosib rivojlanish bilan hududiy kapitalni o'rganishda hududlararo vositalar, usullar,
formatlarning umumiy kesishishlari va istiqbollarini aniqlash.
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darasini oshirishda quyidagi omillarga
alohida
e’tibor qaratish lozim:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining sifati va shaffofligi;
2. Aholining bilim darajasi;
3. Hududning iqtisodiy rivojlanishi;
4. Ijtimoiy va tibbiy infratuzilmaning mavjudligi;
5. Atrof-muhit sharoitlari va boshqalar.
Bu jarayonda ekonometrikaning muhim o'rni aholi turmush darajasiga ta'sir ko'rsatadigan
turli iqtisodiy ko'rsatkichlar va omillarni o'rganish va tahlil qilishdir.
Ekonometrik usullar oddiy, an’anaviy usullarni inkor etmaydi, balki ularni yanada
rivojlanti
rishga va obyektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali
muayyan tahlil qilishga yordam beradi.
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlantirishni ekonometrik
modellashtirishda, boshqarish jarayonlarin
i tavsiflashda real obyekt ikkita tizim ko‘rinishida
keltiriladi: boshqaruvchi va boshqariluvchi (boshqarish obyekti).
1-rasm. Mahallabay tizim asosida aholi turmush darajasini oshirishni ekonometrik
modellashtirishda boshqarish tizimining tuzilmasi
(
Raximov, 2020)
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlantirishni ko‘p omilli
ekonometrik modellashtirishda boshqarish tizimlarining umumiy tuzilmasi 1-rasmda keltirilgan.
Unda endogen o‘zgaruvchilar:
)
(
t
x
–
kirish ta’sirlari (topshiriq) vektori;
)
(
t
–
tashqi muhit
ta’sirlari vektori;
)
(
'
t
h
–
xatolar signalining vektori;
)
(
''
t
h
–
boshqarish ta’sirlarining vektori;
S
V
1
V
2
…V
n
X
1
h
1
’
h
1
’’
Z
1
Y
1
X
2
h
2
’
h
2
’’
Z
2
Y
2
… …
…
X
n
h
n
’
h
n
’’
Z
n
Y
n
Bosh
qaru
vch
i
ob
yekt
Bosh
qarilu
vch
i
ob
yekt
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
155
ekzogen o‘zgaruvchilar:
)
(
t
z
–
S tizim holatlari vektori;
)
(
t
y
–
chiqish o‘
zgaruvchilarining vektori,
odatda
)
(
t
y
=
)
(
t
z
bo‘ladi.
Hozirgi holatda ekonometrik modellashtirishni boshqarish tizimi
–
ma’lum maqsadli
boshqari
sh tizimini ta’minlovchi dasturiy
-
texnik vositalar yig‘indisidir. Boshqarish obyektining
maqsadga qanchalik erishishiga qarab, bir o‘lchamli tizim uchun
y(t)
holat
koordinatasi bo‘yicha
qaror qabul qilish mumkin. Boshqarish miqdori o‘zgarish qonunining t
opshiriq qiymati
y
zad
(t)
va
haqiqiy qiymati
y(t)
o‘rtasidagi farq
h'(t) = y
zad
(t)
—
y(t)
boshqarish xatoligi hisoblanadi. Agar
keltirilgan boshqarish miqdorining o‘zgarish qonuni kirish ta’siri (topshiriq) ning o‘zgarish
qonuni bilan mos kelsa, ya’ni
x(t)=y
zad
(t)
bo‘lsa, unda
h'(t)=x(t)-y(t)
bo‘ladi.
Barcha vaqt momentlari bo‘yicha boshqarish xatoligi
h'(t)=0
bo‘lgan tizim ideal tizim
deyiladi. Amaliyotda ideal tizimla
rni ishlab chiqish imkoni yo‘q. Shuning uchun ham avtomatik
boshqarishdagi xatolik manfiy
teskari bog‘lanish tamoyili (chiqish o‘zgaruvchisi)
y(t)
va uning
topshiriq qiymatlaridan foydalanib, ular o‘rtasidagi og‘ish haqidagi ma’lumot sifatida keltirilishi)
ga asoslanib kamaytirilishi lozim.
Ekonometrik modellashtirishda boshqarish tizimlari top
shirig‘i
y(t)
o‘zgaruvchisining
qonunga muvofiq berilgan aniqlikda (ruxsat etilgan xatolik bilan) o‘zgarishi hisoblanadi.
Avtomatik boshqarish tizimlarini loyihalash va ishlatishda S tizimning talab qilingan boshqarish
aniqligini, shuningdek, o‘tish jarayonida turg‘unligini ta’minlay oladigan parametrlarini tanlash
zarur.
Agar tizim turg‘un bo‘lsa, unda uning vaqt bo‘yicha xulqi, o‘tkinchi jarayonda rostlash
o‘zgaruvchisi
y(t)
ning maksimal og‘ishi, o‘tkinchi jarayon vaqti va shu kabilar amaliy qiziqish
uy
g‘otadi. Turli
sinfli avtomatik boshqarish tizimlarining xossalari haqida tizimdagi jarayonlarni
eng yaqin tavsiflovchi differensial tenglamalarning turlari bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin.
Differensial tenglama tartibi va koeffitsiyentlari qiymati tizimning statik va dinamik
parametrlarini to‘la aniqlab beradi.
1-rasmdan foydalanish uzluksiz - determinanlangan S tizimlar faoliyati jarayonini
shakllantirish va ularning asosiy tavsiflarini baholashda, uzluksiz tizimlarni modellashtirish yoki
analog hamda gibrid hisoblash
texnikasi vositalaridan foydalanish uchun mos til ko‘rinishida
ishlab chiqilgan analitik yoki imitatsion yondashishlarni qabul qilish imkonini beradi.
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlantirishni ko‘p omilli
e
konometrik modellashtirishning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi;
iqtisodiy va tabiiy jarayonlarni tahlil qilishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi;
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlanishida prognozlashni
amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi;
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlantirishni faqat chuqur
tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning o‘rg
anilmagan yangi qonuniyatlarini ochishga imkoni
yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida aholi turmush darajasini kelgusidagi rivojlanishini
oldindan aytib berish mumkin bo‘ladi
.
Biz olib borayotgan tadqiqotda, mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini
rivojlantirish birinchi navbatda, xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning innovatsion faoliyatidan kelib
chiqadi. Shuning uchun aholiga xizmat ko‘rsatishda ijtimoiy
-madaniy, iqtisodiy, intellektual,
texnik-
texnologik va boshqa omillar ta’sir e
tadi. Us
hbu omillar ta’sirini o‘rganish maqsadida
korrelyatsion-
regression tahlil masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlantirish murakkab jarayonli
tarmoq bo‘lganligi uchun hayotiyligi ularning modell
ashtiriladigan obyektga qanchalik mos
kelishiga bog‘liq.
Bitta modelda obyektning hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda
obyektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
156
ortiqcha soddalashtirilgan
model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi. O‘ta murakkab
model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Har bir modellashtirish jarayonida asosiy blok «maqsad» hisoblanadi, chunki qo‘yilgan
maqsadga ko‘ra, bitta obyek
t uchun har xil modellar tuzilishi mumkin. Obyekt sifatida
Qashqadaryo viloyatining xizmat ko‘rsatish sohasidagi asosiy tarmoqlarini olamiz.
Yuqoridagilarga asoslanib, mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida joylarda aholiga
xizmat ko‘rsatish uchun, har bir mintaqaning iqlimi, urf-odati, bozor iqtisodiyoti sharoitlarini
hisobga olgan holda, ekonometrik modellashtirishdan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish uchun
qator muammolarni hal qilish talab etiladi. Chunonchi:
hududlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi tafovutlarni bartaraf qilishni;
joylarda
xizmat
ko‘rsatuvchi
subyektlarni
ustuvor
tarzda
rivojlantirishning
modellashtirishni;
joylarda xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar o‘rtasidagi raqobat muhitini yaxshilashni;
joylarda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi mukammal texnologik jarayonlarni ustuvor rivojlantirishni;
joylarda ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchlarini xizmat ko‘rsatish sohasi yanada
to‘laroq jalb qilishni, ya’ni jamiyatning chegaralangan resurslaridan to‘g‘ri foydalanishda
boshqarishni modellashtirishni taqazo etadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlariga ta’sir etuvchi barcha omillarni quyidagi guruhlarga
ajratish maqsadga muvofiq:
material texnik omillar: ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish,
avtomatlashtirish darajasi va sifati, qo‘llaniladigan texnologiyalarning darajasi, fanning
rivojlanishi va boshqalar;
tabiiy tarixiy omillar: kimyolash, melioratsiya, irrigatsiya va boshqa vositalar yordamida
tuproq
–
iqlim sharoitlarini yaxshilash, chorvachilik va dehqonchilik sohalarida seleksiya, genetika
va boshqa omillar;
tashkiliy xo‘jalik omillari: ishlab chiqarishni tashkil etishning ixtisoslashuvi,
konsentratsiyasi, ilg‘or tajribaning qo‘llanilishi, boshqaruv tizim
i va uslublarining xarakteri,
darajasi va boshqalar;
iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishni rejalashtirish va istiqbolni belgilash, iqtisodiy tahlil,
hisob va nazorat, mehnatni normallashtirish, ishlarni tariflashtirish va boshqalar;
ijtimoiy omillar: inson qobiliy
atlarini aniqlanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillar
–
jismoniy, psixologik, intellektual, mehnatga va uning natijalariga ijobiy munosabatlarning
rivojlanishi va salbiy omillarning chetlashtirilishi bilan bog‘liqligi.
Oxirgi uchta omillar guruhi u yoki bu darajada ishlab chiqarish rivojlanishining mazkur
bosqichi uchun xarakterli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlari yig‘indisi bilan bog‘langan. Shu
sababli ular ma’lum bir darajada ijtimoiy xarakterga ega, demak, ularning mazmuni haqida so‘z
yuritish mumkin, ya’ni uchinchi va to‘rtinchi guruh omillarining tashkiliy
-
xo‘jalik va iqtisodiy
mohiyati ustunligi hamda haqiqatdan o‘zida ijtimoiy, ijtimoiy
- iqtisodiy, ijtimoiy - psixologik
omillarni mujassamlashtirgan beshinchi guruhomillariijtimoiy mazmuni ustunligi haqidadir.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy omillar klassifikatsiyasini ishlab chiqishda,
fikrimizcha, ularning insonning turmush sharoiti va mehnatiga bevosita ta’siridan kelib chiqish
zarur.
Inson hayoti va mehnat ajralmasdir, chunki mehnat yordamida hayot uchun zarur vositalar
yaratiladi, faqat ishchi kuchi sifatida ko‘rib chiqiladigan insonning o‘zi, tabiatning bir predmetidir,
mehnat esa ushbu kuchning moddiy ko‘rinishidir. Vaholanki, ijtimoiy omill
arning ijtimoiy ishlab
chiqarish samaradorligigata’siri ba’zida bevosita yoki bilvosita xarakterga ega, ya’ni bevosita ta’sir
etuvchi obyekt sifatida bir tomondan, insonning o‘zi turadi va ikkinchi tomondan, uning mehnati
esa bilvosita hisoblanadi. Jamoa amaliyoti, iqtisodiyotning va ijtimoiy munosabatlarning istiqboli
haqidagi ilmiy taasurotlar to‘liq bo‘lmagan sharoitlarda, iqtisodiy siyosatning yangi yo‘nalishlarini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
157
shakllantirish uchun dastlabki qadam sifatida ishlab chiqarishda va ijtimoiy sohada aniq
ziddiyatlar va salbiy hodisalarni bartaraf etish hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotda aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini tizimli tahlil qilish orqali integratsion
turdagi imitatsion model takomillashtirildi. Bu esa aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini
rivojlantirish uchun maqsadli va strategik qaror qabul qilishning metodologiyasi va zamonaviy
tizimli izlanishlar tuzilmasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Viloyat aholisining xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash
uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
𝑨𝒙
𝒅
=
∑
(𝒀
𝒊
)
𝒏
𝒊=𝟏
∑
𝑨
𝒋
𝒎
𝒋=𝟏
=
𝒀
𝟏
+𝒀
𝟐
+⋯+𝒀
𝒏
𝑨
𝟏
+𝑨
𝟐
+⋯+𝑨
𝒎
(1)
Bu yerda:
Ax
d
–
aholini barcha xizmat turlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
A
j
–
j
hududdagi
aholi soni;
Y
i
–
i
turdagi xizmat ko‘rsatish sohasi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorli
gining
o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin:
ijtimoiy demografik: aholining joylashuvi, jinsi, yoshi, oilaviy axvoli bo‘yicha shakllangan
tizimni qamrab oladi;
ijtimoiy - kasbiy: ishlab chiqarishni sanoatlashtirish, kadrlarni tayyorlash va kasbga
yo‘naltirish tizimini, ya’ni ta’lim, mutaxassislik razryad, staj, malakani oshirish bilan bog‘liqdir;
ijtimoiy - maishiy: bunda turmush darajasi va uy-joy sharoitlarining yaxshilanishi, madaniy
-
maishiy xizmat, transport bilan bog‘liq mu
ammolarning yechilishi, umumiy ovqatlanish va tibbiy
xizmatning tashkil qilinishi, maktabgacha muassasalarning mavjudligi, insonlarning dam olishi va
bo‘sh vaqtning unumli tashkil qilinishi bilan bog‘liq;
ijtimoiy - psixologik: korxonada, guruhda mehnat jamoasining ijtimoiy - psixologik holatini,
ish bilan qoniqganligi, o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarning rivojlanishini, sog‘lom
ma’naviy holatning tashkil qilinishini o‘zi
da aks ettiradi;
ijtimoiy - ishlab chiqarishga oid: mehnatni tashkil qilishni boshqarishda, raqobatda ishtirok
etishni, mehnatga haq to‘lash tizimini, bajarilayotgan ishga qarab haq to‘lashni, mehnat intizomini
qamrab oladi;
ijtimoiy - iqtisodiy: bunga ish
haqi darajasi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad kiradi.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni bunday
guruhlash rivojlanishning o‘sishida boshqarishdan to‘liq foydalanish imkonini beradi.
Xulosa va takliflar.
Ijtimoiy omillar mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlantirishga
sezilarli ta’sir etadi. Xozirgi bosqichda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida
barcha ijtimoiy omillar tizimidan to‘liq foydalanish sohani ri
vojlantirishning obyektiv zaruriyati
hisoblanmoqda.
Mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush darajasini rivojlantirishni murakkab
ijtimoiy-
iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Nazariy izlanishlar natijasida
aholi
turmush darajasini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirishni takomillashtirish lozim.
Amaliyotda ijtimoiy sohasiga innovatsion loyihalarni kompleks modellashtirishning ilmiy
metodologik asoslarini takomillashtirish zarur.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahallabay ishlash tizimi asosida aholi turmush
darajasini rivojlantirish faoli
yatining boshqaruv tizimidagi o‘ziga xos ilmiy
-uslubiy asoslarini
o‘rganish, ushbu soha faoliyati asosiy yo‘nalishlarini belgilash, tarmoqda samarali boshqaruv
tizimini yaratish, shuningdek, boshqaruv faoliyati va stukturasini shakllantirish, ijtimoiy sohasi
faoliyatini samarali boshqarish mexanizmini ishlab chiqish taqozo etiladi. Qashqadaryo viloyatida
ijtimoiy tarmoqlarini rivojlantirishda boshqaruv mexanizmlari ta’sirchanligini oshirish
, ijtimoiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
158
soha faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samarali tashkil etilishi iqtisodiy rivojlanishni
ta’minlashdagi asosiy yo‘nalish sifatida qaralishi lozim.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Abdullayev R., (2020) Amalparast X. Allaqulov nega xalqimizni aldayapti. pdf Tashkent, 2020
yil 19 iyul.
http://fundamental-economic.uz/articlepdf/
Abdurahmonov X.X., Arabov N.U., Xolmuxamedov M.M. (2014) Aholi daromadlari va turmush
sifati.
–
T: «Tafakkur bо‘stoni», –
b.79.
Hasanov I., Eminov A. (2001) Oila daromadini ko‘paytirish qay darajada tashkil etilayapti.
//O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. №7
- 8. B. 41-42.
Mukhitdinov K. S., Rakhimov A. N. (2020) Empirical models which were built for each sector of
the service sector to the population of the region //South Asian Journal of Marketing & Management
Research.
–
Т
. 10.
–
№. 12. –
С
. 72-85.
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11
-avgustdagi
“Kambag‘al
va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-
hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”
gi PQ-4804-son qarorlari.
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentin
ing 2021 yil 27-martdagi
“
Oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari
doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”
gi PQ-5041-son qarorlari.
Qaror (2021) Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-
avgustdagi “Hududlarda “
mahallabay
”
ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini
ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 504
-son qarori.
Qaror (2021) Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-avgustdagi 504-
son “H
ududlarda
“
mahallabay
”
ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad
manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
https://lex.uz/docs/5562556#5565774
Raximov A.N. (2020) Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik
modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida). i.f.f.d. ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi.
−T.,
-156 b.
