Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
148
INVESTITSIYA PORTFELI MOLIYAVIY RISKLARINI BAHOLASHDA SORTINO
KOEFFITSIENTIDAN FOYDALANISH
PhD
Tursun
х
odjayeva Shirin Zafar qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0000-2340-9667
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tadqiqot
obyekti qilib Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan 5
ta real sektor korxonasi, yaʼni “Kvarts” Aj (KVTS), “Qizilqumsement” AJ (QZSM), “Qoʻqon mexanika
zavodi” AJ (KUMZ), “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ (UZMK), “Olmaliq kon
-metallurgiya
kombinati” AJ
(AGMK) olingan. Tahlil amalga oshirishda aksiyadorlik jamiyatlari va fond
indeksining 2017-yildan to 2024 yillardagi fond bozoridagi faoliyati olingan. Pandemiya
davridagi keskin oʻzgarishlar tadqiqot aniqlik darajasini pasaytirmasligi uchun uchun tadqiqot
davrini pandemiyadan oldingi, pandemiya davri va pandemiyadan keyingi davrlarga ajratilgan
holda oʻrganildi. Investitsiya portfeli moliyaviy risklarini baholashda Sortino koeffitsiyentidan
foydalanildi, ushbu koeffitsiyentni qoʻllashning afzalliklari va k
amchiliklari tahlil qilindi.
Kalit soʻzlar:
aksiya daromadliligi, moliyaviy risk, investitsiya portfeli, Sortino koeffitsiyenti
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КОЭФФИЦИЕНТА СОРТИНО В ОЦЕНКЕ ФИНАНСОВЫХ
РИСКОВ ИНВЕСТИЦИОННОГО ПОРТФЕЛЯ
PhD
Турсунходжаева Ширин Зафар кизи
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье в качестве объекта исследования были взяты 5
предприятий реального сектора, действующих в Узбекистане, а именно: АО «Кварц»
(КВТС), АО «Кызылкумсемент» (
QZSM
), АО «Коконский механический завод» (КУМЗ), АО
«Металлургический комбинат Узбекистана». (УЗМК), АО «Алмалыкский горно
-
металлургический комбинат» (АГМК). В ходе анализа были получены данные о
деятельности акционерных обществ на фондовом рынке и фондовых индексах с 2017 по
2024 год. Чтобы не снижать уровень точности исследования из
-
за резких изменений во
время пандемии, период исследования был разделен на пред пандемический,
пандемический и пост пандемический периоды. Коэффициент Сортино был использован
для оценки финансовых рисков инвестиционного портфеля, а также проанализированы
преимущества и недостатки использования этого коэффициента.
Ключевые слова:
доходность акций, финансовый риск, инвестиционный портфель,
коэффициент Сортино.
UO
‘
K: 562.62
VIII SON
—
AVGUST, 2024
148-153
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
149
USING THE SORTINO COEFFICIENT IN THE ASSESSMENT OF FINANCIAL
RISKS OF AN INVESTMENT PORTFOLIO
PhD
Tursunkhodjayeva Shirin Zafar kizi
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In this article, 5 real sector enterprises operating in Uzbekistan were taken as the
object of research, i.e. “Kvarts” JSC (KVTS), “Kizilqumsement” JSC (QZSM), “Kokon Mechanical
Plant”JSC (KUMZ), “Uzbekistan Metallurgical Combine” JSC (UZMK), “Almalik Mine
-Metallurgical
Combine” JSC (AGMK) were obtained. During the analysis, the activity of joint stock companies in
the stock market and stock index data from 2017 to 2024 were taken. In order to avoid reducing
the level of accuracy of the research due to sudden changes during the pandemic, the research
period was divided into pre-pandemic, pandemic, and post-pandemic periods. The Sortino
coefficient was used to assess the financial risks of the investment portfolio, and the advantages
and disadvantages of using this coefficient were analyzed.
Keywords:
stock return, financial risk, investment portfolio, Sortino coefficient.
Kirish.
Moliya bozori mamlakat rivojining asosiy tirgaklaridan boʻlib hisoblanadi. Moliya
bozorida minorilar, institutsional investorlarni keng miqyosda jalb qilinishi, aholining passiv
daromad manbaini kengayishi, hamda real daromadini oshishi hisobiga oxir oqibatda moliya
bozor rivojlanishiga turtki boʻladi. Maʼlumki, moliya bozori har qanday yangilikka sezgir
hisoblanadi. Soʻngi yillarda jahonda yuz berayotgan oʻzgarishlar investorlarda qaror qabul
qilish jarayonini murakkablashtirmoqda.
Pandemiya davrini misol tariqasida olinsa, ushbu davrini oʻrgangan koʻpgina iqtisodchi
olimlar, u keltirib chiqargan salbiy oqibatlar haqida toʻxtalib oʻtishgan. Xususan, Hasnau
(2021)
fikriga koʻra, Kovid
-
19 davri global iqtisodiy tanazzulga oʻxshash boʻlgan. Shehzad
(2020) olib
borgan tadqiqotiga koʻra, pandemiya global bozorda tebranuvchanlik (volatillik) ortishiga olib
kelgan, Korbet (2020)
aksiyalar harakatida oʻzgarish kuchayganligini baholadi, Jahon
bozoridagi narxlar oʻzgarishi ham turli risklarni k
eltirib chiqargani borasida ham izlanishlar
olib borildi. Misol uchun, Sharif (2020) benzin narxlarining oshishi geosiyosiy riskni
kuchayishiga olib kelganini taʼkidlagan boʻlsa, Korbet ushbu oʻzgarishlar oltin va
kriptovalyutalar savdosini kuchayganiga olib kelganini tadqiq qildi.
Ushbu omillar, investorlarga investitsiya portfelini shakllantirishda qiyinchiliklar
tugʻdiradi. Shu munosabat bilan, investorlar yanada chuqurroq tahlil amalga oshirishlari
darkor.
Investitsiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni baholash muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki, moliyaviy risk va daromad darajasiga koʻra investitsiya portfelidagi
moliyaviy instrumentlar hajmi aniqlanadi va optimal diversifikatsiyalangan investitsiya
portfeli shakllantiriladi.
Investitsiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risk darajasini inobatga olgan holda
investitsiya samaradorligini baholovchi koʻrsatkichlardan biri bu Sortino koeffitsiyenti
hisoblanadi. Sortino koeffitsiyenti har bir pasayish risk birligi uchun qoʻshim
cha daromadni
aniqlash uchun foydalaniladigan aktiv, portfel va investitsiya strategiyasi samaradorligini
moliyaviy riskni inobatga olgan holda baholovchi koʻrsatkich hisoblanadi, u orqali pasayish
riskni inobatga olgan holatda investitsiya portfelining daromadliligini baholanadi. Ushbu
koeffitsiyent aynan salbiy ogʻishishlarni inobatga olgani uchun ham samaraliroq hisoblanadi.
Chunki ijobiy oʻzgarishni risk sifatida qaramaydi. Bu yerda, pasayish riski investitsiyadan
ehtimoliy yoʻqtishni bildirsa, koʻtarilish riski esa ehtimoliy da
romadni anglatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
150
Adabiyotlar sharhi.
Jonson va Chaudri (2008)
fikriga koʻra, daromad taqsimoti egri boʻlganda Sortino
koʻrsatkichi Sharpga qaraganda samaraliroq deb hisoblashgan. Hodoshima
(2021) tadqiqotida
Sortino koʻrsatkichi Sharp koeffitsiyentiga qaraganda monotonlik hususiyatini qondiradi,
chunki Sortino pasayish riskini inobatga olgan holda, keraksiz holatlarga qaraganda koʻproq
kerakli holatlarga yuqori qiymat beradi. Sharp esa aksincha, kerakli holatlarga qaraganda
istalmagan holatlar uchun yuqori qiymat beradi.
Elbasha (2022)
fikriga koʻra, nazariy jihatdan asoslangan kutilayotgan foydalilik
yondashuvi bilan solishtirganda, Sortino nisbati asosidagi xavfni toʻgʻrilash oʻlchovi qaror qabul
qiluvchining yuqori darajada xavf-xatardan voz kechishini bilvosita taxmin qiladi. Dhingra
(2023)
boshchiligidagi olimlar tomonidan olib borgan tadqiqotga koʻra, tizimlar portfeli
optimizatsiyasini amalga oshirishda Sortino, Sharp, Rachev va STARR koʻrsatkichlari asosida
shakllantirilgan strategiyalar eng past moliyaviy risk oʻlchovini, hamda yaxshi r
isk-mukofot
profilini yaratgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Frenk (1994) Sortino tomonidan ishlab chiqqan va quyidagi formula yordamida
hisoblanadi:
𝑆𝑜𝑟𝑡𝑖𝑛𝑜 𝑘𝑜𝑒𝑓𝑓𝑖𝑡𝑠𝑖𝑒𝑛𝑡𝑖 =
𝑅
𝑝
−𝑟
𝑓
𝜎
𝑑
(1)
Bu yerda,
𝜎
𝑑
–
pasayish riski (downside risk) standart chetlanishi.
Sortino koeffitsiyenti qiymati qancha yuqori boʻlsa, har bir pasayish riski uchun yuqori
daromadni anglatsa, qiymati past boʻlsa, har bir pasayish riskiga nisbatan pastroq daromadni
bildiradi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hisoblab uchun quyidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirib olindi:
1.
Aksiya daromadliligi. Uni topish uchun tadqiqot obyektining aksiya kurslarining
oʻzgarish dinamikasi toʻgʻrisidagi maʼlumot kerak boʻladi. Ushbu maʼlumot uzse.uz saytidan
oldindi. Va kunlik daromadlari hisoblanib oʻrtacha oylik aksiya daromadliligi hisobla
ndi;
2.
Bozor daromadliligi. Ushbu maʼlumotni Toshkent Respublika fond birjasi indeksi (UCI)
kunlik maʼlumotlari olindi va oʻrtacha oylik bozor daromadliligi hisoblandi;
3.
Risksiz stavka. Risksiz stavkada hech qanday ogʻishishlarsiz belgilangan va kutilgan
daromadga erishishi muqarrar boʻlgan instrumentning stavkasi olinadi. Amaliyotda, odatda,
davlat obligatsiyalarining stavkalari olinadi. Ammo, ushbu tadqiqot ishida oʻrgan
ilayotgan davr
2017-
yildan boshlangani bois, davlat obligatsiyalari Oʻzbekistonda 2018
-yilda buyon
muomalada ekanligi, maʼlumotlarning taqqoslanishida kamchilikni keltirib chiqarardi. Shuning
uchun, risksiz stavka uchun Markaziy bank tomonidan taqdim etilg
an maʼlumotlari asosida,
depozit stavkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
Investitsiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni boshqarish maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan real sektor korxonalarini faoliyati obyekt
sifatida tanlandi va maʼlumotlarni “Toshkent Respublika fond birjasi”ning rasmiy s
aytidan
olindi. Obyektlarni tanlashda fond birjasida bitimlar soni boʻyicha yetakchilik qilayotgan
korxonalar olingan, jumladan, “Kvarts” Aj (KVTS), “Qizilqumsement” AJ (QZSM), “Qoʻqon
mexanika zavodi” AJ (KUMZ), “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ (UZMK), “Olmaliq kon
-
metallurgiya kombinati” AJ (AGMK). Bundan tashqari, investitsiya portfeli moliyaviy riskini
baholashda bozor riskini inobatga olish uchun foydalanadigan fond birjasi indeksi koʻrsatkichi
uchun “Toshkent Respublika fond birjasi” indeksi (U
CI) olindi, undan tashqari mazkur indeksni
aktiv va passiv investitsiya strategiyasini baholash maqsadida foydalanilgan. Tahlil amalga
oshirishda aksiyadorlik jamiyatlari va fond indeksining mos ravishda 2017-yildan to 2024
yillardagi fond bozoridagi faoli
yati olingan. Maʼlumotlarda aniqlik darajasini oshirish, hamda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
151
moliyaviy risklarni toʻgʻri aniqlash uchun pandemiya davrini alohida ajratib koʻrib chiqildi.
Buning uchun, tadqiqot davrini 3 bosqichga ajratilgan, yaʼni:
I.
Pandemiyadan oldingi 3 yillik, bu 01.01.2017 dan 01.01.2020 yilgacha boʻlgan oraliq;
II.
Pandemiya davridagi 3 yillik, yaʼni 01.01.2020 dan 01.01.2023 yilgacha boʻlgan oraliq;
III.
hamda uchinchi bosqich bu 01.01.2023 dan 01.01.2025 gacha boʻlgan pandemiyadan
keyingi davr.
Jahon sogʻliqni saqlash qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, pandemiya, yaʼni “Covid
-
19” davri
20.01.2020 dan 5.05.2023 yilgacha boʻlgan davrni tashkil etadi. Tadqiqotda ushbu davrni
ajratib olganimizning asosiy sababi, koʻpgina tadqiqotlarda moliya bozori va i
nvestitsiya
portfelining tahlili amalga oshirayotganda moliya bozordagi kutilmagan va kamyob hodisalar
yuzaga kelishi hisob-kitoblardagi xatolik darajasini ortishiga olib keladi.
Quyidagi jadvalda investitsiya portfeliga kiritiluvchi moliyaviy instrumentlarning
moliyaviy risk
darajalari va portfel samaradorligi koʻrsatkichlari baholangan (
1-jadvalga
qarang)
1-jadval
Aksiyalarning moliyaviy risk darajasini baholash (oylik)
AJ
D
KVTS
QZSM
KUMZ
UZMK
AGMK
UCI
Oʻrtacha daromad
I
4.37%
0.41%
1.04%
8.33%
6.69%
0.04%
II
0.12%
2.66%
-1.04%
-0.84%
-0.22%
-0.5%
III
-4.29%
-2.11%
-2.92%
-2.06%
-1.84%
4.46%
Standart chetlanish
I
28.92%
8.62%
9.63%
38.00%
22.68%
17.7%
II
7.50%
10.92%
3.67%
18.08%
12.18%
13.6%
III
6.17%
3.76%
6.71%
4.94%
3.27%
8.47%
Pasayish riski
I
9.19%
6.08%
5.76%
6.79%
10.13%
II
4.40%
5.59%
3.41%
18.05%
8.54%
III
12.05%
7.28%
7.25%
8.32%
6.97%
Sortino (yillik)
I
0.418
-0.019
0.090
1.148
0.608
II
-0.018
0.439
-0.366
-0.058
-0.050
III
-0.400
-0.362
-0.474
-0.311
-0.338
Manba:
muallif tomonidan hisoblandi.
Yuqoridagi jadval maʼlumotlardan koʻrish mumkinki, I bosqichda UZMK aksiyalari yuqori
daromadga ega boʻlgan boʻlsa, eng kam daromadlilik QZSM aksiyasi ulushiga toʻgʻri kelgan.
Lekin, II bosqichda vaziyat butunlay oʻzgargan, barcha korxonalarning aksiya dar
omadligiga,
pandemiya oqibatida tushishi kuzatilgan boʻlsa, QZSM korxonasida aksincha oʻsish kuzatilgan.
Pandemiyadan keyingi davrda, korxonalar aksiya daromadliligi tushishni davom etgan. Va eng
past koʻrsatkich KVTS korxonasiga toʻgʻri kelgan, ushbu korx
ona pandemiyadan keyingi davrda
aksiya daromadliligi -4.29% tushib ketgan.
Standart chetlanish aksiyaning umumiy moliyaviy risk darajasini koʻrsatadi. Shunga koʻra,
umumiy moliyaviy risk darajasi yuqori korxonalar uchligida UZMK, KVTS va AGMK
korxonalarining aksiyalarini koʻrish mumkin. Ularning umumiy moliyaviy risk darajasi I d
avr
uchun mos ravishda, 38%, 28% va 23% ni tashkil etadi. Albatta, ushbu koʻrsatkichlar juda
yuqori moliyaviy risk darajasini bildiradi. Qiziqarli tomoni shundaki, keyingi davrlarda ushbu
korxonalarning moliyaviy risk darajasi pasayib borgan, hamda soʻngi
davrga kelib, mos
ravishda 5%, 3% va 6% ni tashkil etgan. QZSM da pandemiya davrida moliyaviy risk darajasi
2% ga oshib, qariyb 11% ni tashkil etgan boʻlsa, III bosqichda 7% gacha kamaygan, va uning
moliyaviy risk darajasi 3% atrofida boʻlgan. KUMZ esa aks
incha, II bosqichda moliyaviy risk
darajasi 7% ga kamayib, pandemiyadan soʻng 35 ga oshgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
152
Pasayish riski Sortino koeffitsiyentini hisoblashning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi.
Bunda, aksiya tebranishlarining faqat salbiy oʻzgarishlari risk sifatida qaraladi. Pasayish riski
turli davrlarda turli korxonalarda baland. Misol uchun, ushbu risk I bosqichda AGMK
korxonasida salkam 11% ni tashkil etgan boʻlsa, keyingi bosqichda UZMK korxonasining
pasayish riski keskin 12% oshib, 19% ni qayd etdi. Soʻngi davrda esa, eng yuqori pasayish riski
KVTS korxonasiga toʻgʻri keladi, unda ushbu koʻrsatkich 12% ni
tashkil qilgan.
Sortino koeffitsiyenti hisob kitoblariga koʻra, QZSM korxonasidan boshqa barcha
korxonalarda bosqich uchun ushbu koʻrsatkich ijobiy boʻlgan. UZMK, AGMK va KVTS birinchi
bosqich uchun samarador aksiyalar boʻlib hisoblangan Chunki, Sortino koeffitsiyenti qan
chalik
katta boʻlsa, investitsiya portfeli shunchalik samarador boʻladi. Keyingi bosqichlarda, QZSM
korxonasi Sortino koeffitsiyenti ijobiy natija qayd etgan boʻlsa, qolgan korxonalar aksiyalari
samarasi deb topilgan. Chunki, ularning natijasi manfiy qiymat kasb etgan. Pandemiyadan
keyingi davrda esa, barcha korxonalarning aksiyalari samarasiz deb topildi. Buning asosiy
sababi, tahlil maʼlumotlarining yetmaganligidan boʻlishi mumkin. Chunkim hali pandemiyaning
tugaganligiga katta vaqt boʻlgani yoʻq.
Xulosa va takliflar
Investitsiya portfelining moliyaviy risk darajasini inobatga olgan holda investitsiya
samaradorligini baholovchi koʻrsatkichlardan biri boʻlgan, Sortino koeffitsiyenti faqat pasayish
riskini inobatga olganligi uchun amaliyotda boshqa Sharp, Treynor, Jensen, M2
koʻrsat
kichlariga qaraganda ustunlik qiladi. Har bir investitsiya portfelini moliyaviy risk
darajasini baholovchi koʻrsatkichlar, maʼlum bir risk oʻlchoviga boʻlish orqali hisoblab
chiqariladi. Shu sababdan,
ushbu koʻrsatkichlarda aksiya daromadligidan ijobiy teb
ranishni
ham moliyaviy risk sifatida talqin qilinadi. Bundan tashqari Sortino koeffitsiyenti quyidagi
afzalliklarga ega: Hisoblashdagi aniqlik, chunki u aslida yoqotish riskini ifodalovchi pasayish
riskini inobatga oladi; noqulay bozor sharoitida investitsiyaning samaradorligini baholaydi;
uzoq muddatli daromadni ifodalaydi, aynan ushbu koʻrsatkich qiymati baland boʻlgan fon
dlar
daromadliligi uzoq muddatda barqarordir.
Shunga qaramay Sortino koeffitsiyenti quyidagi kamchiliklari mavjud: birinchidan,
Hisoblash davri qisqa boʻlsa, xatolik kelib chiqishi mumkin; ikkinchidan, Barcha muhim
omillarni ham inobatga olmaydi; hamda uchinchidan, Ehtimoliy daromadni inobatga olmaydi.
Umuman olganda, riskli portfelni jozibador koʻrsatgan holda, oʻsish ehtimoliga ega portfelga
eʼtibor qaratmaydi.
Umuman olganda, optimal diversifikatsiyalangan investitsiya portfelini shakllantirishda
faqatgina bitta baholovchi koʻrsatkichdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ammo, tadqiqotlar
shuni koʻrsatadiki, Sortino koeffitsiyenti salbiy holat deb qabul qilinuvchi
moliyaviy risk
darajasini togʻri prognoz qilish qobiliyatiga ega. Adabiyotlarda esa, moliyaviy risk deb har
qanday rejadan ogʻishishlarga aytilganidek, yaʼni bunda nafaqat salbiy oʻzgarish balki ijobiy
natija ham moliyaviy risk deb tan olishiga koʻra, inve
stitsiya portfelini shakllantirishda
moliyaviy risklarni boshqarish masalasida doimo bir qancha moliyaviy riskni inobatga olgan
holda investitsiya portfelini samaradorligini baholovchi koʻrsatkichlar tizimidan foydalanish
tavsiya beriladi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Chaudhry A., Johnson H.L. (2008). The efficacy of the Sortino ratio and other benchmarked
performance measures under skewed return distributions. Aust. J. Manag. 32, Special Issue.
Corbet S, Larkin C, Lucey B (2020) The contagion effects of the COVID-19 pandemic: evidence
from
gold
and
cryptocurrencies.
Finance
Res
Lett
35:1
–
7.
https://doi.org/10.1016/j.frl.2020.101554
Dhingra, V., Sharma, A. & Gupta, S.K. (2023) Sectoral portfolio optimization by judicious
selection of financial ratios via PCA. Optim Eng . https://doi.org/10.1007/s11081-023-09849-1
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
153
Elbasha, E.H. (2022) Cost-Effectiveness Risk-Aversion Curves: Comparison of Risk-Adjusted
Performance Measures and Expected-Utility Approaches. PharmacoEconomics 40, 497
–
507.
https://doi.org/10.1007/s40273-021-01123-5
Hasnaoui JA, Rizvi SKA, Reddy K et al (2021) Human capital effciency, performance,
market, and volatility timing of Asian equity funds during COVID-19 outbreak. J Asset Manage
22:360
–
375. https:// doi.org/10.1057/s41260-021-00228-y
Hodoshima J. (2021) Evaluation of performance of stock and real estate investment trust
markets in Japan. Empirical Economics 61:101
–
120 https://doi.org/10.1007/s00181-020-01869-
5
Sharif A, Aloui C, Yarovaya L (2020) COVID-19 pandemic, oil prices, stock market,
geopolitical risk and policy uncertainty nexus in the US economy: fresh evidence from the wavelet-
based approach. Int Rev Financial Anal 70:1
–
10. https://doi.org/10.1016/j.irfa.2020.101496
Shehzad K, Xiaoxing L, Kazouz H (2020) COVID-
19’s disasters are perilous than Global
Financial
Crisis:
A
rumor
or
fact?
Finance
Res
Lett
36:1
–
8.
https://doi.org/10.1016/j.frl.2020.101669
Sortino F.A. Price, L.N. (1994): Performance measurement in a downside risk framework. J.
Invest. 3(3), 59
–
64
