ФИНАНСОВЫЕ РИСКИ В «ЗЕЛЕНОМ» ФИНАНСИРОВАНИИ

Аннотация

Экологические риски не только угрожают общественной жизни, но и вызывают большие финансовые потери у хозяйствующих субъектов. В этой сфере внедрение «зеленых» финансовых инструментов используется как инструмент снижения финансовых рисков. В статье анализируются перспективы перехода к «зеленой» экономике, взгляды на концепцию «зеленого» финансирования, тенденции развития, финансовые риски, которые могут возникнуть при организации «зеленого» финансирования, а также финансовые риски, которые призваны быть реализованы. устраняется с помощью «зеленых» финансовых инструментов

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
313-319
14

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Турсунходжаева S. (2024). ФИНАНСОВЫЕ РИСКИ В «ЗЕЛЕНОМ» ФИНАНСИРОВАНИИ. Экономическое развитие и анализ, 2(5), 313–319. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48580
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Экологические риски не только угрожают общественной жизни, но и вызывают большие финансовые потери у хозяйствующих субъектов. В этой сфере внедрение «зеленых» финансовых инструментов используется как инструмент снижения финансовых рисков. В статье анализируются перспективы перехода к «зеленой» экономике, взгляды на концепцию «зеленого» финансирования, тенденции развития, финансовые риски, которые могут возникнуть при организации «зеленого» финансирования, а также финансовые риски, которые призваны быть реализованы. устраняется с помощью «зеленых» финансовых инструментов


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

313



“YASHIL” MOLIYALASHTIRISHDA MOLIYAVIY RISKLAR

PhD Tursunxodjayeva Shirin Zafar qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0000-2340-9667

Annotatsiya.

Ekologik risklar nafaqat ijtimoiy hayotga xavf soladi, balki xoʻjalik yurituvchi

subyektrlarda katta moliyaviy yoqotishlarga sabab boʻladi. Ushbu sohada “yashil” moliyaviy
instrumentlarni joriy qilinishi moliyaviy risklarni kamaytirish instrumenti sifatida maydonga

chiqadi. Maqolada “yashil” iqtisodiyotga oʻtish istiqbollari, “yashil” moliyalashtirish
tushunchasiga oid qarashlar, rivojlanish tendensiyalari, va “yashil” moliyalashtirishni tashkil

etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklar va “yashil” moliyaviy instrumentlar
orqali bartaraf etishi koʻzlangan moliyaviy risklar tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar:

“yashil” iqtisodiyot, “yashil” moliyalashtirish, “yashil” obligatsiya, moliyaviy

risklar.

ФИНАНСОВЫЕ РИСКИ В «ЗЕЛЕНОМ» ФИНАНСИРОВАНИИ

PhD Турсунходжаева Ширин Зафар кизи

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

Экологические риски не только угрожают общественной жизни, но и

вызывают большие финансовые потери у хозяйствующих субъектов. В этой сфере
внедрение «зеленых» финансовых инструментов используется как инструмент

снижения финансовых рисков. В статье анализируются перспективы перехода к
«зеленой» экономике, взгляды на концепцию «зеленого» финансирования, тенденции

развития, финансовые риски, которые могут возникнуть при организации «зеленого»
финансирования, а также финансовые риски, которые призваны быть реализованы.

устраняется с помощью «зеленых» финансовых инструментов.

Ключевые слова:

«зеленая» экономика, «зеленое» финансирование, «зеленые»

облигации, финансовые риски.

FINANCIAL RISKS IN "GREEN" FINANCING

PhD Tursunkhodjayeva Shirin Zafar kizi

Tashkent State University of Economics

Abstract.

Environmental risks not only threaten social life, but also cause large financial

losses in economic entities. In this area, the introduction of "green" financial instruments is used

as an instrument to reduce financial risks. The article analyzes the prospects of the transition to
the "green" economy, views on the concept of "green" financing, development trends, financial

risks that may arise in the organization of "green" financing, and financial risks that are intended
to be eliminated by means of "green" financial instruments.

Key words:

"green" economy, "green" financing, "green" bond, financial risks.

UO‘K: 562.62

V SON - MAY, 2024

313-319


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

314

Kirish.

Bugungi kunda jahon moliya bozorida “yashil” instrumentlar va masʻuliyatli

investitsiyalarning ulushini oshishiga hizmat qilayotgan “Yashil moliyalashtirish”, dolzarb
milliy va global maqsadlarni ifoda etuvchi yashil iqtisodiyotga oʻtishning ajralmas boʻgʻini

sifatida koʻrilmoqda.

Global risk report maʻlumotlariga kora, ayniqsa, ohirgi 5 yilda 5 ta top global risklarni

hammasi ekologik risklar boʻlib kelmoqda. Ekologik risklarni vujudga kelishi oqibatida nafaqat
ekologiya va atrof-muhitga zarar yetmoqda balki, aholi, davlatlar, korxonalar ham moliyaviy

qiyinchilikka uchrashmoqda. Xususan, 36 mamlakatning markaziy banklari iqlim omillari
moliyaviy risklar bilan bogʻliqligini va ular markaziy banklarning eʻtibori va manfaatlari

sohasida ekanligini tan oldi (Ершов и др., 2020). Shuning uchun, moliyaviy institutlar
moliyaviy barqarorligini taʻminlash maqsadida moliyaviy siyosatini ishlab chiqishda iqlim

omilini inobatga olishni, hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish siyosatini olib
borishmoqda.

Ushbu maqsadda, har bir mamlakat “yashil” modernizatsiya sohasida innovatsiyalar va

investitsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini shakllantirishning oʻziga xos yoʻlini

izlamoqda. Hususan, Oʻzbekistonda ham aniq belgilangan siyosiy iroda, shuningdek, yashil
moliya bozorining iqtisodiyot va ekologik maqsadlarini ifoda etishdagi yuqori salohiyati hamda

emitentlar, tartibga soluvchilar va investorlarning mamlakatda yashil moliyalashtirish bozorini

rivojlantirishga qiziqishi yashil moliya uchun infratuzilmani yaratish zarurligini belgiladi.
Shunga koʻra, “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga

qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2022 yil 2
dekabrdagi PQ-436-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʻlon qilindi (Qaror,

2022). Unda Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida
“yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʻminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-

tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʻminlash dasturi qabul qilindi. Ushbu

dasturning 6 ustuvor yoʻnalishi sifatida tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini
koʻpaytirish belgilangan boʻlib, investitsiya portfelida yashil obligatsiyalar ulushi oshirish va

davlat ulushi yetakchilik qilgan aksiyadorlik jamiyatlarida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda
peshqadamlarga aylantirish boʻyicha vazifalar belgilangan.

Yashil iqtisodiyotga oʻtish yildan-yilga dolzarb ahamiyat kasb etishi oqibatida,

moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish ham oshib bormoqda. Olimlarning baholashiga

koʻra, 2030 yilga kelib “yashil” loyihalarni amalga oshirish uchun 93 trln. dollar yoʻnaltirishi
koʻzga tutilgan

103

.

Darhaqiqat, bugungi kunda “yashil” moliyalashtirish instumentlari orasida eng jadal

oʻsish “yashil” obligatsiyalar ulushiga toʻgʻri keladi. Global yashil obligatsiyalar emissiyasi,

Climate Bonds Initiative (CBI) maʻlumotlariga koʻra, 2007-yilda yashil obligatsiyalar bozori

tashkil topganidan buyon ularning jami emissiyasi 2 trillion dollardan oshganini eʻlon qildi. Bu
koʻrsatkich 2022 yilning oʻzida 0.5 trln dollarni, 2025-yilga kelib u 5 trillion dollarga yetishi

mumkinligi bashorat qilindi

104

. Shu jumladan, Oʻzbekiston ham ilk marotaba 4,25 trln soʻmlik

yashil suveren xalqaro obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirdi

105

.


Adabiyotlar sharhi.

“Yashil” moliyalashtirish nisbatan yangi tarmoq boʻlishiga qaramay, bugungi kunda turli

olimlar, moliyaviy institutlar va xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida bu borada metodologik

yondashuvlar takomillashtirilib kelinmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlardan

Т.А.Naynedova

103

Communication from the Commission. Action Plan: Financing Sustainable Growth. https://eur-lex.europa.eu/legal-

content/EN/TXT/?uri=CELEX:52018DC0097

104

climatebonds.net/resources/press-releases/2022/10/climate-bonds-calls-5trillion-green-bond-issuance-year-2025

105

https://www.undp.org/uz/uzbekistan/press-releases/ozbekiston-ilk-bor-425-trillion-somlik-yashil-suveren-yevroobligatsiyalarni-

london-fond-birjasida-joylashtirdi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

315

“yashil” moliyalashtirish deganda “yashil” loyihalarni moliyalashtirish uchun moliyaviy
resurslarni jalb qilish sifatida qaragan (Найденова, Новокшонова, 2022) boʻlsa, С.С.Polonik

fikriga koʻra ““Yashil” investitsiyalar - mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kontekstida
ekologik foyda keltiradigan, xususan, havo, suv va tuproq ifloslanishini kamaytirish, issiqxona

gazlari chiqindilarini kamaytirish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish,
iqlim oʻzgarishini yumshatish, atrof-muhitga antropogen taʻsirni hisobga olish boʻyicha chora-

tadbirlar tizimini kengaytirish kabi maqsadli ekologik investitsiyalar tushuniladi” (Полоник,
2018) deb izoh keltirgan.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning hisobotlarida esa, xususan, kapital bozori xalqaro

assotsiatsiyasi tomonidan berilgan taʻrifga koʻra: ““Yashil” investitsiyalar - iqlim oʻzgarishini

sekinlashtirish, ifloslanishga qarshi kurashish, biologik xilma-xillikni saqlash kabi ekologik
muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi”

106

, G20 Yashil

moliya sintezi hisobotida esa, ““Yashil” investitsiyalar - ekologik barqaror rivojlanish
maqsadlarini amalga oshirishga hissa qoʻshuvchi va ekologik foyda keltiradigan loyihalar

hisoblanadi”

107

deb taʻrif keltirilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bugungi kunda ekologik risklarning keskinlashuvi korxonalar, investorlar va biznes

egalarining moliyaviy-ho’jalik faoliyatlariga katta moliyaviy yoqotishlarni olib kelishi, ularning

operatsion faoliyotida ushbu risklarga doimiy ravishda inobatga olish, yumshatish choralarini
ko’rish, ekologiyani qo’llab-quvvatlovchi loyihalarga investitsiya kiritish yo’li bilan amalga

oshirish mumkinligi “yashil” iqtisodiotning rivojlanib takomillashib borayotgan sohaga
aylanishiga yo’l ochmoqda. Xususan, ushbu tarmoqni rivojlantirishda xozirda “yashil”

investitsiyalarni kiritish va “yashil” moliyalashtirish usullaridan foydalanish uchun 4 ta ustuvor
yoʻnalish muvjud: (1-rasmga qarang)

Yuqoridagi rasmdan ko’rishimiz mumkinki, “yashil” moliyalashtirish instrumentlarini

joriy qilinishi bugungi kunda 4 hil yo’nalishda ommalashib bormoqda va aynan shu sohalarga

“yashil” moliyalashtirish instrumentlarini joriy qilinishi “yashil” iqtisodiyotga o’tish uchun
qulay sahroit yaratib ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga va ekologik risklar keltirib

chiqaruvchi moliyaviy yoqotishlar darajasini kamaytirishga xizmat qilar ekan. Ulardan asosiysi
va aynan xususi sektorda foydani ko’paytirish bilan qiziqishni oshiruvchi investitsiya turlari bu,

“yashil” texnologiyalarga va resurs samaradorligini oshirishga sarmoya kiritish. Bunda zaharli
moddalarni ajratuvchi va o’zidan yuqori ifloslantirish darajasini keltirib chiqaruvchi

texnologiyalardan voz kechib, uning o’rniga ishlab chiqarish jarayonini barqarorlashtirish bilan
birgalikda, ekologiyani qo’llab-quvvatlovchi, yoqilg’i hamda energiya resurslar sarfini

minimallashtiruvchi texnologiyalarni ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashga yo’naltiruvchi
investitsiyalar tushuniladi. Keyingi o’rinlarda investitsiyalar aynan “yashil” infrastruktura va

“yashil” ekotizimni yaratish uchun investitsiyalar hisoblanadi. Ushbu investitsiyalar xususiy

sektor sarmoya kiritishi qiyin, chunki bu asosan davlatning funksiyasi bilan ko’proq bog’liq,
hamda uzoq yillik qaytimni talab qiladi. Bu yerda, davlat soliq imtiyozlari, grand va boshqa

moliyaviy yordam usullaridan foydalangan holda takomillashtirishi mumkin bo’ladi. uzoq
muddatga tayanadigan ushbu investitsiya usullari, kelajakda yuqori rentabellik loyihalar

hisoblanadi.

106

Sustainable Finance. High-level definitions [Electronic resource] // International Capital Market Association. – Mode of access:

https://www.icmagroup.org/assets/documents/Regulatory/ Green-Bonds/Sustainable-Finance-High-Level-Definitions

107

G20 Green Finance Synthesis report [Electronic resource] // G20. – 2016. – Mode of access: http://www.g20.utoronto.ca/2016/ green-

finance-synthesis.pdf. – Date of access: 06.06.2023.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

316

1-rasm. “Yashil” moliyalashtirishning asosiy yoʻnalishlari

108

Albatta, yangi tarmoq yangi risklarni vujudga kelishiga zamin yaratadi. “Yashil”

moliyalashtirishga oʻtishda ham risklarni tasniflashda shartli ravishda 2 guruhga boʻlishimiz

mumkin, ular: “yashil” moliyalashtirishga oʻtishga toʻsqinlik qiluvchi risklar va “yashil”
moliyalashtirish orqali kamaytiruvchi risklar. Quyidagi rasmda, ularni batafsil koʻrish mumkin.

(2-rasmga qarang).

Yuqoridagi rasm maʻlumotlariga koʻra, “yashil” moliyalashtirishga oʻtishga toʻsqinlik

qiluvchi risklardan quyidagilarni keltirib oʻtish mumkin:

1.

Innovatsion risk. Ushbu risk bozorga har qanday yangi mahsulotni joriy qilishda

vujudga keladi va asosan venchurli moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. “Yashil”
moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish amaliyotda yangi boʻlganli bois uning iqtisodiy

samarasi mavhum boʻlgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilishi bilan harakterlanadi.

Shu bois, risk darajasi ham yuqori hisoblanadi. Ushbu riskni kamaytirishda davlat va davlat
korxonalari, davlat xususiy sherikchilik loyihalari maydonga chiqadi. Chunki dunyo

amaliyotdan maʻlumki, ular “yashil” iqtisodiyotni turli hil imtiyoz, preferensiya, subsidiya va
boshqa instrumentlar orqali qoʻllab-quvvatlovchi asosiy subyektlar boʻlib hisoblanishadi;

108

Muallif tomonidan tayyorlandi

“Yashil” moliyalashtirishning asosiy yo’nalishlari

“Yashil”

texnologiyalarga

“Yashil”

infrastrukturaga

Ekotizim

muhofazasiga

Resurs

samaradorligini

oshirishga

Ushbu guruhga

kiruvchi

investitsiyalarga

bog’liq risklar

texnologiyalarni

yangiligi va

ishga tushirish

bosqichi bilan

bog’liq. Asosan,

innovatsion risk,

venchur risklari

va siyosiy

risklarni kiritish

mumkin.

Investorlaga

ushbu

korxonalarga

investitsiya

kiritish bosh

bosqichlarida

ayniqsa riskliroq

hisoblanadi.

Yangi

infratrukturani

yaratish katta

hajmda kapital

va uzoq

muddatni talab

qiladi. Xusuiy

investorlar

uchun bu yuqori

riskli va qoplash

muddati 10 yilda

ortiqni talab

qilgani bois

jozibador emas.

Bu loyihalarni

asosan pensiya

fondlar va

rivojlanish

banklari

moliyalashlari

mumkin.

Yangi

ekotizimni

yaratish yoki

muhofaza

qiluvchi

loyihalarning

qoplanish davri

uzoq va uning

samarasi

noaniqligi bois

risk darajasi eng

yuqori loyiha

hisoblanadi. Bu

loyiha risklarini

qulay

institutsional

muhit yaratgan

holda, ekotizim

xizmatlarini

joriy etish orqali

kamaytiriladi.

Bu loyihalarda

resurs tipi,

tashkiliy, ishlab

chiquvchi va

tenologik

jarayonlarning

hususiyatlariga

ko’ra risklar

ham turlicha

bo’ladi. Ular

asosan

operatsion risk,

soliq risk, narx
risk, kontagent

risklarini

kamaytirishga

qaratilinadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

317

2-rasm. “Yashil” moliyalashtirishda vujudga keluvchi risklar

109

2.

Yuridik risk. Ushbu risk sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning

takomillashmagani va koʻp davlatlarda hali hanuz hattoki mavjud emasligi, “yashil”

moliyalashtirishni tashkil etishda amaliy qiyinchiliklarni yuzaga kelishi bilan harakterlanadi.
Tartibga soluvchi asosning kamchiliklari moliyaviy risklarning koʻpayishiga, koʻzlangan

maqsadga erishmaslikka, noqonuniy jarayonlarning kuchayishiga, tizimning texnologik
buzilishlariga, manfaatlar toʻqnashuvi va kabi nomutanosibliklarga olib kelishi mumkin;

3.

Raqobat riski. Maʻlumki, “yashil” moliyalashtirish ekologik muvozanatni

barqarorlashtirish maqsadida ekologik muqobil resurslarni ishlab chiqarishga asoslangan

holda amalga oshiriladi, bunda hozirda foydalanib kelayotgan resurslarni ishlab chiqaruvchi
yirik korporatsiyalar bozorda oʻz oʻrnini berishlariga toʻgʻri keladi. Bu bir tomondan ushbu

korxonalarning moliyaviy barqarorliklarini saqlab qolish maqsadida nosogʻlom raqobat

qurollari, qoʻshib olish va birlashishlardan foydalanish bilan oʻz oʻrnini boshqa muqobil resurs
ishlab chiqaruvchi korxonalarga boʻshatishdan bosh tortishi va ularning manfaatlariga qarshi

sohaning rivojlanishiga yoʻl qoʻymasliklari mumkin. boshqa tomondan, yirik korxonalar davlat
uchun yirik soliq toʻlovchi boʻlib hisoblanadi, bu davlat uchun qisqa muddatli iqtisodiy zarar

keltirishi ushbu korxonalarni davlat qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishi mumkin. bu esa,
raqobatda yangi korxonalarning siqib chiqarilishi xavfini kuchaytiradi;

4.

Maʻlumot riski. Investorlar aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda oʻz investitsiya

portfelini shakllantirishadi. Ushbu hisob-kitoblar aniq tarihiy dinamik maʻlumotlar asosida

amalga oshiriladi. Lekin biz oʻrganiyotgan soha yangi boʻlganligi bois zaruriy maʻlumotlarni
olishda qiyinchiliklar vujudga kelishi tabiiy hisoblanadi. Maʻlumotlar tanqisligi, investorlar,

“yashil” moliyaviy instrumentlari emintentlari uchun investitsion qarorlarni qabul qilishda

109

Muallif tomonidan tayyorlandi

“Yashil” moliyalashtirish

“Yashil” moliyalashtirishga

o’tishga to’sqinlik qiluvchi

risklar

“Yashil” moliyalashtirish orqali

kamaytiruvchi risklar

Yuridik risk

Raqobat risk

Ma’lumot riski

Ekologik risk

Resurs riski

Soliq riski

Nobarqarorlik riski

Texnik risk

Institutsional risk

Innovatsion riski

Portfel riski

Tarmoq riski


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

318

qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Bundan tashqari, ushbu risk investitsiyalarning iqtisodiy samarasi
haqida maʻlumotning mavjud emasligi bilan ham namoyon boʻladi. Iqtisodiy samarani

hisoblash imkonining cheklanganligi davlat berayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanish
haqidagi axborotni monitoring qilishni susaytiradi, bu esa tashkil etilgan korxona haqiqatda

“yashil” iqtisodi samara berayotganligi haqidagi maʻlumotning mavhumligini oshiradi;

5.

Texnik risk. Bunda “yashil” moliyalashtirish instrumentlarning qoʻllanishi

ekologiyaga taʻsirini oʻz vaqtida va toʻgʻri baholash uchun texnik imkoniyatlarning
cheklanganligi, mavjud emasligi yohud yetarli darajada emasligi bilan izohlanadi. Buning asosiy

sabablaridan ushbu texnik taʻminotning qimmatligi; soha mutahassislarining taqchilligi, suniy
intelekt, sunʻiy yoldosh monitoring, katta hajmdagi maʻlumotlar tahlili kabi axborot

texnologiyalardan samarali foydalanish mexanizm va infratrukturaning takomillashmaganligi
hisoblanadi;

6.

Institutsional risk. Ushbu risk ekologik tovar va xizmatlar bozorining

rivojlanmaganligi va uning shakllanishi uchun institutsional tartibga solish mexanizmlarining

yetishmasligi

Keyingi guruh risklar bu “yashil” moliyalashtirish orqali kamaytiruvchi risk, ularga

quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

1.

Ekologik risk. Albatta, “yashil” iqtisodiyot “yashil” moliyalashtirish usullari ekologik

vaziyatni yaxshilash, tabiiy ofatlarni oldini olish, iqlim inqiroziga barham berish maqsadida

amalga oshiriladi. Shu bois, ushbu turga kiruvchi barcha darajadagi omillar uchun kurashish
“yashil” moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanishdan asosiy va pirovard maqsad boʻlib

hisoblanadi. “Yashil” moliyalashtirish ekologik vaziyatdan aziyat chekayotgan aholi, davlar,
korxonalar moliyaviy qiyinchiliklarini oldini olish instrumenti sifatida maydonga chiqadi;

2.

Portfel riski. “Yashil moliyalashtirish instrumentlarini oʻz investitsiya portfeliga

kiritgan investorlar nafaqat maʻlum darajada ijtimoiy manfaatni zimmalariga oladilar, balki

yuqori istiqbolga ega korxonalarga sarmoy iritish orqali uzoq muddatga asoslangan yuqori
daromadni koʻzlaydilar. Bu umumiy portfel riskni barqarorlashtirish, keng diversifikatsiya

qilish imkoniyatini yaratadi;

3.

Resurs riski. Ekologik vaziyat barqarorlashtirish maqsadida amalga oshirilishi

koʻzlangan innovatsion gʻoyalashning asosiy maqsadlaridan bu tabiiiy resurslar sarfini
minimallashtirgan holda, muqobil ekologik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish

hisoblanadi. Bu oʻz navbatida davlat uchun uning tabiiy resurslarini saqlashga, ekologik holatini
yaxhsilashga, aholi farovonligini oshirishga hizmat qilsa, ushbu loyihalarni amalga

oshirayotgan korxonalar uchun istibolli loyihalarni amalga oshirib yuqori daromad olishga,
innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tadbiq qilishga, ushbu mahsulotlardan foydalanuvchilar

uchun oʻz faoliyatida tejamkor ekologik toza resurslardan foydalangan holda resurs sarfiga
xarajatlarni minimallashtirishga, daromadini oshirishga hizmat qiladi, investorlar uchun

ijtimoiy manfaatlarni qoʻllab-quvvatlash, daromadi yuksalgan korxonalariga kiritilgan

sarmoyalaridan koʻzlangan daromadlarini olishlari uchun zamin yaratadi;

4.

Tarmoq riski. “Yashil” moliyalashtirish orqali moliyalashtirilayotgan loyihalar

jamiyat rivojiga hissa qoʻshishi barobarida, umumiy yangi tarmoq rivojini, ushbu tarmoqga
investitsialar hajmini, pirovardida iqtisodiyotning oʻsishiga turtki boʻladi. Ushbu tarmoqni

takomillashtirish undagi barcha tarmoqqa aloqado boʻlgan risklarni inobatga olish,
kamchiliklarini bartaraf etish kerak boʻladi. Buning uchun esa zaruriy meyoriy-huquqiy

hujjatlarni qabul qilish va jozibador investitsiya muhitini yaratish orqali erishish mumkin;

5.

Nabarqarorlik riski. Resurslar sarfini kamaytirish, xarajatlarni minimallashtirgan

holda daromadni oshirishga xizmat qilar ekan, korxonalarda nobarqarorlikni oldini olishga
erishilinadi. “Yashil” moliyalashtirish usullaridan foydalangan holda “yashil” loyihalarni amalga

oshirish, belgilangan maqsad va vazifalarga bosqichma-bosqich erishib borishda turli hil
imtiyozlardan foydalanish, talab yuqori boʻlgan innovatsion energiya va boshqa resurslarni

tejaydigan resurslarni ishlab chiqarish, raqobat nisbatan kam boʻlgan sohaga sarmoya kiritish,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

319

sifatli va hamyonbop mahsulotlar nomeklaturasini taklif etish doimiy moliyaviy barqarorlikni
saqlash uchun asos boʻladi, hamda nobarqarorlik riskida saqlaydi;

6.

Soliq riski. Bugungi kunda mamlakatlar “yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun muhim

iqtisodiy qarorlar qabul qilishmoqda. Ularning ichida soliq tomonidan beriladigan

imtiyozlarning nisbati yuqori hisoblanadi. “Yashil” moliyalashtirish metodlaridan
foydalanishni va “yashil” iqtisodiyotga oʻz hissasini qoʻshishni maqsad qilgan korxona yohud

investorlar davlat tomonidan berilgan soliq imtiyozlaridan foydalanishga toʻliq haqdor
hisoblanadilar. Soliq imtiyozlari soliq bilan bogʻliq boʻlgan barcha risklarni minimallashtirishga

hizmat qiladi. Soliq toʻlanmasdan tejab qolingan mablagʻlar innovatsion ekologik loyihani
takomillashtirishga va loyiha ishtirokchilarini daromadini maksimallashtirishga yoʻl ochadi.


Xulosa va takliflar

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirib oʻtilgan risklar “yashil”

moliyalashtirishda uchrashi mumkin boʻlgan asosiy risklardan boʻlib hisoblanadi. Ammo bu

bilan risklar cheklanib qolinmaydi, faoliyat davomida “yashil” loyihalarni amalga oshiruvchi
korxonalar boshqa mumtoz korxonalar kabi koʻplab moliyav risklarga duch kelishlari mumkin.

Markowitzning (2005) diversifikatsiya nazariyasiga muvofiq, yashil investitsiyalar, agar

ikkinchisini baholashga ekologik omil kiritilgan boʻlsa, portfel riskini kamaytirishning muhim

shartiga aylanadi. Past rentabellikka ega boʻlsa ham, ularni muvozanatli portfelni shakllantirish

uchun zarur boʻlgan diversifikatsiyaning ustuvor elementlaridan biri deb hisoblash mumkin.
shunga koʻra, “yashil” moliyalashtirish emitent uchun oʻzining oliy maqsadi bolgan ekologiyani

qoʻllab-quvvatlash va shu orqali daromad olishini koʻzlasa, investor uchun investitsia portfelini
diversifikatsiya qilish imkonini yaratadi

Shunday qilib, yashil moliyalashtirish moliyaviy risklarni kamaytirish instrumenti

sifatida quyidagilarda namoyon boʻlishini koʻrishimiz mumkin: iqlim inqirozini oldini olishga

koʻmaklashish, ekologiyani qoʻllab-quvvatlash, ekologiyaga tahdid soluvchi korxonalardan
chiquvchi zararli moddalar darajasini kamaytirishga hissalarini qoʻshish; yuqori riskli ammo

daromadi yuqori koʻzlangan istiqbolli korxonalarning innovatsion gʻoyalarni qoʻllab
quvvatlash, sogʻlom raqobatga asoslangan “yashil” iqtisodiyotni barpo etish; “yashil”

kompaniyalarga uzoq muddatli investitsiya kiritish va yuqori daromadga erishish; resurs
sarfini kamaytirish, resurs yetishmovchiligini boshdan kechirayotgan davlatlarni muqobil

resurlar bilan taʻminlash, davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga erishish; investitsiya
portfelining risk darajasi past boʻlgan investitsiyani joylash orqali diversifikatsiya qilishni

taʻminlash va boshqalar.

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Markowitz, H. (2005) Market Efficiency: A Theoretical Distinction and So What? / H.

Markowitz // Financial Analysts Journal. – Vol. 61, iss. 5. – P. 7–30

Qaror (2022) “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga

qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2022 yil 2

dekabrdagi PQ-436-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ершов М.В., Танасова А.С., Соколова Е.Ю. (2020) О растущей роли «зеленых» финансов

для обеспечения финансовой стабильности. ЭНСР № 2 (89) DOI: 10.33293/1609-1442-2020-
2(89)-83-95

Найденова

Т.А.,

Новокшонова

Е.Н.

(2022)

CОСТОЯНИЕ

«ЗЕЛЁНОГО»

ФИНАНСИРОВАНИЯ В РОССИИ // Вестник Алтайской академии экономики и права. –. – №

7-1. – С. 114-120;

Полоник, С.С. (2018) Мировой опыт формирования и развития «зеленых» инвестиций

в условиях обеспечения устойчивого экономического роста / С.С. Полоник, Э.В. Хоробрых,
А.А. Литвинчук // Вестник Полоцкого государственного университета. Серия D.

Экономические и юридические науки. – № 13. – С. 2–11.

Библиографические ссылки

Markowitz, H. (2005) Market Efficiency: A Theoretical Distinction and So What? / H. Markowitz // Financial Analysts Journal. – Vol. 61, iss. 5. – P. 7–30

Qaror (2022) “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2022 yil 2 dekabrdagi PQ-436-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ершов М.В., Танасова А.С., Соколова Е.Ю. (2020) О растущей роли «зеленых» финансов для обеспечения финансовой стабильности. ЭНСР № 2 (89) DOI: 10.33293/1609-1442-2020-2(89)-83-95

Найденова Т.А., Новокшонова Е.Н. (2022) CОСТОЯНИЕ «ЗЕЛЁНОГО» ФИНАНСИРОВАНИЯ В РОССИИ // Вестник Алтайской академии экономики и права. –. – № 7-1. – С. 114-120;

Полоник, С.С. (2018) Мировой опыт формирования и развития «зеленых» инвестиций в условиях обеспечения устойчивого экономического роста / С.С. Полоник, Э.В. Хоробрых, А.А. Литвинчук // Вестник Полоцкого государственного университета. Серия D. Экономические и юридические науки. – № 13. – С. 2–11.