QATAR DAVLATIDAGI ISLOM MOLIYA MUASSASALARI VA ULARDA MOLIYAVIY HISOB STANDARTLARINING QO‘LLANILISHI

Annotasiya

Mazkur maqolada Qatar iqtisodiyotida islom moliyasining o‘rni, Qatarda joylashgan islom moliya muassasalari, jumladan, islom banklari, islom sug‘urta kompaniyalari va ularda amal qilinuvchi moliyaviy hisob standartlari haqida so‘z boradi. Qatarda qo‘llanilgan moliyaviy hisob standartlarining qonuniy asoslari yoritiladi. Qatar qonunchiligidagi tijorat tashkilotlari va islom moliya muassasalariga nisbatan moliyaviy hisobni qo‘llash qoidalari ko‘rib chiqiladi va mamlakatda qanday qilib ikki xil moliyaviy hisob standartlaridan foydalanilganligi ochib beriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Qatar iqtisodiyotida islom moliyasining o‘rni, Qatarda joylashgan islom moliya muassasalari, jumladan, islom banklari, islom sug‘urta kompaniyalari va ularda amal qilinuvchi moliyaviy hisob standartlari haqida so‘z boradi. Qatarda qo‘llanilgan moliyaviy hisob standartlarining qonuniy asoslari yoritiladi. Qatar qonunchiligidagi tijorat tashkilotlari va islom moliya muassasalariga nisbatan moliyaviy hisobni qo‘llash qoidalari ko‘rib chiqiladi va mamlakatda qanday qilib ikki xil moliyaviy hisob standartlaridan foydalanilganligi ochib beriladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

165


QATAR DAVLATIDAGI ISLOM MOLIYA MUASSASALARI VA ULARDA MOLIYAVIY

HISOB STANDARTLARINING QO‘LLANILISHI

Jiyanov Uktam Panjiyevich

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

ORCID: 0000-0001-7711-6659

uktam.jiyanov87@gmail.com

Qudratova Laziza Ulug‘bekovna

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

ORCID: 0009-0004-0097-7484

lazizakudratova@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Qatar iqtisodiyotida islom moliyasining o‘rni, Qatarda

joylashgan islom moliya muassasalari, jumladan, islom banklari, islom sug‘urta kompaniyalari va

u

larda amal qilinuvchi moliyaviy hisob standartlari haqida so‘z boradi. Qatarda qo‘llanilgan

moliyaviy hisob standartlarining qonuniy asoslari yoritiladi. Qatar qonunchiligidagi tijorat
tashkilotlari va islom moliya muassasalariga nisbatan moliyaviy hisobni

qo‘llash qoidalari ko‘rib

chiqiladi va mamlakatda qanday qilib ikki xil moliyaviy hisob standartlaridan foydalanilganligi
ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

moliyaviy hisob, buxgalteriya, islom banklari, tijorat tashkilotlari, islom

sug‘urta

kompaniyalari, AAOIFI standartlari, IFRS standartlari.

ИСЛАМСКИЕ ФИНАНСОВЫЕ ИНСТИТУТЫ В ГОСУДАРСТВЕ КАТАР И ПРИМЕНЕНИЕ В

НИХ СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОГО УЧЕТА

Жиянов Уктам Панжиевич

Международная исламская академия Узбекистана

Кудратова Лазиза Улугбековна

Международная исламская академия Узбекистана

Аннотация.

В данной статье рассматривается роль исламских финансов в

экономике Катара, исламские финансовые институты, расположенные в Катаре, в том
числе исламские банки, исламские страховые компании и используемые в них стандарты
финансового учета. Будет рассмотрена правовая основа стандартов финансового
учета, используемых в Катаре. В нем рассматривается применение правил финансового
учета в катарском законодательстве к коммерческим организациям и

исламским

финансовым учреждениям, а также показано, как в стране используются два разных
стандарта финансового учета.

Ключевые слова:

финансовый учет, бухгалтерский учет, исламские банки,

коммерческие организации, исламские страховые компании, стандарты AAOIFI,
стандарты МСФО.

UO

K: 336.69

XI SON - NOYABR, 2024

165-171


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

166

ISLAMIC FINANCIAL INSTITUTIONS IN THE STATE OF QATAR AND APPLICATION OF

FINANCIAL ACCOUNTING STANDARDS IN THEM

Jiyanov Uktam Panjiyevich

International Islamic Academy of Uzbekistan

Kudratova Laziza Ulugbekovna

International Islamic Academy of Uzbekistan

Abstract.

This article discusses the role of Islamic finance in Qatar’s economy, Islamic

financial institutions located in Qatar, including Islamic banks, Islamic insurance companies, and
the financial accounting standards used in them. The legal basis of the financial accounting
standards used in Qatar will be covered. It examines the application of financial accounting rules
in Qatari law to commercial organizations and Islamic financial institutions and reveals how two
different financial accounting standards are used in the country.

Keywords:

financial accounting, accounting, Islamic banks, commercial organizations,

Islamic insurance companies, AAOIFI standards, IFRS standards.

Kirish.

Jahon miqyosida islom moliyasining ahamiyati kundan-

kunga oshib, jadal sur’at

lar bilan

rivojlanib bormoqda. Bu ijobiy tendensiya sababli islom moliyasiga aloqador bo‘lgan turli

masalalar kun tartibiga chiqmoqda. Jumladan, islom moliya muassasalarida qanday moliyaviy

hisob standartlarini qo‘llash lozimligini tahlil qilish ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Bu borada ba’zi mamlakatlar o‘zlarining milliy standartlarini ishlab chiqqan bo’lsa, ba’zilari

islom moliya muassasalari uchun buxglateriya va audit tashkiloti

AAOIFI standartlarini

qo‘llashni afzal ko‘rmoqdalar, boshqalar es

a xalqaro miqyosda tan olingan boshqa

standartlarni ustun ko‘rishmoqda. Shu bois, turli mamlakatlarning bu boradagi modellarini
o’rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada

Qatardagi islom moliya muassasalarida

moliyaviy hisob standartlarining qo‘llanilish siyosatini

tahlil qilishga e’tibor qaratilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Islom moliya muassasalari moliyaviy hisobotlarida qaysi standartdan foydalanish

borasida ko‘plab bahslar mavjud.

Shahul Hameedning fikricha, bu savolga yuqori darajadagi javob shundan iboratki, bu

islom moliya institutlari (IMI) amaldagi Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari (IFRS)

asosidagi kapitalistik dunyoqarashga asoslanmagan. An’anaviy buxgalteriya hisobi qaror qabul

qilishning

foydali asosiga tayangan bo‘lsa, islomiy buxgalteriya hisobi "barcha manfaatdor

tomonlarning huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, to‘liq bo‘lmagan bitimlar va boshqa

hodisalar natijasida kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni aniqlashga intiladigan shariatga
muvofiq javobgarlik tizimiga asoslanadi (Ibrahim, Hameed, 2007). A.Arwani AAOIFI

buxgalteriya hisobi standartlari IMIning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi va ularning

turli ehtiyojlarini qondirish uchun kuchli qurilmaga aylanishi mumkin

bo‘lgan qo‘llanma bo‘lib

xizmat qiladi, deb hisoblaydi (2019).

Biroq AAOIFI hali ham bir qancha muhim muammolarga duch kelmoqda. A’zolar sonining

ko‘payishiga qaramay, AAOIFIning tashkil etilishi shunchaki nom bo‘lib, u standart kuchga ega
emas. “Islom moliya tashkilotlari ba’zi operatsiyalarni turli yo‘llar bilan hisobot qilishi va
oshkor qilishi mumkin, bu esa keyinchalik ushbu institutlarning o‘zlari uchun hamda umuman
islom moliyasining rivojlanishi uchun muammolarni keltirib chiqaradi”

- deydi A.Suandi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

167

(2013). Siswantoro va boshqalarning fikricha, AAOIFI tomonidan chiqarilgan ko‘rsatmalar.
Biroq ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatmalar haqiqiy “islom hisobi standartlari”

sifatida emas, balki islom moliya institutlarida buxgalteriya hisobi tamo

yillari sifatida ko‘rib

chiqilishi kerak (Siswantoro, 2013).

AAOIFIning texnik rivojlanish boʻyicha direktori Xayrul Nizomning soʻzlariga koʻra, “ikki

standart toʻplami oʻrtasida boʻshliqlar va farqlar mavjudligi aniq va bundan keyin ham shunday
boʻladi. Ushbu bo‘shliqlar va farqlar IASB va AAOIFIning turli xil tuzilmaviy maqsadlarining
tabiiy natijasidir. AAOIFI vakolati UFRS islom bankining o‘ziga xos xususiyatlariga mos kelmasa

yoki shariatga rioya qilish muammolariga olib keladigan standartlarni ishlab chiqishdan iborat.

Islomiy va anʼanaviy bank va moliya amaliyotlari oʻrtasida iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy
tafovutlar mavjud ekan, chiqarilgan standartlarda ham farqlar boʻladi” (Ibrahim, Hameed,

2007).

Boshqa bir tadqiqotda, N. Mohammed va boshqalar Malayziyadagi islom moliya

institutlari (IFI) hisobotlarida islomiy buxgalteriya standartlariga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rib

chiqadi (Mohammed, Fahmi, Ahmad, 2015). Ularning IFI yetakchi xodimlari bilan suhbatlar
asosida olib borgan tadqiqotlari AAOIFI buxgalteriya hisobi standartlarining hisobot berishga

ta’sirini ochib beradi. So‘rovnomaning ba’zi ishtirokchilari IMI haqida hisobot berish uchun
Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlaridan (IFRS) foydalanish maqsadga muvofiqligini e’tirof

etishsa-da, ko

‘pchilik Islom shartnomalarida Islom tamoyillariga rioya qilish muhimligini

ta’kidlaydi.

Ahmed M.U., Sabirzyanov R. va Rosman R. AAOIFI va IFRS bo‘yicha Murabaha

shartnomalarini hisobga olish va hisobot berish usulini ko‘rib chiqdilar, ularning natijalari

shuni ko‘rsatadiki, IFRS iqtisodiy oqibatlarga e’tibor qaratgan bo‘lsa, AAOIFI shariat
tamoyillariga asoslangan huquqiy tuzilmani ko‘rib chiqadi, natijada farqlar paydo bo‘ladi

(2016).

Quyida esa IFRS va AAOIFI yonma-

yon qo‘llanilayotgan Qatar davlatining vaziyati ko‘rib

chiqiladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, ma’lumotlar yig‘ish, umumlashtirish, taqqoslash

usullari qo‘llangan. Mavzuga doir qonunchilik o‘rganilib, real vaziyatga solishtirilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Aholi jon boshiga YaIMning taqsimlanishi bo‘yicha dunyoda 5

-

o‘rinda turuvchi (GDP per

Capita, 2022) Qatarda islom moliyasi shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Hisob-kitoblarga

ko‘ra, Qatar iqtisodiyoti 2023

-

yilda 1,8 foizga o‘sgan (Report, 2023). Islo

m moliyasining utun

iqtisodiyotdagi ulushi ham oshib bormoqda.

2023-yilda Qatardagi jami islomiy moliya aktivlari taxminan 656 milliard Qatar riyoli

(180 milliard AQSh dollari)ga baholanib, o‘sish sur’ati 3,3 foizni tashkil etdi. Ushbu aktivlarning

87,6 f

oizi islom banklariga to‘g‘ri keladi, islom sukuki ulushi 11,1 foizni, “Takaful” sug‘urta

kompaniyalari 0,7 foizni tashkil etdi, qolgan qismi investitsiya fondlari va boshqa islom moliya

institutlari o‘rtasida taqsimlanadi (Report, 2023).

Qatardagi islom moliya sektori xilma-

xil boʻlib, toʻrtta asosiy sektordan iborat: Islom

banklari, “Takaful” sugʻurta kompaniyalari, islomiy moliya kompaniyalari va islom investitsiya

kompaniyalari, bundan tashqari Islomiy sukukda taqdim etilgan islom moliyasi mahsulotlari,
investitsiya fondlari va indekslar. Ushbu moliya sektorlarida faoliyat yurituvchi ushbu
muassasalar Qatar Markaziy bankining bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi. Bundan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

168

tashqari, ayrim moliya institutlari Qatar moliya markazi doirasida islomiy moliya faoliyatini
olib boradi (Report, 2023).

Qatar islom moliyasi institutlari turli moliyaviy standartlardan foydalangan holda

o‘zlarining moliyaviy hisobotlarini tayyorlaydilar.

Qatar davlatining 2015-yil 11-

sonli “Tijorat kompaniyalari toʻgʻrisida”gi qonu

ni (Qonun,

2015)ga muvofiq tijorat kompaniyalari, shu jumladan, banklarva boshqa moliyaviy tashkilotlar
IFRS (Moliyaviy hisobot tuzishning xalqaro standartlari) va IAS (Xalqaro buxgalteriya

standartlari)ga muvofiq o‘z moliyaviy hisobotlarini tuzadilar. Bu

yuqoridag qonunning 269-

bandida o‘z aksini topadi: “Holding har bir moliyaviy yil oxirida o‘zi va uning barcha filiallari

uchun xalqaro miqyosda qabul qilingan buxgalteriya hisobi va audit amaliyoti standartlariga
muvofiq konsolidatsiyalashgan buxgalteriy

a balansi, foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot va pul

oqimlari haqidagi hisobotni tuzadilar va umumiy yig‘ilishda ularga qo‘shimcha ravishda
tushuntirishlar va tafsilotlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etadilar”.

Yuqoridagi qonunga 2021-yildagi 8-sonli q

onun bilan qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsada,

moliyaviy hisobotga doir bandlarda jiddiy o‘zgarish kuzatilmagan.

Shuningdek, Qatar Markaziy banki (QCB)ning 2013-

yil sentyabr oyidagi “Banklar uchun

yo‘riqnomasi”ning 2/1

-bandida ham barcha tijorat va ixtisoslashtirilgan banklar moliyaviy

ma’lumotlarni (moliyaviy hisobotlarni) tayyorlashda moliyaviy hisobotlarning xalqaro
standartlariga rioya qilishlari kerakligi aytib o‘tiladi.

Qatar davlatida islom moliya tashkilotlari uchun alohida qonun-qoidalar amal qiladi.

Shuningdek, Qatar Markaziy banki (QCB)ning 2013-

yil sentabr oyidagi “Banklar uchun

yo‘riqnomasi”ning 2/2/1

-

bandida “Islom banklari Islom moliya institutlari uchun Buxgalteriya

Hisobi va Audit Tashkiloti (AAOIFI) tomonidan chiqarilgan buxgalteriya hisobi standartlarini
buxgalteriya siyosati va muolajalariga, moliyaviy hisobotlarni va tegishli ochiqlamalarni

tayyorlashga tatbiq etishlari kerak”ligi aytib o‘tilgan.

Takoful kompaniyalari esa Qatar Moliya Markazi Boshqaruv Organi tomonidan

chiqarilgan 2006-yi

ldagi “Sug‘urta Biznesi qoidalari”ning 8/4/2

-bandiga muvofiq AAOIFI

standartlarini qo‘llagan holda moliyaviy hisobotlar tuzishi kerak.

Boshqa islom moliya tashkilotlari esa bu qoidalarga tushmagani uchun IFRS

standartlaridan foydalanadi.

Islom banklari AAOIFI buxgalteriya standartlaridan foydalansada, Qatar Markaziy Banki

ular uchun moliyaviy hisobotning namunaviy shakllarini belgilab bergan.

Qatarning 4 ta eng yirik banklari Tabinsights.com nashrining 100 ta eng kuchli banklar

reytingiga kiradi, ular Qatar Islamic bank, Qatar International Islamic Bank, Dukhan Bank va

Masraf Al Rayan banklaridir. Quyida ushbu banklar va ular qo‘llaydigan buxgalteriya
standartlari va buxgalteriya siyosati haqida so‘z yuritiladi.

Qatar Islamic Bank.

QIB 1982-yilda Qatardagi birinchi islom banki sifatida tashkil

etilgan. QIB hozirda Qatarning eng yirik islom banki va dunyodagi toʻrtinchi islom banki boʻlib,

2023-

yilda jami aktivlari 189 milliard Qatar riyolini tashkil etgan bo‘ib, bu Qatardagi islom

banki aktivlarining 35,7 foizini va Qatardagi jami bank bozorining 10 foizini tashkil etadi.
QIBning Qatarda 23 ta filiali bor. 2023-yil oxiriga kelib aktsiyadorlarning kapitali 25,4 milliard
Qatar riyoliga yetdi (Report, 2023).

Qatar Xalqaro Islom Banki (QIIB).

QIIB 1990-yilda tashkil etilgan. 2023-yilda QIIBning

jami aktivlari 61,6 milliard QARni tashkil etdi, bu islom banklari aktivlarining 11,6 foizini va
Qatar bank sektori jami aktivlarining 3 foizini tashkil qiladi. QIIB aktsiyadorlik kapitali 7,4
milliard QARga yetdi. QIIB bosh qarorgohi va 16 ta mahalliy filiallari orqali islomiy moliya
xizmatlari va mahsulotlarini, shuningdek, individual va korporativ mahsulotlarni taqdim etadi.
QIIB aksiyalari Qatar fond birjasida joylashtirilgan (2023).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

169

Dukhan Bank.

2009-

yilda “Duhan Bank” shariat qoidalariga muvofiq bank xizmatlari va

mahsulotlarini taqdim etish maqsadida “Barwa Bank” nomi ostida integratsiyalashgan Islom

banki sifatida ish boshlagan. 2019-yil aprel oyida Dukhan bank Qatar xalqaro banki bilan
birlashtirildi va 2020-yil

oktyabr oyida Dukhan bank o‘zining yangi identifikatorini eskisi bilan

almashtirib, “Duhan Bank” nomini oshkor qildi. “Dukhan” bank o‘zining asosiy filiali va to‘qqizta
mahalliy filiali orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi. 2023 yil oxiriga kelib, Dukhan ban

kining

aktivlari 114,4 milliard rialni tashkil etdi, bu Qatardagi islom banklari aktivlarining 21,6 foizini
va bank sektori jami aktivlarining 6 foizini tashkil qiladi. Aksiyadorlarning kapitali 12,9 milliard
rialni tashkil etdi (Report, 2023).

Masraf Al Rayan

.

Masraf Al Rayan 2006-yilda jismoniy shaxslar va kompaniyalarga bank

xizmatlari va mahsulotlarini hamda xususiy bank xizmatlarini taqdim etish uchun
integratsiyalashgan islom banki sifatida tashkil etilgan. 2021-yil 30-noyabrda Masraf Al Rayan
Al Khalij Tijorat Banki bilan birlashdi. Uning jami aktivlari 164,2 milliard Qatar riyoliga teng

bo‘lib, Qatar islom banklari aktivlarining 31 foizini va bank sektori jami aktivlarining 8 foizini
tashkil qiladi. Masraf Al Rayan o‘z xizmatlarini Qatardagi 16 ta ma

halliy filiallari orqali taqdim

etadi va xorijiy va mahalliy bank va investitsiya kompaniyalariga egalik qiladi. Masraf Al
Rayanning aktsiyalari Qatar fond birjasida joylashgan. 2023-yil oxiriga kelib Masraf Al Rayan
aktsiyadorlik kapitali 23,5 milliard Qatar riyoliga yetdi.

Yuqorida keltirilgan banklarning 2023-yil yakuni uchun konsolidatsiyalangan moliyaviy

hisobotlar Qatar Markaziy banki (QCB) tomonidan tahrirlangan Islom moliya institutlari uchun
Buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) tomonidan chiqarilgan Moliyaviy Hisob

Standartlariga (FAS), Guruhning Shariat Qo‘mitasi tomonidan belgilangan Islom shariati

qoidalari va tamoyillariga, Qatar davlatining 2015-yil 11-

sonli “Tijorat kompaniyalari

toʻgʻrisida”gi qonuniga va ushbu qonunga 2021

-yildagi 8-sonli qonun bilan kiritilgan

qo‘shimchalarga muvofiq tayyorlangan (Annual report, 2023).

Qatar Markaziy Banki sirkulyarlar orqali bir nechta o‘zgartirishlar chiqargan, eng muhim

o‘zgartirishlar 2020

-yil 29-

apreldagi № 12/2020 bo‘lib, u 33 –

“Sukukga

investitsiyalar,

aktsiyalar va moliyaviy hisobot standartlari” va 9

-

sonli “Moliyaviy vositalar” xalqaro moliyaviy

hisobot standartining kapitalga nisbatan tamoyillariga rioya qilishni talab qiluvchi 30

“Qimmatsizlanish, kredit yo‘qotishlar va og‘ir majburiyatlar” buxgalteriya hisobi standartlariga
o‘zgartirishlar kiritadi.

Bundan tashqari, Qatar Markaziy Banki 2020-yil 12-sonli sirkulyar orqali 1

“Islom

banklari va moliya institutlarining moliyaviy hisobotlarida umumiy taqdimot va oshkor qilish”

talabin

i retrospektiv qabul qilish va buxgalteriya siyosatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan

oshkor qilish bo‘yicha o‘zgartirish kiritadi. Yuqoridagi banklar yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni

tan oladi va amal qiladi.

AAOIFI standartlari yoki tegishli yo‘riqnomalari mavjud bo‘lmagan masalalarda Guruh

tegishli Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini (“IFRS”) qo‘llaydi (Masraf Al Rayan, 2023).

Qatar sug‘urta kompaniyalari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, Qatar Islom sugʻurta

kompaniyasi (QIIC), Al-

Khaleej Takaful sug‘urta kompaniyasi, Doha Takaful kompaniyalari

Qatardagi eng yirik takoful kompaniyalari hisoblanadi.

Qatar Islom sugʻurta kompaniyasi (QIIC)

1993-yilda tashkil etilgan. Guruh aksiyalari

Qatar fond birjasida joylashgan. 2023-yil oxiriga kelib, guruh aktsiyadorlarining kapitali 530
million Qatar riyolini tashkil etdi.

AlKhaleej Takaful sug‘urta kompaniyasi.

Al-

Khaleej sug‘urta va qayta sug‘urta

kompaniyasi 1978-

yilda an’anaviy sug‘urta kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. 2010

-yilda Al-

Khaleej sug‘urta kompaniyasi integratsiyalashgan Islom sug‘urta kompaniyasiga aylantirilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

170

2023-yilda aksiyadorlarning kapitali 597 million Qatar riyolini tashkil etdi. Kompaniyaning
aktsiyalari Qatar fond birjasida joylashtirilgan.

Doha Takoful.

2006-

yilda Doha sug‘urta kompaniyasi sug‘urtaning barcha sohalarida

sudxo‘rliksiz islom tamoyillariga muvofiq sug‘urta va qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish
uchun “Doha Takaful” savdo belgisi ostida Islomiy Takaful sho‘ba korxonasini tashkil etdi

.

2018-

yilda Doha Insurance “Doha Takaful” ni to‘liq Doha Insurance Groupga tegishli mas’uliyati

cheklangan jamiyat sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Doha Takafulning umumiy aktsiyadorlik

kapitali 2023-yil oxiriga kelib 179,6 mln. Qatar riyolini tashkil etdi.

Qatar Islom sugʻurta kompaniyasi (QIIC) va Al

-

Khaleej Takaful sug‘urta kompaniyasi

takoful kompaniyasi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi sababli hisobotlarini AAOIFI standartlari
asosida tayyorlaydi. Doha takoful esa Doha sug‘urta kompaniyasining sho‘basi bo‘

lgani uchun,

Doha sug‘urta kompaniyasining boshqa sho‘balari boshqa turli xizmatlar, jumladan ko‘chmas
mulk, lizing, axborot xizmatlarini ko‘rsatgani uchun va sho‘ba korxonalar turli mamlakatlarda
joylashganligi sababidan o‘z hisobotlarini AAOIFI emas, IFR

S standartlari asosida tayyorlaydi.

Brokerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi INMA holding company(oldingi nomi Islamic holding

group) ham Qatarda faoliayt yurituvchi mashhur kompaniyalardan biri hisoblanadi va Qatar

birjasida xizmat ko‘rsatadi. Bu kompaniya bank yoki islomiy sug‘urta kompaniyasi
bo‘lmaganligi sababli, AAOIFI standartlarini o‘z moliyaviy hisobotlariga tatbiq etishga majbur
emas. Shu sababdan bu kompaniya o‘z moliyaviy hisobotlarini IFRS standartiga muvofiq

tayyorlaydi (Financial report, 2023).

Xulosa va takliflar.

Qatar davlati qonunchiligi tijoriy tashkilotlar o‘z moliyaviy hisobotlarini IFRS

standartlariga muvofiq tayyorlashlarini talab qiladi. Ammo Qatar Markaziy Banki islom
banklarini AAOIFI moliyaviy hisob standartlariga muvofiq hisobot topshirishlarini belgilab

qo‘ygan. Takoful kompaniyalari ham AAOIFI standartlariga muvofiq hisobot topshirishi kerak
hisoblanadi. Ammo bank yoki sug‘urta kompaniyasi bo‘lmagan boshqa kompaniyalar AAOIFI
standarti bo‘yicha hisobot tayyorlashi shart emas, IFRS s

tandarti ular uchun yetarli hisoblanadi.

Islom banklari va takoful kompaniyalarida AAOIFI standartidan foydalanilsada, Qatar Markaziy
Banki ularga hisobot topshirish shakllarini belgilab beradi. Qatardagi bu siyosat bir necha
afzallik va kamchiliklarga ega:

islom moliya isntrumentlarini AAOIFI standartlari orqali aks ettirish qulayroq va bu

ularning asl mohiyatini ochib berishga yordam beradi, ammo AAOIFI standartlarini qo‘llash
moliyaviy hisobotlarni an’anaviy banklar bilan taqqoslash

imkoniyatlarini cheklaydi;

mamlakatda IFRS standartlarini keng ravishda qo‘llanilishi mamlakat iqtisodiyoti ochiq

va yanada jozibador qiladi, dunyo miqyosida bu moliyaviy hisobotlarni tushunishni va
taqqoslashni osonlashtiradi;

banklar va takoful kompaniyalaridan boshqa tashkilotlarda nisbatan kamroq yoki

soddaroq moliyaviy instrumentlar qo‘llaniladi, shu tufayli ular AAOIFI standartiga amal qilishi

shart emas va bunday kompaniyalarda IFRS qo‘llanilishi uning taqqoslanish qobiliyatini

oshiradi;

Qatar hukumatining AAOIFI standartlaridan foydalanuvchi kompaniyalar uchun

ishlab chiqqan hisobot shakllari mamlakatda hisobotlar xilma-xilligini va ularni tushunish va

taqqoslash qiyinligining oldini oladi va mamlakatdagi moliyaviy hisobotlar atmosferasini

samaraliroq va jozibaliroq qiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

171

Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Ahmed M.U., Sabirzyanov R., Rosman R. (2016) A critique on accounting for Murabaha

Contract’, Journal of Islamic Accounting and Business Research, 7(3), pp. 190

-201.

Annual report. QIB. (2023)

https://www.qib.com.qa/en/investorrelations/fin ancial-

information/annual-reports/

Arwani A. (2019) The implementation of IFRS in Indonesian Islamic accounting. Journal of

Economics, Business, and Accountancy Ventura Vol. 21, No. 3, December 2018

March 2019, pages

361

37.

Financial Reports, (2023).

https://inma.qa/financial-reports/

Financial statement (2023) Consolidated financial statements for the year ended 31

december

2023.

Qatar

International

Islamic

Bank

(Q.P.S.C.).

https://www.qiib.com.qa/search/?q= consolidated%20financial%20statements

Financial statement (2023) Consolidated financial statements for the year ended 31

December

2023.

Dukhan

Bank.

Q.P.S.C.

https://www.dukhanbank.com/investor-

relations/financial-information

Financial statement (2023) Consolidated financial statements for the year ended 31

December 2023. Masraf Al Rayan. Q.P.S.C.

https://www.alrayan.com/en/investor-

relations/financial-information/financial-statements

Financial statement (2023) Consolidated financial statements for the year ended 31

December

2023.

QIIB.

Q.P.S.C.

https://www.qiib.com.qa/search/?q=consolidated%20financial%20 statements

GDP

per

Capita.

(2022)

https://www.worldometers.info/gdp/gdp-per-

capita/#google_vignette

Ibrahim M., Hameed Sh. (2007) IFRS vs AAOIFI: The Clash of Standards? International Centre

for Education in Islamic Finance. March.

Mohammed N.F., Fahmi F.M., Ahmad A.E. (2015) The influence of AAOIFI Accounting

Standards in reporting Islamic financial institutions in Malaysia. Procedia Economics and

Finance, 31, pp. 418

424.

Qonun, (2015) Qatar davlatining 2015-yil 11-

sonli “Tijorat kompaniyalari toʻgʻrisida”gi

qonuni,

269-band.

https://www.almeezan.qa/LawArticles.aspx?LawTreeSectionID

=16896&lawId=6656&language=ar

Report (2023). Islamic finance in Qatar. Publication Series by Bait Al-Mashura Finance

Consultations. P. 22.

Siswantoro D., Ibrahim S.H. (2013) Should Islamic Accounting Standard Follow to

international financial reporting standards (IFRS)? A lesson from Malaysia. Media Riset
Akuntansi, Auditing & Informasi. 13(1), pp. 35-58.

Suandi A. (2013) Islamic Accounting in Indonesia: A Review from Current Global Situation.

Waseda University Repository.