Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
123
MUQOBIL MOLIYALASHTIRISH INSTRUMENTI BO'LGAN SUKUKLARGA
OID ADABIYOTLAR SHARHI
Jiyanov O‘ktam
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
ORCID: 0000-0001-7711-6659
Norboyeva Maftuna
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
ORCID: 0009-0003-5559-2795
Annotatsiya.
Islom moliya tizimida uning ajralmas bir qismi bo'lmish sukuk
moliyalashtirish manbai aktivlarga asoslanganligi sababli an’anaviy qimmatli qog‘ozlar bozori
qatorida o'zining raqobatbardoshligini koʻrsatib
kelmoqda. Mazkur maqolada islom qimmatli
qog'ozlari (sukuk)ning tarixi, rivojlanish tendensiyalari, davlatlar miqyosida uni chiqarish
bo'yicha yo'l-yo'riqlar kabi bir qator masalalarga bag'ishlangan tadqiqotchilarning ilmiy
izlanishlari ko'rib chiqilgan. Tahlillar jamlanib, maqola so'nggida bir necha qo'shimcha takliflar
berilgan.
Kalit so’zlar:
islom iqtisodiyoti, islom moliyasi, sukuk, bibliografik tahlil, alternativ
moliyalashtirish.
ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ ПО СУКУКАМ, АЛЬТЕРНАТИВНОМУ
ИНСТРУМЕНТУ ФИНАНСИРОВАНИЯ
Жиянов Уктам
Международная исламская академия Узбекистана
Норбоева Мафтуна
Международная исламская академия Узбекистана
Аннотация
.
Являясь неотъемлемой частью исламской финансовой системы, сукук
демонстрирует свою конкурентоспособность среди традиционных фондовых рынков,
поскольку его источник финансирования основан на активах. В данной статье
рассмотрен ряд научных исследований исследователей, посвященных таким вопросам,
как история исламской ценной бумаги (сукук), тенденции ее развития, руководство по ее
выпуску в масштабах государств. Анализ был обобщен, и в конце статьи было сделано
несколько дополнительных предложений.
Ключевые
слова:
исламская
экономика,
исламские
финансы,
сукук,
библиографический анализ, альтернативное финансирование.
UO
‘
K: 336.763.4
II SON - FEVRAL, 2024
123-131
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
124
REVIEW OF LITERATURE ON SUKUK, AN ALTERNATIVE FINANCING INSTRUMENT
Jiyanov Uktam
International Islamic Academy of Uzbekistan
Norboyeva Maftuna
International Islamic Academy of Uzbekistan
Annotation
.
Sukuk, an integral part of the Islamic financial system, is showing its
competitiveness in the traditional securities market line as the source of financing is based on
assets. This article examines the scientific research of researchers devoted to a number of issues,
such as the history of Islamic securities (sukuk), development trends, directions for its release on
a state scale. The analysis was summed up and several additional suggestions were made at the
end of the article.
Key words:
islamic economics, Islamic finance, sukuk, bibliographic analysis, alternative
financing.
Kirish.
Islom moliya tizimi bugungi kunga kelib, butun dunyoda qiziqish uyg’otayotgan nafaqat
musulmon davlatlar balki nomusulmon bo’lgan
davlatlarning ham bu tizimni
moliyalashtirishning muqobil varanti sifatida foydalanayotganining guvohi bo’lishimiz
mumkin. O’rta Osiyo mamlakatlari jumladan, O’zbekistonda ham bu tizimni rivojlantirish, unga
doir qonunchilik bazasini yaratish, mutaxassisla
rni tayyorlash va shunga o’xshash bir qancha
vazifalar bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo’lib kelmoqda. O’zbekistonning ijtimoiy
-
iqtisodiy rivojlanishida, banklar, investitsiya fondlarining rivojlanishi muhim. Aholimizning 90
% dan ortiq qismini musul
monlar tashkil etishi, ularning an’anaviy moliyaviy vositalardan juda
kam qismi foydalanishi ushbu tizimni rivojlantirishga turtki bo’lmoqda. Shu boisdan aholining
bo’sh turgan pullarini real iqtisodiyotga jalb qilishda islom moliya vositalaridan foydalani
sh
muhim.
O'zbekistonda davlat muhokamasi darajasiga chiqqan islom moliyasi va uning
instrumentlari haqida Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin:
"Mamlakatimizda islom moliyasiga doir moliyaviy xizmatlarni joriy etish bo‘yicha huquqiy
bazani ya
ratish vaqti keldi". Davlatimiz rahbari ushbu so'zlarini Oliy Majlisda bo'lib o’tgan
majlislarida aytib o'tganlar.
Bunga qo’shimcha sifatida tadbirkorlar bilan bo’lgan ochiq
muloqotda imzolangan “yo’l xaritasida” islomiy mahsulotlar va xizmatlar hamda ular
ni amalga
oshiruvchi tashkilotlarni soliqqa tortishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqish, islom moliyasi
asosida joriy etilgan omonatlarni himoya qilishga doir huquqiy asosni yaratish yoki
moslashtirish bo’yicha qonun loyihasi ishlab chiqilishi tilga o
lingan.
Adabiyotlar sharhi.
Islom moliya tizimi so’nggi yillarda butunjahon repertuarida bong urayotgan, an’anaviy
iqtisodiyotga muqobil varaint sifatida e’tirof etib kelinayotgan tarmoq bo’lib kelmoqda. Kundan
kunga ushbu tarmoqqa
musulmon bo’lmagan davlatlarning ham qiziqishi ortib bormoqda.
Ushbu sohaga doir yangidan yangi ilmiy adabiyotlarga ehtiyoj sezilishi natijasida, olimlar
tomonidan tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur maqolada shunday bibliografik tadqiqot olib
borgan olimlar ishlari keltirilgan.
Islom moliyasi va uning rivojlanish istiqbollariga doir mavzuda ilmiy izlanish olib
borayotgan olimlardan M.Kabir Hassan, Siraj Aliyu, Andrea Paltrinieri va boshqalar (2018)
“Islomiy investitsiyaga oid adabiyotlarni ko'rib chiqish” nomli ilmiy ishida
empirik tahlillar
asosida islomiy investitsiya tadqiqotlari ko'rib chiqilgan va kelajakdagi amalga oshirilishi kerak
bo’lgan tadqiqot yo'nalishlariga tavsiya berilgan. So’nggi yillarda islomiy investitsiyaga doir
adabiyotlar tobora yuksalib borayotgani qayd etilgan. Maqolada yozilishicha, ba'zi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
125
adabiyotlarda islomiy va an'anaviy investitsiya ko'rsatkichlari o'rtasidagi farqlar aniq
ko’rsatilmagan. Shuning uchun, eski tahrirdagi va joriy adabiyotlarni tematik tasniflar asosida
ko'rib chiqishni tavsiya bergan. Tahlil natijasiga ko’ra, islom invest
itsiyasiga oid 29 ta maqola
va 22 ta sukukga doir maqola tahlil qilingan.
Muhammad B. Amrani va Faris Hamza
tomonidan yozilgan sukuk bo’yicha adabiyotlar
(2017) sharhiga bag’ishlangan tadqiqotda o’rganilishicha aksariyat ilmiy ishlar sukuk
moliyaviy vositalarining an'anaviy obligatsiyalar bilan ishlashini ularning rentabelligi va
tavakkalchilik profilini alohida tahlil qilish orqali o'rganishga harakat qilgan. Tadqiqotlarning
aksariyati mahalliy sharoitda, jumladan Malayziyada o'rganishga harakat qilinganligi, lekin
ushbu tadqiqotda Dou Jones sukuk indekslaridan foydalangan holda ishlangan adabiyotlar
bazasi tahlil qilingan.
Erna Apriani, Abdul Latif, Indra Permanalarning (2023) islom obligatsiyalarining (sukuk)
islomiy kapital bozorida bibliometrik tahliliga oid maqolasida islomiy kapital bozorida islomiy
obligatsiyalar haqidagi adabiyotlar bazasining rivojlanishini tahlil qilishga qaratilgan. Google
Scholar va Scopusdan 2017-yildan 2022-
yilgacha bo’lgan maqolalar tanlab olingan va ko’rib
chiqilgan. Qiziq tadqiqot o’tkazilgan ya’ni yuqoridagi maqola saytlariga ‘sukuk’, ‘shariat
bondlari’, ‘islom bondlari’ kabi bir nechta turli
xil kalit so’zlar yozib qidiruvga berilgan. Natijada
‘shariat bondlari’ eng ko’p kalit so’z sifatida ishlatilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur izlanishimiz mavzu doirasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarni o’rganib chiqish va
tahlil qilishga yo’naltirilganligi uchun bibliografik tadqiqot usulidan
foydalanganmiz. Bunda
ScienceDirect, Google Scholar bazalaridan tegishli kalit so’zlar bilan qidirish orqali 51 ta maqola
ajratib olingan va o’rganilgan hamda ulardan 21 tasi mazkur ilmiy ishimizda o’z aksini topgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mabruk Billah va Sinda Hadrid o’zining (2019) “Yashil obligatsiyalar va sukuk bozorlari
o'rtasidagi assimetrik munosabatlar: global xavf omillarining roli” mavzusiga bag’ishlangan
tadqiqot ishida sukuk va yashil obligatsiyalar bozorlari o'rtasidagi dinamik bog'liqlik va
ta’sirlarini o'rganishda o'n beshta mamlakat (Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya
Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari; G'arbiy Osiyodan Turkiya; Gonkong, Indoneziya,
Malayziya, Singapur va boshq.) uchun Bloomberg professional xizmatidan olingan kunlik
ma'lumotlar to'plami asosida sukuk indekslari tuzilgan. Ushbu maqolada faqat likvid sukukga
oid ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, 153 ta yuqori likvidli sukuk haqida ma'lumot to'plangan
va jadval ko’rinishida har bir mamlakatning sukuk in
dekslari shakllantirilgan. Ushbu
tadqiqotda sukuk va yashil obligatsiyalar indekslari, shuningdek global xavf omillarining bir-
biriga ta’siri ko’rsatib berilgan. Maqoladan xulosa sifatida sukuk bozoridagi investorlar
ehtiyotkor bo'lishlari va portfellaridagi boshqa aktivlarni o'z ichiga olgan holda xavfni
diversifikatsiya qilishlari kerakligi aytib o’tilgan. Xususan, oddiy bozor sharoitida AQSh yashil
obligatsiyalari va Yevropa yashil obligatsiyalari o'rtasida sezilarli aloqa borligi topilgan. Global
xavf omillarini hisobga olgan holda, foydalanilgan sukuk va yashil obligatsiyalar indekslariga
o'rta kvantildagi global omillar katta ta'sir ko'rsatmasligi aniqlangan. Natijada investorlar
ishlatilgan aktivlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning o'z vaqtida o'zgarishi haqida
ogohlantirilishi va portfellarini doimiy ravishda muvozanatda saqlashi kerakligi aytib o’tilgan.
Topilmalar shuni ko'rsatganki, sukuk global xavflarni kamaytirishda samarali bo'lib, xedjirlash
samaradorligi koeffitsientlari 50% dan oshgan. COVID-19 pandemiyasi davrida emissiya
qilingan sukuk va yashil obligatsiyalar indekslarining aksariyatiga global xavf omillari ta'sir
qilmasligi aniqlangan.
Slim Mseddi (2022) sukukning xalqaro emissiyasi va kompaniyalarning tizimli xavfi
haqidagi ilmiy ilmiy izlanishida 2004-yildan 2020-yilgacha yettita mamlakatda faoliyat
yuritgan 68ta kompaniya tomonidan chiqarilgan sukuklar sekuritizatsiyasi namunasidan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
126
foydalanib ushbu tadqiqotda sekuritizatsiyalash ijobiy tomonga ega degan xulosaga kelgan.
Ushbu tadqiqotning o'ziga xosligi va boshqa tadqiqotlardan farq qiladigan tomoni shundaki,
unda sukukni e'lon qilish paytida bozor aksiyalarining tizimli xavfi yoki beta-versiyasidagi
o'zgarishlarga e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, tizimli xavfning turli xil parametrlari va
sukuk haqidagi ma’lumotlarning to'liq namunasi va tranzaksiyalarni e'lon qilish sanalari
o’rganilgan.
Davud Ashraf, Muhammad Suhayl Rizvanb va Saad Azmat
larning (2020) ‘‘
Sukuk
chiqarilishida bitta emas, uchta qaror
’’ (Not one but three decisions in sukuk issuance)
maqolasida sukuk aksiyadorlari boshqarish agentligi masalalarini yumshatishda boshqa
boshqaruv mexanizmlarining ustunliklarini ko’rsatishga oid korporativ boshqaruvning
qo'shimcha gipotezasini o’rganib chiqishgan. Maqola so’nggida bir qancha taklif va tavsiyalarni
keltirib o’tishgan. Ya’ni boshqaruv mexanizmlari orasida, kengashning mustaqilligi v
a audit
sifati emissiya hajmiga ta'sir qiladi. Oliy kengash mustaqilligi va ustunligi auditorlik sifati
sukukni yuqori hajmlarda chiqarish ehtimoli yuqori bo'lishiga olib keladi. Sukuk tuzilmasini
tanlash nuqtai nazaridan, konsentrlangan mulkka ega bo'lgan va etnik kengash a'zolarining
ulushi yuqori bo'lgan yirik firmalar mushoraka sukukini chiqarishni afzal ko'rishadi, hukumat
egaligining ulushi yuqori bo'lgan firmalar esa Murobaha sukukni afzal ko'rishadi deya xulosa
qilgan.
Mamoru Naganoning (2020) ‘‘Sukukni kim va qachon chiqaradi’’ (Who Issues Sukuk and
When) maqolasida joriy holat va nazariyalar o'rtasidagi bog‘liklik muhokama qilingan. Fond
bozori sukuk bozoriga salbiy ta’sir qilganligi, so‘nggi yillardagi firmalarning mi
kro darajadagi
ma’lumotlaridan foydalanib sukuk chiqarishdagi tanlagan usullari, sukuk chiqarilgandan
keyingi jarayonlar o‘rganilgan. Tadqiqotchi yangilik sifatida agar empirik dalillar kelgusi
moliyaviy yilda firmaning yaxshi ishlashini ko'rsatsa, firma
sukuk chiqarishi ma’qulroq deb
aytib o’tgan.
Nader Naifar, Shavkat, Hammoudeh, Muhammad S. Al-dohaiman va boshqalar (2022)
‘‘Sukuk (Islomiy obligatsiyalar) va fond bozori sharoitlari o'rtasidagi bog'liqlik
tuzilishi’’(Dependence structure between sukuk Islamic bonds and stock market conditions)
nomli maqolasida mahalliy sukuk rentabilligi, fond bozori rentabelligi va GARCH modelida
taxmin qilingan shartli o‘zgaruvchanlik o'rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilgan. Shuningdek, Gumbel,
Clayton, AMH modellari va ularning o’zaro bog’liklik va farqli jihatlari tah
lil qilingan. Saudiya
sukuk bozorida sukuk rentabelligi va o'zgaruvchanligi o'rtasidagi salbiy bog'liqlik o’rganilgan.
Muallif aktivlarga salbiy bog'liqlik odatda diversifikatsiya imtiyozlarini oshiradi, asimmetrik
qaramlik diversifikatsiyani cheklaydi degan fikrni ilgari surgan.
Zairihan Abdul Halim, Janice Hov
va boshqalar (2021) “Korporativ moliya” jurnalida
(Journal of Corporate Finance) chiqargan islomiy obligatsiyalar takliflarida sertifikatlash
qiymati haqidagi ilmiy izlanishida sertifikatlash va kapitalni jalb qilish xarajatlari o'rtasidagi
bog’liqlik bo'y
icha empirik dalillar, Malayziyadagi islom obligatsiyalarining taklif jarayoni
muhokama qilingan. Yangilik sifatida shariat kengashining sertifikatlash darajasi
ananaviynikidan yuqoriroq ekanligi isbotlab berilgan. Nufuzli sertifikatlash katta xarajatlarga
olib kelishi, Malayziyada shariatning yumshoqroq talqinlari keltirib o‘tilgan.
Bruce Hearn, Jenifer Piesse, Roger Strangelarning (2021) “Islom taraqqiyotini
moliyalashtirishda fond bozorining roli: Sudandan dalillar” (The role of the stock market in the
provision of Islamic development finance: Evidence from Sudan) nomli maqolasida o'zaro
listing orqali shariatga to’liq amal qiluvchi firmalarning kapital xarajatlarini kamaytirish hamda
mikrokredit tashkilotlarini fond bozoriga qarama qarshi tashkilot sifatida qaralgan. O'rta Sharq
va Afrikaning hududiy fond bozorlari tahlili o’rganib
chiqilgan. Xartum fond birjasining Sudan
iqtisodiyotiga ta'sirini baholashgan va shariatga to'liq mos keladigan Sudan moliya tizimidagi
yirik firmalar uchun mavjud bo'lgan moliyalashtirish imkoniyatlarini Sudan
telekommunikatsiya kompaniyasi misolida ko'rib chiqishgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
127
Nasution Lokot Zeyn, Moliyaviy (2018) sektor markazi (Indoneziya) tadqiqotchisi
o’zining korporativ sukukni rivojlantirish muommolari va Indoneziyadagi amaliy tadqiqotlar
haqidagi maqolasida Indoneziyada korporativ sukukni rivojlantirish masalalari, muommolari
hamda korporativ rivojlanish strategiyasini shakllantirishni o’rgangan. Tadqiqotchining fikriga
ko‘ra, sukuk emissiya qiluvchilar sukukning xususiyatlarini tushinmaganliklari sababli
emissiya qilishni maqsad qilishmagan.Sukuk emissiya qiluvchi va bozordagi talab miqdori bilan
bog'liq muommolar yuzaga kelishidan qo’rqishgan. Korporativ sukuk qoidalarini aniqlash
sukuk emmisiyasi jarayoni murakkabligini kamaytiradi degan fikrni bildirgan.
Fotima al-Morabit, Muhammad Boussetta, Fatima Zahra Achour va boshqalar (2020)
tomonidan yozilgan “Sukukning iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishdagi potentsial roli:
Malayziya va Bahrayndan olingan dalillar” (The Potential Role of Sukuk in Promoting Econom
ic
Growth: Evidence from Malaysia and Bahrein) nomli maqolada olimlarning Malayziyada islom
moliyasi rivojlanishida davlat jiddiy e’tibor berishi kerak degan asosiy nazariyalari keltirib
o‘tilgan.Ananaviy kreditlar va sukukning statistik ko’rsatkichlari s
olishtirma tahlil
qilingan.Ularning natijalari shuni ko‘rsatganki, Bahrayn va Malayziyada sukuk emissiyasining
GDP ga ta’sirini baholash muhim.
Muhammad Duku (2022), Nigeria Federal Gashua universiteti tadqiqotchisining “Osun
shtatida (Nigeriya) ta'limni moliyalashtirishda ijara sukukining samaradorligi: boshqa
davlatlarga o’rnak” nomli maqolasida sukukning turlari, 2019
-yilgacha bo'lgan davr uchun
global sukuk statistikasi tahlil qilingan. Osun davlatidan boshqa davlatlarga ijara sukuki
infrastrukturalarni qurilishda, rekonstruksiya qilishda foydalanganligi misol sifatida ko’rsatib
o’tilgan. Olim mulkchilik va soliqqa tortishda qonun qoidalarni is
hlab chiqish, bu xorijiy
investorlarni sukukga kelib sarmoya kiritishga jalb qiladi, shuningdek, boshqa davlatlar
bozorga kirishlari mumkin deya fikr bildirgan.
Muhammad Ayub Ledhem (2022) tomonidan yozilgan islom banklarning moliyaviy
barqarorligi va sukuk bozorining rivojlanishi haqidagi maqolasida 2021-gacha qaysi davlatlar
tomonidan eng ko'p sukuk chiqarilgani, tadqiqotchilar nazariyalari keltirilgan. Sukuk
bo
zorining islom banklariga salbiy ta’siri o’rganilgan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlil
qilingan. Sukuk bozorining bank moliyaviy barqarorligiga qay darajada ta’sir o’tkazishini
Covid-
19 davri ma’lumotlaridan foydalanilmagan holda o'rganilganligi qayd
etilgan.
Risda Risdiananing (2023) “Indoneziya shariat kapitali bozorining 2022
-yil uchun
ishlashi” nomli maqolasida Indonesiyadagi kapital bozori yillar kesimida taqqoslanib chiqilgan.
Emissiya qilingan korporativ sukuk turlari, yashil sukuklar statistikasi keltirilgan. Shariat
online savdo tizimi (SOTS) haqida ma'lumot berilgan.
Heri Ramadan (2020), Samudra universiteti tadqiqotchisining “Indoneziya iqtisodiy
o'sishida shariatning ta'siri” (Indonesian economic growth through sharia effects) nomli
tadqiqotida Indonesiyaning iqtisodiy o’sishiga ta’sir qiladigan omillarga to’xtalib o’tilgan.
Jumladan, islom qimmatli qog‘ozlari, sukuk, islom investitsiya fondlari, ularning turlari haqida
nazariy asoslar berilgan. O’nlab tadqiqotchilarning milliy iqtisodiyotning o’sishida islomiy
qimmatli qog‘ozlarning ro’li haqidagi fikrlari keltirilgan. Olim maqola so’nggida 2ta taklif
bergan: sukuk mamlakat iqtisodiyoti uchun juda foydaliligi sababli emmisiya miqdorini
oshirish kerakligi, iqtisodiyotning o’sishida nafaqat qimmatli qog'ozlar bozori, investitsiya
fondlari balki sanoat sektori, eksport,
importlarga ham alohida e’tibor berilishi kerakligiga
urg’u berilgan.
Muhammad Hatta Fahamsyah, Yos Soejarminto va boshqa (2023) bir necha
tadqiqotchilar tomonidan yozilgan “Analitik tarmoq jarayoni (ANP) usuli: Indoneziyadagi
sukuk amaliyoti potentsial bo’lgan hududlarda munitsipal islomiy aloqalarni amalga
oshirmaslik omil
larini tahlil qilish” nomli maqolada Indoneziyadagi potentsial sukuk
hududlariga munitsipal islomiy aloqalarni qo'llamaslik muammosini ikkita asosiy muammoga,
ya'ni ichki va tashqi muammolarga ajratish mumkin deyilgan. Ichki jihat yana ikkita asosiy
muammoga bo'lingan, ya'ni inson resurslari muammolari (sukuk kapital bozori qoidalarini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
128
tushunmaslik, konsepsiya va shariat sukuk sxemasini tushunmaslik) va munitsipal islomiy
obligatsiyalarni chiqarish talablari (DPRD va Markaziy hukumat tomonidan tasdiqlanishi)
ko’rib chiqilgan. Davlatning sukuk chiqarish instrumentlari va natijalarini taqq
oslash; sukukni
an'anaviy obligatsiyalar bilan taqqoslash va ekonometrik usullardan foydalangan holda,
sukukning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillarni yanada o'rganish kerak deya fikr bildirgan.
Oluvasegun B.Adekoya, Jonson A.Oliyide (2021) tomonidan yozilgan islomiy va an'anaviy
fond bozorlari to’g’risidagi maqolada pandemiya davrida an'anaviy va islomiy tarmoq
zaxiralari o'rtasidagi dinamik bog'liqlik o’rganilgan. To'qqiz xil sektor (sog'liqni s
aqlash, sanoat,
texnologiya, maishiy xizmatlar va boshq.) ning an'anaviy va islomiy Dov Jones aksiyalarining
narxlar indekslari to'g'risida ma'lumot berilgan.Tadqiqotda COVID-
19 pandemiyasi ta’siri bilan
bog'liq ko'rsatkichlar ikki xil yo’nalishda ko'rib chiqilgan. Birinchi yo’nalishda COVID
-19
mobaynida tanlangan mamlakatlar, ya'ni AQSh, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Nigeriyaning o'sish
sur'atlari keltirilgan. Ushbu mamlakatlar tanlanishining asosiy sababi sifatida ularning har
ikkala an'anaviy va islom moliya bozorlaridagi noyob rollari keltirilgan. Amerikani dunyodagi
eng rivojlangan moliya bozoriga ega, Xitoyni esa dunyodagi eng tez rivojlanayotgan
iqtisodiyotga ega davlatlar sifatida ko’rsatgan. Saudiya Arabistoni eng katta islomiy moliya
ulushiga ega mamlakat hisoblanib, Arab banklari ittifoqiga ko'ra 2020 -yilda taxminan 194,7
milliard dollarlik aktivlarga egalik qilgan. An'anaviy fond bozorlari Islomiy fond bozorlariga
qaraganda ancha rivojlangan bo’lsada, islomiy qimmatli qog'ozlar ijobiy daromadga eg
a bo'lgan
ko'p sektorga egaligi hamda an'anaviy aksiyalarga qaraganda yuqori barqarorlikni ko'rsatgan.
Natijada, ikkala bozor turlari o'rtasida yuqori darajadagi raqobat kelib chiqqan.
Nursilah Ahmad, Muhamad Muda (2013) o’zlarining “Sukuk emitenti bo’lgan mamlakatlar
uchun valyuta kursi bo'yicha taxminlar” nomli izlanishlarida valyuta kurslarining haddan
tashqari o'zgarishi xalqaro savdoga yoki transchegaraviy sukuk chiqarilishiga ta'sir qilishi
mumkin degan fikrni ilgari surishgan. Empirik dalillarga ko’ra, obligatsiyalarni xalqaro
maydonda chiqarishda qattiq valyutadan foydalanish yumshoq valyutalarga qaraganda ancha
samaraliroq. Shuning uchun, milliy valyutada sukuk chiqarishni rejalashtirgan har qanday
Islom Hamkorlik Tashkilotlari mamlakatlari birinchi navbatda o'z valyutalarining kuchini
baholashlari kerakligi aytib o’tilgan. Tadqiqotda Islom Korporatsiyasi Tashkilotiga a'zo yettita
sukuk emissiya qilgan mamlakatlar uchun import va iste'mol narxlari valyuta kursini baholash
orqali valyuta kursi xavfining ta'siri o'rganilgan. Natija shuni ko'rsatganki, Bahrayn va Saudiya
Arabistoni yuqoridagi xavflardan o'tish orqali o'zlarini tashqi zarbalardan yaxshiroq himoya
qila olishi mumkin degan fikr bildirilgan. Biroq, boshqa mamlakatlar, ayniqsa Gambiya, valyuta
kurslari xavfi ta'sirini minimallashtirish uchun valyuta kurslari tartibini va pul-kredit siyosati
asoslarini samarali muvofiqlashtirishi kerak deya taklif berilgan.
Turki Rashid Alshammari hamda Jean-
Noel Ory (2023) “Saudiya fond birjasida aksiyalar
narxlari va investitsiya qarorlariga diniy e'lonlarning ta'siri” nomli maqolasida Saudiya Fond
birjasida individual investorlarning fikrlarini bilish va tahlil qilish uchun Whatsapp, Twitter
kabi bir necha platformalarda so'rovnoma o’tkazishgan. Aholining ko’pchiligi arab tilini
bilganligi sababli so’rovnoma ham shu tilda tuzilgan. Natijada, diniy bilimga ega investorlarning
ulushi 64 foiz, diniy ilmi pastroq investorlar esa 36 foizni tashkil qilgan. Yana bir eng muhim
jihati, ular investitsiya qilayotgan firmalarning shariatga rioya qilishidan xavotirda ekanliklari
Saudiya Fond birjasi ishtirokchilarining qay darajada diniy e'lonlarga munosabat bildirishini
ko’rsatib bergan. Yuqorida keltirilgan faktlardan yetarlicha diniy bilimga ega bo’lish boshqa
moliyaviy ko'rsatkichlar kabi qimmatli qog'ozlarning bozor qiymatiga ham ta'sir qilishi
mumkinligi aytib o’tilgan. Xulosa sifatida "yuqori dindorlik" individual investorlarni
imomlarning fikrlarini kuzatishga olib kelishi qayd etilgan. Bundan tashqari, dindorlik omili
emitentning shariatga mos kelishiga qarab, investorlar o’z portfelida moliyaviy aktivlarni sotib
olish, sotish yoki saqlashga tayyorligiga ta'sir qilishi mumkin deyilgan. Shuningdek, bu
aktivlarning bozor qiymatiga ham ta'sir qilishiga urg’u berib o’tilgan. Maqola so’nggida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
129
tadqiqotchi tomonidan ma'lumotlardagi cheklovlar tufayli yetishmovchilik borligi, ko’proq
ma'lumot bilan, ba'zi natijalar yanada aniqroq bo'lishi mumkinligi aytib o’tilgan.
Abdullah Alfalah, Simon Stevenson (2021) “Sukuk portfelining afzalliklari: obligatsiyalar
va sukuk o'rtasidagi dinamik korrelyatsiyalar” mavzusida yozgan maqolasini yozishda Tomson
Reuters kompaniyasidan olingan obligatsiya va sukuk ma'lumotlaridan foydalangan. Ushbu
tadqiqotda, obligatsiyalar va sukuklarning qanday bog'liqlikka egaligining nazariy asoslari
keltirilib o’tilgan. Shartli va shartsiz korrelyatsiyalarning natijalari shuni ko'rsatganki, sukuk
obligatsiyalardan o’zining tuzilishi yoki shartnomala
r turi bilan ham deyarli farqlanmaydi.
Sukukni obligatsiyalarning turi sifatida kiritish diversifikatsiya qilish nuqtai nazaridan unchalik
jozibador bo'lmagan obligatsiya turiga aylantiradi. Umuman olganda, ushbu maqola sukukning
belgilangan daromad bozoridagi o'rnini tushunishga yordam beradigan qo'shimcha empirik
dalillarni taqdim etgan. Quvayt kabi moliyaviy reyingi yuqori bo'lgan ba’zi davlatlar sukukni
uning turidan qat’i nazar moliyalashtirishning muqobil varianti sifatida baholashgan. Aksincha,
loyihalarni moliyalashtirishda eng muqobil deb topgan turini emissiya qilish maqsadga
muvofiq hisoblanadi,masalan murobaha sukuki.
Muhammad Ullah, Md.Nurnabi Miah (2022) o’zlarining Bangladeshdagi sukuk
obligatsiyalarining istiqbollariga bag’ishlangan ilmiy ishida Bangladesh birinchi sukuk
chiqarishida boshdan kechirgan vaziyatlar, sukuk bozorining imkoniyatlarini va sukukning
asosiy turlarini chiqarish orqali hukumat qanday qilib ko'proq foyda ko'rishi mumkinliginining
qisqacha bayoni keltirilgan. Islomiy bank sektoridagi ortiqcha likvidlik sukuk chiqarish orqali
investitsiyaga yo’naltirilgan va shu bilan birga Bangladeshning iqtisod
iy rivojlanishiga hissa
qo'shgan. Hukumat shariatga mos keladigan aktivlarni yanada jozibador qilish uchun sukuk
obligatsiyalariga 2022-moliyaviy yilidan boshlab individual darajada daromad solig'idan ozod
qilishni qaror qilgan. Bundan tashqari, ushbu tadqiqotda sukuk uchun institutsional muhit va
bozor infratuzilmasini rivojlantirishni taklif qilgan. Bunga qo’shimcha sifatida islomiy kapital
bozori hamda sukuk uchun shariatga asoslangan tartibga solish va nazorat tuzilmasi yaratilishi
kerak deyilgan.
Varda Moussaoui, Muhammad Ayub Ledhem (2021) tomonidan yozilgan “Sukukni
moliyalashtirishda islom banklarning moliyaviy barqarorligi bo'yicha samaradorligi:
Malayziyaning empirik dalillari” ushbu tadqiqotdagi sukuk ma'lumotlari Malayziyada faoliyat
olib bo
rayotgan 16 ta islom banklaridan olingan. Unda quyidagi ko’rsatkichlar tahlil qilingan:
aktivlar rentabilligi, kapitalning yetarlilik koeffitsienti, xavfga asoslangan aktivlar umumiy
aktivlarga nisbati va boshqalar. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi Malayziyadagi Islom
banklarining barqarorligini ta’minlashda sukuk orqali moliyalashtirishning rolini empirik tahlil
ko’rinishida o'rganish bo’lgan.
Raehan Fadila, Sebastian Herman (2022), “Makroiqtisodiy o'zgaruvchilarning pandemiya
paytida Indoneziyadagi sukuk savdosiga ta'siri”. Ushbu maqolada tadqiqotchilar
moliyalashtirish va xatarlarni boshqarish bosh boshqarmasi, Indoneziya Banki va Indoneziya
s
tatistika ma’lumotlaridan foydalanib sukukning rivojlanish istiqbollarini tahlil qilgan.
Natijalar shuni ko’rsatganki, qisqa muddatli sukuk savdosiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan
makroiqtisodiy o'zgaruvchilar yo’qligi, lekin uzoq muddatli suveren sukuk s
avdosiga valyuta
kursi va inflyatsiya sezilarli ta'sir ko'rsatishi aytib o’tilgan. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib,
muallif quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirib o’tgan: agar davlat rupiya (pul birligi) kursini
nazorat qila olsa, bu ikkilamchi bozorda sukuk savdosiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Sukukni o'z portfeliga kiritmoqchi bo'lgan investorlar makroiqtisodiy o'zgaruvchilarni, ayniqsa
valyuta kursi va inflyatsiyani hisobga olishlari kerakligi chunki uzoq muddatda bu ikki
makroiqtisodiy o'zgaruvchi ikkilamchi bozorda sukuk savdosiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi
mumkin deya ta’kidlangan. Yangi investorlarga xavf darajasi past hamda shariatga
asoslanganligi sababli sukukka sarmoya kiritishni tavsiya qilgan. Shuningdek, agarda
makroiqtisodiy shoklar va global moliyaviy bozor noaniqligi yuzaga kelganda, sukuk nisbatan
tez davrda barqarorlikka erishishi mumkin deyilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
130
Md Hamid Uddina, Sarkar Humayun Kabir (2021) tomonidan yozilgan “Qaysi firmalar
islomiy qarzni afzal ko'rishadi?” nomli ilmiy ishida global sukuk va obligatsiyalar chiqaruvchi
firmalarning tahlili va dalillari keltirilib o’tilgan. Tadqiqot namunasini yarat
ish uchun Tomson
Reuters ma'lumotlar bazasidan foydalanilgan. Qidiruv natijasida sukukni dollarda emissiya
qilgan davlatlar Bahrayn, Misr, Quvayt, Malayziya, Ummon, Pokiston, Qatar, Saudiya Arabistoni,
Turkiya va BAA mamlakatlaridan 346 ga yaqin kompaniyalar topilgan. Regression tahlil shuni
ko’rsatganki, moliyaviy ko'rsatkichlari nisbatan zaifroq firmalar obligatsiyalar chiqarishdan
ko’ra sukuk chiqarishni afzal bilishgan. Shuningdek, ko’proq kompaniyalar mahalliy
investorlarga sukuk emissiya qilishni xo
xlaydi buning sababi xalqaro maydonda chiqarish ko’p
vaqt hamda mablag’ talab qiladi. Agar buni investor tomondan oladigan bo’lsak, ba’zi
investorlar o’z mablag’larini oddiy obligatsiyadan ko’ra global sukuk bozoriga investitsiya
qilishni xoxlashadi. Tadqiqotchilar bunga sabab sifatida soliq afzalliklari, diniy qarashlarni
kiritib o’tgan.
Xulosa va takliflar.
Yuqorida o’rganilib chiqilgan adabiyotlardan shunday fikrga kelish mumkinki, sukuk
obligatsiyalarini chiqarishni reja qilgan yoki amalga
oshirgan har bir davlat ma’lum bir
to’siqlarga duch kelishgan. Ba’zi davlatlarda suveren davlat sukuklarini rivojlangan fond
birjalarida chiqarishgan. Bu garchi ko’p xarajat va harakat talab qilgan bo’lsa ham chiqarilgan
sukuklarning sotilishi bilan bog’li
q xavflarning oldini olgan. Tahlil qilingan maqolalarda nafaqat
emitent tomonidan qaralgan balki investor bilan bog’liq risklar ham keltirilgan.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin: islom moliyasi instrumentlari jumladan sukuk
qimmatli qog’ozlarini chiqarishda o’ziga yarasha risklarni inobatga olgan holda islom moliyasi
rivojlangan Arab davlatlari, Malayziya, Bahrayn, Qozog‘iston va boshqa davl
atlar tajribasini
o’rgangan holda O’zbekiston ham o’zining huquqiy asosini ishlab chiqishi kerak. Bu tizim
mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishi, yangi sohalar vujudga kelishiga ijobiy ta’sir
etadi.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Abdullah Alfalah, Simon Stevenson (2021), The Portfolio Advantages of Sukuk: Dynamic
Correlations Between Bonds and Sukuk, Print ISSN: 2288-4637 Online ISSN 2288-4645
Andrea Paltrinieri, Mohammad Kabir Hassan, Salman Bahoo, Ashraf Khan (2019), A
bibliometric review of sukuk literature, International Review of Economics and Finance, doi:
https://doi.org/10.1016/ j.iref. 2019.04.004
Bayauletov. E.A.
(2019) Islom moliya asoslari. O’quv qo’llanma
Dawood Ashrafa, Muhammad Suhail Rizwanb, Saad Azmat (2020), Not one but three
decisions in sukuk issuance: Understanding the role of ownership and governance,
https://doi.org/10.1016/j.pacfin.2020.101423
Erna Apriani, Abdul Latif, Indra Permana (2023), Bibliometric Analysis of Sharia Bonds
(Sukuk) in Islamic Capital Market, 1st Pelita International Conference Volume 01 No 01
Fatima El morabit, Sajjad Zaheer, Mohamed Boussetta, Fatima Zahra Achour, The Potential
Role of Sukuk in Promoting Economic Growth: Evidence from Malaysia and Bahrein,Journal of
Economics, Finance and Management Studies
Heri Ramadhan,Universitas Samudra, Indonesian economic growth through sharia effects,
International Journal of Accounting, Management and Economics
Kabir Hassan M., Sirajo Aliyu, Andrea Paltrinieri and Ashraf Khan (2018), A Review of
Islamic Investment Literature, The Economic Society of Australia doi: 10.1111/1759-3441.12230
Mabruk Billah,Sinda Hadhrid, Asymmetric relationship between green bonds and Sukuk
markets: The role of global risk factors,Journal of International Financial Markets, Institutions &
Money
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
131
Mohamed B. AMRANI & Faris HAMZA & El Hachloufi MOSTAPHA (2017), Sukuk: Literature
Review, Journal of Social and Administrative Sciences ,Volume 4, March 2017
Mohammad Hatta Fahamsyah1, Yos Soejarminto, Hamdan Ainul Yaqin, Adrianna Syariefur
Rakhmat (2023),Universitas Pelita Bangsa. Analytic Network Process (ANP) Method: Factor
Analysis of the Non-Implementation of Municipal Islamic Bonds in Sukuk Potential Areas in
Indonesia, (EAJMR) Vol. 2, No. 8, 2023: 3305-3322
Mohammed Ayoub Ledhem (2022),University Centre of Maghnia,The financial stability of
Islamic banks and sukuk market development: Is the effect complementary or
competitive,Copyright 2022 Borsa Istanbul Anonim S¸irketi. Published by Elsevier B.V
Mohammod Ullah, Md. Nurnabi Miah, Prospects of sukuk bonds in Bangladesh, International
Journal of Asian Social Science
Muhammad Duku (2022),Federal University Gashua, Nigeria, The effectiveness of sukuk
ijarah in educational financing in osun state, nigeria: lesson to other states, AQU Journal of Islamic
Economics, Vol. 2 No. 2, pp. 153-188 (Dec. 2022)
Nasution Lokot Zein (2018), Researcher Financial Sector Policy Center,Issues and challenges
for developing corporate sukuk: lessons from an Indonesian case study, RJOAS, 2(74),
Nursilah Ahmada, Muhamad Muda (2013),Exchange Rate Pass-Through Estimates For
Sukuk Issuing Countries, Economics and Business Research 2013
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli
tahririda
–
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023
-y., 06/23/214/0984-son
Oluwasegun V.B. Adekoya, Johnson A. Oliyide (2021),Risk transmissions between sectoral
Islamic and conventional stock markets during COVID-19 pandemi,2214-8450/Copyright 2021
Borsa Istanbul Anonim S¸irketi. Published by Elsevier B.V
Raehan Fadila1, Sebastian Herman (2022), The influence of macroeconomic variables on
trading of sukuk Negara during pandemic: case of Indonesia,Jurnal Ekonomi Islam, (p-ISSN: 2087-
2178, e-ISSN: 2579-6453) Vol. 13 No. 1 (2022)
Risda Risdiana (2023),UIN Antasari Banjarmasin,Performance of Indonesia's Sharia Capital
Market for the 2022 Period, Journal of Islamic Economics and Philanthropy Volume 5, Nomor 4,
May 2023
Slim Mseddi (2022),International issuance of Sukuk and companies' systematic risk: An
empirical study, Copyright 2022 Borsa Istanbul Anonim S¸irketi. Published by Elsevier
Turki Rashed Alshammari, Jean-Noel Ory (2023), The impact of religious announcements on
stock prices and investment decisions on the Saudi stock exchange, Copyright 2023 Borsa Istanbul
Anonim S¸irketi. Published by Elsevier B.V
.
