ВЫПУСК ЗЕЛЕНЫХ СУКУК: ПРИМЕРЫ ИЗ МАЛАЙЗИИ

Аннотация

Зеленые сукук – это исламские ценные бумаги, выпущенные для финансирования проектов, направленных на решение экологических проблем. В данной статье рассматривается текущая ситуация в Малайзии, которая является одним из лидеров по выпуску зеленых сукук, ее перспективные проекты на ближайшие годы и условия, созданные для инвесторов. В заключении также были затронуты работы, проводимые в этой сфере в Узбекистане.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
160-164
31

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Зеленые сукук – это исламские ценные бумаги, выпущенные для финансирования проектов, направленных на решение экологических проблем. В данной статье рассматривается текущая ситуация в Малайзии, которая является одним из лидеров по выпуску зеленых сукук, ее перспективные проекты на ближайшие годы и условия, созданные для инвесторов. В заключении также были затронуты работы, проводимые в этой сфере в Узбекистане.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

160


YASHIL SUKUK EMISSIYASI: MALAYZIYADAN MISOLLAR

Jiyanov Uktam Panjiyevich

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

ORCID: 0000-0001-7711-6659

uktam.jiyanov87@gmail.com

Norboyeva Maftuna Shavkat qizi

O‘

zbekiston xalqaro islom akademiyasi

ORCID: 0009-00003-5559-2795

norboyevamaftuna1511@gmail.com

Annotatsiya.

Yashil sukuk bu

ekologik muommolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni

moliyalashtirish uchun emissiya qilinuvchi islom qimmatli qog‘ozlaridir. Mazkur maqolada yashil

sukuklar emissiyasida yetakchilardan biri hisoblanadigan Malayziyadagi joriy holat, uning kelgusi

yillar uchun istiqbolli loyihalari hamda investorlar uchun yaratib berilayotgan shart-

sharoitlar ko‘rib

chiqilgan. Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda ham ushbu sektor doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib

o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

sukuk, Malaysiya fond bozori, yashil sukuk, alternativ moliyalashtirish, islom

moliyasi.

ВЫПУСК ЗЕЛЕНЫХ СУКУК: ПРИМЕРЫ ИЗ МАЛАЙЗИИ

Жиянов Уктам Панжиевич

Международная исламская академия Узбекистана

Норбоева Мафтуна Шавкат кизи

Международная Исламская Академия Узбекистана


Аннотация

.

Зеленые сукук –

это исламские ценные бумаги, выпущенные для

финансирования проектов, направленных на решение экологических проблем. В данной
статье рассматривается текущая ситуация в Малайзии, которая является одним из

лидеров по выпуску зеленых сукук, ее перспективные проекты на ближайшие годы и условия,

созданные для инвесторов. В заключении также были затронуты работы, проводимые в
этой сфере в Узбекистане.

Ключевые слова:

сукук, малазийский фондовый рынок, зеленый сукук, альтернативное

финансирование, исламские финансы.

GREEN SUKUK ISSUANCE: EXAMPLES FROM MALAYSIA

Jiyanov Uktam Panjiyevich

International Islamic Academy of Uzbekistan

Norboyeva Maftuna Shavkat qizi

International Islamic Academy of Uzbekistan

Abstract

.

Green sukuk are Islamic securities issued to finance projects aimed at solving

environmental problems. This article examines the current situation in Malaysia, which is one of the

leaders in issuing green sukuk, its promising projects for the coming years, and the conditions created
for investors. In the conclusion, the works carried out in this sector in Uzbekistan were also touched

upon.

Keywords:

sukuk, Malaysian stock market, green sukuk, alternative financing, Islamic finance.

UO

K: 336.763.4

XI SON - NOYABR, 2024

160-164


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

161

Kirish.

Butun dunyoda

sanoatlashishning yuqori darajada o‘sib borayotganligi bugungi kunda

tabiatni asrash, tabiiy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ya’niki

jahon miqyosida yashil loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni moliyalashtirish bugungi

kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.

Moliyalashtirishning yangicha muqobil varianti bo‘lgan yashil sukuklarga talabning

oshish sabablari sifatida investorlarning har tomonlama riskka chidamli instrumentlarga

qiziqish bildirayotganligi bo‘lsa, ikkinchi t

omondan, hukumat tashabbusi bilan emissiya

qiluvchi tashkilotlarning salmog‘i oshib boryotganligidir. Jumladan, o‘tgan yillardagi
statistikaga e’tibor beradigan bo‘lsak, birgina 2023

-yilning birinchi 9 oyligida yashil sukuklar

emissiyasi 10,1 mlrd. AQSh do

llarini tashkil qilgan bo‘lib, 2022

-yilning xuddi shu davriga

nisbatan 1,6% o‘sishni ko‘rsatgan. Unga ko‘ra, Malayziya qariyb 9,82 million AQSh dollari bilan
Saudiya Arabistonidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan.

Bu davrda Malayziya yashil sukukdan

tush

gan mablag‘ni energiya samaradorligi bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga sarflagan

(London Stock Exchange).

Adabiyotlar sharhi.

Islom qimmatli qog‘ozlari jumladan yashil sukuklarga doir tadqiqotlar hajmining oshib

borayotganligi ushbu

yo‘nalish rivojiga sezilarli ijobiy o‘zgarish olib kirmoqda. Bu maqolani

yozish davomida olimlarning Malayziyada yashil sukuk emissiyasiga bag‘ishlangan bir necha

tadqiqotlari ko‘rib chiqib, o‘rganilganlik darajasi muhokama qilindi.

Ahmad Tajuddin Rozman v

a Nurul Afiqa Azmi o‘zlarining “Yashil sukuk, ekologiya

muammolari va strategiyasi” (2021) nomli maqolasida Malayziyadagi dolzarb va eng

muammoli ekologik muammolarni aniqlashga qaratilgan va ularni yashil sukuk muammoni

moliyaviy jihatdan qanday hal qilis

hi mumkinligi haqidagi “Yashil sukuk” tashabbusi bilan

bog‘lab Malaysiya hukumati uchun strategiya yaratishda ba’zi takliflar bergan. Malayziyadagi

2020-

yilgacha bo‘lgan suv toshqinlari, havo ifloslanishi, ichimlik suvi tanqisligi kabi

muommolar ko‘rib chi

qilgan va yashil sukuklar emissiyasi qay darajada foydali ekanligi ilmiy

jihatdan asoslab berilgan.

Felicia HM Liu, Karen PY Lai, “Yashil ekologiya: Malayziyada yashil sukuk va uning

rivojlanishi” (2021) nomli maqolasida yashil sukukning Malayziya davlat q

urilishiga hissa

qo‘shishdagi qarama

-

qarshiliklari va cheklovlarini ko‘rib chiqqan. Ma’lumotlar Kuala

Lumpurdagi moliyaviy tashkilotlardan yig‘ilgan bo‘lib, har bitta emissiya qilingan yashil

sukuklarning maqsadi tahlil qilingan. Shuningdek, yashil sukuk v

a yashil bondlar o‘rtasidagi

farqli jihatlar taqqoslab chiqilgan.

Syed Mabruk Billa va Nadia Adnan (2024) tomonidan yozilgan “Atrof

-muhit muammolari

va geosiyosiy xavflarni boshqarish: iqlim inqirozi va Rossiya-Ukraina mojarosi sharoitida yashil

sukuk va i

slomiy qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tadqiqot” nomli maqola yashil sukuk va islomiy

qimmatli qog‘ozlarga sarmoya kiritish orqali o‘z portfelini diversifikatsiya qilishdan
manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun muhim ahamiyatga ega tadqiqot hisoblanadi. Ushbu

t

adqiqot Malaysiya, Indoneziya hamda Ko‘rfaz mamalakatlarining yashil sukuk emissiyasini

statistik jihatdan tahlil qilgan. Unga ko‘ra, diversifikatsiya va xavfni kamaytirish masalalarida

yashil sukuklar Covid-19 pandemiyasi va Rossiya-Ukraina urushi davrida ham mustahkam va

bardoshli bo‘lganligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur maqolamiz doirasida yashil sukuk emissiyasida Malayziyaning roli hamda ushbu

davlatda kelgusi davr uchun qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilgan va yashil sukuklarni

joriy etishda qo‘yilgan ilk qadamlar muhokama qilingan. Maqolani yozishda Malaysiya kapital

bozori ma’lumotlari hamda ushbu mavzuda tadqiqot qilayotgan olimlar ishlaridan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

162

foydalanilgan. Malaysiyada bugungi kungacha chiqarilgan barqarorlik maqsadlari uchun
chiqarilgan yashil sukuklar statistik tahlil qilingan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

So‘nggi yillarda sukuk bozori uchun foydali bo‘lgan tendensiya atrof

-muhit, ijtimoiy va

boshqaruv (ESG) bilan bog‘liq yo‘nalishlarda chiqarilgan sukukka bo‘lgan qiziqishning

ortishidir. Quyidagi gistogrammada yashil sukuklar bo‘yicha eng yetakchi davlatlarni ko‘rish

mumkin.

1-rasm. 2023-yil, 3-

chorak holatiga koʻra, yashil va barqaror sukukning

mamlakatlar boʻyicha jami emissiyasi

Ushbu davrga kelib, 2023-

yilning birinchi to‘qqiz oyi davomida chiqarilgan ESG

sukukning eng katta ulushi banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan, bu um

umiy emissiyaning 27% ini

tashkil etdi. Ularning aksariyati Saudiya Arabistoni va BAAda joylashgan.

Malayziya kapital bozori subyektlariga barqaror rivojlanish sukuklarini yashil va ijtimoiy

sukuk shaklida chiqarish imkonini bergan. 2017-yilda Malayziya dunyodagi birinchi yashil
sukukni yirik quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishini moliyalashtirish uchun chiqargan

(Malaysia Kapital bozori, 2024).

Malayziya 2050-yilga kelib issiqxona gazlari emissiyasini nolga yaqinlashtirish rejasini

tuzib chiqdi. Bu maqsad hukumatning bir qancha qarorlari, jumladan 2030-yilga qadar

sanoatning yangi bosh rejasi milliy qayta tiklanadigan energiya resurslarini kengroq yo‘lga
qo‘yishga asoslangan. Unga ko‘ra, 2022

-

yil holati bo‘yicha, Malayziyaning qayta tiklan

adigan

energiya quvvati 25% bo‘lib, bu 9856 megavattni tashkil qilgan. Hukumat 2050

-yilga kelib 1,2

trillion ringgitdan 1,3 trillion ringgitgacha bo‘lgan potensial investitsiyalarni loyihalashtirib,

YaIMga taxminan 220 milliard ringgit hissa qo‘shishi va 310000 ga yaqin yashil ish o‘rinlarini
yaratishi taxmin qilingan. Bu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

1)kommunal miqyosda quyosh energiyasidan samarali foydalannish uchun quyosh

parklarini yaratish: federal, shtat hukumatlari

va kommunal kompaniyalar o‘rtasidagi

hamkorlik orqali quyosh parkini rivojlantirish uchun tegishli yerlarni aniqlash, bu esa
sanoatlarni karbonsizlantirishga yordam beradi;

10070

9818

7829

6404

900

387

359

0

2000

4000

6000

8000

10000

12000

Saudiya

Arabistoni

Malaysiya

Indoneziya

Birlashgan

arab

amirliklari

Bahrayn

Bangladesh

Turkiya

m

il

li

o

n

AQ

S

H

d

o

ll

a

rid

a


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

163

2) quyosh va agrovoltaik texnologiyalarni rag‘batlantirish: Reja quyosh va agrovol

taik

loyihalarga to‘sqinlik qiluvchi tartibga soluvchi to‘siqlarni olib tashlashni o‘z ichiga oladi,

masalan, mavjud gidroenergetika sotib olish shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish;

3) qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va energiya saqlash obyektlarini

rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi;

4) qayta tiklanadigan energiya manbalarini ta’minlash uchun maxsus tizim ishlab chiqish:

yashil elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklif farqini bartaraf etish uchun to‘lovlarni

hisoblashning an

iq mexanizmiga ega shaffof energiya kelishuvi tizimini ishlab chiqishni o‘z

ichiga oladi. Bundan tashqari, u Korporativ Yashil Energiya dasturida ishtirok etuvchi quyosh
energiyasini ishlab chiquvchilarga ortiqcha quvvatni yagona xaridorga sotish, yangi daromad

oqimlarini yaratish va investorlarning qiziqishini oshirishga qaratilgan.

5) Qayta tiklanadigan energiya almashinuvi markazi va transchegaraviy savdo uchun

qoidalarni ishlab chiqish, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, ikki tomonlama

yoki ko‘p tomonlama savdo kelishuvlari orqali ortiqcha quvvatni monetizatsiya qilishni o‘z

ichiga oladi.

Malayziyadagi yirik korporatsiyalar chiqindilarni kamaytirish va barqaror ta’minot

zanjirlariga sarmoya kiritish kabi ulkan yashil maqsadlarni qo‘ymoq

da. Quyida Malayziyadagi

bir necha tashkilotlarning barqaror rivojlanishga qaratilgan uzoq yillarga mo‘ljallangan rejalari

bilan tanishib chiqamiz.

Masalan, Petronas qayta tiklanadigan energiya va uglerodni ishlash texnologiyalariga

sarmoya kiritish orqali 2050-yilga borib nol emissiyaga erishishni maqsad qilgan (Petronas Net

Zero Carbon Emissions). Sime Darbi plantatsiyasi 2030-

yilga kelib chiqindini yo‘q qilish va

palma yog‘ini barqaror ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda. Malaysia Havo yo‘llari oʻzinin

g

ofset dasturi doirasida Malayziyaning Kuamut yomgʻir oʻrmonlari loyihasidan uglerod

kreditlarini taklif qilmoqda, u 16 million tonna CO

2

ni kamaytirish, mahalliy tabiatni muhofaza

qilish va jamiyat rivojlanishini qoʻllab

-quvvatlashni maqsad qilgan. Xuddi shunday, CIMB Group

oʻzining yashil moliyalashtirish portfelini kengaytirishni rejalashtirgan. Bu majburiyatlar

nafaqat ularning korporativ imijini oshiradi balki o‘z amaliyotlarini global barqarorlik

standartlariga moslashtiradi.

Quyida ushbu amaliyotda

mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar hamda ular uchun belgilangan

tartiblar bilan tanishib chiqamiz (Yashil texnologiyalarni moliyalashtirish tashkiloti, 2024).

Yashil texnologiya ishlab chiqaruvchilari: Yashil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun

(quyosh loyihalar

i bundan mustasno) 15 yilgacha bo‘lgan muddatga 100 million ringitlik

maksimal moliyalashtirish mumkin. Buning uchun kamida 60% Malayziya ulushi talab qilinadi

va arizalar Malayziya yashil texnologiyasi va iqlim o‘zgarishi tomonidan sertifikatlangan
bo‘lis

hi kerak.

Yashil texnologiyalardan foydalanuvchilar: energiya tejaydigan loyihalar uchun 10

yilgacha bo‘lgan muddatga 50 million ringit miqdorida maksimal moliyalashtirishni amalga

oshirish mumkin.

Uy-

joy quruvchilar: sotish qiymati 350000 ringitgacha bo‘

lgan yashil turar-joy binolari

uchun 5 yilgacha bo‘lgan muddatga 100 million ringit miqdorida maksimal

moliyalashtirishtirilishi mumkin.

Kam uglerodli infratuzilmalar: elektr transport vositalarini zaryadlash punktlari uchun 5

yilgacha bo‘lgan muddatga 50

million ringit maksimal moliyalashtirilishi mumkin.

Yuqoridagi ma’lumotlar ko‘pgina tarmoqlar uchun 60% gacha va chiqindilar uchun 80%

gacha davlat kafolatini beradi. Moliya institutlaridan moliyalashtirishni izlashdan oldin arizalar

sertifikatlashtirish uchun Malayziya yashil texnologiyalar va iqlim o‘zgar

ishi korporatsiyasiga

topshirilishi kerak.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

164

Xulosa va takliflar.

O‘rganilgan mavzudan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, Malayziya kabi islom

moliyasi rivojlangan davlatlar hozirgi kunda atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan loyihalarni

moliyal

ashtirishga ko‘proq e’tibor bermoqda. Bu mamlakatda qayta ishlab chiqariluvchi

energiya resurslaridan foydalanish, jumladan, yuqori energiya kuchiga ega bo‘lgan quyosh
fotoelektr parklarini barpo qilish va mamlakat istemolidan ortgan qismini exportga yo‘na

ltirish

kabi uzoq yillik strategik maqsadlarni belgilab olganligidan dalolatdir. Bu orqali, islom moliya

instrumentlarining yanada rivojlanishiga va ekologiyani asrashga qaratilgan ishlarning

kengroq yoyilishiga erishiladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham ekologiya, insonlar sog‘lig‘ini asrashga qaratilgan ulkan

ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilda Toshkentda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Islom taraqqiyot banki, BMTTD hamda Istanbul Xususiy sektorni rivojlantirish xalqaro markazi
(ICPSD) h

amkorligida tashkil etilgan Oʻzbekistonda islom moliyasi va yashil sukuk boʻyicha ikki

kunlik trening tashkil etildi. Trening davomida yashil sukukni muvaffaqiyatli ishga tushirish va

ishlatish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga

oshirmoqda. Yashil sukukning chiqarilishi va muomalasini tartibga solish boʻyicha me’yoriy

-

huquqiy bazani yaratish, ilgʻor tajriba va standartlarni oʻrganish va qoʻllash maqsadida xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuning

dek, mahalliy va xalqaro

sarmoyadorlarning xabardorligi va ishonchini oshirish boʻyicha ishlar yuzasidan batafsil

ma’lumot almashindi (Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi). Bu kabi

ishlarning olib borilishiga o‘tgan yillar davomi

da poytaxt, Toshkent havosining ifloslik darajasi

bo‘yicha jahon reytingida eng yuqori ko‘rsatkichni egallagani, markaziy ko‘chalardagi
tirbandlik darajasi kabi bir qator sabablar asos qilib olingan bo‘lishi mumkin. Albatta, bu kabi

muommolarni yechishda xalqaro hamkorlik asosida xorijiy kapitalni jalb qilish muhim

vazifalardan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Ahmad Tajjudin Rozman, Nurul Afiqah Azmi, (2021) Green Sukuk, Environmental Issues and

Strategy, 2021, doi:10.1088/1755-1315/1067/1/012085.

Capital Markets Malaysia, (2024)

https://www.capitalmarketsmalaysia.com/public-sri-

sukuk/

Felicia HM Liu, Karen PY Lai, (2021) Ecologies of green finance: Green sukuk and

development of green Islamic finance in Malaysia, 2021, DOI: 10.1177/0308518X211038349

Green Technology Financing Scheme, (2024)

https://www.gtfs.my/page/features-gtfs-40

London

Stock

Exchange

Group

Data

&

Analytics,

(2023)

https://www.lseg.com/content/dam/data-analytics/en_us/documents/reports/lseg-green-and-

sustainability-sukuk-update-2023-report.pdf

Oʻzbekiston

Respublikasi

Istiqbolli

loyihalar

milliy

agentligi,

https://napp.uz/uz/news/islom-moliyasi-va-sukuk-yashil-sukuk-trening.

Petronas

Net

Zero

Carbon

Emissions

2025

Pathway,

https://www.petronas.com/sustainability/delivering-net-zero#JbopTabs2.

Sustainable

Fitch,

(2023),

https://www.sustainablefitch.com/non-bank-financial-

institutions/green-sukuk-market-prospects-bolstered-by-malaysias-climate-goals-02-04-2023

Syed Mabruk Billa, Nadia Adnan, (2024) Navigating environmental concerns and

geopolitical risks: A study on green sukuk and Islamic equities amid climate crisis and the Russia-

Ukraine conflict,

https://doi.org/10.1016/j.esr.2024.101372

Библиографические ссылки

Ahmad Tajjudin Rozman, Nurul Afiqah Azmi, (2021) Green Sukuk, Environmental Issues and Strategy, 2021, doi:10.1088/1755-1315/1067/1/012085.

Capital Markets Malaysia, (2024) https://www.capitalmarketsmalaysia.com/public-sri-sukuk/

Felicia HM Liu, Karen PY Lai, (2021) Ecologies of green finance: Green sukuk and development of green Islamic finance in Malaysia, 2021, DOI: 10.1177/0308518X211038349

Green Technology Financing Scheme, (2024) https://www.gtfs.my/page/features-gtfs-40

London Stock Exchange Group Data & Analytics, (2023) https://www.lseg.com/content/dam/data-analytics/en_us/documents/reports/lseg-green-and-sustainability-sukuk-update-2023-report.pdf

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, https://napp.uz/uz/news/islom-moliyasi-va-sukuk-yashil-sukuk-trening.

Petronas Net Zero Carbon Emissions 2025 Pathway, https://www.petronas.com/sustainability/delivering-net-zero#JbopTabs2.

Sustainable Fitch, (2023), https://www.sustainablefitch.com/non-bank-financial-institutions/green-sukuk-market-prospects-bolstered-by-malaysias-climate-goals-02-04-2023

Syed Mabruk Billa, Nadia Adnan, (2024) Navigating environmental concerns and geopolitical risks: A study on green sukuk and Islamic equities amid climate crisis and the Russia-Ukraine conflict, https://doi.org/10.1016/j.esr.2024.101372