Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
245
TELEKOMMUNIKATSIYA KOMPANIYALARIDA FOYDA SOLIG‘I AUDITINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
PhD, dots.
Pashaxodjayeva Dildora Djabborxonovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0000-0001-8015-957X
Oxunjanova Mohchehra Xolmurot qizi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya.
Ushbu maqola telekommunikatsiya kompaniyalarida foyda solig‘i auditining
o‘ziga xos xususiyatlari haqida bo‘lib, unda telekommunikatsiya kompaniyalarida audit
o‘tkazishning o‘ziga xos
xususiyatlari, billing tizimining afzalliklari, shuningdek amalga
oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar bayon qilingan.
Kalit soʻzlar:
telekommunikatsiya kompaniyalarida foyda solig‘i auditi, milliy buxgalteriya
hisobi standartlari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), telekommunikatsiya
va mobil aloqada
billing tizimi, kompleks audit o‘tkazishning zarurligi, foyda solig‘ining boshqa
hisobotlarga ta’siri.
ОСОБЕННОСТИ ПРОВЕРКИ НАЛОГА НА ПРИБЫЛЬ
В ТЕЛЕКОММУНИКАЦИОННЫХ КОМПАНИЯХ
PhD,
доц.
Пашаходжаева Дилдора Джабборхоновна
Самаркандский институт экономики и сервиса
Охунжанова Мохчехра Холмуротовна
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация
.
В данной статье речь идет об особенностях проверки налога на
прибыль в компаниях связи, в ней описаны особенности проведения проверки в компаниях
связи, преимущества биллинговой системы, а также задачи, которые необходимо
выполнить.
Ключевые слова:
проверка налога на прибыль телекоммуникационных компаний,
национальные стандарты бухгалтерского учета, международные стандарты
финансовой отчетности (МСФО), биллинговая система в сфере телекоммуникаций и
мобильной связи, необходимость проведения комплексной проверки, влияние налога на
прибыль на другие отчеты.
UO
‘
K: 336.226.1
XI SON - NOYABR, 2024
245-251
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
246
SPECIAL FEATURES OF PROFIT TAX AUDIT IN TELECOMMUNICATION COMPANIES
PhD, assoc. prof.
Pashaxodjayeva Dildora Djabborxonovna
Samarkand Istitute of Economics and Service
Okhunjanova Mokhchekhra Xolmuratovna
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
This article is about the specifics of the profit tax audit in telecommunication
companies, it describes the specifics of conducting an audit in telecommunication companies, the
advantages of the billing system, as well as the tasks that need to be performed.
Keywords:
profit tax audit in telecommunications companies, national accounting
standards, international financial reporting standards (IFRS), billing system in
telecommunications and mobile communications, the need for a comprehensive audit, the impact
of profit tax on other reports.
Kirish.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda,
eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora
-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Respublikamizda muvaffaqiyatl
i amalga oshirilayotgan «Raqamli
O‘zbekiston
-
2030» Davlat strategiyasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron
hukumat, raqamli iqtisodiyot, milliy raqamli texnologiyalar bozori, ta’lim va axborot
texnologiyalari sohasida malaka oshirish kabi u
stuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.
Mаmlаkаtimizdа rаqаmli iqtisоdiyоtgа о‘tish bо‘yiсhа bir qаtоr mе’yоriy hujjаtlаr qаbul
qilingаn. Jumlаdаn, О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2020 yil 5 оktyаbrdаgi “Rаqаmli
О‘zbеkistоn —
2030” strаtеgiyаsini tаsdiqlаsh vа uni sаmаrаli аmаlgа оshirish сhоrа
-
tаdbirlаri
tо‘g‘risidа” PF
-6079-
sоn fаrmоni; О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2020 yil 28
аprеldаgi “Rаqаmli iqtisоdiyоt vа еlеktrоn hukumаtni kеng jоriy еtish сhоrа
-
tаdbirlаri
tо‘g‘risidа”gi PQ
-4699-s
оn qаrоri. Bu qаrоrlаr mаmlаkаtimizdа rаqаmli iqtisоdiyоtning yаnаdа
rivоjlаnishigа аsоs bo‘lib xizmat qilmoqda.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan eng
zamonaviy aloqa xizmatlarini joriy etish eng qisqa va
qt ichida «Raqamli O‘zbekiston»ga
o‘tish
uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bu o‘z navbatida telekommunikatsiya korxonalarining
investitsion jozibadorligini oshirish uchun axborot foydalanuvchilarga sifatli va shaffof bo‘lgan
moliyaviy hisobotlarni taqdim etish zaruriyatini oshiradi. Ushbu vazifani amalga oshirishda
auditning roli beqiyosdir. Telekommunikatsiya korxonalarida audit o‘tkazish bo‘yicha
adabiyotlarning yetarli darajada emasligi ilmiy tadqiqotimizni tanlagan mavzumizda olib
borish dolzarbligini k
o‘rsatadi.
Adabiyotlar sharhi.
Hozirgi kunga
kelib global jamiyatda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining
barpo etilishi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biridir.
Foyda solig‘i
auditi esa telekommunikatsiya xarajatlarini boshqarish, daromadlarni shakllantirish va
nazorat qilish uchun juda muhimdir. Bu korxonalarda hisob-kitob ishlarini aniqlashga,
telekommunikatsiya xarajatlarini optimallashtirishga va keraksiz xarajatlarni bartaraf etish va
telekommunikatsiya xizmatlaridan samarali foydalanishni ta’minlash orqali raqobatdosh
ustunlikka erishishga yordam beradi.
Jahon miqyosida telekommunikatsiya
auditining dolzarbligi, o‘ziga xos xususiyatlari
borasida iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan keltirilgan fikr-mulohazalari va
tadqiqot natijalariga to‘xtalib o‘tsak.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
247
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida auditning roli haqida yozgan Baranova
(2009) kompyuterlashtirilgan audit tizimlari (billing, 1C) yordamida moliyaviy hisob-
kitoblarning shaffofligini oshirish mumkinligini ko‘rsatgan. Ushbu tizimlar yordamida
auditorlik xizmatlari yanada aniqlashtirilishi va moliyaviy ma’lumotlar
ning tahlili osonlashishi
mumkinligi o‘z aksini topgan.
Shirinov
(2016)
ta’kidlashicha,
telekommunikatsiyada
billing
tizimining
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatidagi ahamiyati u tomonidan bajariladigan
funksiyalarda yorqin namoyon bo‘ladi. Chunon
chi, telekommunikatsiya sohasida billing
tizimini kompyuterlashtirilgan hisob tizimlari bilan integratsiyalashtirish ularda olib
boriladigan operativ hisob, boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobni ham avtomatlashtirilgan
tarzda yuritish imkonini beradi.
Korxonalarda auditning ayrim nazariy va metodologik jihatlari, mamlakatimiz
olimlaridan Dusmuratov, Ibragimov, Musayev, Tashnazarov (2019), Urazov (2019), Xasanov
(2011) va boshqa olimlar qalamiga mansub monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va
ilmiy maqolalarda yoritilgan. Lekin ushbu tadqiqotlarda telekommunikatsiya korxonalarida
foyda solig‘i auditining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilmagan.
Mazkur ilmiy ishlarning barchasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar va
avtomatlashtirilgan audit usullari bugungi iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylanib,
kompaniya va tashkilotlar uchun moliyaviy xavflarni kamaytirish va nazorat tizimlarini
mustahkamlashda samarali vosita hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Ushbu maqolaning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari,
Prezidentimizning qaror va farmonlari, asarlari va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, buxgalteriya hisobiga oid milliy va xalqaro standartlar, auditning xalqaro
standartlari, Nizomlar, yo‘riqnomalar, xorijda va respublikamizda chop qilingan ilmiy ishlar,
darsliklar va qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, internet tarmog‘i materiallari hamda izlanishlar
olib borilgan korxonalarning amaliy materiallari tashkil etadi. Tahlil jarayonida analiz va
sintez, kuzatish, tahlil qilish usullaridan hamda jadvallardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi kunda
telekommunikatsiya xizmatlari kundalik iste’mol tarkibida oziq
-ovqat,
uy-joy kommunal xi
zmatlari qatorida mustahkam o‘rin egallaydi. Aholining
telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi aholi turmush sifati
ko‘rsatkichlarini baholovchi tizimga kiritilgan. Telekommunikatsiya xizmatlari bozori butun
mamlakat iqtisodiyotining “qon aylanish tizimi” hisoblanadi.
“Telekommunikatsiya”
atamasi
texnik
vositalardan
foydalangan
holda
telekommunikatsiyalar tarmog‘ining so‘nggi nuqtalarida orasidagi masofaga signallar, belgilar,
matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turla
rini o‘tkazgichli, radio, optik yoki
boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va
ma’lumotlar almashish vositasidir.
Telekommunikatsiya xizmatlariga quyidagilar kiradi: kabel, radioeshittirish, releyli yoki
sun
’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari, shu jumladan telefon, telegraf aloqalari, aloqa linyalari, tovush,
tasvir va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini ijaraga berish xizmatlari orqali ovozli axborot,
tasvir va boshqa axborot oqimlarini uzatish.
1-
rasmdagi diagrammadan ko‘rish mumkinki, raqamli iqtisodiyotda ko‘rsatilayotgan
xizmatlar ichida aloqa xizmatlaridan so‘ng telekommunikatsiya xizmatlari ikkinchi o‘rinda
turadi va uning jami xizmatlar tarkibidagi ulushi 25 foizga teng. Mamlakatimizning YaIMning
o‘sishi bilan birga telekommunikatsiya
xizmatlari hajmi ham oshib bormoqda. Xususan 2023
yilda telekommunikatsiya xizmatlari 2022 yilga nisbatan 20%ga oshgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
248
1-rasm. Raqamli iqtisodiyotda xizmatlari ulushi
Bugungi kunda har bir xonadon har bir shaxs, har bir tashkilotga telekommunikatsiya
xizmatlari zarur. Shu sababli ushbu xizmatlarni yanada rivojlantirish, erkin raqobat muhitini
yaratish, ko‘proq foyda olish maqsadida har bir telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi
subyektlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, auditorlik tashkilotlari xizmatlaridan
foydalanadilar. Auditorlik tekshiruvi davlat, jamiyat, telekommunikatsiya xizmatlarini
ko‘rsatuvchi subyektlar uchun birdek foydalidir. Auditorlik tekshiruvlari orqali subyektlarning
moliyaviy holati va harakati, qonunchilik doirasida buxgalteriya hisobining yuritilishi va
moliyaviy hamda soliq hisobotlarining shaffofligi tekshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati natijasi bu foydadir. Ushbu foydadan korxonalar,
ta’sischi
lar, investorlar davlat ham birdek manfaatdorlar. Shuning uchun auditorlik
tekshiruvida korxonaning foyda ko‘rsatkichlari va foyda solig‘i bo‘yicha auditorlik tekshiruvi
natijalari barcha manfaatdor tomonlar uchun zarurdir.
Xususan, bu borada mamlakatimizda auditorlik tekshiruvini shaffofligini va investitsion
muhitni yaratish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga o
‘
tish bo
‘
yicha
qo
‘
shimcha chora-tadbirlar to
‘g‘risida”gi
qarorning (PQ-4611, 2020) qabul qilinishi esa ushbu
sohada amalga oshirilayotgan ishlarning normativ-huquqiy asosi bo
‘
lib xizmat qilmoqda. Bu
qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, yirik
soliq to
‘
lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarini
tayyorlashi hamda bu sohada mutaxasislarni tayyorlash masalalarini xalqaro standartlarga
muvofiqlashtirishi va bu orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va boshqa masalalar
bo‘yicha
vazifalar belgilab berilgan. Bugungi kunda telekommunikatsiya kompaniyalarining bir nechta
filiallari va sho
‘
ba korxonalari mavjud bo
‘
lib, MHXSga muvofiq konsolidashtirilgan moliyaviy
hisobotlar tuzadilar va taqdim etadilar. Shuningdek, ushbu korxonalarning aksiyadorlar
paketida davlat ulushi 50%dan yuqori bo
‘
lib, yirik soliq to
‘
lovchi korxonalar toifasiga
mansubdir.
Telekommunikatsiya subyektlarini foyda solig
‘
i auditorlik tekshiruvidan o
‘
tkazishning
bir nechta o
‘
ziga xos xususiyatlari mavjud bo
‘
lib, ushbu maqolada shu haqida so
‘
z yuritamiz,
ular quyidagilar:
1. Telekommunikatsiya va mobil aloqada billing tizimi;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
249
2. Kompleks audit o‘tkazishning zarurligi;
3. Foyda solig‘ini boshqa hisobotlarga ta‘
siri.
Foy
da solig‘i auditi turli xil vositalar va texnologiyalardan, jumladan, telekommunikatsiya
xarajatlarini boshqarish dasturidan, hisob-fakturalarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan
tizimlaridan va moliyaviy faoliyat hisobotlaridan foydalanadi. Ushbu vositalar billing tizimi
bo‘lib,
xarajatlar
markazlarini
boshqarishga
va
resurslarning
taqsimlanishini
optimallashtirishga yordam beradi.
Telekommunikatsiya va mobil aloqada billing
–
abonent schyotidan unga ko
‘
rsatilgan
xizmatlar (internet-trafik, mobil-trafik, SMS va shu kabilar) uchun mablag
‘
larni xizmatlar
ko
‘
rsatilgan chog
‘
ida undirilishiga imkon beruvchi
«
real vaqt
»
rejimi. Bunday rejim billing
tizimidan dasturiy ta
’
minotni yuqori ishonchliligi va ma
’
lumotlar bazasining uzluksiz ishlashini
talab etadi.
Billing -
telekommunikatsiya turidan qat’iy nazar, aloqaning barcha tijorat operatorlari
(turg‘un va mobil aloqa operatorlari, internet
- telefon, virtual operatorlar, internet-
provayderlar, tranzit-raqamli trafik operatorlari, raqamli televideniye provayderlari)
faoliyatining muhim komponentidir. Ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlarni billing
tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, aynan billing orqali ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi
subyektlar o‘z mijozlariga tegishli schyotlarni taqdim etadi
va shu asosda faoliyatining
uzluksizligini ta’minlaydi.
Billing tizimi -
buxgalteriya tizimi, dasturiy ta’minot, boshqacha aytganda operatorlar, shu
jumladan telekommunikatsiya sohasi operatorlari uchun maxsus ishlab chiqilgan «soft», ya’ni
dasturiy vosita.
Billing tizimlarida shakllanadigan axborotlar telefon aloqa xizmatlari operatorlarida
ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ularga qilingan sarf
-xarajatlar, foyda yoki
zararlar, mijozlar bilan hisob- kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlar, shuningdek
faoliyatning boshqa ko‘rsatkichlarini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirishda asosiy
manba hisoblanadi. Binobarin, billing tizimlarini telefon aloqa xizmatlari operatorlarida
qo‘llaniladigan kompyuterlashtirilgan hisob tizimlari bilan i
ntegratsiyalashtirish ularda olib
boriladigan operativ hisob, boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobni ham avtomatlashtirilgan
tarzda yuritish imkonini beradi.
Auditorlik rejasi va dasturida bajariladigan tadbirlarni amalga oshiruvchi auditorlar
oʻziga
biriktirilgan tadbirlar yuzasidan audit qilishning taxminiy ketma-ketligini belgilab oladi
va shunga asosan auditorlik tekshiruvini ma’lum tartibda amalga oshiradi. Bu auditorlik ishi
sifati hamda samaradorligini ta’minlaydi.
Foyda solig‘i auditi boshqa ob
yektlarga nisbatan risk
darajasi yuqori bo‘lgan tekshirish obyektlari hisoblanadi. Har qanday holatda ham foyda
solig‘ini audit qilishda bir tomonlama yondashib bo‘lmaydi, ya’ni haqiqiy natijaga erishish
uchun tematik emas kompleks audit o‘tkazilsa risk da
rajasi pasayishiga erishiladi.
Kompleks audit o‘tkazish bosqichini auditorlar dastlabki bosqichda tuzilgan dasturga
asosan olib boradilar. Dasturga kiritilgan har bir obyekt yoki hujjatni tekshirishda auditorlar
aniq ketma-ketlikga amal qilishlari, tekshirishni yuqoridan pastga qarab (deduksiya) yoki
pastdan yuqoriga qarab (induksiya) tekshirish usullaridan birida amalga oshirishlari lozim.
Bizningcha, pastdan yuqoriga qarab tekshirish eng qulay usuldir. Foyda solig‘i auditini
kompleks o‘tkazishda quyidagi
ketma-ketlikka amal qilish maqsadga muvofiqdir (2-rasmga
qarang).
Telekommunikatsiya korxonalarida foyda solig‘ini tekshirishning o‘ziga xos
xususiyatlaridan yana biri barcha moliyaviy holat va harakatga doir hisobotlarning bir-biriga
chambarchas bog‘liqli
gidir. Bunda auditor korxonaning buxgalteriya balansi, moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotlari hamda soliq hisobotlaridagi summalarning realligiga
ahamiyat berishi lozim.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
250
2-rasm.
Foyda solig‘i auditining kompleks o‘tkazish ketma
-ketligi
Foyda solig‘iga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar soliq bazasi va uning stavkasini to‘g‘ri
qo‘llanilganligiga bog‘liqdir. Foyda solig‘ini audit qilishda quyidagi hisobotlar bir
-biriga
chambarchas bog‘langan (3
- rasmga qarang).
3-
rasm. Moliyaviy hisobotlarning o‘zaro bog‘liqligi
Xulosa va takliflar.
Telekommunikatsiya korxonalarida buxgalteriya hisobini milliy standartdan xalqaro
buxgalteriya standartlariga transformatsiya qilish jarayoni hozirgi iqtisodiy sharoitda zaruriy
hisoblanadi.
Telekommunikatsiyada
foyda solig‘i auditi korxonalar uchun telekommunikatsiya
xarajatlarini optimallashtirish, hisob-kitob xatolarini bartaraf etish va sezilarli xarajatlarni
tejash uchun zarurdir.
Telekommunikatsiya korxonalarida auditorlar auditning o
‘
ziga xos xususiyatlarini
inobatga olib, biz tomonimizdan taklif etilgan kompleks auditni o
‘
tkazish ketma-ketligiga amal
qilinib audit o
‘
tkazilsa, telekommunikatsiya korxonalarning raqobatbardoshligi va sanoat
tendensiyalariga mos kelishi ta’minlanadi.
Foyda solig‘ini
hisoblashga asos
bo‘luvchi dastlabki
hujjatlarni
tekshirish
(shartnomalar,
billing tizimi)
Foyda solig‘i
bazasini to‘g‘ri
shakllanganligini
tekshirish
(daromad va
xarajatlar)
Foyda solig‘i
bo‘yicha hisob
regestrlarining
ma’lumotlarini
bosh kitob,
aylanma
qaydnoma va
balans
ma’lumotlari bilan
mos kelish-
kelmasligini
tekshirish
Tekshirish
natijalarini
umumlashtirish va
rasmiylashtirish
(auditorlik hisoboti
va xulosasi)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
251
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Baranova O.V. (2009) Kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash sharoitida axborot
tizimlarining auditi.
Pashaxodjayeva D.D.(2021) Foyda soligʻi hisobi va auditini takomillashtirish dissertatsiyasi.
Qaror (2018) O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Qarori PQ-3832-son."Raqamli
O‘
zbekiston
–
2030" dasturi.
Shirinov U.A.(2016) Billing tizimlari va ular asosida telefon aloqa xizmatlari hisobini tashkil
etish. “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6,
noyabr-dekabr.
Tashnazarov S.N. (2019) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Darslik
–
T. “Iqtisod
-
Moliya”.
Urazov K.B. (2019) Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari. T.: “Fan va
texnologiya.
Xasanov B.A., Xoshimov A.A. (2011) Boshqaruv xisobi. Darslik. - T.: Yangi nashr, - 312 b.
