Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
190
MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLISHNING AMALDAGI TARTIBI VA UNI XALQARO
STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING ZARURIYATI
PhD
Pashaxodjayeva Dildora
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0000-0001-8015-957X
Ikromova Odinaxon
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0003-2077-4169
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O
‘
zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari asosida uyg
‘
unlashtirish hamda bu orqali jahon bozoriga aniq
va ishonchli ma
’
lumotlar bilan kirish, majburiyatlar hisobining yuritilishi va uning xalqaro
standartlar asosida takomillashtirilishining zaruriyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimc
ha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2020
-yil 24-fevraldagi PQ-4611 qarori yurtimizda MHXSni rivojlantirish
uchun muhim asos bo
‘
lganligi haqida keltirib o
‘
tiladi
.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, majburiyatlar hisobi, milliy
standartlar, debitor qarzlar, kreditor qarzlar.
ДЕЙСТВУЮЩИЙ ПОРЯДОК УЧЕТА ОБЯЗАТЕЛЬСТВ И НЕОБХОДИМОСТЬ ЕГО
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ
PhD
Пашаходжаева Дилдора
Самаркандский институт экономики и сервиса
Икромова Одинахон
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В данной статье рассматривается необходимость гармонизации
бухгалтерского учета в Республике Узбекистан на основе международных стандартов
финансовой отчетности и тем самым выхода на мировой рынок с точной и достоверной
информацией, ведения учета обязательств и его совершенствования на основе
международных стандартов, а также то, что Постановление Президента Республики
Узбекистан «О дополнительных мерах по переходу на международные стандарты
финансовой отчетности» №ПП
-
4611 от 24 февраля 2020 года послужило важной
основой для развития МСФО в нашей стране.
Ключевые слова:
международные стандарты финансовой отчетности, учет
обязательств, национальные стандарты, дебиторская задолженность, кредиторская
задолженность.
UO‘K:
331.211.7
IV SON - APREL, 2025
190-195
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
191
THE CURRENT PROCEDURE FOR ACCOUNTING OBLIGATIONS AND THE NEED TO
IMPROVE IT ON THE BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS
PhD
Pashaxodjayeva Dildora
Samarkand Institute of Economics and Service
Ikromova Odinakhon
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
This article discusses the need to harmonize accounting in the Republic of
Uzbekistan on the basis of international financial reporting standards and thereby enter the world
market with accurate and reliable information, maintain accounting for liabilities and improve it
on the basis of international standards, as well as the fact that the Resolution of the President of
the Republic of Uzbekistan "On additional measures for the transition to international financial
reporting standards" No. PQ-4611 dated February 24, 2020 was an important basis for the
development of IFRS in our country.
Keywords:
international financial reporting standards, accounting for liabilities, national
standards, accounts receivable, accounts payable.
Kirish.
Dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining integratsiyalashuvi va mamalakatlar tomonidan
faol investetsiya siyosatining qo’llanilishi, ishonchli, real va hamma uchun birdek tushunarli
bo’lgan moliyaviy axborotlarga bo’lgan talabning yuqoriligini ko’rsatadi. Bunda
y turdagi
axborotlar asosan buxgalteriya hisobi ishining natijasida vujudga keladi va moliyaviy
hisobotlar ko’rinishida axborot iste’molchilariga taqdim etiladi. Biz bilamizki, buxgalteriya
hisobining pirovard natijasi (yakuni) bu moliyaviy hisobotlar bo’l
ib hisoblanadi. Moliyaviy
hisobotlarning asosiy vazifasi o’z o’rnida ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarini real
moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlardan
foydalanuvchilar ko’lamini kengaytirish va barcha uchun
tushunarli tarzda tayyorlanishi
hamda iqtisodiyotimizni xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida moliyaviy
hisobotlar xalqaro standartlar asosida tayyorlanmoqda. Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari (MHXS)
–
bu umumjahon biznes tilidir. Mazkur standartlar kompaniyalar va
tashkilotlar o’zlarining moliyaviy holatlari to’g’risida hisobotni qanday tarzda tayyorlashini
belgilaydi. Ushbu standartlarga asoslangan hisobotni butun dunyoda tushunishadi.
Mamlakatimizda ham iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish hamda jahon maydonida
nufuzini yanada mustahkamlash maqsadida ushbu standartlardan foydalanish bo’yicha qator
chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-
yil 24-fevraldagi PQ-4611-
sonli “Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish bo’yicha
qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat
banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar
2021-yil 1-yanvardan boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritilishini tashkil etdi va
2021- yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlay boshlashdi.
Shunday qilib, majburiyatlar vositasida tadbirkor o‘z ishini oqilona tashkil etgan holda uni
barcha zaruriy narsalar bilan ta’minlaydi, o‘z tovarini sotadi va buning oqibatida boshqa
shaxslar oldida yuzaga kelgan majburiyatlarni bajaradi. Davlat moliyasi h
olatiga ta’sirning
jiddiy omillaridan biri mamlakatda amal qilayotgan davlat moliyaviy nazorati, moliyaviy
nazorat va audit hisoblanadi. Korxonalar majburiyatlarini hisoblash tizimiga makroiqtisodiy
yondashuv hisobot ma’lumotlarini taqdim etish metodlarini
ng tarmoq va umuman
mamlakatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Milliy iqtisodiy
maqsadlar iqtisodiy tanazzul vaqtida kapital qo‘yilmalarni ko‘payishini rag‘batlantiruvchi
moliyaviy hisobotni talab etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
192
Adabiyotlar sharhi.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli
O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartida, “Majburiyatlar –
shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish,
masalan, mol-
mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud
muayyan xatti-
harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z
majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir”.
Xoshimovning (2004) fikricha “Subyektning majburiyatlari –
bu oldingi amalga oshirilgan
muomalalar natijasi yoki kelajakda o‘zida mujassamlangan iqtisodiy nafning chiqib ketishi yoki
yangi majburiyatlarning vujudga kelishi bilan yakunlanadi.”
Boshqa bir iqtisodchi olim Maxmudovning (2006) fikricha, majburiyat bir korxonaning
ikkinchisiga bo‘lgan qarzdorligini ko‘rsatuvchi, ularning so‘ndirilishi esa, qarzdor korxonaning
aktivlarini kamaytiruvchi, oldindan yuz bergan xo‘jalik muomalalarining nat
ijasidir.
Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi qonunda “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital,
zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bogʼliq xoʼjalik
operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir” deb taʼkidlangan. Bundan koʼrinib
turibdiki, majburiyatlar buxgalteriya hisobining muhim obyektlari sirasiga kiritilgan.
Toʼychiev (2010) taʼkidlaganidek, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
majburiyatlar miqdorini doimiy nazorat qilib turish talab etiladi. Bu esa majburiyatlar hisobi
va hisoboti takomillashtirishni taqozo etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu
maqolada majburiyatlar hisobining xalqaro standartlar asosida yuritilishi bo’yicha
xorijiy va mahalliy olimlarning ishlari o’rganildi va tahlil qilindi. Tahlil jarayonida kuzatish,
tahlil qilish usullaridan hamda rasm va jadvallardan foydalanildi. Shuningdek, bu sohada
amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar va bunda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar haqida
taklif va xulosalar keltirib o’tilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan majburiyat xo‘jalik faoliyatida yuz bergan voqeani
o‘zida aks ettirib, bu axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga taqdim etilishi lozim.
O‘z navbatida, majburiyatlar paydo bo‘lishi, o‘zgarishi va bekor qilinishi
holatlari moliyaviy
hisobotda umumiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.
Milliy hisob tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, buxgalteriya hisobining muhim
ob’ektlaridan biri hisoblangan majburiyatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda
buxgalteriya hisobidan majburiyatlarni baholash, tasniflash va tan olish bilan
bog‘liq
muammolar yuzaga kelmoqda.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari” deb nomlangan
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartida majburiyatni odatda, aktiv
olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktivni sotib olish to‘g‘risida
bitimga kirishgan
daqiqadan paydo bo'ladi, deb ko‘rsatilgan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ta’rifda majburiyatlar tushunchasiga chegara qo‘yilmagan.
Ushbu ta’rifning qulayligi rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, yirik yoki
kichik korxonalarda qo‘llanishi mumkin.
Moliyaviy instrument bir tashkilotda moliyaviy majburiyatni, boshqa tashkilotda
moliyaviy majburiyat yoki qarzli instrumentni yuzaga keltiradigan bitimdir.
MHXSga muvofiq majburiyat buxgalteriya ma’nosida –
eng avvalo “aktiv” va “kapital”
singari balans elementidir. MHXS tomonidan bu uch tushunchaning maxsus qoidalarini ko‘rib
chiqamiz. MHXSga binoan aktivlar kompaniya tomonidan nazorat qilinayotgan, o‘tgan
davrlardagi holatlar natijasida kelajakda iqtisodiy foyda kutilayotgan zahiralardir; majburiyat
–
kompaniyaning o‘tgan davrlardagi holatlardan keyin paydo bo‘lgan iqtisodiy foydaning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
193
ketishini boshqaradigan qarzdorligidir; kapital
–
kompaniyaning barcha majburiyatlarini
chiqarib tashlagandan keyin qolgan aktivlarining qismidir. Kompaniya aktivlarining barcha
majburiyatlarini firmaning kapitali sifatida chiqarib tashlaganidan so‘nggi qi
smi sifatida
korxona o‘zlik mablag‘larining manbalari deb atalmish summa, ya’ni balans aktivlari o‘rtasida
kreditor qarzdorlik passivida ko‘rsatiladigan farq summasi tushuniladi.
O‘zlik mablag‘lari manbalari talqiniga moliyaviy hisobot elementi tarzida ikki tomonlama
yondashish mumkin. Birinchi holatda kapital korxonaning qarzdor bo‘lmagan mablag‘larini
baholashning summasi, ya’ni balansli tenglikni yuzaga keltiradigan o‘lcham sifa
tida tahlil
qilinadi. Bu yerda kapital yoki mablag‘larning o‘z manbalari mulk va balansni tenglashtiradigan
kreditor qarzdorlik o‘rtasidagi tafovut tushuniladi.
Mazkur yondashuv uzluksizlik buxgalteriya prinsipiga zid keladi, unga ko'ra “moliyaviy
hisobot odatda kompaniya yaqin kelajakda faoliyat ko'rsatayapti va bundan buyon ham davom
etaveradi degan taxmin asosida tuziladi”. Shu bilan birga, korxona o‘z kapitali
o‘lchamini
bunday talqin qilishda xo‘jalik yurituvchi birlik yoki korxonaning mulk jihatdan alohida
turishining buxgalteriya prinsipi tarzida qo‘llashi mumkin. Bu prinsipga muvofiq buxgalteriya
hisobining ma’lumotlari uning nomidan moliyaviy hisobot olib
borilayotgan korxonaning,
uning mulkdorlari nomidan mulkiy va majburiy jihatdan alohida turishini ko‘rsatishi lozim.
Shunday qilib, MHXS majburiyat qoidasining korxona moliyaviy hisoboti elementi
sifatidagi tahlili quyidagi ikki xulosani chiqarish imkonini beradi:
•
Majburiyat kategoriyasining MHXS tomonidan berilgan qoidasi faqatgina buxgalteriya
xarakteriga ega, buxgalteriya atamalaridan qurilgan va buxgalteriyadan tashqari qonunchilikda
ishlatiladigan “majburiyat” tushunchasi qoidalari bilan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri bog'lanmagan.
•
Korxonaning majburiyati yuridik fakt sifatida aktiv, majburiyatlar, kapital singari
buxgalteriya kategoriyalari elementi tarzida qaralishi mumkin. Ayni paytda korxona yuridik
majburiyatini tan olishning buxgalteriya hisobining aktiv, majburiyat yoki kapital tarzidagi
maqsadlari uchun mezonlari MHXS tomonidan aniq belgilanmagan.
Shunday qilib, MHXS har qanday buxgalteriya hisobining majburiy asosini e’tirof etadi. 1
-
son “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli buxgalteriya hisobining milliy
standartiga ko‘ra “aktivlar, xizmatlar va ishlar xarid qilinishining tannarxi y
oki qiymati
majburiyatlarni baholash negizi bo‘lib hisoblanadi”.
Majburiyatlar umumiy jihatdan buxgalteriya balansida aktivlar manbai sifatida namayon
boʼlsada, har biri turli xil iqtisodiy maʼnoga, tarkibiy qismlarga va boshqa fundamental
farqlovchi xususiyatlarga egadir. Bu esa, ularning har birini alohida hisob obyekti sifatida
qarashga asos boʼladi.
Buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS)lari kontseptual asoslarida majburiyatlarning
asosiy tavsifi sifatida xoʼstandar yurituvchi subʼektlarning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
oldida joriy javobgarlikka ega boʼlishlik ekanligi koʼrsatilgan. Masala
n, olingan tovar-moddiy
zahiralar va xizmatlar uchun toʼlanadigan summalar.
Ushbu hujjatda majburiyatlar oʼtgan hodisa va jarayonlarning natijasi oʼlaroq, aktiv
olingandan yoki xoʼjalik subʼekti aktivni xarid qilish boʼyicha bitimga kirishganda vujudga
kelishi taʼkidlangan.
MHXSlarida “Majburiyat –
bu oʼtgan davrdagi hodisalardan kelib chiqadigan
kompaniyaning joriy qarzdorligidir, qaysiki uning uzilishi iqtisodiy nafni oʼzida
mujassamlantirgan kompaniya resurslarining chiqib ketishiga olib keladi” deb taʼrif berilgan.
Milliy hisob tizimida majburiyat sirasiga kreditor va debitor qarzlar, baholanuvchi
majburiyatlar (zahiralar), shartli majburiyatlar kiradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda
majburiyat deganda, eng avvalo, sodir bo‘lgan turli hodisalar yoki operatsiyalar n
atijasida
vujudga keladigan fuqarolik huquqiy munosabatini baholash va ushbu majburiyatni bajarishda
o‘zidagi iqtisodiy resurslarning chiqib ketishi tushuniladi.
Majburiyatlarni baholash nuqtai nazaridan xalqaro tajribaga asoslanib, ularni aniq va
noaniq majburiyatlarga ajratish taklifi berildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
194
Ta’kidlash joizki, aniq majburiyatlarning buxgalteriya hisobida aniq bahosi belgilangan
bo‘ladi. Jumladan, kompaniyada qarzlar deb nomlanuvchi majburiyatlar kompaniyaning
rejalashtirgan moliyalashtirish bo‘yicha strategiyasi bilan bevosita bog‘liq hisobla
nadi.
Kompaniya o‘zining ichki ehtiyojidan hamda kelajakdagi istiqbolli rejasidan kelib chiqib,
faoliyatini yaxshilash uchun ma’lum bir summadagi kreditni oladi va ushbu kredit bo‘yicha
belgilangan foizlar summasi ham aniq belgilangan bo‘ladi. Bunda, ushbu
majburiyatning
buxgalteriya hisobidagi bahosi aniq bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, debitorlik qarzlar buxgalteriya balansining aktiv qismida, kreditorlik
qarzlar esa passiv qismida joylashgan. Shu boisdan amaliyotda majburiyat deyilganida, faqat
kreditorlik qarzlarini tushunish odat tusiga kirgan.
Majburiyatlarning farqli xususiyati, ularning kreditor qarz sifatida baholanuvchi va
shartli majburiyatlar bilan o‘zaro aloqadorlikda tasavvur qilinishidadir.
Xalqaro standartlar
bo‘yicha majburiyatlarning quyidagi turlari mavjud (1
-rasm)
1-rasm. Majburiyatlarning tasnifi.
Manba:
Muqumov va G
’
aniyev (2024).
Xulosa va takliflar.
Xulosa qiladigan boʻlsak, respublikamizda buxgalteriya hisobini bosqichma bosqich
moliyaviy hisobotning halqaro standartlari asosida tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni
tuzish jahon integratsiyasiga yanada kengroq kirib borish imkoniyatini beradi. Bu esa
Respublikamizda buxgalteriya hisobini isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi bosqichi
boʻlib qoladi.
Shuni ta’kidlash joizki, respublikamiz hisob tizimida majburiyatlarni buxgalteriya
hisobida asosan ikki turga bo‘lib tasniflash amalga oshiriladi: joriy va uzoq muddatli
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
195
majburiyatlar. Bu kabi tasniflash ularning faqat muddatini ifodalaydi, ammo majburiyatlarning
iqtisodiy mohiyatini to‘la
-
to‘kis ochib bermaydi. Bu holat o‘z navbatida buxgalteriya hisobida
majburiyatlarni to‘la
-
to‘kis tushunish va uni hisobda aks ettirishga imkon bermayd
i.
Shuningdek, ba’zi hollarda muddati o‘tgan majburiyatlarni qay tarzda aks ettirish bilan bog‘liq
muammolar ham uchrab turadi. Bu kabi muammolarning yechimi, albatta, ularni iqtisodiy
mohiyati, kelib chiqish sabablariga ko‘ra tasniflash loz
imligini bildiradi.
Iqtisodiyotning hozirgi sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqargan
mahsulotini sotib berish sharti bilan qarzga bermasdan, oldindan to'lov asosida sotsa yoki
sotgan mahsulotlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida undirib olsa, davlat byudjeti ol
didagi
majburiyatlarini ham, ishchi va xizmatchilarga ish haqlari, rag‘bat (mukofot) pullarini ham
muddatida ijro etish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa barqaror iqtisodiyot tizimini
shakllantiradi.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
BHMS (2003) “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli
O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standarti.
38-band. -T.: UzBAMA,-42 b.
BHXS (2010) “Moliyaviy instrumentlar: Axborotni ochib berish va taqdim qilish” nomli 32
son BHXS, 11-band.
Международные
Стандарты
финансовой
отчетности
.
–М
.:
Аскери
,
1048
с
.
Maxmudov S. (2006) Aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini
takomillashtirish. Iqt.fan.nom. dis. avtoref.
–
Toshkent: -22 b.
Muqumov Z.A. va G’aniyev S.V. (2024) Majburiyatlarning iqtisodiy mazmuni va buxgalteriya
hisobini tashkil qilishning nazariy asoslari.
Международный
научный
журнал
«
Научный
Фокус» № 15 (100), часть
1
Июля
.
Qaror (2020) O
’
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli
“
Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlariga o
’
tish bo
’
yicha qo
’
shimcha chora tadbirlar
to
’
g
’
risida
”
gi qarori.
Stat.uz (n.d.) O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi veb
Toʼychiev А
. (2010) Majburiyatlarning omilli tahlilini takomillashtirish. // Bozor, pul va
kredit. №11, 52
-b.
Xoshimov B. (2004) Buxgalteriya hisobi nazariyasi.
–T.: O’qituvchi,
-320 b.
