Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
289
F
INLANDIYA MOLIYAVIY SAVODXONLIK TA’LIM TIZIMINI BOSHQA
MAMLAKATLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
PhD, dots.
Shamansurova Zilola Abduvahitovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-5152-3518
Annotatsiya.
Ushbu maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa, maktab ta’limida
moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy
tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Finlandiyaning moliyaviy savodxonlik
dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston hamda boshqa mamlakatlar sharoitlariga
moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va
farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor
hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Finlandiya tajribalari asosida
ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni
oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda
mamlakatlar pedagoglari e’tiboridagi o‘qitish tajribasi Finlandiya ta’lim tizimida mujassam.
Zero, o‘n yildan ortiq vaqt davomida bu davlatdagi 15 yoshli o‘quvchilar PISA xalqaro baholash
dasturida muntazam juda yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda.Finlandiyaning muvaffaqiyati
o‘qituvchilardir. Yuqori sifatli mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ularning maqomi va mustaqilligi
ta’minlangan. Ta’lim siyosati maqsadli ravishda tenglikka yo‘naltirilgan. Shuni aytib o‘tish
lozimki, Finlandiya joylashuvi va iqlimi uning iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tqazadi. Ushbu
maqolamda, Finlandiyaning moliyaviy ta’lim tizimini boshqa mamlakatlarga taqbiq etishni
maqsadga muvofiq deb bildim.
Kalit soʻzlar:
moliyaviy savodxonlik, moliyaviy savodxonlik markazi, maktab ta’limi,
iqtisodiy fanlar, moliyaviy bilimlar, Finlandiya ta’lim tizimi.
ВЗАИМОСВЯЗЬ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЛАСТИ ФИНАНСОВОЙ
ГРАМОТНОСТИ ФИНЛЯНДИИ С ДРУГИМИ СТРАНАМИ
PhD
, доц.
Шамансурова Зилола Абдувахитовна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Данная статья посвящена рассмотрению важных вопросов
повышения уровня финансовой грамотности в системе образования Узбекистана,
особенно в школьном образовании, а также изучению передового зарубежного опыта. В
статье анализируются программы финансовой грамотности Финляндии и
рассматриваются пути их адаптации к условиям Узбекистана и других стран.
Подчеркивая, что финансовая грамотность положительно влияет на экономическую
стабильность и благосостояние населения, в исследовании отмечается необходимость
сотрудничества государственного и частного сектора, организации специальных курсов
и обучения в образовательных учреждениях, а также использования современных
технологии. Предложения и рекомендации, разработанные на основе финского опыта,
имеют большое значение при формировании практических программ, направленных на
UO‘K:
330.142.23
XI SON - NOYABR, 2024
289-296
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
290
повышение финансовой грамотности в системе школьного образования Узбекистана.
Сегодня педагогический опыт педагогов своих стран воплощен в финской системе
образования. Ведь уже более десяти лет 15-летние ученики этой страны регулярно
показывают очень хорошие результаты по международной программе оценивания PISA.
Успех Финляндии – это учителя. Их статус и независимость обеспечиваются
качественным обучением. Политика образования направлена на равенство. Следует
отметить, что расположение и климат Финляндии оказывают влияние на ее экономику.
Ключевые слова:
финансовая грамотность, центр финансовой грамотности,
школьное образование, экономические науки, финансовые знания, система образования
Финляндии.
THE INTERCONNECTION OF FINLAND’S FINANCIAL LITERACY EDUCATION SYSTEM
WITH OTHER COUNTRIES
PhD, assoc. prof.
Shamansurova Zilola Abduvahitovna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article is dedicated to the consideration of important issues of increasing the
level of financial literacy in the educational system of Uzbekistan, especially in school education,
and to the study of advanced foreign experiences. The article analyzes the financial literacy
programs of Finland and examines ways of adapting them to the conditions of Uzbekistan and
other countries. Emphasizing that financial literacy has a positive effect on the economic stability
and well-being of the population, the research notes the need for public and private sector
cooperation, the organization of special courses and training in educational institutions, as well
as the use of modern technologies. Proposals and recommendations developed on the basis of
Finnish experiences are of great importance in the formation of practical programs aimed at
increasing financial literacy in the school education system of Uzbekistan. Today, the teaching
experience of the pedagogues of their countries is embodied in the Finnish education system. After
all, for more than ten years, 15-year-old students in this country have regularly shown very good
results in the PISA international assessment program. The success of Finland is the teachers. Their
status and independence are ensured for high-quality training. Education policy is aimed at
equality. It should be mentioned that the location and climate of Finland have an impact on its
economy.
Keywords:
financial literacy, financial literacy center, school education, economic sciences,
financial knowledge, education system of Finland.
Kirish
.
Shu bilan birga, maktablar ustidan nazorat markazlashmagani ham asosiy omildir. Hozir
Finlyandiyada yigirmata universitet (shundan o‘ntasi pedagoglar tayyorlaydi) hukumat
tomonidan moliyalashtiriladi. O‘quv dasturlarini tuzish huquqi va mas’uliyati mahalliy
munitsipalitetlar va maktablar zimmasida. Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim beruvchilar o‘quv
dasturini mahalliy sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar mas’uliyati yuklangan idoralar bilan
birgalikda “maktabning ish muhiti, mahalliy qiymat tanlovi va maxsus resurslar”ni hisobga
olgan holda ishlab chiqishi shart. U nafaqat umumiy ta’l
imning yuqori standartlari,balki butun
jamiyatning birgalikda belgilangan maqsad va tartiblarga sodiqligini ta’minlaydigan tarzda
amalga oshiriladi. Finlyandiyada o‘qituvchilar uchun ta’lim dasturini shakllantirish muhim
omil. O‘qitish tizimining yana
bir muhim xususiyati ishonch va hamkorlik madaniyatiga
tayanadi. Mamlakat maktablaridagi o‘qituvchilarni ma’lumoti va ixtisosligi bo‘yicha
maktabgacha ta’lim o‘qituvchisi, hunarmandlik va texnologiya fani o‘qituvchisi, musiqa
o‘qituvchisi kabi toifalarga
bo‘lish mumkin. Biroq har bir toifadagi muallimlar turli o‘quv
dasturlari asosida tayyorlanadi.Finlandiya eng qiziq va muhim tomonidan biri shundaki,bir
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
291
sinfdagi o‘quvchilar kichik kichik guruhlarga bo‘linib dars o‘tiladi.Shiningdek, agar sinfda
boshqa m
amlakatdan kelgan o‘quvchisi bo‘lsa albatta unga o‘z ona tilisi o‘tiladi.
Adabiyotlar sharhi
.
Moliyaviy savodxonlik hozirgi kunda global iqtisodiy barqarorlik va farovonlikka
erishishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Bu bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotl
ar va
adabiyotlar tahlili moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalarni ishlab
chiqish imkonini beradi.Moliyaviy savodxonlik
–
bu shaxsning moliyaviy qarorlar qabul qilish
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni egallaganlik
darajasi.
Lusardi va Mitchell (2014) tadqiqotlari moliyaviy savodxonlikning iqtisodiy ahamiyatini
o‘rganib, uning shaxsiy farovonlik va iqtisodiy barqarorlikka ta’sirini baholab ko‘rsatdi.
Atkinson va Messy (2012) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar esa OE
CD/INFE
(International Network on Financial Education) dasturi doirasida moliyaviy savodxonlikni
baholash natijalarini taqdim etdi va moliyaviy bilimlarning aholi farovonligiga ta’sirini tahlil
qilgan. Moliyaviy savodxonlikni o‘quv dasturlariga integratsiya qilish zamonaviy ta’limning
muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
OECD (2013) moliyaviy savodxonlik ta’limini maktab dasturlariga kiritish usullari haqida
ma’lumot beradi va bu jarayonning turli mamlakatlarda qanday amalga oshirilishini tahlil
qilgan.
Mandell (2008) o‘z tadqiqotlarida AQSh maktablarida moliyaviy savodxonlik darajasini
oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etishni tavsiya etgan. Kanada va Yaponiya
davlatlarining moliyaviy savodxonlik ta’limidagi tajribalari bu borada yaxs
hi natijalar
ko‘rsatgan.
OECD (2017) va APEC (2019) hisobotlari ushbu mamlakatlarda moliyaviy savodxonlik
darajasini oshirish uchun qabul qilingan strategiyalar va dasturlarni batafsil o‘rganilgan.
Kanadada moliyaviy savodxonlik dasturlari maktabgacha ta’
limdan boshlab, bosqichma-
bosqich amalga oshirilsa, Yaponiyada qisqa muddat ichida moliyaviy ta’lim berish
samaradorligi oshirilgan. O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikning hozirgi holati, mavjud
muammolar va imkoniyatlar tahlili davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish
zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi va Xalq Ta’limi
Vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar aholining moliyaviy bilim darajasini oshirish
uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirla
r haqida ma’lumot beradi. World Bank tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotlar esa O‘zbekistonda moliyaviy ko‘nikmalarni oshirish uchun taklif
qilingan strategiyalarni batafsil bayon etgan
Moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalar va yondashuvlar tahlili
davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirishni, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishni va interaktiv usullarni tatbiq etishni o‘z ichiga oladi. Lusardi va boshqalar (2017)
tadqiqotlarida moliyaviy bilimlarning ijtimoiy va iqtisodiy teng
sizlikka qarshi kurashdagi o‘rni
ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu bilimlarni oshirish orqali iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish
mumkinligi ta’kidlangan.
Moliyaviy savodxonlikka oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy bilimlar va
ko‘nikmalarni oshirish shaxsiy va ijtimoiy farovonlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ilg‘or xorijiy
tajribalarni o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish orqali maktab ta’lim
tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha samarali chora
-tadbirlarni amalga oshirish
mumkin. Shu bilan birga, davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish va interaktiv usullarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotimiz maktab oʻquvchilarini turli oʻyinlar orqali moliyaviy bilimlarni oʻrgatish
orqali moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha ilgʻor xorij tajribalari oʻrganamiz. Bu borada
ulkan tarixiy tajribaga ega boʻlgan Finlandiya davlatlarining pedagogik tajribalari bilan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
292
yaqindan tanishib chiqami
z. Maktab oʻquvchilari doirasida moliyaviy savodxonlik taʼlimini
berishda Finlandiya ta’lim tajribasini o‘rganish uchun bir qancha sabablar mavjud. Birinchidan,
Yuvyaskyulyada turli xil yoshdagi moliyaviy savodxonlik darajasi boʻyicha jahon mamlakatlari
oʻrtasida yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda. Bu borada Finlandiyaning uzoq yillik tarixiy
tajribasi katta va shu sababli bu tajribani mukammal oʻrganganholda Oʻzbekiston uchun mos
keladigan qismlarini tanlab olish va amaliyotga joriy etish istiqbolda yosh
lar oʻrtasida
moliyaviy taʼlimni targʻib qilishni osonlashtiradi.
Ikkinchidan, Finlandiyaning bugungi global
taraqqiyotiga asosiy sabab taʼlim ekanligi barchaga maʼlum. Lekin shunday boʻlsada,
Yuvyaskulya taʼlimida tizimida moliyaviy savodxonlik taʼlimini
berish tekin. Qisqa davr
davomida mamlakat bu borada maʼlum bir ijobiy natijalarga erishmoqda. Finlandiyada butun
mamlakat bo‘ylab ta’lim olosh uchun bir xil sharoitlar yaratulgan.Finlandiya maktab taʼlim
tizimida moliyaviy savodxonlik taʼlimini berish tajribasini oʻrganish orqali maktablarda
moliyaviy savodxonlik taʼlimini berishni nimadan boshlash kerakligini va qisqa vaqtda qanday
qilib yaxshi natijalarga erishish mumkinligini oʻrganishimiz mumkin. Albatta, bu Oʻzbekiston
maktablarida boshlangʻich va oʻrta sinflarda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga moliyaviy taʼlim
berish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tadqiqot davomida erishilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston
maktablarida
moliyaviy savodxonlik ta’limini berishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va mos
deb hisoblanganlarini maktab ta’limiga joriy qilish juda muhim. Shuningdek, bu jarayon ta’lim
usullarini aniqlash va vaqt hamda resurslarni tejashga yordam beradi.Maktablarda moliyaviy
savodxonlikni oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etish zarur. Bu kurslar turli
yoshdagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.Bundan tashqari, moliyaviy
savodxonlikni oshirish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarur. Bu
jarayon zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullarni tatbiq etishni
o‘z ichiga olishi zarur.
Finlyandiyaga o‘tqazgan tadqiqotimga koʻra, taʼlim tizimining samaradorligi boʻyicha
dunyodagi eng
yaxshi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Finlyandiya har yili boshlang‘ich
bosqichda har bir o‘quvchiga ko‘rsatiladigan xizmatlarga taxminan 8,159 dollar sarflaydi,
tayyorgarlik va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun har yili mos ravishda 12,545 va 8,467 dollar
ni
tashkil qiladi. Finlyandiyaning ta’limni moliyalashtirish tajribasini ko‘rib chiqish natijasida biz
quyidagi xulosalarga kelamiz:
-
Finlyandiya ta’lim tizimi markazlashtirilgan, chunki u yerdagi hukumat tomonidan
moliyalashtiriladi.
- Finlyandiyadagi ta
’lim holatini tahlil qilib, u maktabgacha ta’limdan tortib oliy
ta’limgacha bo‘lgan barcha ta’lim darajalarida bepul.
- Davlat umumiy byudjetining (11% dan 12% gacha) va Finlyandiya munitsipalitetlari
byudjetlari ta’limga sarflanadi va bu foiz bepul maktabgacha ta’lim, asosiy ta’lim, o‘rta ta’lim,
texnik ta’lim, oliy ta’lim, uzluksiz ta’lim va oliy ta’lim.
-
Moliyalashtirish majburiyatlari federal hukumat va mahalliy hukumatlar o‘rtasida
federal hukumat foydasiga 57%, mahalliy hukumatlar uchun 43% stavkada taqsimlanadi va
ta’limga yalpi ichki mahsulotning ulushi 6,5% ga yetdi.
-
Finlyandiyada davlat va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida ta’lim xizmatlarini
moliyalashtirish bo‘yicha umumiy mas’uliyatdan tashqari, xususiy ta’lim xizmatlarini etkazib
beruvc
hilarning namunasi mavjud, chunki ular o‘z ta’lim muassasalarini tashkil etishni qoplash
uchun davlatdan yordam olish huquqiga ega
Finlyandiyada ta’lim holatini tahlil qilish uchun u maktabgacha ta’lim bosqichidan tortib
oliy ta’lim bosqichigacha bo‘lgan barcha ta’lim bosqichlarida bepul ekanligi aniq, bu erda davlat
umumiy byudjetining (11% dan 12%) gacha va Finlyandiya munitsipal byudjetlari ta’limga
sarflanadi va bu foiz bepul maktabgacha ta’lim, asosiy ta’lim, o‘rta ta’lim, texnik ta’lim, oliy
ta’lim, uzluksiz ta’lim va aspiranturadan keyingi ta’lim, shuningdek, qisman kattalar uchun
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
293
bepul ta’limni moliyalashtirishni qamrab oladi. o‘z navbatida Finlyandiyada umrbod ta’lim
olish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Bundan tashqari, o‘quvchilar maktabda o‘tkaziladigan ayrim mashg‘ulotlar uchun
to‘lovlarni to‘lashlari mumkin, maktabgacha va asosiy ta’lim bosqichlarida o‘quvchilarning ota
-
onalariga darsliklar, kundalik ovqatlanish va transport bepul taqdim etiladi. Ta’lim va
madaniyat vazirligi ta’lim sifatining asosiy mezonlarini qabul qilishda ta’lim beruvchilarni
qo‘llab
-quvvatlash uchun maxsus davlat subsidiyalarini ham ajratdi. Barkamol va bilimli
pedagog kadrlar mavjudligini ta’minlash uchun ko‘plab dasturlar ishga tushirildi. Maqsad
xodimlarni rivojlantirish bo
‘yicha treninglarda ishtirok etishni oshirish, uning ta’sirini
kuchaytirish va ishdan qoniqishni yaxshilash edi. Shunday qilib, Finlyandiya ta’lim tizimi
markazlashtirilgan, chunki u hukumat tomonidan moliyalashtiriladi va shunga qaramay,
ko‘plab mahalliy hokimiyat organlari maktabgacha ta’lim, asosiy ta’lim, umumiy va kasb
-hunar
o‘rta ta’limda o‘zini o‘zi moliyalashtirish darajasiga ega.
Maktabgacha va asosiy ta’lim bo‘yicha ta’lim hukumatdan qonuniy mablag‘ oladigan
asosiy kommunal xizmatlarning bir qismidir va hukumat tomonidan qonuniy moliyalashtirish
munitsipalitetda istiqomat qiluvchi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soniga va alohida
holatlarga bog‘liq.
Ammo o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning o‘zlari yoki ota
-
onalari o‘zlari kitob
s
otib oladi. O‘rta maktab o‘quvchilari bepul ovqatlanish huquqiga ega va davlat oliy ta’lim
bosqichida taqdim etiladigan ovqatlanishni subsidiyalaydi. Kattalar uchun ta’lim to‘lovni talab
qiladigan yagona ta’lim turi bo‘lishi mumkin. O‘rta ta’lim va kasb
-hu
nar ta’limi muassasalarini
moliyalashtirish Ta’lim va madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan birlik narxlaridan
tashqari, maktab tomonidan taqdim etilgan o‘quvchilar soniga bog‘liq.
Universitet amaliy fanlar institutlarini moliyalashtirishga kelsak, hukumat har bir talaba
uchun birlik narxlari, loyihalarni moliyalashtirish va natijalarga asoslangan moliyalashtirish
asosida bazaviy moliyalashtirish shaklida resurslarni ajratadi Universitet amaliy fanlar
institutlari tashqi moliyalashtirish manbalariga ham
ega, chunki ta’lim xizmatlarini etkazib
beruvchilar kasbiy tayyorgarlik va universitet amaliy fanlar institutlarini moliyaviy natijalarga
asoslangan moliyalashtirishda o‘z natijalarini yaxshilashga da’vat etiladi. Finlyandiya
universitetlari davlat huquqi asosida ishlaydigan mustaqil kompaniyalar yoki xususiy huquq
asosida faoliyat yurituvchi muassasalardir.
Har bir oliy o‘quv yurti Ta’lim va madaniyat vazirligi bilan birgalikda universitet oldiga
amaliy va aniq maqsadlar qo‘yadi va har uch yilda bir marta
zarur resurslarni aniqlaydi.
Shartnoma shuningdek, ushbu maqsadlar davlat tomonidan qanday nazorat qilinishi va
baholanishi va universitetlar davlatdan moliyalashtirishni belgilaydi. Ta’lim va Madaniyat
vazirligi ta’lim tomonidan moliyalashtiriladigan dav
lat sektorini nazorat qiladi, bu Finlyandiya
Milliy Ta’lim Kengashi orqali asosiy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni va o‘qituvchilarni
tayyorlash dasturlarini akkreditatsiya qilishni o‘z ichiga oladi, bundan tashqari, mintaqaviy
ma’muriyatlar va iqtisodiy markazlar bilan bog‘liq agentliklar mavjud. ta’limni nazorat qiluvchi
rivojlanish ,Mahalliy hukumat asosiy ta’limni ta’minlash uchun javobgardir, ya’ni 3100 ta
maktabda (1-
9) sinflar, ularning 45 foizi 100 dan kam o‘quvchiga ta’lim beradi va ko‘proq
o‘quvchilarni qamrab oladigan maktablarning ko‘pligiga qaramay , Ta’lim va Madaniyat
vazirligi maktablar tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy, munitsipal hokimiyat va
uyushmalar organlariga litsenziyalar berdi. Finlyandiya har yili boshlang‘ich bosqi
chda har bir
o‘quvchiga ko‘rsatiladigan xizmatlarga taxminan 8,159 dollar sarflaydi, tayyorgarlik va o‘rta
maktab o‘quvchilari uchun har yili mos ravishda 12,545 va 8,467 dollarni tashkil qiladi.
Finlyandiya ta’limining eng muhim xususiyatlaridan biri bu o
ta-
onalarni ta’lim jarayoniga jalb
qilishdir, bu ta’lim jamoaviy mas’uliyatdir. Va barcha uchun o‘qish imkoniyatlarini ta’minlash
uchun stipendiyalar va o‘qish kreditlarining yaxlit tizimi mavjud bo‘lib, moliyaviy yordam o‘rta
maktabda to‘liq vaqtda o‘qish
uchun, ikkinchi bosqichda yoki kasb-
hunar ta’limi
muassasalariga o‘qish orqali berilishi mumkin, yoki oliy ta’lim muassasalari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
294
Shunday qilib, moliyalashtirish majburiyatlari federal hukumat va mahalliy hukumatlar
o‘rtasida federal hukumat foydasiga 57% va mahalliy hukumatlarda 43% bo‘linadi. Davlat
maktablari va bu xususiy maktablarning aksariyati diniy maktablardir.
Amalda universitetlarning xarajatlari davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Shu
bilan birga, universitetlar o‘z xizmatlari orqali ti
jorat moliyalashtirish manbalaridan boshqa
daromadlarni ham oladilar, to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri davlat moliyalashlari oxir
-oqibat hukumat va
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bu xarajatlarning taxminan 70% ni tashkil qiladi.
O‘rta va kasb
-
hunar ta’limi xaraj
atlari davlat subsidiyalari bilan qoplanmaydi, shuning
uchun o‘rta yoki kasb
-
hunar ta’limi uchun byudjetning 43 foizini shahar jamg‘armasi, 57 foizini
davlat mablag‘lari ajratadi va talabalar ta’lim uchun to‘lovlar yo‘q, lekin ikkalasi ham
talabalarga tush
lik va sog‘liqni saqlash bepul taqdim etiladi. Bundan tashqari, har bir bola va
o‘smir o‘zining shaxsiy sharoiti yoki imkoniyatlari chegarasidan qat’i nazar, sifatli ta’lim olish
huquqiga ega , o‘quvchilar ham zarur hollarda yordam olish huquqiga ega.
1-
rasm. Finlandiya ta’limining qiyosiy tahlili
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Ushbu yordam vositalari kichik guruhlarda tuzatuvchi o‘qitishni qo‘llab
-quvvatlashning
umumiy shakllarini, individual maslahatlarni va o‘quvchilarning shaxsiy
sharoitlariga qarab,
hatto ular boshqa talabalar bilan bir sinfda o‘qiyotgan bo‘lsalar ham, o‘qitishni o‘z ichiga
oladi.Barcha maktablarda maxsus ta’lim o‘qituvchilari mavjud va deyarli barcha maktablarda
alohida ehtiyojli o‘quvchilar bo‘lsa, yordam berish
uchun tashrif buyuradigan o‘qituvchi
yordamchilari mavjud. Agar talaba o‘qishda doimiy qiyinchiliklardan aziyat chekayotgani
aniqlansa, u uchun shaxsiy o‘quv rejasi tayyorlanadi.
O‘rganishda o‘rtacha yoki engil qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilarga k
elsak, ular
boshqa o‘quvchilar bilan bir xil maktablarda va hatto bir sinfda o‘qiydilar, ammo bu holda
maktablar qo‘shimcha moliyaviy resurslar oladi va aqliy zaif yoki jismoniy va hissiy nuqsonlari
bo‘lgan o‘quvchilar, yoki sog‘lig‘i yoki ruhiy muammolari
bo‘lganlar, o‘z sinflarida yoki
maktablarda o‘qiyotganlar va majburiy ta’lim ularning ba’zilari uchun 11 yil davom etadi.
Shunday qilib, Finlyandiyada o‘quvchilar va talabalar odatda bepul moliyaviy va ta’lim olishadi.
Maktabgacha va asosiy ta’limda maktabdan uzoqda yashaydigan o‘quvchilar uchun
transportdan tashqari har kuni darsliklar va ovqatlanish ta’minlanadi va ota
-onalar uchun
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
295
bepul. O‘rta maktabda talabalar bepul ovqatlanish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtlari
talabalarining ovqatlanishiga kelsak, ular davlat tomonidan subsidiyalanadi. Barcha uchun
ta’lim imkoniyatlarini ta’minlash uchun talabalar va ularning ota
-onalariga taqdim etiladigan
stipendiyalar va o‘qish kreditlarining ishlab chiqilgan tizimi mavjud .
Shuni ta’kidlash kerakki, Finlyandiyada asosiy ta’lim bosqichida ko‘pchilik o‘quvchilar
davlat maktablariga boradilar, ammo bu yosh guruhining atigi 2 foizidan kamrog‘i xususiy
maktablarda o‘qiydi va aksariyat xususiy maktablar hukumatdagi maktablardan farq qilmaydi
va Finlyandiya hukumati ularn
i yaxshi saqlaydi. Mening rolim, chunki u asosiy milliy o‘quv
dasturi va ushbu maktablarda o‘qituvchilarning kasbiy malaka talablariga amal qiladi,
shuningdek, o‘zining ta’lim faoliyatini moliyalashtirish uchun yordam oladi.
Shuningdek , Finlandiya ta’limi
ni bir qator asosiy afzalliklari mavjud. Quyidagi rasmda
uning afzalliklarini aks ettirdim.
2-
rasm. Finlandiya ta’limining afzalliklari
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Ushbu ilmiy ishni yozish davomida O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik ta’limini b
erish
jaroyoni bo‘yicha quyidagi asosiy savollar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston sharoitida maklab
yoshidanoq moliyaviy savodxonlik ta’limini berishni qanday tashkillantirilsa yuqori
samaradorlikka erishish mumkin? Yoshlarni moliyaviy savodxonlik darajasini maktab
yoshidan oshirish uchun darslardan bo‘sh vaqtlari ularni qanday jalb qilish mumkin? Bu borada
xorijiy tajribalardan nimalarni o‘rganishimiz zarur? Mazkur tadqiqotni amalga oshirish
davomida ushbu savollarga ilmiy asoslangan javoblar shakllantirildi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston maktablarida moliyaviy savodxonlik taʼlimini berishda
ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va Oʻzbekiston uchun mos deb hisoblanganlarini
maktab taʼlimiga joriy erish juda muhim. Finlandiya tajribasini oʻrganish moliyaviy taʼlimni
berishning samarali usullarini aniqlashga qaratilgan pedagogik tadqiqotlar uchun
sarflanadigan moliyaviy resurslarni va vaqtni tejashga imkon beradi. Allaqachon jahon
amaliyotida mavjud boʻlgan amaldagi taʼlim usullar va texnikalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimiga
joriy etish kelajak avlodni moliyaviy savodxonlik darajasini oshishiga, pirovardida moliyaviy
barqaror va farovon avlodni yetishtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida quyidagi takliflar ishlab chiqildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
296
- Maktablarda moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar
tashkil etish zarur. Bu kurslar turli yoshdagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
-
O‘quvchilarga moliyaviy bilimlarni o‘rgatishda Finlandiya ta’limidan va int
eraktiv
usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu raqamli moliya ko‘nikmalarini o‘rgatishni o‘z ichiga
oladi.
-
Moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha davlat va xususiy sektorlar hamkorligini
kuchaytirish lozim. Moliyaviy institutlar va ta’lim muassasa
lari hamkorlikda turli tadbirlar va
musobaqalar tashkil etishi mumkin.
-
Maktab o‘quv dasturlariga moliyaviy savodxonlikni integratsiya qilish. Bu matematika
yoki ijtimoiy fanlar doirasida o‘qitilishi mumkin. Shuningdek, turli tadbirlar va “moliyaviy
savod
xonlik kunlari” tashkil etilishi tavsiya etiladi.
-
Moliyaviy ta’lim resurslarini yaratish zarur. Bu kitoblar, darsliklar, onlayn kurslar va
turli o‘yinlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’lim tizimida moliyaviy sav
odxonlikni oshirishga
qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg‘or xorijiy
tajribalar asosida ishlab chiqilgan dasturlar va yondashuvlar yosh avlodning moliyaviy bilim va
ko‘nikmalarini oshirishda samarali bo‘ladi. Bu tavsiyalar asosida ta’lim tizimini isloh qilish,
o‘quv dasturlarini takomillashtirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan chora
-
tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Adabiyotlar/
Литература/Reference:
APEC (2019). Financial Education in Japan: Current State and Challenges. APEC Policy
Support Unit.
Atkinson, A., & Messy, F. A. (2012). Measuring Financial Literacy: Results of the OECD /
International Network on Financial Education (INFE) Pilot Study. OECD Working Papers on
Finance, Insurance and Private Pensions.
Lusardi, A., & Mitchell, O. S. (2014). The Economic Importance of Financial Literacy: Theory
and Evidence. Journal of Economic Literature.
Lusardi, A., Michaud, P. C., & Mitchell, O. S. (2017). Optimal Financial Knowledge and Wealth
Inequality. Journal of Political Economy.
Mandell, L. (2008). Financial Literacy of High School Students. In Handbook of Consumer
Finance Research. Springer.
OECD (2013). Financial Education in Schools. OECD Publishing.
OECD (2017). PISA 2015 Results (Volume IV): Students’ Financial Literacy. OECD Publishing.
World Bank (2014). Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan. World
Bank Report.
OECD (2017). Financial Education in Schools. OECD Publishing.
OECD (2018) Financial Education in Schools. OECD Publishing.
Yoshino, Naoyuki Morgan, Peter J.Long, Trinh Q. “Financial Literacy in Japan: Determinants
and Impacts”, Asian Development Bank Institute, December 2017
Andrea Sti
cha, Shizuka Sekita. “The importance of financial literacy: Evidence from Japan”,
Journal of Financial Literacy and Wellbeing, Volume 1, Issue 2, July 2023, pp. 244
—
262
Naoyuki Yoshino, “Financial Education in Japan”, Asian Development Bank Institute (AD
BI)
Senior Advisor Financial Research Institute, FSA
https://www.usnews.com/news/best-countries/rankings/well-developed-public-
https://www.japantimes.co.jp/news/2023/03/19/national/teaching-financial-literacy/
https://cbu.uz/uz/about/central-office/divisions/moliyaviy-savodxonlikni-oshirish-va-
bank-mutaxassislarini-qayta-tayyorlash-departamenti/
UO
‘
K: 336.71
