OʻZBEKISTONDA AKSIZ SOLIGʻINI JORIY ETILISHNING IQTISODIY MOHIYATI HAMDA HUQUQIY ASOSLARI

Annotasiya

Maqolada aksiz toʻlanadigan soliqlar aksiz toʻlanadigan mahsulotlar narxiga kiritiladi va shu tariqa yakuniy isteʼmolchilarga oʻtkaziladi. Shu bilan birga, aksiz soligʻi miqdori soliqqa tortiladigan tovarlar narxlari darajasini sezilarli darajada belgilaydi, shuningdek, isteʼmol talabiga taʼsir qiladi. Aksiz soligʻi davlat daromadlarini shakllantirishda va muayyan tovar va xizmatlar isteʼmolini tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqolada aksiz soligʻi maʼmuriyatchiligi boʻyicha mavjud adabiyotlar koʻrib chiqiladi, ilgʻor xalqaro tajribalardan xulosalar olinadi. Unda nazorat mexanizmlarini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan, asosiy eʼtibor soliq organlarida siyosat islohotlari, texnologik integratsiya va salohiyatni oshirishga qaratilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
41-50
10

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada aksiz toʻlanadigan soliqlar aksiz toʻlanadigan mahsulotlar narxiga kiritiladi va shu tariqa yakuniy isteʼmolchilarga oʻtkaziladi. Shu bilan birga, aksiz soligʻi miqdori soliqqa tortiladigan tovarlar narxlari darajasini sezilarli darajada belgilaydi, shuningdek, isteʼmol talabiga taʼsir qiladi. Aksiz soligʻi davlat daromadlarini shakllantirishda va muayyan tovar va xizmatlar isteʼmolini tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqolada aksiz soligʻi maʼmuriyatchiligi boʻyicha mavjud adabiyotlar koʻrib chiqiladi, ilgʻor xalqaro tajribalardan xulosalar olinadi. Unda nazorat mexanizmlarini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan, asosiy eʼtibor soliq organlarida siyosat islohotlari, texnologik integratsiya va salohiyatni oshirishga qaratilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

41


OʻZBEKISTONDA AKSIZ SOLIGʻINI JORIY ETILISHNING IQTISODIY

MOHIYATI HAMDA HUQUQIY ASOSLARI

Babajanov Davronbek Jumamuratovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0001-1577-0580

davrbobo@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada aksiz toʻlanadigan soliqlar aksiz toʻlanadigan mahsulotlar narxiga

kiriti

ladi va shu tariqa yakuniy isteʼmolchilarga oʻtkaziladi. Shu bilan birga, aksiz soligʻi miqdori

soliqqa tortiladigan tovarlar narxlari darajasini sezilarli darajada belgilaydi, shuningdek,

isteʼmol talabiga taʼsir qiladi. Aksiz soligʻi davlat daromadlarini

shakllantirishda va muayyan

tovar va xizmatlar isteʼmolini tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqolada aksiz soligʻi

maʼmuriyatchiligi boʻyicha mavjud adabiyotlar koʻrib chiqiladi, ilgʻor xalqaro tajribalardan

xulosalar olinadi. Unda nazorat mexa

nizmlarini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari

belgilab berilgan, asosiy eʼtibor soliq organlarida

siyosat islohotlari, texnologik integratsiya va

salohiyatni oshirishga qaratilgan.

Kalit soʻzlar:

maʼmuriyat, qiyinchiliklar, samarasizlik, muvofiqlik

, daromadlarni

optimallashtirish, tartibga solish natijalari,soliqlar va soliqqa tortish, egri soliqlar,

aksiz soligʻi,

aksizosti mahsulotlar, aksizosti tovarlarni soliqqa tortish amaliyoti.

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ И ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ВВЕДЕНИЯ АКЦИЗНОГО

НАЛОГА В УЗБЕКИСТАНЕ

Бабажанов Давронбек Джумамуратович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

Согласно статье, акцизы включаются в цену подакцизных товаров и

таким образом передаются конечным потребителям. При этом сумма акциза
существенно определяет уровень цен на облагаемые налогом товары, а также влияет

на потребительский спрос. Акцизный налог играет важную роль в формировании доходов

государства и регулировании потребления отдельных товаров и услуг. В данной статье

рассмотрена существующая литература по администрированию акцизного налога,

сделаны выводы из передового международного опыта. Он определяет основные
направления совершенствования механизмов контроля, основной упор делается на

реформирование политики, технологическую интеграцию и наращивание потенциала

налоговых органов.

Ключевые слова:

администрирование, трудности, неэффективность, соблюдение

требований,

оптимизация

доходов,

результаты

регулирования,

налоги

и

налогообложение, косвенные налоги, акциз, подакцизные товары, практика

налогообложения подакцизных товаров.

UO

K: 336.226 (575)

IX SON - SENTYABR, 2024

41-50


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

42

ECONOMIC NATURE AND LEGAL BASIS OF INTRODUCTION OF

EXCISE TAX IN UZBEKISTAN

Babajanov Davronbek Jumamuratovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

According to the article, excise taxes are included in the price of excise goods and

thus passed on to final consumers. At the same time, the amount of excise tax significantly

determines the price level of taxed goods and also affects consumer demand. Excise tax plays an
important role in the formation of state revenues and regulation of the consumption of certain

goods and services. This article reviews the existing literature on excise tax administration,

concludes advanced international experiences. It defines the main directions of improvement of
control mechanisms, the main focus is on policy reforms, technological integration, and capacity
building in tax authorities.

Keywords:

administration, difficulties, inefficiency, compliance, revenue optimization,

regulatory results, taxes and taxation, indirect taxes, excise tax, excise goods, the practice of

taxation of excise goods.

Kirish.

Mamlakatimizda soliqqa tortish tizimi va soliq maʼmurchiligini, shu jumladan, aksiz

soligʻini undirish mexanizmini takomillashtirish masalalari bugungi kunda do

lzarbligi bilan

ahamiyatlidir. Mustaqillikka erishganimizdan keyin 1992 yildan, respublikamizda

aksiz soligʻi

ilk bora joriy qilinganda beri, doimiy ravishda uni undirishning maqsadliligi, miqdori,

tovarlarning importida, shu jumladan, MDH davlatlaridan, hamda soliqni hisoblash va undirish

tartibi boʻyicha bahsli mun

ozaralar olib borilmoqda. Shu sababli, respublikamizda aksiz

soligʻini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini tadqiq etish hamda shu asnoda bahsli
masalalar yechimini ishlab chiqish bilvosita soliqqa tortish va soliq maʼmurchiligining nazariy

omillari hamda jahon tajribasini tadqiq etish va tahlil etish nuqtai nazaridan olib qaragandagina

maqsadga muvofiqdir.

Adabiyotlar sharhi.

Aksiz soligʻi turli iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida boʻlgan qator davlatlarda bilvosita

soliqqa tortishning samarali shakli sifatida eʼtirof etiladi.

Gi

les, Tedds (2002) tomonidan kontrabanda faoliyatini soliq organidan soliq toʻlashdan

boʻyin tovlash

maqsadida amalga oshiriladigan qonuniy yoki noqonuniy, bozor yoki bozordan

tashqari barcha operatsiyalar deb taʼriflagan. Bilvosita soliqlarni toʻlashdan boʻ

yin tovlash

koʻpincha kontrabanda, ayniqsa bojxona tariflari boʻyicha jinoyatlar bilan bogʻliq. Ko

ntrabanda

jinoyatlari embargo, mahsulot sifati va kvotalar kabi pul va pul boʻlmagan daromadlarga taʼsir

qiladi.

Hai va See (2011) tomonidan soliq toʻlovlari

ga qasddan yoki qasddan jalb qilingan

kompan

iyalar, jismoniy shaxslar ishtirokidagi oʻlchovlar boʻy

icha duch kelgan qiyinchiliklar

tufayli mos kelmaslik boʻyicha tadqiqot olib borishdi. Shu sababli, ushbu tadqiqotda asosiy

eʼtibor soliq toʻlovchi sifatida import qiluvchilar oʻrtasida aksiz soligʻini bajarmaslik hodisasi va

omillariga qaratilgan.

Kashirinaning (2017)

fikricha, aksiz soligʻi tizimi murakkab hisoblanadi. Aksiz soligʻi va

alkogolli mahsulotlarning muomalasini nazorat qilish muammosi mavjud, chunki ularni sotish

hajmi noqonuniy ishlab chiqarishni rivojlantirish koʻlamiga toʻgʻri keladi va kat

ta miqdordagi

mablagʻlar davlat byudjetidan tashqarida muomalada boʻladi. Muammoning yechimi alkogolli

mahsulotlar ishlab chiqarishda nazoratni kuchaytirish va aksiz tizimida yetarli soliq

solinadigan bazani yaratish uchun shart-

sharoit yaratish boʻlishi m

umkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

43

Delipalla (2009)

tomonidan “aksiz soligʻi bilvosita soliqlarning tarkibiy qismlaridan

biridir. 1976-

yildagi Aksizlar toʻgʻrisidagi qonunning 6

-

boʻlimida koʻrsatilganidek, Malayziyaga

va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga import qilinadigan aksiz

soligʻi. Bu boj davlat isteʼmoli

yoki ijtimoiy muhandislik tendensiyasini oʻzgartirish mexanizmi sifatida ishlatiladi. Aksiz

soligʻi toʻgʻrisidagi aktda majburiy boʻlgan tovarlarga spirtli ichimliklar, tamaki, sigaretalar,
sigaretalar, toʻrt gʻildirakli haydovchilar, koʻp maqsadli transport vositalari va oʻyin kartalari

kiradi”.

Bundan tashqari, fransuz iqtisodchisi F.Demezon taʼkidlab oʻtgan edi: “Aksizning

birgina

oʻzi boshqa barcha soliq tushumlari va undan ham koʻproqni berishga qodirdir” (Джамалов,
Уразметов, 2021).

Borovko (2012) fikricha, “hozirgi zamon soliq siyosatining istiqbolli yoʻnalishi va

konseptual aksiz soligʻiga tortish amaliyotining ijtimoiy yoʻnaltirilgan modelini shakllantirish
va uning samarali rivojlanishini taʼminlashdir”.

Tegetaeva

(2016) fikricha, “aksiz soligʻi egri soliq tarkibiga kirsa

-da, hozirda uning asosiy

ahamiyati aholi ijtimoiy isteʼmolining holati va istiqbolini baholash mezoni ekanligidadir”.

Troyanskaya va Nizamievalar (2013) taʼkidlashicha, “bilvosita soliqqa tortishn

ing

samarali shakli sifatida aksiz soligʻidan isteʼmolni tartibga soluvchi va ishlab chiqarishni
ragʻbatlantiruvchi vosita sifatida foydalanish imkoniyatlari

ni yaratish, ularning barqarorligini

taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotir”.

Biroq shuni alohida

taʼkidlash joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot

ishlarida aksizosti tovarlarni soliqqa tortish amaliyoti hamda aksiz soligʻi maʼmuriyatch

iligi

mavzusi juda kam oʻrganilgan.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan

foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, aksizosti tovarlarni soliqqa tortish amaliyotini
samarali boshqarishda

kreativ yondashuvlarning amaliy ahamiyatini yoritish boʻyicha ilmiy

xulosalar berildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Iqtisodiy taraqqiyotning har bir bosqichida oʻziga xos soliq tizimining vujudga kelishi

avvalo uning tarkibiga kiruvchi soliqlarning ha

rakati bilan bogʻliq boʻladi. Soliq tizimida eng

ichki oʻzgaruvchan, ijtimoiy

-

iqtisodiy taraqqiyotning koʻplab omillari bilan toʻqnashuvchi soliq

bu

aksiz soligʻidir. Shu bois, aksiz soligʻining mohiyatini ijtimoiy

-iqtisodiy taraqqiyotga

bogʻliq holda oʻrganish eng dolzarb muammolardan boʻlib kelmoqda. Aksiz soligʻi egri soliq

boʻlganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar oʻrtasida vujudga

keluvchi obyektiv majburiy toʻlovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali

xarakter

lanadi. Shu bois, aksiz soligʻi oʻziga xos fiskal iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi

lozimdir.

Aksiz soligʻi rivoj

langan xorijiy davlatlarda ham davlatning umum soliq siyosatida muhim

oʻrin egallaydi. Aksiz soligʻi korxona mahsulotlari va xizmatlari

bahosi ustiga yoki taʼrifiga

ustama shaklda toʻgʻridan toʻgʻri kiritiluvchi egri soliq turi hisoblanadi. Aksiz soligʻini

ng

iqtisodiy mohiyati byudjet tushumini taʼminlash orqali xalq xoʻjaligi manfaatlarini qondirishga,
koʻproq mablagʻlarni jalb ettirishi

orqali namoyon boʻlsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining,

yaʼni asosiy isteʼmolchilarning toʻlov qobiliyatlarini oshishida oʻz ifodasini topadi. Bu esa aksiz

soligʻi obyektlari (aksiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalari pasayishida, ahol

i

toʻlov qobiliyatini oʻsishida namoyon boʻladi.

Aksiz soligʻining funksiyalaridan biri, jahon sogʻliqni saqlash tashkil

oti tomonidan

fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mahsulotlar tarkibiga

kiritilgan ayrim mahsulotlarni cheklashdir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

44

Aksiz soligʻi

-

bilvosita soliqqa tortishning eng qadimiy shakllaridan bir turi boʻlib,

qoʻshilgan qiymat soligʻidan farqli maʼlum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning

narxiga qoʻshiladi. “

Aksiz

” soʻzi fransuz tilidan kelib chiqqan boʻlib, “chopib tashlash, kesilgan”

maʼnosini bildiradi. Bu soliq XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida Yevrop

a davlatlarida

maʼmuriy davlat apparatlari shakllanayotganda, bevosita va bilvosita soliqlar guruhi tashkil

topa boshlagan. Bunda bilvo

sita soliqlardan aksizlar asosiy oʻrin tutgan va u shahar

darvozasidan chiqarilgan va kiritilgan mollardan bevosita 5% dan 25 % gacha undirilgan.

Oʻzbekistonda esa bu soliq yangi tarkib topgan soliqlardan biri hisoblanadi. Shuni taʼkidlash

lozimki aksiz so

ligʻi

-

ijtimoiy zararli tovarlarni isteʼmol qilishni ushlab turishga xizmat qiladi

degan fikrlar xam mavjud. Oʻzbekistonda

aksiz soligʻiga katta rentabellikka ega boʻlgan tovarlar

tortiladi.

Aksiz soligʻi oʻz mohiyatiga koʻra tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi isteʼmolchi

tomonidan toʻlanadigan bilvosita soliqdir. Unin

g ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati faqat taqsimot

darajasiga

qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi. Aksiz soligʻi Oʻzbekiston Respublikasining

1991-yil 15-

fevralda qabul qilingan “Korxonalar,

birlashmalar va tashkilotlardan undiriladigan

soliqlar toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlar

i bilan keyinchalik

kiritilgan va respublika iqtisodiyoti bozor munosabatlariga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgarish va
qoʻshimchalarni hiso

bga olgan holda ilk marotaba 1992-

yilda joriy etilgan edi. Oʻzbekiston

Respublikasining Soliq kodeksiga asosan aksiz soli

gʻi bilvosita soliq koʻrinishida byudjetga

undiriladigan, narxda va qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasida hisobga olinadigan sof daromadni

ng

bir qismidir. Aksiz soligʻi qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan maʼlum bir oʻxshashliklarga ega, lekin

oʻzining alohidalik, aniq tovarlar bilan bogʻliqlik darajasi bilan ajralib turadi.

Bilvosita soliqlar koʻp yillik tarixga ega. Temuriylar saltanati davrida gʻaznani toʻgʻri

soliqlar, jumladan yer soligʻi (xiroj), jon soligʻi

(juzya), salt hayvonlar yetkazib berish

majburiyat

i (uloq) va baʼzi bir favqulodda soliqlar (ovorizot) kabi asosiy soliqlar hisoblanar edi.

Temuriylar davrida bevosita soliqlar sifatida

“tamgʻa” yigʻimi keng tarqalgan, bu yigʻim asosan

hunarmand va savdogarlardan olinar edi. Vaqt oʻtgach aksiz soligʻiga t

ortiladigan bu tovarlar

doirasi kengaydi. Oʻzbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning boshlangʻich bosqichlarida

(1992-1994-yillar) soliq tizimi ijtimoiy-

iqtisodiy yoʻnalishlarga ega boʻlgan byudjetni

shakllantirish masalalarini hal qilish uchun moʻljalla

ngan edi. 1993-yilda paxta uchun aksiz

soligʻi kiritildi. 1994

-yilning oktyabrida esa

chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlariga,

1995-

yilning yanvaridan chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlarga aksiz soligʻi qoʻllanila

boshladi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida (1995-1997-

yillar) Oʻzbekistonning soliq

tizimi maʼlum darajada takomillashgan edi. Bir qator soliqlarning m

an qilingandan keyin

aksizosti tovarlarning tarkibi kengaytirildi. Uning tarkibiga chetdan keltiriladigan alkogol va

tamaki mahsulotlaridan tashqari, benzin, neft, tabiiy gaz kabilar kiritilganligi natijasida aksiz

soligʻining davlat byudjeti daromadlari salmogʻi 1995

-yilda 27-foizni tashkil etdi va 1994 yilga

nisbatan 2 foizga oʻsish kuzatildi. 1996

-yil 1-oktabrdan boshlab,

Oʻzbekiston Respublikasida

ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlarini va spirtli
ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalashning joriy

etilishi hamda ularni aksiz markalarisi

z sotishning taʼqiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-

avgustdagi “Oʻzbekiston Respubl

ikasi

hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish

toʻgʻrisida”gi 285

-sonli qarori qabul qilingan.

Aksiz markalarini qalbakilashtirganlik uchun, shuningdek, qalbaki aksiz markalarini

sotganlik uchun Oʻzbekiston Resp

ublikasining amaldagi qonuniga muvofiq jinoiy javobgarlik

choralari qoʻllaniladi. Alkogol va tamaki mahsulotlarini n

oqonuniy olib kelinishi va ishlab

chiqarishning oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan chora

-tadbirlarga qaramay, respublika

hududida markalan

magan yoki qalbaki aksiz markalari bilan markalangan, kontrabanda yoʻli

bilan olib kelingan sifatsiz mahsulotlarni sotish hollarini uchratish mumkin. Aksiz

markalaridagi himoyaning amaldagi darajasi ularni qalbakilashtirish va nusxa olish hollariga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

45

toʻliq

barham berish imkonini bermadi, natijada bozorda qalbaki markali tovarlar sotuvda

uchramoqda. 1999-yil 7-

yanvarda Oʻzbeki

ston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar

ga

aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi 589

-

sonli yoʻriqnomaga asosan Oʻzbekiston

Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish, import qilish,

saqlash, tashish va sotish ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, shuningdek, aksiz soligʻini toʻliq

yigʻib olish, mazkur tovarlarning yashirin tarzda ishlab chiqarilishining yoxud Oʻzbekis

ton

Respublikasi hududiga olib kelinishining oldini olish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi va

Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlari oʻz ishlarida mazkur yoʻriqnomaga amal
qilishlari va uning bajarilishini taʼminlashlari shart. Aksiz soligʻini toʻlovchilari boʻlib, mulk

shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi oʻrnatilganligidan qatʼiy nazar aksizosti

tovarlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Bundan tashqari, oddiy shirkat aksiz toʻlanadigan to

varlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat

shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz soligʻin

i

toʻlovchi boʻlib hisoblanadi. Soliq kodeksining 283

-

moddasiga asosan aksiz soligʻini

toʻlovchilari quyidagilardir:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz toʻlanadigan

tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;

tabiiy gazni

isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;

benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realiz

atsiya qilishni, shu jumladan

avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʻi

quyish shox

obchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni qoʻllash

maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi hamda

gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;

oddiy shirkat ishtirok

chisi boʻlgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga

oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan

bogʻliq boʻlgan faoliyat boʻyicha

oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;

Oʻzbekiston Respub

likasining bojxona

hududi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib

oʻtuvchilar. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga

muvofiq mazkur shaxslar soliq toʻlovchilar

deb eʼtirof etiladi;

telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz toʻlanadigan xizma

tlarni)

koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa

orqali amalga oshiradigan, aksiz

soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga

oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.

Aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan

i

borat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi, aksiz toʻlanadigan

tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan

hamda realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan

tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Chetdan olib kirilayotgan aksiz

toʻlanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq

bazasi bojxona toʻgʻris

idagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida

aniqlanadi. Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan soliq

stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi import qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarnin

g

natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan

tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash

soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona qonun huj

jatlariga muvofiq

belgilanadigan, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aksiz
toʻlanadigan tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan

bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Be

nzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni

yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish chogʻida realizatsiya qilingan va (yoki)

shaxsiy

ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilgʻisi va gazning naturada ifodalangan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

46

hajmi soliq bazasi hisoblanadi. Ak

siz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlar roʻyxati Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

Aksiz

soligʻi stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor),

naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy), shuningdek advalor

va qatʼiy stavkalardan tashkil topgan aralash stavkada belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari
mutlaq summada (qatʼiy) belgilangan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan

baza aksiz toʻlanadigan

tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aksiz

soligʻining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan

tovarlar boʻyicha, realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning aksiz soligʻi hamda
qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir. Ish haqi hisobiga,

hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga)

ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha

, shuningdek tovarlar

tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq toʻlovchi tovarlarni topshirish

pay

tida uning haqiqiy tannarxidan kam boʻlmagan darajada belgilaydigan narx asosida

hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.

Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz

toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab

chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar

qiyma

tini oʻz ichiga oladi. Aksiz soligʻining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import

qilinayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza bojxona toʻgʻrisidagi

qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi. Soliq stavkalari

har kalendar yil uchun Prezident qarori bilan belgilanar edi. 2020-yildan boshlab davlat
byudjet

i mamlakatimizda ilk bor qonun sifatida tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi

prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi PQ-3917-sonli qarorida 2020-yildan boshlab davlat

byudjeti qonun sifatida tasdiqlanishi belgilab qoʻyilgan. Misol uchun, barcha rivojlangan

davlatlarda davlat byudjeti qonun sifatida tasdiqlanishi oʻrganildi. Oʻzbekiston
Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunin

i ishlab chiqish jarayonida xalqaro

moliya institutlari, shu jumladan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari bilan birg

a ushbu

qonun loyihasi ishlab chiqilgan va toʻliq xalqaro standartlar talablariga javob berishi Davlat

byudjetining qonuni sifatida tasdiqlanishi, birinchi navbatda, davlat byudjeti ijrosida parlament

vakolatlarini, yaʼni vazirlik va idoralarning hisobdorl

igini, davlat byudjeti ijrosida endilikda

ularning parlament oldidagi, yaʼni Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorliklarini birmunch

a

oshiradi. Davlat byudjeti mablagʻlari bu xalqning mablagʻlaridir. Parlament vakillari,

deputatlarimiz esa bu bevosita x

alqning vakillari sifatida ushbu mablagʻlarni taqsimlash va

kelgusida mazkur vazirlik va idoralardan mablagʻlar ishlatilishi toʻgʻrisid

agi hisobotlarni qabul

qilish, yaʼni soʻrab olish huquqiga ega boʻladilar.

Mobil aloqa xizmati va alkogol mahsulotlari,

shu jumladan pivo uchun aksiz soligʻidan

tushumlar tegishli ravishda 2019-yil 1-

iyul holatiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahri aholisining respublika aholisidagi ulushiga muvofiq,

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va

Toshkent shahri shahar byudjetiga oʻtkaziladi. Aksiz soligʻini hisoblash Soliq kodeksn

ing 232-

moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va aksiz soligʻining belgilangan

stavkalaridan kelib ch

iqqan holda amalga oshiriladi.Hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻining

summasi Soliq kodeksning 232-moddasida belgilangan chegirma summasiga kamaytiriladi:

-

aksiz toʻlanadigan tovarlar olinayotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasining bojxona

hududiga import

qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz toʻlanadigan

tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan

boʻlsa, Oʻzbekiston

Respublikasi hududida toʻlangan aksiz soligʻi summasi chegirib tashlanadi.

-

aksiz toʻlanadigan tova

r (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo)

boʻyicha aksiz soligʻi summasini hisobvaraq

-

fakturada ajratib koʻrsatishlar

i kerak. Olinayotgan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

47

aksiz toʻlanadigan tovar (xom ashyo) boʻyicha aksiz soligʻi summasi hisobvaraq

-fakturada

ajratib koʻrsatilmagan boʻlsa, aksiz soligʻining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.

-

chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga toʻgʻri

keladigan aksiz toʻlanadiga

n tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz

soligʻining hisobvaraq

-

fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan summasiga

nisbatan amalga oshiriladi. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan

aksiz toʻlanadigan tovarlar topshirilayotganda xam qayta ishlashga berilgan aksiz toʻlanadigan

xom ashyo va materiallarning mulkdori aksiz soligʻi toʻlaganligini tasdiqlashi sharti bilan

qoʻllaniladi.

Ak

siz soligʻini soliq davri –

Yil choragi soliq davridir.

Aksiz soligʻi summasi quyidagi formula boʻyicha belg

ilanadi:

O x A/100

bu erda:
O

soliq solinadigan oborot;

A

aksiz soligʻi stavkasi.

Hisob-kitobni taqdim etish tartibi

Aksiz soligʻini yil oyi s

oliq davridir. Aksiz soli

gʻining hisob

-

kitobi soliq boʻyicha hisobga

olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-

kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Aksiz soligʻini toʻlash hisob

-kitoblarni topshirish

muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Import qilinadigan to

varlar boʻyicha aksiz

soligʻini toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga

oshiriladi.

Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan import qilinadigan aksiz toʻlanadigan

tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi aksiz markalari olinguniga kadar toʻlanadi.Hozirg

i kunda aksiz

soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllari quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:

-

Aksiz soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

-Advalor s

tavkalari qoʻllaniladigan aksiz soligʻi hisob

-kitobi;

-

Advalor stavkalari qoʻllaniladigan aksiz soligʻi hisob

-

kitobiga, chegirilishi lozim boʻlgan

aksiz soligʻi soʻmmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

-

Qatʼiy stavkalar qoʻllaniladigan aksiz soligʻi hisob

-kitobi;

-

Qatʼiy stavkalar qoʻllaniladigan aksiz soligʻi hisob

-

kitobiga, chegirilishi lozim boʻlgan

ak

siz soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

-

Tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi hisob

-kitobi;

-

Tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi hisob

-kitobini qilish payti

da chegiriladigan aksiz soligʻi

summasi toʻgʻrisida maʼlumotno

ma.

Ushbu hisobotlarni

toʻldirishda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab

chiqaradigan mahsulot turi tanlanib, keyin toʻldirish talab etiladi. Aksiz soligʻi boshqa

soliklardan farqli rav

ishda isteʼmol jarayonida undiriladigan solik boʻlganligi bois, maʼlum vaqt

oʻtishi bilan emas operatsiya sodir boʻlgan vaqtning oʻzida hisoblanadi va dastlabki hujjatda oʻz
aksini topadi. Amaldagi qonunchilikka koʻra QQS va foyda soligʻi soliq toʻlovchila

ri tomonidan

Davlat soliq va statistika organlariga quyidagi moliyaviy hisobot shakllari taqdim etiladi:

-buxgalteriya balansi;

-

moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot;

-

asosiy vositalar harakati toʻgʻrisida hisobot;

-debitorlik va kreditorlik qarzlar xatida hisobot;

-

xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot;

Bizga maʼlumki, respublikamizda aksiz soligʻi ikkita yoʻnalishda, yaʼni respublikamizda

yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan aksiz osti tovarlaridan hamda

respublikamiz hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan import qilinayotgan

tovarlaridan undirilmoqda. Mamlakatimizda yuridik shaxslar tomonidan ishlab

chiqarilayotgan aksiz osti tovarlaridan aksiz soligʻini undirish Davlat soliq qumitasi zimmasiga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

48

yuklatilgan. Mamlakatimiz hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan

tovarlardan aksiz soligʻin

ing hisobi va uning byudjetga kelib tushishi ustidan nazoratni Davlat

bojxona qoʻmitasi vakolatiga berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy

shaxslar

tomonidan olib kiriladigan, aksiz toʻlanadigan tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi

P

rezidentining qaroriga koʻra roʻyxatlar va stavkalar boʻyicha aksiz soligʻi solinadi. Aksiz

toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi bojxona xizmatlari tomonidan soʻml

arda undiriladi

va har 5 kunda respublika byudjetiga kirim qilinadi. Respublika hudud

iga aksiz toʻlanadigan

tovarlarni olib kiruvchi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy

shaxslar aksiz soligʻini toʻlovchilar hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib
kiriladigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini hisoblab chiqarish uchun soliq solish obyekti boʻlib

bojxona yuk deklaratsiyasining 45-

ustunida koʻrsatilgan, tovarning bojxona rasmiylashtiruvi

paytida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha soʻmlarda qayta

hisoblangan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga aksiz soligʻi olinmaydigan tovarlarning jismoniy

shaxslar tomonidan olib kirilishi boʻyicha belgilangan normalar"ga koʻra jismoniy shaxslar

tomonidan olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi tatbiq

etilmaydi. Majburiy ravishda markalanadigan, olib kiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlarga
aksiz soligʻini toʻlovchilar aksiz markalarini xarid qilish chogʻida kontrakt (bayonot berilgan)

qiymatidan hisoblangan aksi

z soligʻi summasining 100 foizini toʻlaydilar, bunda aksiz

markalarining nominal qiymati aksiz soligʻi summasidan ortiq miqdorda toʻlanadi, mablagʻlar

belgilangan tartibga

koʻra respublika byudjetiga kirim qilinadi. Markalangan, aksiz toʻlanadigan

tovarlar

olib kirilganda aksiz soligʻi summasi bojxona qiymatidan kelib chiqib qayta

hisoblanadi. Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy bojxona boshqarmalarining qaroriga koʻra

toʻlovc

higa, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi sanasidan boshlab 2 oydan oshmaydigan

mud

datga aksiz soligʻini kechiktirib yoki boʻlib

-

boʻlib toʻlash taqdim etilishi mumkin. Ortiqcha

kelib tushgan aksiz soligʻi summasi oʻttiz kun ichida qaytarilishi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga
kiritilishi kerak. Ular toʻlangan yoki undirilgan paytdan boshlab bir yil davomida toʻlovchi

ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan aksiz soligʻi summalari qaytarilishini talab qilib, murojaat

etishi mumkin.

Ortiqcha toʻlangan aksiz soligʻ

i summalarini qaytarish bojxona organlariga quyidagi

hujjatlarni taqdim etish bilan amalga oshiriladi:

toʻlovchining yozma arizasi, unda ortiqcha toʻlash yoki undirish sabablari koʻrsatiladi,

shuningdek pul mablagʻlari qaytarilishi kerak boʻlgan toʻlovchi

ning bank rekvizitlari beriladi;

aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va undirish uchun asos boʻlgan bojxona yuk

deklaratsiyasi;

tovarlar (ishlar, xizmatlar) chegaradan haqiqatda olib oʻtilgani toʻgʻrisida chegara

bojxonasining belgisi qoʻyilgan (zarur holla

rda) tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar. Ortiqcha

toʻlangan aksiz soligʻ

i summalarini qaytarish umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.

Aksiz soligʻi boʻyicha belgilangan 17 181,4

mlrd

soʻmlik prognoz 15 132,9

mlrd

.soʻmga (2

048,5 mlrd

.soʻmga yo

ki 11,9 fo

izga kam) taʼminlangan. 2023

-

yilda aksiz soligʻi toʻlovchisi

4 596

tani tashkil etgan boʻlib, ularning 5

tasi soliq hisobotlarini taqdim etmagan. Mazkur soliq turi

boʻyicha soliq qarzi 31.12.2023

-yil holatiga 206,3 mlrd

soʻmni tashkil qilib,

yil boshiga (274,2

mlrd

.soʻm) nisbatan 67,9

mlrd

.soʻmga kamaygan, y

il davomida 28,5 mlrd

.soʻm (13,8 foiz)

umidsiz soliq qarzlari (shundan 28,4 mlrd

.soʻmi bankrotlik asosida) hisobdan chiqarilgan.

Ortiqcha toʻlangan soliq summasi 31.12.2023

-yil holatiga 468,0 mlrd

.soʻmni tashkil qilib, yil

boshiga (119,7 mlrd

.soʻm)

nisbatan 348,3 mlrd

.soʻmga oshgan.

Yil davomida 16 656,0 mlrd

.soʻm soliq hisoblangan va imtiyozlar summasi 1 236,1

mlrd

.soʻmni (7,4 foizni) tashkil qilgan. 2023

-yilda 1,7 mingta

holatda aksiz soligʻiga 10,3

mlrd

.soʻmlik toʻlovlar amalga

oshirilgan va keyingi oylarda qaytarib berilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

49

Bundan tashqari, soliq hisoblanmagan holda, yil davomida 8 ta korxona tomonidan 1,1

mlrd

soʻm aksiz soligʻi toʻlovi amalga oshirilgan. Aksiz soligʻining yigʻiluvchanlik darajasi 2023

-

yilda 87,3 foizni tashkil etgan.

Soliq kodeksining 289

1

, 289

2

, 289

3

-moddalariga asosan 8 turdagi tamaki mahsulotlari

uchun, 4 turdagi alkogol mahsulotlari uchun, 6 turdagi neft mahsulotlari va boshqa aksiz

toʻlanadi

gan tovarlar va xizmatlar uchun soliq stavkalari belgilangan. Biroq, soliq organlarida

16 turdagi aksiz osti tovarlarning ishlab chiqarish va realizatsiya hajmlari, hisoblanishi lozim

boʻlgan va haqiqatda hisoblangan soliq summalari yuzasidan tahliliy hiso

botlar yuritilmasdan

kelinmoqda. Jumladan:

“Asl

belgisi” Mi

lliy axborot tizimida markirovka kodlarini

shakllantirib berish ishlaridan tashqari, tizimni takomillashtirish, hisobotlarni toʻgʻri yuritish

va shubhali holatlar toʻgʻrisida soliq idoralariga ax

borot berish kabi vazifalar bajarilmaganligi;

- axborot tizim

i maʼlumotlari asosida tahlil va nazorat ishlari tizimli yoʻlga

qoʻyilmaganligi, soliq organlariga tizimdagi maʼlumotlardan toʻlaqonli va erkin foydalanishga

texnik imkoniyat yaratilmaganligi;

- majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilingan mahsulotlarni realizatsiya

qiluvchi subyektlarning bor-

yoʻgʻi 42 foizi qamrab olinganligi;

-

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va

aylanmasi hajmini onlayn hisobga olish axborot tizimi yaratilmaganligi aniqlanib ularni

bartaraf etish boʻyicha takliflar taqdim etilgan.

Bilvosita soliqlar boʻyicha tushumlar 2023

-yilda 83,3 trln

.soʻmni tashkil etib, 2022

-2022-

yilga nisbatan 11,9 trln

.soʻmga yoki 16,7

foizga oshgan.

Shuningdek, JST talabi boʻyicha import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan

tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalari bir xil boʻlishi lozim. Shuningdek, “UZBAT” AJning

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga 2024-yil 23-

apreldagi murojaatida 2025-yil 1-

yanvardan filtrli sigaretlar uchun aksiz soligʻining qatʼiy

stavkalarini 1000 donasi uchun 313 000 soʻmga oshirish va

advalor stavkani bekor qilish taklif

etilgan. Jamiyat tomonidan 2023-yilda qiymati 2,4 trln

.soʻmlik 9 154

mln.dona, 2024-yil

6-oyda 1,4 trln

.soʻmlik 5085

mln.dona sigaretlar sotilgan. 2023-yilda jami 2,3 trln

.soʻm (qatʼiy

stavkada 2 033 mlrd

.soʻm,

advalor stavkada 245 mlrd

.soʻm), 2024

-yil 6 oyda 1,4 trln

.soʻm

(qatʼi

y stavkada 1 275,0 mlrd

.soʻm,

advalor stavkada 146,0 mlrd

soʻm) aksiz soligʻi hisoblangan.

Agar “UZBAT” AJning soliq stavkalari boʻyicha takliflari inobatga olinsa, qatʼiy stavka miqdori

amaldagi stavkalardan 25 foizga ortib, 2023-yildagi hajmlarda 832 mlrd

.soʻm (41%), 2024

-yil

6 oydagi hajmlarda 108 mlrd

.soʻm (25%) soliq tushumlari koʻpayishi mumkin.

Korxonalar tomonidan tabiiy gaz import qilishda ham, import qilingan gazni realizatsiya

qilishda ham aksiz soligʻi toʻlanmayapti. Vaholanki, import qilingan tabiiy gazni isteʼmolchilarga

realizatsiya qilishda qoʻllaniladigan taʼriflarda aksiz soligʻi summa

si kiritilgan. Mazkur aksiz

soligʻi summasi isteʼmolchilar tomonidan toʻlanib, byudjetga toʻlanmasdan qolmoqda. Buning

hisobiga byudjetga 1 327,5 mlrd

soʻm aksiz soligʻi yoʻqotildi. Respublika boʻyicha 2023

-yil 6

oyda 2 312,7 mln kub m.gaz import qilin

gan boʻlsa, 2024

-yilning mos davrida 5 242,6

mln.kub.m.ni tashkil etib, 2,2 baravarga oshgan. Ichki bozorda gaz hajmi 2024-yil 1 yarim

yillikda (16 831,5) 2023-yil mos davriga nisbatan (18 846,9) 2 015,3 mln.kub (10,7%)

kamaygan. Amaliyotda soliq organlari tomonidan import qilingan gaz va ichki bozorda ishlab

chiqarilgan gaz realizatsiya qilinganligini aniqlashning umuman imkoniyati mavjud emas va

buning hisobiga soliq maʼmurchiligida muammolar

saqlanib qolinmoqda. Shuningdek, Jahon

savdo tashkilotining talablariga asosan import qilinadigan va respublikada ishlab

chiqariladigan tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalari bir xil boʻlishi lozim. Oʻ

zbekistonning

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi koʻrib chiqilayotganligi sababli ushbu taklif kiritilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyundagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan

“Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament”ning 38

-bandida,

Alkogolsiz ichimliklar qadoqning butunligi yoki qadoqni berkitgan moslamaning sezilmas

tarzda buzilishi ehtimolini istisno qiladigan tarzda qadoqlanishi kerakligi koʻrsatib oʻtilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

50

Yaʼni Alkogolsiz ichimliklar faqat qadoqlan

gan holda sotilishi shartligi, boshqacha holatda

sotish taʼqiqlanganligi koʻrsatilgan. Shuning uchun, SKning SK

-289-3-

moddasida isteʼmol

qadogʻiga qadoqlangan degan soʻzlarni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq boʻladi.

Xulosa va takliflar

.

Amaldagi qonunchilikda Oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti,

rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli

fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlangʻich

fraksiyasi uchun aksiz soligʻi hisoblanadi.

Ushbu mahsulotga xam aksiz soligʻi joriy etilishi bilan sifatsiz boʻlg

an don distillyati ishlab

chiqarish nazoratga olinadi va xufiyona iqtisodiyotga barxam beriladi. Dastlabki hisob-kitobga

koʻra ushbu mahsulotga aksiz soligʻi joriy etilishi natijasida

budjetga

qoʻshimcha 39,6

mlrd.s

oʻm

soliq tushum taʼminlanadi.

Soliq kodeksining 289-3-moddasiga tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki

xushboʻylashtiruvchi

moddalar boʻlgan, gazlangan hamda isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan

ichimliklar qoʻshish maqsadga muvofiq boʻladi. U

shbu taklif bilan umumovqatlanish yoki savdo

korxonalarida koʻp uchrayotgan “KOKA KOLA” va “PEPSI”dan olingan sirop mahsulotlarini

maxsus uskuna orqali suv bilan aralashtirib gazlangan holda bir martalik stakanlarga quyib

sotish amaliyotida aksiz soligʻi

hisoblanishi yuzasidan tushunmovchiliklarga barham beriladi.

Adabiyotlar/Литература/

Reference:

Delipalla, S. (2009). Commodity tax structure and informal activity. Bulletin of Economic

Research, 61(3), 283-294.

Giles, D. E., Tedds, L. M., & Werkneh, G. (2002). The Canadian underground and measured

economies: Granger causality results. Applied Economics, 34(18), 2347-2352.

Hai, O. T., & See, L. M. (2011a). Behavioral intention of tax non-compliance among sole-

proprietors in Malaysia. International Journal of Business and Social Science, 2(6), 142-152.

Боровко Л.В. (2012) Формирование социално

-

ориентированной модели акцизного

налогообложения и эффективност её развития. // Проблемы экономики и юридической

практики, № 6, с. 71

-75.

Джамалов Х.Н., Уразметов

Ж.М.

(2021)

Задачи анализа финансово

-

хозяйственно

-

цифровой деятелности в новой системе финансового менеджмента. // Иқтисодиёт ва

таълим, № 3, с. 96

-103.

Каширина, М. В.

(2017)

Проблемы уплаты акцизов на алкоголную продукцию в России

/ М. В. Каширина, Б. Б. Ташполатова // Московский экономический журнал. №

5.

С. 32.

Кодекс (2020) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси

-

Тошкент: Ғафур Ғулом

нашриёт уйи.

-

640 б.

Тегетаева О.Р. (2016) К проблемам реформы акцизного налогообложения. //

Налоговый менеджмент. № 6. С. 23

-27.

Троянская М.А., Низамиева Ю.О. (2013) Совершенствование акцизного

налогообложения как инструмента налогового регулирования. // Бизнес в законе, № 8, с.

121.

Bibliografik manbalar

Delipalla, S. (2009). Commodity tax structure and informal activity. Bulletin of Economic Research, 61(3), 283-294.

Giles, D. E., Tedds, L. M., & Werkneh, G. (2002). The Canadian underground and measured economies: Granger causality results. Applied Economics, 34(18), 2347-2352.

Hai, O. T., & See, L. M. (2011a). Behavioral intention of tax non-compliance among sole-proprietors in Malaysia. International Journal of Business and Social Science, 2(6), 142-152.

Боровко Л.В. (2012) Формирование социално-ориентированной модели акцизного налогообложения и эффективност её развития. // Проблемы экономики и юридической практики, № 6, с. 71-75.

Джамалов Х.Н., Уразметов Ж.М. (2021) Задачи анализа финансово-хозяйственно-цифровой деятелности в новой системе финансового менеджмента. // Иқтисодиёт ва таълим, № 3, с. 96-103.

Каширина, М. В. (2017) Проблемы уплаты акцизов на алкоголную продукцию в России / М. В. Каширина, Б. Б. Ташполатова // Московский экономический журнал. № 5. — С. 32.

Кодекс (2020) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси- Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёт уйи.- 640 б.

Тегетаева О.Р. (2016) К проблемам реформы акцизного налогообложения. // Налоговый менеджмент. № 6. С. 23-27.

Троянская М.А., Низамиева Ю.О. (2013) Совершенствование акцизного налогообложения как инструмента налогового регулирования. // Бизнес в законе, № 8, с. 121.