Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
70
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING STATISTIK KO‘RSATKICHLARI
AXBOROT BAZASINING IQTISODIY SAMADORLIKKA TA’SIRI
PhD
Nazarov Nazar
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0007-2599-8769
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznes faoliyati statistik
ko‘rsatkichlarining axborot bazasi ahamiyati hamda uning mamlakat iqtisodiyoti ham iqtisodiyot
tarmoqlaridagi ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, axborotlar bazasining samadorligining
asosiy jihatlari tahlil etilgan hamda kichik biznesda axborotlar bazasining iqtisodiy samadorligi
SWOT tahlili keltirilgan. Tadqiqot natijasidan O‘zbekistondagi kichik biznes subyektlari faoliyati
samadorligini baholashda hamda kichik bizneslar faoliyatini samarali tashkil etishda foydalanish
mumkin.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, axborotlar bazasi, iqtisodiy samaradorlik, statistik ko‘rsatkich.
ВЛИЯНИЕ
ИНФОРМАЦИОННОЙ
БАЗЫ
НА
ЭКОНОМИЧЕСКУЮ
ЭФФЕКТИВНОСТЬ
СТАТИСТИЧЕСКИХ
ПОКАЗАТЕЛЕЙ
МАЛОГО
БИЗНЕСА
В
УЗБЕКИСТАНЕ
PhD
Назаров Назар
Институт
повышения
квалификации
и
статистических
исследований
Аннотация.
В данной
статье
исследуется
важность
информационной
базы
статистических
показателей
деятельности
малого
бизнеса
в
Узбекистане,
а
также
ее
значение
в
отраслях
экономики
страны.
Также проанализированы основные аспекты
эффективности информационной базы и представлен SWOT
-
анализ экономической
эффективности информационной базы в малом бизнесе.
Результаты
исследования
могут
быть
использованы
для
оценки
эффективности
деятельности
субъектов
малого
предпринимательства
в
Узбекистане
и
для
эффективной
организации
деятельности
малого
бизнеса.
Ключевые
слова
:
малый
бизнес,
информационная
база,
экономическая
эффективность,
статистический
показатель.
THE IMPACT OF THE INFORMATION BASE ON ECONOMIC EFFICIENCY OF THE
STATISTICAL INDICATORS OF SMALL BUSINESS IN UZBEKISTAN
PhD
Nazarov Nazar
Institute for Human Resource Development and Statistical Research
Abstract.
This article explores the importance of the information base of statistical
indicators of small business activity in Uzbekistan, as well as its importance in the sectors of the
economy of the country. Also, the main aspects of the efficiency of the information base are
analyzed, and the economic efficiency of the information base in small business is the SWOT
analysis. The results of the study can be used to assess the efficiency of the activities of small
business entities in Uzbekistan and to effectively organize the activities of small businesses.
Keywords:
small business, information base, economic efficiency, statistical indicator.
UO‘K:
316.776.3
VI SON - IYUN, 2025
70-78
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
71
Kirish.
Bugungi kunda kichik biznes mamlakat iqtisodiyotida muhim o
‘
rin egallab, barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yangi ish o
‘
rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishda
muhim omil sifatida xizmat qilmoqda. Ayniqsa, O
‘
zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
faoliyatini qo
‘
llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko
‘
lamli islohotlar kichik biznes
subyektlarining faolligini oshirib, ularning iqtisodiy tarmoqlardagi ishtirokini kengaytirmoqda.
Kichik biznesning salohiyatini to
‘
g
‘
ri baholash va uning rivojlanish dinamikasini tahlil qilish
uchun statistik ko
‘
rsatkichlar tizimini shakllantirish va yangilash dolzarb masalaga aylangan.
Shuningdek. O
’
zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyevning 2025-yil, 19-martdagi
“
Kichik va o
‘
rta biznesning iqtisodiyotdagi o
‘
rnini oshirish chora-tadbirlari to
‘
g
‘
risida
”
gi PF-
50-son farmonida mamlakatda kichik biznesning iqtisodiy samadorligini baholash tizimini
yaratish, tadbirkorlar uchun yagona axborot elektron bazani yaratish va bu orqali kichik
biznesni har tomonlama qo
‘
llab-quvvatlagan holda ular faoliyatini kengaytirish orqali o
‘
rta va
yirik biznesga aylantirish kerakligi belgilangan (Farmon, 2025). Bugungi texnika-texnologiya
rivojlangan davrda butun dunyoda elekron biznes, online xaridlarlarning biznesdagi o
’
rni ortib
borayotgan bir paytda, kichik biznesning iqtisodiy samadorligini oshirish uchun axborot-
elekron bazalarni shakllantirish muhim hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Kichik biznes faoliyatining iqtisodiy samadorligi va unga ta’sir etuvchi omillar, kichik
biznesning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida bir qancha xorijiy va mahalliy iqtisodchi
olimlar tadqiqot olib borganlar.
Xususan, xorijiy iqtisodchi olimlardan
Jimi va Nikolovlar (2020) o’z tadqiqotlarida mikro
korxonalarga kreditga kirish imkoniyatining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sirini
o‘rgangan. Tadqiqotda kreditga kirishning texnologik o‘zgarishlar va texnik samaradorlikka
ta’siri statistik tahlil qilingan.
Lee hamda Nagy (2022) tadqiqotida Janubiy Koreyaning O‘zbekiston va boshqa MDH
mamlakatlaridagi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri investitsiyalarining motivatsiyalari va joylashuv omillari
o‘rganganlar hamda investitsiyalarning kichik biznesning iqtisodiy samaradorligiga
ta’siri
statistik tahlil qilingan.
Shuningdek, mahalliy iqtisodchi olimlardan Ergashov va Komiljonovning (2024)
tadqiqotlarida kichik biznesga ta’sir qiluvchi omillarni statistik tahlil qilingan.hamda omillarni
guruhlarga ajratish va dastlabki statistik tekshiruvlar olib borishning ahamiyati muhokama
qilingan. Natijada, kichik biznesning iqtisodiy samaradorligini baholashda axborot bazalarining
rolini o‘rganishga muayyan darajada asos bo‘lgan.
Xolmirzayev (2025) tadqiqotida hududiy rivojlanishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning o‘rni statistik baholangan hamda iqtisodiy
-statistik tahlil usullari yordamida
kichik biznesning iqtisodiy samaradorligi o‘rganilgan.
Shodiyeva (2024) tadqiqotida raqamli iqtisodiyotning kichik biznes va oilaviy
tadbirkorlikka ta’siri o‘rganilgan. Oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
va ularning aholi turmush darajasiga ta’siri statistik tahlil qilingan.
Bugungi kunda kichik biznesning samarali faoliyat olib borishida aniq hamda ishonchli
axborotlarning o’rni ortayotganligi sababli, ushbu yo’nalishda yanada chuqurroq tadqiqotlar
olib borish, axborotlar bazasi platformalari hamda kichik biznes faoliyati integratsiyasi
samadorligini baholash orqali har tomonlama raqobatbardosh bizneslarni tashkil etish muhim
hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda qiyosiy-tahlil, SWOT analiz tahlili,
o‘rta statistik usullar
hamda iqtisodiy
samaradorlikni baholashning boshqa usullaridan foydalanilgan.
Maqolada O’zbekiston
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
72
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy statistik ma’lumotlaridan
foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi orqali kichik biznes subyektlarining soni, faoliyat turlari,
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, xizmatlar ko‘lami, ish bilan band aholining ulushi, soliq
to‘lovlari va investitsion faolligi kabi asosiy jihatlar tahlil qilinadi. Ushbu ma’lumotlar esa
maxsus axborotlar bazasida jamlanadi va davlat boshqaruvi, iqtisodiy siyosat yuritish hamda
ilmiy tadqiqotlar uchun asosiy manba vazifasini bajaradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari
yordamida bu ma’lumotlar real vaqt rejimida yig‘ilib, tahlil qilinmoqda, bu esa qaror qabul
qilish jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.
2024-
yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kichik tadbirkorlik
subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmat)lar hajmi 719,5 trillion so‘mni
tashkil etdi va bu ko‘rsatkich YaIMdagi ulushi jihatidan 56,5 foizga teng bo‘ldi. Sh
uningdek,
kichik biznes subyektlari tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari umumiy bandlikning 75,4 foizini
tashkil etdi, bu esa ularning iqtisodiy faollikdagi o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi
[7]
.
Kichik biznes
–
iqtisodiyotning eng harakatchan va moslashuvchan qismlaridan biri
bo‘lib, u iqtisodiy barqarorlik, bandlik, innovatsiya va ijtimoiy
-iqtisodiy tenglikni ta'minlashda
muhim rol o‘ynaydi. Ushbu sohaning rivojlanish sur’atlarini baholash, saloh
iyatini aniqlash
hamda davlat siyosatini shakllantirish uchun tizimli statistik ma’lumotlar to‘plami va
zamonaviy axborotlar bazasi muhim ahamiyat kasb etadi.
1-rasm. Kichik biznes faoliyatini ifodalovchi asosiy
statistik ko‘rsatkichlarning
guruhlanishi
Ushbu ko‘rsatkichlar yillik, choraklik yoki oylik kesimda O‘zbekiston Respublikasi
Statistika agentligi tomonidan rasmiy statistik hisobotlar orqali e’lon qilinadi.
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida statistik ma’lumotlarni faqat qog‘oz shaklida yig‘ish
samarasiz bo‘lib qoldi. Shu sababli, O‘zbekistonda kichik biznes subyektlariga oid axborotlar
bazasi raqamlashtirilgan, markazlashgan va real vaqt rejimida yangilanadigan tizim sifatida
shakllantirilmoqda.
Axborot bazasi (AB)
–
bu muayyan sohaga oid ma’lumotlarning elektron shaklda tizimli
tarzda to‘plangan, saqlangan, boshqariladigan va foydalanuvchilar tomonidan turli
•
faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari
soni, ularning mulkchilik shakllari, faoliyat
yo‘nalishlari
va geografik joylashuvi.
Struktura va son jihatdan
ko‘rsatkichlar
•
yalpi daromad, sof foyda, asosiy vositalarga
investitsiyalar, soliq tushumlari.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar
•
ish bilan bandlar soni, ish haqining
o‘rtacha
miqdori, yangi yaratilgan ish
o‘rinlari
.
Mehnat bozori bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlar
•
ishlab
chiqarilgan
mahsulotlar
hajmi,
ko‘rsatilgan
xizmatlar miqdori, eksport-import
ko‘rsatkichlari
.
Ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish
•
yangi texnologiyalarning joriy etilishi, ilmiy
ishlanmalarning amaliyotga tatbiq qilinishi.
Innovatsion va texnologik
ko‘rsatkichlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
73
maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Texnik jihatdan, axborot
bazasi kompyuter tizimida yaratilgan va maxsus dasturiy vositalar yordamida boshqariladigan
elektron muhitdir. Bu baza ma’lumotlarning mantiqiy bog‘liqligini ta’min
laydi, ularni tezkor
qidirish, saralash, tahlil qilish, yangilash va eksport qilish imkonini beradi.
Axborot bazalari o‘zining hajmi, tuzilmasi va ishlash mexanizmi bo‘yicha turlicha bo‘lishi
mumkin. Misol uchun, oddiy elektron jadvallardan tortib, murakkab ko‘p darajali va tarmoqli
ma’lumotlar bazalarigacha –
barchasi axborot bazasi doirasida mavjud. Statistik axborot
bazalari esa iqtisodiy, demografik, ijtimoiy va sanoat sohalaridagi ko‘rsatkichlarni tizimli tarzda
jamlab, foydalanuvchilar uchun analitik qulayliklar yaratadi.
Axborotlar bazasining amaliy samaradorligini nafaqat texnologik jihatdan, balki strategik
boshqaruv nuqtayi nazaridan baholash talab etiladi. Shu bois SWOT tahlili ushbu jarayon uchun
muhim vosita hisoblanadi. U orqali mavjud imkoniyatlar to‘liq aniqlanib,
mavjud cheklovlar
ustida ishlash, xavflarni bartaraf etish va resurslardan samarali foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ayniqsa, kichik biznes faoliyatini aks ettiruvchi statistik tizimlarda bu yondashuv aniq, izchil va
uzoq muddatli islohotlar uchun mustahkam poydevor yaratadi.
1-jadval
Kichik biznesda statistik axborotlar bazasi samaradorligining SWOT tahlili
Kuchli tomonlar (Strengths)
Zaif tomonlar (Weaknesses)
Markazlashgan tizim
–
barcha ma’lumotlar
yagona platformaga jamlangan, takroriylik yo‘q.
Texnik resurslarga bog‘liqlik
–
ayrim
hududlarda internet infratuzilmasi yetarli
emas.
Real vaqt tahlili
–
statistik ko‘rsatkichlar onlayn
kuzatiladi, tezkor monitoring imkoniyati mavjud.
Foydalanuvchi malakasi pastligi
–
kichik
biznes egalari orasida raqamli savodxonlik
yetarli emas.
Ochiqlik va shaffoflik
–
ochiq ma’lumotlar
platformasi orqali barcha manfaatdor tomonlar
uchun ochiqlik ta’minlanadi.
Axborot xavfsizligi xavflari
–
maxfiy
ma’lumotlar himoyasi hali to‘liq
kafolatlanmagan.
Integratsiyalashgan yondashuv
–
soliq,
statistika,
litsenziyalash tizimlari o‘zaro
bog‘langan.
Dasturiy interfeysning qulay emasligi
–
ayrim foydalanuvchilar uchun murakkab
foydalanuvchi interfeysi.
Imkoniyatlar (Opportunities)
Xavf va tahdidlar (Threats)
Sun’iy intellekt integratsiyasi
–
prognozlash va
tavsiyalar berish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Kiberhujumlar xavfi
–
axborotlar bazasiga
nisbatan zararli tashqi hujumlar ehtimoli
mavjud.
Mobil ilova orqali kirish
–
kichik biznes egalari
uchun foydalanishni soddalashtirish mumkin.
Qonunchilikdagi o‘zgarishlar
–
axborot
bazasining huquqiy asoslari doimiy yangilanib
turmasligi.
Hududiy ko‘lamni kengaytirish
–
chekka
hududlardagi subyektlarni to‘liq qamrab olish
imkoniyati.
Ma’lumotlar sifati ustidan nazoratning
zaiflashuvi
–
noto‘g‘ri yoki eski ma’lumotlar
tizimni ishdan chiqarishi mumkin.
Ilmiy-tadqiqot bilan integratsiya
–
akademik
tahlillar uchun kuchli platforma bo‘lishi mumkin.
Moliyalashtirish yetishmovchiligi
–
tizimni
doimiy rivojlantirish uchun yetarli budjet
ajratilmasligi.
Kichik biznes faoliyatini ifodalovchi statistik axborotlar bazasi samaradorligini SWOT
tahlili orqali baholash natijasida aniqlanishicha, tizimning kuchli jihatlari
–
markazlashganlik,
real vaqt monitoringi va ochiqligi uni strategik boshqaruvda muhim vositaga aylantirmoqda.
Shu bilan birga, texnik infratuzilma, foydalanuvchilarning raqamli savodxonligi va axborot
xavfsizligi bo‘yicha zaifliklar mavjud. Tashqi imkoniyatlar, xususan sun’iy intellekt
integratsiyasi, mobil ilovalar va ilmiy-tadqiqot bilan hamkorlik tizimni yanada rivojlantirish
uchun keng yo‘l ochadi. Tahdidlar esa kiberxavfsizlik, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va moliyaviy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
74
cheklovlar bilan bog‘liq. Shu bois, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, zaif tomonlarni
kuchaytirish va xavflarni minimallashtirish ustuvor strategik yo‘nalish bo‘lishi zarur.
Kichik biznesning real ahvolini tahlil qilish, uning rivojlanish sur’atlarini kuzatish va
samarali qarorlar qabul qilish uchun statistik ko‘rsatkichlar bilan ishlash muhimdir. Bunday
statistik ma’lumotlar aniq, ishonchli va tizimli bo‘lishi kerak. Shu nuqt
ayi nazardan, axborot
bazasi kichik biznes sohasi faoliyatini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimining yuragi
hisoblanadi.
Axborot bazasining ahamiyatini quyidagi jihatlar orqali ko‘rish mumkin:
1. Ma’lumotlarning markazlashuvi va tizimlashtirilganligi. Kichik biznes subyektlariga oid
barcha statistik ko‘rsatkichlar yagona platformaga –
axborotlar bazasiga jamlangani sababli,
turli idoralar va foydalanuvchilar uchun ularni topish, solishtirish va tahlil qilish imkoniyati
oshadi. Masalan, Statistika agentligi, Soliq qo‘mitasi, Tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlash
markazlari va banklar turli ma’lumotlarni yagona platformada baham ko‘radi.
2. Tahlil qilish va prognoz qilish imkoniyati. Axborot bazasi yordamida kichik biznes
subyektlarining faoliyat ko‘rsatkichlari –
ishlab chiqarish hajmi, xizmatlar spektri, ishchilar
soni, soliq tushumlari kabi ko‘rsatkichlar yillik, choraklik, hatto oylik
darajada tahlil qilinadi. Bu
esa hukumatga va tadbirkorlik muhitiga oid muhim qarorlar qabul qilishda asos bo‘ladi.
Masalan, qaysi hududda kichik biznes sust rivojlanayotganini ko‘rib, qo‘shimcha imtiyozlar
rejalashtiriladi.
3. Real vaqt rejimidagi monitoring. Axborot bazasining zamonaviy shakli real vaqt
rejimida ishlaydi. Masalan, Yagona elektron statistik hisobotlar tizimi orqali kichik biznes
subyektlari faoliyatiga oid ma’lumotlarni o‘zlari kiritadilar. Bu esa tezkor moni
toring qilish va
tahlil qilish imkonini beradi. Davlat organlari sohadagi o‘zgarishlarni vaqtida ko‘rib chiqib,
kerakli choralarni belgilaydi
[8]
.
4. Qaror qabul qilishda ishonchli asos. Kichik biznesni rivojlantirish dasturlari, kredit-
subsidiya ajratish mexanizmlari, soliq siyosati yoki imtiyozlar aniqlanishida axborot bazalarida
jamlangan statistik ma’lumotlar muhim rol o‘ynaydi. Ular asosida sekt
orlar kesimida eng faol
yoki sust hududlar aniqlanadi.
5. Tadqiqot va ilmiy ishlanmalar uchun asosiy manba. Ilmiy-tadqiqot institutlari, magistr
va doktorantlar kichik biznesga oid statistik tahlil ishlari uchun aynan ushbu axborot bazalariga
tayanadi. Bu esa fan va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkaml
ab, yangi yechimlar ishlab
chiqilishiga xizmat qiladi.
6. Shaffoflik va hisobot beruvchanlikni ta’minlash. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining
raqamli monitoringi ularning davlat oldidagi shaffofligini oshiradi. Bu esa korrupsion holatlarni
kamaytirishga, soliq bazasini kengaytirishga va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga
xizmat qiladi.
Axborot bazasi
–
bu nafaqat
statistik ko‘rsatkichlar ombori, balki strategik boshqaruv,
siyosiy qarorlar, moliyaviy rejalashtirish va ilmiy izlanishlar uchun poydevor bo‘lib xizmat
qiladi. Ayniqsa, kichik biznes sohasida ishonchli va real ma’lumotlarning mavjudligi sektorning
barqaror rivojlanishi, adolatli resurs taqsimoti va samarali davlat yordamini tashkil etishda hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois, axborot bazalarini yangilash, ularni integratsiyalash va
sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirish zamonaviy iqtisodiyot talabi
dir.
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida statistik ma’lumotlarni faqat qog‘oz shaklida yig‘ish
samarasiz bo‘lib qoldi. Shu sababli, O‘zbekistonda kichik biznes subyektlariga oid axborotlar
bazasi raqamlashtirilgan, markazlashgan va real vaqt rejimida yangilanadigan tizim sifatida
shakllantirilmoqda.
Bunday bazalar quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi:
–
Davlat statistika portali (www.stat.uz)
–
barcha tarmoq va hududlar kesimida ochiq
statistik ma’lumotlar taqdim etiladi;
–
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)
–
tadbirkorlik subyektlari
ro‘yxatga olinishi, litsenziyalar, soliq to‘lovlari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar
integratsiyalashgan;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
75
–
Soliq qo‘mitasi va banklar ma’lumot bazalari –
moliyaviy ko‘rsatkichlar, kreditlar,
to‘lovlar, subsidiyalar;
–
Yagona elektron statistik hisobot tizimi
–
subyektlar o‘z faoliyati to‘g‘risida elektron
shaklda hisobotlar topshiradi.
Bu bazalar orqali katta hajmdagi statistik ma’lumotlar yig‘iladi, tahlil qilinadi va turli
foydalanuvchilarga
–
davlat idoralari, tadqiqotchilar, investorlar va jamoatchilikka taqdim
etiladi. Sun’iy intellekt asosidagi tahlil mexanizmlari esa bu ko‘rsatkic
hlar asosida real vaqtli
prognozlar va qarorlarni ishlab chiqishga yordam bermoqda.
2-rasm. Axborot bazasi samaradorligining asosiy jihatlari
Axborotlar bazasi bugungi raqamli iqtisodiyotning ajralmas infratuzilmasi hisoblanadi.
Ayniqsa, kichik biznes sektorini rivojlantirish, monitoring qilish va samarali boshqarish uchun
axborotlar bazasi yuqori darajadagi funksional qulaylik, tahliliy imkoniyat va boshqaruv
samaradorligini ta’minlaydi. Mazkur tizim orqali yig‘iladigan va tahlil qilinadigan ma’lumotlar
turli darajadagi foydalanuvchilar - davlat boshqaruvi organlari, tadbirkorlar, investorlar, ilmiy-
tadqiqot muassasalari uchun muhim manba bo‘lib
xizmat qiladi. Axborot bazasining
samaradorligi quyidagi asosiy jihatlar orqali namoyon bo‘ladi:
1. Ma’lumotlarning tezkorligi va aniqligi. Axborotlar bazasi orqali statistik ma’lumotlarni
yig‘ish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, inson aralashuvi minimal darajada bo‘ladi. Bu esa
birinchi navbatda ma’lumotlarning aniqligi, ishonchliligi va xatolardan xoli bo‘lishini
ta’minlaydi. Misol uchun, kichik biznes subyektlari o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni
elektron shaklda bevosita yagona tizimga topshirishadi, bu esa qog‘ozbozlik va oraliq
mexanizmlarni yo‘q qiladi
[9]
.
2. Qaror qabul qilishda analitik quvvat. Yaxshi tashkil etilgan axborot bazasi nafaqat
raqamlarni saqlaydi, balki ularni strukturaviy tahlil qilish,
solishtirish, dinamikasini ko‘rish va
prognozlar chiqarish imkonini beradi. Masalan, qaysi hududda kichik biznes tezroq
rivojlanayotganini yoki qayerda sustlik kuzatilayotganini aniqlash orqali davlat qo‘llab
-
quvvatlash mexanizmlari aniqlashtiriladi. Shu bilan birga, sektorlar kesimida (sanoat, xizmat
ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va h.k.) kichik biznesning o‘sish sur’atlari tahlil qilinadi va har bir
yo‘nalish uchun alohida siyosiy yondashuvlar ishlab chiqiladi.
3. Resurslar taqsimotining oqilonaligi. Axborot bazasida jamlangan statistik ma’lumotlar
orqali soliq imtiyozlari, subsidiyalar, kreditlar va boshqa resurslarni adolatli va maqsadli
taqsimlash imkoni paydo bo‘ladi. Har bir kichik biznes subyekti faoliyatiga oid real ma’lumotlar
Ma’lumotlarning tezkorligi va aniqligi
Qaror qabul qilishda analitik quvvat
Resurslar taqsimotining oqilonaligi
Nazorat va shaffoflikni ta’minlash
Vaqt va xarajat tejalishi
Ochiqlik va ommaviy foydalanish imkoniyati
Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar uchun tayanch baza
Bozor ishtirokchilarining raqobatbardoshligini oshirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
76
mavjud bo‘lgani sababli, resurslar eng muhtoj va istiqbolli subyektlarga yo‘naltiriladi. Bu esa
davlat resurslarining samarasiz sarflanishining oldini oladi.
4. Nazorat va shaffoflikni ta’minlash. Axborotlar bazasi kichik biznes subyektlari ustidan
doimiy, lekin ortiqcha byurokratiyasiz nazorat mexanizmini yaratadi. Elektron hisobotlar,
moliyaviy ko‘rsatkichlar, soliq to‘lovlari kabi ma’lumotlar bir tizimda jam
langani tufayli ularni
monitoring qilish va solishtirish osonlashadi. Bu esa korrupsion holatlarni kamaytiradi,
raqobatbardosh muhitni shakllantiradi va biznes muhiti shaffofligini oshiradi.
5. Vaqt va xarajat tejalishi. Ma’lumotlarni qog‘ozda yig‘ish, ularni qo‘lda kiritish va qayta
ishlash katta mehnat va vaqt talab etadi. Raqamlashtirilgan axborot bazasi orqali esa bu
jarayonlar avtomatlashtiriladi. Tadbirkor o‘z ofisidan chiqmasdan hisobot
larni topshirishi,
kerakli statistik ma’lumotlarni yuklab olishi yoki kerakli tahlillarni shakllantirishi mumkin. Bu
esa nafaqat foydalanuvchi, balki davlat tizimi uchun ham operatsion xarajatlarni keskin
kamaytiradi.
6. Ochiqlik va ommaviy foydalanish imkoniyati. Ko‘pgina statistik axborot bazalari
bugungi kunda ochiq ma’lumotlar shaklida taqdim etilmoqda. Masalan, www.stat.uz,
data.egov.uz va boshqa platformalar orqali foydalanuvchilar istalgan soha, hudud yoki
ko‘rsatkich bo‘yicha kerakli statistik ma’lumotlarga bemalol ega bo‘lishlari mumkin. Bu esa
jurnalistlar, tadqiqotchilar, talabalar, investitsiya muassasalari va jamoatchilik uchun katta
imkoniyat yaratadi.
7. Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar uchun tayanch baza. Kichik biznesga oid yirik statistik
ma’lumotlar bazasi innovatsion iqtisodiy tadqiqotlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat
qiladi. Masalan, regressiya modellari, prognozlash uslublari, sektorlararo tahlillar va
makroiqtisodiy simulyatsiyalar aynan mana shu statistik bazaga asoslanadi. Natijada ilm-fan va
amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yaratiladi.
8. Bozor ishtirokchilarining raqobatbardoshligini oshirish. Tadbirkorlar axborot
bazasidan foydalanish orqali bozordagi umumiy vaziyat, narxlar dinamikasi, talab va taklif
balansi haqida tasavvurga ega bo‘lishadi. Bu esa ularga tezkor strategik qarorlar qa
bul qilish,
yangi mahsulotlar ishlab chiqish, xizmatlarni diversifikatsiya qilish yoki eksport
imkoniyatlarini aniqlashda yordam beradi. Ma’lumotga asoslangan boshqaruv yondashuvi –
bu
zamonaviy bozor talabining asosi hisoblanadi.
Axborotlar bazasining samaradorligi
–
bu faqat texnologik yutuq emas, balki iqtisodiy
boshqaruv madaniyatining yangi bosqichi hisoblanadi. Ayniqsa, kichik biznes sektori kabi tez
o‘zgaruvchan va ko‘p tarmoqli sohalarda axborotlar bazasi orqali qarorlar qab
ul qilish,
rivojlanishni tahlil qilish va resurslarni samarali taqsimlash imkoniyati davlat va jamiyat uchun
beqiyos foyda keltiradi. Shu sababli, mavjud axborot bazalarini doimiy ravishda yangilash,
ularni integratsiyalash va foydalanuvchilarga yanada qul
ayroq qilish ustuvor vazifa bo‘lib
qoladi.
Raqamli statistika bazalari yordamida quyidagi natijalarga erishilmoqda:
–
ma’lumotlar yig‘ish
jarayoni soddalashdi va tezlashdi;
–
hisobotlarda inson xatosi kamaydi;
–
tahliliy vositalar orqali qaror qabul qilish ishonchliroq bo‘ldi;
–
kichik biznes subyektlari uchun davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash mexanizmlari
aniqlik kasb etdi
[10]
.
Kelgusida bu bazalarni sun
’
iy intellekt texnologiyalari, GIS (geografik axborot tizimlari)
va blokcheyn asosida rivojlantirish rejalashtirilgan bo
‘
lib, bu orqali kichik biznesning yanada
aniq, shaffof va tahliliy monitoringini amalga oshirish imkoniyati kengayadi.
Axborotlar bazasining kichik biznes sohasi faoliyatini boshqarishdagi o
‘
rni yildan-yilga
ortib bormoqda. Biroq har qanday tizim singari, axborotlar bazasi ham o
‘
zining kuchli va zaif
tomonlariga, shuningdek, tashqi muhitdan kelib chiqadigan imkoniyatlar va xavflarga ega. Shu
bois, mazkur tizim samaradorligini har tomonlama tahlil qilish va yanada takomillashtirish
yo
‘
llarini aniqlashda SWOT tahlili dolzarb metod hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
77
SWOT tahlili
—
bu tashkilot yoki tizimning Strengths (kuchli tomonlar), Weaknesses (zaif
tomonlar), Opportunities (imkoniyatlar), Threats (xavf-xatarlar) bo
‘
yicha to
‘
liq tahlilini o
‘
z
ichiga oluvchi strategik tahlil vositasidir. Ushbu metod orqali mavjud axborotlar bazasining
afzalliklarini aniqlab, zaif jihatlarini kamaytirish, tashqi imkoniyatlardan to
‘
g
‘
ri foydalanish
hamda xavf-xatarlarni oldindan aniqlab, ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish mumkin
bo
‘
ladi.
SWOT tahlilining axborotlar bazasi uchun zaruriyati quyidagicha asoslanadi:
1.Tizimli yondashuvni ta’minlaydi. SWOT tahlili orqali axborot bazasining texnik,
tashkiliy, huquqiy va foydalanuvchi bilan bog‘liq jihatlari kompleks tarzda baholanadi. Bu esa
tizimga bir yoqlama emas, balki ko‘p qirrali yondashish imkonini beradi.
2.Stratejik qarorlar uchun asos yaratadi. Kuchli va zaif tomonlar, tashqi imkoniyatlar va
xavf-xatarlar aniqlangach, axborot bazasini rivojlantirish, yangilash yoki integratsiyalash
bo‘yicha aniq strategik rejalar tuziladi.
3.Resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Zaif tomonlar aniqlangach, resurslar
aynan o‘sha yo‘nalishga yo‘naltiriladi, bu esa ortiqcha xarajatlarning oldini oladi. Masalan,
foydalanuvchi interfeysi murakkab bo‘lsa, dasturchilar e’tiborini aynan s
hu muammoga
qaratish lozim bo‘ladi.
4.Innovatsion imkoniyatlarni ko‘rsatadi. Tashqi imkoniyatlar tahlili orqali yangi
texnologiyalarni joriy etish (masalan, sun’iy intellekt, blokcheyn, real vaqt monitoring tizimi)
uchun imkoniyatlar ochiladi. Bu esa tizimni zamonaviy talablarga moslashtirishga xizmat
qiladi.
5.Xavf-
xatarlarni bashorat qiladi. Ma’lumotlar xavfsizligi, texnik uzilishlar,
foydalanuvchilarning texnologiyaga nisbatan ishonchsizligi, yoki qonunchilikdagi o‘zgarishlar
kabi salbiy omillar SWOT tahlili orqali oldindan aniqlanadi va ularning salbiy ta’s
irini
kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
6.Tashkiliy islohotlarni yo‘naltiradi. Axborot bazasini yurituvchi tashkilotlar uchun SWOT
tahlili ularning tashkiliy tuzilmasini, mas’uliyat taqsimotini va ichki boshqaruv mexanizmlarini
qayta ko‘rib chiqishga yordam beradi.
7.Ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Tahlil natijasida axborotlar bazasi
foydalanuvchilar ehtiyojlariga moslashtirilsa, bu nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki davlat
xizmatlarining shaffofligi, ishonchliligi va fuqarolar orasida qoniqish darajasini ham yuqori
ko‘taradi.
Xulosa va takliflar.
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi va axborot bazasi bir
-
biri bilan uzviy bog‘langan. Statistik
ko‘rsatkichlar –
bu iqtisodiy faoliyatning natijalarini ifodalaydigan raqamli ifodalar bo‘lsa,
axborot bazasi
–
ushbu raqamlarni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va
taqdim etish vositasidir. Ular
birgalikda quyidagicha ishlaydi:
Har bir kichik biznes subyekti faoliyati haqida ma’lumot axborot bazasiga real vaqt
rejimida elektron shaklda kiritiladi.
Ma’lumotlar to‘plangach, ular statistik ko‘rsatkichlarga aylantiriladi (masalan, “1000 ta
YATT tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasida ishlatilgan mablag‘ miqdori”).
Shu ma’lumotlar asosida makroiqtisodiy tahlillar olib boriladi,
prognozlar tuziladi va
iqtisodiy siyosat shakllanadi.
Axborot bazasi bu ko‘rsatkichlarni qulay formatda taqdim etib, davlat, xususiy sektor va
ilmiy muassasalar uchun ochiq statistik resurs bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, kichik biznes faoliyatini chuqur va aniq baholash uchun bir vaqtning o‘zida kuchli
statistik ko‘rsatkichlar tizimi va raqamli axborotlar bazasiga ega bo‘lish zarur. Statistik
ko‘rsatkichlar orqali soha tahlil qilinsa, axborotlar bazasi bu ma’lumotla
rni saqlash, uzatish va
ishlov berishni ta’minlaydi. Ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik esa iqtisodiy boshqaruv
samaradorligini oshiradi va maqsadli siyosat yuritish imkonini yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
78
Kichik biznes har qanday mamlakat iqtisodiyoti uchun asosiy tayanch ustunlaridan biri
hisoblanadi. Uning rivojlanishi nafaqat bandlikni oshiradi, balki innovatsiyalar, xizmatlar sifati
va hududiy iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri sifatida maydonga chiqa
di. Shu bois, kichik
biznesning real holatini tahlil qilish, uning dinamikasini kuzatib borish va strategik
boshqaruvni ta’minlash uchun aniq statistik ko‘rsatkichlar tizimi va zamonaviy axborotlar
bazasi zarurdir.
Adabiyotlar/Литература/References:
Agentlik (2024) O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, “O‘zbekiston iqtisodiyoti
2024-yil yanvar
Ergashov S., Komiljonov B. (2024). Kichik biznesga ta’sir qiladigan omillarning statistik
tahlili. Iqtisodiy tahlil va tadqiqotlar jurnali, 1(2024). www.itijournal.uz/2024/01/ergashov-
komiljonov
Furqatbek X. (2025). Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojlanishining
iqtisodiy-statistik
tahlili.
Hududiy
iqtisodiyot
jurnali,
2(2025).
www.hududiyiqtisod.uz/2025/02/furqatbek
Gulnora S. (2024). Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik aholi
turmush darajasini oshirishning bir faktori sifatida. Iqtisodiyot va innovatsiyalar jurnali, 3(2024).
www.iqtisodinnovatsiya.uz/2024/03/shodiyeva
Han-Sol L., Sergey U. C., Szabolcs N. (2022). Motivations and locational factors of FDI in CIS
countries: Empirical evidence from South Korean FDI in Kazakhstan, Russia, and Uzbekistan.
Emerging Markets Review, 50, Article 100850. https://doi.org/10.1016/j.ememar.2021.100850
Mirziyoyev Sh.M. (2025) “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida” gi PF
-50-son, 2025-yil, 19-mart.
Nazar, PhD Nazarov. (n.d.) "STATISTICAL RESEARCH METHODS OF BUSINESS ENTITIES IN
FREE ECONOMIC ZONES IN UZBEKISTAN."
NAZAROV, N. (2021). Analysis of business entities with the development of innovative and
investment activities of entrepreneurship in free economic zones. THEORETICAL & APPLIED
SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (10), 719
-727.
Nusrat A. Jimi, et al. (2020). The Effects of Access to Credit on Productivity Among
Microenterprises.
Journal
of
Productivity
Analysis,
54(1),
45
–
63.
https://doi.org/10.1007/s11123-020-00520-7
Назар, Назаров. (2021)."THE ROLE OF FREE ECONOMIC ZONES IN DEVELOPMENT OF
SMALL BUSINESS IN UZBEKISTAN."
ЖУРНАЛ ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ
4.6.
