Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
13
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘INING O
‘
ZBEKISTON
RESPUBLIKA BUDJETIDAGI SALMOG‘I
Hakimov Feruz
Xurshid o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi, soliq qonunchiligiga kiritilgan
o‘zgatirishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, uning 2022
-2023-
yillar
dagi o‘zgarish ko‘rsatkichlari muallif tomonidan o‘rganilgan
.
Xorijiy mamalakatlar soliq tizimi bilan
iqtisodiy-
tahliliy taqqoslash yo‘llari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
rezident, mulkiy daromadlar, moddiy naf, davlat budjeti, soliq tizimi, daromad sol
ig‘i.
ДОЛЯ ПОДОХОДНОГО НАЛОГА В БЮДЖЕТЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Хакимов Феруз Хуршид углы
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация.
В статье описывается налоговая система Республики Узбекистан, изменения,
внесенные в налоговое законодательство. Автором изучен налог на доходы физических лиц и
показатели его изменения за 2022
-
2023 годы. Выделены пути экономико
-
аналитического
сопоставления с налоговой системой зарубежных стран.
Ключевые
слова
:
резидент,
имущественный
доход,
материальная
выгода,
государственный бюджет, подоходный налог.
AMOUNT OF PERSONAL INCOME TAX IN THE REPUBLIC BUDGET OF UZBEKISTAN
Hakimov Feruz Khurshid ugli
Tashkent State University of Economics
Annotation
.
The article describes the tax system of the Republic of Uzbekistan, the changes made to
the tax legislation. The personal income tax and its change indicators for 2022-2023 were studied by the
author. Ways of economic-analytical comparison with the tax system of foreign countries are highlighted.
Keywords
:
resident, property income, material benefit, state budget, income tax.
Kirish.
Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishida soliq tizimi muhim richag bo‘lib hisoblanadi. Boisi,
davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai soliqlar orqali shakllanadi. Davlat faoliyatining
barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri davlat ustuvorligini
amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Amaldagi soliq tizimizdagi 9 ta soliq turi mavjud
bo‘lib, bulardan har birining ulushi davlat budjeti parametrlarida alohida aks ettiriladi.
Misol uchun birgina jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga e’tibor beradigan bo‘lsak,
qanday tartibdagi aholi qatlami ushb
u soliq to‘lovchilari hisoblanadi degan savol tug‘iladi. Jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etilishi quyidagi ikki
holatda amalga oshiriladi. Bular:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lga
n jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining
norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.
III SON - IYUL, 2023
13-19
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
14
Soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun O‘zbekiston
Respublikasining soliq rezidenti
bo‘lishi va tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har
qanday ketma-
ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston
Respublikasidasi hududida f
aoliyat olib borishi talab etiladi. Soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan
har qanday jismoniy shaxsning soliq solish obyekti safatida
o‘rtacha har oy mobaynida oladigan
daromadlaridan davlat budjetiga undiriladi hamda soliq bazasi har bir soliq solish
obyekti bo‘yicha
alohida aniqlanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, jsimoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rganilgan tadqiqotlarga to‘xtalib o‘tsak.
Liu Huaning (2015)
ta’kidlashicha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig
‘
i to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri soliq sifatida, soliq salmog‘i yuqori bo'lganligi sababli, rezidentlarning iste'mol xatti
-harakatlariga
sezilarli darajada salbiy ta’sir ko
‘
rsatishini aniqladi.
Gentry va Hubbard (2002) olib borga ilmiy izlanishlari davomida tobora progressiv soliq ostida
yuqori harakatchanlikka erishish ehtimolini o
‘
rganishdi. Xususan, mualliflar yuqori soliq stavkalari va
soliq stavkalarining progressivligini oshirish sharoitida yaxshiroq ishga o
‘
tish ehtimolini o
‘
rganib
chiqdilar. Mualliflar iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosining soliq modellashtirish dasturi TAXSIM dan,
jumladan, uy xo
‘
jaligining kelajakdagi mumkin bo
‘
lgan marjinal soliq stavkasi va soliq tizimining
progressivligi o
‘
zlarining soliq o
‘
zgaruvchilari o
‘
lchovlarini yaratish uchun foydalanishdi. Tadqiqot
federal va shtat daromad solig
‘
i to
‘
lovlari bilan bir qatorda federal va shtat hukumatlarining turli
marjinal daromad solig
‘
i stavkalarini o
‘
z ichiga oladi
4
.
Tae-
hwan Rhee (2012) ta’rifiga ko
‘ra
daromad solig
‘
ining progressivligi va yalpi ishlab chiqarish
o
‘
rtasidagi bog
‘
liqlikni o
‘
rganib chiqdi. Muallifning tadqiqoti faqat nazariyaning o
‘
zi soliq tizimining
progressivligi daromadlar tengligining oshishiga olib keladimi yoki yo'qligini aniqlay olmaydi, degan
kuzatishi bilan turtki bo
‘
ldi. Uning fikricha, bu masala, albatta, empirikdir, chunki munosabatlar boshqa
narsalar qatori daromad taqsimoti, turli daromad guruhlari mehnat taklifining egiluvchanligi,
migratsiya va tejash yoki iste’mol qilish moyilligiga bog
‘
liq degan xulosaga kelgan
5
.
Eremenko (2019) ning dissertatsiya tadqiqotida daromadni soliqqa tortishda adolat tushunchasi
va milliy soliq tizimini takomillashtirishga ta’sirini baholash kerak degan fikrni ilgari surgan.
Weller and Rao (2010) olib borgan tadqiqotlari natijasida iqtisodiy barqarorlikni oshirishda
progressiv daromad solig‘i siyosatining rolini baholadila
r.
Hartman (2002) O‘yin nazariyasi tahlili asosida progressiv soliqqa tortish iqtisodiy
samaradorlikni oshirishi mumkin bo'lgan mexanizmlarni o
‘
rganishga harakat qildi. Tadqiqot shuni
ko
‘
rsatdiki, soliq stavkalarining progressiv tuzilishi kuchli manfaatdor guruhlar tomonidan ijaraga olish
faoliyatiga to
‘
sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, qog
‘
oz progressiv soliqqa tortish iqtisodiy
samaradorlikni oshiradigan ko
‘
proq ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatiga yordam berishi mumkinligini
ko
‘
rsatadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolani shakllantirishda daromad solig
‘i bo‘yicha qiyosiy
tahlil metodikasidan
foydalanilgan bo
‘lib,
xorijiy mamlakalarning soliq tizimi bilan taqqoslab o
‘rganilgan.
Qolaversa, analiz,
sintez, induksiya, deduksiya
metodlariga tayanilgan holda, tadqiqot olib borilgan va yakuni bo‘yicha
xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 381
-moddasi 1-qismiga
muvofiq jismoniy shaxsnin
g daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. Yangi
tahrirdagi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-
qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari
bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyi
dagilar kiradi:
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4
https://taxfoundation.org/income-taxes-affect-economy/
5
https://www.aeaweb.org/conference/2013/retrieve.php?pdfid=394
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
15
4) boshqa daromadlar. Boshqa hollarda daromadlarni soliqqa tortish qonunchilikka xilof
hisoblanadi.
Yuqoridagi ma’lumotlarga muvofiq daromad solig‘ini to‘lash tartibi daromad manbaidan yoki
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi. Deklaratsiya taqdim etishdan maqsad
daromad oladigan jismoniy shaxslar qo‘shimda ish joyiga ega bo‘lsa, mulkni ijaraga berish, mol
-mulkni
sotish, O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlar evaziga soliq davrining 1
- aprelidan
kechiktirmagan tartibda o‘zi istiqomad qilib turgan soliq inspeksiyasiga taqdim etishi so‘raladi.
Daromad solig‘ini rivojlangan mamlakatlar misolida tahlil qiladigan bo‘lsak
Germaniyada amaldagi soliq tizimida daromad solig‘i progressiv ya’ni o‘sib boruvchi shkalarda
hisoblanadi. Jismoniy shaxsning daromadiga soliq solish progressivdir. Boshqacha qilib aytganda,
daromad qancha ko‘p bo‘lsa, to‘lanadigan soliq
stavkasi shunchalik yuqori bo‘ladi. 2023 yilda
Germaniyada jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari 14%-45% ni tashkil qiladi. Turmush
qurmaganlar 277 825 evrodan yuqori daromad solig‘i bo‘yicha 45% miqdorida to‘laydilar.
1-jadval
Germaniyada
shaxsiy daromad solig‘i stavkalari, 2023
-yil
6
Soliq %
Soliq bazasi (EURO)
0
10 347 gacha
14%-24%
10,909-15,999
24%-42%
16 000-62 809
42%
62,810-277,825
45%
277 826 va undan yuqori
Daromad solig‘iga qo‘shimcha tarzda
barcha jismoniy
shaxslar va biznes solig‘i to‘
lovchilari biznes
daromadlari uchun, jamoat a’zolari esa 8%
-
9% miqdorida cherkov solig‘ini to‘laydilar
.
Angliya davlatida daromadlar Germaniya soliq qonunchiligidan biroz farqli ravishda quyidagi 2-
jadvalga muvofiq 4 toifaga ajratilgan. Ularda shaxsiy nafaqalar yevrogacha 0 % stavkada soliq
solinmaydi. Asosiy stavkada ya’ni o‘rtacha daromad solig‘i 20% dan boshlab daromad oshib borgani sari
o‘sib boruvchi stavkada 0%, 20% , 40%, 45% gacha soliqqa tortiladi.
2-jadval
Angliyada daromad solig‘i stavkalari va ko‘rsatkichlari
7
Band
Soliq solinadigan daromad
Soliq stavkasi
Shaxsiy nafaqa
12 570 funt sterlinggacha
0%
Asosiy stavka
12 571 funt sterlingdan 50 270 funtgacha
20%
Yuqori stavka
50 271 funt sterlingdan 125 140 funt gacha
40%
Qo‘shimcha stavka
£ 125,140 dan ortiq
45%
Angliyada soliq qonunchiligiga muvofiq joriy etilgan soliqlar bir yil ya
’
ni joriy soliq yili 2023-yil
6-apreldan 2024-yil 5-aprelgacha amal qiladi. Keyingi yildan boshlab soliq bazasi boshqatdan joriy
qilinadi. Agarda Angliyada 125,140 funt sterlingdan ortiq soliqqa tortiladigan daromad mavjud bo
‘
lsa,
fuqaroga shaxsiy nafaqa to
‘
lanmaydi.
AQSh bilan solishtirib tahlil qiladigan bo‘lsak, dunyoda murakkab
soliq tizimi mavjud davlatlardan biri hisoblanadi. Ularda federal soliqlar undirladi hamda AQSh
konstitutsiyasiga muvofiq soliqlar shtatlardaning o‘zlaridan kelib chiqqan holda joriy qilinadi yoki
bekor qilinadi. Endi, quyidagi 2024-
yilda topshirilishi kerak bo‘
lgan 2023 soliq yili uchun soliq
stavkalari jadvaliga qaraydigan bo‘lsak:
6
https://www.worldwide-tax.com/germany/germany-taxes.asp
7
https://www.gov.uk/income-tax-rates
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
16
3-jadval
2023 yil uchun AQSh Federal daromad solig‘i to‘plami (to‘ldirishning oxirgi muddati:
2024-yil 15-aprelgacha)
Uylanmagan
Turmush qurganlar
birgalikda ariza
berganlar uchun
Turmush qurganlar
alohida ariza
berganlar uchun
Uy xo‘jaligi boshlig‘i
10%
$0
–
$11,000
$0
–
$22,000
$0
–
$11,000
$0
–
$15,700
12%
$11,001
–
$44,725
$22,001
–
$89,450
$11,001
–
$44,725
$15,701
–
$59,850
22%
$44,726
–
$95,375
$89,451
–
$190,750
$44,726
–
$95,375
$59,851
–
$95,350
24%
$95,376
–
$182,100
$190,751
–
$364,200
$95,376
–
$182,100
$95,351
–
$182,100
32%
$182,101
–
$231,250 $364,201
–
$462,500 $182,101
–
$231,250 $182,101
–
$231,250
35%
$231,251
–
$578,125 $462,501
–
$693,750 $231,251
–
$346,875 $231,251
–
$578,100
37%
$578,126+
$693,751+
$346,876+
$578,101+
Boshqa federal davlatlar singari AQSh da ham soliqlar o‘sib boruvchi stavkada qo‘llaniladi. Ularda
soliqqa tortishning o‘ziga xos uslublaridan biri soliq to‘lovchjilar daromadi hajmi bilan birgalikda oilaviy
holati, lavozimiga qarab soliqqa tortilar ekan. Biroq, Rhee va boshalarning tadqiqotlar shuni
ko’rsatadiki, AQShning har bir shtatida o'rtacha soliq stavkasi va daromad solig’nin
g progressivligi
1979-2004 yillar davomida olib borilgan kuzatishlar natjasida progressivlik indeksining 0,01 ga oshishi
yalpi davlat mahsulotini 0,5 foiz punktga kamayishiga olib kelishi ma’lum bo’ldi
8
.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan mamlakatlarda soliq
tizimi, soliqqa tortish mexanizmi bilan tanishib chiqadigan bo‘lsak:
Qozog‘istonda soliq rezidentlari butun dunyo bo‘ylab daromadlari bo‘yicha soliqqa tortiladilar,
soliq norezidentlari esa faqat
Qozog‘istondan olingan daromadlariga soliqqa tortiladi. Umumiy soliq
stavkasi 10%.
Turkmanistonda rezidentlar odatda butun dunyo bo‘ylab daromadlari, jumladan, ovqatlanish, uy
-
joy, boshqa joyga ko‘chib o‘tish kabi naqd nafaqalar uchun soliqqa tortiladi. Um
umiy soliq stavkasi 10%.
Qirg‘izistonda soliq rezidentlari bo‘lgan fuqarolar butun dunyo bo‘ylab daromadlaridan soliqqa
tortilishi kerak. Soliq maqsadlarida rezident bo‘lmagan Qirg‘iziston fuqarolari va chet el fuqarolari faqat
Qirg‘izistondagi daromadlariga soliq solinadi. Ko‘p turdagi daromadlar uchun solinadigan soliq stavkasi
umumiy 10%
Tojikistonda norezident jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq solinadi. Soliq solish,
birinchi navbatda, ushlab qolish orqali amalga oshiriladi. Biroq, ayrim cheklangan hollarda, norezident
shaxslar o‘z
-
o‘zini baholashni talab qiladi. Muayyan shartlarda yoki ikki tomonlama soliq toʻgʻrisidagi
shartnoma qoidalari mavjud boʻlganda, norezident jismoniy shaxslar Tojikistonda soliq solishdan ozod
qilinishi mumkin. Shaxsiy
daromad solig‘i stavkalar rezidentning asosiy ish joyidagi shaxsiy chegirma
summasidan ortiq soliq solinadigan daromadiga 12% stavka bo‘yicha soliq solinadi. Norezidentlarning
mehnat daromadlari 20% miqdorida soliqqa tortiladi.
Soliq solinadigan boshqa da
romadlar, sug‘urtalangan shaxs uchun ijtimoiy soliq bundan mustasno,
chegirmalarsiz 15% stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi.
O‘zbekiston Respublikasida amalda qo‘llanilayotgan daromad solig‘i quyidagi 3
-jadvalda batafsil
keltriib o‘tilgan.
4-jadval
O‘zbekiston Respublikasi, Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 2023
-yil
9
Soliq solinadigan daromad
Soliq stavkasi (%)
Ish bilan ta’minlangan daromad, ijara daromadi, kapital o‘sishi va boshqalar
12
Rezidentlar uchun dividendlar va foizlar
5
8
https://www.semanticscholar.org/paper/Macroeconomic-Effects-of-Progressive-Taxation-
Rhee/27c7e355a46239bf5cc5db85a9a3f7917799ab90#citing-papers
9
https://taxsummaries.pwc.com/republic-of-uzbekistan/individual/taxes-on-personal-income
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
17
Yuqorigi ma’lumotlardan ko‘rinib turindiki, Markaziy Osiyo mamlakatlarida joriy qilingan
daromad solig‘i o‘rtacha 10
-
12% ni tashkil etar ekan. Norezident jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi
manbalardan olinadigan shaxsiy daromadlariga quyidagi stavkalar
bo‘yicha soliq solinadi:
Soliq solinadigan daromad
Soliq stavkasi
(%)
Dividendlar va foizlar
10
Transport (yuk tashish) xizmatlari
6
Boshqa daromadlar (shu jumladan royalti, ish bilan bog‘liq daromadlar va
boshqalar)
12
Oldingi yillar bilan
solishtirib ko‘radigan bo‘lsak, mamlakatimizda 2018
-yilgacha soliqqa tortish
tartibi progressiv usulda qo‘llanilgan bo‘lsa, proposional stavkaga o‘tganimizdan keyin budjetdagi
tushumda sezilarli o‘zgarish qayd etildi. Quyidagi (1
-rasmda) tushumlar dinamikasi keltirilgan.
1-rasm
.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
tushumi dinamikasi
2018-2021 yillar kesimida
10
Manbada ko
‘rinib turibdiku, 2019
-
yildan boshlab davlat budjetiga qariyb 2 hissa ko‘p soliqlar
kelib tushgan. Qolaversa ushbu
ko‘rsatkich yillar kesimida oshib bogan. YaIM dagi ulushi ham 1,8 trln
so‘mdan mos ravishda 2,6; 2,6 va 2,5 % ga oshgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining
2022-
yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki nat
ijalari
to‘g‘risida bergan ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 2022
-
yilda 24,3 trln so‘mni (shu jumladan,
to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliq bo‘yicha –
22,5 trln. so‘mni) tashkil etib, 2021
-yilga nisbatan
5,4 mrld so‘mga yoki 28,4%ga oshgan. Bunda, qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 2022 yilda 393,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021 yilga
nisbatan 3,4 mlrd so‘mga yoki 0,9%ga kamaydi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
bo‘yicha tushumlarning o‘sishiga bir qator omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, budjet sektorida eng
kam ish haqini 2021-
yilga nisbatan o‘rtacha14,7%ga oshirilishi hamda iqtisodiyotning barcha
sektorlarida xodim
lar soni va mehnatga haq to‘lash fondini legallashtirib borilishi natijasida 2022
-yilda
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari soni 5 018 mingtani tashkil etib, 2021 yilga
nisbatan 215 mingtaga yoki 8%ga oshdi.
10
https://m.kun.uz/uz/news/2021/03/18/ozbekistonliklar-2020-yilda-1-000-000-000-000-som-kam-soliq-toladi
2018
2019
2020
2021
0
5
10
15
20
Tushum trln
so'm
YaIM ulushi
Tushum trln so'm
YaIM ulushi
2018
7,4
1,8
2019
13,3
2,6
2020
15,1
2,6
2021
16,8
2,5
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
18
Prezident qarori bilan
norezidentlarning O‘zbekistondan olinadigan daromadlaridan
(dividendlar, foizlar va yuk tashishdan olinadigan daromadlardan tashqari) undiriladigan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizga tushirildi. 2022
-yil 1-apreldan
2024-yil 31-
dekabrgacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari
va norezidentlari) aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalaridan dividendlar ko‘rinishidagi daromadlari
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod
etildi. Quyidagi 2-rasmda keltrilgan
ma’lumotlarga tayangan holda 2022
-yil hamda 2023-yilning I choragi davomida budjetga kelib tushgan
soliqlar tarkibida QQS hamda foyda solig‘idan keyingi 3
-
o‘rinda daromad solig‘i 5237 mlrd. so‘mdan
6622 mlrd. so‘mgacha oshgani ma’lum bo‘ldi.
2-
rasm. Soliq turlari bo‘yicha 2022
-2023-yilning I choragida budjetga tushgan tushumlar
(mlrd. so‘mda)
11
Joriy 2023-
yilda jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga
yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati (bugungi kunga kelib 300 mln so‘m) bo‘yicha
talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq
solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80
bar
avarigacha (yoki 73,6 mln so‘m) oshirilmoqda
12
. Davlat budjeti daromadlari prognozi 2023- yilda
232,107.1 mlrd. so‘m yoki YAIMga nisbatan 21,8 foiz bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, uning ulushida
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I to‘lovchilari 5,5 mln dan ortiq kishini tashkil etadi.
Shundan 242, 758 ming nafari ya’ni 4,4 % ini YaTT lar tashkil etmoqda.
Xulosa va takliflar.
Yuqorida keltirib o
‘tilgan ma’lumotlar asosida daromad solig‘ining budjetdagi ulushi ahali
daromadlariga ta’siri hamda xorijiy mamlakatlarning soliq tizimi bilan solishtirb o‘rganildi. Shundan
ko‘rinib turibdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda daromad solig‘ining
foiz stavkasi 10-12% qilib
belgilangani mamlakatda soliq yukini kelib chiqishiga olib kelmaydi degan xulosaga kelinadi.
O
‘rganilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda soliq yukini hisoblash mexanizmlari
takomillshtirilmoqda shu bilan bir qatorda Laffer qonuniga muvofiq amaldagi soliq yuki ko’rsatkichi 22
% deb belgilandi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, kam daromadli mamlakatlarda ushbu soliqning
11
https://www.soliq.uz/page/jismoniy-shaxslarga-soliq-
solish ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
12
https://www.spot.uz/oz/2023/01/02/tax-changes/
QQS
Aksiz solig'i
Foyda solig'i
JShODS
Resurs solig'i
Mol-mulk solig'i
Aylanmadan soliq
yer solig'i
Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq
0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% 80% 90% 100%
QQS
Aksiz
solig'i
Foyda
solig'i
JShODS
Resurs
solig'i
Mol-mulk
solig'i
Aylanmad
an soliq yer solig'i
Yer
qa'ridan
foydalang
anlik
uchun
soliq
2023
8399
3355
9521
6622
206
1316
556
1425
3544
2022
7591
3361
9281
5237
179
943
622
1114
3720
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
19
soliq solish bazasi odatda progressive tartibda soliqqa tortiladi. Shunday ekan, biz ham ushbu davlatlar
qatoridan joy olishimiz uchun
1) mehnatga haq to
‘lashning eng kam miqdorini oshirish kerak;
2) daromad soli
g‘i bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar ro‘yxatiga
25 yildan ko
‘p akademik ish
stajiga ega soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasini kamaytirish;
3) YaTT faoliyati bilan shug
‘ullanayotgan jismoniy shaxslar uchun 5 yilgacha soliqqa tortmaslik
yoki minimal foizda soliq soliq stavkasi belgilash kerka deb o‘ylayman. Chunki, i
lg
‘
or iqtisodiy
samaradorlikka erish uchun soliq tarixi bilan birgalikda olib borgan tadqiqotimiz shuni ko
‘
rsatadiki,
soliq tortishda daromad oshib borgani sari progressiv tartibda soliqqa tortiladigan bo
‘lsa davlat
budjetiga kelib tushadigan daromad hajmi yuqori bo‘ladi. Boisi,
mamlakatlar rivojlanishida daromad
solig
‘
i yanada muhimroq daromad manbaiga aylanishi kerak.
А
dabiyotlar/
Литература
/Reference:
Hartman D
.A. (2002). “Does progressive taxation redistribute income?” IPI Policy Report. [On
-line].
162, pp.1-12. Available: https://www.ipi.org/docLib/PR162-Hartman-Redistribution.pdf-
OpenElement.pdf [May 21, 2020].
Liu, H., Chen, LP va Xu, JB (2015) Iste'molchilarning xulq-atvoriga soliq solishning ta'siri. Davlat
moliyasi va soliq forumi, 3, 22-27.
Weller C.E. and Rao M. (2010) “Progressive tax policy and economic stability.” Journal of
Economic Issues. [On-line]. 44(3), pp. 629-659. Available: https://www.jstor.org/stable/20778707 [May
21, 2020].
Еременко Е.А. (2019) Концепция справедливости в налогообложении и ее влияние на
совершенствование национальной налоговой системы: дис. канд. экон. наук: 00.10. –
М., 2018. –
165
с. Фактические поступления по налогам и платежам в государственный бюджет за 2005
-2018
гг. Официальный интернет
-
ресурс КГД МФ РК. [Электронный ресурс] URL: http://kgd.gov.kz/ru
/content/fakticheskie-postupleniya-po-nalogam-i-platezham-v-gosudarstvennyy-byudzhet-za-2002-
2018-
gg (дата обращения: 30.09.2019 г.).
