Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
5
O‘ZBEKISTON SUG‘URTA TASHKILOTLARIDA ROE, SEO VA RENTABELIK
O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR
Abdurasulov Behzodbek Bahodir o‘g‘li
TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning
ilmiy asoslari va muammolari” ITM
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozori ishtirokchilarining moliyaviy
hisobotlari asosida ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabat, xususan, kapital qaytimi,
foyda rentabelligi, sug‘urta zaxirasi o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan. Nazorat omili sifatida
kompaniyalarning onlayn qidiruv tizimlaridagi optimizatsiyasi (SEO) ning moliyaviy ko‘rsatkichlarga
ta’siri
ham baholangan. Shuningdek, maqolada ushbu munosabatlar ikki xil model yordamida statistik
tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
kapital qaytimi, foyda rentabelligi, ROE, SEO, sug‘urta zaxirasi, marketing, davriy
xarajatlar, ko‘p omilli regressiya, logit model, marjinal effektlar.
ВЗАИМООТНОШЕНИЯ МЕЖДУ ROE, SEO И ПРИБЫЛЬНОСТЬЮ В СТРАХОВЫХ
ОРГАНИЗАЦИЯХ УЗБЕКИСТАНА
Абдурасулов Бехзодбек Баходир угли
НИЦ «Научные основы и проблемы развития
экономики Узбекистана» при ТГУЭ
Аннотация
.
В данной статье на основе финансовых отчетов участников страхового
рынка Узбекистана изучена взаимосвязь между их финансовыми показателями, в частности
связь между рентабельностью капитала, рентабельностью, страховым резервом. В качестве
контрольного фактора также оценивалось влияние поисковой оптимизации компаний (SEO) на
финансовые показатели. Также в статье эти взаимосвязи были статистически
проанализированы с использованием двух разных моделей.
Ключевые слова
:
Рентабельность капитала, рентабельность, ROE, SEO, страховой резерв,
маркетинг, периодические затраты, многофакторная регрессия, логит
-
модель, предельные
эффекты.
LINKING PROFIT MARGIN, SEO, AND ROE: A CASE OF UZBEK INSURANCE COMPANIES
Abdurasulov Behzodbek Bahodir ughli
Scientific research center
“Scientific bases and problems of the
development of Uzbekistan’s economy” under TSUE
Annotation.
In this article, based on the financial reports of the participants of the insurance market
of Uzbekistan, the relationship between their financial indicators, in particular, the relationship between
the return on capital, profitability, insurance reserve, is studied. As a control factor, the impact of
companies' online search engine optimization (SEO) on financial performance was also assessed. Also, in
the article, these relationships were statistically analyzed using two different models.
Key words:
Return on capital, profitability, SEO, insurance reserve, marketing, periodic costs,
multifactor regression, logit model, marginal effects.
IV SON - AVGUST, 2023
5-11
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
6
Kirish.
Sug‘urta sektori sug‘urta shartnomalari shaklida risklarni boshqarishni taklif qiluvchi
kompaniyalardan iborat. Sug‘urtaning asosiy tushunchasi shundan iboratki, bir tomon, sug‘urtalovchi
kelajakdagi noaniq hodisa uchun sug‘urtalanuvchiga to‘lovni kafolatl
aydi. Shu bilan birga, boshqa
tomon, sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urtalangan shaxs kelajakdagi noaniq hodisada ushbu himoya
evaziga sug‘urtalovchiga kamroq mukofot to‘laydi.
Sug‘urta sektorida iste'molchilar xavfsizligini, moliyaviy barqarorlikni va axloqiy amaliyotni
ta'minlashning muhim tarkibiy qismi tartibga solishdir. Sug‘urta kompaniyalari nazorat qiluvchi va
davlat organlari tomonidan belgilangan qonunlar va qoidalarga rioya qilishlari shart. Bir nechta
istisnolardan tashqari, sug‘urta kompaniyalari o‘zaro yoki aktsiyadorlik mulki sifatida tasniflanadi.
O‘zaro mulk tuzilmasida polis egalari kompaniyaning egalari hisoblanadi. Ular boshqaruv kengashi
yig‘ilishlarida ovoz berishlari mumkin va shartnoma bo‘yicha kreditorlar hisoblanadi. Bu jihatdan u
islom moliyasidagi takofulga o‘xshab ketadi. Takoful –
islom shariati qoidalari va tamoyillariga rioya
etadigan maxsus kompaniya boshqaruvi ostidagi, barcha turdagi xavf-xatarlarni qamrab olgan
korporativ sugʼurtaning bir shaklidir. Islom moliyasiga muvofiq sugʼurta shartnomasi oʼzaro yordam va
xayr-
ehson asosida tuziladi, turli xatarlar tufayli vujudga kelgan zarar yoki yoʼqotishlar aʼzolar oʼrtasida
adolatli taqsim etiladi (yaʼni koʼrilgan talafot oʼrni aʼzolar tomonidan kiritilgan mablagʼlar hisobidan
qoplanadi) (Abdurasulov, 2022)
Aksiyadorlik tuzilmasida polis egalari kompaniyaning yo‘qotishlari yoki foydalari uchun javobgar
emaslar va uning egasi hisoblanmaydilar. Balki kompaniya aktsiyadorlarga tegishli bo‘ladi. Aksiyadorlik
sug‘urta kompaniyasi bo‘lish uchun kompaniyalar davlat
regulyatorlaridan ruxsat olishlari kerak.
Sug‘urta zaxirasi
-
bu sug‘urta kompaniyasi tomonidan o‘z siyosati bo‘yicha qonuniy da'vo arizasi
bergan yoki taqdim etishi kutilayotgan sug‘urta egalariga to‘lash uchun ajratiladigan pul zaxirasi.
Sug‘urtalovchilar jamg‘armadan yuzaga kelgan va hali hal qilinmagan da'volarni to‘lash uchun
foydalanadilar. Sug‘urtalovchining zaxira siyosati uning foydasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Haddan tashqari zaxiralash sug‘urtalovchi uchun muqobil xar
ajat demakdir, chunki bunda
investitsiyalar uchun kamroq m
ablag‘ qoladi. Aksincha, kam zaxiralash rentabellikni oshirishi mumkin,
chunki investitsiya qilish uchun ko‘proq mablag‘lar bo‘shatiladi. Biroq, regulyatorlar balansda etarli
zaxiralar ajratilganligiga ishonch hosil qilish uchun sug‘urta kompaniyalarining
zaxira siyosatini diqqat
bilan kuzatib boradilar.
Adabiyotlar sharhi
.
Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida qator ilmiy adabiyotlar va izlanishlarning natijalari bilan
tanishib
chiqdik. Jumladan, Agarkova (2020)ga ko‘ra, joriy likvidlikni analiz qilish tashkilotning sug‘urta
majburiyatlarini qoplash imkoniyatini aniqlash va aktivlarni boshqarishni takomillashtirishda muhim
rol o‘ynaydi.
Dipali Singhga (2011) ko‘ra, sug‘urta kompaniyalarida brendni tanitish mahsulotga nom
berishdan ko‘ra ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Tovar kapitali mijozlarning ijobiy idroki tufayli brendda
to‘plangan qiymat hisoblanishini inobatga oladigan bo‘lsak, brending sug‘urtalovchi va uning mijozi
hamda keng jamoatchilik o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va boshqarish uchun juda muhimdir.
Yana bir tadqiqotga ko‘ra, tashkilot brendining taniqliligi sug‘urta sohasida iste'molchilarni sotib
olish xatti-
harakatlariga ta'sir ko‘rsatadigan eng muhim omil hisoblanadi. Kompaniyaga sodiqlik va
reklamalar esa iste'molchilarning sotib olish xatti-hara
katlariga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi (Sudha va
b, 2019). Shunday bo‘lsa
-
da, brendga sodiqlik va reklama sug‘urta mahsulotlarining o‘zini taklif qilish
uchun hali ham muhimdir.
Tadqiqot ishimizda sug‘urta zaxirasini ham alohida omil sifatida ko‘rib chiqdik. Uning ma’lum
me’yorlarda bo‘lishini regulyator muntazam tarzda nazorat qilib boradi. Ammo Jennifer Gaver (2004)
va boshqalarning tadqiqotlariga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlari to‘lov qobiliyati borasidagi hisobotlarda
regulyatorlarning me’yorlarini buzmaslik uchun sug‘urta zaxiralarini manipulyatsiya qiladilar.
Rezervga oid hiylalar ba'zan uzoq vaqt davomida, zarur normativ aralashuvini kechiktirishi mumkin.
Mazkur tadqiqotimizga o‘xshash jihatlari mavjud bo‘lgan yana bir maqolada sug‘urta
tashkilotlarining ROI, ROE va ROA kabi moliyaviy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va ularning aksiya
narxlariga ta’siri baholangan (Kabajeh va boshqalar, 2012)
Eva Grmanova va boshqalar (2017) esa Slovakiyadagi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
ko‘rsatkichlaridan iborat panel ma’lumotlarini o‘rganib, ularning texning samaradorligi va foydaliligi
o‘rtasidagi munosabat tahlil qilishgan. Ular ham foydalilikning m
ezonlari sifatida ROE, ROI va ROA
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
7
ko‘rstakichlarini olishgan.
Mazkur moliyaviy ko‘rsatkichlar sug‘urta tashkilotlarining balans
ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan. Ammo shuni ta’kidlash
kerakki, ushbu ko‘rsatkichlar takoful tashkilotlari uchun boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumki
n.
Chunki ularning buxgalteriya hisobini yuritish standardlari an’anaviy tizimga to‘liq mos tushmaydi. Bu
borada o‘zimizning boshqa bir maqolamizda so‘z yuritilgan (Abdurasulov, 2023)
Tadqiqot metodologiyasi
.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda Selenium va BeautifulSoup algoritmlaridan foydalandik va
Iqtisodiyot va moliya vazirligi korporativ axborot yagona portalidan sug‘urta tashkilotlarining 2
choraklik ma’lumotlarini webscraping usulida yig‘ib oldik. Natijada t
ahlillarimizda 40 dan ortiq
kompaniyaning 2022 yilning oxirgi ikkita choragi ma’lumotlarini kuzatish imkoniyati yaratildi.
Tadqiqotda ikki xil modelni shakllantirishdik. nomustaqil o‘zgaruvchi sifatida dastavval kapital
qaytimi koyeffitsienti (ROE), so‘ngra brend taniqliligi uchun proksi
-
omil sifatida ko‘rsa bo‘ladigan
indicator o‘zgaruvchini kiritdik, u ham bo‘lsa –
Google qi
diruv tizimida “sug‘urta” kalit so‘zi kitirilganda
ilk ikkita sahifada brend nomi ko‘rinishi. Ushbu omilni shartli ravishda “top” deb nomladik.
Tadqiqotni amalga oshirishda ko‘p omilli regression tahlildan va logit modeldan foydalandik,
berilgan gipotezalarni tekshirishda modeldagi geteroskedastiklik, multikolleniarlik va normal
taqsimlanmaganlik effektlaridan tozalashga harakat qildik.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Kapital qaytimi koyeffitsiyentini aniqlashda joriy hisobot davrida ko‘rilgan taqsimlanmagan
foydani avvalgi hisobot davridagi kapital qo‘yilmalarga nisbatini hisoblash zarur, ya’ni:
𝑅𝑂𝐸 =
𝑇𝑎𝑞𝑠𝑖𝑚𝑙𝑎𝑛𝑚𝑎𝑔𝑎𝑛 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝐾
0
Bu yerda ROE
–
kapital qaytimi koyeffitsienti,
𝐾
0
–
avvalgi hisobot davridagi kapital qiymati.
Tadiqqotimizdagi o‘zgaruvchilardan biri ham aynan shu koyeffitsient hisoblanib, STATA dasturida uni
roe deb nomladik.
Foyda rentabelligi nomli omilni hisoblashda taqsimlanmagan foydaning tushumga nisbatini oldik.
Shuningdek, “top” nomli yana bir o‘zgaruvchi indikator omil hisoblanadi. Google qidiruv tizimiga
:sug‘ruta” kalit so‘zi kiritilganda ilk ikki sahifata nomi ko‘ringan kompaniyalarning “top” qiymati 1 ga
teng, agar yo‘q bo‘lsa, 0 ga teng deb qaraladi. Bu bilan biz kompaniyalarining bir necha xil ko‘rsatkichiga
bilvosita baho berishimiz mumkin bo‘ladi, jumladan, qidiruv tizimi optimizatsiyasi samaradorligi, brend
taniqliligi, raqobat siyosati samaradorligi, onlayn marketing strategiyasi va mijozlarni chaqirishi
salohiyati.
Yana bir o‘zgaruvchi –
sug‘urta zaxirasi, chunki ushbu omil sug‘urta kompaniyalarining
barqarorligi va to‘lovga layoqatlilini belgilashda muhim hisoblanadi.
Dastavval ko‘p omilli regression modelni shakllantirib oldik va u quyidagicha ko‘rinishga ega
bo‘ldi:
𝑟𝑜𝑒 = 𝛽
0
+ 𝛽
1
∙ ln(𝑧𝑎𝑥𝑖𝑟𝑎) + 𝛽
2
∙ 𝑡𝑜𝑝 + 𝛽
3
∙ 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎_𝑟𝑒𝑛𝑡𝑎𝑏𝑒𝑙𝑙𝑖𝑔𝑖 + 𝑒
Sug‘urta zaxirasining natural logarifmga olinganining sababi shuki, buning yordamida katta
diapazondagi ma’lumotlarni modeldagi boshqa o‘zgaruvchilarning qiymatiga yaqinlashtirgan bo‘lamiz,
shuningdek bu narsa ma’lumotlarning normal taqismot ko‘rinishiga ega bo‘lishiga yordam beradi.
Quyida ma’lumotlardan 10 talik tanlanma keltirilgan:
1-jadval
List of Variables
roe
foyda_rentabelligi
lnzaxira
top
0.099
0.007
18.321
0
0.254
0.258
18.623
0
-0.060
0
18.203
1
-0.028
0
17.301
0
-0.195
0
17.647
1
0.159
0.058
18.022
0
0.025
0.181
17.077
0
-0.436
0
19.292
1
0.055
0.203
20.130
1
0.046
0.110
16.217
0
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
8
2-jadval
Ma’lumotlarning tavsifiy statistikasi
10 ta kuzatuvdan iborat tanlanma
Ma’lumotlarning tavsifiy statistikasi quyidagicha”
Descriptive Statistics
Variable
Obs
Mean
Std. Dev.
Min
Max
roe
42
.029
.154
-.436
.425
lnzaxira
42
17.769
.969
16.165
20.13
foyda rentabelligi
42
.103
.195
0
1.012
Top
42
.19
.397
0
1
Bizdagi asosiy gipotezalarga ko‘ra, zaxira ulushi sug‘urta tashkilotlarining kapital qaytimiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi, brend taniqliligining ta’siri ham musbat bo‘ladi. Foyda rentabelligining ta’siri esa aniq
musbat bo‘ladi, chunki ROEni hisoblashda ham,
foyda rentabelligini hisoblashda ham taqsimlanmagan
foyda suratda turibdi. Ammo ta’sirning miqdoriy qiymati aniq emas, biz buni model orqali aniqlashga
harakat qilamiz.
Gipotezalarimizning ko‘rinishi quyidagicha:
a)
𝐻
0
: 𝛽
1
≤ 0,
𝐻
𝐴
: 𝛽
1
> 0
b)
𝐻
0
: 𝛽
2
≤ 0,
𝐻
𝐴
: 𝛽
2
> 0
Ko‘p omilli regressiyaning natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
3-jadval
Regression tahlil natijalari
Linear regression
roe
Coef.
St.Err.
t-
value
p-
value
[95%
Conf
Interval] Sig
lnzaxira
.065
.021
3.06
.004
.022
.107
***
top
-.148
.051
-2.87
.007
-.252
-.044
***
foyda_rentabell
igi
.443
.094
4.73
0
.253
.633
***
Constant
-1.137
.37
-3.07
.004
-1.886
-.387
***
Mean dependent var
0.029 SD dependent var
0.154
R-squared
0.486 Number of obs
42
F-test
11.971 Prob > F
0.000
Akaike crit. (AIC)
-58.870 Bayesian crit. (BIC)
-51.920
*** p<.01, ** p<.05, * p<.1
Modelning o
‘
zini baholaydigan bo
‘
lsak, Prob>F deyarli 0 ga yaqinligi tufayli model parametrlari
noldan farqli ekanligini ishonch bilan aytish mumkin.
Demak regression tahlilimiz ma’noga ega.
Determinatsiya koyeffitsienti 0.486 chiqqani modelimizdagi mustaqil o‘zgaruvchilar nomustaqil
o‘zgaruvchilarni 49% ga izohlab kelayotganini anglatadi. Fazoviy malumotlar tahlilida determinatsiya
koyeffitsiyenti 0.1
dan 0.4 gacha ko‘p uchrashini inobatga olsak, bizdagi ko‘rsatkichning yaxshi
ekanligini xulosa qilsak bo‘ladi.
Styudentning
𝑡 −
testi har bir parametr uchun gipotezalarni alohida tekshiradi.. Ushbu test
natijalariga ko‘ra, har uchala mustaqil o‘zgaruvchining parametrlari (
𝛽
1
, 𝛽
2
, 𝛽
3
)
𝑝
ning
0.05
qiymatigacha oraliqda statistik jihatdan ahamiyatli, ya’ni har ikkalasi ham aniq noldan farqli.
Konstantaning ham qiymati statistik jihatdan ahamliyatli deyish mumkin.
Jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘ruta tashkilotlaridagi sug‘urta zaxiralari miqdorining bir
foizga ortishi kapital qaytimi koyeffitsiyentini 0.065 birlikka oshiradi, boshqacha aytganda kapital
qaytimi 6.5% ga ko‘proq bo‘ladi. 95% ishonch bilan aytish mu
mkinki, bu qiymat 2.2% va 10,7% oraliqda
o‘zgarib turishi mumkin. Demak, sug‘urta zaxirasi o‘zgarishi multiplikatsion ta’sirga ega.
Foyda rentabelligining esa 1 birlikka ortishi kapital qaytimi koyeffitsiyentini 0.44 birlikka
oshirmoqda. 95% ishonch bilan aytish mumkinki, bu qiymat 0.25 va 0.63 orasida yotadi, ammo aniq
noldan farqli. Foyda rentabelligi kapital qaytimi koyeffitsientini
oshirishi mantiqan to‘g‘ri, ushbu
tadqiqot orqali uning ta’siri qanchaligini baholadik. Shuning uchun sug‘urta tashkilotlari o‘z xizmatlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
9
tannarxini va davriy xarajatlarni pasaytirish evaziga foydaning yalpi tushumdagi ulushini oshirishga
harakat qilishlari lozim.
“Top” nomli o‘zgaruvchimizning ta’siri esa, gipotezamizga qarama qarshi ravishda, manfiy chiqdi.
Avvalo, sabab-
oqibat bog‘liqligida bu omilning birlamchi ekanligiga hozircha nazariy xulosalarimiz
mavjud emas. Ammo bu bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumk
in. Qidiruv tizimlarida ilk sahifalarda
ko‘rinish uhcun SEO (Search Engine Optimization) marketingini qo‘llayotgan kompaniyalar faqat shu
bilangina cheklanmayotgan bo‘lishi va boshqa davriy xarajatlarni amalga oshirayotgan bo‘lishi mumkin.
Bu esa o‘z navbatida sof kapital qaytimining kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin, agar marketing
strategiyalari yetarlicha ish bermayotgan bo‘lsa. Bizdagi ma’lumotlardan esa hozirda sug‘urta
tashkilotlarining marketing kampaniyalari kapital qaytimini ko‘paytirish uchun kaml
ik qilmoqda, degan
boshlang‘ich xulosani berishi mumkin. Ammo ushbu omilni nomustaqil o‘zgaruvchi siatida boshqa
model shakllantirganda sabab-
oqibat bog‘liqligi o‘zgaradi.
Quyida kapital rentabelligiga indikator o‘zgaruvchidan boshqa omillarning ta’siri ifodalangan
grafiklarni ko‘rishimiz mumkin:
1-
rasm. Sug‘urta zaxirasi va foyda rentabelligining kapital qaytimi koyeffitsiyentiga ta’siri
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, sug‘urta zaxirasi ham, foyda rentabelligi ham kapital qaytimi
koyeffitsiyenti bilan ijobiy korrelyatsiyaga ega.
Modelimizda xatoliklar variatsiyasi o‘zgarmas ekanligini tekshirish uchun Brosh
-Paganning
geteroskedastlik testidan foydalandik. Natijada esa
𝑃𝑟𝑜𝑏 > 𝑐ℎ𝑖
2
= 0.26
bo‘lib chiqdi. Ushbu testda
𝐻
0
gipoteza “xatoliklar variatsiyasi o‘zgarmas” deb qo‘yilgan, bizdagi natija 0.05 dan katta ekanligi bois, biz
nolinchi gipotezada qoldik, ya’ni tahlilimiz natijalari geterosketdastlik xususiyatiga ega emas.
Mustaqil o‘zgaruvchilar o‘rtasida multikolleniarlik mavjudligini VIF tahlildan foydalandik va
uning o‘rtachasi 1.2 ni tashkil qildi. Qoida bo‘yicha, VIF o‘rtachasi 10 dan kichik bo‘lsa, omillar o‘rtasida
multikolleniarlik muammosi yo‘q deyish mumkin, shu b
ois bizdagi natija statistik jihatdan qoniqarli.
Modelimizdagi ma’lumotlarning normal taqsimlanganligini tekshirish uchun Shapiro
-Wilk
testidan foydalandik va quyidagi natijalarni oldik:
4-jadval
Shapiro-Wilk normallik testi
Variable
Obs
W
V
z
Prob>z
roe
42
0.959
1.694
1.112
0.133
lnzaxira
42
0.974
1.077
0.156
0.438
foyda_rent~I
42
0.598
16.496
5.916
0.000
Ushbu testda testida
𝐻
0
gipoteza “ma’lumotlar normal taqsimlangan” deb qo‘yilgan, bizdagi
natijalarda esa ikkita omilda
𝑝
ning qiymati barcha mustaqil o‘zgaruvchilarda 0.05 dan kattaligi bois, biz
o‘sha gipotezada qolamiz. Ya’ni kapital qaytimi va sug‘urta zaxirasi ma’lumotlari normal taqsimlangan.
Faqat foyda rentabelligi normal taqsimot testidan o‘tmadi. Ammo bu mustaqil o‘zgaruvchi bo‘lganligi va
fazoviy ma’lumotlar bilan ishlayotganimiz sababli bu modelning interpretatsiyasiga xalaqit bermaydi.
-.
4
-.
2
0
.2
.4
16
17
18
19
20
lnzaxira
roe
Fitted values
-.
4
-.
2
0
.2
.4
0
.2
.4
.6
.8
1
foyda_rentabelligi
roe
Fitted values
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
10
Chunki regression modelning shartlarida nomustaqil o‘zgaruvchining o‘zi normal taqsimlangan bo‘lsa
kifoya.
Avval ham aytib o‘tganimizdek, indikator omilni boshqa bir modelda nomustaqil o‘zgaruvchi
sifatida ham ko‘rmoqchi edik. Buning uchun logit modelidan foydalanamiz.
𝑃(𝑡𝑜𝑝 = 1) = 𝛽
0
+ 𝛽
1
∙ 𝑟𝑜𝑒 + 𝛽
2
∙ ln(𝑧𝑎𝑥𝑖𝑟𝑎) + 𝛽
0
∙ 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎_𝑟𝑒𝑛𝑡𝑎𝑏𝑒𝑙𝑙𝑖𝑔𝑖
Ya’ni ushbu tahlilda kapital qaytimi, sug‘urta zaxirasi va foyda rentabelligining sug‘urta
kompaniyalari SEOni yo‘lga qo‘yganligi ehtimoli qanday bo‘lishini tekshiramiz. Logit modelning
natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
5-jadval
Logistik regressiya natijalari
Logistic regression
top
Coef.
St.Err.
t-
value
p-
value
[95%
Conf
Interval] Sig
roe
-13.329
6.303
-2.11
.034
-25.683
-.976
**
lnzaxira
3.031
1.335
2.27
.023
.414
5.647
**
foyda_rentabell
igi
7.433
3.538
2.10
.036
.499
14.367
**
Constant
-56.839
24.556
-2.31
.021
-104.968
-8.709
**
Mean dependent var
0.190 SD dependent var
0.397
Pseudo r-squared
0.438 Number of obs
42
Chi-square
17.902 Prob > chi2
0.000
Akaike crit. (AIC)
30.999 Bayesian crit. (BIC)
37.950
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, barcha mustaqil o‘zgaruvchilarning koyeffitsiyentlari statistik
jihatdan ahamiyatli, chunki uchala omil uchun ham
𝑝 < 0.05
. Ma’lumki, probit
-logit modellarida
koyeffitsientlar interpretatsiya qilinmaydi, faqatgina munosabatning yo‘nalishini aytish mumkin. Ya’ni
kapital rentabelligining ortishi SEOni yo‘lga qo‘yganlik ehtimolini kamaytirar ekan, ammo zaxira va
foyda rentabelligining ortishi ushbu ehtimollikni oshirar ekan.
Har bir omil sug‘urta tashkilotinining SEO ni yo‘lga qo‘yganlik ehtimolini qanchaga o‘zgartirishini
hisoblash uchun marjinal effektlarni aniqlash kerak. Bazis sifatida esa uchun kuzatuvlarimizning
o‘rtachasini olamiz:
6-jadval
Shartli marjinal effektlar
Delta-method
dy/dx
Std.Err.
z
P>z
[95%Conf. Interval]
roe
-0.848
0.530
-1.600
0.109
-1.887
0.190
lnzaxira
0.193
0.098
1.960
0.050
0.000
0.386
foyda_rentabelli
gi
0.473
0.279
1.700
0.090
-0.074
1.020
dy/dx w.r.t. : roe lnzaxira foyda_rentabelligi
at : roe = .029412 (mean)
lnzaxira = 17.76878 (mean)
foyda_rent~i = .1033815 (mean)
Marjinal ta’sirlarga qaraydigan bo‘lsak, kapital
qaytimi koyeffitsiyentining 0.029 nuqtadan bir
birlikka ortishi sug‘urta kompaniyalarining SEOni yo‘lga qo‘yganlik ehtimolini 84% ga tushiradi.
Sug‘urta zaxirasining 1 foizga ortishi esa uni 0.19 birlikka oshiradi, foyda rentabelligining bir birlikka
ortis
hi esa 0.47 ga oshiradi. Marjinallikning bazisi sifatida mustaqil o‘zgaruvchilarning o‘rtachasi
olingan.
Modeldagi to‘g‘ri prognozlarning foizi esa 85.7% ni tashkil qilmoqda. Bu esa tahlilning va
prognozning asosli ekanligini bildiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
11
Xulosa va takliflar.
Ushbu tadqiqotimiz davomida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalarining
moliyaviy hisobotlaridan foydalangan holda, dastavval, sug‘urta zaxiralari, foyda rentabelligi va
tashkilotlarning SEOni yo‘lga qo‘yganligning kapital qaytimi koyeffitsiyentiga ta’sirini o‘rgandik.
Natijada esa indikator o‘zgaruvchidan boshqa omillarning ta’siri ijobiy bo‘lib chiqdi. Sug‘urta
tashkilotlari regulyatorning talablari doirasida o‘z balanslarida sug‘urta zaxiralarini saqlashlari talab
etiladi. Sababi, sug‘urta zaxiralari tashkilotning to‘lovga layoqatliligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sir
ko‘rsatishi ushbu tadqiqotimizda ham o‘z isbotini topdi. Shuningdek, davriy xarajatlarni, sug‘urta
xizmatlari tannarxini kamaytirish borasida tashkilotlar jiddiy ish olib borishlari kerak, chunki foyda
rentabelligi ortishi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq.
Bundan tashqari, tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, sug‘urta kompaniyalarining marketing
faoliyatining samarasi u qadar qoniqarli emas, boisi bu faoliyatga baho berishda bilvosita omil sifatida
olingan SEO optimizatsiyasi kapital rentabelligi bilan teskari korrelyatsiyaga ega.
Shuningdek, logit modelimizda ham xuddi shu masala yuzasidan xulosa qilish mumkinki, kapital
qaytimi yuqori bo‘lgan kompaniyalar marketing faoliyatiga e’tibor qaratishni zarur deb
hisoblamaydilar. Yuqori investitsion qaytim marketingga ehtiyojni kamaytirishi tabiiy. Ammo shunday
bo‘lsa
-da, foydaning absolyut qiymatini oshirish uchun bu borada jiddiy ish olib borish talab etiladi.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Abdurasulov, B. (2022) “MOL
-
MULK SUGʻURTASI BAZAVIY TARIFLARI VA MAJBURIYATLARINI
MUVO-
FIQLASHTIRISH MODELI: TOSHKENT SHAHRIDAGI TURARJOYLAR MISOLIDA”, Iqtisodiyot va
taʼlim, 23(6), pp. 301–
308. doi: 10.55439/ECED/vol23_iss6/a853.
Abdurasulov, B. (2023) “CHALLENGES AND RECOMMENDATIONS FOR TAKAFUL ACCOUNTING”.
"Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-
Amaliy
Konferensiyasi
Materiallari
to‘plami,
June,
pp.
150
-2,
https://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/370.
Agarkova, Lyubov Vasilievna and V. D. Agarkov (2020). “Features of assessing the liquidity and
solvency of the insurer”.
Deepali Singh, et al. (2011) “Relevance of Branding in Insurance Sector.”.
Gaver, Jennifer J. and Jeffrey S. Paterson (2004). “Do insurers manipulate loss reserves to mask
solvency problems.” Journal of Accounting and Economics 37: 393
-416.
Grmanová, Eva, and Herbert Strunz. (2017) "Efficiency of insurance companies: Application of DEA
and Tobit analyses." Journal of International Studies (2071-8330) 10.3.
Kabajeh, Majed Abdel Majid, S. M. A. Al Nu’aimat, and Firas Naim Dahmash. (2012) "The relationship
between the ROA, ROE and ROI ratios with Jordanian insurance public companies market share prices."
International Journal of Humanities and Social Science 2.11: 115-120.
Sudha S., Shalini P., and Vennilaashree S. (2019) “Role of Brand Awareness, Brand Loyalty and
Advertisements towards Consumer Buying Behaviour in Insurance Industry.”
International Journal of
Engineering and Advanced Technology: n. pag.
III SON - IYUL, 2023
