Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
43
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING KAPITAL BOZORIDAGI ISHTIROKINI
TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI
Mo’minov Shohijahon Suyun o’g’li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Maqolada korporatsiyalarning kapital bozoridagi faoliyatini rivojlantirish, ularning
faoliyatini takomillashtirish va yangi zamonaviy loyihalarda ishtirokini oshirish hamda korporativ
boshqaruv va kapital bozori orqali iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun takliflar berilgan.
Kalit so’zlar:
aksiyadorlik jamiyatlari, kapital bozori,
investitsiya, korporativ boshqaruv, heyj
fondlar, kompaniyalarni korporativ boshqaruv tamoyillari orqali rivojlantirish, texnologik yangiliklar,
iqtisodiy rivojlanish.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ УЧАСТИЯ АКЦИОНЕРНЫХ
ОБЩЕСТВ НА РЫНКЕ КАПИТАЛА
M
уминов Шохижахон Суюн угли
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье рассматривается развитие деятельности корпораций на рынке
капитала, совершенствованию их деятельности и участию в новых современных проектах,
дальнейшему развитию экономики через корпоративное управление.
Ключевые слова:
акционерные общества, рынок капитала, инвестиции, корпоративное
управление, хедж
-
фонды, развитие компаний на основе принципов корпоративного управления,
технологические инновации, экономическое развитие.
FOREIGN EXPERIENCE OF IMPROVING THE PARTICIPATION OF JOINT-STOCK
COMPANIES IN THE CAPITAL MARKET
Muminov Shokhijakhon Suyun ugli
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In the article, the development of the activities of corporations in the capital market,
improvement of their activities and participation in new modern projects, and further development of the
economy through corporate governance.
Key words:
joint stock companies, capital market, investments, corporate governance, hedge funds,
development of companies based on the principles of corporate governance, technological innovation,
economic development.
Kirish.
Bugungi kunda korporatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari va kapital bozori iqtisodiyotning asosiy
tizimlardir. Korporatsiyalar mamlakat i
qtisodiyotiga hissa qo’shishda asosiy rol o’ynaydi. Bular asosan
aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi va bu yuridik shaxslar kompaniya yoki tijorat banklari hisoblanadi.
Bugungi bozor iqtisodiyotida korporatsiyalarning ahamiyati juda muhim. Korporatsiyalarning va
xususiy banklarning faoliyati ancha rivojlanyapti. Respublikamiz kompaniyalari va banklari faoloiyatini
yanada r
ivojlantirish uchun zamonaviy korporativ boshqaruvni to’laqonli ishlashini taminlashimiz
kerak. Investitsiyalar oqimini kuchaytirish kerak.
V SON - SENTABR, 2023
43-48
UO‘K
: 336.77.067.22
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
44
Aksiyadorlik jamiyatlari ya’ni kompaniyalardan tashqari tijorat banklari ham aksiyadorlik
jamiyati hisoblanadi. Bu tashkilotlarda korporativ boshqaruvni yo’lga qo’yish orqali ham ularni faoliyati
tizimlashtiriladi ham rivojlanadi va bu o’z o’rnid
a mamlakat iqtisodiyotiga juda katta foyda keltiradi.
Korporativ boshqaruv bu hamkorlik va tizimlashtirish ustiga qurilgan boshqaruv hisoblanadi.
Rivojlangan davlatlarda deyarli barcha kompaniyalarda korporativ boshqaruv tizimi to’laqonli ishlaydi.
Ushbu ma
qolada investitsion korporativ boshqaruv faoliyatini yo’lga qo’yish orqali aksiyadorlik
jamiyatlarini hamda mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bir qancha takliflar berilgan.
Adabiyotlar sharhi.
Mavjud iqtisodiyot va moliya sohasidagi adabiyot
larda “Aksiyadorlik jamiyatlarini kapital
bozoridagi ishtirokini takomillashtirish’’ bo’yicha masal
alar xorijlik va mahalliy olimlar va
mutaxassislar tomonidan o’rganilgan va tegishli ta’riflar berilgan.
Elmirzayev (2021) zamonaviy global iqtisodiyotda xalqaro moliya bozori, xalqaro fond bozori va
investitsiyalar bozorining qanday shakllanishi va ularning yangi tashkil qilingan kompaniyalarning va
loyihalarning moliyalashtirish jarayonidagi o’rni haqida ma’lumotlar berilgan va bu ma’lumotlarni
moliyaviy tilda asoslab beradi.
Bob Tracker (2023), kompaniyalar faoliyati, korporativ boshqaruvning kelib chiqishi va kapital
bozori va aksiyadorlik jamiyatlarining listing jarayonidan o’tishi va moliyalashtirish jarayoning
bosqichma bosqich amalga oshirilishi bo’yic
ha klassik bilimlar berilgan.
Gary Strumeyer (2017) fikricha kapital bozori va investitsiyalar haqida muhim bilimlar bor va bu
mutaxassis bu kitobi orqali yangi loyihalarni moliyalashtirish jarayonini bank kreditlari orqali emas
balki kapital bozori va investitsion fondlar orqali amalga oshirish muhimligini takidlaydi.
Glosten (2019) rivojlangan mamlakatlarda kapital bozorining ishlash tajribasi, fuqarolar pullarini
fond bozoriga jalb qilish va bu orqali yangi loyihalarning moliyalashtirish jarayonlarini tezlashtirish
haqida o’zining tajribalarini keltirib o’tgan, bundan tashqari venchur fondlarining faol
iyati haqida
qimmatli ma’lumot
va fikrlarni ta’kidlab o’tgan
.
Ushbu maqolada yuqorida mutaxassislaridan kelib chiqib, ularning bilimlari va tajribalari, asosan
xorij tajribasi asosida o’z fikrlarimni keltirib o’tganman.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolani tayyorlashda aksiyadorlik jamiyatlarining kapital bozoridagi ishtirokini
takomillashtirish
bo’yicha amaliy ma’lumotlar tahlil qilindi va barcha foydalanilgan
ma’lumotlar
amaldagi qonun hujjatlari va aksiyadorlik jamiyatlarining
statistik ko’rsatki
chlari asosida mualllif
tomonidan tadqiq qilindi. Maqolada guruhlashtirish, taqqoslash, tizimli yondashuv, va tarkibiy tahlil
usullari q
o’llanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bu maqolada bugungi kunda qaysi davlatda kompaniyalar o’zlarini moliyalasht
irishda kapital
bozoriga murojaat qilayotgan bo’lsa iqtisodiyotning barqaror o’sishiga erishayotgani haqida bilimlar va
xorijiy tajribalar keltirilgan. Kapital bozorin
ing rivojlanib borishi o’tgan asrning 70 yillariga to’g’ri keladi
lekin bundan ancha oldi
n mavjud bo’lgan. AQSH va G’arbiy Yevropa davlatlarida kapital bozori o’tgan
asrning 50 yillaridan keyin juda tez rivojlangan. Aslida buning boshlanishi feodalizm tugab sanoat
davrining boshlanishi bilan paydo bo’lgan. Sanoat davrida korporatsiyalarni tizi
mli va tartibli
boshqarish uchun korporativ boshqaruv kerak bo’lgan. Ya’ni mulkdorlar mulkka egalik qilgan holda
uning boshqaruvini yollanma boshqaruvchilarga topshirgan va nazorat qilgan. Bu esa kompaniya
faoliyatining tez rivojlanishiga hamda kompaniya e
gasining vaqtini tejashga hamda mas’uliyatini
cheklashga olib kelgan.
Rivojlangan mamlakatlarda kapital bozori va investitsion fondlar faoliyatiga asoslangan tizim
ishlaydi. Ularda kompaniyalar ayniqsa yirik aksiyadorlik jamiyatlari boshqacha boshqaruvni bilmaydi.
Investitsion banklarning boshqaruvi ham shunga asoslangan. Respublikamizda tijorat banklaridan
tashqari investitsion banklarni tashkil qilish kerak. Tasavvur qiling tijorat banklari investor vazifasini
bajaradi. U o’z resurslari bevosita real ak
tivlarni tashkil etish va moliyaviy aktivlarni xarid qilishga
yo’naltiradi. Shu orqali tijorat banklari bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik subektlarining pul kred
it
shaklida yuzaga keluvchi investitsion talablarini amalga oshishini rag’batlantiradi. Ko
rporativ
boshqaruvning ham Yapon modelida korporatsiyalarning yirik ulushiga Investitsion banklar egalik
qiladi. Ular kompaniyalarni kredit orqali emas balki investitsiya orqali moliyalashtiradi va har doim
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
45
korporatsiyalarning o’ziga tegishli ulushini doimiy o’zida saqlab keladi. Bugungi kunda Yaponiya
iqtisodiyoti eng kuchli 10 davlatlar qatoriga kiradi hamda investitsion loyihalar, robototexnika, suniy
intellekt va st
artaplar mamlakati hisoblanadi. Buning barchasi investitsion faoliyat to’g’ri yo’lga
qo’yilgani uchun va ilm fan loyihalariga asosan investitsiyalariga mablag’lar yo’naltirilganligi evaziga
bo’lmoqda.
Investitsiya asosida turli soha va tarmoqlarga yangi texnologiyalar, tajribalar va malakali kadrlar
kirib keladi. Isroil davlatini misol tariqasida olsak, bu davlat startaplar davlati deyiladi chunki bugungi
kunda Isroil davlatining iqtisodiy o’sishi yangi texnologiyalarga asoslangan. Bunda investitsion
bankl
arning, heyj fondlarning va xususiy investorlarning o’rni katta. Isroil muntazam yangi st
artaplarni,
ayniqsa raqamli loyihalarni moliyalashtirib keladi va bu davlatda juda ham jozibali investitsion muhit
mavjud. Bu moliyalashtirishlar investitsion banklar, fondlar yoki xususiy investorlarning hisobiga
bo’ladi bank kreditlari hisobiga emas. O’z
bekistonda iqtisodiyot rivojlanishi uchun kapital bozori
rivojlanishi kerak. Buning uchun biz rivojlangan mamlakatlar kapital bozori tajribasini o’rganishimiz
kerak. B
ugungi kunda respublikada fond bozorining ulushi iqtisodiyotda juda kam. Ko’p kompaniyala
r
moliyalashtirishda bank kreditidan foydalanadi. Bu juda foydali usul emas. Buning o’rniga heyj fondlar,
investorlar yoki investitsion banklarning mablag’laridan foy
d
alansak kompaniyalar iqtisodiy tez o’sadi.
O’zbekiston fuqarolari O’zbekistonga jo’natadi
gan pul jami 10 milliard dollardan oshadi. Agar bu
pullarni Respublika fond bozoriga yo’naltirsak qo’shimcha 10 milliard dollar mablag’ paydo bo’ladi va
bu fond bozori
ning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu odamlar fond bozorida aksiyalar sotib olishi uchun
iqtisodiyotda davlatning ishtiroki kamayishi kerak. Yangi startap loyihalar rivojlanishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv yo’lga qo’yilishi kera
k hamda erkin va shaffof faoliyat
yuritishi kerak. Shunda respublikamiz aholisi o’zining p
ullariga fond bozorida aksiya sotib oladi. Bundan
tashqari biz xorijiy fond bozorlar tajribasini o’rganishimiz kerak.
O’zbekistonda iqtisodiyot rivojlanishi uchun kap
ital bozori rivojlanishi kerak. Buning uchun biz
rivojlangan mamlakatlar kapital bozori ta
jribasini o’rganishimiz kerak. Bugungi kunda respublikada
fond bozorining ulushi iqtisodiyotda juda kam. Ko’p kompaniyalar moliyalashtirishda bank kreditidan
foydalana
di. Bu juda foydali usul emas. Buning o’rniga heyj fondlar, investorlar yoki investitsion
banklarning mablag’laridan foydalansak kompaniyalar iqtisodiy tez o’sadi. Buning uchun bir nechta
yechimlar bor:
1. Kapital bozori investorlar uchun qulay bo’lishi k
erak;
2. Startaplar uchun soliq chegirmalari bo’lishi kerak;
3. Mahalliy fuqarolar pullarini fond bozoriga jalb qilish kerak;
4. Masuliyati cheklangan jamiyatlariga obligatsiya chiqarish huquqini berish kerak;
Kapital bozorida talab va taklif qanchalik ko’
p
bo’lsa investorlar ham ko’p bo’ladi. Bugungi kunda
O’zbekiston fuqarolarining ko’p qismi chet davlatlarda ishlaydi. Rossiyada 3 million, Turkiyada 3
million, Yevropada 1 million va Amerikada 300 ming aholi ishlaydi. Ular O’zbekistonga jo’natadigan pul
jami 10 milliard dollardan oshadi. Agar bu pullarni Respublika fond bozorig
a yo’naltirsak qo’shimcha
10 milliard dollar mablag’ paydo bo’ladi va bu fond bozorining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu odamlar
fond bozorida aksiyalar sotib olishi uchun iqtisodiyotda davlatning ishtiroki kamayishi kerak. Yangi
startap loyihalar rivojlanishi kerak. Aksiyadorlik jamiyatlari erkin va shaffof faoliyat yuritishi kerak.
Shunda respublikamiz aholisi o’zining pullariga fond bozorida aksiya sotib oladi. Bundan tashqari biz
x
orijiy fond bozorlar tajribasini o’rganishimiz kerak.
Masalan: Nyu York fond bozori, London fond bozori, Hong Kong fond bozori.
Bular rivojlangan fond bozorlari hisoblanadi. Bundan tashqari biz Rossiya va Qozog’iston fond
bozorlari tajribalarini ham o’rga
nishimiz kerak. Bu davlatlar fond bozorlari ancha rivojlangan. Bu
davlatlarda yirik investitsion banklar, texnologik kompaniyalar va brokerlar bor.
O’zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun banklar singari boshqa aksiyadorlik
jamiyatlarida ham korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish kerak. Buning uchun biz rivojlangan
mamlakatlar tajribasini o’rganishimiz kerak. O’zbekistonda korporativ boshqaruv yo’lga qo’yilgan
birinchi tashkilot tijorat banklari hisoblanadi. Lekin biz bugungi kunda boshqa faoliyatlarni ham
rivojlantirishimiz kerak. Korporativ boshqaruv rivojlangan jamiyatlarda heyj fondlar, investorlar yoki
investitsion banklarning faoliyati juda rivojlangan va bu iqtisodiyotning tez o’sishiga olib keladi.
Rivojlanayotgan kompaniyalar uchun birinchi navbatda investitsiya kerak. Shuning uchun bizning
davlatimiz ham Is
roil kabi davlatlarning iqtisodiy tajribasini qo’llashi muhim hisoblanadi. Yangi startap
loyihalar rivojlanishi kerak. Aksiyadorlik jamiyatlari erkin va shaffof faoliyat yuritishi kerak. Korporativ
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
46
boshqaruvni rivojlantirish orqali bizning davlatimizda ham quyidagi kompaniyalar kabi yirik
rivojlangan kompaniyalar paydo bo’ladi:
1.
Telegram- Russia
2.
Tinkoffbank- Russia
3.
Kaspi- Kazakhstan
4.
Freedom Finance- Kazakhstan
5.
Vilgud- Russia
Bu kompaniyalar iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan va bu kompaniyalarda korporativ
boshqaruv juda zo’r yo’lga qo’yilgan. Bizning davlatimizda ham shunday loyihalar bo’lishi kerak. Shunda
xorijiy investorlar ko’payadi.
Davlatimizda kapital bozorini riv
ojlantirishning muhim yo’nalishlar bor:
1.
Kompaniyalarda davlatning ulushini kamaytirish;
2.
Obligatsiya turlarini ko’paytirish;
3.
Fond bozoriga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish;
4.
Sug’urta kompaniyalarini rivojlantirish;
5.
Emitentlar soni
ni ko’paytirish;
6
. Investitsion fondlarni tashkil qilish;
Kompaniyalarning xalqaro miqyosda rivojlanishini taminlaydigan asosiy omil mavjud. Bu
kompaniyalarning xorijiy fond bozorlarida listingdan o’tishi hamda IPO o’tkazishi hisoblanadi.
Aksiyadorlik ja
miyatlari moliyaviy jihatdan ustun bo’lishi uchun bu bosqichlardan o’tishi kerak. Xorijiy
fond bozorlarida listingdan o’tish va IPO o’tkazish oson jarayon emas. Buning uchun har bir davlatning
o’zining listing talablari va to’lovi mavjud. London fond bozo
r
i yoki New York fond bozorlari ma’lum bir
listing talablari
, to’lovlar, adolatli va shaffof faoliyatni talab qiladi. Banklarimiz manashu talablarga
javob bergan holda kelajakda xalqaro fond bozorlariga chiqishi mumkin. Fond bozorlari va IPO
jarayonlari investitsiyalar jalb qilishning eng foydali usuli hisoblanadi.
Manashu singari faoliyatni yo’lga
qo’ya oladigan kompaniyalar kelajakda muvaffaqiyatli bo’ladi. Bizning kompaniyalarimiz ham shu
bosqichlarni amalga oshirgan holda yangi loyihalarni va startaplarni moliyalashtirishi mumkin hamda
iqtisodiyotga katta foyda keltiradi.
Zamonaviy loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy turlari:
1
. Fond bozori
2.
Investitsion banklar
3.
Heyj fondlar
4.
Angel investorlar
5.
Venchur fondlar
Tasavvur qiling tijorat bankl
ari investor vazifasini bajaradi. U o’z
resurslari bevosita real
aktivlarni tashkil etish va moliyaviy aktivlarni xarid qilishga yo’naltiradi. Shu orqali tijorat banklari
bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik subektlarining pul kredit shaklida yuzaga kel
uvchi investitsion
talablarini amalga osh
ishini rag’batlantiradi.
Shu o’rinda kredit va investitsiyaning farqli tomonlarini ko’rib chiqsak.
Kredit
:
Kredit berilgandan keyin albatta qaytarilishi kerak va bu yangi tashkil qilingan kompaniya uchun
juda katta yuk hisoblanadi. Kelajakda bu kompaniya
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo’lishi aniq
emas. Shuning uchun kredit moliyalashtirishning unchalik yaxshi usuli emas va kredit faqat bankning
foydasini ko’zlaydi hamda kredit qaytarilgan kunda bankning shu k
redit orqali olgan foydasi tugaydi.
Investitsiya:
Investitsiya-
bu bir qancha loyihalarga kiritiladi va shartnomaga ko’ra yangi tuzilgan startap yoki
kompaniyalar qachonki foydaga chiqqanda investor kiritgan investitsiyasiga qarab doimiy foydada
bo’ladi. S
h
uningdek aynan investitsiya so’mmasi qay
tarilishi shart emas va bu tadbirkor uchun ancha
xotirjam faolitini olib borish imkoniyatini beradi. Investitsiya har ikki tomonni ya’ni bankni ham
kompaniyani ham foydasini ko’zlaydi.
Largest venture capital in the world
1.
Sequoia Capital
2.
Andresson Horowitz
3.
Accel Partners
4.
Kleiner Perkins
5.
Benchmark Capital
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
47
6.
Index Ventures
7.
Greylock Partners
8.
Founders Fund
9.
500 Startups
10.
New Enterprise Associates
Rivojlangan davlatlarning fond bozorlarida ya’ni
London fond bozori, New York fond bozori va
Hong Kong fond bozorlarida kompaniyalarimiz aksiyalari joylashtirilishi uchun bizning aksiyadorlik
jamiyatlarimizda korporativ boshqaruv to’laqonli yo’lga qo’yilishi bu
- yirik fond bozorlarning eng
muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki korp
orativ boshqaruv o’zida muhim tamoyillarni jamlaydi.
Bular- Adolatlilik, shaffoflik, hisobdorlik va javobgarlik hisoblanadi. Bu tamoyillar asosida faoliyat
yurituvchi kompaniyalar shubhasiz iqtisodiy tez rivojlanadi va bunda tizim ishlagani uchun kompaniya
faoliyati barqaror bo’ladi va uzoq yillar faoliyat yuritadi. Bu o’z o’rnida 100
-150 yillik tarixga ega
kompaniyalar paydo bo’lishiga olib keladi. Bugungi kunda shunday kompaniyalar mavjud:
1.
JP Morgan
2.
Nestle
3.
Coca Cola
4.
Ford
5.
Pepsi
6.
General Electric
Bu kompaniyalar 100 yil va undan ham ko’proq tarixga ega hamda o’z qadriyatlariga ega
kompaniyalar hisoblanadi.
Kapital bozorining rivojlanishida kompaniyalarda korporativ boshqaruvni yo’lga qo’yishning juda
katta
o’rni bor. Adolatlilik, shaffoflik
, hisobdorlik va javobgarlik kabi korporativ boshqaruv tamoyillari
yo’lga qo’yilgan kompaniyalarda endigina ish boshlagan xodim ham hech qanday korrupsiyasiz va
tanish bilishlarsiz karyera qila oladi. Chunki kompaniyada tizim ishlaydi va kompaniyaning qonun
qoidalariga amal qilib o’z ustida ishlab tinimsiz rivojlanib borgan hamda kompaniyaga foyda keltirgan
oddiy xodim ham karyera qilib CEO darajasigacha chiqishi ham mumkin va shu o’rinda kompaniya
aksiyadori ham bo’lishi
mumkin. Bunga misol qilib Hindistonlik Sundar Pichai ni keltirishimiz mumkin.
U oddiy talaba bo’lib Hindistondan AQSH ga kelgan va universitetni bitirib Google ga ishga kirgan.
Bugungi kunda u Google da CEO hisoblanadi ya’ni kompaniyani u boshqaradi.
Korporativ boshqaruvning bir necha modellari mavjud. Amerika, Germaniya va Yaponiya singari
dunyo tan olgan modellar mavjud. Chunki bu davlatlar korporativ boshqaruvni samarali yo’lga qo’ya
olgan. Shuning uchun bu davlatlarning o’zi ham kompaniyalari ham dunyod
a yetakchi hisoblanadi.
Birgin
a Yaponiyaning o’zi texnologiyada dunyoda yetakchi hisoblanadi va bu davlatda kuchli investorlar
hamda juda yirik fondlar rivojlangan korporatsiyalar bor. Yaponiyalik investor Masayoshi Son
hisoblanadi. U o’zi asos solgan fond
ga biznesmenlardan katta miqdo
rda mablag’larni jalb qilgan holda
startaplarga pul tikadi va yangi loyihalarni kash etadi. Softbank ma’lumotlariga ko’ra uning har
yigirmatadan bitta loyihasi muvaffaqiyatli bo’ladi va qolgan muvaffaqiyatsiz 19 ta loyihaning
zararini
qoplab, foydaga chiqadi. Uning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri Alibaba Group hisoblanadi. Shuning
uchun biz davlatimizdagi har bir kompaniyada korporativ boshqaruvni mukammal yo’lga qo’yishimiz
kerak. Afsuski bugungi kunda bizning davlatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari
qo’l boshqaruvida ish
yuritadi. Bu bugungi davr talabiga umuman mos kelmaydi. Bu boshqaruv tartibsiz boshqaruv
hisoblanadi va bu kompaniya rivojlanishini va barqaror faoliyat yuritishini sekinlashtiradi. Qo’l
boshqaruvidan voz
kechib tizimli boshqaruvga o’
tish kerak va kompaniyalarimizda korporativ
boshqaruvni hamda korporativ madaniyatni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida va zamon talablariga
mos ravishda takomillashtirib borish kerak
Xulosa va takliflar.
Kompaniyalarimiz faoliyatini rivojlantirish uchun bir qancha omillar mavjud. Buning uchun
alohida heyj fondlar va investitsion banklar tashkil qilinishi kerak va ular o’z fondlariga ega bo’lishi
kerak. Har bir kompaniyada u Mas’uliyati cheklangan jamiyatmi, aksiyadorlik
jamiyatimi yoki bankmi
ya’ni qanday kompaniya bo’lishidan qatiy nazar ularda korporativ boshqaruv yo’lga qo’yilishi kerak va
bu kompaniyalar fond bozorlariga chiqishi kerak. Fond bozori rivojlanishi kerak va banklarning bunda
ishtirokini kuchaytirish kerak. Banklar investitsion faoliya
t bilan shug’ullanishi uchun ularning o’zi
moliyaviy jihatdan kuchli va mustaqil bo’lishi kerak. Banklar mustaqil holda va zamon talablariga to’la
javob beradigan holda faoliyatini tashkil qilishi kerak. Banklarning investitsion faoliyati kredit
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
48
faoliyatid
an ancha ustun bo’lishi kerak. Banklarning xalqaro miqyosda rivojlanishini taminlaydigan
asosiy omil mavjud. Bu banklarning xorijiy fond bozorlariga chiqishi hamda IPO o’tkazishi hisoblanadi.
Banklar moliyaviy jihatdan ustun bo
’lishi uchun bu bosqichlardan
o’tishi kerak. Xorijiy fond bozorlarida
listingdan o’tish va IPO o’tkazish oson jarayon emas. Buning uchun har bir davlatning o’zining listing
talablari va to’lovi mavjud. London fond bozori yoki New York fond bozorlari ma’lu
m bir listing talablari,
to’lo
vlar, adolatli va shaffof faoliyatni talab qiladi. Bundan tashqari ular kompaniyalarda korporativ
boshqaruv mukammal yo’lga qo’yilganligini talab qiladi. Banklarimiz manashu talablarga javob bergan
holda kelajakda xalqaro fond bozorlariga chiqishi mumkin. Fond bozorlari va IPO jarayonlari
investitsiyalar jalb qilishning eng foydali usuli hisoblanadi. Softbank va Alibaba Group kompaniyalari
misolida investitsiya va IPO ning kuchi haqida tasavvurga ega bo’lishimiz mumkin. Manashu
faoliyatni
yo’lga qo’ya oladigan kompaniyalar kelajakda muvaffaqiyatli bo’ladi. Bizning kompaniyalarimiz ham
shu bosqichlarni amalga oshirgan holda yangi loyihalarni va startaplarni moliyalashtirishi mumkin
hamda iqtisodiyotga katta foyda keltiradi.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Bob Tracker (2023), The practice of corporate governance, copyright.
Elmirzayev S. (2021) “Kapital bozori” darslik, –T.: “Iqtisod
Moliya”.
Gary Strumeyer (2017), The capital markets.
Glosten L.R. (2019) The new stock market, Columbia University Press.
