Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
53
ILMIY DARAJALI KADRLAR TAYYORLASH JARAYONINI STATISTIK
TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASH
Fazliddinov Shohruh Shamsiddinovich
Kadrlar malakasini oshirish va
statistik tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0009-4844-4261
Annotatsiya
.
Maqolada ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashning muhim muammosi
va bu jarayonni bashorat qilish uchun statistik tahlildan foydalangan holda sohadagi imkoniyatlar
ko‘rib chiqilgan. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonlarini o‘rganish va bash
orat qilish uchun
statistik tahlildan foydalanish ushbu jarayonni boshqarish samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi, o‘quv xarajatlarini optimallashtiradi va ilmiy darajali kadrlarga bo‘lg
an ehtiyojni aniqroq
rejalashtirishni ta’minlaydi. Ushbu tadqiqotdagi ma’lumotlardan foydalanish orqali ilmiy darajaga
ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish va ularning mehnat bozorida
raqobatbardoshligini oshirishga erishish mumkin.
Kalit
soʻzlar:
ilmiy darajali kadrlar, statistik tahlil, prognozlash, respondentlar, ilm-fan, qabul,
kvotalar, tadqiqotchilar, ustuvor yo‘nalishlar, indikatorlar, tayanch doktorantura, doktorantura,
maqsadli doktorantura, muammo, yechim.
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
И ПРОГНОЗИРОВАНИЕ ПРОЦЕССА
ПОДГОТОВКИ НАУЧНЫХ КАДРОВ
Фазлиддинов Шохрух Шамсиддинович
Институт Повышения квалификации
кадров и статистических исследований
Аннотация
.
В данной статье рассматривается важная проблема подготовки кадров
с научной степенью и
возможности использования статистического анализа для
прогнозирования этого процесса. Применение статистического анализа для изучения и
прогнозирования процессов подготовки кадров с научной степенью способствует
улучшению эффективности управления этим процессом, оптимизации затрат на обучение
и более точному планированию потребности в научных кадрах. Полученные данные
позволяют разработать систему подготовки кадров с ученой степенью и повысить
конкурентоспособность на рынке труда.
Ключевые слова:
академический состав, статистический
анализ, прогнозирование,
респонденты, наука, прием, квоты, исследователи, приоритеты, показатели, базовая
докторантура, докторантура, целевая докторантура, проблема, решение.
UO
‘
K: 330.43: 378.245
IV SON - APREL, 2024
53-63
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
54
STATISTICAL ANALYSIS AND FORECASTING OF THE PROCESS OF
PREPARATION OF SCIENTIFIC-LEVEL PERSONNEL
Fazliddinov Shokhrukh Shamsiddinovich
Institute of Advanced Qualification Staff and Statistics
Annotation.
The article considers an important issue of training personnel with a scientific
degree and the possibilities in the field of using statistical analysis to forecast this process. The use of
statistical analysis to study and forecast the processes of training personnel with a scientific degree
allows to significantly improve the efficiency of managing this process, optimize training costs, and
ensure more accurate planning of the need for scientific personnel. Using the information from this
research, it is possible to develop a system for training personnel with a scientific degree and to
increase their competitiveness in the labor market.
Keywords:
academic staff, statistical analysis, forecasting, respondents, science, admission,
quotas, researchers, priorities, indicators, basic doctoral studies, doctoral studies, targeted doctoral
studies, issue, solution.
Kirish.
Hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri ilmiy darajali kadrlar
tayyorlash hisoblanadi. Biroq, bu sohadagi muammolarni samarali hal qilish uchun
o‘quv
jarayonining dinamikasini diqqat bilan tahlil qilish va uning rivojlanishini bashorat qilish kerak.
Buning uchun ilmiy darajali kadrlar tayyorlash dinamikasini baholash imkonini beruvchi statistik
tahlil o‘tkaziladi. Bitiruvchilar soni, ularning tayy
orgarlik darajasi, shuningdek, ish
beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan
talabi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. O‘tkazilgan statistik
tahlillar asosida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonini rivojlantirish prognozini tuzish
mumkin. Bu davlat organla
ri va taʼlim muassasalariga oʻz faoliyatini optimallashtirish va uni
mehnat bozori ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga yoʻnaltirish imkonini beradi. Shunday
qilib, ilmiy darajali kadrlar tayyorlash dinamikasini statistik tahlil qilish va prognozlash ushbu
sohani samarali boshqarishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash sohasini iqtisodiy
-statistik
tahlil etish hamda samaradorligini yanada oshirish masalalari bo‘yicha mahalliy olimlardan Norov
(2023) davlat boshqaruvi organlari va
xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlari vazifalari
tarkibiga iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va
innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq bo‘yicha ilmiy
-
tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga
oid innovatsiyalarni joriy etishni kiritish orqali ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirishni asoslab berilgan va bu orqali davlat organlari va xo‘jalik
birlashmalari
rahbarlarining o‘
rinbosarlarini iqtisodiyotning real sektori raqobatbardoshligini oshirishga
qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ishlanmalarni rag‘batlantirishda muhim o‘rin
tutishi haqida fikr mulohazalar yuritilgan hamda davlat
boshqaruvi organlari va xo‘jali
k
birlashmalari rahbar o‘rinbosarlarining faoliyati ilm
-fan va texnika rivoji uchun qulay shart-
sharoit yaratishga, o‘z navbatida mamlakatning jahon miqyosida mavqeini mustahkamlashga
xizmat qilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan
(Norov, 2023).
Yana bir mahal
liy olimlarimizdan B.Sh.Usmonov esa oliy taʼlim faoliyatini boshqarish va
yuqori malakali kadrlar tayyorlashda taʼlim sifatini oshirishning klasterli yondashuvlarga
asoslangan besh bosqichli innovatsion modulli tizimi texnologik transfer fanni biznes bilan
integratsiyalash hamda xorijiy tajribalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirganlar va
yuqori malakali kadrlar tayyorlashda
oliy ta’lim muassasasi
fan va ishlab chiqarish oʻrtasida
uygʻunlikni taʼminlovchi tizim yaratilishiga alohida eʼtibor berish
va s
hunga koʻra ushbu amaliy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
55
tadqiqot boʻyicha fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiya asosida yaratilishi
qayd etilgan
(Usmonov 2020).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqotimiz davomida biz ushbu maqolada ilmiy darajali kadrlar tayyorlash
tizimining hozirgi holatini, jumladan, ilmiy faoliyat to
ʻ
g
ʻrisidagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilish
orqali o
ʻquv jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va tegishli uslub va modellar
yordamida bu omillarning statistik tahlilini o
ʻ
tkazish va shundan so
ʻ
ng olingan statistik
ma’lumotlar asosida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonining kelajakdagi rivojlanishini
baholash imkonini beruvchi bashoratli modelni ishlab chiqish hamda tadqiqot davomida olingan
natijalarni tekshirish va tahlil qilish, shuningdek, tadqiqot asosida ilmiy darajali kadrlar
tayyorlash jarayonini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirish maqsad qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash boʻyicha y
uqorida nomlar
i keltirib oʻtilgan va shu kabi
boshqa bir qator olimlarimiz bu sohaga oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshganlar. Ilmiy darajali
kadrlar tayyorlash jarayonida innovatsion uslub va texnologiyalardan foydalanish
samaradorligini tahlil qilish ham tadqiqotn
ing muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy
olimlarning ilmiy ishlarida ham taʼlim sifatini oshirish va malakali mutaxassislar tayyorlash uchun
zamonaviy taʼlim yondashuv va vositalarini joriy etish muhimligi qayd etilgan boʻlib ush
bu mavzu
boʻyicha adabiyotlarni koʻrib chiqish orqali Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar
tayyorlash sohasidagi asosiy tendensiya va muammolarni aniqlash mumkin. Shuningdek, mahalliy
olimlarimizning ishlanmalari ushbu sohani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun
qimmatli maʼlumotlarni beradi.
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonining dinamikasini statistik tahlil qilish va
prognozlash uchun quyidagi qadamlari haqida fikr bildirish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonining prognozlash qadamlari
11
11
Muallif ishlanmasi.
Ma'lumotlar
to'plami
Prognozlash
Tahlil usullari
Dinamik analiz
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
56
Ma’lumotlar to‘plami:
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonining dinamikasini tahlil
qilish uchun ilgari va joriy yillardagi ma’lumotlarni to‘plab olish zarur. Bu ma’lumotlar o‘quvchilar
soni, berilgan ilmiy darajalar soni, ilmiy tadqiqotchilar soni, ilmiy dargohlar va laboratoriyalar
soni, tashkilotning moliyaviy resurslari va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Tahlil metodlari:
Tahlil uchun mos metodlarni tanlash kerak. Buning uchun statistik analiz,
jadvallar, grafiklar, ulardan olingan koeffitsiyentlar va boshqa tahlil usullaridan foydalanish
mumkin. Bu usullar tashkilotning ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonidagi o‘zgarishlarni va
trendlarni aniqlashga yordam beradi.
Dinamik analiz:
T
ahlil davomida o‘quvchilar soni, ilmiy tadqiqotchilar soni, ilmiy dargohlar
va laboratoriyalar soni, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ishlar soni kabi muhim
ko‘rsatkichlarning dinamikasini o‘rganish zarur. Bu, yillar o‘tishi bilan o‘zgarishlarni an
iqlash,
sohalarning rivojlanishi va tashkilotning ilmiy darajali kadrlar tay
yorlashida qanday o‘zgarishlar
bo‘lishini tushunishga imkon beradi.
Prognozlash:
Tahlil natijalariga asosan, tashkilotning ilmiy darajali kadrlar tayyorlash
jarayonining kelajakdag
i prognozini qilish mumkin. Bu prognozlar o‘quvchilar soni, ilmiy
faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy resurslar, ilmiy dargohlar va laboratoriyalar
rivojlanishi, xorijiy hamkorliklar va boshqa faktorlarga asoslanadi. Prognozlar tashkilotning ilmiy
darajali kadrlar tayyorlash strategiyasini shakllantirishga va istiqbollariga qarab iqtisodiy
resurslarni ta’minlashga yordam beradi.
Bular tahlil va prognozlash jarayonining bazi muhim qadamlari bo‘lib, amaliy yondashuv va
ilmiy tadqiqotlar asosida m
ustahkamlashgan ko‘nikmalarga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu
ko‘nikmalar orqa
li tashkilotning ilmiy darajali kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish va
o‘zaro ta’sirga ko‘ra olingan maqsadli natijalarni erkinlik bilan ko‘rish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qaysi yo‘nalishlar kelajakda
ustuvorga aylanishini prognozlash maqsadida so‘rovnoma tashkillashtirildi. Respondentlarning
fikricha, mamlakatimizda keyingi 10 yil ichida quyidagi sohalar ilm-fanning ustuvor yo
‘nalishlari
bo‘lishi kerak: axborot texnologiyalari (1
1 foiz), tibbiyot (10 foiz), texnika fanlar (9,7 foiz).
Ulardan so‘ng kimyo, fizika, nanotexnologiya va qishloq xo‘jaligi kabi fan sohalari keladi. Hammasi
bo‘lib, respondentlar ilm
-fan va muhandislik b
o‘yicha 28 ta mutaxassislikni taklif qilishdi (1
-
jadval).
Jadvalda ko‘rib turganimiz turli xil sohalarning malakali mutaxassislari prognozlash
maqsadida so‘rovnomada O‘zbekistonda ilm
-
fanni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarini
o‘zlarining bilim v
a malakalaridan kelib chiqib oldingi va hozirgi tendensiyalarni tahlil qiligan
holda fikrlarini bildirishgan. O‘ylaymizki ushbu so‘rovnoma ishtirokchilarining fikrlari kelajakda
oz bo‘lsada o‘z ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi.
Ayni damda mamlakatimizda oliy
ta’lim muassasalarda ilm
-fanni rivojlantirish borasida bir
qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari soni
hozirgi kunga kelib (2023-
yil holatida) 211 ta bo‘lib shundan, davlat oliy ta’lim muassasalari soni
116
ta, xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari soni 30 ta, nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni
65 tani tashkil qiladi. Jami 211 ta oliy ta’lim muassasalari huzurida 11 ta ilmiy tadqiqot institutlari
mavjud, 116 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud laboratoriyalar soni
203 tani tashkil etadi.
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarliklarida “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi ha
mda
yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida” 2021
-yil 16-
iyun kuni o‘tkazilgan
videoselektor yig‘ilishi 34
-sonli bayonining 16-
bandida Oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini
oshirish, ilm-
fan va innovatsiyani rivojlantirish yo‘nalishla
rida Innovatsion rivojlanish vazirligi
(hozirgi Innova
tsion rivojlanish agentligi), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (hozirgi Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligi) hamda Moliya vazirligi (hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi)
birgalikda 2022-
yildan oliy ta’lim muassasalari uchun doktoranturaga
ajratilayotgan kvotalar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
57
sonini ikki baravarga oshirish va undan keyingi yillarda 2021-yilga nisbatan har yili 50 foizga
oshirib borish vazifasi yuklatilgan.
1-jadval
“Iltimos, keyingi 10 yil ichida O‘
zbekiston uchun ilm-fanni rivojlantirishning eng ustuvor
yo‘nalishlarini ko‘rsating” degan savolga javoblar taqsimoti, foizda
12
№
Ilm-
fan yo‘nalishi
Javoblar ulushi, foizda
1.
Axborot texnologiyalari
11,11
2.
Tibbiyot
10,07
3.
Texnika fanlari
9,78
4.
Kimyo
6,37
5.
Fizika
6,22
6.
Nanotexnologiya
5,33
7.
Qishloq xo‘jaligi
4,44
8.
Biologiya
4,15
9.
Iqtisodiyot
4,00
10.
Ijtimoiy fanlar
3,85
11.
Biotexnologiya
3,11
12.
Qurilish
2,96
13.
Matematika
2,81
14.
Ekologiya
2,67
15.
Energetika
2,52
16.
Biologiya, naslchilik, o‘simlikshunoslik
, genetik muhandislik, dorivor
o‘simliklardan biologik faol qo‘shimchalar olish, virusologiya sohasidagi
fundamental tadqiqotlar
2,52
17.
Farmasevtika
2,52
18.
Sanoat
2,52
19.
Gumanitar fanlar
2,37
20.
Yadro fizikasi
1,78
21.
Tabiiy fanlar
1,78
22.
Kosmik muhandislik
1,63
23.
San’at va
madaniyat
1,48
24.
Genetika
1,33
25.
Mashinasozlik
1,04
26.
Robototexnika
0,74
27.
Yashil iqtisodiyot
0,59
28.
Quyosh energetikasi
0,30
Moliya vazirligiga (hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi) har yili budjetdan qo‘shimcha 100
mlrd.
so‘m ajratishi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari (har bir tarmoq bo‘yicha) o‘z
sohasiga tegishli oliy ta’lim muassasalariga, o‘z jamg‘armasidan zamonaviy laboratoriyalarni
tashkil qilish, jihozlash hamda doktorantlar kvotalari uchun 10 mlrd so
‘mdan mablag‘ ajratish va
bunda, sifat va innovatsiya eng asosiy baholash mezoni bo‘lishi nazarda tutilishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda biz kelajakda doktoranturaga ajratiladigan kvotalarni
prognozini ko‘rib chiqamiz (2
-rasm).
2-rasm. Davlat budjetidan doktoranturaga ajratilgan kvotalar
13
12
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-
texnik axborot markazi bilan muallif ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma.
O‘zbekiston Respublikasi ilm
-fan va innovatsiyalar sohasidagi
Milliy ma’ruza –
Toshkent, 2022-yil, 107-109 b.
13
Innovatsion rivojla
nish agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
3980
4270
4500
4700
5000
5200
5400
5600
327
430
490
736
950
1150
1350
1450
2 0 2 3 - Y I L
2 0 2 4 - Y I L
2 0 2 5 - Y I L
2 0 2 6 - Y I L
2 0 2 7 - Y I L
2 0 2 8 - Y I L
2 0 2 9 - Y I L
2 0 3 0 - Y I L
Tayanch doktorantura
Doktorantura
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
58
Yuqoridagi bayonda keltirilgan topshiriqqa asosan oldingi yillarda sajor-tadqiqotchilik
uchun ajratilgan qabul kvotalarining sonini kelgusi yillarda nechtani tashkil qilishini prognozini
tahlil qilib chiqamiz (3-rasm).
3-rasm. Stajor-tadqiqotchilikka ajratilgan kvotalar
14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi “Ilm
-fanni 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF
-6097-son Farmonining 1a-ilovasida
Konsepsiya
ning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlariga tayanib tadqiqotchilarning o‘rtacha
yoshini prognozini 4-
rasmda ko‘rib chiqamiz
(Farmon, 2020) .
4-
rasm. Tadqiqotchilarning o‘rtacha yoshi
15
Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan ja
miyat va xalqparvar
davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz Rahbari belgilab bergan bu
ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan
-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib
bormoqda. Oliy ta’limdan keying ta’lim
sohasida ham prezidentimiz tomonlaridan belgilab
berilgan kelgusida ustuvor yo‘nalishga aylanadigan sohalarga ajratiladigan maqsadli
doktorantura uchun kvotalarni prognozini tahlil qilamiz (5-rasm).
Har yili Davlatimiz Rahbari belgilab beradigan
ustuvor yo‘nalishlar asosid
a hamda
boshqalarga nisbatan oqsayotgan sohalarni rivojlantirish maqsadida yangi ustuvor ixtisosliklar
bo‘yicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlash indikatorlari prognozi ishlab chiqildi (6
-rasm).
14
Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
15
Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lumotlari asos
ida muallif ishlanmasi.
500
520
540
560
580
600
620
650
2023 й
2024 й
2025 й
2026 й
2027 й
2028 й
2029 й
2030 й
46
46
45
43
39
2023-yil
2024-yil
2025-yil
2027-yil
2030-yil
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
59
5-
rasm. Ustuvor yo‘nalishlarga
ajratiladigan maqsadli kvotalar
16
Nanobiotexnologiya, Kosmik tadqiqotlar, Lazer texnologiyalari, Nanotexnologiyalar,
Mashinasozlik texnologiyasi kabi sohalar prezidentimiz tomonlaridan belgilab berilga ustuvor
sohalarga kiritilganligi hamda ushbu
yo‘nalishlar kelajak sohalari hisobl
ansada mamlakatimizda
qolgan sohalarga nisbatan orqada qolayotganligini hisobga olib ularni rivojlantirish maqsadida
ilmiy darajali kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvotalar sonini oshirish, malakali ilmiy mutaxassislar
tayyorlash zamon talablaridan biri hisoblanadi.
6-
rasm. Yangi ustuvor ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlar
tayyorlash indikatorlari
17
16
Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lumotla
ri asosida muallif ishlanmasi.
17
Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
2023-yil
2024-yil
2025-yil
2026-yil
2027-yil
2028-yil
2029-yil
2030-yil
0
500
1000
1500
2000
2500
696 739
2189
1593
153 110
486
2108
272
587
5
8
10
15
4
6
8
15
3
5
8
10
15
5
8
12
15
10
15
20
25
2024-yil
2025-yil
2026-yil
2027-yil
2030-yil
Nanobiotexnologiya
Kosmik tadqiqotlar
Lazer texnologiyalari
Nanotexnologiyalar
Mashinasozlik texnologiyasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
60
Ma’lumki, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani
uning xotin-
qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan be
lgilanadi. Mamlakatimizda xalqni
rozi qilish maqsadi yo‘lida xotin
-
qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ularning o‘qishi, ishlashi, salomatligi, oilasi uchun sharoitlar yaxshilanm
oqda.
“Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb
-
hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi
muhit butunlay o‘zgaradi”
(Mirziyoyev, 2023).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 7-
martdagi “Oila va xotin
-qizlarni tizimli
qo‘llab
-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” PF
-87-son
Farmonining 3-
bandi e) kichik bandida davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari
doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borish
belgilangan. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi (hozirgi Innovatsion rivojlanish agentligi)
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (hozirgi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) ikki
oy muddatda xotin-qizlar uchun mazkur kichik bandda nazarda tutilgan maqsadli kvotalar davlat
ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari kesimida tasdiqlanishini ta’minlash topshirig‘i
berilgan (Farmon, 2022).
Yuqoridagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsion ri
vojlanish vazirligining
(hozirgi Innovatsion rivojlanish agentligi) 2022-yil 29-
apreldagi Hay’ati yig‘ilishining 19
-son
bayoni bilan kun tartibidagi masalaga kiritilib tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019
-yil 22-iyuldagi 606-son qarori 1-
ilovasi 13-
bandida tasarrufida oliy ta’lim y
oki ilmiy-
tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar,
idoralar va tashkilotlar har yili 15-mayga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga keyingi (2023-
yil) yildan boshlab tayanch doktoranturaga, doktorantura va maqsadli doktoranturaga
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjet mablagdari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi
bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qilishlari belgilanganligi hamda yuqorida berilgan
topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida qabul kvotalarni ajratish bo‘yicha yo‘nalishlar belgi
lab
olinganligi ta’kidlangan
(Qaror, 2019).
Jumladan:
1.
Sun’iy intellekt;
2. Biotexnologiya;
3. Tuproqshunoslik;
4. Muqobil va ekologik toza energiya;
5. Chorvachilikni rivojlantirish sohasida genetika;
6.
Qishloq xo‘jaligi;
7. Inson huquqlari;
8. Matematika;
9. Fizika;
10. Geologiya;
11. Kimyo;
12. Biologiya.
Mazkur yo‘nalishlar ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashdagi ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishlarga 2022
-yilda ajratilgan qabul kvotalari:
Sun’iy intellekt
- 33 ta;
Biotexnologiya - 32 ta;
Tuproqshunoslik- 17 ta;
Energetika va elektrotexnika - 91 ta;
Zootexniya - 46 ta;
Qishloq xo‘jaligi
- 412 ta;
Inson huquqlari - 2 ta;
Matematika - 131 ta;
Fizika - 137 ta;
Geologiya - 87 ta;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
61
Kimyo - 337 ta;
Biologiya - 293 ta.
Ushbu yo‘nalishlarda 20
21-yilda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga
ega bo‘lganlar soni:
Biotexnologiya - 2 ta (PhD- 2 ta);
Tuproqshunoslik - 5 ta (PhD- 4 ta, DSc- 1 ta);
Energetika va elektrotexnika - 22 ta (PhD- 20 ta, DSc- 2 ta);
Zootexniya - 11 ta (PhD- 9 ta, DSc- 2 ta);
Qishloq xo‘jaligi
- 75 ta (PhD- 65 ta, DSc- 10 ta);
Matematika - 47 ta (PhD- 35 ta, DSc- 12 ta);
Fizika - 49 ta (PhD- 39 ta, DSc- 10 ta);
Geologiya - 27 ta (PhD- 21 ta, DSc- 6 ta);
Kimyo - 104 ta (PhD- 91 ta, DSc- 13 ta);
Biologiya - 85 ta (PhD- 69 ta, DSc- 16 ta).
Yuqorida qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha xotin
-qizlar uchun har yili kamida 300
ta maqsadli kvotalar davlat ilmiy tashkilotlari va
oliy ta’lim muassasalari kesimida tasdiqlanishi,
2023-yilda xotin-qizlar uchun 300
ta maqsadli kvotani oliy ta’lim muassasalari kesimida ajratilishi
belgilangan va shu yil uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi (hozirgi Innovatsion rivojlanish
agentligi)
Hayʼati yig‘ilishining 2022
-yil 20-sentabrdagi 35-son bayoni 9-ilovasi bilan taqsimoti
tasdiqlangan (6-ilova)
.
Innovatsion rivojlanish vazirligi (hozirgi Innovatsion rivojlanish agentligi) 2022-yil 29-
apreldagi Hay’ati yig‘ilishining 19
-son bayonidan keli
b chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar ken
gashi yig‘ilishining 2023
-yil 4-avgustdagi 20-son bayonida
2024-yilga xotin-qizlar uchun doktoranturaga 300 ta maqsadli kvotani ilmiy tashkilotlar kesimida
ajratish taklif
qilinib, qabul kvotalarini quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ajratish taklif
etilgan:
1.
Sun’iy intellekt;
2. Axborot texnologiyalari;
3. Biotexnologiya;
4. Tuproqshunoslik;
5. Muqobil va ekologik toza energiya;
6. Chorvachilikni rivojlantirish sohasida genetika;
7.
Qishloq xo‘jaligi;
8. Inson huquqlari;
9. Matematika;
10. Fizika;
11. Geologiya;
12. Kimyo;
13. Biologiya;
14. Tibbiyot;
15. Qurilish.
Hozirgi kunda, mazkur yo‘nalishlar ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashdagi ustuvor
yo‘nalishlar hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishlarga 2023
-yilda ajratilgan qabul kvotalari:
Sun’iy intellekt
–
100 ta;
Axborot texnologiyalari
—
180 ta;
Biotexnologiya
–
32 ta;
Tuproqshunoslik
–
23 ta;
Energetika va elektrotexnika
–
123;
Zootexniya
–
57 ta;
Qis
hloq xo‘jaligi –
442 ta;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
62
Inson huquqlari
–
6 ta;
Matematika
–
146 ta;
Fizika
–
155 ta;
Geologiya
–
102 ta;
Kimyo
–
459 ta;
Biologiya
–
334 ta;
Tibbiyot
–
375 ta;
Qurilish
–
132 ta.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm
-fan va
innovatsiyalar kengashi yig‘ilishining
2023-yil 11-avgustdagi 21-son bayoni 8-ilovasiga muvofiq ilmiy tashkilotlarning
doktoranturasiga xotin-qizlar uchun ajratilayotgan maqsadli kvotalarning 2024-yil uchun
taqsimoti tasdiqlangan (7-ilova)
.
Qabul kvotalarini Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son, 2019-yil 22-
iyuldagi 606-son va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qarorlarida belgilangan tartibda amalga
oshirilishini hamda qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlarda berilgan qabul kvotalari to‘lmay qolgan
taq
dirda ajratilgan kvotalarni boshqa yo‘nalishlarga qayta taqsimlash choralarini ko‘rish qayd
etilgan.
Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari
doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilishi
behuda ketmasligi uchun kelajakda har yili ustuvor yo‘nalishlargagina berilishi va kvotalar o‘rni
to‘lmay qolgan taqdirda boshqa yo‘nalishlarga qayta taqsimlanishi belgilab qo‘yilgan.
Tadqiqotlarimiz davrida sohadagi bir qanc
ha jarayonlarni prognozlarini ko‘rib chiqdik,
tahlillarimizda o‘sish sur’atlari qayd etilgan va bu yaxshi ko‘rsatkich his
oblanadi. Sohadagi
yutuqlar bilan birgalikda kamchiliklar ham mavjud bo‘lib agarda ularni oldini olmasak kelajakda
o‘ylagan natijalarim
izga erisha olmasligimiz mumkin, shu sababli ilmiy darajali kadrlar tayyorlash
sohasidagi muammolar yechimiga takliflarimizni ishlab chiqdik va u kelajakda qanday natija
berishini ko‘rib chiqamiz (2
-jadval).
2-jadval
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash sohasidagi muammolar, ularning yechimiga
qaratilgan takliflar va kelajakdagi natijadorligi
18
№
Muammo
Yechim
Natija
1.
Stajor-tadqiqotchi va
izlanuvchilarning yakka
tartibdagi rejasidagi ishlar
bajarilishi nazoratga olinmagan
Doktorantura ofisini tashkil
etish
Ilmiy salohiyat 50%ga yetkaziladi
2.
Talabalarga ilmiy faoliyat olib
borish uchun zarur shart-
sharoitlar va rag‘batla
ntirish
mexanizmlari yaratilmagan
Ilm-fanni rivojlantirishning
zamonaviy infratuzilmasini
yaratish, ilm-fan taraqqiyotiga
ko‘maklashadigan zamonaviy
axborot muhitini shakllantirish
Yangi dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy
darajali kadrlar ko‘lami oshiriladi
3.
Davlat oliy ta’lim
muassasalarida 9,4% ilmiy
tadqiqot institutlari va
markazlari mavjud
oliy ta’lim muassasalarida
mavjud ilmiy maktablarni
modernizatsiya qilish va yangi
ilmiy-tadqiqot institutlarini
tashkil etish
oliy ta’lim muassasalarda ilmiy
tadqiqot institutlari va markazlar
(9,4%dan 80%gacha) ko‘payishi
hisobiga ilm-
fan va ta’li
m
integratsiyasi rivojlanadi
Xulosa va takliflar.
Ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash jarayonini statistik tahlil qilish va prognozlash
kelajakda ta’lim va fan sohasida muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot natijalari o‘quv dasturlarini
18
Muallif ishlanmasi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
63
optimallashtirish, tendentsiyalarni aniqlash va mehnat bozori ehtiyojlarini bashorat qilish
imkonini beradi.
Bu oliy o‘quv yurtlari va ilmiy
-
tadqiqot muassasalariga o‘z faoliyatini samaral
i rejalashtirish,
talabalar va doktorantlarga esa o‘qish va kelajakdagi kasbi uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni
tanlash
imkonini beradi. Biroq, optimal natijalarga erishish uchun nafaqat statistik ma’lumotlarni,
balki ma’lum bir ta’lim dasturining o‘ziga
xos xususiyatlarini, mintaqaviy mehnat bozorining
xususiyatlarini va ilmiy sohadagi o‘zgarishlarni ham hisobga olish kera
k. Bu boradagi izlanishlarni
yanada aniqroq va samaraliroq tahlil qilish va prognozlash usullarini ishlab chiqishga olib keladi,
bu es
a o‘z navbatida fan va ta’lim rivojiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Farmon (2020)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi “Ilm
-fanni
2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF
-6097-son Farmoni;
Farmon (2022)
O‘zbekiston Respublikasi Prezid
entining 2022-yil 7-
martdagi “Oila va xotin
-
qiz
larni tizimli qo‘llab
-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”
PF-87-son Farmoni;
Ma’ruza (2022) Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy
-texnik axborot markazi
bilan muallif ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma. O‘zbekiston Respublikasi ilm
-fan va innovatsiyalar
sohasidagi Milliy ma’ruza –
Toshkent, 2022-yil, 107-109 b.
Mirziyoyev Sh.M. (2023) O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023
-yil 7-mart kuni
bo‘lib o‘tgan Xalqaro xotin
-
qizlar kuniga bag‘ishla
ngan tantanali marosimdagi nutqi.
Norov A.E. (2023) O‘zbekіѕtondа іnnovаtѕіon menejment tаmoyіllаrі аѕoѕіdа іlmіy dаrаjаlі
kаdrlаr tаyyorlаѕh metodologіyаѕіnі tаkomіllаѕhtіrіѕh Iqtisodiyot fanlari doktori ilmi
y darajasini
olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati.
Qaror (2017-2022) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son, 2019-yil
22-iyuldagi 606-son va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qarorlari;
Usmonov B.Sh. (2020)
Oliy taʼlim, fan va ishlab c
hiqarish integratsiyasini klasterli
yondashuvlar asosida innovatsion rivojlantirish pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati.
