Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
207
MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYALARI VA
STRATEGIYALARINI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARIDA INSON KAPITALINI
RIVOJLANISH OMILLARI
I.f.n., dots.
Ubaydullaev G‘ayrat Zuva
ytovich
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
ORCID: 0000-0003-0969-
729Х
ubaydullaevgayrat1962@gmail.com
Annotatsiya.
Tadqiqotning maqsadi
O‘zbe
kistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
konsepsiyalari va strategiyalarini amalga oshirish jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish
omillarining
nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish. Yangi O‘zbekistonda inson kapitalin
i rivoj
topishi uchun ilm-
fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy
ishlarning tahlili, dunyo sivilizatsiyalari va dunyo mamlakatlari qatori rivojlanish harakatlari.
Innovatsion rivojlanish manfaatlari yo‘lida inson
kapitalini shakllantirish jarayonida shaxsni
ta’limga, bilim, ko‘nikma, qobiliyat, motivatsiya, kasbiy yo‘naltirishga, yangi ma’lum
ot egalarini
tayyorlashga, ijtimoiy talabni shakllantirishga va ehtiyojlarga javob beradigan
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Kalit so
‘zlar:
Ta’lim, ta’lim tizimi, milliy inson kapitali, inson kapitaliga investitsiyalar,
ta’lim sifati, t
ibbiyot xizmatlari
,
innovatsion iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti,
mehnat resurslari, ishsizlik, yalpi ichki mahsulot.
ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА В ПРОЦЕССЕ РЕАЛИЗАЦИИ
КОНЦЕПЦИЙ И СТРАТЕГИЙ СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ СТРАНЫ
К.э.н., доц
.
Убайдуллаев Гайрат Зувайтович
Каршинский филиал Ташкентского университета
информационных технологий имени Мухаммеда аль
-
Хорезми
Аннотация.
Целью исследования является изучение теоретических и
практических основ факторов развития человеческого капитала в процессе реализации
концепций
и стратегий социально
-
экономического развития Узбекистана. Анализ
практической работы,
направленной на совершенствование науки, образования,
здравоохранения и культуры для развития человеческого капитала в новом Узбекистане,
усилий по развитию наряду с мировыми цивилизациями и странами мира. В процессе
формирования человеческого капитала в интересах инновационного развития он
направлен на образование, знания, навыки, умения, мотивацию, профессиональную
ориентацию личности, подготовку носителей новых знаний, формирование социального
спроса и развитие компетенций, которые удовлетворить потребности.
Ключевые слова:
Образование, система образования, национальный человеческий
капитал, инвестиции в человеческий капитал, качество образования, медицинские
услуги, инновационная экономика, цифровая экономика, мировая экономика, трудовые
ресурсы, безработица, валовой внутренний продукт.
UO
‘
K: 330.1, 331.1
VI SON
—
IYUN, 2024
207-213
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
208
FACTORS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT IN THE PROCESS OF
IMPLEMENTATION OF CONCEPTS AND STRATEGIES FOR SOCIO-ECONOMIC
DEVELOPMENT OF THE COUNTRY
PhD, аssoc. prof.
Ubaydullaev Gayrat Zuvaitovich
Karshi branch of the Tashkent University of Information
Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
Abstract.
The purpose of the study is to study the theoretical and practical foundations of
human capital development factors in the process of implementing concepts and strategies for the
socio-economic development of Uzbekistan. Analysis of practical work aimed at improving science,
education, health and culture for the development of human capital in the new Uzbekistan,
development efforts along with world civilizations and countries of the world. In the process of
forming human capital in the interests of innovative development, it is aimed at education,
knowledge, skills, abilities, motivation, professional orientation of the individual, training of
carriers of new knowledge, the formation of social demand and the development of competencies
that satisfy needs.
Key words:
education, education system, national human capital, investment in human
capital, quality of education, medical services, innovative economy, digital economy, world
economy, labor resources, unemployment, gross domestic product.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
28-yanvar 2022-yildagi PF-60-sonli
“2022
-
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
va
28
sentabr 2023-yildagi PF-158-sonli
“O‘zbekiston –
2030
” s
trategiyasi
to‘g‘risida”gi
Farmonlari
bilan
mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan ilm
-
fan va ta’lim
-
tarbiya sohasidagi islohotlar orqali O‘zbekistonda yangi uyg‘onish
d
avri, ya’ni Uchinchi
Renessans poydevorini yaratish borasidagi sa’y
-harakat
lari kutilgan natijalar berishiga to‘la
asos bor, deb baholanmoqda. Zero Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bizning havas qilsa
arziydigan ulug‘ tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan
u
lug‘ ajdodlarimiz bor”. Bunda, avvalo,
ta’lim va tarbiyani rivojlantirish,
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm
-fan va
innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi
lozim deb ta’kidlab o‘tdilar. Ta’kidlash joizki, bugun uchinchi Renessans masalasini o‘ta
strategik vazifa s
ifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarayotgan ekanmiz,
maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilm
-fan,
madaniy-
ma’rifi
y
masalalar bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi sifatida ko‘rilmoqda
. Bu
jarayonda bog‘cha tarbiyachisi, maktab o‘qituvchisi professor
-
o‘qituvchilar va yosh ilmiy
-ijodiy
tadqiqotchilarimiz esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuniga aylani
shi kerak.
Renessans poydevorini yaratish o‘z
-
o‘zidan vujudga kelmaydi, buni
ng uchun, avvalo yuzlab,
minglab iste’dodli kadrlar, fidoyi shaxslar kerak. Darhaqiqat bugunki kunda mamlakatning
rivojlanishi faqat mavjud tabiiy resurslar yoki aholi soniga bog‘l
i
q bo‘lmay qoldi.
Adabiyotlar sharhi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari va strategiyalarini amalga oshirish
jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish omillarining nazariy va amaliy asoslarini ilm-fan
va ta’lim
-tarbiya sohasidagi islohotlar orqali
inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib,
davlat tomonidan belgilangan islohatlarda aynan
ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom
turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirishga qaratilgan.
Inso
n qadrini ulug‘lashga qaratilgan strategiya
va vatanimiz ravnaqi va kelajak
istiqbolimizni belgilovchi muhim hodisa, intellektual salohiyatni rivojlantirish bugungi kunning
muhim vazifasi kabi gazetalardagi ilmiy maqolalarda inson kapitalini rivojlanib borayotganligi
to‘g‘risida olimlarimiz
Abduraxmonov (2022), Usmonov (2023), Rizaevlar (2023) tomonidan
ilmiy asoslangan ta’rif va tahlillar keltirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
209
“Inson kapitali innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy omili”
deb nomlangan
monografiyada Ubaydullaev (2023) tomonidan innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish
sharoitida zamonaviy bilimlar va raqamli iqtisodiy texnologiyalardan samarali foydalanib ilmiy
xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish jarayonlari keng ko‘lamda yoritilgan bo‘lib,
inson
kapitali hajmini oshishi jarayonida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari, axborot
kommunikatsiyalaridan to‘g‘ri foydalanish, axborot jamiyatida odamlar farovonligi va raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi bo‘yicha asosli tavsiyalar ko‘r
satib
o‘tilgan.
Ilmiy adabiyotlarda iqtisodiy tizimlarning innovatsion rivojlanishida inson kapitalining
roli, jahon iqtisodiyotining globallashuvi davrida intellektual capital to‘g‘risida olimlarimiz
Okunkova (2018), Golubkinlar (2005) tomonidan inson kapitalini rivojlantirish uchun
imkoniyatlar va xatarlarning kombinatsiyasi uning ta’lim kabi muhim elementida to‘liq aks
etishi, i
nson kapitalining tarkibiy elementi sifatida ta’limning ahamiyatini e’tiborsiz qoldirib
bo‘lmaydi, m
intaqada innovatsion iqtisodiyotni shakllanishi yangicha texnologiyalarni joriy
etilishi bu albatta inson kapitaliga bog‘liq bo‘ladi, inson kapitaliga qilingan sarf
-xarajatlar
dunyo sivilizatsiyalari va dunyo mamlakatlari qatori rivojlanishiga olib boradi mehnat
unimdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi hamda samarali bandlikni yuzaga
keltirishi to‘g‘risida o‘rinli va ahamiyatli ilmiy asoslangan ta’riflar berilgan
.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishining bajarishdan maqsad
O‘zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
konsepsiyalari va strategiyalarini amalga oshirish jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish
omillarining
nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish. Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivoj
topishi uchun ilm-
fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va mad
aniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy
ishlarning tahlili, dunyo sivilizatsiyalari va dunyo mamlakatlari qatori rivojlanish harakatlari.
Innovatsion rivojlanish manfaatlari yo‘lida inson kapitalini shakllantirish jarayonid
a shaxsni
ta’limga, bilim, k
o
‘nikma, qobiliyat, motivatsiya, kasbiy yo‘naltirishga, yangi ma’lumot egalarini
tayyorlashga, ijtimoiy talabni shakllantirishga va inson kapitalini rivojlantirishga muammolar
va ularning yechimlari bo‘yicha izlanishlari hamda
me’yoriy
-huquqiy hujjatlar
o‘rganilib xulosa
va takliflar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022
-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi
Farmonining
IV bo‘limi “Adolatli ijt
imoiy
siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”ga qaratilgan bo‘lib, 34 ta maqsadlarga
yo‘naltirilgan quyidagi taraqqiyot strategiyasini o‘z ichiga oladi (
Farmon, 2022).
Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-
hunarga o‘qish imkoniyatini yara
tish. Kasbga
o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb
-hunarlarga
o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish
.
Maktabgacha ta’limdagi
qamrov darajasini hozirgi 70 foizdan kamida 80 foizga yetkazish,
jumladan
6 yoshli
bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini
2024/2025 o‘quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish. Maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy
sektor ma
blag‘larini jalb qilish orqali 7 mingd
a
n ziyod yangi nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini tashkil etish. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay
muhit” dasturi amalga oshiriladi. Natijada, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab har yil
i 500 ming
yangi quvvat tashkil etilib,
o‘quv o‘rinlari soni 7,5 millionga yetkaziladi. 2,5 million o‘quvchi
o‘rniga ega maktablar qurishga 8 mlrd. dollar ajratiladi. 2022
-2026 yillarda 160 mingdan ziyod
pedagog kadrlarning malakasini oshirish. Maktabgac
ha ta’lim tizimida budjet mablag‘larin
ing
maqsadli va samarali sarflanishini moliyaviy jarayonlarining shaffof tarzda amalga oshirilishini
ta’minlash.
Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni
nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga o
shirish. O‘quv o‘rinlari sonini 2026
yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi
tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2026 yilda 8
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
210
foizga, shu jumladan 2024 yilda 5 foizga oshirish.
2026 yilga qadar o‘quv dasturlari va
darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib
chiqib, amalda joriy etish. Malakali
o‘qituvchilarning
oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga
yetkazish.
Yoshlarni
oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini
2026 yilda 50 foizga
yetkazilib, davlat
granti asosidagi qabul param
etrlari 2 barobarga oshiriladi. 2026 yilda qabul ko‘rsatkichini
kamida 250 mingga yetkazish.
2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muas
sasasini QS va
TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash,
xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha
5
yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. “TOP
-
500” ga kiradigan
xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50
ta qo‘shma ta’lim dasturi va “ikki diplomli
tizim” joriy qilinadi. 5 ta oliy ta’lim muassasasi milliy tadqiqot
oliygohlariga aylantirilib,
qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 2026 yilga qadar 72 400 o‘rinli 181 ta
talabalar turar joylari barpo
etish natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasi 60
foizdan oshiriladi. 2026 yilgacha nodavla
t oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga
yetkazish.
Samarqand shahrida 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan “Yoshlar shaharchasi” ni
barpo etib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filial va kampuslarini joylashtirish. Xorijiy
davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya
universitetini tashkil etish.
“
El-yurt umidi
”
jamg‘armasi orqali erkin va ij
odiy fikrlaydigan
yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, bunda
yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish.
Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholi
ga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish
maqsadida respublika hududlarida tibbiyot klasterlarini tashkil etish,
sog‘liqni saqlash sohasini
raqamlashtirishning 2022-
2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi amalga oshiriladi.
Yuqori texnologik tibb
iy yordam ko‘rsatish imkoniyatl
arini kengaytirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish. Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish.
Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining ulushini 80 foizga
yetkazish. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xalqaro maqomga ega
laboratoriyalarini tashkil etish. 2022-2023-2024 yillarda 70 ta oilaviy poliklinikalar, 225 ta
oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish. Malakali shifokorlarning oylik maoshlarini
bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish. Jismoniy tarbiya va sport bilan
muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish.
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash.
Yoshlarning
hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular uch
un malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-
sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush
tarzini mustahkamlash. Yoshlarni vatanparvarlik, fuq
arolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga,
milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura
oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash, inson
kapitalini shakllantirishni va rivojlantirishni muhim bosqichlari hisoblanadi.
Preziden
t Shavkat Mirzaevning Farmoni bilan “O‘zbekiston
-
2030” strategiyasi
tasdiqlandi. Ushbu dasturilamal hujjat xalqimizning erkin va farovon, qudratli yangi
O‘zbekistonni bunyod etishda xohish –
istagini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z
salohiyatini
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy
barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni
kafolatli ta’minlash maqsadida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini barpo etish
jarayonida ortirilgan tajriba va keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqildi.
“O‘zbekiston
-
2030” strategiyasi beshta yo‘nalish v
a
100 maqsaddan iborat bo‘lib, unda
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin
olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy
himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, umuman
olganda mazkur strategiyada barcha soha va yo‘nalishlarda bir qator ustivor maqsad
-vazifalar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
211
o‘z aksini topgan.
Har qanday siv
ilizatsiya yoki uyg‘onish jarayoni inson uchun, uning baxti
-
saodati, taraqqiyoti, farovon turmushi, orzu-istaklari amalga oshishi uchun xizmat qilishi kerak.
O‘zbekistonda inson kapitalining rivoj topishi uning qiymati bilan o‘lchanadi, ya’ni turli usullar
-
investitsiya, ya’ni ta’lim tarbiyaga, ilmga, ma’rifatga, sog‘
liqni saqlashga, jismoniy va madaniy
tadbirlarga jalb qilinadigan sarmoyalar va boshqalar bilan hisoblanadi. Inson kapitali - bu
sarmoyalar natijasida shakllanadigan va shaxs tomonidan to‘plan
gan, ijtimoiy takror ishlab
chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga muvofiq foydalaniladigan, mehnat unumdorligi va
ishlab chiqarishning o‘sishiga yordam beradigan ma’lum bir salomatlik, bilim, ko‘nikma,
qobiliyat, motivatsiya, samaradorlik zaxirasi. Inson kapitalini shakllantirish
–
bu ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirok etadigan shaxsning yuqori sifatli ishlab chiqarish xususiyatlarini izlash,
yangilash va takomillashtirish jarayonidir.
E’tirof etishimiz joizki, oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasini
27 foizdan 72 foizga, oliy ta’li
mda esa 9 foizdan 41 foizga, oliygohlar sonini 77 tadan 213 taga
yetkazilganligi sohadagi ishlar ko‘lami yoshlarning intellektual salohiyatini inson kapitalini
rivojlantirish davlatning ustuvo
r vazifalaridan biri ekanligini va ularning natijasini ko‘rsatib
turibdi. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2023 yil xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan 500
nafar chet tili mutaxassisi maktablarda ish boshladi. Kelgusi yillarda ularning sonini 3 barobar
oshirish, 10 va 11-
sinflarda qator fanlarni o‘quvchilarning tan
lovi asosida chuqurlashtirib
o‘qitish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 67 foizi 374
trillion AQSh dollari inson kapitaliga, ya’ni asosan, shaxsning ilm darajasiga to‘g‘ri kelmoqda.
AQShda ushbu ko
‘rsatkich milliy boylikning 77
-foizi
–
95 trillion dollarga yetgan. Shuning
uchun davlatimiz rahbari “Eng katta boylik
-bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros-bu yaxshi
tarbiya, eng katta qashshoqlik-
bu bilimsizlikdir” degan fikrni alohida keltirib o‘tadi.
Globallashuv, u qanday baholanishidan qat’i nazar, qaytarib bo‘lmaydigan jarayon, jahon
taraqqiyotining muqarrar taqdiridir. Bu ham ko‘p qirrali hodisa, ham yoshlarga ta’sir etuvchi
tabiiy om
ildir. Ushbu ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan globallashuv
yoshlarga ham
ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda, global jarayonlarning inson kapitalini
rivojlantirishga ijobiy ta’sirini o‘rganish g‘oyat dolzarbdir.
Global innovatsion indeks-
mamlakatlarning innovatsion imkoniyat va ko‘rsatkichlari
reytingidir. Bunda institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infiratuzilma, kreditlar,
investitsiyalar, kommunikatsiya mezonlariga asoslangan holda innovatsiya darajalari
o‘lchanadi. Yuqorida qayd etganimizdek, bu reyting ma’lum mezonlar asosida ishlab chiqi
ladi.
2022-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va
“O‘zbekiston
-
2030”
strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri ham inson kapitalini
rivojlantirishga qaratilgan. Strategiyaning maqsadi 2030 yilga kelib, O‘zbekistonn
ing global
innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning kuchli 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi
zaruriy shart qilib qo‘yildi. Buni esa respublikamizni
ng xalqaro maydondagi raqobat
bardoshligi darajasini va innovatsion jihatdan tarqqiy etishini belgilovchi asosiy omil sifatida
baholash va e’tirof etish mumkin. Shuni mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi bo‘yicha kuchli uchtalikka kirgan yetakchi davlat bo‘ldi
(Hindiston-40, Eron Islom Respublikasi-53
va O‘zbekiston
-82). Global innovatsion indeks
reytingi ko‘rsatkichlari jahon mamlakatlari iqtisodiyotini o‘zida qamrab olib, u 80 ga yaqin
ko‘rsatgichlarlar asosida aniqlanadi. O‘zbekiston ko‘rsatgichlarning ikkinchisida, “Inson
kapitali va tadqiqotlar”
(
Human capita & research)da 7 pog‘ona yuqorilab 30,8 daraja yoki 65
-
o‘rin egallagan. Umuman olganda, bugun O‘zbekistonning xalqaro indekslar va reyting
ko‘rsatgi
chlariga erishishdagi muhim qadamlardan biri sifatida qabul qilingan Ilm-fanni 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi amalda ishlamoqda (Farmon, 2019). Buni xalqaro
indekslar va reyting ko‘rsatgichlarida bosqichma
-bosqich yuqorilab borayotganligimizdan ham
anglash qiyin emas.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
212
O‘zbekistonda i
jtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni takomillashtirish asosida inson kapitalini
rivojlantirishning innovatsion modeli, uning harakatlantiruvchi kuchlari, yangi bilimlar,
shaxslar va umuman jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyati inson kapitalini mamlakatning
raqobatbardoshligi uchun strategik resursga aylantiradi. Inson salohiyati barcha rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va milliy boylikning asosiy
tarkibiy qismi sifatida e
’tirof etilgan. Mamlakatimizning rivojlanish rejalarini belgilovchi asosiy
hujjatlarda 2022-202
6 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi va
“O‘zbekiston
-
2030”
strategiyasining
asosiy tamoyillari qatorida o‘zbek xalqining salo
hiyatini
ro‘yobga chiqarishdir. Ba’zi olimlar va iqtisodchilar ko‘pincha “inson kapitali” va “
inson
salohiyati” tushunchalarini ma’no jihatidan teng deb hisoblashadi, ammo bizning fikrimizcha,
bu ikki tushuncha o‘xshash, ammo bir xil emas. Inson salohiyati
konsepsiyasi biroz kengroq
bo‘lib, nafaqat shaxsga investitsiyaning iqtisodiy tomonini, balki
makro darajada inson
kapitalini shakllantirish, rivojlantirish va ishlatish uchun ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni,
masalan, hayot sifatini o‘z ichiga oladi
.
Inson kapitali -
bu odamlar o‘z hayoti davomida sarmoya kiritadigan va to‘playdigan,
jamiyat
ning hissa qo‘shadigan a’zolari sifatida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga imkon
beradigan bilim, ko‘nikma va salomatlikdir.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatad
iki, hozirgi paytda inson kapitaliga nisbatan qarashlar
tubdan kengayib, unga qimmatbaho aksiya hamda daromadlar oqimi sifatida qaralmoqda.
Chunki inson kapitali iqtisodiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘liq. Buni dunyoga mashhur
hind olimi, Nobel mukofoti sohibi (1998 yil) Amartiya Sen ilmiy asoslab bergan. Uning fikricha
rivojlanish jarayoni faqat moddiy yoki iqtisodiy farovonlikning ortishi emas, balki jamiyatning
har bir a’zosiga tanlov erkinligi yuqoriligini nazarda tutadigan shaxsning imkoniyatlarin
i
kengaytirishdir. Davlat nafaqat iste’mol tengligini, birinchi navbatda, ta’lim, sog‘liqni sa
qlash
xizmatlari, shuningdek, siyosiy va fuqarolik huquqlari sohasida teng huquqlikni ta’minlashi
kerak. Bu inson kapitalini rivojlanishiga xizmat qiladi.
Glob
al miqyosda keng qamrovli baholash va yangilangan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash
bo‘yicha ha
rakatlar kuchli tomonlarni aniqlashi va inson kapitalini rivojlantirish
samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashi mumkin. “Inson kapitalini rivojlantirish”
loyihasi inson kapitalini rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi omillarni o‘rganish va tahlil q
ilishni
boyitadi, masalan, “Xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari” dasturi va “Bolalik davridagi ta’lim sifati
va natijalarini baholash” so‘rovlarini kengaytirish orq
ali.
Inson kapitalini rivojlantirish uchun imkoniyatlar va xatarlarning kombinatsiyasi uning
ta
’lim kabi muhim elementida to‘liq aks etadi. Uning o‘zgarishidagi asosiy tendensiya
- bu
aholining bilim darajasining oshishi. Aholining ma’lumot darajasining o‘
sishi nafaqat aholi va
ish beruvchilar tomonidan unga bo‘lgan talab bilan, balki tegishli infr
atuzilmaning rivojlanishi
bilan ham bog‘liq.
Inson kapitalining tarkibiy elementi sifatida ta’limning ahamiyatini e’tiborsiz qoldirib
bo‘lmaydi. Ko‘rinib turib
diki, xodimlarning kasbiy bilimlari kompaniyaning muvaffaqiyatli
ishlashi uchun asosdir. Ta’li
m
insonning nafaqat ishchi, balki o‘quvchi sifatidagi
samaradorligini oshiradi, ya’ni bilim va ko‘nikmalarni yanada to‘plash jarayonini tezlashtiradi
va osonlasht
iradi. Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy olimlar aholining ta’lim darajasini,
shuning uchun inson kapitalini oshirish, qoida tariqasida, bandlik va ish haqining oshishiga olib
kelishini isbotladilar, bu esa iqtisodiy manfaatlardan tashqari, qulay ijtimoiy oqibatlarga olib
keladi. .
Shunga ko‘ra, ta’lim kabi komponentning rivojlanishiga ta’sir ko‘
rsatadigan omillar
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-
o‘rganish va ijodiy fikrlash uchun individual qobiliyatlari;
- umumiy va kasb-
hunar ta’limi tizimining holati;
-
keksa oila a’zolarining ta’lim darajasi;
-
oilaviy an’analar;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
213
- fan va innovatsiyalarni d
avlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash va boshqalar.
Xulosa va takliflar.
U
shbu maqolada Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va
“O‘zbekiston
-
2030”
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratdik. Shubhasizki, ushbu hujjatlarning har
bi
r bandi mamlakatimiz taraqqiyotiga xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Ushbu ulug‘vor
g‘oyalar esa mamlakatimizda inson qadri va salohiyatini yuksaltirish orzu umidlarini ro‘yobga
chiqarish, tinch osoyishta baxtli va farovon hayotini ta’minlash bosh maq
sadga aylanganini
ifodasidir. Shu ma’noda, global jarayonlarning inson kapitalini rivojlartirishga ijobiy ta’sirini
o‘rganish g‘oyat dolzarbdir. Umuman olganda, O‘zbekiston Global innovatsion indeks
reytingida o‘zining dastlabki qadamlarini dadil tashlagan
i va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan
mamlakatlar orasida salmoqli o‘rin egallab borayotgani barchamizga faxr bag‘ishlaydi. Bu esa
mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti, davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishi
hamda xalqimiz farovonligi darajasining o
‘ziga xos ko‘zgusidir. D
avlatimiz tomonidan ilm-fan,
ta’lim va tarbiya, sog‘liqni
-
saqlash va ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish so
hasida katta
miqdorda mablag‘lar ajratilib investitsiyalar kiritilmoqda, amalga oshirilayotgan ushbu
islohatlar yoshlarimizning bilimlar zaxirasini va darajasini oshiradi, shu bilan birga milliy inson
kapitalining hajmi va sifati oshadi, ilmiy asoslangan xorijiy tajribalarning kirib kelishi va
ularning usullaridan foydalanish, raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’
lim tizimini
shakllantiradi.
Darhaqiqat taraqiyot yo‘lida izchil rivojlanish uchun mamlakatimizda ta’lim –
tarbiyaga, zamonaviy bilimga
ega bo‘lgan mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar
tayorlashga, ilm-
fanni rivojlantirishga, sog‘liqni
-saqlashga, aholi turmush tarzini yaxshilashga
qaratilgan keng qamrovli ishlarni amalga oshirishda katta miqdorda investitsiyalar
kiritilmoqda.
Inson kapitalini boshqarish bu kelgusida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy va
innovatsion rivojlantirish yo‘lida kiritilayotgan inve
s
titsiyalarning ijobiy samarasi bo‘lib, inson
kapitalining rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar/
Литература/ Reference:
Abduraxmonov Q.X. (2022) “Inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan strategiya”. Xalq so‘zi 23
aprel 84-son.
Abduraxmonov Q.X. (2022) “Vatanimiz ravnaqi va kelajak istiqbolimizni belgilovchi muhim
hodisa”. Yangi O‘zbekiston 22 dekabr 26
0-son.
Farmon (2019)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi PF
-5847 son
Farmon (2022)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
28 yanvar 2022 yildagi PF-60-sonli
“2022
-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmoni. Xalq so‘zi. 29 yanvar 2022 yil.
Farmon (2023)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
28 sentabr 2023 yildagi PF-158-sonli
“O‘zbekiston –
2030
” strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmoni. Xalq so‘zi. 12 sentabr.
Rizaev N. (2023) “O‘zbekiston janubiy Osiyo mintaqasi kuchli uchtaligida”. Xalq so‘zi
1 fevral
21-son.
Ubaydullaev G‘.Z.
(2023)
“
Inson kapitali innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy
omili”
. Monografiya
.
Qarshi
“Intellekt” nashriyoti.
Usm
onov B. (2023) “Intellektual salohiyatni rivojlantirish
-bugunki kunning muhim vazifasi
”.
Xalq so‘zi 5 oktabr 209
-son.
Голубкин В.Н. (
2005
) Интеллектуалный капитал в эпоху глобализации мировой
экономики. Режим доступа:
hттп://www.оулинк.ру/пуб/бусинесс_образ_1_18
hтм
Окункова
Ye
.А. (2018) Рол человеческого капитала в инновационном развитии
экономических систем / Е.А. Окункова // Глобалный научный потенциал.–
№11–
С. 120
-123.
