Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
9
RAQAMLI IQTISODIYOT
SHAROITIDA XIZMAT KOʻRSATISH
SOHASINING XUSUSIY KOʻRSATKICHLARI
Abdivoxidov Mamurjon
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0002-8398-166X
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasining xususiy
koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qaratilga
n. Mamlakatimiz iqtisodiyotini raqamlashtirish
sharoitida xizmat koʻrsatish sohasining rivojlanishini baholashda hududiy yondashuv uslubi ham
bu boradagi samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga egaligi va
hududlarda raqamli iqtisod
iyot sharoitida koʻrsatilgan xizmatlarning aholi jon boshiga toʻgʻri
keladigan hajmi boʻyicha baholash usulini takomillashtirish boʻyicha
taklif hamda tavsiyalar
berilgan.
Kalit soʻzlar:
raqamli iqtisodiyot,
xizmat koʻrsatish
, iqtisodiy faoliyat, xizmatlar, axborot
iqtisodiyoti, internet iqtisodiyoti, elektron iqtisodiyot, veb-iqtisodiyot, elektron tijorat.
ЧАСТНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ СФЕРЫ УСЛУГ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Абдивохидов Мамуржон
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В данной статье особое внимание уделено частным показателям
сферы услуг в условиях цифровой экономики. В условиях цифровизации экономики нашей
страны метод регионального подхода в
оценке развития сферы услуг также важен для
выработки эффективных управленческих решений в этой связи, совершенствования
метода оценки предоставляемых услуг. В регионах в условиях цифровой экономики по
объему на душу населения даны предложения и рекомендации.
Ключевые слова:
цифровая экономика, предоставление услуг, экономическая
деятельность, услуги, информационная экономика, интернет
-
экономика, электронная
экономика, веб
-
экономика, электронная коммерция.
PRIVATE INDICATORS OF THE SERVICES SECTOR IN THE DIGITAL ECONOMY
Abdivokhidov Mamurjon
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
This article pays special attention to private indicators of the service sector in the
context of the digital economy. In the context of the digitalization of the economy of our country,
the method of regional approach in assessing the development of the service sector is also
important for developing effective management decisions in this regard, improving the method of
assessing the services provided. in the regions in the context of the digital economy in terms of
volume per capita, proposals and recommendations are given.
Key words:
digital economy, provision of services, economic activity, services, information
economy, internet economy, electronic economy, web economy, electronic commerce.
UO
‘
K: 338.1
VII SON - IYUL, 2024
9-14
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
10
Kirish.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida ham xizmat koʻrsatish
sohasining mohiyati, uning milliy
iqtisodiyotdagi xususan, hududlarni rivojlantirishdagi ahamiyati tobora dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raqamli iqti
sodiyotni
rivojlantirishga doir 2020-yil 5-oktyabrda
“Raqamli Oʻzbekiston –
2030” Strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF
-6079-sonli
Farmonida
1
respublikamizda raqamlashtirishning ustuvor vazifalarini belgilab berdi. Ushbu
vazifalarni amalga oshirish bilan birga jahonda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda raqamli
iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy richaglarni tadqiq etish va joriy qilish maqsadga muvofiq
boʻladi.
Adabiyotlar sharhi.
Rossiyalik olim Dalning (1882) lug
ʼ
atida xizmat tushunchasi quyidagicha talqin etilgan:
Xizmat ko
ʼ
rsatish, yordam, imtiyoz, ko
ʼ
mak, ko
ʼ
nglini topmoq, istagini bajo keltirmoq. Biroq
ushbu lug
ʼatlarda keltirilgan talqinlarda “xizmat” tushunchasining mohiyati
to
ʼ
liq
ifodalanmagan.
Rossiyalik olim Ojegov (1991) tahriri ostida chop etilgan rus tili gramatik lug
ʼ
atida
“
xizmatlar
”
bu
“
naf, foyda keltiradigan harakat, boshqalarga yordam deb hisoblanadi
”
degan
fikr ilgari surilgan.
Аmerikalik iqtisodchi Kotler (19
92) o
ʼ
zining
“
Marketing asoslari
”
nomli kitobida
“
xizmatlar
–
bu obyektni sotish jarayonida o
ʼ
z manfaatini qondirish, muayyan bir naf olish
uchun qilingan harakat
”
degan holda, o
ʼ
zining fikrini davom ettirib,
“
ishlab chiqarishda
xizmatlar moddiy ko
ʼ
rinishdagi tovarlar bilan bog
ʼ
liq bo
ʼ
lishi yoki bo
ʼ
lmasligi mumkin
”
, deb
hisoblagan.
Shiray (2003): “Xizmat –
alohida olingan inson yoki bir butun jamiyatni qandaydir
ehtiyojini qondiruvchi, natijalari samarali foydada gavdalanuvchi, maqsadli mehnatning
f
aoliyatidir” .
Mashhur marketolog-
nazariyotchi T.Levitt: “Har qanday soha, xo
h u katta bo
ʼ
lsin, xoh
kichik bo
ʼ
lsin, o
ʼ
zida xizmatlarni namoyon etadi
”
,
–
deydi. T.Levittning fikrini davom ettirgan
holda Kotler (2006) uni quyidagicha izohlaydi:
“А
slida tovar xaridori hisoblanmish mijoz unga
taklif etilgan tovar ko
ʼ
rinishidagi xizmatni xarid etadi... Pirovard natijada hammasi xizmat
ko
ʼ
rsatishga borib taqaladi
”
,
–
deb izoh berdi. Nikolaychukning (2005) ta
ʼ
kidlashicha:
“
Hamma
sohada xizmatlar yaratiladi, ammo hamma sohada ham moddiy tovarlar yaratilmaydi (bank,
transport, konsalting va boshqalar)”.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqot ishida bilish nazariyasining mantiqiy yondashuv, induksiya va
deduksiya, qiyosiy va omilli tahlil, zamon va makon, taqqoslash, monografik kuzatish kabi
usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Raqamli iqtisodiyot
–
bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalar
asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u axborot
iqtisodiyoti, internet iqtisodiyoti, elektron
iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Milliy iqtisodiyotda
raqamli iqtisodiyotning asosiy koʻrsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
- Axborot va aloqa korxonalari soni;
-
Koʻrsa
tilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi;
-
Xizmat turlari boʻyicha internetga kirish imkoniyatiga ega
uy xoʻjaliklari;
- AKT sektorida ishlovchi xodimlar soni;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
11
-
Axborot va aloqa iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha xodimlar ish haqi;
- Axborot
iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat
hajmi;
- Axborot iqtisodiyoti va elek
tron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qoʻshilgan
qiymatning YAIMdagi ulushi;
- Dasturiy ta
ʼ
minotga qilingan xarajatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi.
Shulardan kelib chiqib, raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat koʻrsatish sohasining asosiy
koʻrsatkichlari tizimini qoʻyidagilar tashkil etadi:
-
axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni;
- dasturiy ta
ʼ
minotga qilingan xarajatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi;
- k
oʻ
rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi;
- noshirlik xizmatlari hajmi;
-
televideniyа va dasturlari kino
-
videofilmlar ishlab chiqarish boʻyicha xizmatlar,
ovoz
yozish va musiqa asarlarini nashr qilish boʻyicha xizmatlar hajmi;
- t
eleradioeshittirish va dasturlar tuzish boʻyicha x
izmatlar hajmi;
- telekommunikatsiya xizmatlari hajmi;
- kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar
hajmi;
- axborot sohasidagi xizmatlar hajmi;
- i
nternet tarmogʻiga mobil aloqa orqali ulangan abonentlar soni;
- i
nternet tarmogʻiga keng polosali ulanish boʻyicha abonentlar soni;
- m
aʼlumot uzatuvchi tarmogʻiga ulangan, Internetni qoʻshgan hol
da abonentlar soni;
- i
nternet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni, (yuridik va jismoniy shaxslar);
- i
nternet tarmogʻiga ulan
gan abonentlar soni, 100 ta aholiga nisbatan;
- u
mumfoydalanadigan telefon tarmogʻi telefon apparatlari soni,
taksofonlarsiz (hududlar
kesimida);
- a
holining telefon apparatlari bilan taʼminlanganlik darajasi;
- korxona va tashkilotlarda lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni;
- korxona va tashkilotlarda Internetga ulangan kompyuterlar soni;
- internetga ulangan korxona va tashkilotlar ulushi.
Agar raqamli iqtisodiyot sharoitidan kelib chiqib, raqamli xizmat tushunchasiga taʼrif
bersak,
raqamli
xizmat
–
b
u xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish, xizmatlarni
sotish yoki sotib olish jarayonlarida vaqt bilan bog
ʻliq tranzaksiya harakatlarini
kamaytirishga qaratilgan raqamli texnologiyalar asosida koʻrsatiladigan xizmatlardir.
Raqamli iqtisodiyot sharoitid
a xizmatlar sohasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
quyidagilar hisoblanadi:
- axborot iqtisodiyoti v
a elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat
hajmi;
-
axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qoʻ
shilgan qiymatning
YAIMdagi ulushi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini raqamlashtirish sharoitida xizmat koʻrsatish s
ohasining
rivojlanishini baholashda hududiy yondashuv uslubi ham bu boradagi samarali boshqaruv
qarorlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga egal
igini koʻrsatmoqda. Shundan kelib chiqib,
hududlarda raqamli iqtisodiyot sharoitida koʻrsatilgan xizmatlarning
aholi jon boshiga toʻgʻri
keladigan hajmi boʻyicha baholash usulini taklif etish mumkin:
-
hisobot davrida hududning doimiy aholisi oʻrtacha yillik
soni (ming kishi);
-
hisobot davrida hududda elektron tijorat sohalarida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi (mlrd.
so
ʻm).
Hududlarning raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat koʻrsatish sohasining rivojlanishini
tavsiflovchi xususiy koʻrsatkichlari rasmiy statistika maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Bunda,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
12
aholi jon boshiga toʻgʻ
ri keladigan elektron tijorat xizmatlari hajmini quyidagi formula orqali
hisoblash mumkin:
AJEXH = KEXH/HAS;
(1)
bu yerda,
AJEXH
—
aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan elektron tijorat sohalarida koʻrsatilgan
xizmatlar hajmi, (mlrd.
soʻm);
KEXH
—
hisobot davrida koʻrsatilg
an elektron tijorat sohalarida
koʻrsatilgan xizmatlar
hajmi (mln. soʻm);
HAS
—
hisobot davrida hududdagi doimiy aholi oʻrtacha yillik soni (ming kishi).
Ushbu hisob-kitoblar asosida hududlar rivojlanishida elektron tijoratning rolini aniqlash
mumkin.
Soʻnggi yillarda respublikamizda raqamli iqtisodiyotga oʻtish sharoitida iqtisodiyot
tarmoqlari boʻyicha kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyati q
uyidagi
koʻrinishda
namoyon boʻlmoqda: 2022 yilda faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning sanoat ishlab chiqarish hajmida oʻsishi 2018 yilga nisbatan 62,1 %, qurilishda
149,9%, bandlikda 0,92%, eksportda 49,4%, importda 38,8%, savdoda 120
,1%, qishloq, oʻrmon
va baliq xoʻjaligida 81,0%, xizmatlar 105,0%, yuk tashish
-
3,9%, yuk aylanmasi 23,4%, yoʻlovchi
tashish 6,9%, yoʻlovchi aylanmasida esa 7,4%ga oʻsgan (1
-jadval).
1-jadval
Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisod
iyot va
xizmat koʻrsatish tarmoqlaridagi asosiy koʻrsatkichlari hajmi
Koʻrsatkichlar
2018
2019
2020
2021
2022
2018-2022
y.y.da
oʻsish
, %da
Sanoat (mlrd.soʻm )
87962,0 83344,2 103020,8 121719,2 142611,7
62,1
Qurilish (mlrd.soʻm)
37451,7 53960,9 63866,6 77762,0 93620,8
149,9
Bandlik (ming kishi)
10128,8 10318,9 9865,7 10070,7 10222,9
0,92
Eksport (mln.AQSH.dol)
3810,8
4714,8
3100,9
3711,2
5696,2
49,4
Import (mln.AQSH.dol)
10916,2 14972,2 10943,3 12389,0 15154,1
38,8
Savdo (mlrd.soʻm)
114896,4 138920,7 164106,1 204787,4 253573,4
120,1
Qishloq, o
ʻ
rmon va baliq xo
ʻ
jaligi
(mlrd.so
ʻ
m)
191759,2 219466,9 253238,2 307280,2 347222,0
81,0
Xizmatlar
(mlrd.soʻm)
84433,4 103106,6 114052,7 144812,7 173157,7
105,0
Yuk tashish (mln.tonna)
611,7
641,0
638,9
678,9
588,1
-3,9
Yuk aylanmasi (mln.tonna-km)
11657,7 12152,3 12304,6 13108,1 14394,9
23,4
Yoʻlovchi tashish (mln.yoʻlovchi)
5242,6
5345,0
4904,8
5237,6
5606,0
6,9
Yoʻlovchi aylanmasi (mln.pass.km)
115335,2 117412,7 107766,7 114681,5 123882,5
7,4
Manba:
Oʻzbeki
ston Re
spublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlari
Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishda kichik biznes va tadbirkorlikning muhim jihati
shundaki, ular bu sohadagi talabning oʻzgarishiga hammadan tez moslashadi. Shu bilan birga
,
ular faoliyatini tashkil etish kam resurs talab etadi va inqirozga yuz tutganda katta iqtisodiy
zararga uchramaydi. Buning natijasida iqtisodiyotning hududiy tuzilmasi barqarorligini
taʼminlashga koʻmaklashadi. Oʻzbekistonda 2018
-2022 yillardagi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy koʻrsatkichlari shuni koʻrsatmoqdaki, umum
hisobda iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy
koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori oʻsish suratlari qurilish (
149,9%), sanoat (62,1%)
tendensiyasi kuzatilgan. Biroq, bunday oʻsishda xizmat koʻrsatish sohasining roli va ulushi hali
yetarlicha ahamiyatga ega emas. Ayniqsa, yuk tashish xizmatlari boʻyicha (
-
3,9 %), yoʻlovchi
tashish (6,9 %), yuk aylanmasi (23,4%), yo
ʻlovchi aylanmasida (7,4 %)ga oʻsganligini kuzatish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
13
mumkin. Bunday oʻsish s
uratlari respublikamizda raqamli iqtisodiy munosabatlarning
jadallashuvi sharoitida hali yetarli emas. Bunday xizmat turlarini koʻrsatish boʻyicha kichik
biznes va xususiy tadbirkor
likning rolini oshirish eng avvalo xizmat koʻrsatish jarayonlarining
raqaml
i texnologiyalar asosida tezkorligini oshirish choralarini koʻrish zaruratini belgilaydi bu
esa, vaqtni tejash imkonini berib mehnat unumdorligining oʻsishiga olib kelishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi raqamli texnologiyalar, internet, mobil qurilmalar,
raqamli innovatsiyalar orqali biznes jarayon ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa
munosabatlariga kuchli taʼsir koʻrsatadigan iqtisodiyotni tavsiflaydi. Uning asosiy be
lgilari
sifatida quyidagilar namoyon boʻladi:
•
yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
•
elektron hujjat almashinuvi;
•
buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
•
maʼlumotlar elektron bazalari;
•
mijozlar bilan oʻzaro qayta al
oqa tizimi mavjudligi;
•
korporativ tarmoqlar.
Ushbu raqamli
iqtisodiyotning namoyon boʻlish belgilari iqtisodiy munosabatlar tizimini
yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Shulardan kelib chiqib, mamlakatimizda 2020 yil
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilindi. Hozirgi ku
nda barcha
sohalarda ochiq-oshkoralik va samaradorlikni ta
ʼ
minlash maqsadida
“Elektron hukumat”
tizimi
jadallik bilan joriy etilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad esa, interaktiv davlat
xizmatlarini
koʻrsatish orqali aholining vaqti va xarajatlari tejalishiga
erishishdir.
Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat
koʻrsatish sohasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratligi aniqlandi:
1. Xizmatlarni koʻrsatish
jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish,
samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun raqamli texnologiyalardan
foydalanadi.
2. Elektron tijorat va onlayn bozorlar kompaniyalarga tovar va xizmatlarni onlayn sotish
imkonini beradi va shu orqali mijozlar geografiyasini kengaytiradi.
3. Katta hajmdagi maʼlumotlar koʻproq asosli qarorlar qabul qilish va isteʼmolchilarning
didini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
4. Innovatsiyalar va startaplar: Raqamli iqtisodiyot yangi gʻoyalar va
biznes modellarni
olib keladigan innovatsion kompaniyalar va startaplarning rivojlanishiga yordam beradi.
5. Raqamli toʻlovlar: Elektron pullar, mobil toʻlovlar va kriptovalyutalar tobora
ommalashib borayotgan toʻlov usullariga aylanmoqda.
6. Internet of T
hings (IoT):*: Maʼlumotlarni yigʻuvchi
va almashuvchi ulangan qurilmalar
avtomatlashtirish va hayot sifatini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
7. Sunʼiy intellekt va mashinani oʻrganish: Ushbu texnologiyalar turli sohalarda tahlil,
prognozlash va qaror qabul qilishni yaxshilash uch
un qoʻllaniladi.
Raqamli iqtisodiyot biznes, taʼlim, sogʻliqni saqlash, davlat boshqaruvi va hayotning
boshqa sohalariga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Bu axborot oqimini tezlashtiradi, bilim va
resurslarga kirishni oshi
radi va yangi ish oʻrinlarini yaratish
i mumkin, lekin jamiyat va
hukumatlar uchun maʼlumotlar xavfsizligi, maxfiylik va texnologiyalardan axloqiy foydalanish
boʻyicha savollar tugʻdiradi.
Xulosa va takliflar.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantiris
h yoʻlini tanlaganligi axborot texnolo
giyalari
sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yoʻnalishlar ochib beradi.
“Raqamli
texnologiyalar” tomon burilishga butunjahon internet tarmogʻi
va sifatli aloqaning
rivojlanishi sababchi boʻl
adi.
Buning natijasida quyidagi qulayliklarga
erishiladi:
1. Toʻlovlar uchun xarajatlar kamayadi (vaqt, transport xarajatlari va boshqa resurslar
tejaladi).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
14
2. Tovarlar va xizmatlar haqida koʻproq va tezroq maʼlumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari
kattalashadi.
4. Isteʼmolchi fikrini tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Xizmat koʻrsatish sohasi hududning ijtimoiy –
iqtisodiy rivojlanish holatini aks ettiruvchi
milliy
hisoblar tizimining eng muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Bu sohaning rivojlanish
darajasini baholashda innovatsion va raqamli iqtisodiyotning taʼsirini ham hisobga olib
yondashish mumkin. Shu bilan birga xizmat koʻrsatish sohasi
xususiy sektorda iqtisodiy
f
aoliyat bilan band boʻlishning ham eng qulay shaklidir. Shuning uchun mamlakatimizda xizmat
koʻrsatish sohasining institutsional asoslarini isloh qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu
borada, 2022-
2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning tara
qqiyot Strategiyasida
mamlakatimizda xizmat koʻrsatish va servis sohalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
va maqsadlari belgilangan (Farmon, 2022). Jumladan:
-
hududlarda xizmat koʻrsatish va servis sohalarini rivojla
ntirish orqali keyingi 5 yilda
xizmat koʻrsatish hajmini 3 baravarga oshirish hamda ushbu yoʻnalishda jami 3,5 million yangi
ish oʻrinlarini yaratish;
-
shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori boʻlgan maishiy va
kommunal xizmatlarni
rivojlantirish boʻyicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini
taʼmirlash, keytering kabi xizmatlarni koʻrsatish punktlarini rivojlantirish;
-
respublika hududlarida savdo va yoʻlboʻyi xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta
zamonaviy bozorlar va sa
vdo komplekslari, shuningdek, yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish
boʻyicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish;
- servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini 3 baravarga qisqartirish.
Xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirish maqsadida sohadagi tadbirkorlik
subyektlariga qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblaymiz.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Farmon (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-2026-yi
llarga moʻljallangan
yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisidagi 2022 yil 28 yanvar, PF –
60-sonli
Farmoni.
Даль В.И. (1882) Толковыий словарь великорусского языка. 2
-
е изд. М., Т.
IV
. С.512.
Котлер Ф. (1992) Основы маркетинга. М. Прогресс.
–
734 с.
Котлер Ф.
(2006)
Маркетинг
-
менежмент // Экспресс
-
курс. 2
-
е изд. С.301.
Николайчук В.Е.
(2005)
составлено по кн.: Николайчук В.Е. Маркетинг и менеджмент
услуг // Деловой сервис. Спб.: Питер, С.
608.
Ожегов С.И. и. др.
(1991)
Граматический словарь русского языка.
-
М.: Русский язык.
-
432стр.
Ширай В.И.
(2003)
Мировая экономика и международные отношения: Учебное
пособие. –М.: Дашков И. К. С.226.
