Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
123
SU
Gʻ
URTANI DAVLAT TOMONIDAN Q
Oʻ
LLAB-QUVVATLASH QISHLOQ
X
Oʻ
JALIGI RISKLARINI BOSHQARISH VOSITASI SIFATIDA
Rasulov Sodiq Saʼdulla
yevich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
ORCID: 0009-0008-8676-7187
Annotatsiya.
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash vositalari orasida
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini sugʻurtalash muhim oʻrin tutadi, shundan kelib chiqqan
holda, mazkur maqolada sugʻurtalashni davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash masalalari
muhokama qilingan.
Kalit soʻzlar:
milliy iqtisodiyot, davlat siyosati, davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash,
sugʻurta, sugʻurtalash, sugʻurtalovchi, sugʻurtalanuvchi, xatarlar.
ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОДДЕРЖКА СТРАХОВАНИЯ КАК ИНСТРУМЕНТ
УПРАВЛЕНИЯ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫМИ РИСКАМИ
Расулов Содик Саъдуллаевич
Министерство высшего образования, науки и инноваций
Аннотация.
Среди инструментов государственной поддержки сельского хозяйства
важное место занимает страхование сельскохозяйственных товаропроизводителей,
исходя из этого, в данной статье рассматриваются вопросы государственной
поддержки страхования.
Ключевые слова:
национальная экономика, государственная политика,
государственная поддержка, страхование, страхователь, страховщик, риски.
STATE SUPPORT OF INSURANCE AS A TOOL FOR AGRICULTURAL
RISK MANAGEMENT
Rasulov Sodik Sadullaevich
Ministry of Higher Education, Science and Innovation
Annotation.
Insurance of agricultural producers occupies an important place among the
instruments of state support for agriculture, based on this, this article discusses the issues of state
support for insurance.
Keywords:
national economy, state policy, state support, insurance, policyholder, insurer,
risks.
UO
‘
K: 35.073.515.2
VII SON - IYUL, 2024
123-129
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
124
Kirish.
Soʻnggi yillarda bir qator salbiy omillarning faol taʼsiri tufayli qishloq xoʻjaligi sektorida
faoliyat yuritish bilan bogʻliq xatarlar sezilarli darajada oshib bormoqda. Turli xil geosiyosiy va
iqtisodiy jarayonlarning taʼsiri bois savdo bozorlariga kirib
borish, moliyalashtirish
manbalaridan erkin foydalanish sezilarli darajada murakkablashmoqda, bu oʻz navbatida
qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining investitsion jozibadorligi va moliyaviy barqarorligini
pasaytirmoqda. Shu bilan birga, sohani rivojlantiri
sh borasidagi xatarlar iqlim oʻzgarishlari
bilan ham bogʻliqdir. Shunday qilib, tabiiy ofatlarning taʼsiri koʻpincha oldindan aytib
boʻlmaydigan (hudud uchun xos boʻlmagan) va murakkab (xavf guruhlarining kombinatsiyasi)
boʻlib, bu oʻz navbati
da ekinlarni
ng hosildorligiga taʼsir qiladi va hayvonlar sonining
kamayishiga olib keladi. Natijada moliyaviy barqarorlik va ishlab chiqarish samaradorligi
pasayadi.
Hozirgi vaziyatda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining xavf
-
xatarlarini sugʻurtalashni
davlat tomon
idan qoʻllab
-
quvvatlash ishlab chiqaruvchilarning yoʻqotishlarini qoplashga
imkon beradigan eng muhim moliyaviy vositadir. Sugʻurta dasturlarini moliyalashtirishga
hududlarning ehtiyojlarining amalda kengayishi, davlatning ushbu subsidiya sohasidagi
xaraja
tlarni maqbullashtirish istagi bilan bir qatorda, sugʻurta munosabatlarining barcha
ishtirokchilari manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ajratilgan byudjet mablagʻlarini
rejalashtirish va taqsimlash, monitoring va baholash samaradorligini oshiri
shni taʼminl
aydigan
mavj
ud davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash mexanizmini modernizatsiya qilishni taqozo
etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlash, xususan samarali sugʻurta
tizimini joriy qilish masalalari koʻpl
ab tadqiqotc
hilar tomonidan oʻrganilgan va bunday
izlanishlar bugungi kunda ham davom ettirib kelinmoqda. Xususan, tadqiqotchi Solieva oʻz
tadqiqotlarida qishloq xoʻjaligini sugʻurtalash borasida qabul qilingan meʼyoriy
-huquqiy
hujjatlar tahliliga alohida
eʼtibor qara
tadi (Soliyeva, 2022).
Tadqiqotchi Nurullaev
qishloq xoʻjaligidagi institutsional oʻzgarishlar sharoitida davlat
koʻmagi asosida risklarni sugʻurtalash metodologiyasiga yangicha yondashuvning zarurligi,
asosiy yoʻnalishlari
ni tadqiq etgani holda, q
ishloq xoʻjaligidagi risklarni boshqarishda sugʻurt
a
tizimining ustunliklari hamda oʻziga xos xususiyatlari
ni ilmiy asoslashga harakat qilgan
(Nurullayev, 2019) .
Iqlim oʻzgarishlarini yumshatishda sugʻurtaning oʻrni masalalari mahalliy
mutaxassislardan Yadgarovning ilmiy izl
anishlarida oʻz aksini topgan. Xususan, u agrosugʻurta
koʻmagida iqlim oʻzgarishlarini yumshatishning amaliy jihatlariga toʻxtalib oʻtadi
(Yadgarov,
2021).
Ma
halliy mutaxassislardan yana biri Gʻafforov qishloq xoʻjaligi tavakka
lchiliklarini
sugʻurtalash sohasida risk menejmentini rivojlantirish yoʻllari xorijiy mamlakatlar tajribalari
misolida tahlil qiladi va
qishloq xoʻjaligidagi risklarni boshqarishda sugʻurta tizimining
ustunliklari hamda oʻziga
xos xususiyatlarini
koʻrsatib ber
adi
(Gʻafforov, 2022)
.
Shu bilan bir qatorda, tadqiqotchi Kalenov
qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyati bilan
bogʻliq risklar va ularni klassifik
atsiyalash hamda davlat-xususiy sherikchiligi hamd
a sugʻurta
mukofotlarining bir qismini oʻzaro sugʻurtalash jamiyatlari tashkil etish orqali ushbu
jamiyatlarga davlat tomonidan toʻlab berish bilan qoʻllab
-
quvvatlash orqali sugʻurta xizmatlari
bilan taʼmin
lashning samaradorligiga erishish masalalari
ni oʻr
gangan (Kalenov, 2021).
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur ilmiy maqolaning uslubiy asosini qishloq xoʻjaligida xatarlarni sugʻurtalashni
davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash mexa
nizmini oʻzaro bogʻliq va oʻzaro taʼsir qiluvchi
unsurlar majmui sifatida ochib berishga imkon beruvchi dialektik prinsiplar to
ʻ
plami tashkil
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
125
qiladi. Bundan tashqari, ilmiy maqolani yozish va tahrirlash jarayonida ilmiy abstraksiya, tahlil
va sintez kabi ilmiy bilishning umumiy usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Qishloq xoʻjaligi har qanday mamlakat iqt
isodiyotining eng muhim sohalaridan biri
hisoblanadi, chunonchi mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligini taʼminlash va isteʼmol
bo
zorlarining toʻyinishi koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligi sohasining umumiy holatiga bogʻliqdir.
Oʻzbekiston iqtisodiyotida qishl
oq
xoʻjaligi sohasining oʻrni yetarlicha yuqori boʻlgani holda,
mamlakat yalpi ichki mahsulotining yillik oʻsish surʼatlarini taʼminlashda qishloq, oʻrmon va
baliqchilik xoʻjaligining hissasi 0,8
-1,0 foizni tashkil qiladi. 2023-
yil yakunlari boʻyicha
mamlak
at YaIM tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining ulushi 24,9 foizni tashkil
etganligining oʻziyoq, qishloq xoʻjaligining mamlakat iqtisodiyotida qay darajada muhim oʻrin
tutishidan darak beradi (1-rasm).
1-rasm. 2023-yilda
iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha YaIM tarkibi, %
Mutaxassislarning hisob-
kitoblariga koʻra, mamlakat qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishin
ing 1 foizga oʻsishi iqtisodiyotning oʻzaro bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlarida 1
-2
foiz
atrofida oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi, bir soʻz bilan aytganda, multiplikativ samara tufayli
qishloq xoʻjaligidagi ijobiy siljishlar butun bir mamlakat iqtisodiyotida oʻ
z aksini topadi
(Abduvoxidov va boshq., 2022).
Bugungi kunda qishloq
xoʻjaligi nafaqat aholini oziq
-ovqat, sanoatni xomashyo va yarim
tayyor mahsulotlar bilan taʼmin etuvchi resurslar manbai, balki sanoat mahsulotlariga (qis
hloq
xoʻjaligi texnikasi, oʻgʻitlar) barqaror talabni shakllantiruvchi isteʼmolchi hamdir
(Nurmuxammidova, Abduvoxidov, 2021).
Taʼkidlash joizki, qishloq xoʻjaligiga davlat tomonidan koʻmak koʻrsatish doirasida “
davlat
tomonida
n qoʻllab
-quvvatlash
”
kategoriyasining iqtisodiy mazmunini ochib berish borasida
turlicha yondashuvlar farqlanadi (1-jadval).
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlashning mohiyatini tushunish borasidagi
yondashuvlarning farqlanishiga qaramay, barcha mualliflar
mazkur qoʻllab
-quvvatlash choralarining
funksional yoʻnalishi borasida yakdil fikrni ilgari suradilar. Mabodo biz mahalliy olimlarning qishloq
xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash borasidagi qarashlarini umumlashtirar ekanmiz, u holda
qishloq xo
ʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlashni sanoat ishlab chiqarishini xomashyo bilan
taʼminlash va aholi turmush darajasini oshirish, mamlakat oziq
-
ovqat xavfsizligini taʼminlash
maqsadida qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishni qoʻllab
-quvvatlash uchun qishloq hududlarining
(kadr, ishlab chiqarish, moliyaviy) salohiyatini faollashtirishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy
tusdagi manzilli chora-tadbirlar majmui sifatida tavsiflashimiz mumkin (Maxmudov, 2023)
6,2
24,3
26,1
43,4
mahsulotlarga sof soliqlar
qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
sanoat
xizmatlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
126
1-jadval
“Davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlash” kategoriyasining mazmunini
ochib berishdagi turlicha yondashuvlar
Yondashuv
Yondashuv mazmuni
Meʼyoriy
-huquqiy
qishloq xoʻjaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish borasidagi
munosabatlar
ishtirokchilarining oʻzaro aloqaga kirish tartibi va javobgarlik
chegaralarini tartibga soluvchi meʼyoriy
-huquqiy va tashkiliy chora-
tadbirlar majmui
Ijtimoiy
qishloq hududlarining ijtimoiy barqarorligini taʼminlash maqsadida ijtimoiy
infratuzilmani yaxsh
ilash boʻyicha chora
-tadbirlar majmui
Iqtisodiy
qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini qoʻllab
-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida
foydalaniluvchi turli xil moliyaviy vositalar, imtiyozli va davlat tomonidan
bepul moliyalashtirish vositalari majmui
Manba:
adabiyotlar tahlili asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Qishloq xoʻjaligining strategik ahamiyatga ega ekanligi bois, dunyoning barcha
mamlakatlarida mazkur soha davlat tomonidan yetarlicha qoʻllab
-quvvatlanadi.
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash zarurati bir qator sabablarga
bogʻliq boʻlib, ularning asosiylari: qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining xususiyatlari;
faoliyatning aniq mavsumiyligi; murakkab xavflarning yuqori va yomon nazorat qilinadigan
darajasi; sanoat b
ilan tovar ayriboshlashda ekvivalentlikning yoʻqligi kabilar hisoblanadi
(Abduvoxidov va boshq., 2022).
Taʼkidlash joizki, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlash
davlat tomonidan tartibga s
olishning ajralmas qismi boʻlib, u muayyan shakl va usullar orqali
amalga oshiriladi.
Bu borada
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 —
2030
yillarga moʻljallangan Strategiyasida
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqa
ruvchilarini
davlat tomonidan moliyaviy qoʻl
lab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu
jumladan, strategik ahamiyatga ega boʻlgan ayrim qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga
ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash;
qishloq xoʻjaligi va oziq
-ovqat
tarmogʻining strategik yoʻnalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sugʻurtalash
mexanizmini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilganligi ahamiyatlidir.
Q
ishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlashning muhim yoʻnalishlaridan biri
s
ifatida sugʻurta maydonga chiqadi, sugʻurta munosabatlarini amalga oshirish doirasida
iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi sektorining asosiy xatarlariga har tomonlama taʼsir koʻrsatiladi,
bu esa yakuniy qishloq xo
ʻ
jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining zar
arlari (mahsulot yoʻqotilishi
tufayli yoʻqotishlar)
ni qoplash orqali ularning barqarorligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi,
bankrotlik xavfini kamaytiradi, ularga joriy qarz majburiyat-
larini toʻlash uchun
yetarli
darajada to
ʻ
lov qobiliyatini saqlashga imkon beradi va moliyaviy natijalarning barqarorligini
taʼminlaydi
(Soliyeva, 2022).
Ayrim mualliflarning ilmiy ishlarida davlat qoʻll
ab-
quvvatlashi asosida sugʻurtalash
qishloq
xoʻjaligi ishlab chiqarishida mavjud xatarl
arni kamaytirish va iqtisodiyotning qishloq
xoʻjaligi sektorining barqaror rivojlanishini taʼminlashning eng muhim vositalaridan biri
ekanligi taʼkidlanadi
(Nurullayev, 2019).
Kalenov
ning fikricha, davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlash zarurati qishloq xoʻjaligi
xatarlarining nafaqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining, balki mahsulotning qiymat
zanjiriga jalb qilingan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlashiga taʼsir
qilishi bilan
bogʻliq
(Kalenov, 2021).
Bir qator xorijiy olimlar oʻz tadqiqotlarida davlat koʻmagi bilan qishloq xoʻjaligini
sugʻurtalash ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlash, faoliyat bilan bogʻliq
xatarlar darajasini pasaytirish, moliyaviy barqarorlikni oshirish va qishloq
xoʻjaligi ishlab
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
127
chiqaruvchilarining daromadlari barqarorligini saqlashga yordam berishini taʼkidlaydilar
(Hazell, 1992).
Jahon iqtisodiy forumining global xat
arlar boʻyicha yillik hisobotida iqlim oʻzgarishi butun
sayyoramiz uchun halokatli xatar ekanligi qayd etiladi (McLennan M. et al. , 2022). Xorijiy
tadqiqotchilar iqlim oʻzgarishi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga bevosita va bilvosita taʼsir
qiladi va sugʻurta iqlim oʻzgarishi taʼsiriga qa
rshi kurashishning eng muhim vositasi ekanligini
taʼkidlaydilar
(Mendelsohn, Dinar, 2009).
Bir qator olimlar oʻz tadqiqotlarida iqlim oʻzgarishi ekstremal ob
-havo hodisalarining
intensivligi va chastotasining oshishiga, havo ha
roratining oʻzgarishi va kuchli
yogʻingarchiliklarga olib kelishini taʼkidlashadi. Havo haroratining keskin koʻtarilishi qishloq
xoʻjaligi tarmoqlarining mahsuldorligiga salbiy taʼsir qiladi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq
xatarlar xavfini oshiradi. Ula
rning fikriga koʻra, fermerlarning asosiy xatarlari qishloq xoʻjaligi
mahsulotlarining hosildorligi va narxlari darajasi bilan bogʻliq
(Elmonov, 2022).
Hozirgi
vaqtda qishloq xoʻjaligida xatarlarni sugʻurtalashni davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlash ikki asosiy yoʻnalishda amalga oshirilmoqda:
-
qishloq xoʻjaligi xatarlarini klassik sugʻurtalash;
-
tabiiy ofatlar natijasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilar
i tomonidan yetkazilgan
zararni byudjetdan
toʻgʻridan
-
toʻgʻri qoplash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.2024 yildagi 373
-
son “Qishloq
xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun
t
oʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” Qarori
bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini
sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qism
ini qoplash tartibi
toʻgʻrisida Nizomda” qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini
sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini, biroq sugʻurta
summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash tart
ibi belgilab berilgan.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini amalga oshirishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan
xatarlarning oʻziga xos jihatlari davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlashda mazkur jihatlarga
alohida eʼtibor qaratishni talab etadi.
Xulosa va takliflar
.
Bugungi kunda davlat sugʻurta munosabatlarining toʻlaqonli ishtirokchisidir. Qishloq
xoʻjaligida sugʻurtani davlat tomonidan qoʻllab
-quvvatlashning umumiy maqsadi qishloq
xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining mulkiy manfaatlarini qishloq xoʻjaligi is
hlab chiqarishi
uchun xavfli hodisalar yuza
ga kelishi bilan bogʻliq zararlardan himoya qilishdir. Maqsadlarni
belgilashda qishloq xoʻjaligini sugʻurtalashning barcha ishtirokchilari nuqtai nazaridan kelib
chiqib ish koʻrilishi lozim.
Qishloq hududlarini ko
mpleks rivojlantirishni qoʻllab
-quvvatlash, bandlikni
ragʻbatlantirish, qishloq aholisining turmush sifati va yashash sharoitlarini yaxshilash qishloq
joylarini ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ipoteka kreditlashni ragʻbatlantirish va qishloq
aholisini
ish bilan taʼminlash boʻyicha davlat dastur
lari shaklida amalga oshiriladi.
Har qanday tijorat tuzilmasi singari sugʻurta kompaniyasi uchun asosiy maqsad qishloq
xoʻjaligi xatarlarini sugʻurtalash operatsiyalarining yuqori daromadliligini taʼminlashdir. B
iroq
bugungi kunda qishloq
xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy savodxonligi
yetishmasligi, shu bilan bir qatorda moliyaviy imkonyatlarining cheklanganligi qishloq xoʻjaligi
ishlab chiqarishini sugʻurtalashda davlatning faol ishtirokini talab qi
ladi.
Qishloq xoʻjaligini sugʻurtalashda sugʻurta hodisalarining yuzaga kelishining oldindan
aytib boʻlmaydigan tabiati va koʻlamini nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligini sugʻurtalashning
oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, sugʻurtalovchi sugʻurta toʻlovlarini kamaytiris
h
orqali xarajatlarni kamaytirish, sugʻurta portfelining risk darajasini maqbullashtirish va toʻlov
qobiliyatining yuqori darajasini saqlab qolishga intiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
128
Qishloq xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot (sugʻurtala
nuvchi) ning asosiy
maqsadi iqtisodiy faoliyatning barqaror daromadliligini taʼminlash hisoblanadi. Sugʻurtalashda
ishtirok etish orqali ishlab chiqaruvchi oʻz biznesini himoya qilishga va salbiy voqea sodir
boʻlgan taqdirda ham moliyaviy barqarorlikni taʼ
minlashga harakat qi
ladi. Qishloq xoʻjaligi
tashkiloti uchun olingan zararni toʻliq qoplash maqsadida sugʻurta toʻlovini maksimal darajada
oshirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab
-quvvatlashning kompleks tizimining
amal qilishi
milliy qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi bozorining bugungi kunda amal qilishining oʻziga
xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunga qadar qishloq xoʻjaligi sohasidagi asosiy
xavflarni qayta sugʻurtalashning samarali tizimi yaratilmagan va tijorat sugʻ
urtasi doirasida
tabiiy favqulodda vaziyatlar natijasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining va oʻz
navbatida sugʻurta tashkilot
-larining katta miqdordagi zararlarini qoplash uchun yetarli
hajmda qayta sugʻurta qilish imkoniya
tlari shakllanmagan.
Shunday qilib, Oʻzbekiston da qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi birinchi navbatda tabiiy
-
iqlim sharoiti bilan bogʻliq yuqori xatarlar, shuningdek, qishloq xoʻjalik hayvonlarining xavfli
kasalliklari tarqalish xavfi bilan bogʻliq. Davlatning qoʻllab
-quvvatlashi yordamida qishloq
xoʻjaligini sugʻurtalashning samarali tizimini yaratish davlat agrar siyosatining ustuvor
yoʻnalishi boʻlib, bu oʻz navbatida mamlakat oziq
-
ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq
xoʻjaligi ishlab chiqaruvchi
larining manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Farmon (2019)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
23.10.2019 yildagi PF-5853-son
“Oʻzbekiston
R
espublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020
-2030 yillarga
moʻljallangan
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Farmoni,
https://lex.uz/docs/4567334#4567556
Hazell P. B. R. (1992) The appropriate role of agricultural insurance in developing countries
//Journal of International Development.
–Т
. 4.
–
№. 6. –
С
. 567-581.
McLennan M. et al. (2022) The Global Risks Report 2022 17th edition.
–
Cologny,
Switzerland: World Economic Forum.
Mendelsohn R. O., Dinar A. (2009) Climate change and agriculture: an economic analysis of
global impacts, adaptation and distributional effects.
–
Edward Elgar Publishing.
Qaror (2024)
Oʻ
zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.2024 yildagi 373-son
“Qishloq xoʻjaligi subʼ
yektlariga qishloq x
oʻ
jaligi ekinlari hosilini su
gʻ
urtalashda su
gʻ
urta
mukofoti uchun t
oʻ
lov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi t
oʻgʻ
risidagi nizomni tasdiqlash
haqida” Qarori,
Абдувохидов А. и др. (2022) Қишлоқ хўжалигида
иқтисодий
ўсиш сифатини аниқлаш
ва унинг кўрсаткичлари таҳлили //Iqtisodiyot va taʼlim.–
Т. 23. –
№. 4. –
С. 16
-31.
Ғаффоров, А. (2022). Қишлоқ хўжалиги таваккалчиликларини суғурталашда
рискларни бошқариш: Iqtisodiyot Va taʼlim,
23(5), 300
–
305.
Каленов К
. (2021)
Аграр соҳада суғурта хизматларини йулга қуйишнинг жаҳон
тажрибасидан фойдаланиш //Iqtisodiyot va taʼlim. –
№. 4. –
С. 343
-347.
Махмудов А. (2023) Қишлоқ хўжалигини давлат томонидан қўллаб
-
қувватлаш
тизимини такомиллаштириш муаммолари //I
qtisodiyot
va taʼlim. –
Т. 24. –
№. 1. –
С. 528
-
537.
Нурмухаммидова М. Х. и др. (2021) Иқтисодий ислоҳотларнинг ҳозирги босқичида
қишлоқ хўжалигини барқарор ривожлантириш асослари //
T
aʼlim va rivojlanish tahlili
onlayn ilmiy jurnali.
–
Т. 1. –
№. 6. –
С.
401-417.
Нуруллаев А.
(2019)
Қишлоқ
хўжалигидаги институционал ўзгаришлар шароитида
давлат кўмаги асосида рискларни суғурталаш методологиясига янгича ёндaшув хусусида
//Экономика и инновационные технологии. –
№. 5. –
С. 117
-126.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
129
Солиева Н. (2022) Қишлоқ хўжалигида суғурталаш
тизимини ривожлантириш
йўллари //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. –Т. 2. –
№. 7. –
С.
4-11.
Солиева Н. (2022) Қишлоқ хўжалигини суғурталаш тизимини давлат томонидан
қўллаб
-
қувватлаш йўллари: //Iqtisodiyot va taʼ
lim.
–
Т. 2
3.
–
№. 5. –
С. 411
-417.
Элмонов Б. (2022) Иқлим ўзгаришининг барқарор иқтисодий ривожланишга
таъсири: Ўрта Осиё мисолида //Iqtisodiyot va taʼlim. –
Т. 23. –
№. 6. –
С. 58
-63.
Ядгаров А. (2021) Агросуғурта
-
қишлоқ хўжалигида иқлим ўзгаришини юмшатувчи
молиявий восита сифатида.
