PROBLEMS OF ASSESSING THE QUALITY OF EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN THE FIELD OF TECHNOLOGY

Abstract

The article analyzes the problems of assessing and managing the quality of education in higher educational institutions in the field of technology. It discusses the methods of improving the quality of teaching processes and managing the quality of education in the modern educational system. It has also been highlighted the application of statistical approaches to the assessment of student appropriation performance and the importance of these approaches in monitoring the quality of education. The results of the article include important scientific and practical recommendations in improving the quality of education for higher educational institutions in the technical direction.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
162-172
33

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nizamov, A., & Gafurova, S. (2024). PROBLEMS OF ASSESSING THE QUALITY OF EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN THE FIELD OF TECHNOLOGY. Economic Development and Analysis, 2(9), 162–172. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/59743
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes the problems of assessing and managing the quality of education in higher educational institutions in the field of technology. It discusses the methods of improving the quality of teaching processes and managing the quality of education in the modern educational system. It has also been highlighted the application of statistical approaches to the assessment of student appropriation performance and the importance of these approaches in monitoring the quality of education. The results of the article include important scientific and practical recommendations in improving the quality of education for higher educational institutions in the technical direction.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

162


TEXNIKA SOHASIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI

BAHOLASH MUAMMOLARI

I.f.d., prof.

Nizamov Aslitdin Badreddinovich

Buxoro muhandislik texnologiya instituti

ORCID: 0000-0001-7765-1475

buhibkol@mail.ru

G‘afurova Shahloxon Karimovna

Buxoro muhandislik texnologiya instituti

ORCID: 0000-0002-9391-6960

sh.gafurova@gmail.com

Annotatsiya.

Maqola texnika sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholash

va boshqarish muammolari tahlil qilinadi. Unda zamonaviy ta'lim tizimida o'qitish

jarayonlarining sifatini oshirish va ta’lim sifatini boshqarish usullari muhokama qilingan.
Shuningdek, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholashda statistik yondashuvlarning

qo‘llanishi va bu yondashuvlarning

ta'lim sifati monitoringida ahamiyati yoritib berilgan. Maqola

natijalari texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari uchun ta'lim sifatini oshirishda muhim ilmiy

-

amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so’zlar:

oliy

ta’lim muassasasalari, ta’lim sifati

boshqaruvi, Ishikava diagrammasi,

Pareto diagrammasi, nazorat varaqasi, nazorat xaritasi, stratifikatsiya, sifatni baholash.

ПРОБЛЕМЫ ОЦЕНКИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ТЕХНИЧЕСКИХ ВЫСШИХ

УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ

Д.э.н., проф

.

Низамов Аслитдин Бадреддинович

Бухарскийго инженерно

-

технологического института

Гафурова Шахлохон Каримовна

Бухарского инженерно

-

технологического института

Аннотация.

В статье анализируются проблемы оценки и управления качеством

образования в высших учебных заведениях в области техники. В нем обсуждаются

методы повышения качества процессов обучения и управления качеством образования в

современной системе образования. Также освещается применение статистических
подходов к оценке успеваемости учащихся и значение этих подходов в мониторинге

качества образования. Результаты статьи содержат важные научно

-

практические

рекомендации по повышению качества образования для вузов технического профиля.

Ключевые слова

:

высшие учебные заведения, Управление качеством образования,

диаграмма Исикавы, диаграмма Парето, контрольный список, контрольная карта,

стратификация, оценка качества

UO

K: 658.562.012.7

IX SON - SENTYABR, 2024

162-172


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

163

PROBLEMS OF ASSESSING THE QUALITY OF EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL

INSTITUTIONS IN THE FIELD OF TECHNOLOGY

DSc., prof.

Nizamov Aslitdin Badreddinovich

Bukhara Engineering-Technological Institute

Gafurova Shahlokhon Karimovna

Bukhara Engineering-Technological Institute

Abstract.

The article analyzes the problems of assessing and managing the quality of

education in higher educational institutions in the field of technology. It discusses the methods of

improving the quality of teaching processes and managing the quality of education in the modern

educational system. It has also been highlighted the application of statistical approaches to the
assessment of student appropriation performance and the importance of these approaches in
monitoring the quality of education. The results of the article include important scientific and

practical recommendations in improving the quality of education for higher educational

institutions in the technical direction.

Keywords:

higher education institutions, educational quality management, Ishikawa

diagram, Pareto diagram, control sheet, control map, stratification, quality assessment

Kirish.

Texnika sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholash va boshqarish

masalalari bugungi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Texnologiyalar rivojlanib borayotgan

zamonda muhandislik va texnika yo‘nalishlari bo‘yicha sifatli kadrlar tayyorlash mamlakat

iqtisodiyoti va sanoatining rivojlanishi uchun muhimdir. Shu bilan birga, texnika sohasidagi oliy

ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini samarali boshqarish va baholas

h ko‘plab qiyinchiliklar

bilan to‘qnash kelmoqda.

Sifatni ta'minlash jarayonida texnik fanlarning o‘ziga xosligi, amaliyotga yo‘naltirilgan

o‘quv jarayonlari va talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirishdagi

murakkabliklar ta'lim sifatini baholashda asosiy muammolarni keltirib chiqaradi. Yana bir

muammo

ta'limni uzluksiz texnologik yangiliklar va o‘zgarishlarga moslashtirish zaruratidir,

bu esa o‘qitish jarayonini yangilab turishni talab qiladi. Shu bois texnika oliy ta'lim

muassas

alarida sifatni boshqarish strategiyalarini shakllantirish va ta'lim sifatini ob’ektiv

baholash dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.


Adabiyotlar sharhi.

Texnika sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholash va boshqarish

muammolari

bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar va ilmiy ishlar olib borilgan bo‘lib, ular zamonaviy

ta'lim tizimi va boshqaruv usullari bilan bog‘liq muhim nazariy va amaliy yech

imlarni taklif

qiladi. Ushbu sharhda mazkur sohadagi dolzarb tadqiqotlar va asosiy ilmiy manbalar tahlil
etiladi.

Texnik oliy ta'limda sifatni boshqarishning nazariy asoslari va metodik yondashuvlari

haqida Deming, Juran (1992)

kabi sifatni boshqarish bo‘

yicha yetakchi olimlar tomonidan

ishlab chiqilgan metodlar keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, Demingn

ing sifatni doimiy

takomillashtirish modeli va Juran tomonidan taklif qilingan sifat rejalashtirish usullari ta'lim

sifatini boshqarishda asosiy yondashuvlardan biri hisoblanadi. Bu usullar ta'lim tizimida ham

barqaror sifatni ta'minlash uchun asosiy ko‘rs

a

tkichlarni muntazam ravishda o‘lchab, ularni

takomillashtirishni talab qiladi.

Nazorat xaritalari kabi statistik jarayonlarni boshqarish usullari texnik ta'lim tizimida

keng qo‘llaniladi. Ishikava diagrammasi va Pareto tahlillari sifat muammolarini aniqla

sh va

ularni tahlil qilish uchun juda samarali hisoblanadi. Ushbu yondashuvlar haqida Freeman

(1997), Ishikawa (1985) va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta'lim tizimiga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

164

moslashtirilgan holda qo‘llanilib, o‘qitish jarayonidagi sifatsizliklar

va ularni bartaraf etish

uchun samarali strategiyalar ishlab chiqilgan.

O‘zbekistonda texnik ta'lim sifatini baholash va boshqarish muammolarini o‘rganish

bo‘yicha bir qancha mahalliy olimlar, jumladan, Gulyamov

(2019)

, To‘xliev

(2020), Norov

(2021), Nizamovlar

(2024)

tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bu boradagi muhim ilmiy

asoslarni taqdim etadi. Ularning ishlari ta'lim jarayonida talabalar o‘zlashtirishini baholashda

statistik yondashuvlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, ta'lim sifatini oshirish uchun

zarur

bo‘lgan samarali metodlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Shunday q

ilib, texnika yo‘nalishidagi oliy ta'limda ta'lim sifatini boshqarish va baholash

bo‘yicha xalqaro va mahalliy tadqiqotchilarning ishlari mazkur mavzuda muhim nazariy va

amaliy asoslarni taqdim etadi. Ushbu adabiyotlar sifatni muntazam baholab borish, statistik

yondashuvlar yordamida jarayonni tahlil qilish va talabalar o‘zlashtirishini monitoring qilish

kabi muhim omillarni ta'kidlaydi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot metodologiyasi

ning asosini ta’lim sifati menejmenti rivojlanishida

mualliflar

tomonidan tizimli tahlil, tanlama adabiyotlar tahlili bo‘yicha materiallar tashkil qiladi.

Shuningdek, tadqiqot jarayonida umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, analiz va sintez, kabi

ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Tadqiqotimiz davomida, OTMlarning ta'lim sifati boshqaruvi tizimiga va ularni

takomillashtirilgan sifat boshqaruvi tizimiga transformatsiyalashuvga tayyorligini baholash

maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (201 nafar), Buxoro

muhandislik texnologiya instituti (150 nafar) va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (152

nafar) jami 503 nafar respondent ishtirokida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovda 13

ta

rektorat vakillari, 58 ta bo‘lim yoki xizmat rahba

rlari, 51 ta fakultet dekanlari va ularning

o‘rinbosarlari, 49 ta kafedra mudirlari hamda 332 nafar professor

-

o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Ushbu so‘rovnoma 2024

-yil aprel-may oylarida Google Forms orqali

onlayn tarzda o‘tkazildi va

natijalari o‘rganildi.

OTMlar o'z hisobotlarida to'g'ri tahlil qilinmasdan o'z faoliyati natijalarini oshirib

ko'rsatishga odatlangan va ba'zi ko'rsatkichlar (o’zlashtirish darajasi va sifat ko'rsatkichlari)

ushbu sharoitda oqilona chegaralar ichida " ta'lim sifati OTMlarda mustaqil ravishda

o'lchanadimi?"savol tug'iladi. Biz tahlilimizda bu savolga javob topishga harakat qilmoqdamiz.

O'tkazilgan tadqiqotga ko'ra:.

1. Ta'lim sifatini ta'minlashda OTMlarning strategik masalalariga (missiya, kelajakni

ko'rish, strategik rejalashtir

ish, OTM bo’linma rejalarini strategik muvofiqlashtirish) e'tibor

sust (61,4%). Hatto davlat tomonidan amalga oshiriladigan sertifikatlash va akkreditatsiya

protseduralarida strategiyalar mavjudligini hisobga olinadi, ammo mazmuniga unchalik
ahamiyat berilmaydi.

2. OTMlar ta'lim natijalarini baholashda an'anaviy usullarga amal qiladi, aksariyat

hollarda talabalar bilimi testlar asosida baholanadi va mustaqil ta’lim hamma vaqt ham

baholanmaydi, talabalarning ko'nikmalari va haqiqiy bilim darajalarini baholash esa
haqiqatdan uzoqdir (65,2%).

3. Talabalarning bilimlarini baholashda, ularning malakalarini oshirishda (ijodiy fikrlash

qobiliyati, mustaqil ta'lim, munozara, muammolarni hal qilishda mustaqil kashfiyot va

boshqalar.) va “yumshoq” ko'nikmalarini shak

llantirish (masalan, muloqot qobiliyatlari,

guruhlarda ishlash) e'tiborga olinmaydi (61,9%).

4. OTM faoliyatini baholash ish beruvchining qoniqishini to'liq aks ettirmaydi va

bitiruvchilarning o'z mutaxassisligi bo'yicha bandlik darajasini aniq ko'rsatmaydi (61,5%)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

165

5. Oliy ta'lim tizimida ta'lim, ilmiy va xo'jalik faoliyati sohasidagi kamchiliklar darajasini

(sifatga qarshi) sifat kafolatiga muvofiq o'lchash amaliyoti mavjud emas. Hatto “antisifat”

tushu

nchasi ham OTM muhitida qo’llanilmaydi (60,5%).

6. OTMlarda resurslarni yetkazib berish baholanadi, ammo sifat darajasini o'lchash

mukammal emas (62,9%). Faqat o'qitish sifati baholanadi, masalan, dars sifati). Ko'pgina
hollarda, ya'ni o'qitish faoliyatini texnik, uslubiy, dasturiy va axborot bilan ta'minlash sifati,

shuningdek ilmiy darajalar va unvonlarning salohiyati raqamli o'lchov bilan cheklanadi. Ushbu

tizimni benchmarking usullarini qo'llash orqali yaxshilash kerak.

7. OTMda ta'lim va o'qitish jarayonlari sifatini baholashning yagona metodologiyasi va

vositasi amalga oshirilmaydi (60,7%)

8. Ta'lim sifatini boshqarish jarayonlarining samaradorligini baholash uchun sotsiologik

usullardan foydalanish OTM faoliyatiga kiritilmagan, ijtimoiy so'rovlar sifatni ta'minlash,
menejment, individual xodimlar va bo'limlar faoliyatining ayrim sohalarida boshqaruvning
ayrim kamchiliklarini aniqlash uchun ishlatilmaydi (59,3%) .

Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida (OTM) ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini bahola

sh

uchun qo‘llanilayotgan an’anaviy mezonlar, jumladan

, professor-

o‘qituvchilarning ilmiy

salohiyati, o‘quv materiallari fondi yoki xorijiy mutaxassislarni jalb qilish jarayoni, ta’lim
iste’molchilari uchun ko‘pincha kam ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. Ish ber

uvchilar, asosan,

bitiruvchilarning ular talablariga j

avob beradigan aniq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga

e’tibor qaratishadi. Shu sababli, ta’lim sifati aniq raqamlar yoki reytinglardan tashqari, bozor

va mehnat talablariga muvofiq ravishda shakllanishi kerak.

Jahonda sifat menejmenti sohasida uzoq yi

llardan buyon samarali qo‘llanilayotgan va

juda oddiy vositalar mavjud bo‘lib, 1979 yilda Yaponiya olimlari tomonidan ular "yetti oddiy

sifat vositasi" deb nomlangan. Bu vositalar oson qo‘llaniladi, kam

xarajat talab qiladi, ammo

ularning samaradorligi jud

a yuqori. Ular oliy ta’lim jarayonida ham muvaffaqiyatli qo‘llanilishi

mumkin.

Buxoro muhandislik-

texnologiya institutida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,

ayrim fanlar bo‘yicha talabalarnin

g

o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib, bu keyingi ta’li

m

jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kafedralar o‘z faoliyatida kamchiliklarni aniqlash va tahlil

qilish tizimini joriy qilmasa, ta’lim sifati bo‘yicha muammolar yanada chuqurlashadi.

Muammoni hal qilish uchun birinchi navbatda talabalar orasidagi past akademik

ko'rsatkichlar sabablarini aniqlash maqsadida nazorat varag'i tuzish zarur. Ushbu nazorat

varag'i orqali ma'lum bir sababning qanchalik tez-tez yuzaga kelishini kuzatish va tahlil qilish

mumkin. Nazorat varag'i - bu belgilangan parametrlar asosida ma'lumotlarni qayd qilish
vositasi bo'lib, u jarayonlarni boshqarishni soddalashtiradi va ularning sifatini baholash, tahlil

qilish hamda yaxshilash uchun turli faktlar taqdim etadi.

Tajriba sifatida biz nazorat varag'ini yaratishda bir guruh talabalar va o'qituvchilar

o'rtasida so'rov o'tkazdik. Buning uchun "Neft va gaz texnologiyalari" fakultetining 210-23 NQT

guruhi 1-bosqich talabalarini tanladik. So'rovda jami 25 nafar talaba va ular bilan bevosita
aloqada bo'lgan 12 nafar o'qituvchi, tutor hamda dekanat vakillari ishtirok etdi. So'rov natijalari

quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadvaldagi ma'lumotlarga koʻra, talabalarning past oʻzlashtirishiga “Mustaqil ta'lim

topshiriqlari” (17), “Laboratoriya j

i

hozlari, animasiyalar, koʻrgazmali stendlar” (15),

“Kompyuterda YaN test sinovlari” va talabalarda “Ishchanlik etishmasligi (13), “Int

ellekt

yetishmasligi” va “Oʻqituvchining mavzuni tushuntirish qobiliyati” (12), “Oʻqitish metodlari” va

“JN va ON sinovlari” (11), “Oʻqituvchi malakasi etishmasligi” va “Oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi

shaxsiy munosabatlar” (10) yuqori ta'sirga ega. Ayrim talabalar darsdan boʻsh vaqtda

ishlashlarini bildirishgan (7). Bu omilning ha

m oʻzlashtirishga ta'siri keyinchalik yanada yuqori

boʻlish ehtimoli mavjud.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

166

1 -jadval

Talabalarning past akademik koʻrsatkichlari sabablarini roʻyxatdan

oʻtkazish nazorat

varaqasi

Nazorat obyekti: 210-

23 NQT guruhi past akademik oʻzlashtirish sabablari.

Nazoratchi: ______., sana_____

Past o’zlashtirish sabablari

Nazorat natijalari

Jami

1

Davomat pastligi

II

2

2

Darsdan boʻsh vaqtda ishlash

IIII II

7

3

Talaba salomatligi

III

3

4

Oʻqish istagi yoʻqligi

IIII

5

5

Dangasalik

IIII

5

6

Motivasiya yoʻqligi

III

3

7

Oilaviy muammolar

IIII

4

8

Intellekt yetishmasligi

IIII IIII II

12

9

Iqtidor yetishmasligi

II

2

10 Ishchanlik yetishmasligi

IIII IIII III

13

11 Tartibsizlik

III

3

12

Oʻqituvchi malakasi

yetishmasligi

IIII IIII

10

13

Oʻqituvchi ish staji kamligi

II

2

14

Oʻqituvchi tajribasi pastligi

IIII II

7

15

Oʻqituvchining ilmiy darajasi mavjudligi

IIII III

8

16

Oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi shaxsiy

munosabatlar

IIII IIII

10

17

Oʻqituvchining mavzuni tushuntirish qobiliyati

IIII IIII II

12

18

Kompyuterlar, internet tarmogʻi mavjudligi

IIII II

7

19

Oʻqitish vositalarining mavjudligi

IIII II

7

20

Laboratoriya jihozlari, animasiyalar, koʻrgazmali

stendlar

IIII IIII IIII

15

21

Oʻquv

-uslubiy ta'minlanganlik

IIII I

6

22 Ta'lim dasturlari sifati

IIII II

7

23

Oʻqitish metodlari

IIII IIII I

11

24 JN va ON sinovlari

IIII IIII

11

25 Kompyuterda YaN test sinovlari

IIII IIII III

13

26 Mustaqil ta'lim topshiriqlari

IIII IIII IIII II

17

Hammasi:

202

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.


Ikkinchi bosqichda talabalar va

o‘qituvchilarning so‘rovnomada bildirgan fikrlari asosida

(1-jadvalga tayanib) sabab-oqibat diagrammasi, ya'ni Isikava diagrammasi tuziladi. Ushbu

diagr

amma orqali talabalarning akademik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillar

aniq ravishda ko

‘rsatiladi va tahlil qilinadi. Diagramma sabablarni turli toifalarga ajratib,

ularning akademik natijalarga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam b

eradi.

Ishikava diagrammasidan foydalanib, talabalarning past akademik ko'rsatkichlariga ta'sir

qiluvchi barcha sabablarning o'zaro bog'liqligini ko'rish mumkin. Shuning uchun talabalarning

o’zlashtirishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni to'rtta asosiy g

uruhga bo'lish mumkin: inson

omillari, pedagogik uslubiy ta'minot, o'qitish usullari va jihozlar bilan ta'minlash. Keyingi

bosqichda sabab-

oqibat diagrammasi natijalari asosida past akademik ko‘rsatkichlarning

asosiy sabablarini qayd etish uchun yangi nazorat varaqasi tuziladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

167

1- rasm. Ishikava diagrammasi

Manba:

muallif ishlanmasi.

Biroq, bu safar nazorat varaqasining birinchi ustunida talabalarning past akademik

ko‘rsatkichlariga olib keluvchi sabablarning asosiy guruhlari keltiriladi. Har bir guruhga

tegishli omillar natijaviy baholari bilan birgalikda jamlanadi, so‘ngra ushbu baholarning

o‘rtacha

ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shu orqali asosiy sabablar va ularning umumiy ta’sir

kuchini aniqroq baholash imkoniyati yaratiladi.

2 -jadval

Talabalarning p

ast akademik koʻrsatkichlari sabablarining asosiy guruhlari

Past oʻzlashtirish sabablari

Nazorat natijalari

O’rtacha

1 Talabalar

59

5,4

2

Oʻqituvchilar

49

8,2

3

Oʻquv

-uslubiy ta'minot

13

6,5

4

Oʻqitish metodlari

52

13

5 Jihozlanish

29

9,7

Hammasi:

202

42,8

Manba:

muallif tomonidan tayyorlangan.

Uchinchi bosqichda 2-jadvaldagi ma'lumotlar asosida gistogramma tuziladi. Gistogramma

statistik ma'lumotlarning guruhlanishi va taqsimlanishini vizual tarzda baholashga yordam
beradi. Oddiy jadval shaklid

a ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash mushkul bo‘lishi

mumkin

, ammo grafik shaklda ushbu farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Gistogramma yordamida

talabalarning past akademik ko‘rsatkichlariga olib keluvchi omillarni aniqroq tahlil qilish va

muammolarni baholash jarayoni sezilarli darajada osonlashadi. Shu orqali ularni hal qilish

yo‘llarini topish imkoniyati ham ortadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

168

3-

rasm. Talabalar oʻzlashtirishi gistogrammasi

Manba:

muallif tomonidan tuzilgan.

Gistogramma natijalariga qaraganda, ta'lim metodlari, xususan, baholash usullarini

takomillashtirish va mustaqil ishlarning sifatini oshirish dolzarb bo'lib qolmoqda. Shu bilan

birga, o‘qitish vositalari bilan ta'minlashni yetarli deb hisoblasak ham, dars mashg‘ulotlarini

laboratoriya jihozlari, anim

atsiyalar, va ko‘rgazmali stendlar bilan boyitish o‘quvchilar

tomonidan mavzularni yaxshiroq o‘zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi aniq
ko‘rinmoqda. Bunday qo‘shimcha vositalar talabalarning diqqatini jalb qilib, o‘quv jarayonini

yanada samarali qilishga yordam beradi.

Holat to'liq aniq bo’lolmasligi uchun bir guruh talabalar ma'lumotlarini tahlil qilish uchun

keyingi bosqichda talabalar guruhlarini tabaqalashtirish amalga oshiriladi. Ushbu usulning
maqsadi ma'lumotlarni tabaqalashtirish (guruhlash), sodir bo'layotgan jarayonlarni

boshqarish va muammolarni aniqlash uchun har bir guruhni alohida saralashdir. Stratifikatsiya

usuli-bu turli xil omillarga ko'ra jarayon haqida kuzatilgan ma'lumotlarni aks ettiruvchi

ma'lumotlarni tanlashga imkon beradigan vosita.

Buning uchun, birinchi navbatda, har bir guruh uchun yomon akademik

ko'rsatkichlarning sabablarini alohida qayd etish uchun nazorat varaqalari va gistogrammalar
yaratiladi. Keyinchalik ushbu gistogrammalarni umumlashtirib, barcha o'qituvchilar guruhlari

va OTM uchun talabalarning akademik ko'rsatkichlarining pasayishiga eng katta ta'sir

ko'rsatadigan sabablarni aniqlash mumkin. Keyin OTM, fakultet va har bir guruh uchun
muammolarni hal qilish choralari ko'riladi.

Tajriba sifatida fakultetning 1-kursda tahsil olayotgan bir guruh talabalar bilan tadqiqot

o'tkazildi va quyidagi natijalarga erishildi (2- rasm).

4-rasmda talabalar va o'qituvchilar o'rtasidagi fikrlarning farqlari ko'rsatilgan; talabalar

va o'qituvchilarning fikrlari sezilarli darajada farq qiladi. Biroq, o'qituvchilar ham, talabalar

ham talabaning past akademik ko'rsatkichlariga eng ko'p ta'sir qilganini ta'kidladilar.

Beshinchi bosqichda Pareto diagrammasi yaratiladi. Pareto (80/20) printsipi shuni

anglatadiki, harakatlarning 20% natijalarning 80% ni, qolgan 80% natijalarning atigi 20% ni
tashkil qiladi. Pareto sxemasi muammolarni aniqlash va ular haqida o'ylash, harakatlarni

boshlash kerak bo'lgan asosiy omillarni aniqlash va ushbu muammolarni samarali hal qilish

uchun harakatlarni amalga oshirishga imkon beradigan vositadir. Ushbu usulning maqsadi

birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan muammolarni aniqlashdir.

13

9,7

8,2

6,5

5,4

0

2

4

6

8

10

12

14

Ta'lim metodlari

Jihozlanish

O'qituvchi

Ta'lim resurslari

Talaba

Talabalar oʻzlashtirishiga asosiy omillar guruhi ta'siri


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

169

4-

rasm. Talabalarning past oʻzlashtirishi sabablari

stratifikasiyasi

Manba:

muallif tomonidan tuzilgan.

3- jadval

Talabalarning past oʻzlashtirishini tavsiflovchi omillar guruhlarining

ahamiyatlilik darajalarining oʻrtacha bahosi

Omillar

Holatlar

Holatlar foizi,%

Oʻsib borish foizi, %

1

Talabalar

59

29,21

29,21

2

Oʻqitish metodlari

52

25,74

54,95

3

Oʻqituvchilar

49

24,26

79,21

4

Jihozlanish

29

14,36

93,56

5

Oʻquv

-uslubiy ta'minot

13

6,44

100,00

Jami

202

100

Manba:

muallif tomonidan hisoblangan.

Jadvaldagi 2

ustun boʻyicha ustunli diagramma tuziladi, 4

-

ustun boʻyicha Lorens egri

chizigʻi tuziladi. Bu egri chiziq birinchi navbatda qaysi muammolarga e'tibor qaratish

kerakligini koʻrsatadi.

Keyingi bosqichda tarqoqlik diagrammasi yaratiladi. Tarqoqlik diagrammasi-bu

o'rganilayotgan miqdor qiymatiga va unga ta'sir qiluvchi omillarga mos keladigan ma'lum bir
eksperimental nuqtalarini aniqlash orqali yaratilgan grafik formatdagi nuqta diagrammasi.

Nuqtalarning pozitsiyasi ikki o'zgaruvchi o'rtasidagi munosabatlarning mavjudligi va tabiatini

ko'rsatadi. Sifatni nazorat qilish jarayonida sifat ko'rsatkichlari va ta'sir etuvchi omillar

o'rtasidagi sababiy bog'liqlikni aniqlash uchun tarqoqlik diagrammasi qo'llaniladi. Ushbu

tadqiqotda olingan fikrlarga asoslanib, shuningdek, ko'rib chiqilayotgan tasodifiy
o'zgaruvchilar o'rtasidagi munosabatlarning korrelyatsiya va regressiya koeffitsientlari kabi

miqdoriy xususiyatlarini aniqlash mumkin.

8,4

9,5

10,1

5,7

6,1

10,4

7,2

5,6

6,7

3,3

0

2

4

6

8

10

12

Talaba

Oʻqituvchi

Ta'lim

metodlari

Ta'lim

resurslari

Jihozlanish

Talaba nuqtai nazarida

Oʻqituvchi nuqtai nazarida


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

170

3- rasm. Pareto diagrammasi

Manba:

muallif tomonidan tuzilgan.

Misol tariqasida talabalarning past o‘zlashtirish darajasiga davomatning ta’sirini tahlil

qilishimiz mumkin. 210-23 NQT guruhi tarkibidagi 25 nafar talabaning semestr davomida

darslarga qatnashish foizi va ularning umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatki

chi (GP

A) o‘rtasidagi

bog‘liqlikni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun biz jadval tuzib, grafik yaratamiz: gorizontal o‘q

bo‘ylab talabalarning davomat foizi, vertikal o‘q bo‘ylab esa ularning GPA ko‘rsatkichlari

joylashtiriladi.

Faraz qilamizki, talabaning darsga qatn

ashishi qanchalik yaxshi bo‘lsa, uning o‘zlashtirish

darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ya’ni, talaba qanchalik muntazam darsga qatnashsa, u

shunchalik yaxshi baholar oladi, deb qabul qilamiz. Ushbu tahlil asosida davomatning

tal

abaning umumiy o‘zlashtirishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashga urinib ko‘ramiz.

4- rasm. Tarqoqlik diagrammasi

Manba:

muallif tomonidan tuzilgan.

y = 0,0772x - 2,7028

R² = 0,3379

0

1

2

3

4

5

6

70

75

80

85

90

95

100

Se

m

e

str

d

ag

iGPA

ko

'r

satkich

i

Semestr davomidagi davomat ko'rsatkichi, %


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

171

Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, semestr davomida talabaning davomat darajasi va

uning

umumiy o‘zlashtirishi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjud. Grafikdagi nuqtalarning chapdan

o‘ngga va pastdan yuqoriga qarab o‘rnashishi bu bog‘liqlikni tasdiqlaydi. Biroq, korrelyasiya

koeffitsiyenti 0,3379 bo‘lib, bog‘liqlik kuchli emasligini ko‘rsatmoqda.

Regressiya tenglamasiga

ko‘ra, talabaning davomat darajasi 1 foizga oshirilganda, uning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0,0077
ga oshadi. Bu shuni anglatadiki, davomatning oshishi umumiy o‘zlashtirishga biroz ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi, ammo bu ta’sir sezilarli

darajada kuchli emas.

Yettinchi qadamda nazorat xaritasi ishlab chiqiladi. Nazorat xaritasi yoki statistik

jarayonlarni boshqarish xaritasi

bu muhim ma'lumotlarning vaqt bo‘yicha grafik tasviri

bo‘lib, ular ma'lum davrlarda jarayondan olingan ma'lumotlar

asosida chiziladi. Ushbu grafikda

barqaror jarayonning tabiiy o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi “nazorat chegaralari” ham

belgilanadi. Nazorat xaritasining asosiy maqsadi

nazorat chegaralarini hisobga olib,

ma'lumotlarni tahlil qilish va grafik yordamida jarayonning barqarorligini baholashdir.

Grafikda jarayonning o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi har qanday parametr (o‘lchangan yoki

hisoblangan ma'lumotlar) ifodalanishi mumkin. Nazorat xaritalari nafaqat ma'lumotlarni vizual

shaklda tasvirlash uchun, ba

lki jarayondagi o‘zgarishlarni kuzatish va bu o‘zgarishlarning tabiiy

tasodifiy o‘zgarishlar yoki muhim sabablar bilan bog‘liq ekanligini ajratib ko‘rsatish uchun ham

ishlatiladi.

Nazorat xaritasini tuzishda talabalarning imtihon natijalari namuna sifatida olinadi. 5

baholi tizim talabala

r orasidagi natijalarni to‘liq differensiyalay olmaganligi uchun, HEMIS

tizimida qo‘llaniladigan 100 ballik shkaladan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu miqdoriy

ma'lumotlar asosida nazorat xaritalari tuziladi. Nazorat xari

tasining asosiy turlari bo‘lgan X̅

-S

xaritalarida

-

guruhdagi talabalarning o‘rtacha ballini, S esa

-

o‘rtacha qiymatdan standart

og‘ishni ifodalaydi. Bunday xaritalar yordamida jarayonning barqarorligi va natijalarning

izchilligi baholanadi. Yakuniy nazorat xaritasi 5-rasmda keltirilgan.

5-

rasm. Nazorat xaritasi umumiy koʻrinishi

Manba:

muallif tomonidan tuzilgan.


Bunday nazorat xaritasi jarayonni kuzatish va uni muvofiqlashtirish bilan bir qatorda,

jarayon natijalarining belgilangan standart og‘ishlardan qanchalik farq qilishini

aniqlash uchun

ham muhimdir. Bu usul jarayonning izchilligini ta'minlash va kerakli cho

ralarga o‘z vaqtida

kirishish imkonini beradi.

Shuningdek, har bir tahlil bosqichidan keyingi bosqichga o‘tishda "Aqliy hujum" usulini

qo‘llash tavsiya etiladi, bu esa to‘g‘ri xulosalar chiqarish va keyingi harakatlar yo‘nalishini

aniqlashda yordam beradi.

Xulosa va takliflar.

Maqola texnika sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholash va

boshqarish jarayonlarini tahlil qiladi. Unda ta'lim jarayonlarini takomillashtirish uchun

zamonaviy nazorat usullari, jumladan, sifatni boshqarish vositalarning, xususan, nazorat

xaritalarining qo‘llanilishi muhimligi ta'kidlanadi. Talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

172

baholashda jarayonli yondashuvlardan foydalanish ta'lim sifatini monitoring qilish va
boshqarishda samarali natijalarga olib kelishi aniqlandi. Shuningdek, maqola ta'lim tizimida

o‘qitish jarayonlarini yanada samarali va sifatli tashkil qilishga yordam beradigan ilmiy

-amaliy

tavsiyalarni taqdim etadi.

1. Statistik vositalarni kengroq joriy qilish: Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini

baholashda va nazorat qilishda statistik usullar, ayniqsa, nazorat xaritalarini kengroq qo‘llash

kerak.

2. Ta'lim sifatini monitoring qilishni yaxshilash: Talaba

larning o‘zlashtirish darajasini

baholashda statistik tahlillarni kengaytirish orqali monitoring jarayonini takomillashtirish
tavsiya etiladi.

3. Pedagoglar uchun malaka oshirish kurslari: O‘qituvchilarni zamonaviy statistika va

nazorat usullari bo‘yicha o‘qitish, ularning malakasini oshirish orqali ta'lim jarayonini

boshqarish samaradorligini oshirish lozim.

4. Innovatsion yondashuvlar joriy etish: Ta'lim sifatini oshirish uchun yangi

texnologiyalar va yondashuvlardan foydalanish, jumladan, raqamli platformalar va sun'iy

intellekt imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

5. Ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish: Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini

oshirishga qaratilgan doimiy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini ta'lim tizimiga

integratsiya qilish muhimdir.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Farmon

(2019) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF

-5847-son

Farmoniga 1-ilova

Freeman Christopher, and Luc Soete. (1997)

The Economics of Industrial Innovation

. MIT

Press.

G'afurova, S. (2024). OLIY TA'LIM SOHASINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SIFAT

MENEJMENTINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu.

uz), 50(50).

Gafurova, S.K. (2023). Quality Management In Education: A Systematic Approach.

Educational Research In Universal Sciences, 2(17 SPECIAL), 126-129.

Gulyamov, S. (2019) Innovatsion rivojlanish va ilmiy-texnologik taraqqiyot boshqaruvi.

Mahalliy ilmiy maqola

lar to‘plami.

Ishikawa Kaoru. (1985)

What is Total Quality Control? The Japanese Way

. Prentice Hall.

Juran Joseph M. (1992) Quality Planning and Analysis. McGraw-Hill.

Nizamov, A. B., & Gʻafurova, S. K. (2024). OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATINI

BOShQARISh TIZIMINI MODELLASHTIRISHNING USLUBIY YONDASHUVLARI. XALQARO

KONFERENSIYA VA JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 155-160.

Norov, A. (2021) Texnika oliy ta'lim muassasalarida sifat menejmenti tizimi. Mahalliy ilmiy

ishlar to‘plami.

To‘xliev, N. (2020) Oliy ta'limda ta'lim sifatini baholash metodlar

i. Mahalliy ilmiy asarlar.

Низамов, А. Б., & Гафурова, Ш. К. (2024). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ

ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА.

XALQARO KONFERENSIYA VA JURNALLARNI

SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 151-154.

References

Farmon (2019) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoniga 1-ilova

Freeman Christopher, and Luc Soete. (1997) The Economics of Industrial Innovation. MIT Press.

G'afurova, S. (2024). OLIY TA'LIM SOHASINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SIFAT MENEJMENTINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 50(50).

Gafurova, S.K. (2023). Quality Management In Education: A Systematic Approach. Educational Research In Universal Sciences, 2(17 SPECIAL), 126-129.

Gulyamov, S. (2019) Innovatsion rivojlanish va ilmiy-texnologik taraqqiyot boshqaruvi. Mahalliy ilmiy maqolalar to‘plami.

Ishikawa Kaoru. (1985) What is Total Quality Control? The Japanese Way. Prentice Hall.

Juran Joseph M. (1992) Quality Planning and Analysis. McGraw-Hill.

Nizamov, A. B., & Gʻafurova, S. K. (2024). OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATINI BOShQARISh TIZIMINI MODELLASHTIRISHNING USLUBIY YONDASHUVLARI. XALQARO KONFERENSIYA VA JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 155-160.

Norov, A. (2021) Texnika oliy ta'lim muassasalarida sifat menejmenti tizimi. Mahalliy ilmiy ishlar to‘plami.

To‘xliev, N. (2020) Oliy ta'limda ta'lim sifatini baholash metodlari. Mahalliy ilmiy asarlar.

Низамов, А. Б., & Гафурова, Ш. К. (2024). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА. XALQARO KONFERENSIYA VA JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 151-154.