“UZBEKISTAN - 2030” STRATEGY: “GREEN ECONOMY”

Abstract

This article is devoted to covering the topic of “Uzbekistan - 2030” Strategy: “Green Economy”. The article also examines upon the history of the emergence and formation of the green economy on a global scale.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
48-52
30

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Faxriyev , D. (2024). “UZBEKISTAN - 2030” STRATEGY: “GREEN ECONOMY” . Economic Development and Analysis, 2(12), 48–52. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/64337
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to covering the topic of “Uzbekistan - 2030” Strategy: “Green Economy”. The article also examines upon the history of the emergence and formation of the green economy on a global scale.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

48



“O‘ZBEKISTON

-

2030” STRATEGIYASI: “YA

SHIL IQTISODIYOT

Faxriyev Doniyor Erdon o‘g‘li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘

zbekiston Milliy universiteti

ORCID: 0009-0002-8412-7289

davronrahimov087@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqola “O‘zbekiston

- 203

0” Strategiyasi: “Yashil Iqtisodiyot”

mavzusini yoritishga bag‘

ishlanadi. Shuningdek, maqolada dunyo miqyosida yashil

iqtisodiyotning vujudga kelish

va shakllanish tarixiga ham to‘xtalib o‘

tilgan.

Kalit so

zlar:

ekologik komponentlar, modernizatsiya, iqtisodiy yondashuv, ijtimoiy

masalalar, Klark-Fisher modeli, milliy iqtisodiyot, global jarayonlar, Parij bitimi.

СТРАТЕГИЯ “УЗБЕКИСТАН –

2030

:

“ЗЕЛЕНАЯ ЭКОНОМИКА”

Фахриев Даниёр

Национальный университет Узбекистана

имени Мирзо Улугбека

Аннотация.

Данная статья посвящена освещению Стратегии “Узбекистан –

2030”:

“Зеленая экономика”. Также в статье рассматривается история возникновения и

становления глобальной зеленой экономики.

Ключевые слова:

экологические компоненты, модернизация, экономический подход,

социальные проблемы, модель Кларка

-

Фишера, национальная экономика, глобальные

процессы, Парижское соглашение.


UZBEKISTAN -

2030” STRATEGY: “GREEN ECONOMY”

Fakhriyev Daniyor

National University of Uzbekistan

named after Mirzo Ulugbek

Abstract.

This article is devoted to covering the topic of “Uzbekistan

-

2030” Strategy:

“Green Economy”. The article also examin

es upon the history of the emergence and formation of

the green economy on a global scale.

Keywords:

ecological components, modernization, economic approach, social issues, Clark-

Fisher model, national economy, global processes, Paris Agreement.

UO

K: 2964

XII SON - DEKABR, 2024

48-52


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

49

Kirish.

O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan ijtimoiy

-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini

ta’minlashda barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy, ijtimoiy va

ekologik komponentlarni o‘zaro

muvofiqlashtirish murakkab vazifa hisoblanadi. Iqtisodiy va

ijtimoiy komponentlar jamiyat oldiga bir avlod mobaynida adolatga erishish va aholining

kambag‘al guruhlariga maqsadli yordam ko‘rsatish kabi yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Iqtisodiy

va ekologik komponentlarning atrof-

muhitga tashqi ta’siri qiym

atini baholashning zarurligi

bilan bog‘liq yangi g‘oyalar va yondoshuvlarning shakllanishiga olib keldi. Barqaror iqtisodiy

rivojlanishning ijtimoiy va ekologik komponentlari esa avlodlar ichida va avlodlar o‘

rtasida

tenglikni ta’minlash kabi masalalarning

dolzarbligini yanada oshirmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojlanishni ta’minlashda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 4 oktabrda tasdiqlangan “2019–

2030

yillarda O‘zbekiston Respublik

a

sini "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” muhim dasturiy

amal hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning muhim vazifalari qatoriga iqtisodiyotning

energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurs

larni oqilona iste’mol qilish kiradi. Ushbu

belgilangan maqsadli indikatorlarga texnologiyalarni modernizatsiya qilish va moliyaviy

mexanizmlarni rivojlantirish orqali erishiladi. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda strategiyani

amalga oshirish jarayonida yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlarining solishtirma

chiqindilari 2010 yil darajasidan o‘n foizga kamayadi, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining yuz

foizga qadar zamonaviy, arzon va ishonchli elektr ta’minotidan foydalanish ta’minlanadi.

Ekologik jihat

dan yaxshilangan motorli yoqilg‘i va avtomobil

ishlab chiqarish hamda ulardan

foydalanish kengaytiriladi, elektr transporti rivojlanadi (Qaror, 2019).

Barqaror rivojlanishni “ijtimoiy”

-

“iqtisodiy”

-

“ekologik” uchlikning o‘zaro bog‘liqlikda

rivojlanishiga asoslangan sinergetik samara hisobidan taraqqiy etadigan jarayon sifatida

tasavvur etish mumkin. Barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi iqtisodiy yondashuv cheklangan

resurslardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi. Ijtimoiy yondashuv global miqyosda

ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-

xillikni ta’m

i

nlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ekologik

yondashuv esa har qanday ekologik tizimlarning normal faoliyat yuritishini ta’minlashga
xizmat qilishi zarur bo‘ladi. O‘z navbatida

“O‘zbekiston

-

2030” strategiyasini 2

023 yilda amalga

oshirilishi doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi (Farmon, 2023).

Yuqorida qayd etilganidek, “barqaror rivojlanish” konsepsiyasi dunyo mamlakatlarining

bosh maqsadiga aylanib bormoqda (Harris, 2003). Ushbu masalaning kulminatsi

on cho‘qqisi

2015 yilda Fransiyaning Parij shahr

ida o‘tkazilgan BMTning iqlim isishiga bag‘ishlangan

konferensiyada 195 mamlakat tomonidan global isish darajasini +2 S da ushlab turish siyosatini

qabul qilishi bilan belgilandi. Konferensiyada 147 ta mamlak

at “yashil iqtisodiyot” rejalarini,

147 ta mamlakat tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dasturlarini va 167 ta

mamlakat energiya samaradorligini iqlim o‘zgarishlariga munosib ravishda oshirish
tavsiyalarini taqdim etishdi. Hozirgi vaqtda “yashil

iqtisodiyot” masalalari bilan BMT

huzuridagi tu

rli tashkilotlar va qo‘mitalar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga BMT Iqtisodiy va

ijtimoiy masalalari bo‘yicha departament (UN DESA), “Yashil iqtisodiyot” tashabbusi (GEI),

“Yashil iqtisodiyot” bo‘yicha masalalar

ni tartibga solish guruhlarini kiritish mumkin. Jumladan,

GEI o‘z faoliyatini 2008 yilda boshlagan bo‘lib, BMT tizimidagi yigirmaga yaqin tashkilot,

muassasalarni birlashtiradi.

Ayrim mutaxassislar “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniq

lashda Klark-

Fisher modelini qo‘llash zarurligi

n

i ta’kidlashadi. Klark

-Fisher modeli iqtisodiy rivojlanish

bosqichlarida ish o‘rinlarini yaratishda iqtisodiyotning qazib chiqarish, qayta ishlash va xizmat

ko‘rsatish sektorlari ahamiyatini nazariy jihatdan

asoslashga xizmat qiladi. Ushbu model BMT

mutaxa

ssislari tomonidan taklif etilgan “yashil iqtisodiyot” tarmoqlarini xizmat ko‘rsatish

sohasiga tegishli “yashil” xizmatlar va fan sig‘imkorligi yuqori ishlab chiqarish, turizm,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

50

shaharlarni boshqarish va chiqi

ndilarni yo‘qotish, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar,

moliyaviy xizmatlar

kabi innovatsion iqtisodiyotga xos yo‘nalishlar bilan to‘ldiradi . O‘zbekistonda “yashil

iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyati milliy iqtisodiyotda iste’mol qilinayotgan energiyaning

aksariyat qismi tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanib ishlab chiqarilayotganligi, ushbu

resurslar zaxirasining cheklanganligi, sanoatning jadal sur’atlarda rivojlanishi oqibatida atrof

-

muhitning ifloslanishi, suv tanqisligi, Orol dengizining qurib borishi bil

an bog‘liq ekologik

muammolarning keskinlashib borayotganligi bilan izohlanadi (Harris, 2003)

. O‘zbekiston

iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, tarkibiy o‘zgarishlarning uzoq muddatli strategiyasini

ishlab chiqish ichki va global jarayonlar hamda muammolarni hisobga olishni taqozo etadi.

BMT Butunjah

on meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha global

yillik o‘rtacha havo harorati 1880 yildagi darajadan 1C ga ortgan. O‘zbekistonda esa xuddi shu

davr uchun o‘rtacha yillik havo harorati 1,6 S ga (13,2 dan 14,8 S ga) ko‘tarildi. Mam

lakatimizda

o‘rtacha havo haroratining isish jadalligi global miqyosda kuzatilayotgan o‘rtacha sur’atdan
yuqori bo‘lmoqda. Iqlim isishi ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, Orolbo‘yi hududidagi

Qoraqa

lpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy

, Qashqadaryo, Samarqand va

Surxondaryo viloyatlarida ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib kelmoqda. Shu bois iqlim

o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘sib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish

maqsadida 2015 yil 12 dekabrda Fransiya poytaxtida

o‘tkazilgan BMT Iqlim o‘zgarishi doiraviy

konvensiyasi (BMT IO‘DK) konferensiyasining 21

-sessiyasida Parij bitimi qabul qilindi. Ushbu

bitim 2016 yil 4 noyabrda kuchga kirdi va 2020 yildan boshlab amalga oshiriladi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Hozirgi vaqtda Parij bitimini imzolagan 197 mamlakatdan 180 tasi ushbu hujjatni

ratifikatsiya qilgan. Bitimni ratifikatsiya qilmagan mamlakatlar kuzatuvchi maqomiga ega

hamda ular uchun iqlimiy moliyalashtirishdan foydalanishda cheklashlar mavjud. Parij

bitimining maqsadi 2030 yilda 2020 yilga nisbatan sayyoramizda global isishni industrial

rivojlanish davridagi o‘rtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi bo‘yicha 2 S ga saqlab turish

hamda haroratning 1,5 S gacha

o‘sishini cheklashga harakat qilishdan iborat b

o

‘lib, 2050 yilga

kelib issiqxona gazlarini global ajratmalarini 40-70 %ga kamaytirishni va 2100 yilga kelib

uning 0 yoki manfiy ko‘rsatkichga yetkazishni talab etiladi.

Milliy iqtisodiyot energiya samaradorligining yetarli darajada emasligi, tabiiy

resursl

ardan oqilona foydalanmaslik, texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil”

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznesning faol

ishtirok etmayotgani milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga

erishishga to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu sohada uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi

hozirga qadar “yashil” texnologiyalarni joriy etish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha

tizimli chor

alar ko‘rishni ta’mi

nlashga imkon bermayotgan ed (Vaxabov va boshq., 2020).

2019-

2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish

strategiyasining to‘rtta ustuvor yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib asosiy e’tibor energiya

samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya ma

nbalarini o‘zlashtirish, iqlim

o‘zgarishlari oqibatlariga moslashish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil”

iqtisodiyotni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilganligini

kuzatish mumkin. Strategiyada belgilangan

birinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha iqtisodiyotning

bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini 2030 yilga qadar 2 baravar oshirish vazifasi

qo‘yilgan. Jumladan, ushbu maqsadga sanoat korxonalari infratuzil

masini modernizatsiyalash,

sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat jarayonlaridan yanada keng foydalanish

hisobiga energiya samaradorligini 20%dan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish, motor yoqilg‘isi

va avtotransport vositalari ishlab chiqarishni energiya samaradorlik va ekologik jihatdan

yaxshilash, elektr transportni rivojlantirish hisobiga erishish rejalashtirilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

51

“O‘zbekiston –

2030” strategiyasi doirasida “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha

amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatning ekologik va iqtisodiy

barqarorligi oshadi. Quyida kutilayotgan natijalar keltirilgan:

1.

Energiya samaradorligi oshadi:

o

Energiya iste’moli optimallashtiriladi va muqobil energiya manbalaridan foydalanish

ulushi ortadi.

o

Quyosh va shamol energiyasiga asoslangan yirik energetik loyihalar amalga oshiriladi,

bu esa tabiiy gazga bo‘lgan qaramlikni kamaytiradi.

2.

Iqlimga ta’sirni kamaytirish:

o

Issiqxona gazlari chiqindilari qisqaradi.

o

Tabiiy resurslardan foydalanish

samaradorligi oshadi, bu esa iqlim o‘zgarishining

oldini olishga yordam beradi.

3.

Qayta tiklanadigan energiya ulushi oshadi:

o

2030 yilgacha umumiy energiya iste’molidagi qayta tiklanadigan energiya ulushi

sezilarli darajada ortishi kutilmoqda.

4.

Yashil iqtisodi

yotda yangi ish o‘rinlari yaratiladi:

o

Ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali yangi kasblar va iqtisodiy faoliyat

turlari rivojlantiriladi.

o

Bu ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

5.

Tabiiy resurslar tejab foydalaniladi:

o

Sug‘orish tizi

mlarini modernizatsiya qilish orqali suv resurslari samarali boshqariladi.

o

Suvdan o

qilona foydalanish bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va hajmi

oshadi.

“O‘zbekiston –

2030” strategiyasida “Yashil iqtisodiyot” tamoyillarining amalga oshirilish

i

mamlakatning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishini belgilaydi. Biroq, ushbu yo‘na

l

ishda ba’zi

muammolarni hal qilish muhim ahamiyatga ega:

1.

Moliyaviy ta’minot:

o

Yashil iqtisodiyotga o‘tish katta moliyaviy sarmoyalarni talab qiladi. Xalqaro moliyaviy

tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish zarur.

2.

Texnologiyalarni joriy etish:

o

Zamonaviy

texnologiyalarni O‘zbekistonga moslashtirish va mahalliy ishlab

chiqarishga kiritish vaqt va resurs talab qiladi.

3.

Aholining xabardorligi:

o

Yashil iqtisodiyot

g‘oyalarini keng joriy qilish uchun aholining ekologik savodxonligini

oshirish muhimdir.

4.

Chiqindilarni boshqarish:

o

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning to‘liq tizimini yo‘lga qo‘yish kechiktirib

bo‘lmas masala bo‘lib qolmoqda.

Yashil iqtisodiyot

bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y

-harakatlar nafaqat ekologik

barqarorlikni ta’minlaydi, balki

iqtisodiy imkoniyatlarni ham kengaytiradi. Ammo bu jarayonni

muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat, xususiy sektor va jamoatchilik hamkorligi muhim

rol o

‘ynaydi. Kelajakda bu chora

-

tadbirlar O‘zbekistonni ekologik barqaror va yashil

iqtisodiyotga ega mamlakat sifatida dunyoda tanitishga xizmat qiladi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa o

rnida shuni ta

kidlash joizki, Mamlakatimizda

yashil

iqtisodiyotga o

tishda

energiya resurslari iste

molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan

foydalanishni rivojlantirish ikkinchi ustuvor yo

nalish sifatida belgilangan. Ushbu maqsadga

erishishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o

zlashtirish, binolarni qurish va ulardan

foydalanish, transport sohasi hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishda energiya

iste

molini diversifikatsiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. 2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

52

energiya manbalarini yanada rivojlantirish hisobiga ushbu energiya manbalari ulushini
umumiy elektr energiya ishlab chiqarish hajmining 25%idan ko

prog

iga yetkazish, aholi va

iqtisodiyot tarmoqlarining zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish

imkoniyatini 100%ga yetkazish vazifalari belgilangan.

Adabiyotlar/Литература/References:

Farmon (2023)

“O‘zbekiston —

2030” strategiyasi to‘g‘

risida

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son.

Jonathan M. Harris. (2003) Sustainability and Sustainable Development. International

Society for Ecological Economics. - P. 1.

Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Pre

z

identining 2019 yil 4 oktabrdagi “2019 —

2030

yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PQ

-4477- son Qarori.

Вахабов А.В., Хажибакиев Ш.Х. ва бошқалар (2020). Яшил иқтисодиёт: Дарслик. / –

Тошкент.: “Universitet”,

-

262 б.

References

Farmon (2023) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son.

Jonathan M. Harris. (2003) Sustainability and Sustainable Development. International Society for Ecological Economics. - P. 1.

Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi “2019 — 2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477- son Qarori.

Вахабов А.В., Хажибакиев Ш.Х. ва бошқалар (2020). Яшил иқтисодиёт: Дарслик. / –Тошкент.: “Universitet”, -262 б.