O‘ZBEKISTONDA KADRLAR TAYYORLASH SIYOSATI VA UNDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

Annotasiya

Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud pedagogik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash siyosati va unda xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalanish istiqbollari yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mahsutaliyev , A. (2024). O‘ZBEKISTONDA KADRLAR TAYYORLASH SIYOSATI VA UNDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(12), 86–90. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/64342
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud pedagogik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash siyosati va unda xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalanish istiqbollari yoritilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

86


O‘ZBEKISTONDA KADRLAR TAYYORLASH SIYOSATI VA UNDA XORIJIY

DAVLATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

i.f.n., dots.

Mahsutaliyev Abdusalom Hasanovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0008-3444-0908

barsmax.737@gmail.com

Annotatsiya.

Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash

va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud pedagogik qadriyatlarini

asrab-avaylash, rivojla

ntirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash siyosati va unda xorijiy d

avlatlar

tajribalaridan foydalanish istiqbollari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

pedagogik ta’lim, iqtisodiy rivojlantirish, ta’lim texnologiyalari, kadrlar

muammosi, maxsus pedagogika, Yevropa standarti, majburiy ta’lim, “iqtidorli o‘quvchi”.

ПОЛИТИКА ПОДГОТОВКИ КАДРОВ В УЗБЕКИСТАНЕ И ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ОПЫТА

ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН

к

.

э

.

н

.,

доц.

Махсуталиев Абдусалам Гасанович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

Выпускник педагогического университета является важным звеном не

только в обучении граждан и формировании человеческого капитала страны, но и в

сохранении, развитии и передаче существующих педагогических ценностей следующему

поколению. В данной статье описывается политика подготовки кадров в Узбекистане и
перспективы использования в ней опыта зарубежных стран.

Ключевые слова

:

педагогическое образование, экономическое развитие,

образовательные

технологии,

кадровая

проблема,

специальная

педагогика,

евростандарт, обязательное образование, «одаренный ученик».

PERSONNEL TRAINING POLICY IN UZBEKISTAN AND THE USE OF THE EXPERIENCE OF

FOREIGN COUNTRIES

PhD, assoc. prof.

Mahsutaliyev Abdusalom Hasanovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

A graduate of a pedagogical university is not only an important link in the

education of citizens and the formation of the country's human capital, but also in the
preservation, development and transfer of existing pedagogical values to the next generation. This

article discusses the policy of personnel training in Uzbekistan and the prospects for using the

experience of foreign countries in it.

Keywords:

pedagogical education, economic development, educational technologies,

personnel problems, special pedagogy, European standard, compulsory education, "gifted

student".

U

O‘K:

331.08

XII SON - DEKABR, 2024

86-90


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

87

Kirish.

Har qanday korxona yoki tashkilotning rivojlanishi, texnik va moliyaviy imkoniyatlari

yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan ishchi

-xodimlar, mutaxassislarning bilimi, malakasi va tajribasi

darajasiga bog‘liq.

Xodimning malakasi yuqori, bilimi chuqur

bo‘lsa ham un

i muntazam

ravishda rivojlantirish, oshirib borish talab etiladi. Zero, texnika va texnologiya to‘xtovsiz

yangilanib bormoqda. Bu esa ishchi-

xodimlarni kasb mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish, rahbarlar,

muhandis-texnik xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, zamon evrilishlariga

tezda moslasha olishga tayyor bo‘lishi doimo dolzarb bo‘lib qolishini anglatmoqda. Jahonda

inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni, raqamli boshqaruv tizimi
va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida samarali foydalanish keng tadbiq

etilayotgan bugungi kunda, pedagog kadrlar tayyorlashdagi muammolar inson kapitali

sifatining o‘sishini susayishiga sabab bo‘lmoqda. SHu bilan birga ohirgi yillarda dunyoning

qator mamlakatlarida (i

qtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) ta’lim tizimining barcha

bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Respublikamizda ham kadrlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, shu jumladan, umumta’

lim

maktabgacha ta’l

i

m tashkilotlari va maktablarida pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni

qondirish ob’ektiv zarurat. Ushbu masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg‘or horijiy tajribalar

asosida ishlab chiqish zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

O‘zbekiston Res

publikasi

Prezidentining 2020-yil 27-

fevraldagi "Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ

-4623-

son Qarorida pedagogik ta’lim sohasini yanada

takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologi

yalarni qo‘llash

ko‘nikmalariga ega,

mamlakatimizni ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali

mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg‘or

ta’lim texnologiyalarini joriy qilis

h kerakliligi asosiy maqsad ekanligi qayd etilgan (Qaror,

2020). 2022- 2026-

yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da ham

ushbu mavzu yuzasidan fikrlar yuritilib, bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Mazkur

qarorlar qabul qilinishi ham yurtimizda malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yuksak

e’tiborni ko‘rsatmoqda.

Ta’limda ixtisoslashtirishning ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta’lim

tarmoqlarida moddiy-texnik va innovatsiya tizimining talab darajasida emasligi, oliy

ma’l

u

motli professional pedagog kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning

malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari bilan integratsion munosabatlaridagi

muayyan muammolarning yuzaga kelishi natijasida xalq ta’limi tizimid

a ayrim fanlar

(m

aktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika,

informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va astranomiya) bo‘yicha o‘qituvchilarga

bo‘lgan ehtiyoj qondirilmay qolmoqda. Ma’lumki, hozirgi

kunda mamlakatimi

zda ta’lim

tizimini, xususan, pedagogikani jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o‘zgaruvchan

ijtimoiy-iqtisodiy shart-

sharoitlar, umuman ta’lim paradigmasining o‘zgarishi bilan isloh

qilishga katta ahamiyat berilmoqda (

Ne’matullaeva

, 2024). Keyingi y

illarda ta’lim tizimini

takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.

Prezident qarori bilan 2017-

2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi

qabul qilindi. Joriy yilda mamlakatimizda 13t

a yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy

universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi

tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi. Albatta, bunday e’tibor

yaqin

kelajakda

o‘z samarasini beradi. Lekin barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir

paytda shu sur’atga mos ilg‘or kadrlar mamlakatimizga bugun kerak.

Davlatimiz rahbari

mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar

sur’atiga mos

za

monaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. SHu maqsadda butun ta’lim tizimi

takomillashtirilmoqda. SHu asnoda xalqaro rivojlangan davlatlar tajribalari o‘rganilib, ishga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

88

tatbiq etilmoqda. Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan

o‘rganish orqali

ta’lim

tarbiyada qotib qolgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib

borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos

bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy

m

anbalarga ega bo‘lamiz

(

G‘ayratova

, 2022).

Malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha bir necha rivojlangan davlatlar ish

uslubidan namunalar ko‘rib chiqamiz.

Malumotlarga ko‘ra, yevropa mamlakatlarida maxsus pedagogika oliy ta’lim mu

assasalari

yo‘q, biroq peda

g

ogika institutlarini o‘z ichiga olgan yirik universitetlar faoliyat yuritadi.

yevropa standartlariga ko‘ra, ta’lim doirasida turli tarmoqlar va kasblar o‘rtasida

harakatlanishga imkoniyat ko‘plab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’l

im dasturlari orqali

ta’min

l

anadi va ular bo‘lajak o‘qituvchiga yetarli darajadagi malaka beradi. Finlyandiyaning

o‘qituvchi

-

pedagoglar tayyorlash tizimi ko‘p mamlakatlar uchun na’muna bo‘lib xizmat qiladi.

O‘tgan asrning oxirida o‘qituvchilar uchun magistratura darajasi minimal ta’

l

im me’yori deb

belgilandi (shu jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ham), bu esa qaysidir darajada
mamlakatdagi pedagoglar hurmatini va ijtimoiy maqomini oshirish uchun muhim hissa qo‘shdi.

Finlyandiyada maktab o‘qituvchisi bo‘lish uchun juda

q

attiq tanlovdan o‘tish zarur: pedagogika

mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga ishga olinadi.

Finlyandiya ta’lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o‘qitishga ustuvorli

k

berilishi. Bu shubhasiz, t

a’limning yuqori sifatda bo‘lishiga olib keladi

(Muhaz.org, 2023).

Mamlakatda maktab ta’limining muvaffaqiyati maktab o‘quvchilarini qo‘llab

-quvvatlash tizimi

bilan ham bo

g‘l

iq. Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va

psixol

oglar soni jihatidan, barcha yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini

egallaydi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Xitoy dunyoda eng katta aholi soniga ega bo‘lgan davlat bo‘lganligi sababli ham hukumat

qashshoqlikni kamaytirish maqsadida t

a’lim tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan.

Olib borilgan islohotlar natijasida keyingi 10 yilliklarda Xitoy ta’lim tizimi katta yutuqlarga

erishdi. XX asrning o‘rtalariga qadar Xitoy iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan

bo‘l

i

b, qo‘l mehnatiga tayangan dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan. Aholining katta qismi

qishloqlarda istiqomat qilgan va ta’limda ko‘proq gumanitar fanlar falsafa, tarix va ijtimoiy

sohalarga ustuvorlik berilgan (Abdurahmonov va boshq, 2006)

. Xitoy ta’lim t

izimi asosan

maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’limdan iborat. Xitoy Xalq

Respublikasining “Majburiy ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi barcha uchun

majburiy o‘rta ta’lim tizimini shakllantirdi. YAngi qonunga ko‘

r

a 9 yillik ta’lim majburiy va

bepul qilib belgilandi. Xitoyda pedagogik ta’lim hozirda xalqaro darajaga etib bormoqda.

Rossiya, Yaponiya

va AQSH tajribasidan kelib chiqib, milliy an’analarning o‘ziga xos

xususiyatlarini

hisobga olgan holda o‘z tizimi yara

t

ilmoqda. So‘nggi o‘n yilliklarda Xitoyda

pedagogik kadrlar tayyorlash tizimning rivojlanishi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha tez

va jadallashgan. Yo‘naltiruvchi g‘oyalardan biri kasbiy pedagogik kadrlar tayyorlashni

ng

iqtisodiyot va umuman jamiyat bilan aloqasini mustahkamlashga, urbanizatsiya va

sanoatlashtirishga qaratildi. Mamlakatda pedagogik kadrlar tayyorlash ochiqligini oshirishga

intilmoqda: mavjud ta’lim muassasalari negizida boshqa oliy o‘quv yurtlari ishti

rokidagi

pedagogik ta’lim tizimi bos

qichma-bosqich shakllanmoqda.

Yaponiya ta`limida

“iqtidorli o‘quvchi”

tushunchasi yo‘q

, (Abdurahmonov, 2013) chunki

har bir o‘quvchi alohida iqtidor sohibidir. Ilg‘or mamlakatlar ichida

Yaponiya

ta’limi o‘ziga xos

yo‘nalishi yetakchi o‘rinni egallaydi. Jum

ladan, Yaponiya

ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha:

maktabgacha ta’lim , boshlang‘ich maktab , kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oiliy ta’lim
tizimlariga kiruvchi oliy o‘quv yurtlari. Boshlang‘ich maktabda o‘q

ituvchilar bolalarni tanqidga,

ya’ni

o‘z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o‘rgatishadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har

tomonlama rivojlanishiga tasir etadi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ich

ida o‘qituvchining


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

89

maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori bo‘lgan yagona davlat. Ta’limning bu pog‘onasi 6
yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy

yordam ko‘rsatiladi. Yuqori o‘rta maktab 10

-11-12-

sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday

maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlari mavjud. Y

u

qori bosqich o‘rta maktablarda

butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O‘quvchilar majburiy asosiy

fan

lardan tashqari o‘z xohishlariga ko‘

r

a ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb

etiladi. Universitetlariga yuqori va o‘rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan

o‘quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo‘linadi: 1

-bosqich

turar joyda o

tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik,

tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazilad

(Abdurahmonov va boshq, 2006). Yaponiyada oliy

ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog‘liqdir.

Yaponiya

da bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas’uliyati ayniqsa kattadir. Ular

farzandlarining aqlli, dono va

mehnatsevar bo‘lib o‘sishlari uchun oila sulolasi v

a davlat oldida

o‘zlarini ma’sul deb hisoblaydi.

Yaponiya

da oilaviy tarbiya xususida ko‘plab metodik

qo‘llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko‘plab pedagogik

maslahatlar berib boriladi. Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U

mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo‘llib, parta ustida kitob javoni,
yoritkich, soat, qalam, qog‘oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak

bo‘

lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal

tugmachalarigacha o‘rnatilgan.

Yaponiya

o‘rta maktablarining saviyasi AQSH o‘rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori

turadi. YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki

Yaponiya

da ta’lim tizimi ham shaklan

, ham

mazmunan yuksak uyg‘unlik kasb etgan. Ibrat ol

s

a, o‘rgansa arziydigan jihatlari ko‘p. e’tiborli

yana bir tomoni

Yaponiya

da faqat milliy an’analar bilan cheklanib

qolmay jahondagi AQSH,

Fransiya, Germaniya kabi taraq

qiy etgan mamlakatlarning ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham

ijodiy o‘zlashtiril

-

gan. Bunday tajribalar Respublikamiz ta’lim tizimini yanada yuqori pog‘onaga

ko‘tarishda qo‘l kelishi shubhasiz.

Germani

ya jahon ma’rifat va madaniyat o‘choqlaridan biri. U

shbu davlatda har bir fuqaro

o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, o‘z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o‘qish joyi

va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta’lim tizimi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassalaridan

iborat. Barcha davlat maktablarida

o‘qish bepul. Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab

tiplariga bo‘linadi: boshlangi’ch maktab; yo‘nalish maktablari;

asosiy maktab; real maktab;

g

imnaziya; umumiy maktab ; maxsus maktab. Boshlang‘ic

h

maktab ta’lim tizimining poydevori

hisoblanadi (Basovskiy, 2007)

. Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish maktabga

o‘tishadi. Asosiy yoki to‘liq xalq maktabi boshlang‘ich maktabni

bitirib, real maktab yoki

gimnaziyaga bormagan barcha o‘quvchil

a

r uchun majburiydir. Asosiy maktab o‘qituvchilari

o‘zlarini o‘qituvchi emas, ijtimoiy pedagog, deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagio‘quvchilar

yomon o‘zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta’lim olishiga majbur bo‘lishadi. Real maktablar

ikkinchi bosqichga

qarashli bo‘lib, odatda 5

-10-

sinflarni o‘z ichiga oladi. Real maktab yuqori

darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat

hissi, insonlarga rahbar

lik qilish ko‘nikmalariga yuqori talab qo‘yadigan kasb egalari

b

o‘lishi

uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga juda

murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida taraqqiy etgan davlatlar orasidan o‘rin olishda

o‘zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud.

Xulosa va takliflar.

Xulosa o‘rnida shuni ta’ki

dlash joizki, yurtimizda yoshlarimizning chuqur bilim olishi,

kasb-hunar egallashi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Davlatimiz rahbari
tomonidan sanoat korxonalari uchun zamonaviy bilimlarni egallagan, malakali,

raqob

atbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatda

sodir bo‘layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim tizimiga xususan o‘rta

maxsus kasb-hunar ta

limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

90

dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va
ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi

davlat ta

lim standartlarini yaratish va tatbiq

etishdir. Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va

kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga

moslashuvchanligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi

tomonidan inson huquqlari, ta’lim,

bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash

sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining

barcha jihatlariga daxldor bo‘lib

, uning rivojlanishi omillaridan biridir. Kadrlar tayyorlash

milliy mo

delining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda

uch yillik o‘rta maxsus, kasb

-

hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim

dasturl

aridan o‘rta maxsus, kasb

-

hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishi

n

i ta’minlaydi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Abdurahmonov Q.X. (2013) Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik.

T.: Iqtisodiyot, 418 b.

Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. (2006) Personaln

i boshqarish (oliy o‘quv yurti talabalari

uchun darslik).

–Toshkent: “O‘qituvchi” , 34

5 b.

Basovskiy L.E. (2007) Teoriya ekonomicheskogo analiza. Uchebnoye posobiye.

–M.: «Infra

-

M», 220 b.

G‘ayratova

N.B. (2022) “KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” AMALDA. SSIYENTIFIS

PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUYE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181

-16010

https://muhaz.org/ozbekiston-respublikasining-kadrlar-tayyorlash-milliy-modeli-v.html

Muhaz.org. (2023). O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning

mohiyati Reja. [online] Available at: https://muhaz.org/ozbekiston-respublikasining-kadrlar-

tayyorlash-milliy-modeli-v.html.

Ne’matullaeva D.T. (2024) O‘zbekistonda xorij tajribalari asosida pedagog kadrlar

tayyorlashni takomillashtirish. «Maktabgacha taʼ

lim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va

xorijiy tajriba» respublika ilmiy

-amaliy konferensiyasi 2024 yil 23-24 may.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 27-fevraldagi "Pedagogik

ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ

-4623-son Qarori.

Bibliografik manbalar

Abdurahmonov Q.X. (2013) Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 418 b.

Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. (2006) Personalni boshqarish (oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik). –Toshkent: “O‘qituvchi” , 345 b.

Basovskiy L.E. (2007) Teoriya ekonomicheskogo analiza. Uchebnoye posobiye. –M.: «Infra-M», 220 b.

G‘ayratova N.B. (2022) “KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” AMALDA. SSIYENTIFIS PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUYE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-16010

https://muhaz.org/ozbekiston-respublikasining-kadrlar-tayyorlash-milliy-modeli-v.html

Muhaz.org. (2023). O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati Reja. [online] Available at: https://muhaz.org/ozbekiston-respublikasining-kadrlar-tayyorlash-milliy-modeli-v.html.

Ne’matullaeva D.T. (2024) O‘zbekistonda xorij tajribalari asosida pedagog kadrlar tayyorlashni takomillashtirish. «Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2024 yil 23-24 may.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4623-son Qarori.