Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
147
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING
TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
i.f.d., prof.
Po
‘
latov Muhiddin Egamberdiyevich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0008-9057-9648
Nizomov Murod
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID:
0009-0001-5981-5322
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, barcha
tarmoqlar v
a sohalarda, shu qatorda davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq
xo‘jaligida zamonaviy axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirla
rni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. E
lektron
hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining
mahalliy bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit
so‘zlar:
raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, neyrotexnologiya, kib
erxavfsizlik,
elektron hukumat, dasturiy mahsulot, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, innovatsion
rivojlanish.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
д.э.н.
,
проф
.
Пулатов Мухиддин Эгамбердиевич
Самаркандский институт экономики и сервиса
Низомов Мурод
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы дальнейшего развития
цифровой экономики, реализации комплекса мер по широкому внедрению современных
информационных и коммуникационных технологий во всех отраслях и сферах, включая
государственное управление, образование, здравоохранение и сельское хозяйство. Были
даны предложения и рекомендации по совершенствованию системы электронного
правительства, дальнейшему развитию местного рынка программных продуктов и
информационных технологий.
Ключевые
слова:
цифровые
технологии,
искусственный
интеллект,
нейротехнологии, кибербезопасность, электронное правительство, программный
продукт, информационные технологии, цифровизация, инновационное развитие.
UO
‘
K: 330.3
XII SON - DEKABR, 2024
147-151
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
148
THE ROLE AND IMPORTANCE OF MODERN TECHNOLOGIES
IN THE DIGITAL ECONOMY
DSc, prof.
Pulatov Mukhiddin Egamberdievich
Samarkand Institute of Economics and Service
Nizomov Murad
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
This article examines the issues of further development of the digital economy,
implementation of a set of measures for the widespread introduction of modern information and
communication technologies in all sectors and areas, including public administration, education,
healthcare and agriculture. Suggestions and recommendations were given for improving the e-
government system, further development of the local market of software products and
information technologies.
Keywords:
digital technologies, artificial intelligence, neurotechnologies, cybersecurity, e-
government, software product, information technologies, digitalization, innovative development.
Kirish.
«Raqamlashtirish» so‘zi yangi atama hisoblanib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish
jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishi internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha
bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini q
o
‘llashni ko‘zda tutadi
. Elektron savdo,
internet-
banking va boshqa shu kabi zamonaviy yo‘nalishlar kundan kunga rivojlanib
bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar sohalarda avtomatik tarmoqli servislar
(masalan, sifatli veb-sayt yoki mobil ilova kabi) biznesdagi vosit
achilar o‘rnini egallamoqda.
Buning samarasi o‘laroq biznes xizmatga belgilangan narxlarni sezilarli darajada tushirishi,
makroiqtisodiy yo‘nalishda esa yakka ishlab chiqarish va noto‘liq bandlik ko‘rsatkichlari o‘sishi
mumkin. Shuningdek, kraudfanding va
kraudsorsing kabi yo‘nalishlar ham hozirda yangi
iqtisodiy texnologiyalar sirasiga kiritilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Sun’iy intellekt xaqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar
-
«aqliy mashinalar» ishlab
chiqarishga ilmiy yondoshi
sh birinchi bo‘lib Sta
nford universitetining (AQSH) professori
Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy to‘garakda paydo bo‘ldi. Bu t o‘garak
tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygoxi «Elektronika va xisoblash texnikasi»
kulliyotining faxriy professori
Minskiy, «masalalarni universal hal qiluvchi» va «mantiqiy
nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori kibernetik Nyuell va Mellen
dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Seyman, xisoblash texnikasining ko‘zga ko‘rin
gan
mutaxassislari Semuel, Selfridj, Manshenon va boshkalar kirar edilar.
Aynan shu to‘garakda
«Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo‘ldi va rivojlanish bosqichlarini namoyon qildi.
Lavrovning (2009) fikricha
«Axborot xizmatining axborot ekanligini aniqla
sh mumkin
boʻlgan xususiyatlardan biri Interaktivlikning yoʻqligi yoki mavjudligidir. Agar ikkala abonent
ham real vaqt rejimida xizmat koʻrsatishda sama rali boʻlsa, xizmat interaktiv deb nomlanadi.
Telefonda gaplashish ham interaktiv xizmatdir. Faqat tarmoq orqali
uzatiladigan maʼlumotlarni
oladi gan abonent interaktiv xizmat emas.
Berlinga (2011)
ko‘ra “Ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun mijozlarning o‘zgaruvchan
ehtiyojlariga o‘z vaqtida javob bera olish juda muhim, buni telekommunikatsiya
kompaniyalarini ochis
h tajribasi ko‘rsatadi. Bularning barchasi kompaniyada doimiy nazoratni
o‘rnatish, biznes jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari va ko‘rsa
-tilayotgan xizmatlar
sifati uchun zarurdir. Avtomatlashtirish har qanday telekommunikatsiya kompaniyasining
as
osiy afzalliklaridan biridir. Shu tufayli asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va yig‘ish
samaradorligi oshadi”
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
149
Shakirov va Kiselyovlar (2013)
ta’kidlaganidek, “mijozlarning ehtiyojlarini qondirish
uchun xizmat ko‘rsatish zanjirining asosiy bo‘
g
‘inlari t
elekommunikatsiya xizmatlarini ishlab
chiqaruvchi, sotuvchi va xizmatni mavjud bo‘lgan davrda qo‘llab
-quvvatlaydigan xizmat
ko‘rsatuvchi tashkilotdir”
.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Mazkur maqola mamlakatimizda olib borilayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida
zamonaviy texnologiyalarning tutgan o‘rni
va ularni takomillashtirishga qaratilgan. Xizmat
ko‘rsatish korxonalari faoliyatni rivojlantirishda
zamonaviy texnologiyalarning tutgan
o‘rniga
va ahamiyatiga doir
jarayonlar asosida olingan ma’lumotlar q
iyosiy tahlil, taqqoslama tahlil,
analiz, sintez usullari yordamida o‘rganilgan, hamda xulosalash asosida amaliyotda qo‘llash
bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda,
shu qatorda davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks cho
ra-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Raqamli iqtisodiyotga bo
‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y
bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va
platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni
minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga
yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat
yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo
bo‘ldi.
Xususan, elektron xukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarda
IT-
parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutuvch
i
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Iqtisodiyotning raqamli
segmentiga tegishli bosh manba
–
trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan
mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashk
il etib, davlat
bosh
qaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo,
shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y b
ergan jiddiy
o‘zgar
i
shlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar,
hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga
korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shun
ingdek, o‘zaro
muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga
asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.
«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion bosh
qaruv va ish yuritish
jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan
tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni
ko‘zda tutadi.
Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba
–
trakzaksion sektorning
o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni
tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va
chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.
Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va
tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot
trafigi esa shu qadar
salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng
tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
150
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining
raqobatbardoshligini
oshirish, shuningdek mamlakatda «RAQAMLI O‘ZBEKISTON
-
2030»
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida farmon
qabul qilingan. Insoniyat yaralishi bilan yashash turmush tarzini yaxshilashga harakat qilib
boravergan.
Aholi turmush darajasining yaxshilanishiga eng asosiy omillardan biri
–
bu
aholining zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda ta’minlanganlik darajasi muhim
sanaladi. Aholining zamonaviy texnologiyalar bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlanishi, nafa
qat
aholining, balki umuman iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining zamonaviy texnologiyalar
bilan ta’minlanganligi juda dolzarb va zarur bo‘lgan sohalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlangan sari unga bo‘lgan t
alab ortib, shunga yarasha resurslardan
foydalanish salmog‘i ham yildan
-
yilga ko‘payib borgan.
Ayniqsa iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanis
hi iqtisodiyot
rivoj
lanishiga turtki bo‘luvchi muhim sababga aylanib bormoqda.
Kundalik yashash tarzimiz va
ish faoliyatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga katta ehtiyoj sezamiz. Demak, iqtisodiyot
tarmoqlarini, ishlab chiqarish sub’ektlarini, xizmat ko‘rsatish va servis jabha
larini, millionlab
aholini zamonaviy texnologiyalar bilan ta
’minlash eng dolzarb masalalardan biridir.
Mamlakatimizda iqtisodiy tarmoqlarda olib borilayotgan islohotlar jamiiki resurslarni
yetkazib berish xizmatining rivojlanishini va uning sifatini oshirishni taqozo etmoqda. Bu
sohaga mamlakatimizda katta e’tibor
berilmoqda.
Hozirgi davrda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirish, mamlakat aholisining bandligini ta’minlash, hamda aholi turmush farovonligini
yaxshilashd
a resurslar bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash o‘ta muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Zamonaviy texnologiyalarning barcha sohalarga kerakligi, hozirgi kunda internet tarmog‘isiz
yashash hayot tarzimizni umuman o‘zgartirib yuborishini inobatga olgan holda bu
sohasini
rivojlantirish hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf qilish muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligini oshirish mexanizmlari kommunal
xizmatlarni sotish jarayoni yoki-da umumservis jarayonida faqatgina foydani
ko‘proq olish
uchungina emas, balki jamiyat hamda uning ra
vnaqi uchun ham o‘ta muhimdir.
Iqtisodiyot
diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob
axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotl
ar ichida axborot trafigi esa shu qadar
salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda
raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi. Ayniqsa, bu
–
transport, savdo, logistika va shu
singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi.
Xulosa va takliflar.
Shu qatorda hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri sifatida energiya resurslarini
yetkazib berish xizmatlarining shakllanishi va taraqqiy etishida hamda ularning yuqori
samarali
boshqarilishini ta’minlashda ayrim muammolarga ham duch kelinmoqda. Ushbu
muammolarni bartaraf qilish, uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini ham
hal etish lozimligi mazkur soha samarali boshqarish mexanizmlari evaziga mamlakatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti barqaror rivojlanishiga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilishi
zaruriyati tug‘ilmoqda. Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga bosqichma
-
bosqich chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko‘rsatilmo
qda:
•
axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni
integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;
•
yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar
va boshqalar singari);
•
o‘ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo
etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
151
•
autsorsing, o‘zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini keng
targ‘ib qilish
;
•
muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan
professional tarmoqlarni yaratish.
Iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligini oshirish mexanizmlariga oid
asarlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, kommunal xizm
atlar resurslarini yetkazib berish, undan
tejamkorlik bilan foydalanish bilan bog‘liq tushunchalari mazmuni, tabiati, uning iqtisodiyotda
tutgan o‘rni xususida ancha tadqiqotlar qilingan, ko‘plab adabiyo
tlar nashr etilgan. Shubhasiz,
raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va
infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli
boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodi
y mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin,
iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot
rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Берлин А.Н.
(2011)
Телекоммуникационные сети и устройства М.: ИКФ “ЭКСМОС”,
-
322
с
.
Kиселев С.В., Шакиров М.М.
(2013)
“Содержание, характеристика и классификация
телекоммуникационных услуг как объекта исследования” [Текст]: Казанский
национальный исследовательский технологический университет, статья в журнале
-
научная статья
.
Страницы: 311
-316.
Лавров Д.Н.
(2009)
Сети и системы телекоммуникаций. Учебное пособие. –
М.:
Аспект Пресс,–
223 с.
Farmon (2022)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “2022—
2026 yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraq
q
iyot strategiyasi to‘g‘risida” PF
-60-son Farmoni.
Toshkent sh., 2022 yil 28 yanvar,
Murojaatnoma (
2018) Mirziyoyev Sh.M.O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisga
Murojatnomasi. Xalq so’zi gazetasi. 28.12.2018
Теодор Уильям Шульц (ингл. Theodore William Schultz, 1902–
1998)
–
америкалик
иқтисодчи, “ривожланаётган мамлакатлардаги иқтисодий ривожланиш муаммолари
тадқиқотлари учун” 1979 йилги Нобель мукофоти лауреати.
Saidova M.X. (2019) “O‘zbekiston mehnat bozorida yos
hlar ishsizligi: muammolar va
ularning ayrim yechimlari” IQTISOD VA MOLIYA. UDK: 331.526 2019, 9(129)
.
Shakarov Z.G. (2021)
“Yoshlarning ish bi
lan bandlik darajasini oshirish: muammo va
imkoniyatlar” “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elekt
r
on jurnali. № 6, noyabr
-
dekabr, 2021 yil.
Абдураҳмонов Қ.Х. (2009). Меҳнат иқтисодиёти. Олий ўқув юртлари учун дарслик.–
Т.: “Mehnat”..
Беккер Г. (2003) Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды
по экономической теории
.
/Пер. с англ., сост., научн. ред., послеС. Капелнюшников Р.И. –М.:
ГУ ВШЭ, 2003.
–
С. 121.
Abdurahmonov Q.X. Pardayev M.Q. va boshqalar.(2021) Raqamli iqtisodiyotning nazariy va
amaliy masalalari. Fan va texnologiyalar nashriyoti-matba uyi. 118-b.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining veb sayti.
https://old.mineconomy.uz
https
.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2
http://hdr.undp.org/sites/default/files/hdr2020_technical_notes.pdf
