PRACTICAL ANALYSIS OF FINANCING THE PENSION SYSTEM

Abstract

The article analyzes the content and significance of the concept of "Practical analysis of pension system financing", income and expenses of the pension fund, financial sources of the pension fund, demographic, economic, social factors affecting the pension fund, state pension provision, funded pension provision, private pension provision, distributed and mixed pension models.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
152-159
20

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Rajabov , N. (2024). PRACTICAL ANALYSIS OF FINANCING THE PENSION SYSTEM . Economic Development and Analysis, 2(12), 152–159. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/64355
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes the content and significance of the concept of "Practical analysis of pension system financing", income and expenses of the pension fund, financial sources of the pension fund, demographic, economic, social factors affecting the pension fund, state pension provision, funded pension provision, private pension provision, distributed and mixed pension models.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

152


PENSIYA TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY TAHLILI

Rajabov Nuriddin Ravshanovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0002-2269-7315

nrrajabov@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada “Pensiya tizimini moliyalashtirishning amaliy tahlili”

tushunchasining mazmuni va

ahamiyati, pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari,

pensiya jamg’armasining moliyaviy manbalari, pensiya jamg’armasiga ta’sir etuvchi demografik,

iqtisodiy, ijtimoiy omillar, davlat pensiya ta’minoti,

jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti,

xus

usiy pensiya ta’minoti, taqsimlanuvchi va aralash pensiya modellari tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so‘zlar:

pensiya, daromad, xarajat, demografiya, ijtimoiy himoya, iqtisodiy omil,

demografik omil, ijtimoiy om

il, davlat pensiya ta’minoti, xususiy pensiya, jamg‘ariladigan pensiya,

milliy pensiya tizimi.

ПРАКТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФИНАНСИРОВАНИЯ ПЕНСИОННОЙ СИСТЕМЫ

Ражабов Нуриддин Равшанович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

В статье анализируются содержание и значение понятия

«Практический анализ финансирования пенсионной системы», доходы и расходы

пенсионного фонда, источники финансирования пенсионного фонда, демографические,

экономические, социальные факторы, влияющие на пенсионный фонд, государственное
пенсионное обеспечение, накопительное пенсионное обеспечение, негосударственное

пенсионное обеспечение, распределенная и смешанная модели пенсионного обеспечения.

Ключевые слова:

пенсия, доходы, расходы, демография, социальная защита,

экономический фактор, демографический фактор, социальный фактор, государственное
пенсионное обеспечение, негосударственное пенсионное обеспечение, накопительная

пенсия, национальная пенсионная система.

PRACTICAL ANALYSIS OF FINANCING THE PENSION SYSTEM

Rajabov Nuriddin Ravshanovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article analyzes the content and significance of the concept of "Practical

analysis of pension system financing", income and expenses of the pension fund, financial sources

of the pension fund, demographic, economic, social factors affecting the pension fund, state

pension provision, funded pension provision, private pension provision, distributed and mixed

pension models.

Keywords:

pension, income, expenses, demography, social protection, economic factor,

demographic factor, social factor, state pension provision, private pension, funded pension,

national pension system.

UO‘K:

35.087.43

XII SON - DEKABR, 2024

152-159


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

153

Kirish.

Xozirgi kunda jahonning ko‘pgina davlatlarida pensiya jamg‘armasining daromadlari

xarajatlarini qoplolmaslik holatlari kuzatilmoqda. Mazkur holatlarni mamlakatimizda yuz

berishini oldini olish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Bundan

tashqari pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish, pensionerlarning ijtimoiy himoyasini

ko‘chaytirish, aholi turmush darajasini oshirish kabi bir qancha muammolar mavjud. Istiqlol

yill

arida pensiya ta’minoti masalalarida ijobiy yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, budjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish mexanizml

arini zamonaviy

moliyaviy siyosat kontsepsiyalari asosida takomillashtirib borish ham jamg‘arma

mablag‘laridan oqilona foydalanish va uni maqsadli sarflashning ijtimoiy

-iqtisodiy va huquqiy

asoslarini ilmiy-amaliy tadqiq etishni taqozo etmoqda. Shuningdek

, o‘zini amalda to‘la oqlagan

taraqqiyot modeliga hamohang ravishda mamlakat pensiya ta’minoti

tizimining barqarorligini

yanada yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bugungi kunning dolzarb

vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Iqtisodchi-

olim Borisenko tadqiqotlari fuqarolarni keksalik davrida kambag‘all

ikdan

himoyalash, mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘lanadigan ish haqi

miqdoriga proportsional tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni

ta‟minlash, bu daromadni kelajakda turmush darajasining pasayishidan himo

yalash kabilar

pensiya tizimining asosiy maqsadi ekanligi, pensiya tizimining barqaror amal qilishi jamiyatda

ijtimoiy barqarorlikning garovi hisoblanishi va ak

sincha, pensiya ta’minotining nobarqarorligi

kuchli ijtimoiy xavfni yuzaga keltirishi kabilar bayon qilingan (Борисенко, 2009).

Roik ta’kidlashicha, pensiyaning miqdori fuqarolar tomonidan to‘lanadigan sug‘urta

badallari va olgan ish haqi miqdoriga bog‘lan

gan hamda yollanib ishlayotgan ishchilarning

majburiy pensiya sug‘urtasi bo‘yicha yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyalari nazarda tutilgan (Роик, 2012).

Fedotov (2015)

tadqiqotlarida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining ijobiy

jihatlari

jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, ijtimoiy kafolatlarni yaratish, siyosiy barqarorlikni

vujudga keltirish va ta’minlab turishning asosiy shartsharoitlaridan biri sifatida e’tiro

f etilgan.

Shu bilan birga, jamg‘arib boriladigan pensiya tizim

ining salbiy xususiyatlari ham mavjud.

Jumladan, pensiya islohotlarini amalga oshirayotgan mamlakatlar jamg‘arib boriladigan

pensiya tizimini joriy qilish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash h

amda ushbu tizimni aholining

keng qatlamlari tomonidan qabul qi

linishi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lishlari

mumkin. Boz ustiga, “pensiya islohotlarini endigina boshlayotgan mamlakatlar uchun jamg‘arib

boriladigan pensiya tizimining taqsimlanuvchi p

ensiya tizimi bilan o‘zaro munosabatlarida bu

muammolar yanada

o‘tkir tus olishi mumkin”

.

Shuningdek, ushbu tizimda moliyaviy risk darajasi yuqori bo‘ladi, ayniqsa, nobarqaror

iqtisodiyot sharoitida bu nihoyatda jiddiy masala hisoblanadi. Shunday bo‘lsa

-d

a, jamg‘arib

boriladigan pensiya tizimining kelajagi nisbatan p

orloqdir. Bayon etilganlardan ko‘rinib

turibdiki, pensiya tizimidagi islohotlar ishlovchilarning mehnat faoliyatidan keyingi moliyaviy

barqarorligining keskinlashuviga, ishlovchilarning pensiyaga chiqqandan keyingi moddiy

ta’minotiga, fuqarolarning qarilikda moddiy xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, fuqarolarni
keksalik davrida kambag‘allikdan himoyalashga, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining

ijtimoiy adolatni ta’minlash, ijtimoiy kafo

latlarni yaratish, siyosiy barqarorlikni vujudga

keltirish va t

a’minlashga qaratilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ijtimoiy omillar mamlakat darajasida ijtimoiy va mehnat munosabatlarining

rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Davlat rivojlanishining tarixiy va etnik-madaniy

xususiyatlari, milliy mentalitet, jami

yatning dinga bo‘lgan munosabati, davlat tomonidan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

154

strategik va taktik maqsadlarni ko‘zlagan holda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat, aholining

ijtimoiy tarkibi, mehnat bozoridagi vaziyat, tarkib topgan ish haqi darajasi kabilarni ijtimoiy

omillarga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Iqtisodiy omillar davlatning moliyaviy

imkoniyatlari, milliy pensiya tizimining asosi va uning faoliyat ko‘rsatish samaradorligini

belgilab beruvchi iqtisodiy shart-sharoitlarni belgilab beradi.

Iqtisodiy omillar sirasiga davlat moliyasining holati, jamiyat farovonligi darajasi, strategik

maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshiriluvchi iqtisodiy siyosat, davlatning

iqtisodiyotdagi o‘rni, mamlakatda

ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi kabilarni

kiritishimiz mumkin.

Demografik omillar ham yuqoridagi omillar singari pensiya tizimining sifat va miqdoriy

xususiyatlarini aniqlashda muhim mo‘ljal sifatida xizmat qiladi, chunonchi demografik omill

ar

jamiyatning pensiya himoyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini aks ettiradi. Demografik omillar o‘z ichiga
aholining yosh tarkibi, pensionerlarning jamiyatdagi ulushi, aholining o‘sish sur’atlari, ish bilan
band bo‘lganlar va pensionerlarning nisbati kabi bir qator ko‘rsatkichlarni qamrab oladi.

Pensiya tizimiga ta’sir ko‘rs

atuvchi omillarni tahlil qilish asnosida yaxlit tarzda pensiya

tizimlarini tasniflashga harakat qilamiz. Pensiya tizimlarini tiplarga ajratish va

tizimlashtirishning bir necha

mezonlari mavjud. Bunda asosiy mezon sifatida davlatning o‘rni

muhim o‘rin egall

aydi. Milliy pensiya tizimiga davlat va xususiy tashkil etuvchilar-ning

ta’siridan kelib chiqqan holda, pensiya tizimlarini quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:

-davlat pensi

ya tizimi (davlat pensiya ta’minoti ustunlik qiladi);

-aralash tizim (davlat va

xususiy pensiya ta’minotining o‘ziga xos qorishmasi);

-

xususiy pensiya ta’minoti (xususiy pensiya ta’minoti ustunlikka ega bo‘ladi).

Pensiya tizimlarini tizimlashtirishning navbatdagi mezoni sifatida moliyalashtirish

tamoyilidan foydalanish mumkin. Ushbu

mezonga ko‘ra pensiya tizimlarining quyidagi turlari

(modellari) ajratiladi:

-

taqsimlovchi (pensiya to‘lovlari uchun joriy xarajatlar joriy, ko‘pincha soliqli tushumlar

hisobi

dan moliyalashtiriladi va to‘lovlar budjet yoki budjetdan tashqari fondlardan am

alga

oshiriladi);

-

jamg‘arib boriluvchi (maxsus jamg‘armadagi ishtirokchining hisobvarag‘ida ish haqidan

ajratmalar shaklida kapital shakllanadi, bu kapital investitsiya qilinadi va investitsiyadan

olingan daromad bilan birgalikda jamg‘arilgan kapital pensiya shaklida to‘lab beriladi);

-

aralash (taqsimlash va jamg‘arishga asoslangan pensiya tizimlaridan bir o‘rinda

foydalaniladi). Pensiya tizimining taqsimlashga asolangan modeli (pay-as-you-go system)

avlodlar birdamligi tamoyiliga asoslanadi, shuning uchu

n uni ko‘pincha solidar model sifatida

ham talqin qilishadi. Ushbu tamoyilning mohiyati shundaki, keksa avlod (pensionerlar) ning

pensiya ta’minoti uchun javobgarlik yosh avlod

(iqtisodiy faol aholi) zimmasiga yuklatiladi.

Aksariyat holatlarda taqsimlash t

izimi davlatga tegishli bo‘ladi. Taqsimlash modelida, qoida

tariqasida, mehnat staji va ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda, kafolatlangan pensiya

darajasi belgilanadi, (pe

nsiya darajasi, odatda, past bo‘ladi, chunki bunda asosiy e’tibor

kambag‘allikda

n himoya qilishga qaratiladi). Ushbu modelning asosiy kamchiligi uning

demografik o‘zgarishlarga nisbatan zaifligida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy faol aholining ( amalda

mehnat f

aoliyati bilan shug‘ullanayotganlar) ulushi qanchalik past va pensionerlarning a

holi

yosh tarkibida ulushi qancha yuqori bo‘lsa, to‘lovlarni moliyalashtirish budjetga shuncha katta
yuk bo‘lib tushadi.

Jamg‘arib boriluvchi model (funded system) sug‘urta tam

oyiliga asoslanadi, pensiya

to‘lovlari ishtirokchilarning butun mehnat faoliyati

davomidagi badallari hisobidan

shakllantirilgan jamg‘armadan amalga oshiriladi. Mazkur modeldan foydalanish asosida ish
haqi o‘rtacha va o‘rtachadan yuqori bo‘lgan xodimlar kelajakda o‘zlarining o‘rtacha ish haqiga

teng bo‘lgan miqdorda pensiya olishga umid qilishlari mumkin bo‘ladi. Biroq, u milliy moliya

bozorining yuqori darajada rivojlanishini nazarda tutadi, xususan, jamg‘arib boriluvchi pensiya

ta’minoti ko‘p jihatdan zarur infratuzilmaning mavjudligi, bozor ko‘lami, raqobat darajasi,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

155

tartibga solish

va nazorat sifati, yuqori bo‘g‘in rahbariyatining professionallik darajasi va

xatarlarni boshqarish sifati kabilarga bog‘liqdir. Bundan tashqari, mazkur tizimni taqsimlash

tiz

imi bilan taqqoslash, u demografik omillarga nisbatan kamroq sezgir bo‘lsada, am

mo u

investitsiya jarayonining samarasizligi va moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar natijasida moliyaviy

aktivlarning qadrsizlanish xatari bilan ifodalanuvchi iqtisodiy omillarga juda ham sezgir

ekanligi borasida xulosa qilish imkonini beradi. Jamg‘arib borilad

igan pensiya tizimi

keyinchalik uni pensiya yoshiga yetganda tovar va xizmatlarni iste’mol qilishga almashtirish

maqsadida mehnat faoliyati davomida ma’lum bir aktivlar portfel

ini shakllantirish

imkoniyatini beradigan bo‘lsa, asosan davlat tasarrufida bo‘l

gan taqsimlashga asoslangan

pensiya tizimi pensionerga yosh avlod tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning bir qismini

o‘zlashtirishiga va’da beradi.

Pensiya tizimiga oid tadqiqotlarning aksariyatida tizimdagi muammolarning bosh sababi

sifatida belgilan

gan pensiya yoshi hamda aholining umr ko‘rish davri o‘rtasidagi tafovutning

kengayib borishi ko‘rsatiladi. Bu esa insonlarning umr ko‘rish davrining uzayishi, tug‘ilish

ko‘rsat

kichlarining pasayishi, mehnatga layoqatli aholi migratsiyasi kabi omillar bilan

bog‘liqdir.

1-

jadval ma’lumotlari ko‘rish mumkinki, jahonning ba’zi mamlakatlarida o‘rtacha umr

ko‘rish davomiyligi 1991

-2019 yillarda 3-6 yoshga ortgan hamda 2050 yilga borib 2019 yilga

nisbatan 3-8 yoshgacha ortishi prognoz qilingan.

1-jadval

Jahonnin

g ba’zi mamlakatlarida demografik omillar

o‘zgarishlari va

ularning pensiya tizimiga ta’siri

(Peng, 2008)

T/r

Mamlakatlar

1991-yil

2010-yil

2019-yil

2050-yil

I

O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi (yil)

1

Germaniya

75,98

80,4

81,1

85,26

2

AQSh

75,65

78,9

78,8

83,1

3

Rossiya Federatsiyasi

66,58

70,3

72,3

76,6

4

Yaponiya

79,42

83,3

84,4

87,9

5

Saudiya Arabistoni

70,11

74,4

74,9

79,3

6

O‘zbekiston

66,27

70,2

71,5

74,7

II

Fertillik ko‘rsatkichi (birlikda)

1

Germaniya

1,30

1,39

1,6

1,7

2

AQSh

2,03

1,9

1,8

1,8

3

Rossiya Federatsiyasi

1,55

1,66

1,8

1,8

4

Yaponiya

1,48

1,4

1,4

1,6

5

Saudiya Arabistoni

5,55

2,85

2,3

1,7

6

O‘zbekiston

3,95

2,5

2,4

1,9

III

65 yoshdan oshganlarning jami aholidagi ulushi (%da)

1

Germaniya

15,1

20,6

21,6

30,0

2

AQSh

12,7

13,0

16,2

22,4

3

Rossiya Fedratsiyasi

10,6

13,1

15,1

22,9

4

Yaponiya

12,3

22,5

28,0

37,7

5

Saudiya Arabistoni

2,8

3,0

3,4

17,2

6

O‘zbekiston

4,2

4,5

4,6

12,2


BMT hisob-

kitoblariga ko‘ra, jahon aholisi tarkibida 65 yoshdan kattalarning ulushi 1990

yildag

i 6 foizdan 2019 yilda 9 foizga ko‘tarilgan, prognozlarga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2050 yilga

borib 16 foizga yetadi. Jahon miqyosida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi erkaklarda 69,9 va

ayollarda 74,7 yoshga yetdi. Fertillik darajasi aksincha qisqarib borishi kuzatilmoqda, xususan,
jahonda 1990 yilda 3,0 ni, 2019 yilda 2,5 ni tashkil etgani holda 2050 yilga borib 2,2 ga tushishi

prognoz qilingan. Barcha xalqaro tashkilotlarning hisob-

kitoblarida umr ko‘rish davomiyligi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

156

shiddat bilan uzayib borayotganligi va buning davom etishi, fertillik darajasining esa aksincha
pasayib borayotganligi qayd etilgan (Beknazarov, 2023).

Fertillik ko‘rsatkichi 1991

-2019 yillarda Germaniya va Rossiya mamlakatlarida +0,3 ga

ortgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda muntazam kamayib borgan.

Biroq 2050 yilga borib

aksariyat mamlakatlarda bu ko‘rsatkich deyarli tenglashishi prognoz qilingan. Jami aholi

tarkibida 65 yoshdan oshgan ah

oli salmog‘i 2050 yilgacha oshib borishi hamda 2019 yilga

nisbatan Germaniyada 9,4 foizli bandga, O‘zbekistonda 7

,6 foizli bandga ortishi prognoz

qilingan. Bunday demografik o‘zgarishlar pensiya tizimini ham institutsional, ham parametrik

jihatdan isloh et

ish zarurligini ko‘rsatadi.

Xalqaro amaliyotda ijtimoiy ta’minotga muhtojlikni belgilovchi bir qancha mezonlar

mavjud. Bu mezonlar mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va boshqa jihatlarni hisobga

olgan holda joriy etilgan. Xususan, pensiya olish huquqi uchun belgilangan asosiy mezonlar:

pensiya yoshi yoki mehnat qilish layoqatini yo‘qotganligi, belgilangan m

ehnat staji yoki pensiya

sug‘urtasida ishtirok etganligi kabilardir. Lekin, qonunchilikda mehnat stajiga ega bo‘lmagan

yohud pensiya sug‘urtasi

da ishtirok etmagan muhtoj fuqarolar ham qariganda, mehnat qilish

layoqatini yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotgan

hollarda davlat tomonidan ijtimoiy

ta’minlanishi mumkinligi belgilangan, bu esa qonunchilikda «ijtimoiy nafaqa», «ijtimoiy
yordam» yoki «ijtimoiy pensiya» kabi nomlar bilan yuritiladi, faqat bunday to‘lovlar qat’iy

belgilangan miqdorlarda hamda o‘ta muhtoj

bo‘lganlarga beriladi.

Pensiya ta’minoti tizimidagi asosiy muammolardan biri mehnatga layoqatli aholi

qatlamining pensiya sug‘urtasi tizimida ishtirok etishi va ularning ijtimoiy ta’minot tizimiga

qamrab olinishi masalasidir, ya’ni «qamrov darajasi»dir. «Qamrov darajasi» mamlakat jami
aholisining qancha qismi hech bo‘lmaganda bitta ijtimoiy ta’minot turi bilan qamrab

olinganligini hamda ular keksayganda, mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelganida, ishsiz

qolganida va boshqa hollarda turmush kechirishlari uchun hukumat tomonidan kafolatlangan

to‘lovlarni olishlarini anglatadi.

2-jadval

Milliy pensiya ta’minoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlari

(Rustamov, 2018)

Ko‘rsatkichlar

2016-

yil

2017-

yil

2018-

yil

2019-

yil

2020-

yil

2021-

yil

2022-

yil

1.

Jami aholi, mln. kishi

31575,3 32120,5 32656,7 33255,5 33905,2 34558,9 35271,3

2.

Iqtisodiy faol aholi, mln. kishi

14022,4 14357,3 14641,7 14876,4 14797,4 14980,7 15139,1

3.

Iqtisodiyottda bandlar, mln. kishi 13298,4 13520,3 13273,1 13541,1 13236,4 13538,9 13835,8

4.

Pensiya va ijtimoiy nafaqa

oluvchilar, ming kishi

3324,2 3488,9 3690,3 3878,4 4029,3 4056,8 4346,3

5.

55 yoshdan oshgan ayollar, ming

kishi

1866,3 1972,6 2077,4 2184,8 2293,1 2393,1 2491,3

6.

60 yoshdan oshgan erkaklar,

ming kishi

982,8 1041,4 1104,4 1181,1 1259,9 1331,5 1414,4

7.

O‘rtacha oylik ish haqi miqdori,

ming so‘mda

1293,8 1453,2 1822,7 2324,6 2673,3 3214,8 3892,4

8.

Tayinlangan o‘rtacha oylik

pensiya miqdori, ming so‘mda

494,2

556,8

640,5

733,2

848,5

924,7 1045,3

9.

O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi,

yilda (yosh)

73,8

73,7

74,6

75,1

73,4

73,8

73,9


2016-

2022 yillarda O‘zbekistonning pensiya ta’minoti tizimida ijobiy o‘zgarishlar

(pensiyalarning naqd shaklda berilishi, ishlovchi pensionerlarga pensiyalarning 100 foiz

miqdorida to‘lanishi, o‘zini

-

o‘zi band qilgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy sug‘urta badali to‘lash

mexanizmining yaratilganligi, pensiyani hisoblash tartibining takomillashtirilishi, tizimga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

157

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining faol joriy qilinishi kabilar) amalga oshirildi.

Biroq, «avlodlar birdamligi» tamoyiliga asoslangan milliy p

ensiya tizimi demografik va ijtimoiy

omillarga uzviy bog‘langanligi sababli ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, 2022

yilda jami aholi tarkibida pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar ulushi 13,2 foizni tashkil qilib,

2016 yilga nisbatan 1,8 foizli bandga oshgan. 2016-2022 yillarda Iqtisodiyottda bandlar soni

5,6 foizga o‘sgan bir paytda pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 35,6 foizga oshgan. Xuddi

shu davrda 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan os

hgan erkaklar soni muntazam o‘sib

borish tend

ensiyasiga ega bo‘lib, mos ravishda 33,5 foizga va 43,9 foizga teng bo‘lgan.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida barcha omillarning ta’siri ostida tayinlangan o‘rtacha

oylik pensiya miqdori 2,1 martaga o‘sgan bir sharoitda o‘rtacha oylik ish haqi 3,0 marta

ga

o‘sgan, ya’ni o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish sur’ati tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya

miqdorining o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lgan. Yuqorida qayd etilgan barcha holatlar pensiya
ta’minoti tizimida istiqbolga qaratilgan samarali islohotlar yo‘nalis

hlarini tadqiq qilish

zaruriyatini yanada oshiradi hamda avlodlar birdamligiga asoslangan pensiya ta’minotini isloh

qilish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan zarur choralar

ko‘rilishini taqozo etadi.

3-jadval

2019-

2023 yillarda Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari

ko‘rsatkichlari, mlrd.so‘mda

1

Ko‘rsatkichlar

2019 y.

2020 y.

2021 y.

2022 y.

2023 y.

Jami mablag‘lar

31 312,6

34 779,1

40 284,5

47 951,3

55 863,6

Davr boshiga qoldiq

6 973,6

5 069,8

2 971,3

3 679,2

3 023,6

I.

Daromadlar, jami

24 339,0

29 709,3

37 313,2

44 272,1

52 840,0

1.

Soliq tushumlari

24 029,0

20 416,1

26 488,4

33 139,5

37 810,0

1.1.

Ijtimoiy soliq

20 722,1

19 841,4

25 642,9

32 338,8

37 000,0

1.2.

Sug‘urta

badallari

514,8

0,0

0,0

0,0

0,0

1.3.

Mahsulot (xizmat)

realizatsiyasi hajmidan

majburiy ajratmalar

898,1

0,0

0,0

0,0

0,0

1.4.

Boshqa daromadlar

1 894,1

574,7

845,5

800,8

810,0

1.4.1.

Yagona soliq to‘lovi

1 166,6

0,0

0,0

0,0

0,0

1.4.2.

Yuridiq shaxs tashkil

etmagan holda yakka

tartibdagi tadbirkorlarning

sug‘urta badallari

585,1

327,8

537,0

426,2

453,0

1.4.3.

Qonunining 12,14,15

moddalari

bo‘yicha

tushumlar

122,9

185,9

205,4

280,6

281,1

1.4.4.

Boshqa tushumlar

19,4

61,0

103,1

93,9

75,9

2.

Soliqdan tashqari tushumlar

310,0

176,2

80,5

40,6

30,0

II.

Jami xarajatlar

26 242,8

31 807,8

36 605,3

44 927,6

53 518,0

3.1.

Pensiya va pensionerlarga

boshqa harajatalar

26 202,8

31 758,6

36 603,8

44 925,6

53 515,0

3.4.

Boshqa xarajatlar

39,9

49,2

1,6

2,1

3,0

4.

Davlat budjetidan

transfertlar

0,0

9 117,0

10 744,2

11 092,0

15 000,0

Davr oxiriga qoldiq

5 069,8

2 971,3

3 679,2

3 023,6

2 345,6


Yuqoridagi 3-

jadvaldan ko‘rinadiki, 2019 yilda Pensiya jamg‘armasining o‘ziga tegishli

daromadlari xaraja

tlarini moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lgan hamda davr oxiriga 5 trln.

1

www.pfru.uz


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

158

so‘mdan ortiq mablag‘ qolgan. O‘zbekistondagi soliq siyosatidagi islohotlar natijasida

Pensiya

jamg‘armasining asosiy tushumlarini shakllantirib beruvchi ishlovchilarning majburiy sug‘urta

badallari, mahsulot (xizmat) realizatsiyasi hajmidan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi,

yagona soliq to‘lovidan ajratmaning berilmasligi natijasida

2020 yildan boshlab Pensiya

jamg‘armasi daromadlarining keskin kamayishi yuzaga keldi hamda bu

yetishmovchilik

bugungi kunga qadar davlat budjeti transfertlari hisobidan qoplab turilibdi.

2023 yilda ham Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan 15 trln. so‘

m transfert ajratilishi

belgilangan bo‘lib, bu Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining 28 foizini t

ashkil qiladi. Budjet

transfertlari hajmi yildan-

yilga ortib bormoqda, xususan 2020 yilda 11,9 trln.so‘m transfert

ajratilgan bo‘lsa, 2023 yilda 15 trln. so‘m transfert ajratilishi belgilangan. So‘nggi 5 yilda

Pensiya jamg‘armasining o‘z daromadlari o‘sishi atigi 55 foizni, xarajatlari o‘sishi 104 foizni

tashkil etgan hamda bu farq yildan yilga ortib borgan. Bunday holat Pensiya jamg‘armasining

moliyaviy barqaror

emasligini va davlat budjetiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ushbu holatni

bartaraf etish maqsadida

, kelgusi yillarda Pensiya jamg‘armasining daromadlarini oshirish

hamda imkon qadar uning davlat budjetiga qaramligini kamaytirish chora-tadbirlari amalga

oshirilishi zarur.

Xulosa va takliflar.

-

fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimida rag’batlantiruvchi

xarakterdagi mexanizmlarni

o’rganish, fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimida uzoq muddatli va uzluksiz ishtirokini

rag’batlantirish;

-

mehnat stajining davomiyligi va ish haqi miqdoriga bog„liq

holda pensiya miqdorlarini

oshirish (talab etilgan me’yorla

rdan yuqori darajada), mehnat staji davomiyligini

rag’batlantirish “xufyona iqtisodiyotdan chiqish”, mehnat migrantlari va norasmiy sektorni

ijtimoiy sug’urta tizimiga jalb qilish yo’li bilan pensiya badallari to’lovchilar sonini tubdan

kengaytirish bo’yicha takliflarni qayta ishlash va asoslash, to’lanayotgan pensiya badallarining
shaffofligini ta’minlash;

-

fuqarolarning ijtimoiy sug’urta (pensiya) tizimidagi ixtiyoriy ishtiroki mexanizmini

o’rgan

ish:

fuqarolarning ijtimoiy (pensiya) sug’urta tizimida ix

tiyoriy ravishda ishtirok

etishining shart-

sharoitlari bilan bog’liq masalalarni kompleks o’rganish, fuqarolarga uchinchi

shaxslar uchun ixtiyoriy asosda sug’urta badallari to’lash huquqini berish

.

-

ishlovchi er (xotin)ning mehnatga haq to’lash ko’rinishi

dagi daromadlari hisobidan

ishlamayotgan turmush o’rtog’i uchun ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg’armasiga sug’urta

badallari to’lash huquqini taklif etish. Shu jumladan, pensiya yoshiga etgan, ammo

zarur ish

stajiga ega bo’lmagan fuqarolarga, davlat pensiya

larini hisoblashda etishmayotgan stajning xar

bir oy uchun Pensiya

jamg’armasiga bir martalik sug’urta badallarini to’lash huquqini taklif

etish. Er (xotin) ishlamayotgan turmush o’rtog’i uchun Pensiya jamg’armasiga ixtiyoriy sug’urta

badallari to’lash tizimi dunyoning ko’plab davlatlarida mavjud. Misol uchun, Yaponiyada bu

tizim majburiy xarakterga ega, bunday tizim Shvetsiya va Buyuk Britaniyada ham mavjud;

-avlodlarning moliyaviy ishtiroki ekviv

alentligi va pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy

barqaror

ligini ta’minlash shart

-

sharoitlarini o’rganish: –

yoshga doir pensiya tayinlash uchun

talab etiladigan minimal mehnat staji davomiyligining shart-

sharoitlarini o’rganish (Xalqaro

Mehnat Tashkilot

ining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to’g’risida”

gi 102-sonli

Konventsiyasida yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etilgan eng kam staj 15 yil qilib

belgilangan. Dunyoning ko’plab davlatlari, jumladan, MDH mamlakatlarida talab etilgan eng

kam ish staji 10-

15 yilga etkazilgan), ilg’or xorij tajribasi

ni, shu jumladan, MDH mamlakatlari

tajribalarini o’rganish asosida hamda asoslangan hisob

-kitoblarga tayangan holda pensiya

yoshini bosqichma-bosqich oshirib boorish;

-

xalq bankidagi amaldagi majburiy pensiya jamg‘arma hisobvaraqlari tizimini

ixtiyoriy,

moslashuvchan va boshqa banklar uchun ochiq shaklga

o‘tkazilishini ta’minlash, yirik

ish

beruvchilarga kasbiy pensiya ta’minoti tizimini joriy etishga ruxsat berish, ula

rni moliya


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

159

institutlari bilan hamkorlik uchun bog‘lash, o‘zini o‘zi band qilganlar tomoni

dan davlat pensiya

jamg‘armasiga kiritiladigan badallar miqdorini bir martalik qat’iy belgilangan miqdor o‘rniga

daromadlariga bog‘liq qilib belgilash. Ularga oz

miqdorda badal kiritishga ruxsat berish;

-

har bir pensiya uchun ma’muriy va

operatsion xarajatlarni kamaytirish uchun davlat

pensiya jamg‘armasi boshqaruvini takomillashtirish. Shaffoflikni oshirish, pensiyaning aniq

mezonlarini belgilash va tizimni yanada avtomatlashtirish xarajatlarni kamaytirish

imkoniyatini beradi, rasmiy bandlik darajasini, shu jumladan, xotin-

qizlar o‘rtasida oshirish,

bu

pensiya ta’minoti tizimiga badallar bazasini va aholini qamrovi darajasini oshirish imkonini

beradi;

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Beknazarov Z.E. (2023) O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizi

mini

takomillashtirish yo‘lishlari.

Monografiya. Iqtisod-moliya.

Jun Peng (2008) State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and

Public Policy) 0th Edition. USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008).

P. 45.

Natalia Grishchenko (2016) Pensions after pension reforms: A comparative analysis of

Belarus, Kazakhstan, and Russia. 1st International Conference on Applied Economics and
Business, ICAEB 2015. Procedia Economics and Finance 36, 3

9.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyo

t va moliya vazirligi huruzigadi byudjetdan tashqari

pensiya jamg‘armasi rasmiy sayti

www.pfru.uz

O‘zbekiston Respu

blikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti

www.stat.uz

Rustamov D.R. (2018) Pensiya jamg‘armasini moliyaviy barqarorligini oshirish masalalari.

Monografiya. Iqtisod-moliya.

Борисенко Н.Ю. (2009) Пенсионное обеспечение. Учебник. –

М.: «Дашков и К0»,–

С. 8.

References

Beknazarov Z.E. (2023) O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yo‘lishlari. Monografiya. Iqtisod-moliya.

Jun Peng (2008) State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and Public Policy) 0th Edition. USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008). – P. 45.

Natalia Grishchenko (2016) Pensions after pension reforms: A comparative analysis of Belarus, Kazakhstan, and Russia. 1st International Conference on Applied Economics and Business, ICAEB 2015. Procedia Economics and Finance 36, 3–9.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huruzigadi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi rasmiy sayti www.pfru.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti www.stat.uz

Rustamov D.R. (2018) Pensiya jamg‘armasini moliyaviy barqarorligini oshirish masalalari. Monografiya. Iqtisod-moliya.

Борисенко Н.Ю. (2009) Пенсионное обеспечение. Учебник. – М.: «Дашков и К0»,– С. 8.