Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
33
O‘ZBEKISTON AHOLI SONIGA TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING
TA’SIRINI BAHOLASH
Akbarova Malika
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID:
0009-0006-9778-2636
Gulmurodov Kamoliddin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-1936-7885
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston aholi soni dinamikasiga tashqi mehnat
migratsiyasining demografik ta’siri tahlil qilinadi. Migratsiya oqibatida yuzaga kelayotgan
hududiy nomutanosiblik, tug‘ilish ko‘rsatkichlari oshishi, mehnatga layoqatli aholi qatlamining
ort
ishi kabi omillar statistik usullar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari migratsiya
jarayonlarining uzoq muddatli demografik oqibatlarini aniqlashga va tegishli siyosiy qarorlarni
ishlab chiqishga ilmiy asos yaratadi. Maqola nazariy hamda
amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib,
demografik siyosatni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
tug‘ilish, o‘lim, tashqi migratsiya, mehnat, aholi, demografiya, talab, taklif,
mehnat resursi, iqtisodiyot, mehnatga layoqatlilik, mehnat bozori, hudud.
ОЦЕНКА ВЛИЯНИЯ ВНЕШНЕЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ
НА ЧИСЛЕННОСТЬ НАСЕЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА
Акбарова
Малика
Ташкентский государственный экономический университет
Гулмуродов Камолиддин
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье анализируется демографическое влияние внешней
трудовой миграции на динамику численности населения Узбекистана. На основе
статистических методов были изучены такие факторы, как территориальный
дисбаланс, возникающий в результате миграции, рост рождаемости, увеличение
трудоспособного населения. Результаты исследования создают научную основу для
определения долгосрочных демографических последствий миграционных процессов и
разработки соответствующих политических решений. Статья актуальна как с
теоретической, так и с практической точки зрения и служит совершенствованию
демографической политики.
Ключевые слова:
рождаемость, смертность, внешняя миграция, труд, население,
демография, спрос, предложение, трудовые ресурсы, экономика, трудоспособность,
рынок труда, регион.
UO‘K:
314.7
V SON - MAY, 2025
33-39
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
34
ASSESSMENT OF THE IMPACT OF EXTERNAL LABOR MIGRATION
ON THE POPULATION OF UZBEKISTAN
Akbarova Malika
Tashkent State University of Economics
Gulmurodov Kamoliddin
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the demographic impact of external labor migration on the
population dynamics of Uzbekistan. Such factors as territorial imbalances arising as a result of
migration, an increase in birth rates, and an increase in the working-age population were studied
on the basis of statistical methods. The research results provide a scientific basis for determining
the long-term demographic consequences of migration processes and the development of relevant
policy decisions. The article is theoretically and practically relevant and serves to improve
demographic policy.
Keywords:
birth, death, external migration, labor, population, demography, demand,
supply, labor resources, economy, work capacity, labor market, territory.
Kirish.
So‘nggi o‘n yilliklarda globallashuv, iqtisodiy tengsizlik va ishchi kuchi talabining
mintaqaviy nomutanosibligi natijasida mehnat migratsiyasi jahon miqyosida keng tus oldi. Bu
jarayon Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston uchun ham alohida ahami
yat kasb
etmoqda. Ayni paytda, O‘zbekiston aholisi soni 37 milliondan oshgan bo‘lib, mehnatga layoqatli
qatlamning ulushi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Aholi sonining ortib borishi mamlakat ichida
ish o‘rinlariga bo‘lgan talabni keskin kuchaytirar ekan,
bu talabni to‘liq qondira olmaslik tashqi
mehnat migratsiyasini kuchaytirayotgan asosiy omillardan biridir.
Tashqi mehnat migratsiyasi bir tomondan O‘zbekiston fuqarolarining iqtisodiy ahvolini
yaxshilash, valuta tushumlarini oshirish va xorijdan tajriba orttirgan malakali ishchi kuchini
shakllantirishga xizmat qilsa, boshqa tomondan esa mamlakat ichidagi demografik
muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, mehnatga layoqatli yoshlar, ayniqsa erkaklar
va reproduktiv yoshdagi ayollarning ommaviy chiqib ketishi natijasida hududiy demografik
muvozanat buziladi, tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayadi, qarish sur’a
ti tezlashadi hamda ijtimoiy
barqarorlik muammolari yuzaga keladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 1,5–
2 millionga yaqin fuqaro vaqtincha yoki doimiy
mehnat faoliyatini xorijda amalga oshirmoqda. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston aholisining qariyb 5
foiziga teng bo‘lib, bunday ko‘lamdagi demografik harakatlarning ta’sirini chuqur
o‘rganmasdan turib, barqaror ijtimoiy
-iqtisodiy siyosat yuritish qiyinlashadi. Bugungi kunda
ayrim viloyatlarda mehnat resurslarining kamayishi, oilaviy ajrimlar sonining ortishi,
erkaklarsiz uy xo‘jaliklarining ko‘payishi kabi holatlar mehnat migratsiyasining demografik
oqibatlaridan dalolat bermoqda.
Shu bilan birga, migratsiya oqibatida ortga qaytgan fuqarolarni reintegratsiya qilish,
ularning tajribasini iqtisodiyotda samarali jalb etish ham dolzarb masalaga aylanmoqda.
Mehnat migratsiyasining demografik tarkibga ta’sirini baholash
- nafaqat mavjud
muammolarni aniqlash, balki ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini oldindan prognozlash
imkonini ham beradi. Ayni shu nuqtai nazardan olib qaraganda, ushbu tadqiqot O‘zbekiston
aholisi sonining shakllanishi, tabiiy o‘sish sur’atlari va hududiy demografik
muvozanatga tashqi
mehnat migratsiyasining ko‘p qirrali ta’sirini chuqur ilmiy asosda yoritishga qaratilganligi bilan
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston hukumati migratsiya siyosatni tartibga solish, mehnat bozorini
diversifikatsiya qilish va mahalliy ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
35
amalga oshirmoqda. Biroq, ushbu siyosatning natijadorligini ta’minlashda, aynan
migratsiyaning demografik oqibatlarini tizimli o‘rganish va hisobga olish zarurati ortib
bormoqda. Demak, mavjud tendensiyalarni tahlil qilish va ularni boshqaruv tizimlariga
integratsiya qilish -
dolzarb ilmiy va amaliy vazifa sifatida e’tirof etilishi kerak.
Adabiyotlar sharhi.
Migratsiyaning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri to‘g‘risida xulosalar
Shene (2007) tomonidan
taklif etilgan. Ya’ni migratsiya fuqarolarning boshqa davlatlardan iqtisodiy ehtiyojlarini
qondirish uchun ko‘proq pul va yaxshi sharoit izlab chiqishi va iqtisodiyotning bo‘sh joylarida
band bo‘lishini keltirib o‘tgan.
Migratsiya bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlarni Masseyning (1993) sotsiologiya va
migratsiya sotsiologiyasi muammolarining kesishishi sifatida o‘rgangan asrlarida kuzatish
mumkin. Ayniqsa, sintetik migratsiya nazariyasida, xalqaro migratsiya hodisasini tavsiflovchi
migrantlarning mayli aniq kuzatilgan.
Sotsiologlar Yadov va Zdravomislovlarning (2002) fikricha, malakaga ega bo‘lmagan yoki
past malakali xodimlarning o‘zlarining shahsiy va ishlab chiqarish jarayonida olib boruvchi
faoliyatlaridan qoniqmaganliklari tufayli ish joylarini o‘zgartirishga bo‘lga
n harakatlarini ijobiy
baholananishi zarur, deb e’tirof etadilar.
Amelina (2017) migratsiya sotsiologiyasi yopiq, aniq belgilangan tadqiqot sohasi emas,
aksincha ochiq va xilma-
xil bo‘lib, ko‘pincha qizg‘in konseptual va uslubiy munozaralar bilan
ajralib turadi. Ushbu munozaralar tadqiqot sohasining o‘zida fanlar, metodologiyalar va
migratsiya tadqiqotlari va amaliyotning boshqa ijtimoiy sohal
ari o‘rtasida doimiy “chegarani
kesib o‘tish” ning uchta shakli bilan ta’minlanadi deb keltiradi.
Davronova (2025) Yoshlar tomonidan qayd etilgan mehnat bozoridagi asosiy
muammolar ‐ bu ish o‘rinlarining yetishmasligi va qishloqlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning
pastligi, norasmiylikning yuqori darajada ekanligi va ish haqining pastligi ekanligini keltirib
bergan.
Abduraufov (2024) sotsiologik omillar muhojirlarni ko‘pincha yangi muhitga kirishda
qiyinchiliklarga duch kelishadi, masalan, til to‘sig‘i, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan
foydalanishning etishmasligi, kamsitish va ijtimoiy izolyatsiya. Ushbu muammolar ularning
moslashishini va yangi mamlakatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini qiyinlashtirishi
mumkinligini o‘rgangan.
Mallayev (2025) m
igratsiya ijobiy global hodisa. U iqtisodiy o‘sishni kuchaytiradi,
tengsizlikni kamaytiradi, turli jamiyatlarni bog‘laydi va bizga aholi o‘sishi va kamayishining
demografik to‘lqinlarini yengishga yordam beradi deb hisoblaydi.
Gulmurodov (2022) migratsiya natijalari bo‘yicha o‘zida rejalashtirilgan va
tashkillashtirilgan jarayonlarni aks ettiradi, migratsiya faqatgina boshqa hududlarda insonlar
faoliyatlarini olib borishlari mumkin bo‘lgan bo‘sh ish joylari mavjud bo‘lgandagina
iqtisodiyotda o‘z aksini topadi, jamoaviy tashkil etilgan safarbarlik holatlarini cheklanganligiga
urg‘u berib, individul va rejalashtirilmagan migratsiya holatlarini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda tizimli tahlil, demografik dinamikani statistik usullarda o‘rganish va
taqqoslama yondashuv asosida ishlov berildi. Rasmiy statistik ma’lumotlar Statistika agentligi,
Jahon banki, IOM ma’lumotlari asosida tashqi mehnat migratsiyasi va aholi soni o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik korrelyatsion tahlil yordamida baholandi. Shuningdek, migratsion
oqimlarning hududiy va gender tafovutlariga oid indikatorlar zamonaviy vizualizatsiya usullari
orqali namoyon qilindi. Tadqiqotda iqtisodiy-demografik modellashtirish yondashuvi asosida
prognozlash elementlari ham qo‘llanildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
36
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasida aholi sonining jadal o‘sishi va mehnat bozorining
cheklanganligi, mehnatga layoqatli qatlam orasida xorijiy davlatlarga vaqtinchalik yoki doimiy
asosda chiqib ketish holatlarini kuchaytirmoqda. Bu jarayon demografik tuzilmaning
b
arqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, migratsiya oqibatida ayrim hududlarda
yoshlar ulushi sezilarli darajada kamaymoqda, tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasaymoqda, oilaviy
tarkibda o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda, ayollarning va bolalarning ijtimoi
y himoyasizligi
oshmoqda.
Bu holatlar esa respublika bo‘yicha tabiiy o‘sish sur’atlarining muvozanatiga tahdid
solmoqda.
Amaliyotda kuzatilayotgan holatlarga qaramay, O‘zbekistonda tashqi mehnat
migratsiyasining demografik tuzilishga ta’siri hali yetarli darajada tizimli ravishda
o‘rganilmagan. Ilmiy adabiyotlarda asosan migratsiyaning iqtisodiy foydalari, valuta
tushumlari,
pul o‘tkazmalari va xorijdan qaytgan fuqarolarning bandligini tiklash bilan bog‘liq
jihatlar yoritilgan. Biroq, bu jarayonning demografik oqibatlari
–
ya’ni aholi soni, yosh tarkibi,
mehnat resurslari salohiyati, tug‘ilish ko‘rsatkichlari, qarish sur’atlari kabi omillar bilan o‘zaro
bog‘liqligi bo‘yicha chuqur ilmiy tahlillar yetarli emas. Shuningdek, mavjud statistik
ma’lumotlar asosan umumiy sonlar bilan cheklanadi, migratsiya oqibatida yuzaga kelayotgan
hududiy, gender, yosh jihatidagi tafovutlar to‘liq
aks ettirilmaydi. Bu esa muammoning
murakkabligini yanada chuqurlashtiradi va demografik prognozlarning aniqligini susaytiradi.
Masalan, migratsiya sababli tug‘ilish darajasining pasayishini yoki aholi qarish sur’atining
tezlashishini miqdoriy jihatdan an
iqlash mexanizmlari O‘zbekiston ilmiy
-amaliy tajribasida
hanuz yetarli shakllanmagan.
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholi soni
(ming. kishi)
Klassifikator
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
2025
O‘zbekiston Respublikasi
32656,7 33255,5 33905,2 34558,9 35271,3 36024,9 36799,8 37543,2
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1842,3 1869,8 1898,3 1923,7 1948,5 1976,2 2002,7 2029,7
Andijon viloyati
3011,7 3066,9 3127,7 3188,1 3253,5 3322,7 3394,4
3461
Buxoro viloyati
1870,2 1894,8 1923,9 1947,1 1976,8 2009,7
2044
2077
Jizzax viloyati
1325
1352,4 1382,1 1410,5 1443,4 1475,5 1507,4 1537,6
Qashqadaryo viloyati
3148,4 3213,1 3280,4 3335,4 3408,3 3482,3 3560,6 3639,3
Navoiy viloyati
958
979,5
997,1
1013,6 1033,9 1055,5 1075,3 1094,7
Namangan viloyati
2699,6 2752,9 2810,8 2867,5 2931,1 2997,5 3066,1 3131,7
Samarqand viloyati
3720,1 3798,9 3877,4 3947,7 4031,3 4118,2 4208,5 4297,5
Surxondaryo viloyati
2514,2 2569,9 2629,1 2680,8 2743,2 2806,5 2877,1 2945,5
Sirdaryo viloyati
815,9
829,9
846,3
860,9
878,6
896,6
914
930,8
Toshkent viloyati
2861,2 2898,5 2941,9 2975,9 2941,5 2993,4 3051,8 3108,5
Farg‘ona
viloyati
3620,2 3683,3
3752
3820
3896,4 3976,3 4061,5 4144,7
Xorazm viloyati
1805
1835,7 1866,5 1893,3 1924,2 1958,1 1995,6 2032,4
Toshkent shahri
2464,9 2509,9 2571,7 2694,4 2860,6 2956,4 3040,8 3112,8
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat Statistika agentligi ma’lumotlari
asosida shakllantirildi.
Yana bir muhim masala - tashqi mehnat migratsiyasi oqibatida oilada yuzaga kelayotgan
demografik beqarorlik, farzandlar tarbiyasida yuzaga kelayotgan bo‘shliqlar va ayollar
zimmasiga tushayotgan ortiqcha ijtimoiy yuk masalalari ham demografik salohiyatga bevosita
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
37
ta’sir qilmoqda. Migratsiya jarayonida ortga qaytgan fuqarolarning ijtimoiy
-adaptiv
muammolari, qayta integratsiyalashuvdagi qiyinchiliklar, ularning demografik qarorlariga
(masalan, oilani rejalashtirish, farzand soni) ta’siri ham ilmiy o‘rganilishi kerak
bo‘lgan
yo‘nalishlardandir.
Natijada, mavjud holat shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston sharoitida tashqi mehnat
migratsiyasining aholi soni va uning shakllanish dinamikasiga ta’siri masalasi nafaqat dolzarb,
balki murakkab, ko‘p omilli, tizimli ilmiy yondashuvni talab qiluvchi muammo s
ifatida
qaralmoqda. Ushbu muammoni chuqur tahlil qilish orqali demografik siyosat, migratsiya
boshqaruvi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan strategik qarorlar asoslanishi
mumkin.
2018-yildan 2025-yilgacha aholining umumiy soni 32656,7 mingdan 37543,2 mingtaga
yetgan. Bu esa 6886,5 ming kishilik o‘sish, ya’ni 21,1% lik demografik o‘sishni bildiradi. Yiliga
o‘rtacha o‘sish 983 ming kishini tashkil qilgan.
2-jadval
Aholi soni tez o‘sayotgan hududlar
(ming. kishi)
Hudud
2018
2025
O‘sish
O‘sish (%)
Samarqand viloyati
3720,1
4297,5
+577,4
15,5%
Farg‘ona viloyati
3620,2
4144,7
+524,5
14,5%
Qashqadaryo vil.
3148,4
3640,9
+492,5
15,6%
Andijon viloyati
3011,7
3461,0
+449,3
14,9%
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi.
Ushbu hududlar yuqori tug‘ilish darajasi, zich joylashgan aholi hududi bo‘lganligi sababli
mehnat migratsiyasining oqimi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
3-jadval
Aholi soni sekin o‘sayotgan hududlar
(ming. kishi)
Hudud
2018
2025
O‘sish
O‘sish (%)
Sirdaryo viloyati
821,9
930,7
+108,8
13,2%
Navoiy viloyati
958
1094,7
+136,7
14,3%
Jizzax viloyati
1352,4
1537,6
+185,2
13,7%
Qoraqalpog‘iston Res.
1842,3
2029,7
+187,4
10,2%
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi.
Bu hududlarda iqtisodiy imkoniyatlar cheklangani, tashqi migratsiya darajasi pastligi va
urbanizatsiya darajasining yetarlicha rivojlanmaganligi aholi o‘sishini
sekinlashishiga sabab
bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Migratsiya oqibatida mamlakat ichidagi yoshlar sonining kamayishi, reproduktiv
yoshdagi ayollarning chiqib ketishi, va oilalarning ajralib qolishi holatlari ko‘paymoqda. Bu esa
tabiiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, ayrim viloyatlarda tug‘ilish
ko‘rsatkichlarining pasayishi migratsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mehnatga layoqatli
aholining xorijda ishlashi ularning moliyaviy daromadlarini oshirsa-da, mamlakat ichida
kadrlar tanqisligiga sabab bo‘lmoqda. Bu ayniqsa qurilish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi
sohalarida yaqqol sezilmoqda. Shu bilan birga, ayrim ijtimoiy xizmatlar, xususan sog‘liqni
saqlash va ta’lim tizimida ham yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi kuzatilmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
38
4-jadval
Tashqi mehnat migratsiyasi ko‘rsatkichlari
(ming. kishi)
Hududlar
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
O‘zbekiston
Respublikasi
2384,8 2460,7 1838,2 1456,8 1562,9 1669,1 1775,1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
144,6
157,4
117,8
109,9
118,1
126,3
134,5
Andijon
305,2
299,8
225,5
204,4
219,2
234,0
248,8
Buxoro
133,2
155,6
116,9
72,0
75,2
78,3
81,5
Jizzax
73,8
81,4
59,7
36,3
39,4
42,5
45,6
Qashqadaryo
177,9
212,5
162,1
113,6
122,0
130,3
138,7
Navoiy
37,7
40,9
28,1
21,1
22,7
24,3
25,9
Namangan
200,7
218,3
164,2
71,3
75,6
79,8
84,1
Samarqand
341,2
323,0
242,0
217,4
233,9
250,4
266,9
Surxandaryo
163,4
196,8
146,0
85,2
91,2
97,1
103,1
Sirdaryo
68,9
76,1
51,8
28,7
30,9
33,1
35,3
Toshkent
178,4
122,7
91,9
133,0
144,2
155,4
166,5
Farg‘ona
283,7
297,4
225,6
150,2
161,3
172,4
183,5
Xorazm
154,3
169,8
127,8
119,9
128,3
136,7
145,2
Toshkent sh.
121,8
109,0
78,8
93,7
100,9
108,2
115,5
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat Statistika agentligi ma’lumotlari
asosida shakllantirildi.
2018-yilda xorijga ishlash uchun chiqib ketganlar soni 2384,8 ming kishi, 2020-yilda
pandemiya sababli 1838,2 ming kishi
–
bu eng keskin pasayish, 2024-yilda esa son 1775,1 ming
kishiga yetgan. Ya’ni,
2018-yilga nisbatan 2020-yilga kelib migratsiya oqimi 546,6 ming kishiga
kamaygan. Bunga asosiy sabab
–
COVID-19 pandemiyasi va xalqaro harakatlanishdagi
cheklovlarni ko‘rsatish mumkin. Shundan so‘ng 2021
-yildan boshlab mehnat migratsiyasi asta-
sekin ko‘pa
yishni davom etmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi natijasida tug‘ilish ko‘rsatkichlari qisqarishiga, muayyan
hududlarda qarish jarayonining tezlashishiga olib kelishi mumkin. Bu holat uzoq muddatli
demografik siyosatga yangi yondashuvlarni talab qiladi. Demografik tahlil metodlari,
regressiya modellar, va statistik prognozlash vositalari orqali tashqi migratsiyaning ta’sir
darajasini aniqlash mumkin. Bu usullar orqali nafaqat hozirgi holat, balki kelajakdagi
prognozlar ham tuziladi. Ijobiy jihatlari sifatida valuta tushumi, kasbiy tajriba orttirish, qaytgan
migrantlar tomonidan ochilgan tadbirkorlik obyektlarini ko‘rsatish mumkin. Salbiy jihatlar
sifatida ijtimoiy bo‘shliqlar, ajralgan oilalar sonining ko‘payishi misol bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda migratsiya oqibatlarini yumshat
ish uchun bir qator dasturlarni amalga
oshirmoqda. Masalan, “Ishga marhamat” monomarkazlari, qaytgan migrantlar uchun grantlar,
huquqiy yordam markazlari. Biroq, bu choralar yana-da tizimli yondashuv bilan
mustahkamlanishi zarur.
O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, balki
demografik tuzilma, aholi sonining tabiiy o‘sish sur’atlari, hududiy muvozanat va mehnat
resurslari salohiyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki,
migratsiya oqibatida ayrim viloyatlarda aholi zichligining kamayishi, tug‘ilish
ko‘rsatkichlarining pasayishi va demografik yuklamaning ortishi kuzatilmoqda. Mehnatga
layoqatli yoshlarning xorijga ketishi demografik muvozanatni buzmoqda, bu esa uzoq muddatli
barqaror rivojlanishga tahdid solishi mumkin. Shuningdek, ayollar va bolalar zimmasiga
tushayotgan ijtimoiy yuk, oilaviy barqarorlik va ijtimoiy himoya masalalarini chuqur tahlil
qilish zarur.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
39
Xulosa va takliflar.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosa va takliflarni keltirib o‘tish mumkin:
- Demografik monitoring tizimini kuchaytirish lozim tashqi migratsiyaning hududiy va
yosh tarkibidagi ta’sirini real vaqt rejimida kuzatib boradigan statistik axborot tizimini yaratish
lozim.
-
Hududlarda ish o‘rinlarini yaratish orqali xorijga ketayotgan mehnat resurslarini ichki
iqtisodiyotga jalb etish uchun hududlarda barqaror, samarali bandlik infratuzilmasini
kengaytirish kerak.
- Reintegratsiya dasturlarini kuchaytirish natijasida chet eldan qaytgan fuqarolar uchun
ijtimoiy moslashuv dasturlari ishlab chiqilishi zarur.
-
Migratsiyaning gender ta’sirini ya’ni ayollar va bolalar taqdiriga bevosita ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish, ayollarni ijtimoiy qo‘llab
-quvvatlash mexanizmlarini
kuchaytirish lozim.
- Demografik prognozlashtirishga migratsiya omilini kiritish orqali aholi soni va tarkibini
prognozlashda tashqi migratsiya parametrlarini hisobga oluvchi statistik modellar joriy etilishi
kerak.
Adabiyotlar/Литература/References:
Abduraufov D.M. (2024). Dunyo miqyosida migratsiya turlari hamda undagi muommolar va
uning O‘zbekistonga ta’siri //International conference on medicine, science, and education. –
Т. 1.
–
№. 3. –
С. 118
-127.
Amelina A., Horvath K. (2017) Sociology of migration //The Cambridge handbook of
sociology: Core areas in sociology and the development of the discipline.
–
Т
. 1.
–
С
. 455-464.
Davronova A.I. (2025). O‘zbekiston Respublikasida yoshlar migratsiyasining muammolari
//yangi O‘zbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali. –
Т
. 2.
–
№. 7. –
С
. 298-300.
Mallayev N.R., Xolmurodova S.J., (2025). “Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini
takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak
ko‘rsatish.” Vol. 8 No. 5: Journal of law and economics https://sirpublishers.org/inde
x.php
/jolae/article/view/1082/
Massey, D. (1993). Theories of international migration: A review and appraisal [Text] / D.
Massey // Population and Development Review.
–
Vol. 19.
–
№ 2. –
P. 431-466.
Гулмуродов К. А. (2022). Меҳнат миграциясининг аҳолини иш билан бандлигини
таъминлашда тутган ўрни //Архив научных исследований. –
Т. 2. –
№. 1.
Шенэ, Ж.К. (2007). Миграция как инструмент развития [Текст] / Ж.К. Шенэ //
Миграция и развитие: доклады и статьи ведущих секций и докладчиков международной
конференции «Миграция и развитие». –
М.: Би Эль Принт. –
С. 7
-11.
Ядов В. А. (2002). Некоторые социологические основания для предвидения будущего
российского общества // В кн.: Россия реформирующаяся. Ежегодник / Отв. ред.: Л. М.
Дробижева. М
.: Academia, 2002.
С
. 249-263.
