Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
136
TO
‘
QIMACHILIK KORXONALARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISH
TIZIMIGA TA
’
SIR ETUVCHI OMILLARNING TASNIFIY BELGILARI
O‘rinov Akmaljon
Farg‘ona davlat universiteti
ORCID: 0009-0008-2940-8428
Annotatsiya.
Ushbu maqola to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini
boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi omillarni tasniflash va tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada
to‘qimachilik sanoatidagi
korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini
yaxshilash va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqaruv tizimining muhim
jihatlari ko‘rib chiqiladi. Muammoning yechimi sifatida ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi
, shu
jumladan, resurslar, innovatsion faoliyat, strategik dasturlar va boshqaruv tizimining ahamiyati,
shuningdek, raqobatbardoshlikni oshirish uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar va xodimlar
salohiyati haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
to‘qimachilik korxonalari, raqobatbardoshlik, boshqaruv tizimi, ichki va
tashqi omillar, texnologiyalar, xodimlar salohiyati, raqobat, iste’mol talabi, boshqaruv
samaradorligi, mahsulot sifatini oshirish, yangi texnologiyalar.
КЛАССИФИКАЦИОННЫЕ ПРИЗНАКИ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА СИСТЕМУ
УПРАВЛЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТЬЮ ТЕКСТИЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ
Уринов Акмалжон
Ферганский государственный университет
Аннотация.
Данная статья посвящена классификации и анализу факторов,
влияющих на систему управления конкурентоспособностью текстильных предприятий.
В статье рассматриваются ключевые аспекты управленческой системы, необходимые
для повышения качества продукции, производимой предприятиями текстильной
промышленности, и обеспечения её конкурентоспособности. В
качестве решения
проблемы анализируются внутренние и внешние факторы, включая ресурсы,
инновационную деятельность, стратегические программы и значимость системы
управления, а также технологии и кадровый потенциал, необходимые для повышения
конкурентоспособности.
Ключевые слова:
текстильные предприятия, конкурентоспособность, система
управления, внутренние и внешние факторы, технологии, кадровый потенциал,
конкуренция, потребительский спрос, эффективность управления, повышение качества
продукции, новые технологии.
UO‘K:
658.5:687
V SON - MAY, 2025
136-143
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
137
CLASSIFICATION CHARACTERISTICS OF FACTORS AFFECTING THE COMPETITIVENESS
MANAGEMENT SYSTEM OF TEXTILE ENTERPRISES
Urinov Akmaljon
Fergana State University
Abstract.
This article is dedicated to the classification and analysis of factors influencing the
management system of competitiveness in textile enterprises. It examines the key aspects of the
management system necessary to improve the quality of products manufactured by enterprises in
the textile industry and to ensure their competitiveness. As a solution to the issue, both internal
and external factors are analyzed, including resources, innovation activities, strategic programs,
and the significance of the management system, as well as the technologies and human resources
required to enhance competitiveness.
Keywords:
textile enterprises, competitiveness, management system, internal and external
factors, technologies, human resources potential, competition, consumer demand, management
efficiency, product quality improvement, new technologies.
Kirish.
Bugungi kunda to‘qimachilik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash ishlab chiqarish korxonalarining asosiy
funksiyalaridir. Ma’lumki, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘qimachilik korxonalarini
ng
asosiy qismi ishlov berishga tayyorlangan materiallarni ishlab chiqarishadi va eksport
qilishadi. Demak, mahsulotlar yarim tayyor mahsulot sifatida tayyorlanmoqda, shuningdek,
ba’zi viloyatlardagi to‘qimachilik korxonalari tomonidan yarim tayyor mahsulotga to‘liq ishlov
berish natijasida tayyor mahsulotlar ham ishlab chiqarilmoqda. Ammo, tayyorlangan
mahsulotlar rangini tez o‘zgarishi, matoning xolatini yo‘qotishi, cho‘zilishi va uzoq muddat
xizmat ko‘rsatmasligi kabi nuqsonlar bilan ishlab chiqarilayotg
anligi barchamizga ayondir. Bu
borada to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligi bilan bog‘liq quyidagi muammolarni
alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
Birinchidan, korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiluvchi aniq bir
tizimli boshqaruv yo‘lga qo‘yilmaganligi xalqaro raqobatda zaiflikka olib kelmoqda.
Ikkinchidan, to‘qimachilik korxonalarini boshqarishda zamonaviy prinsiplardan
foydalanilmaslik, boshqaruv tizimidagi eskicha yondashuv ishlab chiqarish samaradorligiga
o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Uchinchidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar milliy bozorlarni qamrab
ololmayotganligi va hatto milliy bozorlarning to‘qimachilik mahsulotlari bilan to‘yinmaganligi
bu sohada nuqsonlar mavjudligidan dalolat bermoqda.
To‘rtinchidan, jahon bozorida milliy mahsulotlarning sotuv narxini pastligi mahsulot sifat
darajasini oshirishga e’tibor qaratish zarurligiga olib kelmoqda.
Beshinchidan, boshqaruv tizimida mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan aniq tadbirlar
ishlab chiqilmayotganligi, rahbar-
kadrlarni sifat boshqaruvi bo‘yicha ko‘nikma va tajribalarini
yetishmasligi sohada ko‘plab muammolarni yig‘ilib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Oltinchidan, to‘qimachilik korxonalari ta’sischilarining tez va qisqa muddatli foyda olish
maqsadlari korxonaga qo‘shimcha mablag‘ sarf etib ularni rivojlantirishga e’tibor
qaratilmayotganligi yana bir jiddiy muammolardan hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan boshqaruv tizimidagi muammolar yechimini topish,
to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlash, butun jahon bozorlarida o‘z
o‘rniga ega bo‘lish eng dolzarb masala hisoblanadi. Shuningdek, asosiy maqsad –
raqobatba
rdoshlikka ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillarni aniqlash va uzoq muddatli
raqobatbardoshlikni boshqarish tizimini ishlab chiqishdir.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
138
Adabiyotlar sharhi.
To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi
omillarni tasniflashda bir necha muhim tadqiqotlar va fikrlar mavjud. Ushbu tadqiqotlarda
asosiy e’tibor mahsulotning sifatini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini
yuqorilash va
marketing strategiyalariga qaratilgan. Insonlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omilini ham
muhim elementlardan biri sifatida olib qarash mumkin.
Li (2007) va boshqa tadqiqotchilarning fikricha, raqobatbardoshlikni oshirish uchun
to‘qimachilik korxonalari doimo o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishi kerak.
Buning uchun ular texnologik innovatsiyalardan foydalanishlari, mahsulotlarining sifatini
muntazam yangilashlari va ekologik talablarga moslashishlari zarur. Li ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirishga qaratilgan omillarni ekologik va iqtisodiy jihatdan ikki tomonlama
baholagan.
Robertsonning tadqiqotlariga ko‘ra, to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligi
marketing strategiyalari, brending va mijozlar bilan munosabatlarning yaxshilanishiga bog‘liq.
Uning fikricha, brendlashtirish va mijozlar bilan to‘g‘ri aloqalar, ayniqsa,
global bozorda
yordam beradi. Robertson buni tadqiq qilish uchun bir qator ishlab chiqarish
kompaniyalarining marketing tizimlarini tahlil qilgan.
Petri (2015) o‘z tadqiqotlarida ishlab chiqarish resurslari va ularni boshqarishning
ahamiyatini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotga ko‘ra, ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo va ishchi
kuchlarning samarali boshqarilishi to‘qimachilik korxonalari uchun raqoba
tbardoshlikni
ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Petri, shuningdek, resurslarning samarali
taqsimlanishi korxonaning barqaror rivojlanishini va bo‘lgan imkoniyatlarning kengaytirishini
ta’minlaydi, bu esa bozordagi raqobatga qarshi turish imkonini
beradi.
Smit va Jonson, (2018) to‘qimachilik sanoatidagi ekologik va ijtimoiy omillarni o‘rganib,
ushbu sohadagi korxonalarning ekologik mas’uliyatga ega bo‘lishini ta’kidlaydi. Ular
aytishlaricha, global ekologik standartlar va iste’molchilarning ekologik ahamiya
tga ega
mahsulotlarga bo‘lgan talabini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish strategiyalarini yangilash
muhim ahamiyatga ega. Eko-
dizayn va barqarorlikga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish usullari
to‘qimachilik korxonalariga raqobatbardoshlikni oshirishga yo
rdam beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi sanoat boshqaruv tizimlarining samaradorligini
oshirish usullarini o‘rganish va tahlil qilishdir. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodologiya, asosan,
sistemali yondashuv, statistik tahlil qiyosiy tahlil, omilli tahlil, tanlanma kuzatish, analiz va
sintez, kabi usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan zamonaviy sharoitda raqobatning shakllari
tobora kuchayib bormoqda. Bozorlarda yo‘qotilgan raqobat afzalliklari va pozitsiyalarini faqat
muhim moliyaviy hamda intellektual resurslarni jalb qilish yo‘li bilan qayta
tiklash mumkin.
Raqobatning rivojlanishi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini
ortishi bilan birga amalga oshiriladi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan asosiy omillar sifatida
quyidagilarni aytish mumkin:
Resurslarning mavjudligi. Mamlakatdagi ishlab chiqarish korxonalarini turli xil mavjud
resurslar bilan ta’minlash orqali jahon bozorida raqobatchi korxonalarga nisbatan yuqori sifatli
va arzon turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mamlakatda
yetishtirilayotgan paxta resursi to‘qimachilik sanoatining raqobatbardoshligini oshishiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Innovatsion faoliyat. Mamlakatda ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada tashkil etilishi
raqobatchi korxonalarga nisbatan mavjud resurslardan yuqori darajada foydalanish imkonini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
139
beradi, korxona innovatsion faoliyat orqali mahsulot sifatini oshishiga, assortimentni
ko‘paytirishga, iste’molchilar talabiga mos mahsulot ishlab chiqarishga erishadi.
Strategik dasturlar. Mamlakat tomonidan jahon bozorida rivojlanmagan tarmoqlarni
qo‘llab
-
quvvatlash dasturlari orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash yoki raqobatga bardosh
bera olmayotgan korxonalarni davlat dasturlari yordamida rivojlantirish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish hisoblanadi. Bu dasturlarning har biri alohida iqtisodiy darajada korxonalarning
raqobatbardosh ustunliklarni yaratishga imkon beradi.
Korxonalarning raqobatbardoshligi bu biror mamlakatdagi tarmoqda faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalarga nisbatan ustunligi hisoblanadi (Safronova, 2009).
Raqobatbardoshlik korxona ish faoliyatini, barcha turdagi resurslar samaradorligini aks
ettiradi. Korxon
aning raqobatdoshligi mutlaq o‘lchovga ega emas, u korxona faoliyatining
individual yoki bir necha parametrlari bilan belgilanishi mumkin.
Raqobatbardoshlikni oshirish uchun mahsulot sifatini va ishlab chiqarish quvvatini
oshirish lozim. Ammo, bugungi kundagi beqaror iqtisodiy vaziyat va korxonalarda moliyaviy
resurslarning taqchilligi, axborot xavfsizligi hamda kadrlar kasbiy mahoratining pastligi kabi
omillar korxonalarning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash
hamda chuqur o‘rganish orqali ularga ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini topish raqobatbardoshlikni
ta’minlashga xizmat qiladi.
Sanoat korxonalari raqobatbardoshligi omillarini vujudga kelish manbaiga ko‘ra ichki va
tashqi omillarga bo‘lish mumkin (Porter, 2008).
Tashqi omillar quyidagilardir:
•
ishlab chiqarish omillari, korxonaning raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi ilg‘or
texnologiyalar, investitsiya imkoniyatlari, kuchli tadqiqot bazasi, yuqori malakali kadrlar va
boshqalar;
•
raqobatchilar faoliyati;
•
talab omili, talabning xususiyatlari, talabning hajmi va dinamikasi, iste’molchilarning
mahsulot sifatiga bo‘lgan talabi va boshqalar;
•
mamlakat iqtisodiyotiga aloqador qo‘llab
-quvvatlovchi tarmoqlarning mavjudligi;
•
hukumatning harakati;
•
tarmoqdagi korxonalarni xususiylashtirish darajasi;
•
tasodifiy hodisalar.
Yuqoridagi barcha omillar sanoat korxonalarining raqobatbardoshlik darajasiga kuchli
ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish omillari, raqobatchilar faoliyati, iste’molchilar talabi va
mamlakat iqtisodiyotiga aloqador qo‘llab
-quvvatlovchi tarmoqlar mavjudligi mamlakatda
raqobat muhitini shakllantiradi. Raqobat muhitiga bozor munosabatlarini shakllantirishda
xususiylashtirish darajasi kuchli ta’sir qiladi, chunki korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish
ichki bozorda raqobat muhitini yaratadi.
Ichki omillar esa quyidagilardir: bozorning samaradorligi, ekologik samaradorlik,
xarajatlar samaradorligi hamda boshqaruv samaradorligi (Porter, 2008). Bu omillar barcha
tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning raqobatbardoshligiga ta’sir qiladi
.
Omillarning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar har qanday korxonaning raqobatbardoshligiga ta’sir
ko‘rsatishga imkon beradi. Bundan tashqari, ro‘yxatga psixologik omillarni qo‘shish mumkin.
Bozorning samaradorligi iste’molchilar talabini bir qator shartlar asosida maksimal
darajada qondirish demakdir, bularga, iste’molchiga yaqinlik, raqobatchilar tahlili,
ustunliklarni izlash va axborot ta’minotini kiritish mumkin. Korxonaning iste’molchiga
yaqinligi sotishdan keyingi servis xizmat ko‘rsatishning intensivligi va sotilish vaqtida shaxsiy
aloqaning mavjudligini bildiradi. Korxona raqobatchilarining maqsadlari, strategiyalari va
harakatlarini tahlil qilish, raqobatbardosh ustunlikning yangi manbalarini topish imkoniyatini
beradi. Bugungi tez o‘zgaruvchan davrda korxona faoliyati ishonchli va tezkor axborot tizimini
talab qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
140
Xarajatlar samaradorligi bu xarajatlarni optimallashtirilishini anglatadi, to‘qimachilik
korxonalarining xarajatlarini minimallashtirish orqali mahsulot narxini kamaytirish evaziga
ushbu turdagi mahsulot bozorining katta ulushini egallash mumkin. Xarajatlarni
minimallashtirishga erishish uchun korxona yaxshi tashkil qilingan ishlab chiqarish tizimiga,
yaxshi ta’minot tizimiga, zamonaviy texnologiyaga va mahsulot taqsimlashning yaxshi tizimiga
ega bo‘lishi kerak.
1-rasm. Korxona raqobatbardoshligi omillarining umumiy tasnifi (Mansurov, 2009)
Korxona
raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi omillar
Tashkil topishi bo‘yicha
Ichki muhit
Tashqi qisqa muhit
Tashqi uzoq muhit
Nazorat qilish mumkinligi darajasi bo‘yicha
Nazorat
qilinadigan
Shartli ravishda nazorat
qilinadi
Nazorat qilish mumkin
bo‘lmagan
Harakat yo‘nalishi bo‘yicha
Shartli ravishda ijobiy
Shartli ravishda salbiy
Boshqaruv predmetiga bog‘liqlik darajasi bo‘yicha
subyektiv
obyektiv
Ta’sir belgilari bo‘yicha
Moliyaviy
Iqtisodiy
Boshqaruv
Intellektual kapitalning asosiy tarkibiy qismlari
Kadrlar
boshqaruvi
omillari
Intellektual
salohiyatni
rivojlantirish
omillari
Infrastruktura
salohiyatini
rivojlantirish
omillari
"Korporativ
xamkorlik" ni
rivojlantirish
omillari
Ekologiya
Texnika -
texnologiya
Marketing
Ijtimoiy -
psixologik
Ижтимоий
сиёсат
Ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, shu jumladan xizmatlar, sotish bilan
birga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
141
Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, minimal xarajatlarga erishish uchun mahsulot
tannarxi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalar chuqur tahlil qilinishi kerak bo‘ladi. Korxonani
barcha sohalarda iqtisod qilish rejimini yaxshi yo‘lga qo‘yish orqali mahsulot tan
narxini
mumkin bo‘lgan minimal darajada ushlab turish mumkin. Mahsulot tannarxini kamaytirishning
yana bir yo‘li, bu ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni oshirish hisoblanadi. Bu ishni
amalga oshirishda marketing xizmatini kuchaytirish talab etiladi.
Korxona raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish asosida quyidagi
tasniflar shakllandi (Manzurov, 2009) (1-rasm):
1. Raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillarni tashkil topishiga ko‘ra ichki, tashqi qisqa va
tashqi uzoq muhit omillariga bo‘lish mumkin. Ichki muhit omillariga korxonaning maqsadi,
tuzilmasi, xodimlari, texnika-texnologiya kabi mexanizmlar kiradi. Tashqi qisqa muhit omillariga,
mol yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, xamkorlar va boshqalar, tashqi uzoq muhit omillariga
davlat siyosati, jahon tendensiyalari, raqobatchilarning harakati va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi.
2. Nazorat qilish mumkinligi darajasi bo‘yicha esa nazorat qilinadigan, shartli nazorat
qilinadigan va nazorat qilish mumkin bo‘lmagan omillarga bo‘linadi. Nazorat qilinadigan
omillar bu korxonaning ichki muhit omillari hisoblanib, ushbu omillarni korxona boshqaruv
tizimi orqali tartibga solish mumkin. Shartli nazorat qilinadigan omillarga tashqi qisqa muhit
omillari kiradi ya’ni mol yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, xamkorlar va boshqalar. Nazorat
qilish mumkin bo‘lmagan omillarga esa davlat siyosati, jahon rivojlanish tendensiyalari va
boshqalarni misol keltirish mumkin.
3. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha shartli ijobiy va shartli salbiy yoki qisqa va uzoq muddatli
salbiy, qisqa va uzoq muddatli ijobiy omillarga bo‘lish mumkin.
4. Boshqaruv predmetiga bog‘liqlik darajasi bo‘yicha subyektiv va obyektiv omillarga
ajratish mumkin.
5. Korxona raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni belgilari bo‘yicha: moliyaviy va
iqtisodiy omillar, boshqaruv va tashkiliy omillar, marketing omillari, ijtimoiy
–
siyosiy omillar,
xodimlar boshqaruvi omillari, intellektual salohiyatni rivojlantirish omillari, infrastruktura
salohiyatini rivojlantirish omillari, ekologik omillar, texnik va texnologik omillar, ijtimoiy
–
psixologik omillar, mahsulot sifati omillari.
To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimiga ta’sir etuvchi
omillarni yuqorida aytib o‘tilganidek, ikki guruhga ya’ni ichki va tashqi muhit omillariga bo‘lib
tadqiq etiladi (2-rasmga qarang).
2-
rasm. To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimiga ta’sir
etuvchi omillar
Manba:
muallif ishlanmasi.
To‘qimachilik korxonalarining
raqobatbardoshligini boshqarish
tizimiga ta’sir etuvchi omillar
Sifat
menejmenti
Boshqaru
v tizimi
Xom-
ashyo
Texnika-
texnologiya
Kadrlar
salohiyati
Marketing
faoliyati
Raqobatchilar
soni
Bozor talabi
Davlat
siyosati
Ichki omillar
Tashqi omillar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
142
Korxonalar bilan bog‘liq dastlabki nazariyalarda korxonalar raqobatbardoshligi faqat
ichki muhit bilan bog‘liq degan qarashlar ilgari surilgan, keyinroq aniq bo‘ldiki, korxonalar
raqobatbardoshligiga nafaqat ichki muhit omillari, balki tashqi muhit omillar
i ham kuchli ta’sir
ko‘rsatishi isbotlandi. Ishlab chiqarish korxonalari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi ichki
omillar sifatida asosan, xom-ashyo, texnika-texnologiya, ishchi-xodimlar salohiyati, marketing
xizmati, sifat menejmenti, boshqaruv tizimi kabilarni kiritish mumkin. Dastlab, xom-
ashyo ya’ni
to‘qimachilik korxonalarida paxtaning sifati ta’sirini ko‘rib chiqsak. Barchamizga ma’lumki,
paxtadagi tolaning uzunligi uning sifat darajasini yuqoriligini anglatadi, shu bilan birga rangi,
iflosligi, naml
igi kabi ko‘rsatkichlar ham mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ichki omillar o‘zaro
bir-
biri bilan uzviy bog‘liq, ya’ni paxtaning sifatliligi bevosita ip
-
kalavaga ya’ni tolaning uzunligi
ipdagi tuguncha(neps)lar sonini kamayishiga, bu esa ip-kalavaning s
ifatiga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Xom
-
ashyo sifatli bo‘lsa to‘qimachilik dastgohida to‘htalishlar kamayadi,
to‘qimachilik dastgohlarining zamonaviyligi, avtomatlashgan ko‘rinishlari ham mahsulotning
sifatini oshishiga, elektr energiya tejamiga, ish unumdor
ligini yuqori bo‘lishiga, ishchi kuchi
tejamiga, o‘z vaqtida buyurtmachilarga tovarlarni yetkazib berishga imkon beradi.
Kadrlar salohiyati asosan, mahsulotning sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda olib borilgan tadqiqotlardan ayon bo‘ldiki, kadrlar qo‘nimsizligi ba’zi
korxonalarda 70 %gacha kuzatilmoqda (Toshpulatov, 2018), bu esa kadrlar mehnat
salohiyatini pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Tajribasiz, malakasiz ishchilar mahsulotning sifat
darajasini pasayishiga, dastgohlarning ishlash quvvatini tushishiga olib keladi.
Marketing xizmati asosan, ta’minotchilar va buyurtmachilar bilan ishlaydi, ya’ni paxta
xom-
ashyosini yetkazib berish va tayyor mahsulotni sotish bilan shug‘ullanadi. Agar marketing
bo‘limi sotishni yoki ta’minotni o‘z vaqtida amalga oshira olmasa, o‘z
-
o‘zi
dan samaradorlik
pasayadi. Bu esa, raqobatda ortda qolishga, iste’molchilarni yo‘qotib qo‘yishga yoki bozordan
siqib chiqarilishigacha olib kelinishi mumkin.
To‘qimachilik korxonalarida sifat menejmentini to‘g‘ri tashkil etish bevosita
raqobatbardoshlikka kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Yurtimizdagi to‘qimachilik korxonalarining
aksariyat qismi mahsulotning sifatini nazorat qilish tizimiga kuchli e’tibor qaratmoqda.
Bu esa
nuqsonlarni kamayishiga, buyurtmachilar istagiga mos mahsulot ishlab chiqarish imkonini
bermoqda.
Xulosa va takliflar.
To‘qimachilik korxonalarining boshqaruv tizimi raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi eng
asosiy me’zon hisoblanadi. Boshqaruv tizimini to‘g‘ri yuritish, xar bir lavozimdagi shaxslarni
korxonaning samaradorligini oshirishga qaratilgan harakatlarini ishlab chiqish, ishchi-
xodimlarni korxona uchun bor kuch-
g‘ayrati bilan ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish zarur.
Har bir ichki omil to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligiga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi, bular yuqoridagi izohlarda ham aytib o‘tildi. Xom
-
ashyo sifatli bo‘lsada, kadrlar
salohiyati past bo‘lsa mahsulot sifati buzilishi mumkin, mahsulot sifatli bo‘l
sada, sotish tizimi
yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi,
xullas, xar bir ichki omil bir-
biriga kuchli bog‘langan holda korxonaning raqobatbardoshligiga
ta’sir etadi.
Tashqi omillar sifatida raqobatchilar soni, bozor talabi, davlat siyosati kabilarni kiritish
mumkin. To‘qimachilik korxonalari mamlakatimizda eng ko‘p sonli bo‘lganligi sababli, ushbu
tarmoqda raqobat kuchli darajada rivojlanmoqda, korxonalar soni qanchali
k kam bo‘lsa,
shunchalik raqobat kuchsiz va aksincha, ko‘pligi kuchli raqobat muhitini yaratadi. Bozordagi
iste’molchilar talabining ko‘payishi yoki kamayishi, davlatning olib borayotgan siyosati ya’ni
to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga e’tibori, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, bojxona siyosatida
eksport yoki import mahsulotlar bo‘yicha imtiyozlar berish kabilar korxonalar
raqobatbardoshligiga kuchli ta’sir qiladi. Umuman olganda, tashqi omillar to‘qimachilik
korxonalarining raqobatbardoshligiga turlich
a ko‘rinishlarda ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
143
Adabiyotlar/Литература/References:
Ahmadjanovich, U. A. (2021). The Main Ways To Improve The Efficiency Of Investment
Activity For The Development Of Socio-Economic Processes. International Journal of Progressive
Sciences and Technologies, 24(2), 197-205.
Gafurov, A., & Urinov, A. (2003). Economic Reforms In Uzbekistan: Specific Features, Results
And Problems. Eurasian Vision: Felicitation Volume on the 70th Birthday of Prof. Devendra
Kaushik, 187.
Hoshimov, A. T. (2019). To‘qimachilik sanoatining raqobatbardoshligi: Innovatsion
texnologiyalar va ularning bozorga ta’siri. Texnik va texnologik iqtisodiyot, 27(4), B.150
-163.
Kotler, P., & Keller, K. L. (2016). Marketing Management. 15th Edition. Pearson Education
Li, X. (2007). Competitive Advantage in Textile Manufacturing: Managing Resources and
Innovation. Textile Management Journal, 12(3), 45-60.
Petri, T. (2015). Resource Management in Textile Enterprises. International Journal of
Textile and Apparel, 21(1), 30-42.
Smith, A., & Johnson, R. (2018). Environmental and Social Factors in the Textile Industry's
Competitiveness. Sustainability in Manufacturing, 14(4), 215-228.
Sultonov, I. M. (2018).
To‘qimachilik sanoatida raqobatbardoshlikni oshirishning iqtisodiy
va marketing omillari. O‘zbekiston iqtisodiyoti jurnali, 34(2), B.72
-85.
Toshpulatov
I.A.
(2018)
Yengil
sanoat
korxonalarining
ishchi-xodimlari
raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar // Iqtisod va moliya. №6,
- 29 b.
Wong, J. (2020). Innovations in Textile Manufacturing: Competitive Strategies. Journal of
Textile Innovation, 28(3), 123-137.
Мансуров Р.Е. (2009) Проблемы повышения экономической эффективности и
конкурентоспособности интегрированных агропромышленных структур. –
Казань: Изд
-
во КГЭУ, с. 32.
Портер М. (2008) Международная конкуренция. / Пер. с англ. / Под ред. В.Д.
Щетинина.
-
М.: Междунар. отношения,
-
278 с.
Сафронова Н.А. (2009) Экономика предприятия.
-
М.: «Юрист»,
-
346 с.
Уринов, А. А. (2020). Стратегические направления инновационной политики.
in
минтақа иқтисодиётини инвестициялашнинг молиявий
-
ҳуқуқий ва инновацион
жиҳатлари (
pp. 113-119).
