Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
176
EKSPORT RIVOJLANISHINING MAKROIQTISODIY BARQARORLIKKA TA’SIRI
Sobirova Muxlisa
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning
ilmiy asoslari va muammolari”
ilmiy-tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0003-6846-774X
Annotatsiya.
Ushbu ilmiy maqolada eksport va makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi,
ularning bir-biriga o
‘
zaro bog
‘liqligi muhokama qilinadi. Eksport salohiyatini oshirishda unga ta’sir
etuvchi omillar hamda uning mamlakat milliy iqtisodiyotida tutgan o
‘
rni, eksport samaradorligini
oshirishning amaliy va nazariy jihatlari ko
‘
rib chiqilgan. Maqolada iqtisodiyotda eksport tizimining
rivojlanishi bilan bog
‘
liq nazariy yondashuvlar o
‘
rganilgan.
Kalit
so‘zlar
:
eksport, import, makroiqtisodiy barqarorlik, reeksport, reimport, eksport bojlari,
import bojlari,valyuta, raqobat, xalqaro savdo, tashqi savdo siyosati.
ВЛИЯНИЕ
РАЗВИТИЯ
ЭКСПОРТА
НА
МАКРОЭКОНОМИЧЕСКУЮ
СТАБИЛЬНОСТЬ
Собирова Мухлиса
Научно
-
исследовательский центр
«Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана»
при Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация
.
В данной научной статье рассматриваются концепции экспорта и
макроэкономической стабильности, а также их взаимосвязь. Рассмотрены факторы,
влияющие на рост экспортного потенциала, его роль в национальной экономике страны,
практические и теоретические аспекты повышения эффективности экспорта. В статье
исследуются теоретические подходы, связанные с развитием экспортной системы
экономики
.
Ключевые
слова:
экспорт,
импорт,
макроэкономическая
стабильность,
реэкспорт,
реимпорт,
экспортные
пошлины,
импортные
пошлины,
валюта,
конкуренция,
международная
торговля,
внешнеторговая
политика.
THE IMPACT OF EXPORT DEVELOPMENT ON MACROECONOMIC STABILITY
Sobirova Mukhlisa
Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems
of the Development of the Economy of Uzbekistan"
under Tashkent State University of Economics
Abstract.
This scientific article discusses the concept of export and macroeconomic stability,
their interrelationship. The factors influencing the increase in export potential and its role in the
national economy of the country, practical and theoretical aspects of increasing export efficiency are
considered. The article studies theoretical approaches related to the development of the export system
in the economy.
Keywords:
export, import, macroeconomic stability, re-export, re-import, export duties, import
duties, currency, competition, international trade, foreign trade policy.
UO‘K:
338.658.5
V SON - MAY, 2025
176-180
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
177
Kirish.
Global iqtisodiy integratsiya va raqobat muhitining kuchayib borayotgan hozirgi
sharoitida har bir mamlakatning iqtisodiy barqarorlikka erishishida tashqi savdo, xususan,
eksport salohiyatini oshirish muhim strategik omilga aylanmoqda. Iqtisodiy
o‘sishning
asosiy
drayveri sifatida eksport mamlakat valyuta tushumlarini oshirish, sanoat tarmoqlarining
modernizatsiyasi, ishlab chiqarish samaradorligini
ko‘paytirish
va zamonaviy texnologiyalarni
jalb etish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim rol
o‘ynaydi.
Ekport
faoliyatining samaradorligi nafaqat ichki iqtisodiy siyosatga, balki xalqaro iqtisodiy
munosabatlardagi
o‘zgarishlar,
tarif va no-tarif
to‘siqlar,
global bozor tendensiyalari va xorijiy
sheriklar bilan hamkorlik darajasiga ham bevosita
bog‘liq.
Shu boisdan, eksportni
rivojlantirishning nazariy asoslarini chuqur tahlil qilish, ushbu jarayonni iqtisodiy barqarorlik
bilan uzviy
bog‘lab
o‘rganish
bugungi kun iqtisodchilari va siyosatchilari uchun dolzarb
vazifalardan biridir. Mazkur maqolada eksportni rivojlantirishning nazariy asoslari, uning
iqtisodiy barqarorlikka
ta’siri,
turli iqtisodiy maktablar nuqtai nazaridan yondashuvlar va
zamonaviy amaliy tajribalar asosida tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash
va eksportni
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari bir qator ilmiy tadqiqotlarning obyekti sifatida
tadqiq etib kelinmoqda. Eksport faoliyatining nazariy asoslari va uning iqtisodiy barqarorlikka
ta’siri
bo‘yicha
iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud. Klasik iqtisodiy nazariyada
Adam Smit va David Rikardo kabi olimlar tashqi savdoning afzalliklarini, xususan, mutlaq va
nisbiy ustunlik nazariyalari orqali asoslab berganlar. Ularning
ta’kidlashicha,
har bir mamlakat
o‘zining
nisbiy ustunligiga ega
bo‘lgan
mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish orqali
global iqtisodiy farovonlikka hissa
qo‘shadi.
Merkantilizm maktabining yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Nomas (1571-1641) va
Staffordlar (1554-1612) hisoblanishgan va ularning nazariyalariga
ko‘ra,
mamlakatning boyligi
uning ixtiyorida
bo‘lgan
oltin va kumush bilan belgilanganligi sababli tashqi savdo maktabi
mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish lozim, deb
hisoblashgan:
- tashqi savdoda musbat saldoni
ta’minlash
–
eksportning importdan katta
bo‘lishi
mamlakatning oltin zaxirasini boshqa mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga
o‘sishiga
olib
keladi. Bu,
o‘z
navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikning oshishiga olib keladi;
- eksportni oshirish va importni kamaytirishga qaratilgan tashqi savdo siyosatini yuritish
–
tariflar, kvotalar va boshqa dastaklar yordamida savdo balansining musbat savdo
saldosini
ta’minlash
va boshqalar. (Ergashev va boshq., 2018) Keyingi bosqichda neoklassik
yondashuvlar, xususan, Heckscher
–
Ohlin modeli, eksport tarkibida resurslar taqsimotining
ahamiyatini
ko‘rsatib
berdi. Ushbu modelga
ko‘ra,
mamlakatlar
o‘zlarida
nisbatan
ko‘proq
mavjud
bo‘lgan
resurslarga asoslangan mahsulotlarni eksport qilish orqali ixtisoslashuv va
samaradorlikka erishadilar. Hill va boshqalar (2015)
ta’rifiga
ko‘ra,
eksport - bu bir
mamlakatda ishlab chiqarilgan va boshqa mamlakatda sotiladigan tovar yoki xizmat, eksport
qiluvchilar sotuvchilar, importchilar esa xaridorlardir. Eksport global kengayish istagida
bo‘lgan
firmalar uchun keng tarqalgan strategiyadir, lekin u tariflar, savdo qoidalari va yuqori
transport xarajatlari kabi
to‘siqlarga
duch keladi.
Stourit va boshqalar (2017) ning fikricha, eksport korxonalarining muvaffaqiyat kaliti bu
ulardagi boshqaruv qobiliyatidadir. Amadeo (2020) fikricha, mamlakat importdan
ko‘ra
ko‘proq
tovarlarni eksport qilsa, savdo balansida profitsit mavjud
bo‘ladi.
Eksportga nisbatan
import
ko‘proq
qilsa, u savdo kamomadiga ega
bo‘ladi.
So‘nggi
o‘n
yilliklarda esa eksportni rivojlantirishda endogen
o‘sish
modeli, portfel
nazariyasi, hamda klaster va qiymat zanjiri yondashuvlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
178
Masalan, M. Porterning raqobat ustunligi nazariyasida eksportni raqobatbardoshlik bilan
bog‘lash
orqali barqaror iqtisodiy
o‘sishga
erishish
yo‘nalishlari
asoslab berilgan.
Savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib
keladi. Bu esa
to‘lov
balansini yomonlashtiradi. (Ergashev va boshq., 2018) Xalqaro
savdo
tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
(Shodmonov va boshq., 2021)
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada ilmiy abstaksiyalash, deduksiya, induksiya, monografik kuzatuv, statistik tahlil
usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Zamonaviy global iqtisodiyotda hech bir davlat to‘liq o‘z ehtiyojlarini ichki resurslar
hisobi
ga ta’minlay olmaydi. Shu sababli xalqaro savdo, xususan, eksport va import milliy
iqtisodiyotlar taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport - bu mamlakatda ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlarning xorijiy bozorlarga chiqarilishi bo‘lsa, import
- xorijdan ichki
bozorga olib kiriladigan mahsulotlar va xizmatlardir.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash
uchun davlatlar turli siyosatlar, masalan, pul-kredit siyosati, fiskal siyosat (byudjet va soliq
siyosati), ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy reformalarni amalga oshiradi. Qisqa qilib aytganda,
mamlakatda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ya’ni yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy
daromad (YaMD), sof ichki mahsulot (SIM), sof milliy daromad (SMD), shaxsiy daromad (ShD),
shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), iste’mol (C) jamgʻarish koʻrsatkichlarining hajmi va
oʻsish sur’atlari barqaror darajada ekanligidan dalolat beradi. Bu barqarorlik, inflatsiya
daraj
asining boshqarilishi, iqtisodiy oʻsishning barqaror sur’atlari va valyuta kurslarining
muvozanatli holatga keltirilishi kabi omillarni oʻz ichiga oladi.
Davlatning tashqi iqtisodiy
siyosatida eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun
moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllab
-
quvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi
Оʻ
zbekist
о
n Respublik
а
si Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2025-yil 16-
yanvar kuni investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar
natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan
videoselektor yigʻilishida “Investitsiya samaradorligining ko‘rsatkichlaridan biri –
eksport
ekanligiga alohida e’tibor qaratib, erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga
qarab, imtiyoz olayapti. Bu tannarxni pasaytirish, eksportga chiq
ishga xizmat qilishi kerak”
ekanligini ta’kidlab oʻtdi.
Shu bois endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar
tashkil etilishi ta’kidlandi. Ularda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda
talabgir mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shulardan birinchisi Namangan viloyatida, 30 gektar
ma
ydonda to‘qimachilik yo‘nalishida tashkil etiladi. Bu yil eksportni 30 milliard dollardan
oshirish mo‘ljallanmoqda. Masalan, yurtimizda xomashyosi bo‘lgan to‘qimachilik,
elektrotexnika kabi tarmoqlarda eksportni 2-3 karra oshirish imkoniyati borligiga ham alohida
to‘xtalib o‘tildi. Shu bois bu ikkita drayver tarmoqni rivojlantirish, eksportga ishlayotgan
korxonalarni har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash choralari ko‘riladi. Shuningdek, tashqi
bozorlardagi
imkoniyatni tahlil qilib, uch yillik eksport strategiyasini ishlab chiqish chоrаlаrini
kоʻrish zаrurligi tаʼkidlаngаn. “Оʻzbekistоn —
2030” strаtegiyаsi dоirаsidа Yаngi Оʻzbekistоn
tаrаqqiyоt strаtegiyаsidа belgilаngаn vа аmаlgа оshirilishi dаvоm etаyоtgаn
bаrchа
mаqsаdlаrgа erishish vа dоlzаrb vаzifаlаrni bаjаrilishini tаʼminlаshdа, milliy iqtisodiyotning
eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan
mahsulotlar ulushini keskin oshirish katta ahamiyatga egadir.
Jаhоndа glоbаl rаqоbаtning kuchаyishi vа rаqоbаtbаrdоshlikni оshirishdа eksport
salohiyatini rivojlantirishning keng qо‘llаnilishi shаrоitidа yengil sаnоаt, shu jumlаdаn, ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish kоrxоnаlаridа eksportbop mahsulotlarni ishlab c
hiqarish
strаtegiyаlаrini tаkоmillаshtirishgа qаrаtilgаn ilmiy tаdqiqоtlаr оlib bоrilmоqdа. Tashqi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
179
bozorlarda o‘z brendiga va mavqeiga ega raqobatbardosh korxonalarda eksport tizimini izchil
yo‘lga qo‘yish bо‘yichа zаmоnаviy ilmiy
-
nаzаriy yоndаshuvlаrni ishlаb chiqish, mamlakat
eksport salohiyatini yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tarish аmаliyоti vа bosqichli strаtegiyаlаridаn
fоydаlаnishdа innоvаtsiоn uslublаrni qо‘llаsh, xalqaro savdoda rаqоbаtbаrdоshligini
bаhоlаshning uslubiy аsоslаrini rivоjlаntirish, brendlаrni tаrg‘ib qilishdа rаqаmli mаrketing
strаtegiyаlаridаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligini оshirish, r
esurslar va mehnat sarfini tejash
orqali sifatli va ko‘p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarish mаsаlаlаri ushbu yо‘nаlishdаgi
tаdqiqоtlаrning аsоsiy mаqsаdlаridаn biri hisоblаnаdi. Bugungi kunda eksport va import
jahondagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida barqarorlikka erishishda muhim va hal
qiluvchi rol oʻynashda davom etmoqda, mamlakatlar oʻzlariga kerakli resurslarni olish va
aholining talablarini qondirish uchun tovarlar va xizmatlar savdosi bilan shugʻullanadilar.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va
davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllab
-quvvatlashning turli shakllarini
keng qoʻllaydi. 2024
-yilda jahondagi eng yirik eksportchi mamlakatlar AQSh 7.3 trillion $
dollarlik, Xitoy 2.06 trillion $ dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilgan. Statistika agentligi
ma’lumotlariga ko‘ra 2024
-yilning yanvar-iyul oylarida eksport hajmi 1.01 foizga kamaygani,
import hajmi esa 10.1 foizga oshgani ko‘rsatilgan. 2024
-yilning yetti oyi davomida respublika
tashqi savdo aylanmasi 36,8 milliard dollarga yetdi. Bu 2023-yil mos davridagidan 1,9 milliard
dollarga (5,3 foiz) ko‘p. Mazkur o‘sish import hajmi keskin ortgani bilan bog‘liq. Xususan, tashqi
savdoda eksport ulushi 14 milliard 786 million dollar bo‘lgan. O‘tgan yil mos davrida bu
ko‘rsatkich 14 milliar
d 954 million dollarni tashkil etgan. Joriy yil yanvar
–
iyul oylarida import
ulushi 22 milliard dollarga yetgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilning shu davrida import hajmi
20 milliard dollar bo‘lgan. Joriy hisobot davrida mamlakat tashqi savdosida qariyb 7,3 m
illiard
dollarlik defitsit shakllangan.
O‘zbekiston tashqi savdosining yuqori ulushi Xitoy (18,6 foiz),
Rossiya (18,5 foiz), Qozog‘iston (6,2 foiz) va Turkiya (4,6 foiz) davlatlariga to‘g‘ri kelgan.
Tashqi
savdoda Toshkent shahrining ulushi 39,9 foiz bo‘li
b, 14,7 milliard dollarga yetgan. Bu
respublikaning boshqa hududlariga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Tashqi
savdodagi eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati qayd etgan
—
0,6 foiz (239,2 million
dollar). Yetti oy davomida eksportining qariyb 25 foizi yoki 4,2 milliard dollari oltin hissasiga
to‘g‘ri keldi. Taqqoslash uchun, 2023
-yilning mos davrida 5,6 milliard dollarlik oltin sotilgan.
O‘z o‘rnida joriy hisobda salkam 2,5 milliard dollarlik sanoat mahsulotlari, 1,1 milliard dollarlik
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksport qilingan.
Hisobot davrida mashinalar va
transport asbob
–
uskunalari importi eng katta ulushni tashkil etdi
—
7,8 milliard dollar (35,4
foiz). Shu bilan birga, 2,7 milliard dollarlik kimyoviy vositalar, 2,5 milliard dollarlik mineral
yoqilg‘i, yog‘lash moylari, 2 mill
iard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar import
qilingan. 2024-yil yakunlariga ko
‘ra eksport ilk bor 27 milliard dollarga yetgan.
Xulosa va takliflar
.
Umumiy xulosa sifatida shuni aytish joizki, eksport va import mamlakat milliy
iqtisodiyotining muhim bo
‘g‘inlaridan biri hisoblanib, bular o‘zaro muvozanat hamda oqilona
strategik yondashuv talab qiladi. eksport iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari yaratish va balansni
saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Eksport tizimini rivojlantirish orqali eksportbop mahsulotlar va
xizmatlarni chet el bozorlariga olib chiqish imkonini beradi. Tashqi savdo faoliyati iqtisodiy
o‘sishning asosiy manbalaridan biridir, chunki u ichki ishlab chiqarishni rag‘ba
tlantiradi.
Eksportdan olinadigan valyuta kirimlari mamlakatning valyuta mablag‘larining barqarorligini
ta’minlaydi. Bu, iqtisodiy inqirozlar vaqtida zaxiralar yaratishga yordam beradi. Eksport
faoliyati orqali yangi ish joylari yaratiladi, bu esa ijtimoiy barqarorlikni saqlashda muhim
ahamiyatga ega. Ijtimoiy farovonlik oshishi iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi. Eksportni
rivojlantirish uchun ichki ishlab chiqarish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab
-quvvatlovchi
yangi dasturlar ishlab chiqish maqsad
ga muvofiq bo‘ladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
180
Adabiyotlar /
Литература
/References:
Amadeo, Kimberly. (2020) "3 Ways Countries Increase Exports". The Balance. Retrieved 21
September.
Asqarova M.T. ba boshqalar (2021), Makroiqtisodiyot: Darslik / T.: “Innovatsion rivojlanish
nashriyot-
matbaa uyi”,. –
280 b.
Ergashev E., va boshqalar (2018) Makroiqtisodiyot: O‘quv qo‘llanma
-
T.: “Iqtisod
-
Moliya”,
–
352 b.
Hill, Charles W.L. (2015). International Business: competing in the global marketplace (15th
ed.). New York: McGraw Hill. p. 454. ISBN 978-0078112775.
imv.uz (n.d.) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy web sayti.
Availabe at: www.imv.uz
lex.uz (n.d.) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi rasmiy sayti.Availabe at:
Maxmudov N., va boshqalar (2022) Makroiqtisodiyot: Darslik: : -
T.: “Innovatsion rivojlanish
nashriyot-
matbaa uyi”, –
454 b.
Shodmonov Sh., Raxmatov M. (2021) Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik:T.:“Zamin nashr”, 856 b.
Stouraitis, Vassilios; et al. (2017). "Entrepreneurial perceptions and bias of SME exporting
opportunities for manufacturing exporters: A UK study". Journal of Small Business and Enterprise
Development. 24 (4): 906
–
927. doi:10.1108/JSBED-03-2017-0095.
uzstat.uz (n.d.) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining
rasmiy sayti. Availabe at: www.uzstat.uz
