www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
70
O‘ZBEKISTONDA MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Shamsitdinova Xonzoda Mardonbek qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
ushbu maqolada moliya bozorining ilmiy- nazariy jihatlari tadqiq qilingan, hamda,
fond bozori instrumentlari dinamikasi tadqiq qilingan. Shuningdek, Respublika fond birjasi indeksining bir
qancha omillar tufayli o’zgarishi tahlil qilingan. O’zbekiston fond bozorida aksiyadorlik jamiyati
aksiyalarining bozor qiymatiga salbiy ta’sir qiluvchi muammolar aniqlangan va ularni bartaraf etish
yuzasidan tegishli taklif va xulosalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
fond bozori, qimmatli qog’ozlar, kapital, aksiyalar, obligatsiya, moliyaviy
instrumentlar.
ПУТИ РАЗВИТИЯ ФИНАНСОВОГО РЫНКА УЗБЕКИСТАНА
Шамситдинова Хонзода Мардонбек кизи
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье исследованы научно
-
теоретические аспекты финансового рынка и
анализирована динамика фондовых инструментов. Кроме того, определены ряд текущих
проблем на фондовом рынке и представлены соответствующие предложения и заключения.
Ключевые слова:
фондовый рынок, ценные бумаги, капитал, акции, облигация, финансовые
инструменты.
WAYS OF FINANCIAL MARKET DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN
Shamsitdinova Xonzoda Mardonbek kizi
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In the article have been examined the scientific and theoretical aspects of financial market
and was analyzed the dynamics of stock mar
ket’s instruments. In addition, wide variety of current problems
in the stock market were identified ,also, in order to eliminate these problems were drawn up proposals
and corresponding conclusions .
Key words:
stock exchange, securities, capital, shares, bonds,financial instruments.
Kirish.
Globallashuv jarayoni yuz berayotgan bir davrda, jahon miqyosida moliya bozorida yuz
berayotgan turli xil o‘zgarishlar va islohotlar hamda o‘z navbatida bir qancha muammolar
ham mavjud.
Ma’lumki, moliya bozorining asosiy segmenti bo‘lgan fond bozori mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirish muhim omillardan biri sanaladi, hamda, aynan fond bozori orqali iqtisodiyotda milliy
valyuta aylanmasining samarali
boshqarilishiga erishiladi. Ya’ni, fond bozori pul mablag’lari yetarli
bo‘lgan va pulga ehtiyoji bo‘lgan tarmoqlarni bir biri bilan o‘zaro bog’laydigan, jamg’arilgan pul
mablag’larini qarzga oluvchilarga o‘tishini ta’minlaydigan munosabatlar yig’indisidir.
Dunyodagi
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga nazar soladigan bo‘lsk, aynan moliya bozorining qimmatli
qog’ozlar bilan tartibga soluvchi bozor modelidan foydalangan holda butun iqtisodiyotni rivojiga ulkan
hissa qo‘shmoqdalar. Shuning uchun ham, moliya
bozori milliy iqtisodiyotni riojlantirishda eng muhim
institutlardan biri hisoblanadi.
I SON - MAY, 2023
www.e-itt.uz
70-75-sahifalar
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
71
Bugungi kunda ham jahon iqtisodiyotining rivojlanish davrida fond bozoridagi jarayonlar yanada
takomillashib, iqtisodiy taraqqiyotni hal qiluvchi omiliga aylanib ulgurdi. Iqtisodiy tanglik davrida ham
bo‘sh turgan pul mablag’larini moliyaviy instrumentlar, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar orqali jalb
qilib iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida O‘zbekiston Res
publikasi Prezidentining 13.04.2021
yildagi PF-6207-
sonli “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora
-
tadbirlari to’g’risida” farmoni qabul
qilindi. Ushbu Dasturning asosiy maqsadi
29
erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar umumiy hajmining
mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi nisbatini 5 foizga yetkazishga qaratilgan islohotlarni amalga
oshirishni chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi davlat siyosatini tubdan takomillashtirishdan iborat
bo‘lib, quyidagi ustuvor strategik vazifalarni o‘ziga qamrab oladi: investor
lar uchun jozibador
mexanizmlarni joriy qilish hisobiga kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning
kapitallashuvini 2023-
yil yakuniga qadar 45 trln. so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashning
samarali muqobil mexanizmini yaratish; xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli
sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlardan foydalanish orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital
bozorining qulayligini oshirishni
ta’minlashdan iborat.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham moliya bozorini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan bir qator
hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar mavjud, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga
solishda me’yoriy
-
huquqiy asoslarning takomillashmaganligi, aksiyadorlik jamiyatlariga qo‘yilayotgan
talablarning yuqoriligi, investitsion jozibadorlikni yetishmasligi, mamlakatdagi tub aholining moliya
bozori, asosan, qimmatli qog’oz va davlat zayomlariga ishonchi juda pa
stligi hamda moliyaviy
savodxonlik yetishmasligi kabi muammolarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Ushbu muammolarni bartaraf etish va moliya bozori tizimini yanada takomillashtirish uchun
kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunda bizning oldimizda turgan dolzarb vazifalardan
biri xisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili.
Iqtisodiyotga aloqador adabiyotlarda moliya bozori va uni kelib chiqishi, uning segmentlari,
ayniqsa, fond bozori va uni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan bir qancha
omillar hamda ularni bartaraf
etish yuzasidan olib borilgan izlanishlar natijasidagi tadqiqiot va tahlillar mavjud.
Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari oqimini jamgʻaruvchidan qarz
oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor insti
-tutlari jamlanmasi sifatida keltiriladi (Edwin va boshq. 1988).
Frederik Mishkin (2012) ortiqcha mablagʻlarga ega odamlardagi pul mablagʻlarini pul mablagʻlari
yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat qiluvchi bozorlarni moliya bozorlari deb ataydi.
1997-yil iq
tisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Robert Merton moliya bozorining quyidagi
funksiyalarini ajratib koʻrsatadi (Elmirzayev va boshqalar
2019):
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash;
- kapital jamlash va korxonalarga ulush kiritish;
-
toʻlov
-hisob-kitob;
- risklarni boshqarish;
- axborot;
-
axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish.
Ba’zi iqtisodchi olimlar xalqaro va miliy moliya bozorini rivojlanishini 4 bosqichga bo‘lib
o‘rg
anishgan (
Бурханов
,
Худойкулов
2021): 1-bosqich 1860-yillar, tashqi savdoni rivojlantirish. 2-
bosqich, 1950-1960 yillar, milliy kredit bozorini integratsiyalashuvi. 3-bosqich, 1970-1980-yillar, uzoq
muddatli kapital uchun xalqaro bozorni shakllantirish va xalqaro investitsiya bozorini yaratish, 4-
bosqich 1990-2000-
yillar, ya’ni, xalqaro va milliy moliya bozorida derivative bozorlarini tez sur’atlarda
rivojlanishi.
Xorij olimlaridan Chernova (2015)
ta’rifiga ko‘ra, moliya bozori doimiy xarakatda bo‘lgan ba
rcha
pul resurslarining umumiy miqdori bo‘lib, ya’ni, iqtisodiyotning turli subyektlari tomonidan ushbu
resurslarga bo‘lgan talab va taklifning o‘zgarishi orqali joylashtirish va qayta taqsimlash hisoblanadi.
Yangi Zelandiyalik Chaiporn Vithessonthi
(2014)
ning fikriga ko‘ra
moliyaviy bozorlarning
rivojlanishi iqtisodiyot uchun imkoniyatlar va tahdidlarning asosiy manbai hisoblanadi, chunki u
iqtisodiyotdagi firmalarga kapitalni samarali taqsimlashni ta'minlash orqali iqtisodiy o‘sishni
rag'batlantirishi mumkin, ammo ikkinchi tomondan bu iqtisodiyot uchun xavf tug'dirishi mumkin.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
72
Bir nechta iqtisodchi olimlar
–
Irvan Trinugroxo
,
Siong Huk
,
Veng Chang Li
,
Jamol Wiwoho
,
Bruno
Sergilar (2021)
ning yondashuvlariga ko‘ra
moliya bozorining segmenti bo‘lgan kredit
va qimmatli
qog'ozlar bozorining rivojlanish darajasi faqatgina ma'lum bir chegaragacha mamlakat innovatsiyasi
uchun foydalidir, aks holda bir qancha to‘sqinliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Mahalliy iqtisodchi olimlardan Shoxa’zamiy (2012)ning fikricha,
moliya bozori
–
bu
monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq
tashkillashgan, iqtisodiy-
xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga
oshiruvchi, iqtisodiy subyektlar zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon
bo‘luvchi tizim.
Yuqoridagi Tahlillardan shuni ta’kidlash mumkinki, moliya bozori bu moliyaviy institutlar
yordamida pul mablag’lariga ehtiyoji bor va ortiqcha pul mablag’lariga ega tarmoqlarni bir
-birlari bilan
uchrashtiradi. Moliya bozorini yaxshiroq tushunish uchun uning turlari va funksiyalarini bilish esa pul
mablag’larini to‘g’ri boshqarishda yanada qo‘l keladi. Shuningdek, moliya bozori iqtisodiyotning
rivojlanishida aosiy dastak bo‘lib xizmat qil
adi hamda uning infratuzilmasini yanda takomillashtirish
orqali mamlakatda iqtisodiy barqarorlikka erishish hamda investitsion jozibadorlikni oshirishga
erishish mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning moliya bozori va uni kelib chiqishi, hozirgi
kundagi moliya bozori va aynan fond bozori rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan bir qancha omillar va
ularni oldini olish chora-
tadbirlari to‘g’risidagi ilmiy
-nazariy qarashlar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida
baholash, monitoring, analiz ,sintez kabi bir qancha usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar.
Iqtisodiyotni moliya bozori,
ya’ni, qimmatli qog‘ozlar yordamida moliyalashtirish usuli bir qancha
rivojlangan mamlakatlar: AQSH, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning moliya tizimidan joy olgan. Shunday
bo‘lishiga qaramasdan mamlakatimizda RFB (Respublika fond birjasi) ning bozor kapitalalshuvi
YaIMning o‘rtacha 6% iga to‘g’ri keladi, ammo dunyoda bu ko‘rsatkich o‘rt
acha 82 % ni tashkil etadi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha dunyodagi bazi mamlakatlarda: masalan, Singapurda 188 foiz, Malayziyada
112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi
30
. Respublikamizning fond bozorida professional
ishtirokchilari soni 100 tani ham tashkil qilmaydi. Lekin, moliya bozorining jadal rivojlanishi
aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
1-jadval
2018-2023-
yillarda holatiga ko‘ra “Respublika fond birjasidagi” aksiya baholari indeksi
31
Yillar
Qiymati
(so‘m)
Aksiya
baholari
o‘zgarish %
Qimmatli qog
‘
ozlar
soni
Savdolar hajmi
mlrd.so‘m
2017
1001,52
-
5795399
318169095
2018
1015,66
1,4%
10292361
1668665403
2019
610,58
-39%
16959358
979055488
2020
624,14
2,2 %
2510997
613807237
2021
837,06
34%
18221418
1208685452
2022
721,67
-14%
75278078
75278078
2023
426,49
-41%
31710782
625447734
Tadqiqotimizda O‘zbekistondagi Respublika fond birjasining so‘nggi o‘rtacha 7 yillik aksiya
baholari, qiymatining o‘zgarishi, aksiyalarning soni hamda
qimmatli qog
‘ozlar bo‘yicha amalga
oshirilgan savdolar hajmi dinamikasi tahlil qilingan.
Ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki, aksiyalarning o‘rtacha qiymati yildan
-yilga tushib
bormoqda, ya’ni 2017
-
yil 1001,52 so‘mni tashkil qilib, jami 318169095 mlrd.so‘
mlik shartnoma
tuzilgan, keying yilda asta sekinlik bilan aksiyalarni bozor bahosi 1,4% ga o‘sdi. Ammo, 2019
-yilga kelib
COVID-
19 pandemiyasi moliya bozoriga ham sezilarli darajada ta’sir qildi. Natijadaa, moliya bozorining
regulyatori bo‘lgan aksiyadorlik
jamiyatlaridagi ishlab chiqarilgan mahsulot va tovarlar o‘z vaqtida
https://www.norma.uz/oz/bizning_sharhlar/fond_bozori_muammolar_qanday_va_ular_qanday_hal_qilinadi
31
stat.uz sayti yordamida mualllif tomonidan tuzildi.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
73
sotilmadi hamda foyda o‘z navbatida kamaya boshladi, hatto, ba’zi aksiyadorlik jamiyatlaridagi
daromadlar xarajatlarni ham qoplamay qo‘ydi. Buni aksiya baholari tushib ketgani bilan ham i
zohlah
mumkin, ya’ni, o‘rtacha 610,58 so‘mdan bo‘lgan
16959358 dona aksiyalar muomalaga chiqarildi. 2020-
yilga kelib ahvol yanada og’irlashdi va emissiya qilingan aksiyalarning o‘rtacha soni
2510997 ni tashkil
etdi.
2021-yilga kelib fond birjasi asta-
sekinlik o‘zini tiklashni boshladi va aksiyalarning bozor bahosi
800 so‘mdan oshdi , bu esa o‘rtacha narx 34% ga ko‘tarilganidan dalolat beradi. 2022
-
yil holatiga ko‘ra,
“Toshkent” Respublika fond birjasi indeksi
721,67 so‘mni tashkil qilgan holda, 75
278078 dona aksiya
emissiya qilinib,
4156394411 mlrd.so‘mlik savdo amalga oshirilgan bo‘lsa, 2023
-yilning boshidagi
Tahlillarga ko‘ra
-
41% ga kamayib, 426,49 so‘mni tashkil qilgan holda, shu kungacha umumiy
31710782 dona aksiya muomalaga chiqarildi.
1-jad
val umumiy ma’lumotlariga ko‘ra, RFB indeksining eng yuqori holati narxlar kesimida 2018
-
yilga to‘g’ri kelgan, ammo, amalga oshirilgan shartnoma qiymati va aksiyalar soni bo‘yicha 2022
-yilga
to‘g’ri kelgan va mos ravishda 75278078 ta aksiya emissiya qilinib, investor va emitentlar o‘rtasida
75278078 mlrd.so‘mlik shartnoma tuzildi. Eng quyi narx esa bu yilga to‘g’ri kelsada, eng kam aksiyalar
pandemiya davrida ya’ni 2020
-
yilda emissiya qilinganini ko‘rishimiz mumkin.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki aksiyalarnin
g baho va savdo indekslari pandemiyadan oldin yuqori
bo‘lib, faol bo‘lgan aksiyadorlik jamiytalari aksiyalari bozor qiymati keskin tushishi fond bozori
indeksining pasayishiga olib kelgan va asta-sekinlik bilan tushib borgan, ammo, oxirgi yillarda
muomalaga chiqarilayotgan aksiyalar soni ortyabdi va amalga oshirilayotgan shartnoma hajmi ham
ortib borayotganligini kuzatishimiz mumkin.
2-jadval
2019-2023-
yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi salmoqli aksiyadorlik
jamiyatlarining aksiya baholarining dinamikasi
32
Aksiyadorlik jamiyatlari
nomi
2018
(So‘m)
2019
(So‘m)
2020
(So‘m)
2021
(So‘m)
2022
(So‘m)
2023 yil
boshi
uchun
Respublika tovar xomashyo
birjasi
6 016,70
9 637,87
11650,59
16945,98
22 377,57
22 300,33
O‘zmetkombinat
14 187,27
29 109,24
27 403,25
69 329,66
35 043,63
9 025,17
Kvartz
5 285,91
5 408,68
3 011,94
3 991,01
3 529,89
3 297,44
Qo‘qon mexanika zavodi
1 157,50
1 193,59
973,58
947,23
905,48
873,14
Qizilqum sement
1 415,23
1 664,22
2 079,89
5 926,99
3 966,38
3 415,25
2-
jadvaldagi ma’lumotlar tahlilida bir nechta aksiyadorlik jamiyatlari shu jumladan, “
Respublika
tovar xomashyo birjasi”, “
Qizilqum sement”, “Kvarts”, “Qo‘qon mexanika zavodi” va “O‘zmetkombinat”
kabi aksiyadorlik jamiyatlarining 2018-2022-yillardagi hamda 2023- yil boshidagi aksiya baholarining
o‘rtacha dinamikasi keltirilgan .
2023-
yilning dastlabki xaftasida O‘zbekiston fond bozorida UCI indeksi 46,9 % gacha oshib bordi.
Buni aksiyadorlik jamiyatlari kesimida ko‘rar ekanmiz, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatidagi
aksiyalari narxi 2018 yil holatiga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkich bilan 14187,27 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa
, “Qo‘qon mexanika zavodi” ning aksiyalari narxi eng past ko‘rsatkich bilan 1157,5 so‘mga teng bo‘lgan.
K
eyingi yilda ham “O‘zmetkombinat” aksiyalari bahosi 29 109,24 so‘m bilan
yashil zonadan joy
oldi va “
Respublika tovar xomashyo birjasi”, “Kvarts”, “Qizilqum sement” hamda “Qo‘qon mexanika
zavodi” aksiyalari
bahosi ham o‘sishda davom etdi
va mos ravishda narxlar 29 109,24, 5408,68, 1664,22
va
1 193,59 so‘mgacha ko‘tarildi. Bu esa o‘z navbatida aksiyadorlik jamiyatlarining barqaror
rivojlanganidan dalolat beradi.
2020-
yilda esa “Kvarts” va “Qo‘qon mexanika zavodi” pandemiya tufayli o‘tgan yilga nisbatan
deyatli 10% kam mahsulot ishlab chiqardi, ammo davr xarajatlari oshib ketganligi tufayli asosiy
faoliyatidan tushadigan daromadlari o‘rtacha 20 %gacha kamaygan . Natijada esa korxonalarnin sof
32
stat.uz va RFB yordamida muallif tomonidan tuzildi.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
74
foydasi o‘tgan yilgi daromadning 60%iga teng bo‘ldi. Aksiyalari bah
osi ham mos ravishda 45% va 19%
foizgacha o‘z qiymatini yo‘qotdi, ammo qolgan 3 ta AJ lar o‘sishda davom etdi.
2021-
yilga kelib “O‘zmetkombinat” ishlab chiqargan mahsulotlarining tannarxi oshishi natijasida
davr xarajatlari oshishiga qaramay, asosiy faoliyatning daromadi deyarli 5 barobarga ortgan va sof
foyda o‘tgan yili 220 mln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa bu yilga kelib,1.4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shunjng
uchun ham, qimmatli qog’ozlari bahosi sezilarli darajada oshib ketdi va eng yuqori ko‘rsatkchn
i tashkil
etib o‘rtacha 69 329,66 so‘mni tashkil qildi , ammo “Qo‘qon mexanika zavodi» ning sof foydasi o‘rtacha
500 mln.so‘mni taskil etdi va bu o‘tgan yildagi AJ moliyaviy hisobotlariga ko‘ra deyarli 75 %gacha
kamaygan. O‘z navbatida aksiyalari bahosi yana tushishda davom etib, 947,23 so‘mni tashkil qilgan.
2022-
yilda esa “O‘zmetkombinat”ning mahsulotdan tushgan foydasi kamayib ketganligi tufayli
sof foyda atigi 770000 so‘mni tashkil qildi . Bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan foyda 2 barobar kam
bo‘lganidan
dalolat beradi va aksiyalari dinamikasi 50% gacha atushgan bo‘lsada , boshqa aksiyadorlik
jamiyatlari orasida o‘zining salmoqli o‘rnini yo‘qotmadi va yashil zonada saqlanib qoldi. “ Respublika
Tovar
–xomashyo birjasi” da narxlar ko‘tarilar ekan, “Qo‘qon mexanika zavodi”,,”Qizilqum sement” va
“Kvarts” ning aksiyalari bahosi tushishda davom etdi hamda mos ravishda 905,48, 3 966,38, 3529,89
so‘mgacha pasaydi.
2023
–yil chorak yillik statistikga ko‘ra eng o‘rtacha eng yuqori narx “Respublika tovar –
xomashyo
bi
rjasi” da kuzatilayabdi, ya’ni 22300.3 so‘m va eng quyi narx “Qo‘qon mexanika zavodi”da 873 so‘mni
tashkil qilyabdi. “O‘zmetkombinat”ning aksiyalari dinamikasi esa hamon tushishda davom etmoqda va
hozirgi kunda o‘rtacha 9 025,17 so‘m. ”Qizilqum sement” va “Kvarts” AJ larning aksiyalari bahosi
dinamikasi esa barqarorlikni saqlay olmadi va o‘rtacha 7
-15 % gacha pasaydi.Umuman olganda oxirgi
xafta davomida RFB da qimmatli qog’ozlar bo‘yicha 122,5 mlrd.so‘mlik 3554 ta shartnoma tuzildi.
Demak, yuqoridagi sta
tistikma’lumotlarga ko‘ra 2018
-2023-yilda
“Respublika tovar –
xomashyo
birjasi” dinamikasi faqat o‘sishda davom etganbo‘lsa, “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyalari bahosi yildan
yilga o‘z qiymatini yo‘qotib borgan. Ammoshu 6 yil ichida eng yuroi narxlarni qays
etgan aksiyadorlik
jamiyati bu “O‘zmetkombinat” bo‘ldi. “Kvarts” hamda “Qizilqum sement”
aksiyadorlik jamiyatlarining
qimmatli qog’ozlari bahosi dinamikasi tez–tez o‘zgarib turdi
.
Shu sababli, 2020-2025-yillarda mamlakatimiz fond bozorini yanada takomillashtirih,
investitsion jozibadorlikka erishish hamda, respublika fond birjasining bzoro kapitallashuvini YaIM dagi
ulushini oshirish maqsadida maxsus strategiya ishlab chiqish rejalashtirilgan. Erkin muomaladagi jami
qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahs
ulotga nisbatini 2025-yil oxirigacha kamida 10-15 foizga
yetkazish mo‘ljallangan.
33
Xulosa va takliflar.
Moliya bozorini rivojlantirish uchun yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1.
Mamlakatimizda fond bozoridagi qimmatli qog’ozlarning nominal va real narxlari o‘rtasida katta tafovut
mavjud. Shu sababli investitsion jozibadorlika erishish va investorlarni qo‘llab
-quvvatlash maqadida bu tafovutni
kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, aksiyadorlik jamiyatlarining defolt holatlarida investorlarning pullari
nominal bahoda qaytariladi va bu investorlar uchun katta zarar yetkazishi mumkin. Aynan mana shu yo‘l orqali
investorlar uchun riskni kamaytirish , ayniqsa ,yurtimizdagi tub aholinin
g moliyaviy bozoriga bo‘lgan
ishonchlarini nisbatan oshirish mumkin. Lekin ikkinchi tomondan nominal va real narxlar orasidagi tafovutni
kamaytirish aksiyadorlik jamiyatlari uchun zararga ishlashi mumkin. Chunk,i bu tafovut qanchalik katta bo‘lsa ,
aksiyadorlik jamiyatlari uchun foyda tushumi shunchalik ortadi va bu ularning ustav kapitaliga qoshiladi.
2.
Fond bozorida xorijiy investorlar va shaxsiy sektorlarning ulushini oshirish maqsadida aksiya egalari
huquqlarini kuchaytirish va imtiyozlar berish orqali,
investorlarni qo‘llab quvvatlash va mamlakatda investitsion
jozibadorlikni oshirish mumkin.
3.
Korporativ menejmentni yanada takomillashtirish bilan fond bozorida banklar va fond birjasidagi
operatsiyalrni yengillashtirish hamda , aynan moliyaviy siyosatda qi
mmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirishga
katta imkon yaratiladi.
4.
Xalqaro darajadagi moliyaviy hisob standardlariga o‘tish orqali aynan xorijiy investorlarni ko‘proq jalb
qilishga erishiladi, shu jumladan xalqaro fond bozorlari bilan integratsiyalashuv jarayoni jadal rivojlanishiga olib
keladi. Ammo, barcha aksiyadorlik jamiyatlarining bu standartlarga to;laqonlik bilan o‘tishi juda katta mablag’
talab qiladi.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
75
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Chaiporn Vithessonthi (2014). The effect of financial market development on bank risk: evidence
from Southeast Asian countries. International Review of Financial Analysis journal. - Volume
35, October, Pages 249-260
Edwin G. Dolan, Coin D.Campbeli, Rosemary G. Campbell. (1988) Money, banking and monetary
policy. C. “Harcourt School”, P. 15.
Elmirzayev S. va boshqalar
(2019), Moliya bozori:
Darslik;
–
T.: “Iqtisod
-
moliya”, 7
-b.
Frederick S. Mishkin, Kent Matthews and Massimo Giuliodori (2012) The economics of money,
banking and financial markets. UK. Pearson, 2013. P.3.; Frederic S. Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial
markets and institutions. USA. Prentice Hall,. P.2.
Irvan Trinugroxo , Siong Huk , Veng Chang Li, Jamol Wiwoho , Bruno S. Sergi. (2021) Effect of
financial development on innovation: Roles of market institutions. Economic Modelling journal.- Volume
103, October, 105598
Бурханов А.У., Худойкулов Х.Х. (2021) “Молия бозори ва инвесцициялар дарслик”
.
–Т.
Маънавият, 11
-
б.
Чернова В.Э.
(2015)
Финансовые рынки: учебное пособие/СПбГТУРП. –
СПб.: 73 с.
Шохаъзамий Ш.Ш. (2012) Молия бозори ва кимматли когозлар. Дарслик
. -
Т
.:
ТФИ
,
265-
б
.
