Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
38
.
DSGE MODELI (DINAMIK STOXASTIK UMUMIY MUVOZANAT MODELI)NING MOHIYATI,
SHARTLARI VA FOYDALANISH METODOLOGIYASI
Rasulov Jamshid Shokir o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada makroiqtisodiy tahlillarda qo’llaniladigan DSGE modelinig ta’rifi,
uning strukturasi, foydalanish shartlari, hamda uning tenglamalari haqida tahlilimizni olib boramiz.
Qo’shimcha ravishda, ushbu modelning boshqa modellardan farqi va uni o’rganishga hissa qo’shgan
mualliflarning ushbu model bo’yicha fikrlari bilan ham ushbu maqola davomida tanishamiz.
Kalit so’zlar:
Dinamik stoxastik umumiy muvozanat modellari (DSGE), natural level, ichki va tashqi
o’zgaruvchilar, biznes sikli, moslashuvchan narxlar, mehnat taklifi, shoklar.
СУЩНОСТЬ, УСЛОВИЯ И МЕТОДОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МОДЕЛИ
DSGE
(DYNAMIC STOCHASTIC GENERAL EQUILIBRIUM MODEL)
Расулов Жамшид Шокир угли
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация:
В этой статье мы проанализируем определение модели DSGE, используемой в
макроэкономическом анализе, ее структуру, условия использования и ее уравнения. Кроме того, в
этой статье мы познакомимся с отличиями этой модели от других моделей и мнениями
авторов,
внесших свой вклад в ее изучение.
Ключевые слова:
динамические стохастические модели общего равновесия (DSGE),
естественный уровень, внутренние и внешние переменные, деловой цикл, гибкие цены,
предложение труда, шоки.
THE NATURE, CONDITIONS AND METHODOLOGY OF USE OF THE DSGE MODEL
(DYNAMIC STOCHASTIC GENERAL EQUILIBRIUM MODEL)
Rasulov Jamshid Shokir ugli
Tashkent state university of economics
Abstract:
In this article, we will analyze the definition of the DSGE model used in macroeconomic
analysis, its structure, conditions of use, and its equations. In addition, in this article we will get acquainted
with the differences of this model from other models and the opinions of the authors who contributed to its
study.
Keywords:
dynamic stochastic general equilibrium models (DSGE), natural rate, internal and
external variables, business cycle, flexible prices, labor supply, shocks.
Kirish.
Har qanday muhim makroiqtisodiy siyosiy o’zgarishning natijasi iqtisodiyotning turli qismlarida
harakatda bo’lgan kuchlarning mutloq ta’siri ostida vujudga keladi. Siyosatchilar va iqtisodiy tahlilchilar
duch keladigan va eng markaziy o’rinda turgan qiyinc
hiliklardan biri bu qanday qilib ushbu iqtisodiy
kuchlarning boshqa sohalarga aloqador ta’sirini baholash hisoblanadi. Iqtisodchilar orasida ushbu
ta’sirlarni baholash uchun qo’llaydigan turli hil vositalari mavjuddir. Ushbu maqolada, DSGE
modellarining mohiyati, tuzilishi va uning tarkibi haqida chuqur tahlilimizni olib boramiz.
IV SON - AVGUST, 2023
38-42
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
39
Dinamik stoxastik umumiy muvozanat modellari iqtisodiy jarayonlardagi o’zgarishlarni oqilona,
shaffof va aniq qilib baholashda ishlatiladigan va boshqa umumiy muvozanat modellari bilan
taqqoslaganda iqtisodiy olimlar tomonidan ko’p foydalaniladigan, asosiy
o’rinda turadigan iqtisodiyotni
baholash vositalaridan biridir. Ushbu model tuli hil qisqartmalarga egadir, masalan DSGE, SDGE va DGE
kabi. Ularning barchasi bir hil ma’noni anglatishini bilish zarurdir.
Adabiyotlar sharhi.
DSGE modellari haqida
ko’plab xorijiy olimlar o’z izlanishlarini olib borgan. Ushbu maqolada
DSGE modellari ustida ish olib borgan turli olimlar qarashlariga to’xtalib o’tamiz.
Dastlab ushbu modelni kelib chiqishini tadqiq etgan olimlar izlanishlari haqida fikr yuritamiz.
Kolumbiyalik makroiqtisodiy professor Daney Valdivia DSGE modellari tarixi haqida quyidagi faktlarni
aytib o’tgan. “Ushbu model tarixiga nazar tashlaydigan bo’l
sak, u ancha katta va murakkab jarayondir.
DSGE modeli “yangi makroiqtisodiy sifat” deb atalgan yangi Keynscha modelning asosi hisoblanadi
(2005-
2007 yillar atrofida). Ushbu modelni tanishtirish va amaliyotga olib kirish anchalar qiyin bo’lgan
chunki, model 1995-
yildan beri rivojlanish bosqichini boshidan o’tkazgan va birinchi mashhur rasmiy
DSGE modeli 2002-yilda iqtisodchilar Smets va Wouters tomonidan tuzilgan. Ushbu modelni tuzishga
hissa qo’shgan boshqa vakillar sirasiga quyidagi tadqiqotchilar kiradi: Marko Del Negro, Lavrense
Kristiano, Martin Eichenbaum, Jordi Gali, Tommaso Monakelli va Frank Shorfeide
”
(Valdivia, Daney,
2015).
Iqtisodchi Juan D’Amico ta’rifiga ko’ra DSGE modeli quyidagichadir. Ushbu model qanday kelib
chiqdi degan savolga to’xtalib o’tamiz. DSGE modeli 1980 yillarda mikro asosga ega bo’lgan
makroiqtisodiy model sifatida 1976-yilda iqtisodchi olim Robert Lukas kriteriyasidan keyin vujudga
keldi. DSGE model asosan monetar va fiskal hukumatlar tomonidan siyosatni tahlil qilish va iqtisodiy
faoliyatlar bo’yicha prognozlar qilishga mo’ljallangan modeldir. U turli hil siyosiy o’zgar
ishlarni
iqtisodiyotga ta’sirini baho
lash imkonini beradi.
Boshqa iqtisodchi Viktoria Hnatkovska (2015)
DSGE modelini raqamli ya’ni miqdoriy ko’rinishda
tahlil qilish va baholash mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, aniq ma’lumotlar asosida ma’lumotlarni
taqqoslab model yordamida prognozlar qilish mumkindir.
Iqtisodchilar Argia Sbordone va Andrea Tambalotti (2010)
fikrlariga ko’ra dinamik stoxastik
umumiy muvozanat modellari dunyoning ko’pgina markaziy banklarida monetar siyosatni
formulalashtirishda muhim ro’l o’ynayapti. Hozirgi tanlovlarning kelajakdagi kutilayotgan natijalarga
bog’liqligini ko’rsatuvchi bu modellar allaqachon ilmiy ko’lamdan siyosatchilarning amaliy jamiyatiga
o’tib bo’ldi. Ammo, u hozirda barchaga huddi YaIM atamasiga o’xshab mashhur emas.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada malumotlarni kengroq va tushunarliroq yoritish maqsadida taqqoslash, ilmiy
abstraksiya, hamda maqola mavzusiga oid turli xorijiy va mahalliy adabiyotlar va maqolalar qiyoslagan
holda va grafik-chizmalar yordamida tasvirlangan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
DSGE
–
dynamic stochastic general equilibrium atamasining qisqartmasidir.
Dynamic(dinamik)
: ushbu model faqatgina bugungi holat uchun emas, balki kelajak uchun ham
qarorlar qilishga mo’ljallangan. Ya’ni, model yakka yil uchun xulosalar berishga qaratilmagan, balki ko’p
yillarni qamrashga mo’ljallangan.
Stochastic (stoxastik)
: modelga ta’sir ko’rsatadigan shoklarni va ushbu shoklarga munosabat
bildiradigan ichki o’zgaruvchilarni inonbatga oladi.
General equilibrium (umumiy)
: model faqatgina bir iqtisodiy tizim uchun emas, balki
iqtisodiyotni bir butun holda muvozanat holatida saqlashni maqsad qiladi.
Ushbu model iqtisodiy o’sish va biznes sikliga asosiy diqqat qaratadi. Iqtisodiy o’sish ko’pchilikka
ma’lum tushuncha va iqtisodiy o’sish tushunchasi to’laligicha ta’riflangan. Endi biznes sikli
tushunchasini ta’riflashga harakat qilamiz. Biznes sikli bu –
haqiqiy YaIM dinamikasi atrofida sodir
bo’ladigan tebranishlardir. Iqtisodiyotni kengaytiradigan, qisqartiradigan, uni haddan tashqari o’sishiga
olib keladigan yoki retsessiyaga tushiradigan barcha kuchlar biznes siklini hosil qiladi. Shu sababdan,
biz hu
losa qilishimiz kerakki, real YaIM bu faqatgina to’g’ri chiziqdan iborat emas , balki unda uzoq va
qisqa muddatli o’zgarishlar kuzatilib turadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
40
1-
chizma: DSGE iqtisodiy matematik modelining qisqacha ta’rifi
18
Ushbu modelni tuzishda ikkita nazariyaga e’tibor qaratiladi:
19
1.
Neoklassik model yoki boshqacha aytganda, haqiqiy biznes sikli modeli (RBC model):
-
Solou modeliga o’xshash hisoblanadi, ammo Solou modelida shoklar inobatga olinmagani uchun ,
biz ushbu nazariyga shoklarni qo’shishga majburmiz;
-
Kyland and Preskott (1982) nazariyasi;
-
Haqiqiy biznes sikli modelida monetar
siyosatni inobatga olishning hojati yo’q, chunki ushbu
modelda pul neytral deb qaraladi;
-
Biznes sikli haqiqiy shoklardan vujudga keladi. Shoklar aniqroq qilib aytganda ishlab chiqarish
shoklari yoki, texnologiyalar natijasida paydo bo’ladi. Ya’ni
texnologiyalar kengaysa, mos ravishda
mahsuldorlik va iqtisodiyot ham kengayadi. Yoki, aksincha holat yuz beradi. Umuman olib
aytganda, ushbu nazariyaga ko’ra, hamma biznesdagi sikllar mahsuldorlik yoki texnologiyalardagi
tebranishlar natijasida vujudga keladi;
-
Ushbu modelda shuningdek mukammal raqobat bo’lishi inobatga olinadi;
-
Shuningdek, narxlar elastik hisoblandi;
2.
Yangi Keynscha model:
-
Unda bozorda turli hil beqarorliklar mavjud bo’ladi;
-
Ish haqi o’zgarmas bo’ladi;
-
Narxlar qatiiy belgilangan bo’ladi. Ya’ni, iqtisodiyotda shoklar bo’lganida narxlar o’zgarishlarga
osonlikcha moslashmaydi;
-
Monopol raqobat mavjud bo’ladi;
-
Investitsiyalar uchun moslashuvchan narxlar mavjud bo’ladi;
-
Shoklar natijasida bozorda o’zgarishlarga moslashishda kechikishlar vujudga keladi va ushbu
vaziyatda monetar siyosat aralashuvi zarur bo’ladi;
DSGE modellari o’z ichiga ko’plab o’zgaruvchilarni oladi. Masalan, iste’mol, investitisiyalar, davlat
xarajatlari, va eksport. Undan so’ng esa, model qanday qilib bu o’zgaruvchilarning turli hil shoklar va
siyosatdagi o’zgarishlarga munosabatini turli mate
matik tenglamalar yordamida hisoblanadi. DSGE
modelini tuzish makroiqtisodiy nazariyalarni va ekonometrikani chuqur bilishni talab qiladigan
murakkab topshiriqdir. DSGE modelini tuzishda birinchi amalga oshirilishi kerak bo’lgan ish bu
iqtisodiyotdagi turli hil shoklarga aloqador iqtisodiy agentlarning xususiyatini tasvirlaydigan
modelning tenglamalarini aniq va ravshan tushunib olishdir. Ushbu, asosiy jarayon amalga
oshirilgandan keyin model hisob kitoblari ekonometrik va iqtisodiy matematik usullar yordamida
hisoblandi.
DSGE modellarining asosiy hususiyati quyidagilardan iboratdir:
-
Ushbu model bizga ma’lum bir iqtisodiyot uchun yagona va to’liq muvozanatni topishga yordam
beradi;
18
Ilmiy ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.
19
Akiyuki Tonogi., Economic growth analysis of Japan by Dynamic general equilibrium model with R&D investment.
Individual omil o’zgarganda
umumiy iqtisodiy vaziyatni
(muvozanat holatini)
baholash uchun mo’ljallangan.
Ushbu model “natural level” deb
ham ataladi, chunki bu modelda
barcha o’zgaruvchilar barqaror
holatda bo’ladi.
DSGE modeli bizga o’zining strukturasi
va parametr tuzulishi bilan biror bir
iqtisodiy tizim uchun “yagona” va to’liq
muvozanatni topishga yordam beradi.
Shuningdek, bu model bizga
faqatgina bir davrdagi emas, balki
turli davrlarda asosiy ko’rsatkichga
ta’sir ko’rsatadigan omillarni
aniqlashga va farqlashga yordam
beradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
41
-
U bizga o’tmish, kelajak, hozirdagi ya’ni butun davrdagi, hamda yagona yildagi ta’sirlarni
aniqlashga yordam beradi;
-
Ko’p hollarda ular mikroasosga egadir;
-
Shuningdek, ushbu model yordamida tizimli bashoratni amalga oshirish mumkin;
-
Bashorat qilinadigan siyosat va joriy real siyosatni baholash va ushbu siyosatni emperik
ma’lumotlar bilan taqqoslash imkonini beradi;
-
Hamda, DSGE modeli yordamida iqtisodiy jarayonlar o’rtasidagi sabab va oqibatlarni tushunish
mumkindir.
DSGE modeli quyidagi tengliklardan iborat
(Celso 2018)
:
1.
Mehnat taklifi :
𝐶
𝑡
𝜎
𝐿
𝑡
𝜑
=
𝑊
𝑡
𝑃
𝑡
-
Mehnat taklifi mavjud haqiqiy ish haqi darajasida ishchilarning ishlashni xohlagan umumiy
soatlari miqdoridir.
2.
Elyer tenglamasi:
𝐶
𝑗,𝑡
−𝜎
= 𝛽𝐸
𝑡
{𝐶
𝑗,𝑡+1
−𝜎
[(1 − 𝛿) + (
𝑅
𝑡+1
𝑃
𝑡+1
)]}
3.
Kapital harakati qonuni:
𝐾
𝑡+1
= (1 − 𝛿)𝐾
𝑡
+ 𝐼
𝑡
-
Kapitalning kompaniyalar va davlatlar orasidagi harakatini ifodalaydi.
4.
Ishlab chiqarish funksiyasi:
𝑌
𝑡
=
𝐴
𝑡
𝐾
𝑡
𝛼
𝐿
𝑡
1−𝛼
-
Kapital, texnologiya va ishchi kuchiga asoslangan ishlab chiqarish funksiyasi.
5.
Kapitalga bo’lgan talab:
𝐾
𝑡
=
𝛼
𝑌
𝑡
𝑅𝑡
𝑃𝑡
-
Bu
firmalarning ma’lum bir vaqt davomida kapitalni sotib olishga bo’lgan xohishini bildiradi.
6.
Mehnatga bo’lgan talab:
𝐿
𝑡
= (1 − 𝛿)
𝑌
𝑡
𝑊
𝑡
𝑃
𝑡
-
Ma’lum vaqt davomida iqtisodiyot subyektlarining ishni kuchiga bo’lgan xohishini bildiradi.
7.
Narxlar darajasi:
𝑃
𝑡
=
1
𝐴
𝑡
(
𝑊
𝑡
1 − 𝛼
)
1−𝛼
(
𝑅
𝑡
𝛼
)
𝛼
-
Biror iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning butun qiymatini o’rtacha
darajasidir.
8.
Muvozanatlik holati:
𝑌
𝑡
= 𝐶
𝑡
+ 𝐼
𝑡
-
Narxlarning ma’lum darajasida talab va taklifning teng bo’lishidir.
9.
Mahsuldorlik shoki:
log 𝐴
𝑡
= (1 − 𝜌
𝐴
) log 𝐴
𝑠𝑠
+ 𝜌
𝐴
log 𝐴
𝑡−1
+ 𝜖
𝑡
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
42
-
Shoklar ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi tashqi va ichki kuchlardir.
DSGE modellarining kamchiliklari:
Hamma iqtisodiy modellar kamchiliklardan holi bo’lmagani
kabi, ushbu model ham ma’lum kamchilarga egadir.
DSGE modelining asosiy cheklovlaridan biri shuki,
ular odatda farazlarni soddalashtirishga, ya’ni ularni mutlaq reallashtirishga harakat qiladi. Va natijada
oddiy qarorlar qilishga olib keladi.
Xulosa va takliflar.
DSGE modeli ham boshqa iqtisodiy modellar singari makroiqtisodiy modeldir. Boshqa iqtisodiy
modellarga VAR, ARIMA, ARMAX, ARCH va SVAR kabi ko’plab makroiqtisodiy modellar hozirgi
zamonaviy iqtisodiy tahlillarda keng foydalanib kelinayapti. Ammo, DSGE modelining boshqa
modellardan farqi u iqtisodiyotni uzoq muddatli harakterlaydi. Masalan, yuqorida aytib o’tilgan VAR
(vector autoregression) modeli esa iqtisodiyotni qisqa muddatli harakterlaydi va undagi qisqa muddatli
tebranishlarni tahlil qilishga mo’ljall
angandir.
Bunga
qo’shimcha ravishda, hozirgi murakkab zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda
ularga mos va eng samarali natija beradigan modellarni qo’llash samarali hisoblanadi. Shu sababdan,
DSGE modellari allaqachon amaliyotda, ayniqsa makroiqtisodiy tahlilla
rda aktiv qo’llaniladigan
modellar qatoriga kirib bo’ldi.
Ushbu modellar murakkab strukturasi bilan butun iqtisodiyotni bir butun holda tahlil qilish va
undagi muvozanatni buzadigan shoklarni aniqlash imkonini beradi. Va iqtisodchilar orasida u “Natural
level-
tabiiy daraja” deb ham ataladi. Model tengliklari yordamida iqtisodiyotdagi tarmoqlar o’rtasida
bog’liqlik va ularning yakuniy mahsulot hajmiga ta’sirini baholash mumkindir.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Argia M. Sbordone, Andrea
Tambalottii, Krishna Rao and Kieran Walsh. (2010), “Policy analysis
using DSGE models: an introduction”, FRBNY Economic Policy Review., p 23
-24.
Celso J. Costa Junior, Alejandro C. Garcia
–
Cindato., (2018) “Teaching DSGE models to
undergraduates”, ScienceDirect., EconomiA 19 424
-444
Juan D’Amico., from a series of video lessons on how to solve DSGE models.
Valdivia, Daney., (2015) “Handbook on DSGE models: some useful tips in modeling a DSGE models”.,
MPRA paper No.61654, posted January., page 5-7.
Viktoria Hnatkovska. (2015), Lecture 2 Dynamic stochastic general equilibrium models.,
Dehli., page
–
2.
